ASARLARNI MUSTAQIL RAVISHDA BADIIY JIHATDAN TAHLIL QILIB
O'RGANISH
M.M.Ismailova Sh.Maxanov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqola milliy cholg'ulardagi musiqiy bezaklarni o'rganishda qo'llaniladigan pedagagik yondashuv va o'qituvchining dars jarayonida qo'llanilishi lozim bo'lgan jarayonlarga qaratiladi.
Kalit so'zlar: nota, bastakor, musiqiy bezaklar, nila, Gamma va mashqlar.
STUDYING THE WORKS BY ANALYZING THE WORKS FROM THE ARTISTIC POINT OF INDEPENDENCE
M.M.Ismailova Sh.Makhanov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article focuses on the pedagogical approach used in the study of musical ornaments of national instruments and the processes that should be used by the teacher in the course of the lesson.
Keywords: sheet music, composer, musical ornaments, nila, Gamma and exercises.
O'zbek xalq kuylari, bastakorlar asarlari va kompozitorlarning milliy ruxda yozilgan asarlari talqinida nota matnida yozilganlardan boshqa nola, qochirim singari bezaklar ham ishlatiladi. Qochirim tushunchasi ostida bitta nota o'rniga yonma yon turgan notalardan foydalangan holda ijroni boyitish tushunilsa, nola tushunchasi nota matnidagi notani ijro etish davrida undan sirqalib pasroqqa yoki yuqoriroqqa siljishi tushuniladi. Ayrim asarlarda milliy nola qochirimlarni turli qo'shimcha belgilar bilan ifodalash amaliyoti ham uchraydi. Nota matnini milliy qochirimlar bilan boyitilayotganda asar ruxiga mos nola qochirimlar ishlatilishi kerak. Bunday milliy bezaklarni o'zlashtirishda talabalarning milliy kuylarni ko'p eshitishi va o'qituvchining o'z ushbu bezaklarni chalib ko'rsatib berishi yordam beradi.
Milliy cholg'ularda ijro etish ko'nikmasini hosil qilish uchun talaba mashg'ulot xonasi ya'ni, auditoriya mashg'ulotlaridan tashqari mustaqil ta'lim davrida o'z ustida ko'p ishlashi kerak. Ayniqsa o'zlashtirish murakkab bo'lgan nay, qo'shnay, g'ijjak, tanbur, ud cholg'ularida talaba o'zi istagan tovushni hosil qilishi, ijro texnikasining
I icclT^^^^H 292 http://oac.dsmi-qf.uz
yuqori bo'lishiga erishishi uchun ko'p mehnat talab etiladi. Ijro texnikasining o'sishida gammalar, turli mashqlarni chalish yordam bersa, nola qochirimlarni maromiga etkazib ijro etish o'qituvchining amaliy ko'rsatmalari va milliy kuylarni ko'p eshitishga asoslangan holda tinimsiz mehnat qilish talab etiladi.
Maxsus cholg'u bo'yicha dars beruvchi o'qituvchilar boshqa turdagi cholg'ular, masalan; skripka, violonchel, fleyta, valtorna, balalayka, dombra va boshqa cholg'ular uchun yozilgan darsliklar, qo'llanmalardan foydalanishmoqda. Bu esa, albatta foydadan xoli emas, chunki xalq cholg'ulari ijrochilarida ularning individual sifatlarini ochib berishga, texnik mahoratlarini oshirishga yordam beradi.
Maxsus cholg'u o'qitish uslubiyoti va cholg'ularning tarixi haqidagi darsliklar respublikamizda nashr etilgan qollanmalar mavjud. Milliy musiqiy bezaklarni nota matniga qarabgina emas, balki ustoz-shogird an'analariga rioya qilgan xolda yoki eshitish orqali o'rganish maqsadga muvifiqdir.
