Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI ISH FAOLIYATIDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISH KOMPETENSIYALARI VA XALQARO TAJRIBALAR'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI ISH FAOLIYATIDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISH KOMPETENSIYALARI VA XALQARO TAJRIBALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
57
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o’qituvchi / faoliyat / madaniyat / ijtimoiy / kompetensiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilnoza Oxunova

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta‘limniig mamlakat ichki siyosatiga faol ta‘sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e‘tirof qilingani haqiqatdir. Shu tufayli chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta‘minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Jumladan, yaponlarda, ―maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli‖gina bo‘lib qolmay, ―u insonlarni yaxshilaydi, degan fikr – ishonch va e‘tiqodga aylangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI ISH FAOLIYATIDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISH KOMPETENSIYALARI VA XALQARO TAJRIBALAR»

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI ISH FAOLIYATIDA IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISH KOMPETENSIYALARI VA XALQARO TAJRIBALAR

Dilnoza Oxunova

FarDU pedagogika kafedrasi o'qituvchisi Telefon:+998901602032 dilnozaoxunova 1@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7927385 Annotatsiya. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'limniig mamlakat ichki siyosatiga faol ta'sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e 'tirof qilingani haqiqatdir. Shu tufayli chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta'minlashga ajratilayotgan mablag' miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Jumladan, yaponlarda, —maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsolilgina bo'lib qolmay, —u insonlarni yaxshilaydi, degan fikr - ishonch va e 'tiqodga aylangan. Kalit so'zlar: o'qituvchi, faoliyat, madaniyat, ijtimoiy, kompetensiya.

Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.

Kopchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g'oyalari asosida ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi "Kichik tumonlar maktabi" ("Maktab mikrarayon")shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon boladi.

Ochiq maktablar kop qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va kattalar uchun faoliyat ko rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari mumkin. Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi. Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi; maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar strukturasida yangi tarbiyachiijtimoiy pedagoglar faoliyat ko'rsatadi. U shaxs va jamiyat o'rtasidagi "vositachi" rolini bajaradi.

Bunday maktablar asosan;

■ o' qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish

■ sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini rivojlantirish:

■ ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir oz faoliyatlarini olib

boradi.

Finlyandiya ta'lim va madaniyati borasida «Ta'limdagi fin mo''jizasi» haqida ilk bor 2000 yili, o'quvchilarning ta'limdagi ko'rsatkichlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur — PISA'ning birinchi natijalari e'lon qilinganida gapirilgan edi. Ayni vaqtda, tadqiqot natijalariga ko'ra, aksariyat bolalar maktabda o'zlarini baxtiyor va maktabga bog'lanib qolgandek his qilishlarini qayd etib o'tgan. Jahon banki ekspertlari fin jamiyatining uni boshqa davlatlardan mutlaqo ajratib turuvchi va, xususan, ta'lim tizimida ham o'z izini qoldirgan quyidagi o'ziga xos farqli jihatlarini sanab o'tgan: kichik, etnik va madaniy jihatdan gomogen aholi (Finlyandiya aholisining atigi 4 foizigina fin emas) va aholi jon boshiga daromadlarning yuqori darajasi. O'zbekiston aholisi esa nafaqat ko'p, balki milliy, madaniy va diniy jihatdan ham xilma-xil, daromad darajasi esa o'rtachadan past.

