Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI MADANIY MUHIT VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI MADANIY MUHIT VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
43
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
umum ta’lim maktablari / o’quvchilar / madaniy muhit / madaniy-ta’limiy yo’nalishlar / tanqidiy fikrlash / milliy qahramonlar / hikmatlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Masharipova Nasiba Ro’Zmatovna

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniy muhitni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, yo’nalishlari, ta’limiy-madaniy muhit vositasida o’quvchilarda tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga oid ma’lumotlar berilgan. Shunindek milliy qahramonlar faoliyatida mavjud bo’lgan madaniy-tarbiyaviy qarashlardan o’quvchilarni madaniy-ta’limiy muhitga olib kirishdagi ahamiyati haqida tahliliy fikrlar va milliн qahramonlar faoliyati bilan bog’liq madaniy faoliyatni tashkil etish uchun tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI MADANIY MUHIT VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI»

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDAGI MADANIY MUHIT VOSITASIDA O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK

SHART-SHAROITLARI Masharipova Nasiba Ro'zmatovna

Qori-Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranti

https://doi. org/10.5281/zenodo. 7927090

Annotasiya. Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida madaniy muhitni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, yo'nalishlari, ta'limiy-madaniy muhit vositasida o'quvchilarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga oid ma'lumotlar berilgan. Shunindek milliy qahramonlar faoliyatida mavjud bo'lgan madaniy-tarbiyaviy qarashlardan o'quvchilarni madaniy-ta'limiy muhitga olib kirishdagi ahamiyati haqida tahliliy fikrlar va millin qahramonlar faoliyati bilan bog'liq madaniy faoliyatni tashkil etish uchun tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: umum ta'lim maktablari, o'quvchilar, madaniy muhit, madaniy-ta'limiy yo'nalishlar, tanqidiy fikrlash, milliy qahramonlar, hikmatlar.

O'quvchilarda tanqiydiy fikrlash ko'nikmalari shakllantirishda umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi madaniy muhit alohida ahamiyat kasb etadi. Ta'lim va tarbiya jarayo ning asosiy funksiyalaridan biri o'quvchilarning ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqara olishga yo'naltirilganligidir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda o'quvchilarni madaniy, axloqiy, ma'naviy olamini rivojlantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Pedagogika ensiklopediyasida tanqidiy fikrlashga quyidagicha izoh berilgan: TANQIDIY FIKRLASH - inson aqliy faoliyatining turlarini o'zida mujassamlashtirgan ob'ektiv fikrlash tarzini ifodalovchi tushuncha. Tanqidiy fikrlash - g'oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg'unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir. Tanqidiy fikrlashda g'oyalar va ularning ahamiyati ko'pfikrlilik nuqtai-nazaridan ko'rib chiqiladi hamda ular boshqa g'oyalar bilan taqqoslanadi. Bu fikrlashning eng yuqori darajasi aqliy faoliyat bo'lib, unda tahlil, taqqoslash, izohlash, qo'llash, tortishuv, yangilik, muammolarni hal qilish yoki fikrlash jarayonini baholashga alohida e'tibor beriladi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida madaniy muhitni rivojlantirishning bir nechta yo'nalishlari mavjud:

- o'quvchilar va o'qituvchilar jamoasida hamda ota-onalar bilan bo'lgan munosabatda o'zaro hurmatga asoslangan muomala madaniyatini shakllantirish;

- ta'lim-tarbiya jarayoniga nisbatan mas'uliyatli bo'lish madaniyatini shakllantirish;

- sinf va sinfdan tashqari ma'naviy, ma'rifiy, ilmiy, ommaviy tadbirlarni tashkil etish va unda ishtirok etish madaniyatini shakllantirish;

- o'quvchilar va o'qituvchilar jamoasida o'zini tutish, yurish, turish, gigiena va salomatlik qoidalariga rioya qilishi madaniyatini shakllantirish;

- o'quvchilar va o'qituvchilar jamoasida o'z hatti-harakatlarini tahlil qilish, maktabda, sinfda, oilada, jamiyatda bo'layotgan voqealarga o'z fikrini, tanqidiy tahlilini bayon etish madaniyatini shakllantirish kabilardan tarkib topadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablaridan madaniy-ta'limiy muhitning shakllantirilishida pedagoglar va o'quvchilar birgalikda turli madaniy tashabbuslarni amalga oshirishlari nazarda tutiladi. Yuqorida ta'kidlangan o'quvchilar va o'qituvchilar jamoasida o'z hatti-harakatlarini

tahlil qilish, maktabda, sinfda, oilada, jamiyatda bo'layotgan voqealarga o'z fikrini, tanqidiy tahlilini bayon etish madaniyatini shakllantirish yo'nalishining amalga oshirilishi natijasida o'quvchilarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalari rivojlanadi.

