INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
CHOLG'U MASHG'ULOTLARIDA O'QUVCHILARNING IJROCHILIK KO'NIKMA
VA MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH.
Djalilov E.K.
SamDU dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7184110
Annotatsiya. Maqolaning mazmuni o'quvchilarga ijrochilik ko'nikma va malakalarini shakllantirishda zaruriy cholg'u mashg'ulotlarini joriy etish orqali ularni yanada yetuk kamol topishiga qaratilgan. O'quvchilarni ijrochilik bo'yicha kuchli mutaxassis bo'lishi uchun ularning qiziqishidan keilib chiqqan holatda mashg'ulotlarni to'g'ri va samarali tashkil etish bilan ko'zlangan maqsadga erishssa bo'ladi. Ijrochilik san'atining nozik qirralarini o'rgatish orqali o'quvchilarda shakllanishi zarur bo'lgan ko'nikma va malakalarni boshlang'ich poydevorini qo'yib olamiz. Shularni hisobga olgan holda cholg'u asboblarini ham nazariy ham amaliy bilimlar asosida o'rganishga qaratiladi.
Kalit so'zlar: cholg'u mashg'ulotlar, Ijrochilik san'ati, ijrochilik ko'nikma va malakalari, cholg'u asboblari, nozik qirralar.
ФОРМИРОВАНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ И УМЕНИЯ СТУДЕНТОВ В ИНСТРУМЕНТАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ.
Аннотация. Содержание статьи направлено на развитие у студентов навыков исполнения путем ознакомления их с необходимыми музыкальными навыками. Чтобы ученики стали сильными исполнителями, цель может быть достигнута путем правильной и эффективной организации уроков в зависимости от их интересов. Обучая тонкости исполнительского искусства, мы закладываем основы навыков и компетенций, которые должны развивать студенты. Учитывая это, основное внимание уделяется изучению музыкальных инструментов на основе как теоретических, так и практических знаний.
Ключевые слова: инструментальные уроки, исполнительское искусство, исполнительские навыки, музыкальные инструменты, острые углы,
FORMATION OF STUDENTS' PERFORMING SKILLS AND SKILLS IN INSTRUMENTAL ACTIVITIES.
Abstract. The content of the article is aimed at developing students' performance skills by introducing them to the necessary musical skills. In order for students to become strong performers, the goal can be achieved by organizing lessons correctly and effectively, depending on their interests. By teaching the subtleties of the performing arts, we lay the foundation for the skills and competencies that students need to develop. With this in mind, the focus is on the study of musical instruments based on both theoretical and practical knowledge.
Keywords: instrumental lessons, Performing arts, performing skills, musical instruments, fine edges.
KIRISH
Jonajon O'zbekistonimizning mustaqillikka erishganligi tufayli bugungi kunda jadal sur'atlar bilan yuz berayotgan o'zgarishlar xalq ta'limi sohasida ham o'ziga xos vazifalarni bizga belgilab bermoqda. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2017 yil 7 fevral PF-4947-sonli farmoni 2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Res'publikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasining IV-bo'lim
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishi 4.4 bandida uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish borasida alohida тa'kidlangan. Prezidentimiz Sh. Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar Strategiyasi hayotimiz mazmundorligini boyitib, ijobiy natijalar, hamda ish unumini oshirib, ulkan samaralar sari yetaklab kelmoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Mustaqil O'zbekistonimizda milliy istiqlol mafkurasini yaratish va jamiyatimizning ijtimoiy - istisodiy taraqqiyotini ta'minlashda har bir shaxsning ma'naviy madaniyati - uning umuminsoniy qadriyatlarini rivojlantirishga bo'lgan munosabati va sadoqati, hamda fidoyiligini ta'minlash me'zoniy ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy islohatlar yangi bir davrga kirib borayotgan hozirgi kunda, ijtimoiy ahamiyatimizning asosiy maqsadlaridan biri - shaxsning ma'naviy ehtiyojlarini o'rganish, uni rivojlantirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Shaxsning hissiy va aqliy kamol topishida, ijtimoiy faolligida, musiqa alohida ahamiyat kasb etadi. Musiqa san'ati insonning hayotini badiiy boyliklar bilan go'zallashtiradi, uning atrofida kishilarga turmushda, mehnatda jamoatchilik ishlari va dam olishda ijobiy ta'sir etadigan muhitni yaratadi.
