Научная статья на тему 'CHOLG’U IJROCHILIGIDA IJRO USLUBI KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH'

CHOLG’U IJROCHILIGIDA IJRO USLUBI KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
507
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kompozitor / cholg‘u / ritm / ohangdorlik / nota

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nasimxon Xoljo’rayevich Madaminov

Cholg‘u ijrochiligi nota cho‘zimlarini vaqt birligiga nisbatan o‘rgatish, ijrochilik san’atini egallashda talabalarni musiqa ritmi tuyg‘usini tarbiyalash, haqiqiy sozandani shakllantirishda taniqli pedagog va kompozitorlarning tajriba metodik maktablari hususida muhim ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOLG’U IJROCHILIGIDA IJRO USLUBI KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH»

CHOLG'U IJROCHILIGIDA IJRO USLUBI KO ' NIKMALARINI

RIVOJLANTIRISH

Nasimxon Xoljo'rayevich Madaminov

QDPI

Annotatsiya: Cholg'u ijrochiligi nota cho'zimlarini vaqt birligiga nisbatan o'rgatish, ijrochilik san'atini egallashda talabalarni musiqa ritmi tuyg'usini tarbiyalash, haqiqiy sozandani shakllantirishda taniqli pedagog va kompozitorlarning tajriba metodik maktablari hususida muhim ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: kompozitor, cholg'u, ritm, ohangdorlik, nota

DEVELOPMENT OF PERFORMANCE STYLE SKILLS IN INSTRUMENT

PERFORMANCE

Nasimkhan Kholjorayevich Madaminov

KSPI

Abstract: Important information is provided on the teaching of musical notation in relation to the unit of time, training students' sense of musical rhythm in mastering the art of performance, and the experimental methodical schools of well-known pedagogues and composers in the formation of a real musician.

Keywords: composer, instrument, rhythm, melody, note

Yosh avlodni milliy-ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida ularni har taraflama estetik badiiy did sohibi bo'lib yetishishida milliy musiqa merosining cholg'uchilik san'ati orqali tanishtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Dutor nafaqat O'zbekistonda, O'rta Osiyo xalqlari, hususan tojik, uyg'ur, qoraqalpoq, turkman xalqlarida ham keng tarqalgan. Bu cholg'uda milliy kuylar bilan bir qatorda, barcha chet el kompozitorlari tomonidan yozilgan har jihatdan murakkab asarlarni ham moxirona ijro etish mumkin. O'zbekistonda taniqli sozandalardan Orif Qosimov, Turg'un Alimatov, Abdusamad Ilyosov, G'ulom Qo'chqorov, Boqijon Rahimjonov, Abdurahim Hamidov, Ro'zibi Hojiyeva, Sulton Qosimov singari mohir sozandalar dutorni xalqimiz ichida yanada sevimli va ommaviy bo'lishida katta hissa qo'shdilar. Dutorda asarlarni mustaqil o'rganish va ularni ongli ravishda o'zlashtirish, ijro etish sozanda uchun tanlagan kasbini sevishi, tinimsiz mehnat qilishi zarur bo'ladi.

Cholg'u ijrochiligi ta'limining dastlabki paytlaridan boshlab, nota cho'zimlarini vaqt birligiga nisbatan o'rgatib, boriladi. Nota cho'zimlari xaqidagi bilimlar ijrochilik

san'atini egallashda asosiy bilimlardan hisoblanadi. Har qanday musiqa asarini ijro etishda nota cho'zimlarini anglashning cholg'uchilik mahorati asoslaridan biridir. Talabalardan musiqa ritmi tuyg'usini tarbiyalash ishiga ta'limning dastlabki paytlaridan kerakli darajada e'tibor berish haqiqiy sozandani shakllantirish uchun zamin yaratadi. Talaba musiqa ritmi, o'zlashtirmasdan turib, kelajakda sozanda sifatida shakllanishi mumkin emas. Taniqli pedagog va kompozitorlarning ta'kidlashicha, musiqa ritmining nota yozuvi orqali ko'rsatilishi uning mohiyatini to'la ochib bera olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, musiqa ijrochiligidagi ritm o'zining tabiati bo'yicha ijodiy xarakterga egadir. Yuqorida aytib o'tilganidek, bevosita ijro paytidagina musiqa ritmining tub mohiyati va ma'nosiga tushunib etish mumkin. Musiqadan tashqarida, undan uzilgan holda musiqa ritmi tuyg'usi xosil bo'lishi va rivojlanishi mumkin emas. Yosh sozandaning musiqa ritmi tuyg'usini shakkillantirish va rivojlantirishda qo'shimcha imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarning ba'zilarini quyida ko'rib chiqamiz. Ijro etilayotgan musiqa asarini sanash. Ijro paytida musiqa asarining ritmik sanab chalinishi tuzilishni osonroq tushunishga yordam beradi. Umuman ijro paytidagi sanash musiqa ritmini his etishda va mustahkamlashda foydalidir. Ba'zi talabalar ijro paytida ovozlarini baralla chiqarib sanashga odatlanib qoladilar va bu odatni tark etish kelajakda ancha qiyin bo'ladi. Ayni shu fikrni oyoq bilan sanashga o'rganib qolgan talabalar xususida ham aytish mumkin. Asar ijrosi paytidagi bunday sanashlar, albatta o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Shuning uchun ham tarbiya jarayonida bunday kamchiliklarni asta - sekinlik bilan yo'qotish choralari ko'riladi. Tajriba ortib borgan sari o'quvchida nota cho'zimlarining ritmik ijrosiga nisbatan ichki tuyg'u rivojlanib, bunday sanoqqa hojat qolmaydi.