Tanqidiy fikr yurita oladigan o'quvchilarda o'z fikrini, munosabatini, qarashlarini bayon etish madaniyati shakllantirish ham muhim hisoblanadi. Muayyan munosabatning bildirilishida uning taqdim qilinish uslubi qanchalik madaniyatlil tarzda, kommunikativ yondashuvga tayangan holda ifoda etilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunu alohida ta'kidlash kerakki, tanqidiy fikrlash aniq ma'lumotlarga, bilimlarga, tajribalarga asoslanadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi turli ta'limiy-madaniy muhit o'quvchilarda yangi madaniy bilimlar va ko'nikmalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadi. Umum ta'lim maktablarida ma'naviy-madaniy muhitni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan milliy qahramonlar faoliyatini targ'ib etishga qaratilgan turli ma'rifiy tadbirlar, bad iiy kechalar, tanlov va musobaqalar o'quvchilarda milliy qahramonlar faoliyatini o'rganishga, ular qilgan bunyodkorlik, ma'rifatparvarlik ishlaridan xabardor bo'lishga va tahlil qilishga ko'maklashadi. Masalan To'maris, Shiroq, Sug'diyona, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Zahiriddin Muhammad Bobur, Pahlavon Mahmud, Najmiddin Kubro kabi milliy qahramonlarning Vatani va xalqi faravonligi yo'lidagi bunyodkorlik ishlari, o'zlarining va xalqining ilmini oshirishga oid faoliyatlari, pedagogik qarashlari, ilgai surgan g'oyalari, hikmatlari dars va darsdan tashqari jarayonlarda madaniy muhitni rivojlantirish vositasi sifatida foydalanilsa maqsadga muvofiqdir.

Ajdodlarimiz tanqidiy fikrlashni amalga oshirish borasida har bir shaxs o'zi va atrofdagilarga baho berish, ularni o'zi bilan qiyoslash, yaxshi yoki aksi ekanligini tahlil qila olish layoqatiga ega bo'lishi lozimligini ta'kidlab o'tganlar. Atrofdagilarning o'zidan ustun qobiliyati va jihatlarini yoki kamchiliklarini ko'rganida bu holatlarni to'g'ri va munosib, pozitiv qarashga asoslangan tarzda tahlil qilish va baholay olishni tanqidiy fikrlash ekanligiin o'quvchilarga ta'limiy-madaniy muhit vositasida tushuntirib borish samarali hisoblanadi. Bunday ta'limiy-tarbiyaviy rivojlantirishga yo'naltirilgan madaniy muhit o'quvchilarni o'z o'zini rivojlantirshga undaydi.

Ajdodlarimizda milliy g'ururning shakllanishi xalqiga, Vataniga sadoqatli bo'lish tuyg'usi bilan chambarchas holda rivojlangan. Bunday muqaddas tuyg'u, burch, mas'uliyat hissiga ega bo'lish natijasida milliy qahramonlarimiz o'zlarida faxru iftixor tuyib bunyodkorlik, ilm olish va ilm berish, hunar o'rganish va o'rgatish natijasida qalb osoyishtaliliga erishish qatorida o'z faoliyatining ommalashishiga erishganlar. Milliy qahramonlar o'z faoliyati, qarashlari va g'oyalarini shogirdlari va izdoshlariga singdirishda, anglatish uchun dastavval ularda insoniy va e'tiqodiy tuyg'ularni shakllantirishga alohida ahamiyat berganlar. Ularga o'z faoliyatlaridan amaliy namunalar ko'rsatib, o'z g'oyalarini haqqoniy ekanligini tahlil qilib berganlar. Milliy qahramonlardan biri buyuk alloma Najmiddin Kubro va uning izdoshlari bo'lgan Jaloliddin Menguberdi, Pahlavon Mahmudning jasoratli hayoti va faoliyati yuqoridagi fikrlarimizni asoslaydi. Najmiddin Kubro:

Dunyo va oxirat yaxshiligini qanoatda, yomonligini ta'mada ko'rdim.

Dunyo va oxirat yaxshiligini Rasululloh alyhissalomning sunnatlariga ergashishda ko'rdim;

Yurmoq uchun Haq yo'liga yetmoq shart,

Boshqasidan ko'zni yumib ketmoq shart.

Elga shifo baxsh etu, och ko'zlarni,

Olamda hama ul, Unga nazar etmoq kerak;

Ko'rdimki, vaqtni "essiz", "qaniydi", "koshkiy"lar bilan o'tkazgan kishining umri eng qisqa ekan.

