Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARINI, MUAYYAN CHOLG‘U SOZLAR IJROCHILIGIGA O‘RGATISHDA TIZIMLI YONDASHUV MASALALARI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARINI, MUAYYAN CHOLG‘U SOZLAR IJROCHILIGIGA O‘RGATISHDA TIZIMLI YONDASHUV MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
19
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
cholg‘u ijrochiligi / ijrochilik holati / cholg‘u sozlari / eshitish / ritm / musiqa qobiliyati / tembr / tovush balandligi / pozitsiya / emotsional rivojlanish / gamma / cholg‘u sozi torlari / dasta / metro-ritm

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bahtiyorjon Yoqubjon O‘g‘li G‘iyosov

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarini muayyan cholg‘u sozlar ijrochiligiga o‘rgatish masalalari hamda, ularni cholg‘u sozlar ijrochiligiga o‘rgatishda tizimli yondashuvni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarni har birini muayyan cholg‘u sozlar ijrochiligiga o‘rgatishda musiqa rahbarining spetsifik vazifalari, o‘quvchilarni yoshi va jismoniy rivojlanishlarini inobatga olgan holda o‘quvchilarni muayyan cholg‘u sozlar ijrochiligiga o‘rgatish masalalari bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARINI, MUAYYAN CHOLG‘U SOZLAR IJROCHILIGIGA O‘RGATISHDA TIZIMLI YONDASHUV MASALALARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz Volume 5 Issue 1 / February 2024

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTAB O'QUVCHILARINI, MUAYYAN CHOLG'U SOZLAR IJROCHILIGIGA O'RGATISHDA TIZIMLI

YONDASHUV MASALALARI

Bahtiyorjon Yoqubjon o'g'li G'iyosov Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarini muayyan cholg'u sozlar ijrochiligiga o'rgatish masalalari hamda, ularni cholg'u sozlar ijrochiligiga o'rgatishda tizimli yondashuvni yo'lga qo'yish, o'quvchilarni har birini muayyan cholg'u sozlar ijrochiligiga o'rgatishda musiqa rahbarining spetsifik vazifalari, o'quvchilarni yoshi va jismoniy rivojlanishlarini inobatga olgan holda o'quvchilarni muayyan cholg'u sozlar ijrochiligiga o'rgatish masalalari bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: cholg'u ijrochiligi, ijrochilik holati, cholg'u sozlari, eshitish, ritm, musiqa qobiliyati, tembr, tovush balandligi, pozitsiya, emotsional rivojlanish, gamma, cholg'u sozi torlari, dasta, metro-ritm

ISSUES OF SYSTEMATIC APPROACH IN TRAINING GENERAL SECONDARY SCHOOL STUDENTS TO PERFORM SPECIFIC

INSTRUMENTAL WORDS

Bakhtiyarjon Yakubjon oglu Ghiyasov Namangan State University

Abstract: In this article, the issues of teaching general secondary school students to perform certain musical instruments, as well as establishing a systematic approach to teaching them to perform musical instruments, teaching each student to a certain musical instrument The specific tasks of the music director in teaching vocal performance, the issues of teaching students to perform certain musical instruments, taking into account the age and physical development of students, are described.

Keywords: instrument performance, performance status, instrument sounds, hearing, rhythm, musical ability, timbre, pitch, position, emotional development, gamma, musical strings, handle, metro-rhythm

Yurtimizda so'ngi besh yilda ta'lim tizimiga hususan, maktablarga katta e'tibor berilyapti. Maktablarni moddiy texnik bazalari, o'quvchilarning yangi darsliklar bilan ta'minlanishi, darslarda zamonaviy elektro-texnik vositalardan keng foydalanishi barobarida darslar o'tish sifatlari oshirilib, o'quvchilarga ta'lim va tarbiya

berilmoqda.

Yurt boshimizni tashabbuslari bilan maktablarda musiqa darslariga katta etibor berilayotganligini 2022-yilning 2-fevralida chiqarilgan PQ-112 sonli qaror1larida ham yana bir bor ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Qarordan kelib chiqqan holda yurtimizning shahar markazlaridagi maktablaridan tortib yurtimizning chekka hududidagi qishloq maktablaridacha o'quvchilar uchun 6-turdagi milliy musiqa cholg'ular va yangi darsliklar yetkazib berilishi kafolatlandi. Qarorda ko'zda tutilgan 6-turdagi musiqa cholg'ularning birida kuy ijro etish malakalariga ega bo'lishlari belgilandi.

