Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISH: YUQORI SINF O‘QUVCHILARNING MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISH'

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISH: YUQORI SINF O‘QUVCHILARNING MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
41
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniy muhit / milliy hunarmandchilik / umumta’lim maktablari / estetik tarbiya / ko‘nikma / malaka.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova

Zamonaviy jamkyatda madaniy m,uhitning tarkib topganligi juda ahamiyuatlidir. Ayniqsa, buni umumta’lim maktablarida ko‘rish juda quvonarli. Umumta’lim maktablarida madaniy muhitni yaratishda yuqori sinf o‘quvchilarining milliy hunarmandchilikka qiziqishlarini rivojlantirish orqali bunga tezkor va natijakor tarzda erishish haqida ushbu maqolada fikr-mulohaza boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISH: YUQORI SINF O‘QUVCHILARNING MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISH»

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISH: YUQORI SINF O'QUVCHILARNING MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQISHLARINI RIVOJLANTIRISH Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova

Nizomiy nomidagi TDPU Texnologik ta'lim magistratura mutaxassisligi II bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7932732

Annotatsiya. Zamonaviy jamkyatda madaniy m,uhitning tarkib topganligi juda ahamiyuatlidir. Ayniqsa, buni umumta'lim maktablarida ko'rish juda quvonarli. Umumta'lim maktablarida madaniy muhitni yaratishda yuqori sinf o'quvchilarining milliy hunarmandchilikka qiziqishlarini rivojlantirish orqali bunga tezkor va natijakor tarzda erishish haqida ushbu maqolada fikr-mulohaza boradi.

Kalit so'zlar: madaniy muhit, milliy hunarmandchilik, umumta'lim maktablari, estetik tarbiya, ko'nikma, malaka.

Аннотация. Очень важно, чтобы в современном обществе формировалась культурная среда. Особенно отрадно видеть это в общеобразовательных школах. В данной статье рассматривается, как быстро и эффективно этого добиться путем развития интереса старшеклассников к народным промыслам при создании культурной среды в общеобразовательных школах.

Ключевые слова: культурная среда, народные промыслы, общеобразовательная школа, эстетическое воспитание, навыки, квалификация.

Abstract. It is very important that the cultural environment is formed in the modern society. It is especially gratifying to see this in secondary schools. This article discusses how to quickly and effectively achieve this by developing the interest of high school students in national handicrafts while creating a cultural environment in general education schools.

Keywords: cultural environment, national crafts, general education schools, aesthetic education, skills, qualifications.

Bugungi kunda har bir jamiyatda madaniy muhitning ijobiy jihatlar bila boyitilganloigi juda ahamiyatlidir. Shu sababli umumta'lim maktablarida ham madaniy muhitni yaratish masalasi dolzarb hisoblanadi. Chunki kelajak yoshlarga, ularning madaniy va ma'rifiy jihatdan kamol topganligiga juda bog'liq.

Xuddi shuni esdan chiqarmagan hola, umumta'lim maktablarida madaniy muhitni yaratishda o'quvchilarda estetik jihatdan bilim, ko'nikma, malakalarini shakllantirish va buning uchun mehnat ta'limidan keng foydalanish ham mumkin. Ayniqsa, o'quvchilarning xalq hunarmandchiligi to'g'risidagi bilimlarini kengaytirish ularda nafaqat estetik tarbiyaning shakllanishida, balki milliy hunarmandchilikka bo'lgan qiziqishlarining yuksalishiga sabab bo'ladi. Jumladan, o'quvchilarda milliy hunarmandchilikka qiziqishning uyg'onishi bilan sohaga doir kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyati kengayadi.

Milliy hunarmandchilik haqidagi bilimlar asosan "Texnologiya va dizayn" yo'nalishida beriladi. Aniqrog'i bu yo'nalish orqali o'quvchilar xalq hunarmandchiligining quyidagi turlari bo'yicha bilimlarga ega bo'ladilar.: hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlarini, uyushmalari va uning istiqbollarini, xalq hunarmandchiligi bo'yicha ko'rgazma va tanlovlarni tashkil qilish va ishtirokchilarni tanlash qoidalarini, xalq hunarmandchiligini tanlangan

yo'nalishi bo'yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg'unlashtirilgan mahsulot tayyorlash ish usullarini bilish. Demakki, bu sanalganlar to'g'risida mehnat ta'limi jarayonlarida o'quvchilarda ko'nikma va malaka hosil qilinar ekan, ularning milliy hunarmandchilikka nisbatan qiziqishlarini uyg'otishda natijaga erishish yanada osonlashadi. Va bu bilan kelajakda xalq hunarmandchiligi yoki aynan milliy hunarmandchilik turi bo'yicha qo'li gul ustalarning, hunarmandlarning tarbiyalanishiga erishamiz.

