Badiiy asarning o'quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati
Go'zal Ergash qizi Qodirova Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. O'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi.
Kalit so'zlar: badiiy asar, boshlang'ich sinf, tushunish, tarbiya, savod
The importance of the work of art in the education of students
Guzal Ergash kizi Kadirova Urganch State University
Abstract: Reading classes of primary grades have a special place in the education system according to their essence, goals and tasks. Because the foundations of literacy and moral-educational education are based on it. That is why the education of other subjects cannot be imagined without the education of reading. The student is faced with the ability to read the text correctly, quickly, understand it, and master its content for the first time in reading classes.
Keywords: artistic work, elementary school, understanding, education, literacy
O'qish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quvbiluv ko'nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta'limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda «O'qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o'rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga mo'ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O'qish darslari savod o'rgatish davrida o'quvchilarni bo'g'in, so'z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o'qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa,o'qish texnikasi egallangandan so'ng o'qish muayyan mavzular bo'yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
www.openscience.uz / issn 2181-0842 916
Boshlang'ich sinf "O'qish kitobi" darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o'quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to'g'ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko'ra, o'qish darslarining etakchi xususiyati o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash bilan birga o'quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularni uyg'otishdir. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o'qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo'lib, 2-sinf "O'qish kitobi"dagi «Ona yurtim-oltin beshigim» bo'limiga kiritilgan «O'zbekistonim» (H.Imonberdiev), «Istiqlol» (J.Jabborov), «O'lka» (E.Vohidov), «Yur tog'larga» (U.Nosir), 3-sinfda «Ona bitta, Vatan yagona» bo'limidagi «Vatan haqida she'r» (A.Avloniy), "O'zbegim" (E.Vohidov), «Vatan mo''tabardir» (X.Davron), «Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi» (Tohir Malik), 4-sinfda «O'zbekiston - Vatanim manim» bo'limidagi «Serquyosh o'lka» (Z.Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» (M. Shayxzoda), "Xarita" (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy,
Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o'tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo'lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog'liq H.Imonberdievning «O'zbekistonim», J.Jabborovning «Istiqlol» (2-sinf), A.Rustamovning «Bayroq nima?», A.Obidjonning «O'ktam avlod» (3-sinf), S.Barnoevning «Mangulikka tatigulik kun», E.Malikovning «Assalom, Neksiya!» (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. Tabiatga oid mavzular yordamida o'quvchilar tabiatdagi o'zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o'quvchilarni kuzatuvchanlikka,
www.openscience.uz/issn2181-0842 917 lmj^^^h
tabiatni sevishga, unga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi.Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag'riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o'rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. Umuman, «O'qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini to'g'ri shakllantirish va nutq madaniyatini o'stirishga ham qaratiladi. Amaldagi «O'qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.Masalan, 1-sinfda o'rgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog'i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o'quvchilarning oldingi bilimlari to'ldiradi va boyitadi. Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviy-ahloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi.O'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib etishishlariga erishish o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha DTS va «Ona tili» o'quv dasturida o'qish ta'limi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to'g'ri tashkil qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogic texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Umuman olganda, o'qish darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:
1. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish.
2. O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish.
3. O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan etuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O'quvchilarning bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o'stirish.
6. O'quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elementar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo'lib, ular zamonaviy o'qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'liq holda va sinfdan tashqari
www.openscience.uz / issn 2181-0842 918
o'qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi.O'qish darslarida qo'llaniladigan metod va usullar «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta'lim berishning ilg'or pedagogic texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o'rta ta'limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta'kidlangan. Ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o'qishga o'rgatish yo'l-yo'riqlarini o'qish metodikasi ishlab chiqadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G'ulomova va b. "Ona tili o'qitish metodikasi" - Toshkent. 2009
2. U. Nishonova "O'zbek xalq ertaklari". "Sangzor" nashriyoti - 2013.
3. T. G'afforova, E. Shodmonov, G. Eshturdiyeva. 1- sinf "O'qish kitobi". "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent - 2019.
4. T. G'afforova, Sh. Nurullayeva, Z. Mirzahakimova; 2-sinf "O'qish kitobi". "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent - 2018.
www.openscience.uz / issn 2181-0842
919