Ijroni mukammal bo'lishi uchun barcha ijro ko'nikmalarini mukammal o'zlashtirish talab etiladi Ijrochilik texnikasini rivojlantirish ustida ishlash jarayonida ijro ko'nikmalarini mukammalligi muhimdir.
Asarlarni mustaqil ravishda badiiy jihatdan tahlil qilib o 'rganish.
Turli janrda yozilgan asarlarni tanlab, nazorat attestatsiyasiga tayyorgarlik ko'rish; har xil xarakterda yozilgan p'yesalar, kontsertlar, sonata, rapsodiya, fantaziyalar va O'zbekiston kompozitorlarning asarlarini o'rganish.
Yirik shaklda yozilgan asarlar: kontsert, sonata, syuita. Ikkita pyesa; turli janrda yozilgan-virtuoz pyesa va zamonaviy asarlar. O'zbekiston kompozitorlarining turli janrda yozilgan asarlari o'rganib yoddan ijro etishda gamma, etyud va mashqlarning ahamiyati katta. Talaba cholg'uni ijro etishda gamma chalib qo'llarini qizdirishga o'rgatish kerak. Bunda, talaba ijro etishi lozim bo'lgan kuy tonalligidagi gammani chalishi alohida ahamiyat kasb etadi. Talabalar uchun qo'yi kurslarda texnik jihatdan nisbatan yengil bo'lgan gammalarni turli shtrixlar bilan ijro etilishi rejalashtiriladi. Yuqori kurslarda murakkab xisoblangan, yahni besh va undan ortiq belgili gammalar ijro etiladi. Sababi yuqori kurslarda avvalam bor ijro mahoratini o'stirish talab etiladi, qolaversa murakkab shakldagi asarlar ijro dasturiga kiritiladi.
Ma'lumki, kompozitorlar ijodida xromatik passajlar ko'lab uchrab turadi. Xromatik gammalar asosan zich, jipslashgan, izchillik bilan yuqorilab yoki pastlab boruvchi aplikatura qo'llanishi bilan ajralib turadi. Bu gammalar barmoqlarning birbiri bilan chaqqon o'rin almashuvini va ularning pardalaridagi aniqligini rivojlantiradi. Ko'rinib turganidek xromatik gammalarni barcha torlarda chalish mumkin.
Gamma va mashqlar dastlabki bosqichlarda cholg'uni to'g'ri ushlash va ovoz chiqarish, oddiy shtrixlarni o'zlashtirish kabi malakalarni o'rganishda yordam beradi. Keyingi bosqichlarda esa tovush chiqarish texnikasi, murakkab passajlar va shtrixlarni o'zlashtirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Gammalar va mashqlar ustida
I [ccñ^^BI 293 http://oac.dsmi-qf.uz
ishlash o'quvchining tayyorgarligi va uning oldiga qo'yilgan vazifadan kelib chiqqan bo'lishi kerak. Biron-bir ko'nikmani o'zlashtirishda mashqlarni sekin surhatda chalib o'rganish va keyin tez sur'atga o'tgan ma'qul. Masalan, ma'lum bir shtrix ustida ishlaganda shu shtrixni qaysi gamma yoki mashq vositasida va qanday ijro uslubidan foydalanib o'zlashtirish mumkinligini aniqlab, keyin uni amalga oshirish kerak. Binobarin barmoqlarning tordan-torga o'tish tezligi va katta intervallarga aniq sakrash ko'nikmalarini o'zlashtirishda uchtovushliklar va ularning aylanmalari hamda shu asosdagi mashqlarni har-xil shtrixlar va har-xil sur'atlarda chalish mumkin.