Musiqa insonga ijobiy ta'sir ko'rsatib, uni ijodga, san'atkorlikka undaydi, unda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi. Har bir kishini musiqa madaniyati va san'atkorlikka da'vat etmay turib, shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni rivojlantirish vazifasini bajarish mumkin emas. Tasavvur, go'zallik, nafosat, xayol, ijod va ilhom inson shaxsining ajralmas jihatlaridir.
Badiiy ijrochilik faoliyatida o'quvchilarni estetik va aqliy kamol toptirish imkoniyati vujudga keladi. Badiiy idrok va ijro shakllarini solishtirish hamda taqqoslashdan toki chuqur tahlil qilish va umumlashtirishgacha bo'lgan fikrlash ishlari bilan tarkibiy bog'lanadi.
TADQIQOT NATIJALARI
Musiqa cholg'u asboblari nihoyatda ko'pdir va xilma - xildir, shu bilan bir qatorda ijro etish usullari har xil. Xalq cholg'ularining turlarini bir necha guruhlarga bo'lib o'rganiladi.
a) Torli - tirnama cholg'u asboblari,
b) Puflab chalinadigan cholg'u asboblari,
c) Torli - kamonchali cholg'u asboblari,
d) Urma - zarbli cholg'u asboblari.
Musiqa asboblari orasida nihoyatda qulay, eng universal va imkoniyati boy musiqa asbob fortepiano cholg'usidir. «... Shuni tushunib olish kerakki, - deb yozadi G.G.Neygauz, - musiqani va musiqa savodini o'rganish umummadaniy ish bo'lib, bunda fortepiano eng yaxshi, tengi yo'q vositadir. Tilni, jamiyat haqidagi fanni, matematika, tarix, tabiatshunoslik va xokazolarni o'rganish singari, musiqani ham madaniy kishilar uchun majburiydir.
Menga qolsa, o'rta maktablarda fortepiano orqali majburiy musiqa ta'limini joriy qilar
edim».
O'zbek xalq cholg'u asboblarini esa, o'ziga xos qulayliklari mavjuddir. Ayniqsa qashqar rubobida dars o'tishning eng qulaylik tomonlaridan biri, shuki uning yengil va ixchamliligidir. Shundan ma'lumki o'rta maktablarda qashqar rubobi bilan dars o'tish keng yo'lga quyilganligidadir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Musiqa cholg'usini chalish, ijro etish o'quvchilarning doimiy ijodiy faoliyatidir. U ijrochidan faqat muayyan ko'nikma va malakalarni emas, balki faollikni, maqsadga intilishni, diqqat e'tiborlikni va ijodiy tashabbuskorlikni ham talab qiladi. Musiqa ijrochiligi o'quvchilarda barkamollikka erishish, go'zallik va nafosatni anglash ishtiyoqini hosil qiladi.
Musiqa asarlaridagi badiiy obrazlar esa, ularda estetik hissiyotni shakllantiradi, ularga ijodiy hamda insoniy kechinmalarni yaxshiroq tushunishda yordam beradi. O'quvchilar turli musiqa melodiyasi ustida ishlashda, muayyan dunyoqarashda faol aks etgan hayotda yashash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu kechinmalar bilan birga ma'lum ma'naviy estetik fikrlar ham vujudga keladi. B.M.Teplovning fikricha, badiiy tarbiyada yana shunisi muhimki, bir san'atdagi «ishlar» san'atning boshqa turlarida badiiy qobiliyatlarning shakllanishiga yordam berishi mumkin. O'quvchilarda badiiy bilimlar qancha ko'p bo'lsa, ular har xil san'at asarlaridagi obrazlarni shuncha to'la va chuqur tushunishlari hamda anglashlari mumkin.
