"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023
CHOLG'U IJROCHILIGI AN'ANALARINI VA KO'NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISH
Qaxramon Madaminovich Fozilov
Qo'qon DPI
Annotatsiya: Ushbu maqola cholg'u ijrochiligini mashqlar, mustaqil mashg'ulotlar orqali o'zlashtirish hamda ko'nikma va malakalarni shakllantirish yo'llari haqida yozilgan.
Kalit so'zlar: cholg'u ijrochiligi, an'ana, ko'nikma
FORMING THE TRADITIONS AND SKILLS OF INSTRUMENT
PERFORMANCE
Kaxramon Madaminovich Fozilov
Kokan SPI
Abstract: This article is written about the methods of mastering musical performance through exercises, independent training, and ways of forming skills and competencies.
Keywords: musical instrument performance, tradition, skill
Hozirgi paytda o'quv yurtlaridagi o'zlashtiriladigan ma'lumotlar miqdorining ortib borishi, kam vaqt sarf qilib ko'proq natijaga erishishni taqozo etadi. Talabalarning mustaqil mashg'ulotlari muvaffaqiyatli bo'lishiga o'qituvchi rahbarligida sinfdagi darsni shu mustaqil mashg'ulotga yaqinlashtirib o'tish yordam beradi. Bunda talaba barcha vazifalarni mustaqil bajaradi va o'qituvchi kerak bo'lgandagina o'z ko'rsatmalarini beradi. O'qituvchining mustaqil mashguloti kunning qaysi vaqtiga mo'ljallanishi kerak? Bunday mashgulot vaqtini belgilash talabaning kun tartibiga bog'liq. Agar o'quv yurtidagi mashg'ulotlar asosan kunning birinchi yarmida bo'lsa, mustaqil mashg'ulot kunning ikkinchi yarmida o'tkaziladi. muhimi, mustaqil mashg'ulot har kuni bir vaqtda o'tkazilishi. Uy vazifasini bajarishning bir qator muhim tomonlari bo'lib, bularni talaba esda tutishi zarur. Shulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz: Musiqa asari talaba tomonidan avvalo to'g'ri tushunilishi, ya'ni asar mohiyati to'gri ochilishi asosiy vazifa qilib qo'yilishi kerak. Oldin aytib o'tilganidek, asar ma'nosini to'g'ri tushunishda ijro uslublarining tanlashishi, belgilarga rioya qilish, applekaturaning to'g'ri qo'yilishi kabi masalalar muhim ahamiyatga ega.
Talabaning mustaqil mashg'ulotlari paytida uning diqqat-e'tibori albatta biror konkret vazifani bajarishga qaratilishi kerak. Aks holda mashg'ulot quruq ma'nosiz kechib, hech qanday natijaga erisha olmaslik mumkin. Ba'zi talabalar musiqa asarini o'zlashtirish davrida nota tekstiga ko'proq e'tibor berib, ijroning ifodali bo'lishi kerakligini unutib qo'yadilar. Shu kamchilikning oldini olish maqsadida talabalarning diqqat markazida doimo ijroni ifodali bajarish vazifasi turishi shart. Boshqacha aytganda, talabalar asar tekstini o'zlashtirishga qancha kuch sarf qilishsa, ijroning ifodali chiqishiga ham shuncha e'tibor berishlari kerak. Talaba biror xatoga yo'l qo'ygan paytda, shu bo'lakni vazmin tezlikda diqqat bilan qayta takro rlashi kerak. Shunda yo'l qo'yilgan xatoning sababini to'g'ri aniqlab, shu xatoga boshqa yo'l qo'ymaslik choralarini ko'radi. Talabalar ijrosidagi xatolar ham bir-biridan farq qiladi. Ayrim holatlarning qaytarilishi talabalarda odat tusiga kirib, asarning