Har qanday mashq yoki gamma aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Aks holda o'quvchi qancha ko'p shug'ullanmasin kerakli natijaga erisha olmaydi. Tajribada bunday hollar juda ko'p uchraydi. Shuning uchun o'qituvchi, o'quvchiga maqsadini aniq tushuntira bilishi kerak. Ayrim o'qituvchilar o'quvchilar bilan ishlashda ko'pincha faqat asar ustida ishlab yoki aynan o'sha asarning qiyin bo'lgan qismini qayta-qayta chaldiradilar, lekin kutilgan natijaga erisha olmaydilar. Bunday paytda albatta kamchiliklar sababini aniqlash kerak. Kamchilikni bartaraf qilish uchun aniq maqsadga yo'naltirilgan mashq va gammalardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Tajribali o'qituvchilar yangi asarni tahlil qilayotganlaridayoq o'quvchiga asarni nazariy jihatdan to'liq tushuntirib, o'quvchining oldiga aniq vazifa qo'yadilar va kerakli ko'rsatmalar beradilar, asosiy e'tibor beriladigan jihatlarini tushuntirib, qanday mashqlar chalish kerakligini aniqlaydilar. Agar o'quvchi unga berilgan vazifani va pirovard natijani to'liq tasavvur qila olsa dars paytida hamda mustaqil ishlash jarayonida aniq bir maqsadga yo'naltirilgan mashqlar yordamida ko'zlagan maqsadga erisha oladi.
Mashg'ulotlarda o'quvchiga uning xatolarini aniq tushuntirib ko'rsatib berish, xatolarni tez bartaraf qilishda juda katta ahamiyatga ega. Biron bir ko'nikmani o'zlashtirishda mashq yoki gammalarni ma'lum vaqt mobaynida ikki o'quvchiga bir vaqtda, yoki o'qituvchi bilan o'quvchining bir vaqtda chalish tajribasining yaxshi samara berishi aniqlangan. Ayniqsa o'qitishning dastlabki davrlarida o'quvchi mustaqil ravishda uzoqroq vaqt biron-bir gamma yoki mashqni ijro eta olmaydi. Bunga uning sabri va chidamliligi yetishmaydi. Agar yuqoridagi usuldan foydalanilsa, o'quvchiga birinchidan qiziqarli bo'ladi, kuchini maksimal sarflab shug'ullanish qobiliyati shakllanadi, ikkinchidan esa o'qituvchi uning xatolarini bir vaqtda darhol to'g'rilash imkoniyatiga ega bo'ladi. Gamma va mashqlarni bir necha o'quvchi bir xil shtrix, dinamika yoki sur'atlarda ijro etish usulida o'quvchining faqatgina texnik kamchiliklari bartaraf qilinmasdan, balki uning ritmni sezish, ansambl bo'lib ijro etish ko'nikmalari va eshitish qobiliyatini ham rivojlantiradi.
Mashq, gamma va uchtovushliklarni ijro etish o'quvchi uchun o'qituvchi tomonidangina buyurilib va o'quvchi majburiy bajaradigan mashg'ulot bo'lib qolmasligiga e'tibor berish kerak. O'quvchiga buning qanchalik ahamiyatli ekanligini
I [ccñ^^BI 294 http://oac.dsmi-qf.uz
butun o'quv davri mobaynida, amaliy mashg'ulotlarda uzluksiz ravishda singdirib borish kerak-ki, toki o'quvchi bu mashg'ulotlarning zaruriyligini tushunib yetsin.1
Agar o'quvchida gamma, uchtovushlik va mashqlarni chalish ongli ravishda zarurat darajasiga aylansa, bu unga kelajakda ijrochilik formasini shakllantirib, uni saqlay olish imkoniyatni beradi. Shuning uchun ham ijrochilik faoliyatida gamma, uchtovushlik va mashqlarning ahamiyati beqiyosdir.