Ko'rdimki, eng noyob ne'mat rostgo'ylik va mardlik, eng og'ir balo munofiq

do'stlar ekan!;

Ajdodlarimiz Vatanni eng muqaddas qadamjo, millatni esa dini, iymon ko'zgusi sifatida ulug'laganlar. Buyuk ajdodlarmizga xos bo'lgan oliyjanob xislatlardan biri o'z e'tiqodini, milliy mansubliklarini chuqur anglaganliklari hisoblanadi. Najmiddin Kubro har qanday ziddiyatlarni tahlil, xulosa, fikrlash, tushunish, o'zaro hurmat, muhabbat, munozara, muhokama yo'li bilan bartaraf etishga erisha olgan va o'zining hikmatlarida yoshlarni ma'naviy-axloqiy, tahliy fikrlashga oid qarashlarini tarbiyalashning ibratli usullarini targ'ib qilgan.

Har bir qahramon hayotidagi qahramonliklardan namunalar jamlangan "Milliy qahramonlarning jasorati va insonparvarligi" nomli ma'rifiy tadbirni tashki etish uchun quyidagi voqealarni o'quvchilarga taqdim qilishni tavsiya qilamiz:

Amir Temur faoliyatidan: "Amir Temur tashkil etgan kutubxonalar", "Amir Temur yaratgan bog'lar", "Amir Temurning uqtirganlari";

Jaloliddin Manguberdi faoliyatidan: "Vatan ozodligi har nedan ulug'", "Tog'dan daryoga sakragan shunqor";

Najmiddin Kubro faoliyatidan: "Ojizlarga ko'maklashing", "Vatan tug'ini balan ko'taring";

Pahlavon Mahmud faoliyatidan: "Hindistondagi kurash - insoniylik g'alabasi", "Kuchsilarga, ojizlarga, kichiklarga hamisha yordam bering" kabilar.

Yuqorida tavsiya qilingan hikoyalar milliy qahramonlarning bunyodkorlik, insonparvarli, vatanparvarlik, ilmga intilish, insonlarga yordamlashishi kabi faoliyatlarini o'zida mujassamlashitiradi. O'quvchilar bunday ta'limiy-madaniy tadbirlar natijasida milliy qahramonlarning qarashlari, ilgari surgan g'oyalari, o'gitlari, tariqatlari, shug'ullangan asosiy ish faoliyati, hayotiy saboqlari, boshidan kechirgan ibratli voqealari va ulardan chiqargan xulosalari bilan tanishadilar va tahlil qiladilar. Tanqidiy fikrlash ko'nikmalarining shakllanishi natijasida milliy qahramonlar faoliyatidan ibrat oladilar, o'z maqsadlarini va g'oyalarini ilgari suradilar, o'z nuqtai nazarlarini bildirishga, o'z hatti-harakatlarini baholashga intiladilar.

Bunday ta'limiy-madaniy muhitda o'quvchilarda tanqidiy fikrlash jarayonini yanada mustahkamlash uchun samarali pedagogik usullar, metodlar va texnalogiyalarni qo'llash talab etiladi. Shunga ko'ra o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim jarayonini quyidagi pedagogik usullari vositasida amalga oshirsh samarali hisoblanadi:

- ritorik savol

- savol-javob

- munozara

- debat

- diskussiya

- ijodiy ishlar

- yozma ishlar

- guruhli yoki jamoaviy o'yinlar.

Yuqoridagi usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarda o'z maqsadini, intilishlarini aniqlash, munosabatini bildirish, o'z g'oyalarini ilgari surishiga asoslangan tanqidiy fikrlash jarayoni mustahkamlanadi. O'quvchilardagi burch, mas'uliyat, majburiyatga sodiqlik kabi

tushunchalar ulardagi tanqidiy fikrlashning asosini tashkil etadi. Tanqidiy fikrlash ko'nikmasini

shakllanishi natijasida o'quvchilarda o'z ichki olamini, o'z xohish-istaklarini, o'z munosabatini

anglash va aniqlab olish imkoniyati vujudga keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risidagi"gi PF-134-sonli Farmoni.

3. Pedagogika: ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. - 376 b.

4. Pedagogika. Ensiklopediya. III jild. jamoa // Toshkent: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. - 400 b.

5. Paul R. Critical thinking: what every person needs to survive in a Rapidly Changing World/ Sonoma State Uni. 1990

6. Masharipova N.R. O'quvchilarda ma'naviy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari. Science and Innovation International scientific journal Volume 1 issue 6. Uif. 2022: 8.2 Issn: 2181- 3337.P.62-66. https://doi.org/10.5281/zenodo.7105342

7. Shakirova D.M "Формирование критического мышления учащихся и студентов: модел и технология". Educational Technology Society 9(4)2006/ ISSN 1436-4522/ 2006

8. F.F.Mankina. Критическое мышление учащихся и педагогические способы его формирования. Диссертатсия на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. Казан - 2000.

9. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

10. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

11. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. -С. 115-117.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.