Sozanda aniq ijro harakati orqali musiqa asari bilan tanishadi. Mana shuning o'zi ham musiqa xotirasining rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, musiqiy asarning ijrosi paytida sozandaning faolligi musiqa xotirasining faollashishiga ham yordam beradi. Haqiqatan ham, musiqa asarini tinglash va uni bevosita ijro etish bir-biridan farq qiladi. Tajribadan ma'lumki, musiqa asarini tinglashdan ko'ra uni ijro etish vaqtida eslab qolish osonroq ko'chadi. Sozandaning ijro harakati ham uning musiqiy xotirasini rivojlantirishga va mustahkamlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Musiqa ijrochiligiga o'rgatish musiqa xotirasini rivojlantirish uchun zamin yaratadi. Musiqa xotirasini mustahkamlash ustida talabaning muntazam ishlashi xotiraning takomillashishini ta'minlaydi. Yirik musiqa asarlari yod olishda umumiydan xususiyga qarab xarakat qilish kerakligini ko'plab mashxur cholg'uchi -o'qituvchilar aytib o'tishgan. Boshqacha aytganda, musiqa asarining umumiy shakli va ma'nosini anglab olgandan so'ng alohida qismlarni o'zlashtirishga kirishish kerak. Bunday qismlarni o'zlashtirishga kirish kerak. Bunday qismlar nisbatan tugallangan

va mustaqil bo'lishi zarur. Ijrochilik bo'yicha qiyin bo'lgan qismlarga ko'proq vaqt va e'tibor berish kerak bo'ladi. Yod olish uchun ajratib olinayotgan qismlar o'zining hajmi jihatidan juda katta bo'lmasligi zarur. Ijrochilik va pedagogik tajriba ko'rsatadiki, asarni yod olishda undagi «ma'nodor» xarakterli o'rinlarga tayanish yaxshi natija berishi mumkin. Shuningdek, musiqiy fikr (fraza)ning boshlanishi va tugashini aniqlab olish, o'ziga xos bezakli o'rinlarga e'tibor berish ham mustahkam yod olishga yordam beradi.