Notaga qarab ijro qilish murakkab jarayon bo'lib, u maxsus mashqlar yordamida o'zlashtiriladi. Notaga qarab ijro etish jarayonini kuzatadigan bo'lsak, unda qo'yidagi qismlarni ko'rishimiz mumkin:
nota ko'rinishining o'quvchi ongiga etib borishi; o'quvchi ongida qanday harakatni amalga oshirish kerakligini aniqlanishi;
kerakli harakatlar yordamida berilgan notaning ijro etilishi. Notaga qarab ijro etish jarayonining qanchalik tez sodir bo'lishi nota ko'rinishini qabul qilib (anglab), kerakli harakatni amalga oshirish tezligiga bog'liq. Agar jarayonining biror qismi yaxshi ishlamasa, notaga qarab ijro etishda ko'zlangan natijaga erishish qiyin bo'ladi. Notaga qarab ijro etishning murakkab taraflaridan biri shuki, musiqa asarining bir qismi ijro etilayotganda cholg'uchi keyingi qismini ko'rib, uning ijrosiga tayyorgarlik ko'rishga tayyorlanadi. Tajribasiz o'quvchilar ko'p holda buning uddasidan chiqa olmaydilar natijada, ularning ijrolari uzilib qoladi. Diqqat-e'tiborni bir maqsadga qarata bilish notaga qarab ijro etishning muvaffaqiyatli o'zlashtirilishini ta'minlaydigan omillardan biridir. Notaga qarab ijro etish qobiliyatini rivojlatirishda quyidagi amaliy mashqlar yordam berishi mumkin;
- oddiy musiqiy o'lchovlardan foydalanish, boshlang'ich taktning birinchi yarmi ijro etilayotganda o'quvchi o'z e'tiborini shu taktning ikkinchi yarmiga qaratadi. Xuddi shu usul asarning keyingi taktlarini ijro etishda ham qo'llanadi.
-musiqiy o'lchovlarni murakkablashtirib boorish, mashg'ulotlar yordamida o'quvchiga berilayotgan vazifa asta-sekin murakkablashtiriladi. Lekin bu vazifa o'quvchining imkoniyatlari darajasida bo'lishi kerak. Sozandada notaga qarab ijro eta olish qobiliyatini rivojlatirish muammosi va uni hal etishga qaratilgan ko'rsatmalar musiqa pedagogikasida alohida o'rin tutadi. Ko'zga ko'ringan ijrochi -o'qituvchilarning fikricha, notaga qarab ijro etish sozandaning kundalik mashg'ulotlari qatoridan o'rin olishi shart.
-nota bilan ishlash. O'quvchi muntazam ravishda notaga qarab ijro etish bilan shug'ullangan taqdirda turli davrga oid bo'lgan rang barang musiqa asarlari bilan tanishadi. Notaga qarab ijro etilayotgan musiqa asarlarining hammasi ham kelajakda o'quvchi tarafidan yod olinishi shart emas, balki ular o'quvchining fikrlash, yangilik ochish va yangi, o'ziga ma'lum bo'lmagan taassurotlar bilan tanishish ehtiyojini
1 S.Azizboev, "An'anaviy g'ijjak ijrochiligi", o'quv qo'llanma, Toshkent-2005
LMÜ^H 295
qondirish uchun ijro etiladi. Notaga qarab ijro etayotgan sozandaning fikrlashi birmucha faollashadi, uning musiqiy qo'llanmalarni qabul qilib olishi ma'lum darajada o'tkirlashadi. Shu bilan birga o'quvchi notaga qarab ijro etayotgan musiqa asariga butun vujudi bilan beriladi va uning his-tuyg'ulari ham bu jarayonda bevosita ishtirok etadi. Bundan kelib chiqadiki, notaga qarab ijro etish mashg'ulotlari ijrochi repertuar, uning nazariy va amaliy bilimlarini boyitibgina qolmasdan, balki umuman musiqiy fikrlash jarayonining sifatini yaxshilaydi.
