Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA IJTIMOIY -MA’DANIY MUHITNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA IJTIMOIY -MA’DANIY MUHITNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
234
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktab / ijtimoiy pedagogika / islom talimoti / madaniy muhit / mentalitet / o’qituvchi / qomusiy olimlarning fikrlari va o’quvchilar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xakimova Sarvinoz Sharifjon Qizi

Ushbu maqolada O’zbekiston umumiy o’rta ta’lim maktablarida ijtimoiy – madaniy muhitni tashkil etishda ijtimoiy pedagogikaning ko’magi hamda o’qituvchi shaxsining pedagogik imkomiyatlari haqida fikr mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA IJTIMOIY -MA’DANIY MUHITNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA IJTIMOIY -MA'DANIY MUHITNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Xakimova Sarvinoz Sharifjon qizi

FarDU pedagogika -psixologiya talabasi sarvinozhakimova 122@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7927121

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston umumiy o'rta ta'lim maktablarida ijtimoiy -madaniy muhitni tashkil etishda ijtimoiy pedagogikaning ko'magi hamda o'qituvchi shaxsining pedagogik imkomiyatlari haqida fikr mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: maktab, ijtimoiy pedagogika, islom talimoti, madaniy muhit, mentalitet, o'qituvchi, qomusiy olimlarning fikrlari va o'quvchilar.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol etib tarbiyalash pedagogik jarayonning asosiy tarkibiy qismidir. O'quvchilarga o'z qobiliyatlarini namoyon qilishga imkon berish ijodiy potensialini rivojlantirish hamda ularda kreativlik ko'nikmalarini shakllantirish uchun maktablarda madaniy muhitni tashkil etish lozim. Bugun ma'naviyat naqadar kerakligini, xalqimiz kechagi xalq emasligini, yangicha ishlashni, yaxshi bo'lish uchun hamma o'zgarishi zarurligini ko'rsatmoqda. Zero, moddiyat va ma'naviyatni teng ko'rilishi faqat shiorimizda emas, balki ongimizga hamda qalbimizga mustahkam o'rnashishiga erishish zarurdir. Zamonaviy ta'lim-tarbiya konsepsiyasida madaniyatni ommalashtirish muammosi alohida o'rin tutadi. Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarining shaxs sifatida ijobiy fazilatlarining rivojlanishi uning yuksak tarbiyasi, milliy madaniyatni o'zlashtirish darajasi bilan bog'liq. Shaxsning hayotda ma'lum bir tarzda harakat qilishi, fikrlashi his qilish, idrok qilishi xullas madaniy va ma'naviy jamiyatga kirib borishi madaniylashuv demakdir. Shu o'rinda K.D.Ushiniskiy: " Har bir mamlakatda bolalarning tarbiyalash tizimi, xalqning rivojlanish sharoitlari, uning ehtiyoj va talablari bilan belgilangandir"-deb aytgan edi u. Albatta bolalarning ongida ijtimoiy madaniy muhitni kamol toptirishda nafaqat pedagog balki oila, mahalla milliy qadriyatlar hamda islom talimotining o'rni beqiyos.

Maktab- o'qituvchi rahbarligida yosh avlodga ma'lumot, bilim beradigan va tarbiyaviy ishlar olib boradigan o'quv muassasasidir. Maktabda bolani katta hayotga tayyorlanadi. Maktab hayoti har bir bola hayotida yetakchi o'rindadir.Bu maskanda bola ulg'ayadi, kamol topadi va komil inson bo'lib voyaga yetadi. Bugungi kunda asosiy e'tibor maktab va maktabgacha ta'lim muassasalariga qaratilyapti. Chunki bola asosiy bilimni shu maskanlardan oladi va o'z hayot yo'lini tanlaydi.