Notaga qarab ijro qilish murakkab jarayon bo'lib, u maxsus mashqlar yordamida o'zlashtiriladi. Notaga qarab ijro etish jarayonini kuzatadigan bo'lsak, unda qo'yidagi qismlarni ko'rishimiz mumkin: nota ko'rinishining talabaongiga etib borishi; talaba ongida qanday harakatni amalga oshirish kerakligining aniqlanishi; kerakli harakatlar yordamida berilgan notaning ijro etilishi. Notaga qarab ijro etish jarayonining qanchalik tez sodir bo'lishi nota ko'rinishini qabul qilib (anglab), kerakli harakatni amalga oshirish tezligiga bog'liq. Agar jarayonining biror qismi yaxshi ishlamasa, notaga qarab ijro etishda ko'zlangan natijaga erishish qiyin bo'ladi. Notaga qarab ijro etishning murakkab taraflaridan biri shuki, musiqa asarining bir qismi ijro etilayotganda cholg'uchi keyingi qismini ko'rib, uning ijrosiga tayyorgarlik ko'rishga tayyorlanadi. Tajribasiz talabalar ko'p holda buning uddasidan chiqa olmaydilar natijada, ularning ijrolari uzilib qoladi. Diqqat-e'tiborni bir maqsadga qarata bilish notaga qarab ijro etishning muvaffaqiyatli o'zlashtirilishini ta'minlaydigan omillardan biridir. Notaga qarab ijro etish qobiliyatini rivojlatirishda quyidagi amaliy mashqlar yordam berishi mumkin; eng oddiy musiqa, boshlang'ich taktning birinchi yarmi ijro etilayotganda talabao'z e'tiborini shu taktning ikkinchi yarmiga qaratadi. Xuddi shu usul asarning keyingi taktlarini ijro etishda ham qo'llanadi. Mashg'ulotlar yordamida o'quvchiga berilayotgan vazifa asta -sekin murakkablashtiriladi, lekin bu vazifa o'quvchining imkoniyatlari darajasida bo'lishi kerak. Sozandada notaga qarab ijro eta olish qobiliyatini rivojlatirish muammosi va uni hal etishga qaratilgan ko'rsatmalar musiqa pedagogikasida alohida o'rin tutadi. Ko'zga ko'ringan ijro chi -o'qituvchilarning fikricha, notaga qarab ijro etish sozandaning kundalik mashg'ulotlari qatoridan o'rin olishi shart. Talabamuntazam ravishda notaga qarab ijro etish bilan shug'ullangan taqdirda turli davrga oid bo'lgan rang barang musiqa asarlari bilan tanishadi. Notaga qarab ijro etilayotgan musiqa asarlarining hammasi ham kelajakda talabatarafidan yod olinishi shart emas, balki ular talabaning fikrlash, yangilik ochish va yangi, o'ziga ma'lum bo'lmagan taassurotlar bilan tanishish ehtiyojini qondirish uchun ijro etiladi. Notaga qarab ijro etayotgan sozandaning fikrlashi birmucha faollashadi, uning musiqiy qo'llanmalarni qabul qilib olishi ma'lum darajada o'tkirlashadi. Shu bilan birga talabanotaga qarab ijro etayotgan musiqa asariga butun vujudi bilan beriladi va uning his-tuyg'ulari ham bu jarayonda bevosita ishtirok etadi. Bundan kelib chiqadiki, notaga qarab ijro etish mashg'ulotlari

ijrochi repertuar, uning nazariy va amaliy bilimlarini boyitibgina qolmasdan, balki umuman musiqiy fikrlash jarayonining sifatini yaxshilaydi. Notaga qarab ijro etish o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishida eng samarali yo'llardan biridir. Cholg'u ijrochiligi ta'limi o'z oldiga o'quvchining umumiy musiqiy qobiliyatini, professionalligini rivojlantirishni assosiy maqsad qilib qo'yar ekan, shubha yo'qki, notaga qarab ijro etish ana shu maqsadning amalga oshishida asosiy va maxsus vosita vazifasini bajaradi. Notaga qarab ijro etishning muhimligi tan olingan holda, amalda unga ba'zan keraklicha e'tibor berilmaydi. Albatta, notaga qarab ijro etishga qancha ko'p vaqt sarflansa, bu o'z navbatida, ma'lum ijobiy natija berishi mumkin. Lekin bu jarayonni tashkil qilishda ongli nazorat yo'lga qo'yilishi lozim.

Insonlar individual xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishi ma'lum. Mutlaqo bir xil xususiyatli odamlar bo'lmaganidek, har bir o'quvchining xususiyatlari ham o'ziga xos va takrorlanmasdir. Ta'lim - tarbiyaning talablari esa barcha talabalar uchun yagona bo'lib qolaveradi. Samarali natijaga erishish uchun talabalarga nisbatan pedagogik vositalarni qanday qo'llash kerak? Ta'lim ishida talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish, shu xususiyatlar asosida ishni tashkil etish yuqoridagi savolga ma'lum darajada javob bo'lishi mumkin. Ta'lim jarayonida talabalarga individual yondashish muammosi ijodiy xarakterga ega. Bu jarayonning har bir bosqichiga oldindan aniq ko'rsatma berib bo'lmaydi. Pedagogikada tarbiyalanuvchilarga individual yondashish masalasi ta'lim -tarbiya ishining barcha bo'g'inlarini o'z ichiga oladi. Individual yondashishning mohiyati talabaoldiga qo'yilgan umumiy tarbiya vazifasining har bir o'quvchiga, uning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik ta'sir ko'rsatish orqali amalga oshirilishishidir. Amalda xulqi, xarakteri, salohiyati turlicha bo'lgan talabalarni uchratish mumkin. Bazi talabalarning qobiliyatlari yoshlik chog'laridanoq sezilsa, boshqalarida qobiliyatni aniqlash ancha vaqt talab etadi. Ayrim talabalar sho'x, o'yinqaroq bo'lib, ko'p narsaga qiziqsalar, boshqalari vazmin, bosiq bo'ladilar. Talabalarning xarakter va xulqlari qanday bo'lishidan qat'iy nazar ularga o'qituvchining e'tibori talab etiladi.