Bundan tashqari qarorda har bir maktabda musiqa darslarini haftalik soatiga qo'shimcha ravishda 1 soatga qo'shish, cholg'u ijrochiligi bo'yicha to'garaklar tashkil etish, tashkil etilgan to'garaklar har 6 oyda va yillik hissobot konsertlarini tashkil etishlari belgilab qo'yilgan.

O'zbekistonda maktab ta'lim tizimida o'quvchilarni quyidagicha ajratiladi:

I. Boshlangich sinflar (6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha, 1-4 sinflar);

II. O'rta sinf (10-11, 14-15 yoshgacha, 5-9 sinflar);

III. Yuqori sinf (15-18 yosh, 10-11 sinflar);

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan uch toifaga cholg'u ijrochiligini o'rgatishda eng avval maktab o'quvchilarining psixologik, jismoniy va aqliy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda tizimli yondoshmog'imiz zarur. Demak:

Boshlang'ich sinf. Maktab o'quvchisi maqomiga ega bo'lgan bolalar o'z hayotidagi eng muhim bosqichlardan biriga qadam qo'yadilar. Bu davrda bolalar o'z qobiliyatlarini boshqacha baholashadi, mustaqil va mas'uliyatli shaxs bo'lishga urinadilar. Ong hali yaxshi rivojlanmagan bo'lsada ammo bolalar bir darsga diqqatini uzoq vaqt ushlab tura olishlari mumkin, hatto bu ularning qiziqishini uy g'otmasa ham. Bu davrda bolalarda xotira juda faol va har qanday kichik elementlarni ham tez ilg'aydi va saqlab qoladi. Bu yosh davrida bolalarning ijro imkoniyatlari jismoniy tomondan professional ijro uchun mo'ljallangan musiqa cholg'ularda ijro qila olish imkoniyatlar yetmaydi. Shuning uchun bolalarga dissertatsiyanig yoqoridagi paragrifida ko'rsatib o'tilgan A.Liviyev tomonlaridan maxsus bolalar uchun yasalgan cholg'u to'plamlaridan foydalanamiz. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini cholg'u soziga biriktitishda yuqorida ko'rsatib o'tilgan 1-jadvalga muvofiq temperamentlarini hamda cholg'ularning inson salomatligiga ta'sirini inobatga olgan holda biriktirish yaxshi samara beradi.

O'quvchilarga cholg'u ijrochiligini o'rgatishda asosiy tayanch bilimlardan biri nota savodidir. Notani varoqdan o'qish uchun o'quvchi yetarli bilim va malakaga ega bo'lishi lozim. Bu bilimni o'qituvchi tomonidan asta sekinlik bilan cholg'u ijrochiligi va musiqa madaniyati darslarida o'rgatib boriladi. Huddi shu holatni boshlang'ich

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-son qarori.// LexUZ, 02.02.2022.

ta'limning sinflar kesimida ko'rib chiqamiz:

a) Boshlang'ich 1-2 sinf o'quvchilari musiqa asarlariga metro-ritmik jo'r bo'lsalarda, ularni aqliy rivojlanishlarini inobatga olgan holda, hozirgi besh chiziqli nota yo'lini asta sekinlik bilan o'rgatish maqsadga muvofiq. Ular nota savodini to'liqligicha tushunib yetmasalarda asosiy tayanch tushunchalarni 1-2 sinfda oladilar.

a) Boshlang'ich 3-4 sinfda o'quvchilar besh chiziqli nota yolini ma'lum darajada o'zlashtirishga erishadilar. Endilikda ular kichik hajmli hamda ijro yo'nalishi osonroq, qiyin bo'lmagan nota yozuvidagi (nota yozilishi, fakturasi tomonidan) asarlarni ijro eta oladilar.2

Shuni takidlab o'tish kerakki, o'quvchilar nota yozuvini o'rganish barobarida uning dinamik belgilari va boshqa ifoda vositalarini ham o'zlashtira boradilar.

Boshlang'ich sinfda tehsil olayotgan o'quvchilarning ijro repertuarlari olingan bilim ko'nikmalariga mos ravishda bo'lmog'i lozim. Ijro repertuarlari oson shaklga ega bo'lishi, ifoda vositalari ko'proq bo'lishi ularni cholg'u sozlar ijrochiligiga qiziqishlarini yanada o'stiradi. Sekin astalik bilan ijro repertuarlarining hajmi ham kattalashib boradi.

