Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASALARIDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISH'

TA’LIM MUASSASALARIDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
454
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jamoat / gurux / inklyuziv / muhit / mexanizm / faoliyat / kompetensiya

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mirsodiqova Rayxona Lutfullo Qizi

Maqolada zamonaviy ta’lim muassasasida inklyuziyaning ijtimoiy-madaniy muhitini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqiladi. Shuningdek ta’lim muassasasidagi o’qituvchilarning zamonaviy pedagagik qarashlarini mazmuni yoritib borilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASALARIDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISH»

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

TA'LIM MUASSASALARIDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISH

Mirsodiqova Rayxona Lutfullo qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika yo'nalishi talabasi mirsodiqovarayhona@gmail.com +998951504904 https://doi.org/10.5281/zenodo.7927376

Annotatsiya. Maqolada zamonaviy ta'lim muassasasida inklyuziyaning ijtimoiy-madaniy muhitini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek ta'lim muassasasidagi o'qituvchilarning zamonaviy pedagagik qarashlarini mazmuni yoritib borilgan.

Kalit so'zlar: Jamoat,gurux,inklyuziv,muhit,mexanizm,faoliyat,kompetensiya.

Ijtimoiy tuzumning yangi konseptual asoslari ,BMTning ijtimoiy rivojlanish to'g'risidagi deklaratsiyasida ta'kidlanganidek zamonaviy jamiyatda kamsitishlarni qoralash ,bag'rikenglik ,insonlarni har-xil fikr va qarashlarini hurmat qilish,imkoniyatlar tengligi birdamlik va xavfsizlik asosida rivojlanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.SHuningdek unda zamonaviy ijtimoiy siyosatning yaxlit yodashuvida yetakchilik qiluvchi va inson huquqlarini hurmat qilish asosida shakllantirilgan qulaylik tamoyili alohida ta'kidlanadi. Maqolaning maqsadi: ta'lim muassasalaridagi inklyuziyaning ijtimoiy-madaniy muhitining mazmunini ochib berishdir. Shuningdek unda zamonaviy ta'lim muassasasiga qamrab olishning ijtimoiy-madaniy muhiti taxlil qilinadi.

Ijtimoiy-madaniy muhit bu -ta'lim muassasasidagi odamlarning muhiti ,shu jumladan axborot oqimlari, ijtimoiy guruxlar turli jamoat tashkilotlarining ta'siri asosida vujudga kelgan oqim hisoblanadi.Madaniy-ma'rifiy faoliyat obyektning ichki munosabatlari va tashqi xususiyatlarini o'zgartirish ,shakllantirish va uning ijtimoilashuviga birgalikda ta'sir qiladi.Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim muassasasiga qamrab olishning ijtimoiy madaniy muhitining o'ziga xos xusussiyatlari aniqlanilmoqda.Har tamonlama o'rganilib chiqiligan rejalar asosida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ham ta'lim muassasasining ijtimoiy madaniy muhiti ishlab chiqilgan va taqdim etilgan. Har bir inson ,sog'lig'i ,jismoniy yoki aqliy nogironligidan qat'iy nazar sog'lom odamlarning ta'lim sifatidan farq qilmaydigan ta'lim olish huquqiga egadir. Shaxsning barkamol ijtimoiy-xulq atvorini shakllantirish mexanizmlari ,namoyon bo'lish tendensiyalari, motivatsiya, mazmunga bo'lgan qiziqish, birinchi navbatda ijtimoiy taraqqiyotga ta'sir qilish,''inson-jamiyat'' o'zaro munosabatlari xarakterini rivojlantirish bilan tavsiflanadi.Ta'lim muassasalarida ijtimoiy-madaniy kompetensiya mazmunini aniqlash uchun ilmiy adabiyotlari taxlil qilish quyidagi o'ziga xos xususiyatlarini ajratib ko'rsatish imkonini beradi:

Birichidan-ijtimoiy madaniy kompetensiya jamiyat va madaniyat talablarini ifodalashi mumkin.SHaxsning ijtimoiy-axloqiy meyorlar mazmunini bilishi ,faoliyatini tashkil etish qobiliyati,madaniy talablar va uning qiymat yo'nalishi yuqoridagilarga javob beradi.

Ikkinchidan: ijtimoiy-madaniy kompetensiya ham ijtimoiy subyekt sifatida shaxsning ijodiy xususiyatlarini aks ettiradi,o'zaro ta'sir va hamkorlik qiladi. Ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan shaxslarning madaniy muhitga ta'siri quyidagilardan iborat holda o'rganiladi: Vatan tarixini bilish,madaniy,ilmiy va umuminsoniy qadriyatlarga oid o'z qarashlarini ifoda eta olish va ilmiy asoslay olish,milliy istiqlol g'oyasi asosida hayotga faol qarashga ega bo'lish,tabiat va jamiyatda ro'y berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo'lish,shaxsning boshqa shaxsga ,jamiyatga va atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy ma'naviy va madaniy mezonlarni bilish ,kasbiy faoliyatda ularni hisobga

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

olish,axborotlarni to'plash, saqlash ,qayta ishlash va undan foydalanishni bilish,o'z kasbiy faoliyatida mustaqil qaror qabul qila olish,o'z ustida ishlash va ishni ilmiy asosda tashkil qila olish va h.Oliy ta'lim amaliyoti shuni ko'rsatadiki,talabalarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni ularning ijtimoiy-madaniy kompetensiya daraasining rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir.Bu jixat bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ijtimiy-madaniy kompetensiyani shakllantirish muammosini alohida o'rganishni taqozo etadi.Pedagagik faoliyatda kasbiy kompetensiya umumiy strukturasining muhim tarkibiy qismlaridan biri ijtimoiy-madaniy kompetendsiyadir.Chunki zamonaviy o'qituvchi o'quvchiga nafaqat bilim va ma'lumot beradi,balki rivojlanayotgan shax va jamiyat o'rtasida vositachi vazifasini ham bajaradi.Shaxs va jamiyat munosabatlari o'qituvchining ijtimoiy hayotda qanchalik malakali va tajribali bo'lishiga ham bog'liq hisoblanadi.Chet el olimi Mudrik A.V ijtioiy muhitni ''bu jarayon nafaqat har bir insonning o'z qarashiga balki yoshiga qarab ham juda farq qiladi'' deb ta'riflaydi.shuningdek atrof muhitning ijtimoiy -madaniy vazifalarini ham ta'kidlaydi.u malum bir jamiyatda malum bir davrda har bir yosh bosqichiga xos kognitiv ,axloqiy va aqliy yondashuvga ega bo'ladi deb ham tariflaydi.Hozirgi kunda mamlakatimizda bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash,qulay va sifatli ta'lim muhitini yaratish ,dunyodagi yetakchi oliy ta'lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqitlardan pedagagik mahoratlarga ega bo'lishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

REFERENCES

1. K.Turg'unboyeva,M.Tolipov,I.Oxunov ''Ijtimoiy pedagogika asoslari'' Toshkent 2008-yil.

2. Ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi,nazariyasi va uslubiyati (''5610400-ijtimoiy-madaniy faoliyat''ta'lim yo'nalishi bo'yicha darslik) TOSHKENT ''MA'NAVIYAT''2006-YIL. S B

3. Allayorova .Ta'limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishning nazariy asoslari. Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi-2023-yil_2-son

4. S.B Allayorova Ta'lim samaradorligini oshirishda integratsiya sharoitining didaktik imkoniyatlari. Мугаллим х,эм Yзликсиз билимлендириу 2023-yil.1-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.