Cholg'u va fortepiano ijrosi uchun yaratilgan musiqa asarlarini kuzatsak, unda quyidagi va o'xshashliklarni uchratishimiz mumkin. Ba'zi musiqa asarlarida fortepiano cholg'uchi (solist)ga jo'r bo'lish vazifasini bajarsa, boshqa musiqa asarlarida cholg'u bilan fortepianoning partiyalari bir-birga teng va ma'lum darajada mustaqil xarakterga ega bo'ladi. Birinchi xolda kuyni boshqarib borish asosan cholg'uchi (solist)ga yuklatilgan bo'lib, fortepiano faqat jo'rlik (akkompanement) vazifasini o'taydi. Bunda solist ijro etayotgan kuy mustaqil, ijrosi fortepianosiz ham ma'lum darajada tugallangan bo'ladi. Bunday musiqa asarlari o'zining tuzilishi bo'yicha nisbatan oddiy bo'lib, ulardan ta'limning boshlangich davrlarida foydalanish mumkin. Lekin bundan talabasozanda fortepiano partiyasiga e'tibor

bermasa ham bo'laveradi, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bunday musiqa asarlarini ijro qilish paytida talabafortepianoda ijro etilayotgan akkordlar va ritmik shartlarni o'z ijrosi bilan birgalikda eshita olishi lozim. O'zbek xalq cholg'uchilarida ijroni o'rganayotgan yosh sozandalarda fortepiano bilan birgalikdagi ijro paytida ko'proq uchrab turadigan kamchiliklardan biri musiqa asari ijrosini fortepiano bilan bir vaqtda boshlay olmaslikdir. Bu paytda o'quvchining diqqati tamomila o'zining ijrosiga qaratiladi va natijada fortepiano jo'rligi solistning ijrosi bilan bir vaqtga to'g'ri kelmay qoladi. Ijroni fortepiano bilan birgalikda boshlash ko'nikmasini shakillantirishda musiqa asarining birinchi tovushi boshlanishdan oldingi harakat hal qiluvchi rol o'ynaydi. Buni asarning boshlanishidagi dirijyorning qo'l harakati (auftakt)ga o'xshatish mumkin. Musiqa asari davomida cholg'uchi partiyasida ma'lum miqdorda pauzalar uchrab turadi. Bunday paytda fortepianodagi ijro, odatda davom etadi. Talaba pauzalarning necha taktligini eslab qolish bilan bir qatorda o'z ijrosining qachon boshlanishini ham puxta bilib olishi kerak. Bunda pauza davomidagi fortepiano ijrosini to'la anglab olishi yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, musiqa asaridagi asosiy kuyning yo'nalishini aniqlab olish fortepiano jo'rligida ijro etishda asosiy vazifalardan biridir. Ma'lumki, har bir musiqa asari ma'lum kuy (ohang) asosida qurilgan bo'ladi. Mana shu kuy fortepiano partiyasidami yoki solist partiyasidaligini ajrata bilish konsertmeyster bilan chalish vaqtida ijroning to'laqonli bo'lishiga yordam beradi. Fortepiano partiyasini yuzaki bilish cholg'uchi uchun etarli emas. Fortepiano partiyasi solistning partiyasi bilan uzviy bog'langan bo'lib, musiqa asarining buzilmas kompozisiyasini tashkil etadi. Shuning uchun haqiqiy ijro ulardan ansambl qonun-qoidalariga bo'ysungan holda katta mehnatni talab qiladi. Cholg'uchining fortepiano bilan birgalikdagi ijrosi qanchalik o'z vaqtida boshlansa, musiqa asarini o'zlashtirilishi shunchalik sifatli va tez bo'ladi.

Ijro paytida o'ng va chap qo'l harakatining mutanosibligiga erishish ijro sifati uchun katta ahamiyatga egadir. Cholg'uda ijroni o'zlashtirishning dastlabki bosqichida o'ng va chap qo'llar holati ularning asosiy harakatlarini alohida o'rganish va o'rgatish maqsadga muvofiq bo'lsa, keyinchalik ikkala qo'l harakatining bir-biriga mutanosabligi asosida ish olib boriladi. Ya'ni o'rtacha qiyinchilikdagi musiqa asarini ijro etish paytida ikkala qo'l harakatiga sozanda bir xil e'tibor berishi kerak. Agar bu paytda sozanda e'tiborni bir qo'lga qaratib, ikkinchisini nazoratdan chiqarib qo'ysa albatta, ijro kamchilikdan xoli bo'lmaydi. Bunday paytda uchraydigan kamchiliklardan biri talabachap qo'l barmoq almashinuvining o'ng qo'l tovush hosil qilish harakati bilan mutanosibligini buzishidir. Masalan, birinchi tovush ijro etilgandan so'ng, ikkinchi tovush o'ng qo'l yordamida chalinadi-yu, lekin chap qo'lning barmog'i kerakli paytda ko'rsatilgan pardani bosishga ulgurmaydi. Natijada, tovush umumiy eshitilmaydi yoki bo'g'iq jarangsiz bo'ladi. Goxida esa buning aksi ham bo'lishi mumkin. Yana bir kamchilik, tordan-torga o'tib ijro etishda qo'llar

