UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHIT YORDAMIDA O'QUVCHILARNI MA'NAVIY-AXLOQIY JIHATDAN RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI Safarova Roxat Gaybillaevna
Pedagogika fanlari doktori, professor, Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti "Uzluksiz ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi" bo'limi boshlig'i
https://doi.org/10.5281/zenodo. 7927164 Annotatsiya. Umumiy o 'rta ta 'lim maktablaridagi madaniy-ta 'limiy muhit sub'ektlari orasidagi o'zaro munosabatlar pedagogik jarayon sifatida o'quvchilarning madaniy, ma'naviy-axloqiy rivojlanishlari uchun qulay sharoit yaratadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi madaniy-ta'limiy muhitga nisbatan sub'ektiv yondashuv o'qituvchilarning shaxsiy-madaniy tajribasiga bevosita bog'liq. O'quvchilarning ehtiyojlari, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda madaniy-ta'limiy muhitda ular bilan ishlash usullari, vositalari, metodlari, texnologiyalari, shakllari va prinsiplari o'qituvchi tomonidan tanlanadi.
Kalit so'zlar: umumiy o'rta ta'lim, madaniy muhit, madaniyat, ahloq, rivojlantirish.
Bunda o'quvchilarning ijtimoiy-madaniy, diniy, milliy, yosh xususiyatlari bilan bog'liq o'ziga xosliklari alohida hisobga olinadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi madaniy-ta'limiy muhit ta'lim muassasasi hayotidagi o'ziga xos jihatlarni namoyon etadi. O'quv jarayonining barcha tarkibiy qismlari bilan birgalikda o'quvchilarning quvvatlari, ruhiy imkoniyatlari maktab hayotiga xos bo'lgan madaniy muhitni yaratishga ko'maklashadi. Natijada ta'lim muassassasi o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jixatdan rivojlantiruvchi madaniy jarayonga aylanadi.
Ta'lim muassasasining muvaffaqiyati jarayon sub'ektlarining shaxsiy qiziqishlari va manfaatlarini o'zida mujassamlashtirida. Bunda o'quvchizlar ota-onalar va o'qituvchilarning manfaatlari uyg'unlashadi va yagona maqsad sari yo'naltiriladi. Ta'lim muassasasida o'quvchilarning muvaffaqiyatlari boshqa barcha ko'rsatgichlar bilan uyg'unlashadi va madaniy ta'limiy muhitning samarali kechishiga ko'maklashadi. buning natijasida o'quvchiarni har tomonlama uyg'un rivojlantirish imkoniyati vujudga keladi. Yuqori darajada tashkil etilgan madaniy ta'limiy muhitda har bir o'quvchining yutuqqa erishishi kafolatlanadi. Buning uchun o'quvchilar qulay tarzda uyg'unlashtirilgan integrativ xarakterdagi o'quv topshiriqlarini yechish layoqtiga ega bo'lishlrai lozim. Jumladan:
maktabdagi madaniy-ta'limiy jarayonda asosiy hamda qo'shimcha ta'lim uchun qulay sharoitning yaratilishi;
o'quv faoliyatining turli-tuman xarakter va shaklga ega bo'lishi;
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlari va o'quvchilarning individual layoqatlarining muvofiqlashuvi;
o'quvchilar o'quv faoliyatining hissiy-emotsional hamda psixologik jihatdan qulayligi va o'quv faoliyati jadalligining ta'minlanganligi kabilar.
Madaniy-ta'limiy muhitning o'quvchilar uchun jozibador bo'lishi uning uzluksizligini ta'minlash orqali vujudga keladi. Uzluksiz madaniy rivojlanish jarayonida urf-odatlar va an'analarga sadoqat ruhida o'quvchilarni tarbiyalash ustuvor o'rin egallashi lozim. umumiy o'rta ta'lim muassasasida yaratilgan madaniy-ta'limiy muhit pedagogik jarayonning barcha ishtirokchilar uchun qulay va jozibador bo'lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Mazkur muhitning asosini istiqbolga yo'naltirilganlik, tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga
ustuvorlik berish, ijodkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, o'yin faoliyatini amalga oshirish, madaniy rivojlanish imkoniyatiga ega bo'lish kabi prinsiplar tashkil etadi.