Musiqiy san'at bilan bevosita amaliy shug'ullanishning o'ziyoq juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ijro etiladigan obrazlarga va ular orqali voqeylikni, hodisalarga hissiyot va kechinmalarga estetik munosabat, o'quvchilarni eng bevosita va faol yo'lidir.
Cholg'uchilikda yakka darslarni tashkil qilish va o'tkazish prinsipini qo'llashda, dastlab umumiy maktab musiq darslari uchun kerakli ta'lim dasturi talablarini hisobga olish kerak. Bu o'z navbatida yakka tartibdagi mashg'ulotlarni, musiqa darslarini qandaydir to'ldirish va davom ettirishi, ular bilan o'zaro chambarchas bog'lanishi holiday bitta usuliy yo'nalishga ega bo'lishini nazarda tutadi.
Maktablar, ilmiy tadqiqot institute, musiqa ta'limi laboratoriyasining xodimlari jamoasi musiqiy - pedagogik tajribalaridan ortirgan ilmiy va nazariy izlanishlaridan kelib chiqqan dasturlarni umumiy o'rta maktab o'quvchilari uchun yaratib kelmoqdalar va ular amalda qo'llanib kelinmoqda.
Mazkur dasturlar orqali o'quvchilarni musiqa mashg'ulotlariga qiziqishi ortadi va shu bilan birga ular dastlabki darslardanoq faqat musiqani idrok etishi emas, balki musiqa haqida fikr yuritishni ham o'rganadilar.
Darsning mavzulik va yaxlitlik prinsipi eng muhim ahamiyatga ega. Nazariy ma'lumotlarni bayon qilish va eslab qolish esa, musiqani hissiyot bilan tushunish asosida amalgam oshadi. Bulardan tashqari, dasturning bir necha joyida o'quvchilarni ijodiy kamol toptirish, ularda mustaqil fikrlashga, o'zini tashabbusini ko'rsata olishga va ijro badiiyligiga erishishga zarurligi qayd qilinadi. Yuqoridagi ta'lim prinsiplarini amalda qo'llash yaxshi natijalar beradi.
O'zbek xalq cholg'ularida ijro etgan va ijro etib kelayotgan xalqimizning mashhur sozanda ijrochilari, ushbu cholg'ularda badiiylik bilan ijro etish usullarini o'rgatib, shakllantirib kelayaptilar.
Ma'lumki musiqa eng avvalo kishi tasavvurida obrazlar yaratishi orqali inson ruhiyatiga kirib, singib boradi. Yaxshi ijro etilgan yoqimli musiqa kishida a'lo kayfiyat uyg'otadi va uning ruhiga ko'tarinkilik olib kiradi. Yaxshi musiqadan ruhlanmagan odam topilmasa kerak. Ijro etilayotgan yoqimli musiqadan ruhlangan kishi o'z kuchiga ishonch hosil qiladi. Ma'lum muammolar oldida o'zini bardam his qiladi va turli hayotiy holatlarda dadillik ko'rsatishga tayyor bo'ladi.
Musiqa asarlarining go'zalligi ma'lumki uning shakliga bog'liqdir. O'zbek xalqining musiqa merosi shaklan, ya'ni janri nihoyatda xilma - xil. Bu rang - baranglik qadimdan xalq
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ichida nohoyatda keng tarqalgan bo'lib, ular: alla, mehnat qo'shiqlari, ashula, maqom, lapar, yalla va boshqa janrlar qatori zamonaviy janrdagi ariya, romans, poema, konsert, syuita, simfoniya, opera va balet kabi yana ko'plab janrlarda o'z ifodasini topadi. Shakl esa navbatida asarning mazmuni bilan bevosita bog'liq bo'ladi va bu ikki jihat birlashib, musiqa asarini badiiy qiymatini belgilab beradi.
