"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023
MEHNAT TA'LIMI DARSLARIDA O'QUVCHILARNI XALQ HUNARMANDCHILIGI
ASOSIDA TARBIYALASH
(«Klaster yondashuv asosida o'quvchilarni milliy hunarmandchilikka qiziqish kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining
tajriba-sinov ishlarining xulosasi sifatida) Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova Nizomiy nomidagi TDPU Texnologik ta'lim magistratura mutaxassisligi II bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7930718
Annotatsiya. Bugungi kunda ta'lim muassasasida tashkil etiladigan har bir dars jarayoni o'quvchilarga nafaqat ta'lim berishni, balki ularda tarbiyaviy jihatdan ham e 'tibor qaratishni talab qiladi. Shu boisdan ham mazkur maqola ushbu masala yuzasidan fikr-mulohazalarga bag'ishlanadi.
Kalit so'zlar: Ta'lim muassasasi, mehnat ta'limi, o'quvchilarni tarbiyalash, hunarmandchilik, an'anaviy texnologiya mashg 'ulotlari.
Texnologiya darslari o'quvchilarda o'zini-o'zi tanqidiy baholash va kamchiliklarga nisbatan murosasiz bo'lish hislarini tarbiyalaydi. Unda, o'qituvchi tayyor buyumni tekshirib ko'radi va uni o'quvchilarning o'zlariga mustaqil ravishda baholashni taklif qiladi. Ilg'or o'qituvchilar ish tajribalari bunday usul muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. O'qituvchi dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida yaxshi tayyorlangan hunarmandchilik buyumining go'zalligi, detallarga ishlov berishning to'g'riligi hamda o'quvchi mehnat harakatlarining aniqligini doimo ta'kidlab turishi kerak.
Texnologiya va kasbga yo'naltirishda o'quv mashg'ulotlarining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ta'lim-tarbiya tizimida xalq hunarmandchiligi sohalaridan foydalanish uchun eng maqbul mashg'ulotlar turkumi hisoblanadi.
Xalq hunarmandchiligi sohalarini o'rganishda texnologiya mashg'ulotlari qo'lda va qo'l asboblarida bajariladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida texnologiya mashg'ulotlarining samaradorligini oshirish uchun o'quvchilar mehnati xolis baholanishi lozim. Xalq hunarmandchiligi sohalarini o'rganishga asoslangan texnologiya mashg'ulotlari an'anaviy texnologiya mashg'ulotlariga nisbatan taqqoslanganda moddiy, xom-ashyo ta'minoti, ko'pincha mahalliy materiallardan foydalanishi hisobiga bo'ladi.
Mehnat ta'lim darslarida o'quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashimizni samarali yo'llaridan biri zardo'zlik sa'natini o'rgatish. Sababi o'quvchilar o'z qo'llari bilan nafis buyumlar yaratishga muyassar bo'ladilar.
Mehnat ta'limi darsi jarayonida o'quvchilarni xalq hunarmandchiligi asosida tarbiyalashni dars jarayonida olib borish xam mumkin. Bu bilan o'quvchilarning milliy hunarmandchilikka nisbatan qiziqishlarini uyg'otishga erishish yanada oson kechadi.
Mashg'ulotlarni tashkil qilish jarayonida fan o'qituvchisi o'zining tayyorgarlik darajasi, maktabning moddiy-texnik bazasining imkoniyati va o'quvchilarning qiziqishiga qarab dasturga ma'lum o'zgartirishlar kiritish I ham mumkin. Har tomonlama fikrlab tuzilmagan reja bilan qo'yilgan maqsadga erishish qiyin. Shuning uchun klaster yondashuv asosida o'quvchilarning milliy hunarmandchilikka qiziqish kompetensiyalarini rivojlantirish rejasi, strukturasida quyidagi bo'limlar bo'lishi tavsiya etiladi:
1. Umumiy qism.
2. Ta'lim-tarbiya ishlari.
"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023
3. Metodik ishlanmalar.
4. Ommaviy tadbirlar.
5. Xo'jalik ishlari.
Milliy hunarmandchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'quvchilar
maktab ustaxonasida mehnat darslarida ma'lum darajali tayyorgarlikdan o'tgan bo'lishi lozim.
Agar o'quvchi mustahkam bilim va amaliy ko'nikmaga ega bo'lsa, hunarmandchilik faoliyatida
ulkan muvaffaqiyatlariga erishish mumkin deya xulosa chiqaramiz.
REFERENCES
1. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).
2. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. ORGANIZATION OF INDEPENDENT EDUCATION IN THE FIELD OF TECHNOLOGY IN PREPARING PUPILS FOR EDUCATION ON THE BASIS OF FOLK CRAFTS. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 APRIL 2023. 100-101p.
3. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. METHODOLOGY OF FORMATION OF COMPETENCES OF PUPILS' INTEREST IN NATIONAL CRAFTS BASED ON THE CLUSTER APPROACH. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 MARCH 2023. 373-374p.
4. Roila Yuldoshevna Xaydarova. CLUSTER TYPES AND ORGANIZATION OF THE PROCESSES OF LESSONS DEDICATED TO NATIONAL CRAFTS FROM TECHNOLOGY SCIENCE BASED ON THEM. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 MARCH 2023. 68-69p.
5. Roila Yuldoshevna Xaydarova. THE IMPORTANCE OF THE CLUSTER APPROACH IN MODERN EDUCATION. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 1 JANUARY 2023. 434-435p.
6. Roila Yuldoshevna Xaydarova. EFFECTIVENESS OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN FORMING THE COMPETENCES OF STUDENTS' INTEREST IN NATIONAL CRAFT. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME2 ISSUE 4 APRIL 2023 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 328-329p.
7. Yulchiyeva M.T. O'QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANILADIGAN METOD VA VOSITALARNING AHAMIYATI. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 198-201p.
8. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292
9. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman
10. https://cyberleninka.ru
11. http://scientists.uz