O'quvchi yoshlarning hayotida ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb integratsiyalashgan muammosi bo'lib,falsafa, sotsiologiya, madaniyatshunoslik,psixologoya, pedagogika va ijtimoiy madaniy faoliyatning muammoli sohalari chorraxasida joylashgan.Vigotskiyning fikricha:" Eng samarali ta'lim: ijtimoiy-madaniy jihatdan uyushgan,rivojlanish jarayonining universal va zaruriy tomonidir" deya ta'kidlaydi.Shu nazariyaga tayangan holda o'quvchining kognitiv o'sishiga erishish uchun maktablarda ijtimoiy-madaniy muhitni tashkil etish naqadar zarur ko'rsatkich ekanligi shubhasizdir.Masalan: yosh bolada xotira biologic omillar bialn cheklanadi.Biroq, madaniyat biz ishlab chiqadigan xotira strategiyasining turini belgilaydi.Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilari qiziquvchan va o'zlarining ta'lim olishlarida va yangi tushuncha shakllarini kashf etishlarida hamda bu fikrlarni rivojlantirishda faol ishtirok etadilar.Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, bolaning

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

har tomonlama yetuk va o'z mustaqil fikriga ega bo'lishi uchun maktablarda ijtimoiy muhitning roli beqiyosdir.Ijtimoiy-madaniy muhitning bolalarga bo'lgan o'zaro ta'siri:

- Mustaqil fikrga ega bo'lish

- O'zini erkin xis qilish

- Kreativlik

- Dunyoqarashning o'zgarishi

- Individuallik

- Faollik

Shu o'rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning: ta'lim-tarbiya -bu bizning kelajagimiz, hayot-momot masalasi. Shu bois,bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin,maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo;yish kerak. Chunki biz ko'p vaqt yo'qotganmiz.Agar kimda kim maktab bu faqat Xalq ta'limi vazirligining ishi, deb o'ylasa mutlaqo yanglishadi.Maktab vazirliklar, idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha ilmiy tashkilotlar va keng jamoatchilikning vazifasi bo'lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin-dedi davlatimiz rahbari maktab ta'limini rivojlantirish masalalari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida. Haqiqatdan ham bu fikrlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak,bolani yoshligidan tarbiyalash kerak. Unga erkin fikr bildira olishi uchun zamin yaratish juda muhim sanaladi.Shuning uchun ham maktabda ta'lim olayotgan bolaning ilk qadam qo'ygan kunidan boshlab mustaqil fikrlashga o'rgatisg zarur. Shaxs mustaqil fikrga ega bo'lgandagina jamiyatda ijtimoiy faol fuqaro va barkamol shaxs bo'lib voyaga yetadi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3- iyundagi 345-sonli qaror tahririda: umumiy o'rta ta'limning vazifalari quyidagicha etib belgilandi:

- O'quvchilar tomonidan muntazam bilim olishni ta'minlash;

- Ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish

- Bazaviy o'quv

- Ijtimoiyva umummadaniy muhitni tahshkil etish

- Umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan qarash

Kabi vazifalar belgilab qo'yildi. Bugungi kunda ta'lim tarbiya jarayonida o'qitishning zamonaviy va inovatsion pedagogik uslublari hamda axborot- komunikatsiya texnologiyalari orqali maktablarda ham ta'lim sifati oshirilmoqda. Hayotimizning ta'lim sohalaridagi amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va yaratilayotgan pedagogik imkoniyatlarning samaradorligi o'quvchi yoshlar tafakkurining o'zgarishi va yetuk kadr bo'lib yetishishiga xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1. Nodira Egamberdiyeva: "Ijtimoiy Pedagogika"Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent-2009.

2. M.U.Xamidova. Maxsus Pedagogika, o'quv qo'llanma-Toshkent "NIF MISH"2020.

3. M.A.To'xtaxo'jaeva: "Pedagogika''

4. R.Mavlonova,N.Vohidova,N.Rahmonqulova:"Pedagogika nazariyasi va tarixi".

5. J.Yuldashev, S.Hasanov: "Pedagogik texnalogiya"-Toshkent "Iqtisod -Moliya".2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.