Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O'QUVCHI YOSHLARNI MUSIQIY TA'LIMDA CHOLG'U IJROCHILIGIGA QIZIQTIRISH
Ro'zimurodov Ilyosjon Azamat o'g'li
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti "Ijrochilik mahorati va madaniyati" kafedrasi o'qtuvchisi
Ushbu maqolada musiqa, musiqa cholg'u asboblari, uning turlari, bolalarning musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishi, musiqa o'qituvchisi nazoratida bolalarning qo'shiq kuylashi holati, bolalarda cholg'uchilikka oid ijodkorlikni shakkllantirish, musiqa psixologiyasi, turli xil o 'yinli texnologiyalardan foydalanish, notaga qarab ijro qilish, hamda uning murakkab taraflari to 'g'risidayozilgan.
Kalit so'zlar: musiqa, musiqa cholg'u asboblari, bolalar, musiqiy-ritmik harakatlar, musiqa psixologiyasi, nota.
В данной статье рассмотрывается музыка, музыкальные инструменты, их виды, детские музыкально-ритмические движения, состояние детского пения под наблюдением учителя музыки, формирование детского музыкального творчества, музыкальная психология, использование различных игровых технологий, игра согласно примечанию, а также его сложные аспекты.
Ключевые слова: музыка, музыкальные инструменты, дети, музыкально-ритмические движения, музыкальная психология, музыка.
This article discusses music, musical instruments, their types, children's musical and rhythmic movements, the state of children's singing under the supervision of a music teacher, the formation of children's musical creativity, musical psychology, the use of various gaming technologies, playing according to the note, as well as its complex aspects.
Keywords: music, musical instruments, children, musical-rhythmic movements, music psychology, music.
Musiqa (yun. mousiche —muzalar san'ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag'ma)lar izchilligi yoki majmui
136
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
vositasida aks ettiruvchi san'at turi. Uning mazmuni o'zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (masalan, ko'tarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, g'amginlik, xavf-qo'rquv va boshqalar) ni o'zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qat'iyatlik, intiluvchanlik, o'ychanlik, vazminlik va boshqalar) ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy-tasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom G'azoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga ta'sir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang bo'lgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bog'liqdir. Musiqa asarlari mazmunida badiiy g'oyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning o'zaro munosabatlari (taqqoslanish, to'qnashuv, rivojlanish kabi) jarayonda shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga ko'ra musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega bo'lishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil bo'lgan lirika musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat bo'lib, bunda ma'lum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, sur'at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning ma'naviy-ma'rifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining ko'pgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning o'zaro etik va estetik ta'sir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirish vositasi sifat ida roli juda muhimdir (5).
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'quvchi yoshlarni musiqiy ta'limda cholg'u ijrochiligiga qiziqtirish to'g'risida fikr yuritishdan avval, musiqa cholg'u asboblari haqida to'xtalib o'tsak.
Musiqa cholg'u asboblari -musiqiy ton yoki o'ziga xos jarangdor tovushlar hamda ma'lum ritmik tuzilmalarni hosil etishga mo'ljallangan cholg'u asboblar; musiqani yakkanavoz yoki jamoa (turli ansambl, orkestr va boshqalar) tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir musiqa cholg'u asboblarining sadosi o'ziga xos tembr, ma'lum diapazon tovushqator va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholg'u asboblari sadosining sifati, ko'pincha, muayyan cholg'u asbobining shakli, umumiy tuzilishi, qurilmasi va uni tayyorlashda ishlatilgan materialga bog'liq. Musiqa cholg'u
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
asboblari qadimdan qamish, bambuk, yog'och, tosh, suyak, metall, teri, ipak, kokos yong'og'i, qovoq va boshqalardan tayyorlangan. Sadolanish xususiyatini qo'shimcha vositalar, ijrochilik uslublari (masalan, torli sozlarni tirnab-chertib chalish, flajolet va boshqalar), ba'zi musiqa bezaklari yordamida o'zgartirish mumkin. Uning paydo bo'lishi insoniyat tarixining ilk davrlariga to'g'ri keladi, mukammallanishi esa musiqa san'ati va ijrochilikning rivojlanishi hamda musiqa cholg'u asboblarini ishlab chiqarish texnika taraqqiyoti bilan bog'liq.
Musiqa cholg'u asboblari tovush manbalariga qarab guruhlarga, ijrochilik uslubi (yoki ishlatilgan mexanizmi) ga qarab guruhchalarga, o'ziga xos qo'shimcha belgilariga qarab xillarga bo'linadi. Musiqa cholg'u asboblari, asosan, torli (xordofonlar), puflab chalinadigan (aerofonlar), teri qoplamali (membranofonlar), tilchali (gemidiofonlar), plastinkali, elektr va elektron musiqa cholg'ulari- idiofonlar guruhlariga bo'linadi.