Notaga qarab ijro etish o'quvchining umumiy musiqiy rivojlanishida eng samarali yo'llardan biridir. Cholg'u ijrochiligi ta'limi o'z oldiga o'quvchining umumiy musiqiy qobiliyatini, professionalligini rivojlantirishni assosiy maqsad qilib qo'yar ekan, shubha yo'qki, notaga qarab ijro etish ana shu maqsadning amalga oshishida asosiy va maxsus vosita vazifasini bajaradi. Notaga qarab ijro etishning muhimligi tan olingan holda, amalda unga ba'zan keraklicha e'tibor berilmaydi. Albatta, notaga qarab ijro etishga qancha ko'p vaqt sarflansa, bu o'z navbatida, ma'lum ijobiy natija berishi mumkin. Lekin bu jarayonni tashkil qilishda ongli nazorat yo'lga qo'yilishi lozim. Tajribadan ma'lumki, sozandaning notaga qarab ijro etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo'lsa, uning ichki eshitish qobiliyati ham shunchalik rivojlangan bo'ladi. Ya'ni bunday sozanda nota belgilariga ko'zi tushishi bilanoq shu tovushni ijrosiz eshita oladi. Demak, sozandadagi «ko'rish orqali eshitish» qobiliyati qanchalik rivojlangan bo'lsa, uning notaga qarab ijro eta olishi ham shunchalik sifatli bo'ladi. Notaga qarab ijro etishning muhim shartlaridan yana biri ijrochining nigohi nota tekstidan uzilmasligidir. Cholg'u torlari va pardalar joylashuvini yaxshi o'zlashtirib olmagan o'quvchilarning nigohlari dam nota tekstiga, dam cholg'u grifiga ko'chib turadi. O'quvchi notaga qarab, uning balandligini belgilab olgandan so'ng, nigohini cholg'u grafikasidagi pardalarga ko'chirishga majbur, chunki pardalarni yaxshi o'zlashtirib olmaganligi sababli grifga qaramasdan barmoqlarni pardaga aniq qo'ya olmaydi. Navbatdagi notani aniqlashda o'quvchi yana nigohini nota tekstiga ko'chiradi. Bunday vaziyatda ko'p o'quvchilar tekstning qaysi joyiga kelganliklarini yo'qotib qo'yadilar. Kerakli joyni topish uchun esa bir oz vaqt talab etiladi. Mana shu kamchiliklar natijasida o'quvchining ijrosida noto'g'ri to'xtashlar sodir bo'ladi. Bu esa asarning uzluksiz ijrosiga putur etkazadi. Shu sababli ijrochi nigohining bir manbadan ko'chishi qanchalik kam bo'lsa, shunchalik ijro uchun foydali bo'ladi. Demak, cholg'u ijrochiligi ta'limida o'quvchi - sozandaning cholg'u grafaga qaramasdan kerakli pardani topa bilishni boshqa ko'nikmalar qatori muntazam ravishda o'rganib borishi notaga qarab bemalol ijro eta olish qobiliyatini rivojlantirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Notaga qarab ijro etishni amalga oshirayotgan paytda o'quvchidan nota yozuvidagi barcha belgilariga qat'iy rioya qilishni birdaniga talab qilib bo'lmaydi. O'qituvchi bu jarayonda o'quvchi birinchi navbatda e'tibor berishi kerak bo'lgan narsalarni olindan tushuntirib, belgilab berishi katta ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, o'quvchi
I ibiSi^^Bl ^96 http://oac.dsmi-qf.uz