xarakatining nomutanosibligidir. Bunda chap qo'lning barmoqlari bir tordan boshqa torga o'tish vaqtida ulgursa, o'ng qo'l harakatni vaqtida bajara olmaydi. Osoyishta, rez bilan uzilmasdan ijro etishni talab qiladigan kuylarda chap qo'l barmoqlari almashgan paytda rez usulini bajarayotgan o'ng qo'lning harakati, odatda, uzilib qoladi, ohangning uzluksizligi buziladi. Va nixoyat, chap qo'lning barmoqlari har bir yangi tovush ijrosi paytida bosish harakatini qaytadan ta'kidlab amalga oshiradi. Bunday harakat ham kuyning uzilishiga olib keladi. Yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarning barchasi o'quvchining e'tiborsizligidan yoki ijro vazifasini to'g'ri tushunib etmasligidan dalolatdtr. O'qituvchi uning sababini aniqlab, o'quvchiga tushuntiradi so'ngra uni yo'qotish choralarini belgilaydi. Talabalarning o'ng va chap qo'l harakat qobiliyati bir xil bo'lmasligi mumkin, ya'ni chap qo'l barmoqlarining harakati talab darajasida bo'lsa, o'ng qo'l harakatchan bo'lmasligi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Bunday holda talabauchun tanlanayotgan repertuar va texnik materiallar shu kamchilikni yo'qotishga qaratilgan bo'lishi lozim.

Musiqa ijrochiligidan ta'lim berish o'qituvchidan turli bilim, ko'nikma va qobiliyat talab etadigan ishdir. O'qituvchi uchun faqat sozanda bo'lishning o'zi etarli bo'lmay, undan pedagogik fikrlash, o'quvchining ichki dunyosiga ko'ra bilish, uning individual xususiyatlarini hisobga olish kabi sifatlarga ega bo'lish ham talab etiladi. Cholg'u ijrochiligidan ta'lim beradigan o'qituvchi umumiy pedagogika va psixologiya sohalaridan ham xabardor bo'lishi kerak. Talabao'z o'qituvchisini xaqqoniy va talabchan, kundalik xayot muommolarini to'g'ri hal qilishga o'rgatuvchi shaxs sifatida tasavvur etadi. Talabalar o'qituvchidagi har bir noaniq harakatlarni o'z vaqtida ilg'ab oladilar. Shu bilan birga ayrim talabalar paydo bo'lgan muammoni asosan bir taraflama , voqeaning emotsional tarafiga asoslangan holda hal etmoqchi bo'ladi. O'z o'quvchisining tabiatini yaxshi o'rganib, tushungan o'qituvchi bunday paytda talabaga muayyan holatdan to'g'ri xulosa chiqarib olishda yordam berishi kerak. O'qituvchi o'z fikrini doimo xaqiqiy fikrga asoslangan holda ishontirish yo'li bilan tushuntirishi lozim. O'zaro ishonch va yaxshi munosabatning paydo bo'lishida o'qituvchining xulqi, muomala madaniyati katta ahamiyatga ega. Talabalar o'zlari yoqtirgan o'qituvchilarga taqlid qilishlari yaxshi ma'lum. Agar o'qituvchining so'zi bilan amaldagi ishlari orasida to'la mutanosiblik, bo'lsa, talabalarning shu o'qituvchiga bo'lgan hurmati yanada ortadi. O'qituvchiga nisbatan oddiy va samimiy munosabatda bo'lish o'qituvchilarning asosiy vazifasidir. Qo'pol muomalada bo'lgan o'qituvchilar oldida talabalar kamgap bo'lib, haqiqiy munosabatlarni berkitishga xarakat qiladilar. Ba'zi o'quituvchilar o'z talabalarining boshqa o'qituvchilar sinfidagi ishlar bilan tanishishlariga qarshilik ko'rsatadilar. O'quvchida namoyon bo'layotgan ijodiy intilishga hech qachon qarshilik ko'rsatish kerak emas. Undagi kelajakka bo'lgan umid va ishonchni qo'llab-quvvatlash yaxshi natija beradi. O'zidan avvalgi o'qituvchilarning ishini tanqid ostiga olish o'quvchiga salbiy ta'sir ko'rsatib