Torli cholg'u asboblarning guruhchalari: kamonli sozlar (skripka, alt, violonchel, kontrabas, viola, o'zbek sozlaridan g'ijjak, ko'biz, sato va boshqalar), chertib chalinadigan sozlar (arfa, gusli, sitra, gitara, balalayka, dutor, tanbur, rubob, setor, do'mbira va boshqalar), urib chalinadigan torli sozlar (chang, simbali va boshqalar), klavishli urib chalinadigan sozlar (klavikord, fortepiano, royal), klavishli chertib chalinadigan sozlar (klavesin va uning turlari).
Puflab chalinadigan cholg'u asboblarning guruhchalari: tilchali sozlar (surnay, qo'shnay, bo'lamon, shoxnay, klarnet, goboy va boshqalar), tilchasiz sozlar (naylar, fleytalar), mundshtukli sozlar (truba, valtorna, tuba, karnay va boshqalar), pnevmatik klavishli sozlar (organ va uning turlari).
Tilchali cholg'u asboblarning bo'linmalari: pnevmatik klavishli sozlar (fisgarmoniya, bayan, akkordeon va boshqalar), chertib chalinadigan sozlar (changko'biz va uning turlari), urib chalinadigan sozlar (fleksatonlar). Teri qoplamali urib chalinadigan cholg'u asboblarning guruhchalari: sozlanadigan (litavralar), sozlanmaydigan (nog'ora, doira, baraban, tamburin va boshqalar) cholg'u asboblar.
Plastinkali cholg'u asboblarning guruhchalari: urib chalinadigan rezonatorsiz sozlar (ksilofonlar va boshqalar), urib chalinadigan rezonatorli sozlar (ovoz beradigan plastinkalari ostida ma'lum hajmdagi rezonatorlar — trubkalar, bo'sh idishlar va h. k. o'rnatilgan metallofon, marimba, vibrafon va boshqalar), klavishli urib chalinadigan sozlar (chelesta va boshqalar).
Idiofonlarning guruhchalari: sozlanadigan (orkestr kolokoli, ko'ng'iroqchalar, gong va boshqalar), sozlanmaydigan (tarelkalar, tamtam, marakas, qayroq, qoshiq, safoil, likop, patnis, mislagan, zang va boshqalar) cholg'u asboblar.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Musiqa cholg'u asboblaria. ba'zida xalq va professional (orkestr) turlarga ham bo'linadi. Orkestr cholg'ulari kompozitor tomonidan yaratilgan, temperatsiyali tovushqatorga asoslangan ko'p ovozli musiqa asarlari ijrosiga moslashtirilgan. Xalq cholg'ulari esa ma'lum millat (elat) monodik musiqa ijrosi uchun qo'llaniladi va musiqiy tovush quroli bo'lish bilan birga, moddiy madaniyat mahsuli hamdir; mukammal shaklda xalq badiiy tafakkuri, nafosat tasavvurlari, ramziy ma'nolar aks etgan. Cholg'ular xalq hayotida sof estetik vazifa bajarishdan tashqari shomonbaxshilar, afsungarlar ruhiyatga ta'sir o'tkazishda, harbiylar, cho'ponlar, dehqonlar tomonidan boshqaruvchi, qo'rqituvchi, chorlovchi tovush quroli sifatida foydalanib kelingan. (7)
Yuqoridagilardan kekib chiqqan holda, bolalarda musiqa tinglashga ishtiyoqni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda musiqiy asarning o'rni ham kattadir.
Musiqa asarining kayfiyati, harakterini mustaqil farqlash, taassurotlari haqida hikoya qilishga o'rgatish, vokal va cholg'u asarlaridan bahramand qilish va bu janrlar haqida tushuncha hosil qilish, ularni farqlashga o'rgatish. Marsh, qo'shiq va raqs haqidagi bilimlarini kengaytirish, o'zbek xalq kuylari bilan tanishtirib borish, do ira va nog'ora sadolaridan bahramand qilish, qayroq, taxta qarsak bilan tanishtirish har bir musiqa o'qituvchisining oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bundan tashqari, bolalarning musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishi, ya'ni musiqaning tempi, ritmi, harakteriga mos ifodali harakatlanishi, kuy qismlari almashishiga qarab harakatlarni o'zgartira olishi zarur.