ma'lum qismida hato deyarli har safar takrorlanaveradi. Bunga sabab toto'g'ri tanlangan applikatura, ijro usuli yoki boshqa bir kamchilik bo'lishi mumkin. Bunday xatolarning kelib chiqish sababini to'g'ri aniqlash uni bartaraf etishning garovidir. Xatolar tasodifiy xarakterga ega bo'lsa ham, ularga yo'l qo'ymaslik lozim. Xatolar qanday bo'lishidan qat'i nazar talaba o'zining mustaqil mashg'uloti paytida ularni bartaraf etish choralarini topishni o'zining asosiy maqsadlaridan biri qilib qo'yishi kerak. Cholg'u ijrosi bilan shug'ullanish natijasida talaba ham aqliy, ham jismoniy charchashi sababli uning dam olishiga bir oz vaqt ajratilishi kerak. Aks holda ijroning sifati yomonlashib, xato va kamchiliklarga yo'l qo'yilishi mumkin. Fortepiano jo'rligida ijro etish Musiqa asarini o'rganishda dutor partiyasi bilan birgalikda ijro etiladigan fortepiano partiyasini puxta o'rganish zarur. Fortepiano bilan birga ijro etishni musiqa asarini o'zlashtirish jarayonida boshlagan ma'qul. Shunda ijrochi o'z partiyasini o'zlashtirish bilan bir qatorda fortepianoda ijro etiladigan partiyani ham o'ziga singdirib boradi. Ba'zi sozandalar o'z partiyalarini oxirigacha o'zlashtirib bo'lganlaridan keyingina fortepiano bilan birgalikda ijro eta boshlaydilar. Bu hol cholg'uchi uchun birmuncha qiyinchilik tug'diradi. Cholg'u va fortepiano ijrosi uchun yaratilgan musiqa asarlarini kuzatsak, unda quyidagi va o'xshashliklarni uchratishimiz mumkin. Ba'zi musiqa asarlarida fortepiano cholg'uchi (solist)ga jo'r bo'lish vazifasini bajarsa, boshqa musiqa asarlarida cholg'u bilan fortepianoning partiyalari birbirga teng va ma'lum darajada mustaqil xarakterga ega bo'ladi. Birinchi xolda kuyni boshqarib borish asosan cholg'uchi (solist)ga yuklatilgan bo'lib, fortepiano faqat jo'rlik (akkompanement) vazifasini o'taydi. Bunda solist ijro etayotgan kuy mustaqil, ijrosi fortepianosiz ham ma'lum darajada tugallangan bo'ladi. Bunday musiqa asarlari o'zining tuzilishi bo'yicha nisbatan oddiy bo'lib, ulardan ta'limning boshlangich davrlarida foydalanish mumkin. Lekin bundan talaba sozanda fortepiano partiyasiga e'tibor bermasa ham bo'laveradi, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bunday musiqa asarlarini ijro qilish paytida talaba fortepianoda
ijro etilayotgan akkordlar va ritmik shartlarni o'z ijrosi bilan birgalikda eshita olishi lozim. O'zbek xalq cholg'uchilarida ijroni o'rganayotgan yosh sozandalarda fortepiano bilan birgalikdagi ijro paytida ko'proq uchrab turadigan kamchiliklardan biri musiqa asari ijrosini fortepiano bilan bir vaqtda boshlay olmaslikdir. Bu paytda talabaning diqqati tamomila o'zining ijrosiga qaratiladi va natijada fortepiano jo'rligi solistning ijrosi bilan bir vaqtga to'g'ri kelmay qoladi. Ijroni fortepiano bilan birgalikda boshlash ko'nikmasini shakillantirishda musiqa asarining birinchi tovushi boshlanishdan oldingi harakat hal qiluvchi rol o'ynaydi. Buni asarning boshlanishidagi dirijyorning qo'l harakati (auftakt)ga o'xshatish mumkin.