o'qituvchiga bo'lgan ishonchga putur etkazishi mumkin. Pedagogik qobiliyat -insonning boshqa sifatlari kabi amaliy ish faoliyatida rivojlanib boradi. Pedagogik qobiliyat bilimlarni talabalarga aniq, ravon, tushunarli va qiziqarli qilib etkazish, o'quvchining psixologiyasini tushunish, bajariladigan ishda o'xshashliklarga yo'l qo'ymaslik, o'z faoliyatini tanqid va tahlil qila olish kabilarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, o'qituvchi ba'zi tashkiliy ishlarni ham amalga oshirishi kerak bo'ladi: ishni rejalashtirish, konkret sharoit va o'quvchining imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinf va uy mashg'ulotlarini tashkil etish va boshqalar. O'qituvchi xarakteridagi individual hususiyatlar tarbiya ishida katta ahamiyatga ega. O'qituvchilardan irodali bo'lish, maqsadga to'g'ri intilish, talabchanlik bilan har bir ishni o'z vaqtida oxiriga etkaza olish, qiyinchilaklarni engishda mardlik ko'rsata olish kabilar talab etiladi. Ta'lim ishining muvaffaqiyatli bo'lishi o'quvchining kamchiliklarini tushuntirish va ularni bartaraf etish yo'llarini ko'rsatishga bog'liqdir. Talababilan bo'lgan muomalada o'zini tuta bilamaslik, jaxldorlik va boshqa shunga o'xshash kamchiliklar o'qituvchi obro'siga putur etkazadi. Muomalada o'ta to'g'rilik, qat'iylik va kamtarinlikni talabalar yaxshi qabul qiladilar. O'qituvchi o'z bilimini to'xtovsiz to'ldirib borishi kerak. U maxsus adabiyotlar bilan qiziqishi, mashhur o'qituvchilar tajribasini o'rganishi, shaxsiy tajribasini tahlil qilib, umumlashtira olishi lozim. Bunday o'qituvchilarning darslari doimo qiziqarli va mazmunli o'tadi. O'quvchining ijodiy tasavvurini faollashtirish maqsadida aniq misollar tanlay olishning ahamiyati juda katta. O'quvchiga qanday musiqa asari yoqadi -yu, qanday asar ijro etish istagi borligini o'qituvchi albatta hisobga olishi kerak. Oldin aytib o'tilganidek, o'qituvchi o'z sinfida talabalarning yuksak musiqiy didlarini shakllantirish bo'yicha kerakli ish olib borishi zarur.

Tajribadan ma'lumki, talababiror mashq yoki ko'nikmani o'zlashtirishda pirovard maqsadni qanchalik oldindan aniq tasavvur qila olsa, natijaga shunchalik oson erisha oladi. Bunda o'qituvchi u yoki bu harakatning bajarilishini o'quvchiga ko'rsatib berishi katta ahamiyatga ega. O'quvchining o'zi mustaqil ravishda ko'rsatilgan ko'nikma harakatining kerakli va asosiy tarafini darhol aniqlay olmasligi mumkin. Bu holda o'quvchini mustaqil kuzata bilishga o'rgatish kerak. Talabafaqat chetdan kuzatibgina qolmay, balki harakatning mohiyatini tushunishi, tovushni eshitibgina qolmasdan, uni o'ziga singdirib olishi kerak.

Ijroni o'rgatishning mohiyati ma'lum asarlarni o'rganish, qator texnik ko'nikmalarni hosil qilish bilangina chegaralanib qolmasligi kerak. To'g'ri fikrlay oladigan va mustaqil ishlay biladigan sozandani shakillantirish o'qituvchining asosiy vazifasidir. O'qituvchi faqatgina cholg'uchilk san'atini o'rganayotgan talababilan emas, balki tom ma'noda tarbiyalanuvchi bilan ishlayotganini his etishi lozim. Ishga xuddi mana shunday yondashish kerak, zamonaviy fan ta'lim va rivojlanishni ilmiy nuqtai nazardan chuqur va har taraflama o'rganibdi. Ta'lim va rivojlanish jarayoni bir