Yengil, prujinasimon yurish, yugurish, sakrash, olding va orqaga, yonga qadam tashlash, oldinga hakkalash, raqs harakatlarini sifatli bajarishga o'rgatish, musiqa ostida qatorlarga saflanish va mashqlar bajarish, qatorlardan doiraga shakliga o'tish, katta va kichik doiralar hosil qilish, bir nechta kichik doirachalarga bo'linishga o'rgatish, bolalarga o'zbekcha raqslar bilan bir qatorda turli xalqlar raqslarini o'rgatish, bolalarda raqsga oid ijodkorlikka undash va uning namoyon bo'lishini rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlash katta ahamiyatga ega.
Musiqa o'qituvchisi nazoratida bolalarning qo'shiq kuylashi holati quyidagicha amalga oshiriladi: bolalarda ifodali, sof va tabiiy ovozda kuylashga o'rgatish, bolalarning ovozining yosh hususiyatlarini hisobga olib repertuar tanlash, to'g'ri nafas olish hamda kuylash ko'nikma va malakalarini shakllantirish, kichik ansambl bo'lib kuylash, solist bilan kuylashga o'rgatish, kuy ohangini to'g'ri ijro etilishiga erishish. Shu bilan birga bolalarni ijrochilik cholg'ulariga qiziqtirish hamda ularni chalishga o'rgatish esa: doira, nog'ora, safoyil, quticha, taxta qarsak kabi cholg'ulari
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
va ularda ijro etish usullari bilan tanishtirish, ovozidan farqlashga o'rgatish, kattalarga jo'r bo'lib zarbli orkestr hosil qilish juda yaxshi samara beradi.(6)
Bolalarda cholg'uchilikka oid ijodkorlikni shakkllantirishda asosan, o'yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qo'shiqlarni sahnalashtirish, davra qo'shiqlarida so'z, musiqa va harakatlarning bir-biriga mos bo'lishiga erishish, o'yinlarda musiqa mashg'ulotining barcha bo'limlaridan olingan bilimlarini mujassam holda namoyon etishga o'rgatish, obrazli harkatlarni bajarishda bolalarni umumiylikdan mustaqil va yakka bajarish sari boshlash, bolalarda obrazli tasavvur qilish, mustaqil fikrlash, ijodkorlik kabi hususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish o'quvchi yoshlarni musiqiy ta'limda cholg'u ijrochiligiga qiziqishini uyg'otadi.
6 yoshli bolalar bilishi lozim bo'lgan bilimlar:
-Musiqa asarining shaklini mustaqil aniqlay olish;
-Tinglangan asarlarning nomi va ijodkorlarini bilish;
-Musiqa asarining mazmunini tushunish va kayfiyatini farqlash;
-Bir oktava oralig'ida notalarni bilish, tovushqatorini kuylash;
-Vokal va cholg'u musiqasini farqlash;
-Orkestr, simfoniya, opera va balet janrlari haqida umumiy tushunchaga ega bo'lish;
-Qo'shiq nomi va bastakorini bilish;
-Musiqaga mos mustaqil harakatlana olish;
-Kuy qismlari o'zgarishiga qarab harakatlarni o'zgartirish;
-Cholg'u asboblarini farqlay olish;
-Bolalar cholg'ularida ijro usullarini bilish;
-Mustaqil obrazli harakatlar o'ylab topa olish va bajara olish;
-Bayram ertaliklari va ko'ngil ochish soatlarida faol ishtirok etish.
Shu bilan birga 7 yoshli bolalar quyidagilarni bilishi kerak bo'ladi:
1. Kuylash va harakatlanishni musiqaga moslay oladi.
2. Tovushlarning balandlik, tembr, cho'zimlilik hususiyatlarini eshitish orqali farqlaydi.
3. Ma'lum raqs harakatlarini egallaydi.
4. Jamoa bo'lib va yakka raqsga tusha oladi.
5. O'yin, raqs va mashqlarda mimik harakatlarni aks ettira oladi.
6. O'zbek xalq cholg'u asboblarini ko'rinishi va ovoz tembriga ko'ra farqlaydi.
7. Bolalar cholg'ulari ansambli va orkestrida ijro etish malakalarini egallaydi.
8. Tinglangan va kuylayotgan kuy va qo'shiqlarini mazmunini anglaydi va bayon etadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
9. To'rli musiqiy o'yinlarni mustaqil tashkil eta oladi.
10. Bayram ertaliklarida faol ishtirok etadi. (1,26)
Ta'lim tizimida integrallashtirilgan mashg'ulotlarda musiqali didaktik o'yin psixologiyasi haqida ham qisqacha to'xtalib o'tsak.
