Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDAGI IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISHDA TEXNOLOGIYA FANINING O‘RNI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDAGI IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISHDA TEXNOLOGIYA FANINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
39
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiy-madaniy muhit / muhit / ijodkorlik / mehnat / estetik did / gazlama / kiyim / texnologiy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D. A. Norbutayeva

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ijtimoiy-madaniy muhitni tashkil etishda va o‘quvchilarda ijobiy hislatlarni shakllantirishda texnologiya fanining o‘rni haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDAGI IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISHDA TEXNOLOGIYA FANINING O‘RNI»

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDAGI IJTIMOIY-MADANIY MUHITNI TASHKIL ETISHDA TEXNOLOGIYA FANINING O'RNI D. A. Norbutayeva

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7932687

Annotatsiya. Maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi ijtimoiy-madaniy muhitni tashkil etishda va o'quvchilarda ijobiy hislatlarni shakllantirishda texnologiya fanining o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy-madaniy muhit, muhit, ijodkorlik, mehnat, estetik did, gazlama, kiyim, texnologiy.

Аннотaция. В статье речь идет о роли технологий в создании социокультурной среды в общеобразовательных школах и формировании положительные качества школников.

Ключевые слова: социокультурная среда, среда, ткань, креативность, труд, эстетический вкус, одежда, технология.

Abstract. The article deals with the role of technology in creating a socio-cultural environment in secondary schools and in shaping the positive qualities of schoolchildre.

Keywords: sociocultural environment, atmosphere, cloth, creativity, labor, aesthetic taste, clothing, technology.

Sifatli ta'lim ko'rgan, malakali mutaxassis bo'lib shakllangan kadrlar - shaxs sifatida jamiyatni harakatga keltiradigan kuch sanaladi. Shu sababli insoniyat taraqqiyoti tarixida shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning ichki imkoniyatlari va qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, ijtimoiy-madaniy rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelingan.

Ma'lumki, shaxsning ijtimoiylashuvi asosan maktab yillariga tug'ri keladi. Shuning uchun maktab oldiga qo'yilgan asosiy vazifalaridan biri bolaning kamolati uchun barcha sharoitlarni yaratish, uning individual, psixologik, kasbiy, jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan xolda ta'lim va tarbiyaning eng ma'qul shakllarini joriy etishdir.

Yoshlarimizni mustaqil fikrlovchi, faol, shijoatli, o'ziga ishonuvchan, bilimdon kilib tarbiyalashni amalga oshirishda so'zsiz umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi ijtimoiy-madaniy muhit muxim rol uynaydi. To'g'ri ta'lim-tarbiya jarayoni sof ijtimoiy munosabatlarning maxsuli hisoblanadi.

O'quvchilarni ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil va kreativ fikrlaydigan, mehnatsevar va estetik didli qilib kamol toptirishda Texnologiya fani g'oyalariga asoslanish katta pedagogik imkoniyatlarni yaratadi.

Dars jarayonida o'quvchilarning kelgusi hayotiy faoliyatida muhim hisoblangan yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatlari, qo'l ishlari orqali turli xil materiallarni qayta ishlash bo'yicha bilim va ko'nikmalari, kreativ fikrlashlari bilan bir qatorda mehnatsevarlik hislatlari shakllanadi. Zero, mehnat - shaxsni kamol toptirishning muhim omili ekanligi ota-bobolarimiz tajribasidan ma'lum. Mehnat qadimdan inson hayoti va uning farovon turmush kechirishi uchun moddiy asos bo'lib kelgan. Xalqimiz esa mehnat - insonning moddiy va ma'naviy ehtiyoji ekanligini tushungan holda, asrlar davomida yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlashda mehnatsevarlik hislatlarini shakllantirishga alohida e'tibor berib kelgan. Texnologiya fanining

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

asosiy maqsadi esa, o'quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko'nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o'rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo'lida mehnat faoliyatiga qo'shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat.

Texnologiya darslarida qizbolalar va ayrim xollarda o'g'ilbolalar ham qiyinchilik darajasi turlicha bo'lgan tikuv buyumlariga ishlov berishadi. Avvalo o'zlari uchun amaliy mashg'ulotlar vaqtida kiyishlari zarur bo'lgan maxsus kiyimlar: qizlar uchun ro'mol va fartug hamda o'g'ilbolalar uchun yengliklar tayyorlashadi. Ko'pchiligi tayyorlagan buyumlarini kashta, mereshka, mo'nchoq, applikatsiya va gazlamaga badiiy ishlov berishning boshqa usullar orqali bezashadi.

Ayniqsa o'quvchi o'ziga yoki yaqinlariga kiyim tikishga tirishqoqlik bilan kirishadi. Sababi bu orqali u oila a'zolarining e'tiborini qozonadi. Ayniqsa o'smir yoshdagi o'quvchilarda eng ko'p ziddiyat ota-onalar bilan munosabatda kuzatilishini hisobga olsak, yuqoridagidek illiq holatlar nafaqat maktabdagi balki oiladagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga hizmat qiladi. Aksariyat ota-onalar o'z o'g'il-qizlarining ma'naviy boy, axloqan pok va jismonan barkamol insonlar bo'lib voyaga yetishishlari uchun ongli ravishda harakat qilayotgan ayni paytda, oiladagi ijtimoiy-madaniy muhit juda muhim hisoblanadi.

Yana bir muhim jihati shundan iboratki, Texnologiya faniga o'quvchilarni ko'proq xayotga tayyorlovchi, ularning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ijodkorlikka yo'naltiruvchi ta'lim sifatida qaraladi. Ijodkorlik - shaxsning hissiy kechinmalarni to'laqonli ifodalashni taqozo etuvchi ijodiy xarakterdagi u yoki bu faoliyatni bajarish ko'nikma, malakalarini hech bir qiyinchiliksiz o'zlashtirishi, ular yordamida faoliyatni tez, oson, sifatli va samarali bajarishini anglatuvchi o'ziga xos individual-psixologik xususiyat hisoblanadi.

Shunday qilib, o'quvchining ijodiy qobiliyatga ega bo'lishi uning borliqqa, tabiatga, ijtimoiy sub'ektlarga, ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy qadriyatlarga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirishga yordam beradi. Shu sababli o'quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish asosiy ijtimoiy-pedagogik vazifalardan biri sanaladi.

Xulosa qilib aytganda, umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi ijtimoiy-madaniy muhitni tashkil etishda, Texnologiya fani orqali o'quvchilarda shakllanuvchi ijobiy fazilatlar va o'zaro munosabatlar muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. D.A.Turaxanova. O'smir va ota-ona munosabatining o'ziga xos xususiyatlari. Konferensiya, 2022.

2. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining texnologiya fanidan tig'izlashtirilgan taqvim-mavzu rejasi (5-9-sinf) T.2021.

3. Abdullayeva Q.M. Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari.- T.: TDPU, 2003.

4. Е.В. Игнатьева. О роли образовательного предмета «Технология» в реформировании школьного образования// Инновации в педагогических исследованиях.Россия-2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.