Bunday ta'limiy muhitning asosiy maqsadi o'quvchilarning madaniy-ma'naviy, axloqiy, huquqiy rivojlanishlari uchun qulay muhit yaratishdan iborat. Mazkur muhitda o'quvchilar bilimlarni egallashga astoydil intiladilar va sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shuningdek har bir o'qituvchining o'z pedagogik mahoratini namoyon qilishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keladi. Natijada bunday ta'limiy muhitda har bir o'quvchininng madaniy jihatdan rivojlanishi bilan bir qatorda sinf jamoasidagi barcha o'quvchilarning hamkorlikda ishlashi va madaniy-axloqiy, ma'naviy jihatdan rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi madaniy-ta'limiy muhit yagona kompleks xarakterdagi ta'limiy jarayon sifatida namoyon bo'ladi. Madaniy-ta'limiy muhitning barcha tarkibiy qismlari muayyan-mantiqiy asosga ega bo'lgan pedagogik jarayon sifatida maktab jamoasi tomonidan loyihalashtiriladi. Umummiy o'rta ta'lim maktablaridagi madaniy-ta'limiy muhit uchun tanlangan strategiyalarning muvaffaqiyatli tadbiq etilishi kundalik pedagogik amaliyotda quyidagi prinsiplarga amal qilish zarurligini ko'rsatmoqda:
- an'analarning uzvuyligi va aloqadorligini ta'minlash prinsipi;
- o'quvchilarning madaniy-ta'limiy faoliyatining rivojlanishiga erishish prinsipi;
- o'quvchilarning layoqatlari qiziqishlxari, moyilliklarini hisobga olgan holda madaniy muhitni kengaytirish pirnsipi;
- ta'limning bir bosqichidan ikiinchisiga o'tishda o'quvchilarning shaxsiy, ta'limiy faoliyati ko'lamini mustaqil tanlashlrini ta'minlash prinsipi;
- o'quvchi va o'qituvchilarni madaniy-ta'limiy muhitga olib kirish prinsipi;
- har bir o'quvchining o'z nuqtai nazarini aniqlash va namoyon etishda tengligini ta'minlash prinsipi;
- o'quv jarayoni bilan bir qatordamaktabdagi madaniy hordiq chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga erishish prinsipi;
- madaniy ta'limiy muhitda sub'ektlarning o'z-o'zlarini namoyon qilishlarida teng huquqlilikni ta'minlash prinsipi;
- madaniy-ta'limiy jarayonda o'quv maqsadlari, vositalari, usullari, metodlari va texnologiyalari uzviyligining ta'minlanganligi prinsipi;
- har bir o'qituvchi va o'quvchiga uchun ta'limiy vositalarning qulayligi ta'minlanganligi prinsipi;
- madaniy-ta'limiy jarayonda reproduktiv topshiriqlarning maksimal darajada kamaytirilganligi prinsipi;
- dars va sinfdan tashqari tadbirlar jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro munosabatlari samaradorligining ta'minlanganligi prinsipi;
- o'quv faoliyatining barcha bosqichlarida o'quvchilarning o'zlashtirish va rivojlanish darajalari ob'ektivligining ta'minlanganlini prinsipi.
Ushbu prinsiplarga amal qilish natijasida ta'lim jarayonida madaniy-ta'limiy muhitda hisobga olish zarur bo'lgan shartlar bajariladi. Aniq madaniy-ta'limiy jaryonda uzluksiz rivojlanish g'oyasi o'quvchilarning madaniy rivojlanish va o'qib-o'rganish motivlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. maktabdagi madaniy-ta'limiy muhitda xalqning madaniy boyliklarini o'zlashtirish g'oyasini amaliyotga tadbiq etish talab qilinmoqda. Har bir o'quvchining o'ziga xos rivojlanish darajasi mavjud.