Xalq hunarmandchiligi an'analari avloddan-avlodga o'tib kelishi bilan birga taraqqiyotning yangi sifatiga ega bo'lmoqda. Bu jarayon, ayniqsa, hozirgi qayta qurulish davrida yanada yuqori samaralarga erishuv imkoniyatiga ega bo'lib bormoqda. Binobarin, milliy hunarmandchilik san'atlarini o'rgatish mashg'ulotlarida xalq ustalari yaratgan asarlarining beqiyos ma'naviy qiymatlarini namoyish etish orqali yosh avlodda estetik didni shakllantirish, ularga zarur bilimlar va axloqiy tarbiya, berish, mehnat, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish, kasb tanlashga ruhiy va amaliy tayorlash vazifalari markaziy e'tiborda turadi. O'zbek xalq hunarmandchiligi san'ati turlarining ko'pligidan kelib chiqadigan o'ziga xos ta'lim va tarbiya imkoniyatlari yaxshi natijalar beradi. Birinchidan, yakka kishi hech qachon xalq hunarmandchiligi san'atining hamma turlarini to'liq o'zlashtira olmaydi. Lekin umumiy darajada tanishish shaxsning yuqori madaniy darajaga erishuvida zarur shartdir. Bundan kelib chiqadiki, ushbu san'atni o'rgatish ikki xil shaklda amalga oshirilishi mumkin: umumiy nazariy ma'lumotlarga ega bo'lish yoki biror turini amaliy jiatdan to'liq eqallash. Ikkinchidan, har bir murabbiy usta o'zi chuqur egallagan san'at turini shogirdlariga chuqur o'rgatish bilan cheklanishi mumkin. Uchinchidan har turli mahalliy sharoitlaridan kelib chiqqan holda, ushbu san'atning u yoki bu turi bo'yicha mashg'ulotlar tashkil etishda tanlash uchun keng imkoniyatlari mavjud.

Xalq hunarmandchiligining umumta'lim maktablari texnologiya ta'limiga kiritilishi o'g'il va qiz bolalar mehnatini tashkil etishning ko'lamini yanada kengaytirishga, shahar va qishloq maktablarida mehnat ta'limi mashg'ulotlarini tashkil etishni yanada yaxshilashga olib keladi. Chunki, ushbu ta'limning an'anaviy ko'rinishda shahar va qishloq maktablarida mashg'ulotlarni tashkil etishda xalq hunarmandchiligi sohalari taraqqiyoti, ta'lim muassasani o'rab o'tgan ishlab chiqarish sohalarini hisobga olib, ularga bog'lanish zaruriayati bor. Xalq hunarmandchiligi esa bevosita xalq xo'jaligi (mahalliy) tarmoqlarga bog'liq bo'lmagan holda o'quvchilarga turli umummehnat, maxsus ko'nikmalarni o'rgatishda didaktik imkoniyatlari behisobdir, deya yuqoridagi fikr-mulohazalarga xulosa yasash mumkin.

REFERENCES

1. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).

2. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. ORGANIZATION OF INDEPENDENT EDUCATION IN THE FIELD OF TECHNOLOGY IN PREPARING PUPILS FOR EDUCATION ON THE BASIS OF FOLK CRAFTS. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 APRIL 2023. 100-101p.

3. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. METHODOLOGY OF FORMATION OF COMPETENCES OF PUPILS' INTEREST IN NATIONAL CRAFTS BASED ON THE CLUSTER APPROACH. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 MARCH 2023. 373-374p.

4. Roila Yuldoshevna Xaydarova. CLUSTER TYPES AND ORGANIZATION OF THE PROCESSES OF LESSONS DEDICATED TO NATIONAL CRAFTS FROM TECHNOLOGY SCIENCE BASED ON THEM. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 MARCH 2023. 68-69p.

5. Roila Yuldoshevna Xaydarova. THE IMPORTANCE OF THE CLUSTER APPROACH IN MODERN EDUCATION. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 1 JANUARY 2023. 434-435p.

6. Roila Yuldoshevna Xaydarova. EFFECTIVENESS OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN FORMING THE COMPETENCES OF STUDENTS' INTEREST IN NATIONAL CRAFT. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME2 ISSUE 4 APRIL 2023 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 328-329p.

7. Roila Yuldoshevna Xaydarova. O'QUVCHILARNI MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQTIRISHDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGINING KLASTERLI YONDASHUVLARI. " UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI, MAY 1516, 2023. MEHNAT TA'LIMI DARSLARIDA O'QUVCHILARNI XALQ HUNARMANDCHILIGI ASOSIDA TARBIYALASH («Klaster yondashuv asosida o'quvchilarni milliy hunarmandchilikka qiziqish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov ishlarining xulosasi sifatida). 271-272-betlar.

8. Roila Yuldoshevna Xaydarova. O'QUVCHILARNI MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQTIRISHDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGINING KLASTERLI YONDASHUVLARI. " UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI, MAY 1516, 2023. 273-274-betlar.

9. Yulchiyeva M.T. O'QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANILADIGAN METOD VA VOSITALARNING AHAMIYATI. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 198-201p.

10. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292

11. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

12. https://cyberleninka.ru

13. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.