Musiqa psixologiyasi psixologiya yo'riqlariga asoslanar ekan, bu tarmoq bolalarning tabiiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltiruvchi va musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mkon beruvchi musiqa pedagogikasiga uzviy bog'liqdir. Musiqani eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, ritmni aniqlash, tekshirish kabi an'anaviy usullar bilan bir qatorda musiqa psixologiyasida musiqiy zehn, musiqiy iste'dod, qobiliyatlarni aniqlash, asarlarni o'rganish va ular ustida ishlash, kontsertlarda chiqish uchun tayyorgarlik ko'rish, bolalar va kontsert jamoasi bilan o'zaro munosabatlar bolalar bilan ishlashning aniq usullarini topishga yordam beradi.
Shu bilan birga o'yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo'ladiki, buning oqibatida har bir bola o'zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi. Ijtimoiy hayotda o'zi egallagan o'rinni barqarorlashtiradi. O'z-o'zini boshqarish ko'nikmalarini hosil qiladi.
Mustaqil mashg'ulot qanday tuzilishi kerak va nimalardan iborat bo'ladi?
Yuqorida aytib o'tganimizdek, mustaqil mashg'ulot uchun berilgan vazifa qanchalik aniq, konkret bo'lsa, o'quvchining vazifasi shuncha osonlashadi. Mustaqil mashg'ulot qanday kechishidan qat'iy nazar, uni ma'lum reja asosida olib borish yaxshi natija beradi. Quyida mutaqil mashg'ulotlarning taxminiy tuzilishi va vaqtini keltiramiz:
1. Gamma, uch tovushliklar va turli mashqlarni ijro etish 10-15 daqiqa.
2. Yangi berilgan vazifani o'zlashtirish 15-20 daqiqa.
3. Dam olish uchun 5 daqiqa.
4. Oldin o'rganilgan vazifalarni takrorlash 20-25 daqiqa.
Keltirilgan vaqtlar me'yori taxminiy bo'lib, uni belgilashda o'quvchining individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda vazifalar hajmining katta-kichikligiga qarab kamaytirish yoki, aksincha, ko'paytirish mumkin. Mustaqil mashg'ulot uchun keltirilgan taxminiy vaqtning jami 45-60 daqiqani tashkil etyapti. Bu bir qarashda kamdek ko'rinishi mumkin. Ammo mashg'ulotlar muntazam ravishda davom ettirilsa, ko'zlangan natijaga bemalol erishish mumkin.
O'zbek xalq cholg'uchilarida ijroni o'rganayotgan yosh sozandalarda fortepiano bilan birgalikdagi ijro paytida ko'proq uchrab turadigan kamchiliklardan biri musiqa asari ijrosini fortepiano bilan bir vaqtda boshlay olmaslikdir. Bu paytda
(2,30)
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
o'quvchining diqqati tamomila o'zining ijrosiga qaratiladi va natijada fortepiano jo'rligi solistning ijrosi bilan bir vaqtga to'g'ri kelmay qoladi. Ijroni fortepiano bilan birgalikda boshlash ko'nikmasini shakillantirishda musiqa asarining birinchi tovushi boshlanishdan oldingi harakat hal qiluvchi rol o'ynaydi. Buni asarning boshlanishidagi dirijyorning qo'l harakati (auftakt)ga o'xshatish mumkin. Musiqa asari davomida cholg'uchi partiyasida ma'lum miqdorda pauzalar uchrab turadi. Bunday paytda fortepianodagi ijro, odatda davom etadi. O'quvchi pauzalarning necha taktligini eslab qolish bilan bir qatorda o'z ijrosining qachon boshlanishini ham puxta bilib olishi kerak. Bunda pauza davomidagi fortepiano ijrosini to'la anglab olishi yaxshi natija beradi.
Bundan tashqari, musiqa asaridagi asosiy kuyning yo'nalishini aniqlab olish fortepiano jo'rligida ijro etishda asosiy vazifalardan biridir. Ma'lumki, har bir musiqa asari ma'lum kuy (ohang) asosida qurilgan bo'ladi. Mana shu kuy fortepiano partiyasidami yoki solist partiyasidaligini ajrata bilish konsertmeyster bilan chalish vaqtida ijroning to'laqonli bo'lishiga yordam beradi. Fortepiano partiyasini yuzaki bilish cholg'uchi uchun Hetarli emas. Fortepiano partiyasi solistning partiyasi bilan uzviy bog'langan bo'lib, musiqa asarining buzilmas kompozisiyasini tashkil etadi. Shuning uchun haqiqiy ijro ulardan ansambl qonun-qoidalariga bo'ysungan holda katta mehnatni talab qiladi. Cholg'uchining fortepiano bilan birgalikdagi ijrosi qanchalik o'z vaqtida boshlansa, musiqa asarini o'zlashtirilishi shunchalik sifatli va tez bo'ladi.