Shuningdek, Fin madaniyatida o'qituvchilarga nisbatan ota-onalar tomonidan ishonch va hurmatning yuqori ekanini ham alohida qayd etib o'tilgan. Finlyandiyada o'qituvchilarni

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

«qamchi va shirinlik» tamoyili asosida harakatga keltirishga intilish yo'q, aksincha, ularga katta erkinlik (avtonomiya) beriladi. O'qituvchilar o'z o'quvchilarini baholab borishlari va ularning davomati haqida hisobotlarni taqdim etishlari kerak, ammo, ayni vaqtda, ularning nazarida o'quvchilarga mosroq keladigan o'z dasturlarini ham ishlab chiqishlari mumkin. Umuman olganda, nomarkazlashuv (detsentralizatsiya) hamda munitsipalitetlar va maktablarga erkinlik (avtonomiya) berilishini ko'plab tadqiqotchilar fin ta'lim tizimidagi islohotlarning eng muhim samaralaridan biri, deya e'tirof etadi. Misol uchun, Milliy o'quv dasturi maktabdagi har bir fan bo'yicha maqsad va vazifalarni, shuningdek, ta'lim muhiti, o'qitish va baholashga aloqador umumiy qoidalarni belgilab beradi, biroq munitsipalitetlar va maktablar milliy dastur hamda mahalliy o'ziga xosliklar va o'z o'quvchilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, o'z dasturlarini ishlab chiqishi mumkin. Finlyandiya ta'limdagi muvaffaqiyatli islohotlar namunasi sifatida ko'p ko'rsatilsa-da, bu Finlyandiyaning o'zida 1970 yillardan boshlab qo'llab kelinayotgan g'oya va tamoyillar boshqa madaniy yoki ijtimoiy kontekstlarda ish beradi, degani emas.

O'rta asrlarda G'arbiy Yevropadagi madaniy vaziyat ta'lim-tarbiya sohasining xalqaro qiyoslashga qiziqishini muvofiqlashtirmagan edi. Ming yillar davomida ta'limda ham boshqa madaniy sohalar kabi cherkov yakka hokimligi mavjud bo'lib, o'qitishning asosiy tili lotin tili hisoblangan. Buning natijasida turli mamlakatlarda o'quv muassasalari tashkil qilinishi; ta'lim maqsadi, metod iva mazmuniga ko'ra o'xshash, bir-biridan deyarli farqlanmagan.

So'nggi o'rta asrlarda Yevropa millatlar shakllanish jarayonini boshdan kechirdi. XVIII asrga kelib bir qadar rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o'z yakuniga yetdi. Milliy birlik hayotning turli sohalarga va xalqlarning milliy o'zligiga ijobiy ta'sir qildi. O'z navbatida bu ta'sir madaniyat va ta'lim sohasida ham kuchli namoyon bo'ldi. Milliy tillar uzluksiz ravishda lotin tilini siqib chiqara boshladi. Har bir mamlakatning o'quv muassasalari o'zining milliy xususiyatlarini shakllantira boshladi va cherkovga tobeligi ancha susaydi.

M.Moten (Fransiya) yoki Chesterfeld (Angliya) shular jumlasidan. M.Monten o'zining —Tajribalarll deb nomlangan asarida Uyg'onish davrida Fransiyadagi ta'lim-tarbiyaning o'ziga xos jihatlari to'g'risida ma'lumot beradi. Uning bola shaxsini har tomonlama shakllanishida tarbiyaning va rivojlantiruvchi ta'lim muhitining roli to'g'risidagi qarashlari keyinchalik, D.Lokk va J.J.Russo singari pedagogika fanining rivojlanishiga katta hissa qo'shgan mutafakkirlarning pedagogik qarashlariga o'z ta'sirini o'tkazdi.

REFERENCES

1. L.V.Klimberi, N.V. Yadrova, R.M. Nurjanova, Talabalarning kognitiv faolligini shakllantirishga zamonaviy yundashular // Fan va ta'limning zamonaviy muammolari. -2017. - 6-son;

2. J.Yo'Ldoshev, S.Hasanov- "Pedagogik texnologiyalar"- Toshkent «Iqtisod-Moliya», 2009.

3. Oxunova, D. (2022). O 'QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Academic research in educational sciences, 3(2), 870-876.

4. Kahhorjonovna, O. D. (2022). Approaches to Preparing Future Teachers for the Organization of Cognitive Processes in General Secondary Schools. Miasto Przysztosci, 29, 6-7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.