O'rta sinf. Bu yosh doirasida o'quvchilar o'smirlik davriga to'g'ri keladilar. Shu sababli, o'smirlar bilan ishlashda asosiy e'tiborni qiziqishni uyg'otish va o'ziga bo'lgan ishonchini rivojlantirishga, qobiliyatlarini va shaxsiyat xususiyatlarini asta-sekin anglashga qaratish kerak. O'smirlar endilikda ilm-fan asoslarini muntazam ravishda o'zlashtira boshlaydilar. Shu bilan birga, o'smirlar sinfda mustaqil topshiriqlar va amaliy ishlarni bajarishga moyil bo'lishadi. O'smirlar ayniqsa maktabdan tashqari mashg'ulotlarda faol bo'ladilar. Ularni darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish kerak. Agar vaqtida ularga e'tibor qaratilmasa, boshqa yot g'oyalar qurshovida qolishlari hech gapmas.

O'rta sinf o'quvchilari o'smirlik davriga to'g'ri kelganlari uchun boshlang'ich sinf o'quvchilariga qaraganda fikrlari o'zgarishi mumkin. Shuni inobatga olib ularga cholg'u sozini tanlashda yana bir imkoniyat berish kerak. Ya'ni o'zlarini tanlovlariga qarab biron bir cholg'u sozini o'rganishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Yana shuni ham aytib o'tish joizki, o'rta sinf o'quvchilarini boshlang'ich sinf o'quvchilariga qaraganda jismoniy va aqliy tomondan; qo'l, oyoq, gavda va tana hajmini kattalashganini inobatga olib, 5-7 sinflar bolalar musiqa va san'at maktablari uchun yasalgan cholg'ularni chalishlari kerak. Bu cholg'ularning boshqa hajmli cholg'ulardan farqi, maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun yaratilgan cholg'ulardan kattaroq, professional ijro uchun ya'ni kattalar uchun yaratilgan cholg'ulardan kichikroq. Bu ularga cholg'ularni ijro etish mobaynida katta qulaylik yaratadi. Ushbu cholg'ular orqali ular o'z ijro mahoratlarini bemalol namoyon eta oladilar. 8-9

2 G'iyosov B. Ta'lim muassasalarida o'quvchilarni har birini muayyan cholg'u ijrochiligiga o'rgatish. Magistrlik dissertatsiyasi - Namangan 2022, 51-bet.

sinflarni tana azolari yetarli darajadagi hajmga ega bo'lganligini inobatga olib, professional ijro uchun mo'ljallangan cholg'u sozlarini ijro qilishlari mumkin.

5-7 sinflarda o'quvchilar nota savodi masalasida yetarlicha malakaga ega bo'ladilar. Ya'ni asardagi dinamik belgilarni, oddiy o'lchovli va nisbatan murakkab o'lchovli asarlarni bemalol nota yo'lida tahlil qilgan holda, ijro etishlari mumkin. 8-9 sinf o'quvchilari esa nota savodini mukammal o'zlashtiradilar. Murakkab hissali o'lchovlarni ham bemalol tahlil qila oladilar. Asarlar ijrosida beshta kalit belgili asarlarni ijro qilishlari mumkin.

Ijro repertuarlariga keladigan bolsak, o'smirlik davrini hisobga olib turli janrli va harakterli asarlarni ijro dasturlariga qo'shish lozim. Repertuarlarini murakkabligi 5-7 sinflarda o'rta darajada, sekin-astalik bilan 8-9 sinflarga qadar murakkablashib boradi.

Yuqori sinf. Bu yosh doirasidagi o'quvchilar balog'at yoshi davriga to'g'ri keladilar. Ular endi har bir ishda o' z fikrlariga tayangan holda ish yuritadilar. Mustaqil hayotga qadam tashlash ostonasida bo'lishadi. Bu davrda o'quvchilarni o'zi xohlagan va imkoniyatlaridan kelib chiqib kasbga yo'naltirish juda muhimdir.

Yuqori sinf o'quvchilari, o'rta sinfda o'qiyotgan davrlari (ya'ni 5-7 sinf) da tanlagan cholg'ularida ijrochilikni davom ettirishlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki, o'rta sinfda tanlangan cholg'uni ijro uslublari, tovush chiqarish usullari, aplikaturasi, cholg'uning pozitsiyasi, ijro texnikasi to'liq holatda o'zlashtirilgan bo'ladi. Yoki o'quvchining musiqiy qobiliyati va xohishiga qarab cholg'uni o'zgartirishi mumkin.

Nota savodi yuqori darajada bo'ladi. Ular bemalol murakkab hissali asarlarni chalib ta'xlil qila oladilar. Dinamik belgilar, nota matnida yozilgan kuyning barcha ifoda vositalarni nazardan chetta qoldirmagan holda tushunib ijroda bemalol qo'llashlari mumkin bo'ladi.