Notaga qarab ijro qilish murakkab jarayon bo'lib, u maxsus mashqlar yordamida o'zlashtiriladi. Notaga qarab ijro etish jarayonini kuzatadigan bo'lsak, unda qryidagi qismlarni ko'rishimiz mumkin:
• nota ko'rinishining o'quvchi ongiga yetib borishi;
• o'quvchi ongida qanday harakatni amalga oshirish kerakligining aniqlanishi;
• kerakli harakatlar yordamida berilgan notaning ijro etilishi.
Notaga qarab ijro etish jarayonining qanchalik tez sodir bo'lishi nota ko'rinishini qabul qili b (anglab), kerakli harakatni amalga oshirish tezligiga bog'liq. Agar jarayonning biror qismi yaxshi ishlamasa, notaga qarab ijro etishda ko'zlangan natijaga erishish qiyin bo'ladi.(3,29)
Notaga qarab ijro etishning murakkab taraflaridan biri shuki, musiqa asarining bir qismi ijro etilayotganda cholg'uchi keyingi qismini ko'rib, uning ijrosiga tayyorgarlik ko'rishga tayyorlanadi. Tajribasiz o'quvchilar ko'p holda buning uddasidan chiqa olmaydilar natijada, ularning ijrolari uzilib qoladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Diqqat-e'tiborni bir maqsadga qarata bilish notaga qarab ijro etishning muvaffaqiyatli o'zlashtirilishini ta'minlaydigan omillardan biridir. Notaga qarab ijro etish qobiliyatini rivojlantirishda quyidagi amaliy mashqlar yordam berishi mumkin; eng oddiy musiqa, boshlang'ich taktning birinchi yarmi ijro etilayotganda o'quvchi o'z e'tiborini shu taktning ikkinchi yarmiga qaratadi. Xuddi shu usul asarning keying taktlarini ijro etishda ham qo'llanadi. Sozandada notaga qarab ijro eta olish qobiliyatini rivojlatirish muammosi va uni hal etishga qaratilgan ko'rsatmalar musiqa pedagogikasida alohida o'rin tutadi.
Ko'zga ko'ringan ijrochi - o'qituvchilarning fikricha, notaga qarab ijro etish sozandaning kundalik mashg'ulotlari qatoridan o'rin olishi shart. O'quvchi muntazam ravishda notaga qarab ijro etish bilan shug'ullangan taqdirda turli davrga oid bo'lgan rang barang musiqa asarlari bilan tanishadi.(4,63)
Agar istisno tariqasida maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishni ko'radigan bo'lsak, bunda musiqaning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash asosida quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:
1. Musiqa - bolalar estetik tarbiyasida asosiy o'rin tutadi.
2. Bolalar musiqiy-estetik madaniyatini shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo'lib kelgan. Chunki jamiyat ma'naviyatini shaxs ma'naviyatining yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning shakllanganlik darajasi tashkil etadi.
3. Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa mashg'ulotlari imkon darajasida tashkil etilgan, ammo kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbilash uchun davr talabi asosida musiqa mashg'ulotlarini yanada takomillashtirish va qo'shiq o'rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanishga undamoqda.
4. Bolalar ma'naviy-estetik tarbiyasini yanada takomillashtirish uchun mo'ljallangan tadbirlarda qo'shiq va raqslardan ko'proq foydalanish lozim.
5. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish maqsadida muntazam tashkil etiladigan tadbirlarga o'zgacha ruh bag'ishlash kerak.
6. Demak, maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa vositasida kichik yoshdagi bolalarni musiqiy madaniyatini shakllantirishdan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o'zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan quradigan barkamol shaxslarni tarbiyalashdan iborat.
ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. Omonullaeva D. Nazarov F. Burhonov D. Bolalar bog'chasida musiqa T.: O'qituvchi. 1990. 26-bet
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
2. Adabiyotlar: Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T.: O'qituvchi. 1993. 30-bet
3. Abdurahmonova H.Sh. Bolalar bog'chasida musiqaviy o'yinlar va bayram ertaliklari. T.: O'qituvchi. 1993. 29-bet
4. Hasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006. 63-bet
5. https://fayllar.org/
6. https://uz.wikipedia.org/
7. https://goaravetisyan.ru/