- biri bilan uzviy bog'langan. Rivojlanish ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. Talabalarning muayyan bilim, ko'nikmalarni o'zlashtirishlarining individual xususiyatlari, ongning qanchalik rivojlanganligi ta'lim jarayoniga ta'sirini o'tkazadi. Kimning ong va intellekt darajasi rivojlangan bo'lsa, u turli bilim va ko'nikmalarni oson va tez o'zlashtira oladi. Ta'lim va rivojlanishning o'zaro bogliqligini e'tirof etish ta'lim jarayonida rivojlanish o'z - o'zidan amalga oshadi, degani emas. Fan talimining rivojlanganishiga ijobiy ta'sirini inkor etmaydi. Shunga qaramasdan, ta'lim ta'siridagi rivojlanish natijasi hamma vaqt ham bir xil bo'lavermaydi. Bunday natijalar keskin farq qilishi mumkin. Bu erda savol tug'iladi: ta'lim davomida rivojlanishga qanday manbalar o'z ta'sirini ko'proq o'tkazadi? Bu savolga G.M. Sipinning «Fortepianoda ijroni o'rganish», («Obucheniye igre na fortepiano») kitobidan javob topishimiz mumkin: «Bu erda ta'lim jarayonining mazmuni, shakli va metodlari hal qiluvchi ahamiyatga ega». Yuqorida aytib o'tilgan fikr bevosita cholg'u ijrochiligi ta'limiga ham tegishli. Hamma gap o'quvchining ijro etish ko'nikmalarini o'zlashtirishi bilan uning umumiy musiqiy rivojlanishi masalalarining bog'liqligi. Cholg'u ijrochiligi ta'limini o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishidan ma'lum darajada ajralgan xolda olib borish hollari ham yo'q emas. Buning sabablari quyidagicha: - kundalik dars jarayonida o'quvchidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida o'qituvchi tamonidan berilayotgan ko'rsatmalar etarli darajada asoslanmaydi, ya'ni kamchilikni keltirib chiqarayotgan sabablar atroflicha tahlil etilmaydi: - mashg'ulot paytida asosiy e'tibor ijrochilik ko'nikmalariga qaratilib, o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishi uchun zarur nazariy bilimlarni o'zlashtirish vazifasi ikkinchi navbatga o'tib qoladi; dars mazmuni nisbatan qashshoqlashib qoladi; kerakli nazariy xulosalar va umumlashtirishlar amalga oshirilmaydi; - talabalar o'zlarining ijrochilik tajribalarida nisbatan kam miqdorda musiqa asarlaridan foydalanadilar; ularning repertuari xarakter, ijro murakkabligi jihatidan bir xil bo'lib qoladi; - o'zlashtirilayotgan ijrochilik bilim va ko'nikmalari o'zining mazmuni va hajmi jihatidan tor doira ichida chegaralanib qoladi; - ba'zi talabalar notanish musiqa asarini mustaqil ravishda to'laqonli ijro etishga ojizlik qiladilar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, mashg'ulot jarayonida talabalar o'zlarining tom ma'noda rivojlanishlari uchun juda kam miqdorda bilimga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, cholg'u ijrosi ta'limida faollik, mustaqillik va ijobiy tashabbus kabi sifatlarni shakllantirishga etarli darajada e'tibor berilmaydi. Xullas ijrochilik sinflarida sozandachilikning deyarli bir tomoni-ijro ko'nikmalari hamda bilimlarini o'zlashtirish va rivojlantirish ishi bilan chegaralanib qolinadi.

Cholg'u ijrochiligi ta'limi bilan shug'ullanayotgan ba'zi sinflarning kamchilik va nuqsonlari mana shulardan iborat. Aytib o'tilgan kamchiliklarni diqqat bilan chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, unda talabalarning umumiy rivojlanish