asarlardagi yaxlit musiqiy fikming boshlanishi va tugallanishiga birinchi navbatda e'tibor berishi kerak. Ya'ni asarda bayon etilgan tugal fikrning uzilib qolishi yoki tushunarsiz ijro etilishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Notaga qarab ijro etishni asarda bayon etilayotgan musiqiy fikrlar asosida tashkil qilish yaxshi natija beradi. Notanish musiqa asarlarini notaga qarab ijro etishdan oldin ko'zdan kechirib, tanishib chiqish, ya'ni shu asarni cholg'usiz «ijro etish» tavsiya qilinadi. Bunda, birinchidan,sozanda bevosita ijro harakatlaridan xoli bo'ladi; ikkinchidan, asarning tuzilishni o'rgatish imkoniyati tug'uladi, Qo'shimcha qilib aytish mumkinki, o'quvchi asarning nota yozuvini ko'zdan kechirib, cholg'usiz «dilda» ijro etishi uning ichki eshituv qobiliyatini ma'lum darajada rivojlantirib boradi. Tajriba guvohlik beradiki, musiqa asari bilan bunday tanishuvdan keyin ijro engil va aniqroq amalga oshiriladi, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xatolar kamayadi va ijro erkinligi ta'minlanadi.2
Insonlar individual xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishi ma'lum. Mutlaqo bir xil xususiyatli odamlar bo'lmaganidek, har bir o'quvchining xususiyatlari ham o'ziga xos va takrorlanmasdir. Ta'lim - tarbiyaning talablari esa barcha o'quvchilar uchun yagona bo'lib qolaveradi. Samarali natijaga erishish uchun o'quvchilarga nisbatan pedagogik vositalarni qanday qo'llash kerak? Ta'lim ishida o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, shu xususiyatlar asosida ishni tashkil etish yuqoridagi savolga ma'lum darajada javob bo'lishi mumkin. Ta'lim jarayonida o'quvchilarga individual yondashish muammosi ijodiy xarakterga ega. Bu jarayonning har bir bosqichiga oldindan aniq ko'rsatma berib bo'lmaydi. Pedagogikada tarbiyalanuvchilarga individual yondashish masalasi ta'lim -tarbiya ishining barcha bo'g'inlarini o'z ichiga oladi. Individual yondashishning mohiyati o'quvchi oldiga qo'yilgan umumiy tarbiya vazifasining har bir o'quvchiga, uning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik ta'sir ko'rsatish orqali amalga oshirilishishidir. Amalda xulqi, xarakteri, salohiyati turlicha bo'lgan o'quvchilarni uchratish mumkin. Bazi o'quvchilarning qobiliyatlari yoshlik chog'laridanoq sezilsa, boshqalarida qobiliyatni aniqlash ancha vaqt talab etadi. Ayrim o'quvchilar sho'x, o'yinqaroq bo'lib, ko'p narsaga qiziqsalar, boshqalari vazmin, bosiq bo'ladilar. O'quvchilarning xarakter va xulqlari qanday bo'lishidan qat'iy nazar ularga o'qituvchining e'tibori talab etiladi. O'quvchilarga induvidual yondashish birinchi, navbatda ularda ijobiy sifatlarni mustahkamlash va salbiylarini yo'qotishga qaratiladi. O'quvchilarning salbiy sifatlarini o'qituvchi vaqtida sezib, bartaraf etish choralarini ko'rishi, kelajakda o'quvchini qayta tarbiyalashdek qiyin ishning oldini oladi. Tarbiyada individual yondashish samaradorligini oshirishda o'quvchi xarakteridagi ijobiy sifatlarga tayanish foydali, degan fikr avvaldan ma'lum. Masalan, cholg'uni o'rganayotgan o'quvchida biror usul boshqalariga nisbatan yaxshi rivojlangan deylik,
2 R.Xodjayeva, «Xalq cholg'ularida ijrochilik" darslik, Toshkent-2020
297
Repertuar tanlashda o'qituvchi o'quvchining xuddi shu sifatlarini hisobga olishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu o'quvchidagi kamroq rivojlangan sifatlarga e'tiborsizlik bilan qarash, degani emas. Aksincha, o'quvchilardagi ijobiy sifatlardan unumli foydalanish ularda kamroq rivojlangan sifatlarni ishga solish va mukammallashtirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S.Azizboev, "An'anaviy g'ijjak ijrochiligi", o'quv qo'llanma, Toshkent-2005
2. R.Xodjayeva, «Xalq cholg'ularida ijrochilik" darslik, Toshkent-2020