Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQTIRISHDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGINING KLASTERLI YONDASHUVLARI'

O‘QUVCHILARNI MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQTIRISHDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGINING KLASTERLI YONDASHUVLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
28
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Klaster yondashuv / variativ jihat / individual trayektoriya / milliy hunarmandchilik / maktab va ishlab chiqarish hamkorligi / integrativ mashg‘ulotlar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova

Ushbu maqola orqali umumta’lim maktablarida ta’lim oluvchi o‘quvchilarni milliy hunarmandchilikka qiziqtirishda fan va ishlab chiqarish hamkorligining yondashuvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z aksini topadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQTIRISHDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGINING KLASTERLI YONDASHUVLARI»

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

O'QUVCHILARNI MILLIY HUNARMANDCHILIKKA QIZIQTIRISHDA FAN VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGINING KLASTERLI YONDASHUVLARI

Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova

Nizomiy nomidagi TDPU Texnologik ta'lim magistratura mutaxassisligi II bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7930741

Annotatsiya. Ushbu maqola orqali umumta'lim maktablarida ta'lim oluvchi o'quvchilarni milliy hunarmandchilikka qiziqtirishda fan va ishlab chiqarish hamkorligining yondashuvlari to'g'risidagi ma'lumotlar o'z aksini topadi.

Kalit so'zlar: Klaster yondashuv, variativ jihat, individual trayektoriya, milliy hunarmandchilik, maktab va ishlab chiqarish hamkorligi, integrativ mashg'ulotlar.

Klasterli yondashuv moslashuvchan hamda variativ jihatdan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada tadqiqotchi N.Sh.Abdullaevaning fikrlari o'rinli ekanini ta'kidlash joiz. Va shu bilan bir qatorda olimning fikrlarini keltiirb o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi: "Ta'limning variativ tizimining maqsadi - har bir o'quvchining sifatli va ommabop (ochiq) ta'lim olish huquqini ta'minlash demakdir. Bu tizimda ta'lim oluvchilar uchun "individual trayektoriya" ishlab chiqilgan, ya'ni ota-onalar talabidan kelib chiqqan holda, vaqtni belgilash, o'quvchilar rivojlanishini inobatga olish, iqtidor va yo'nalishlarni hisobga olish, imkoniyati cheklangan o'quvchilar, maxsus ta'lim talablarini inobatga olish va hokazolar" individual trayektoriya"ning asosiy mezonlari sifatida qabul qilinadi".

Bizningcha, 6-7 sinf o'quvchilarida klaster yondashuv asosida milliy hunarmandchilikka qiziqish kompetensiyalarini rivojlantirishda o'qituvchi va ishlab chiqarish, birlashma hamda uyushmalari bilan o'zaro ishonchli munosabatni shakllanishi tegishli samarani beradi. O'quvchilarning milliy hunarmandchilikka qiziqish kompetensiyalarini rivojlantirishda maktab va ishlab chiqarishning hamkorlikdagi faoliyatini samarali tashkil etish ham klaster yondashuvining muhim omilidir.

Markazga qo'yilgan muammo yuzasidan to'plangan nazariy ma'lumotlar, adabiyotlar va turli tipdagi manbalarni o'rganish natijasida aytish mumkinki, klasterli integratsiyaning asosiy tamoyili ta'lim mazmunining tizimli saralanishi ekanligidadir. Bunda har bir bo'g'in uchun mos vazifalar belgilab olinishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, ta'lim jarayonida klasterli integratsion yondashuvga ehtiyoj ayrim sabablar bilan tavsiflanadi. Ushbu sabablarni quyidagicha sanab o'tish mumkin:

* Integrativ mashg'ulotlar o'quvchilar potensialini (ichki imkoniyat) rivojlantiradi; ishlab chiqarishni faol ravishda anglashga da'vat etadi; sababiy oqibatlarni fikrlash va tushunishga yordam beradi; mantiq, tafakkur va kommunikativ qobiliyatni ham rivojlantiradi.

* Integrativ mashg'ulot o'quvchilar uchun qiziqarli va noan'anaviy ravishda o'tkaziladi. Mashg'ulot davomida turli ish turlaridan foydalanish o'quvchilarning diqqatini jamlaydi, ularni ruhan qo'llab-quvvatlaydi.

* Integrativ mashg'ulot pedagogik imkoniyatlarni namoyon etadi, turli faoliyatlarda, masalan, o'quvchilarda uchraydigan charchoq, zerikish va zo'riqishlarni bartaraf qiladi, bilishga bo'lgan qiziqishni oshiradi; xayol, diqqat, tafakkur, nutq va xotirani rivojlantiradi.

* Mashg'ulotlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik vaqtdan unumli foydalanishga imkon yaratadi, ya'ni o'quvchilarni rivojlantiruvchi faoliyat, shuningdek, amaliy yo'naltirilgan

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

qo'shimcha mashg'ulotlarni (oilada, mahallada, ob'yektlarda, to'garaklarda) o'tish uchun ham sharoit yaratiladi.

* Integratsiya jarayonida o'quv-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etuvchilardan iqtidori, mahorati, ijodkorligini namoyon etish ham talab qilinadi.

Klasterli yondashuvda oila va maktab hamkorligini yo'lga qo'yish ham belgilangan. Odatda pedagogchilar va ota-onalar ham o'zlarining boy tajribalariga ega. Aksariyat hollarda, maktab va ishlab chiqarish tashkilotning roli bu so'zda keng ma'noda bir-biridan ajratilgan. Shu bois ta'lim beruvchi hamda ishlab chiqarish ham qanday qilib axborot almashuv, hamkorlikda rejalashtirishni amalga oshirish, o'quvchilar guruhida birgalikda ishlashni bilmasliklari mumkin va buning natijasida yangi talablar oldida o'zlarini noqulay his qilishlari tabiiy. Bunday sharoitda pedagoglar va ishlab chiqarish birlashmalari bilan hamkorlik masalasini tushuntirish birmuncha qiyin kechishi ehtimoldan xoli emas.

REFERENCES

1. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).

2. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. ORGANIZATION OF INDEPENDENT EDUCATION IN THE FIELD OF TECHNOLOGY IN PREPARING PUPILS FOR EDUCATION ON THE BASIS OF FOLK CRAFTS. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 APRIL 2023. 100-101p.

3. Roila Yuldoshvoyevna Xaydarova. METHODOLOGY OF FORMATION OF COMPETENCES OF PUPILS' INTEREST IN NATIONAL CRAFTS BASED ON THE CLUSTER APPROACH. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 MARCH 2023. 373-374p.

4. Roila Yuldoshevna Xaydarova. CLUSTER TYPES AND ORGANIZATION OF THE PROCESSES OF LESSONS DEDICATED TO NATIONAL CRAFTS FROM TECHNOLOGY SCIENCE BASED ON THEM. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 4 MARCH 2023. 68-69p.

5. Roila Yuldoshevna Xaydarova. THE IMPORTANCE OF THE CLUSTER APPROACH IN MODERN EDUCATION. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 1 JANUARY 2023. 434-435p.

6. Roila Yuldoshevna Xaydarova. EFFECTIVENESS OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN FORMING THE COMPETENCES OF STUDENTS' INTEREST IN NATIONAL CRAFT. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME2 ISSUE 4 APRIL 2023 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 328-329p.

7. Yulchiyeva M.T. O'QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA FOYDALANILADIGAN METOD VA VOSITALARNING AHAMIYATI. SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. 198-201p.

8. https://t.me/jalilova_dilshoda_2292

9. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

10. https://cyberleninka.ru

11. http://scientists.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.