Ularga ijro repertuarlari xilma-xil bo'lishi joiz. Ijro repertuarlariga shashmaqomning cholg'u kuylari, o'zbek xalq kuylari, o'zbek klassik kuylaridan. Bundan tashqari o'zbek kompozitor va bastakorlari ijodidan, jahon kompozitorlarining turli janrdagi asarlarni bemalol ijro eta oladilar.

Cholg'u ijrochiligini o'rgatishda o'qituvchi va o'quvchilar bir qator ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak;

Boshlang'ich ko'nikma. O'quvchilarning birinchi darajali burchlari - o'qish va tarbiyani mushtarak olib borgan holda ijrochi-sozanda tarbiyalash. Cholg'u ijrochiligi darslarida ijrochilik san'atiga mehr bilan qarash, o'quvchi o'zi tanlagan cholg'uni sevib o'rganishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish, o'rgatish jarayonlarini to'g'ri tashkil etish. Asarlarni tanlashda va o'quv tarbiya jarayonini tog'ri tashkil etishda har bir o'quvchining shaxsiy imkoniyati, musiqiy qobiliyati, musiqiy bilim doirasi, ijrochilik imkoniyatlari darajasini e'tiborga olishi talab etiladi.

Notani ravon o'qish malakasi ustida ishlash. O'quvchilarga o'quv yillari mobaynida avval olgan ijrochilik ko'nikmalarini puxtalashtirish va ularni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda notalarni varoqdan ravon o'qish, nota matnini aniq, tekis, savodli va erkin ijro etish ijrochilarga qo'yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Bu o'quvchi-sozandalarning umumiy musiqiy-nazariy bilim doirasini yanada kengayishiga katta hissa qo'shadi. Notani varoqdan o'qish tajribasi barcha sinflarda muntazam ravishda olib borilishi tavsiya etiladi.

Ijro ko'nikmalarini rivojlantirish. Ta'lim olayotgan o'quvchi oldingi yillarda olingan bilimlarini yanada yaxshiroq o'zlashtirishi, musiqa ijrochiligi tarixi xaqidagi ma'lumotlardan xabardor bo'lishi, taniqli sozandalarning ijrochilik an'analarini o'rganishi va rivojlantirishi kerak.

Konsert ijrochiligi. 5 - 11 sinf o'quvchilari yillik hisobot konsertlarida, sinf konsertlarida, maktab tadbirlarida, shahar, tuman, viloyat tadbirlarida va musiqa festival, konkurslarda ishtirok etishi lozim.

Mustaqil ishlash ko'nikmalari. O'qituvchi o'quvchilarga mustaqil ravishda mashg'ulotlar olib boorish ko'nikmalarini o'rgatishi, mustaqil ravishda ijro dasturini shakllantirishga yordam berishi lozim.

Ijrochilik mahoratini rivojlantirish ustida ishlash. Cholg'uda ijrochilik mahoratini rivojlantirish ustida ishlash; muntazam ravishda tovushning aniqligiga, sofligiga va sifatiga e'tibor bergan holda ishlash tavsiya etiladi. Bundan tashqari ijrochilik imkoniyatidan kelib chiqib 1, 2, 3 oktavali gammalar va mashqlar chalishlari zarur.3

O'quvchilarni cholg'u ijrochiligiga o'rgatishda, cholg'u sozini tanlagan o'quvchiga ijro etish holati (postanovka) ni o'rgatiladi. Postonovka - ijro paytida cholg'uni to'g'ri ushlab ijro qilish holatidir. Bizga ma'lumki har qanday cholg'uda ijroga o'rgatishdan oldin cholg'uga nisbatan to'g'ri o'tirish, uni to'g'ri ushlash, gavdani, oyoq-qo'llarni erkin tutish kabi ko'nikmalar o'rgatiladi. Bu ko'nikmalarning to'g'ri o'zlashtirilishi ijrochilik holati (yani: postonovka) ning to'g'ri shakllanishiga olib keladi. Ijro holatida insonning butun tanasi bir biriga mutanosib harakat qilmog'i kerak. O'ng qo'l va chap qo'l holatlarini o'quvchiga to'gri o'rgatishi juda muhimdir. Bazi sozandalarda shakllangan ijro postonovkasida kamchilik va xatolar uchraydi. O'ng yoki chap qo'l noto'g'ri harakatga o'rgangan holatlari ham uchrab turadi. Buning sababi o'quvchilarga o'qituvchilari tomonidan postonovkani noto'g'ri qo'yilganidadir. Bunday hatolar kechiktirilmagan holatda tuzatilishi zarur. Aytaylik, cholg'u dastasida chap qo'l barmoqlari noto'g'ri xarakat qilmoqda. Aslida chap qo'l cholg'u dastasini to'g'ri ushlab xarakat qilishida boshmaldoq 1-barmoq qarshisida, kaft esa dastaga yopishmagan holda bo'lishi kerak. Dastaga barmoqlarning yumoloq joyi (yostiqcha) bilan bosiladi. Keyingi va yuqoriroq pozitsiyalarda afsuski