MUHOKAMA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, umumiy musiqa ta'limining darslardagi o'quvchilarga ta'lim - tarbiya berishning maqsad va vazifalari yangi insonni kamol toptirish prinsiplaridan kelib chiqadi. O'quvchining har tomonlama kamol topishi mehnat tarbiyasi, aqliy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi bilan ta'minlanadi. Musiqa tarbiyasini ham o'z ichiga olgan estetik tarbiya o'z oldiga: san'at sohasidagi ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish, san'atdagi va hayotdagi go'zallikni hamda nafosatni his etish va tushunishlarni rivojlantirish, estetik faoliyatning tanlagan turiga vaqt ajratish ehtiyojini vujudga keltirish vazifalarini qo'yadi.
Estetik tarbiyaga qo'yilgan talablar nuqtai nazaridan umumiy musiqa ta'limi sistemasida musiqa chalishni o'rgatish eng avvalo musiqiy - tarbiyaviy va musiqiy - ta'lim vazifalarga bo'ysunishi lozim. Bu vazifalar o'quvchilarning umumiy musiqiy bilimlarini oshirish, bolalarni musiqa san'atining qimmatli asarlari bilan tanishtirish, ularda mumtoz musiqaning eng yaxshi namunalari, shuningdek, hozirgi bastakorlarning asarlari orqali estetik didni shakllantirish, o'g'il va qizlarni badiiy havaskorlikning faol qatnashchilariga - musiqiy - estetik bilimlarning targ'ibotchilariga aylantirishdan iboratdir.
«Musiqiy ta'lim» tushunchasini «Musiqiy faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni, shuningdek, ta'lim natijasida olingan bilimlar hamda ularga bog'liq ko'nikma va malakalar majmuini o'zlashtirish jarayoni» sifatida tor sharhlash, umumiy musiqa ta'limi amaliyotda sinflardagi o'quv - tarbiya jarayonini bir tomonlikka olib keladi.
Umumta'lim maktablarida musiqa tarbiyachisini amalga oshira borar ekan, o'qituvchi oldida o'quvchilarning musiqaga qiziqish va havaslarini uyg'otish vazifasi turadi. Maktabda, ayniqsa boshlang'ich sinflarda qo'shiq aytish, musiqa tinglashga nisbatan paydo bo'lgan qiziqish va moyillik asta - sekin yoshlarning san'atga bo'lgan ijobiy munosabatlari va qolaversa, ehtiyojlarning shakllanib borishida muhim o'rin tutadi. XULOSA
Musiqa darsi o'z tabiatiga ko'ra san'at darsidir. Uni rang - barang, sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir o'qituvchidan katta pedagogic va professional mahoratni talab etadi. «Bolalarni san'atga o'rgatish nihoyatda murakkab, - deb ta'kidlaydi taniqli kompozitor D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkablik shundaki, ularni emotsional tarzda qiziqtirmay turib chinakam san'atga o'rgatish mutlaqo mumkin emas».
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Xarakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son farmoni. -O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-cson, 70-modda.
2. O'zbeksiton Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". T; - Ma'rifat, 1998y.
3. I. Qudratov. Talabalar va bolalar ashula va xor jamoalarini tashkil etish va ular bilan ishlash metodikasi. - Toshkent, - Fan va texnologiyalar bosmaxonasi - 2006 yil.
4. R. Qodirov. Boshlang'ich maktabda ko'p ovozli kuylash.-T; -O'qituvchi. -1997 yil.
5. P. Xalabuzar. V. Popov. Metodika muzikalnogo vospitaniya. - M; - Muzbika. -1990 yil.
6. Bolalar xalq cholg'u asboblari orkestiri va ansambillarini tuzish, ular bilan ishlash metodikasi. Metodik tavsiyanoma. - Toshkent: 1987 yil.