imkoniyatlarining kamsitilishi hollarini ko'rishimiz mumkin. Haqiqatan ham, ta'lim davomida o'zlashtirilayotgan repertuarning chegaralanganligi, o'quv materialidagi umumiy va xususiy umumlashmalarning kamligi, talabalarning mustaqilligi va faolligini to'la darajada ishga solmaslik kabi kamchiliklar o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Aytib o'tilgan kamchiliklar ta'lim - tarbiya ishining barcha pog'onalarida - boshlangich musiqa maktablaridan tortib, oliy o'quv yurtlarida ham mavjud. Aytish kerakki, ta'lim jarayonini o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanish ishiga xizmat qildirishni o'quv - tarbiya jarayoning barcha pog'onalarida va ayniqsa, boshlang'ich bosqichda yo'lga qo'yish foydadan xoli bo'lmaydi. Shu bilan birga, bu vazifani amalga oshirishni o'zi bo'larchilikka qo'yib qo'yish ham yaramaydi. Ta'limning yo'nalishi o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanish talablariga javob berishi zarur. Ijrochilik ta'limining oldida turgan real vazifalarini hisobga olgan holda, cholg'uchilikda bilim va ko'nikmalarni o'rgatish va o'rganish tor ma'nodagi vazifa bo'lmay, balki mana shu vazifani hal etish musiqa tarbiyasining yirik muammolarini hal etishga qaratilishi kerak. Avval aytib o'tganimizdek, o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishi ta'lim jarayonida amalga oshadi. Bu fikr pedagogika fanida isbot qilingan qonuniyatlardan biridir. Shu sababli ham umumiy rivojlanish imkoniyatlarini o'quv-tarbiya ishidan tashqarida emas, balki shu jarayonning aynan ichidan qidirishimiz kerak. Bu erda shunday savol tig'ilishgi mumkin; o'quvchining maksimal rivojlanishi uchun cholg'u ijrochiligining ta'limi qanday tuzilmog'i kerak? Bu savolga javob topish uchun birinchi navbatda ta'limda asos bo'lib xizmat qiladigan muayyan musiqiy-didaktik prinsiplarni anqlash zarur. Musiqa pedagogikasiga murojat etadigan bo'lsak, u erda asosan to'rtta musiqiy-didaktik prinsip aniqlaganligini ko'ramiz. O'quv-pedagogik ishda foydalaniladigan materiallar miqdori hamda ijro etiladigan musiqa asarlarining ko'payishi hisobiga repertuar chegarasini kengaytirish, ko'proq o'zlashtirish yuqorida aytilgan prinsiplarning birinchisidir. Bu prinsip o'zining ahamiyati bo'yicha ham, o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishida, professional ongning va tajribaning boyishida ham birinchi o'rinda turadi. Ikkinchi prinsip o'quv - tarbiya ishida qo'llanganda, talabalarning turli ma'lumotlarni qisqa vaqt ichida o'zlashtirishini ta'minlaydi. Uchinchi prinsip ijrochilik sinfidagi darsni olib borishgv va uning mazmuniga taalluqlidir. Mashg'ulot jarayonida nazariy va tarixiy ma'lumotlardan imkon boricha ko'proq foydalanish, o'quvchi-sozandaning ongini konkret misollarga asoslangan holda keng, nazariy tasavvur va tushunchalar bilan boyitib borish shu prinsipning asosini tashkil qiladi. O'quvchi-sozandalarning musiqa materiali bilan ishlashida ularning mustaqillik hamda tashabbuskorligini to'la ishga solish -to'rtinchi prinsip mazmuni tashkil etadi. Bu prinsipning mohiyati shundagi dars jarayonida talabalarning mustaqilligi hamda tashabbuskorliklari natijasida ularning rivojlanishlari ta'minlanadi. Musiqa ijrochiligi ta'limi yuqorida ko'rib chiqilgan

prinsiplarga asoslanganda talabalarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirishni ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.

2. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.

3. Askarova, S. "Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music." JournalNX 7.05 (2021): 131-134.

4. Muhammadjonovna, Asqarova Sohibaxon. "THE ROLE AND ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF THE SPIRITUAL AND AESTHETIC PERFECTION OF YOUNG STUDENTS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 106-109.

5. Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. "O 'YIN TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA." Scientific progress 2.2 (2021): 317-321.

6. Askarova, S. "DEFECTS IN THE VOICE OF PUPILS AND WAYS TO ELIMINATE IT." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 418-420.

7. Askarova, S. "SPECIFIC ASPECTS OF STUDENTS'SINGING SKILLS DURING ADOLESCENCE." Open Access Repository 9.11 (2022): 216-218.

8. Asqarova, S. "XOR VA XORSHUNOSLIK FANI DARSLARIDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH." Eurasian Journal of Academic Research 2.7 (2022): 62-65.

9. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

10. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

11. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

12. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

13. Shodiyeva, G. "The Importance of Harmony of Music and Physical Movement in Students' Comprehensive Development." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 3.6 (2022): 1-4.

14. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

15. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

16. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

17. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

18. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

19. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.

20. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.

21. Tursunov, B. (2022). LIVES DEVOTED TO THE ART OF DOIRA. Oriental Art and Culture, 3(4), 340-343.

22. Tursunov, B. S. (2022, December). THE ROLE AND DEVELOPMENT OF THE DOIRA INSTRUMENT IN THE HISTORY OF OUR COUNTRY. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 130-132).

23. Tursunov, B. (2021). «DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI. Oriental Art and Culture, 2(4), 83-87.

24. Boboyev, V. (2022). KONSERT IJROCHILIGI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 323-325.

25. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

26. Madaminov, S. (2022). A Look at the Lifepath of Niccolo Paganini. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 39-41.

27. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.

28. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.