Umumiy o'rta ta'lim maktabining asosiy funksiyalaridan biri har bir o'quvchining o'ziga xos jihatlarini aniq va ravshan ochib berishdan iborat. Mazkur jarayonda o'quvchilarni madaniy-axloqiy jihatdan rivojlantirib, ularda fidoyilik, pozitiv dunyoqarashga ega bo'lish, o'z-o'zini va o'zgalarni hurmat qilish, bunyodkorlikka intilish kabi sifatloarni tarkib toptirish talab etiladi. Har bir o'quvchining o'ziga xosligi uning rivojlanish yo'nalishini belgilaydi. Bu esa o'z navbatida umumiy o'rta ta'lim muassasasida o'zining faoliyat yo'nalishini aniqlab olish imkoniyatini yaratadi. O'quvchilar o'z faoliyatlari natijalarini aniq tasavvur qilib, baholash ko'nikmalariga ega bo'ladilar. Natijada ularda o'z kuchiga ishonch, yangi yutuqlarga erishishga intilish motivlari shakllanadi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablaridan madaniy-ta'limiy muhitning shakllantirilishi pedagoglar va o'quvchilardan vaqt, kuch va sabr-toqatni talab qiladi. Bunda o'zaro bir-birini rivojlantiruvchi munosabatlar o'quvchilar bilan o'qituvchilar orasida vujudgv kelad i. Shu bilan biri qatorda o'quvchilar bilan o'qituvchilar, o'qituvchilar bilan ota-onalar, o'quvchilar bilan mikrosotsiumning boshqa vakillari orasida ham madaniy-ta'limiy munosabatlar shakllanadi.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida madaniy-ta'limiy muhitning shakllanishiga quyidagilar asos bo'la oladi:
1. O'quvchi shaxsining o'zligini namoyon qilish g'oyasi ta'lim muassasasining madaniy-ta'limiy muhitida amalga oshadi.
2. Yaxlit, ochiq xarakterdagi, o'z-o'zin rivojlantiruvchi muhitni yaratish g'oyasi ta'lim muassasasining sub'ektlarini o'z-o'zini rivojlantirishga yo'naltiruvchi madaniy-ta'limiy muhitida amalga oshadi.
3. Ta'lim jarayoninn yangilash g'oyasi esa pedagogik amaliyotda uning asosiy tarkibiy qismlarini modernizatsiyalash natijasida amalga oshiriladi. Ushbu qismlar ta'lim mazmuni, usullari, vositalari, shakl, metod va texnologiyalardan iborat.
4. Ta'lim jarayonininng barcha ishtirokchilarini madaniy-ta'limiy muhitga yo'nltirish g'oyasi esa jarayonning barcha ishtirokchilarini qo'llab-quvvatlash va yo'naltirish orqali ta'minlanadi.
5. O'qituvchining kasbiy mahorati va kompetensiyalarini rivojlantirish g'oyasi madaniy-ta'limiy muhitning yetakchi masalalaridan biri hisoblanadi.
6. Ta'lim muassasasida o'quvchilarning salomatligini muhofaza qilish g'oyasi madaniy-ta'limiy muhitning tarkibiy qismiga aylantirilishi taqozo qilinmoqda.
Madaniy-ta'limiy muhitning barcha a'zolari o'z imkoniyatlarini namoyon qilish funksiyasini amalga oshirishlari zarur. Biz o'quvchilar, ularning ota-onalari va pedagoglarning ta'lim muassasasidagi madaniy-ta'limiy muhitga bevosita ta'sir ko'rsatishlari zarurligi haqidagi g'oyani qo'lab-quvvatlaymiz va tadbiq etishga harakat qilamiz. Buning uchun madaniy-ta'limiy muhitning barcha sub'ektlari orasida hamkorlikdagi faoliyat amalga oshirilishi zarurligini ta'kidlaymiz.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4038-son Qarorining mazmun, mohiyati.
2. Krilova N. B. Kulturologiya obrazovaniya // Novie sennosti obrazovaniya. M. : Narodnoe obrazovanie, 2000. Sb. №10. 272 s.
3. Krylova N. B. Kul'turologiya obrazovaniya // Novye tsennosti obrazovaniya. M. : Narodnoe obrazovanie, 2000. Sb. №10. 272 s.
4. Malikova D.M. Theoretical Approaches of Scientists to Dynamic Game Technologies. Procedia of Philosophical and Pedagogical Science. Volume-2 | Issue-2 Available online @https://procedia.online/index.php/philosophy.
5. Safarova Roxat Gaybillaevna. CULTURAL APPROACH AS A PRIORITY DIRECTION OF THE EDUCATIONAL SYSTEM OF UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 1000-1004. Retrieved from https://internationaljournals.co.in/index.php/giirj/article/view/2289
6. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.
7. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.
8. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно -творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.