3 Nazirov Q. "G'ijjak" o'quv qo'llanma. Toshkent; Musiqa nashriyoti - 2016 y, 37-bet.

rfciTii^^Bl 68 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

boshmaldoq dastlabki pozitsiya holatida qolib ketadi, dasta bo'ylab xarakat qiladigan 1-, 2-, 3-, 4 - barmoqlarning erkin harakatiga jiddiy halal beradi. Erkin harakat paydo bo'lishi uchun qaysi pozitsiya joylashuvi bo'lishidan qat'iy nazar boshmaldoq 1-barmoq qashisida va doim shu holatdan orqada qolmay harakatlanishi kerak. O'ng qo'l faoliyatida ham noto'g'ri postanovka alomatlari, masalan, qo'lning yelka va bilak qismlari ko'tarilib yoki pastga tushib ketish holatlari kuzatilishi mumkin. Cholg'uni ijro qilish vaqtida, tordan torga o'tishlarda, yengil shtrixlarni chalish vaqtida bu hol o'z salbiy tomonlarini ko'rsatadi. Noto'g'ri qo'yilgan postanovka o'quvchilarga jismoniy zarar keltirishi mumkin. Huddi shu holatlar o'qituvchiga katta mas'uliyat yuklaydi. Lekin shuni takidlash kerakki bitta darsning o'zida bunga erishib bo'lmaydi, asta sekinlik bilan cholg'uchi mukammal ijro holatiga erishadi.

Cholg'u sozida ijro holati (postanovka) ga erishgandan so'ng, o'quvchilarga qiyin bolmagan metro-ritmik oddiy mashqllar orqali barmoqlar harkatini faollashtirishga kirishiladi. Bunda o'quvchining chap qo'l barmog'i ma'lum pardani bosib turgan holatida, o'ng qo'l barmoqlari yordamida cholg'u sozining torlarini uradi yoki tirnaydi. Bunda ikki qo'lning sinxron harakatiga erishish muhim. Mashqlar davomida gammalar, gammalarning 3 tovushliklari, cholg'u uchun maxsus mashqlar bajarish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin. Albatta bu holat har bir cholg'u sozining ijro uslubidan kelib chiqqan holatda bo'ladi.4

O'quvchilarni cholg'u ijrochiligiga o'qitishda ilg'or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi information-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatiga egadir. Cholg'u ijrochiligini o'zlashtirishda darslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, fortepiano hamda musiqiy kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Amaliy darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish kerak.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida cholg'u ijrochiligi mashg'ulotlari yakka tartibda o'tilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Mashg'ulotlarni yakka tarzda tashkil etish - o'rganilgan bilimlarni, amaliy ko'nikmalar orqali mustahkamlashga va o'quvchilarni yaxshi natijalarga erishishida katta yordam beradi. Bundan tashqari cholg'u ijrochiligi mashg'ulotlarini o'quvchi bilan yakka holda tashkil etilganda, sifat darajasi ham ortadi. Xususan, amaliy (yakka) mashg'ulotlar olib borilganda, har bir mavzu yuzasidan cholg'uni chalib ko'rish, kuylarni biror qismini notadan ijro etish, ayrim asarlarning ijro talqinlari (audio yozuvlari) ni tinglab ko'rish, tajriba (repititsiya)lar vositasida o'zlarini ijodiy (yoki ijro) yo'nalishini aniqlash kabi zarur ko'nikmalarni shakllantirishga erishish mumkin.

4 G'iyosov B. Ta'lim muassasalarida o'quvchilarni har birini muayyan cholg'u ijrochiligiga o'rgatish. Magistrlik dissertatsiyasi - Namangan 2022, 56-bet.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-son qarori.// LexUZ, 02.02.2022.

2. G'iyosov B. Ta'lim muassasalarida o'quvchilarni har birini muayyan cholg'u ijrochiligiga o'rgatish. Magistrlik dissertatsiyasi - Namangan 2022

3. Nazirov Q. "G'ijjak" o'quv qo'llanma. Toshkent; Musiqa nashriyoti - 2016 y

4. G'iyosov B. Ta'lim muassasalarida o'quvchilarni har birini muayyan cholg'u ijrochiligiga o'rgatish. Magistrlik dissertatsiyasi - Namangan 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.