Musiqa asari davomida cholg'uchi partiyasida ma'lum miqdorda pauzalar uchrab turadi. Bunday paytda fortepianodagi ijro, odatda davom etadi. Talaba pauzalarning necha taktligini eslab qolish bilan bir qatorda o'z ijrosining qachon boshlanishini ham puxta bilib olishi kerak. Bunda pauza davomidagi fortepiano ijrosini to'la anglab olishi yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, musiqa asaridagi asosiy kuyning yo'nalishini aniqlab olish fortepiano jo'rligida ijro etishda asosiy vazifalardan biridir. Ma'lumki, har bir musiqa asari ma'lum kuy (ohang) asosida qurilgan bo'ladi. Mana shu kuy fortepiano partiyasidami yoki solist partiyasidaligini ajrata bilish konsertmeyster bilan chalish vaqtida ijroning to'laqonli bo'lishiga yordam beradi. Fortepiano partiyasini yuzaki bilish cholg'uchi uchun etarli emas. Fortepiano partiyasi solistning partiyasi bilan uzviy bog'langan bo'lib, musiqa asarining buzilmas kompozisiyasini tashkil etadi. Shuning uchun haqiqiy ijro ulardan ansambl qonun-qoidalariga bo'ysungan holda katta mehnatni talab qiladi. Cholg'uchining fortepiano bilan birgalikdagi ijrosi qanchalik o'z vaqtida bos hlansa, musiqa asarini o'zlashtirilishi shunchalik sifatli va tez bo'ladi. O'ng va chap qo'llar harakatining mutanosibligi tog'risida Ijro paytida o'ng va chap qo'l harakatining mutanosibligiga erishish ijro sifati uchun katta ahamiyatga egadir. Cholg'uda ijroni o'zlashtirishning dastlabki bosqichida o'ng va chap qo'llar holati ularning asosiy harakatlarini alohida o'rganish va o'rgatish maqsadga muvofiq bo'lsa, keyinchalik ikkala qo'l harakatining bir-biriga mutanosabligi asosida ish olib boriladi. Ya'ni o'rtacha qiyinchilikdagi musiqa asarini ijro etish paytida ikkala qo'l harakatiga sozanda bir xil e'tibor berishi kerak. Agar bu paytda sozanda e'tiborni bir qo'lga qaratib, ikkinchisini nazoratdan chiqarib qo'ysa albatta, ijrokamchilikdan xoli bo'lmaydi. Bunday paytda uchraydigan kamchiliklardan biri talaba chap qo'l barmoq almashinuvining o'ng qo'l tovush hosil qilish harakati bilan mutanosibligini buzishidir. Masalan, birinchi tovush ijro etilgandan so'ng, ikkinchi tovush o'ng qo'l yordamida chalinadi-yu, lekin chap qo'lning barmog'i kerakli paytda ko'rsatilgan pardani bosishga ulgurmaydi. Natijada, tovush umumiy eshitilmaydi yoki bo'g'iq jarangsiz bo'ladi. Goxida esa buning aksi ham bo'lishi mumkin. Yana bir kamchilik, tordan-torga o'tib ijro etishda qo'llar xarakatining nomutanosibligidir. Bunda chap
qo'lning barmoqlari bir tordan boshqa torga o'tish vaqtida ulgursa, o'ng qo'l harakatni vaqtida bajara olmaydi. Osoyishta, rez bilan uzilmasdan ijro etishni talab qiladigan kuylarda chap qo'l barmoqlari almashgan paytda rez usulini bajarayotgan o'ng qo'lning harakati, odatda, uzilib qoladi, ohangning uzluksizligi buziladi. Va nixoyat, chap qo'lning barmoqlari har bir yangi tovush ijrosi paytida bosish harakatini qaytadan ta'kidlab amalga oshiradi. Bunday harakat ham kuyning uzilishiga olib keladi. Yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklarning barchasi talabaning e'tiborsizligidan yoki ijro vazifasini to'g'ri tushunib etmasligidan dalolatdtr. O'qituvchi uning sababini aniqlab, talabaga tushuntiradi so'ngra uni yo'qotish choralarini belgilaydi. Talabalarning o'ng va chap qo'l harakat qobiliyati bir xil bo'lmasligi mumkin, ya'ni chap qo'l barmoqlarining harakati talab darajasida bo'lsa, o'ng qo'l harakatchan bo'lmasligi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Bunday holda talaba uchun tanlanayotgan repertuar va texnik materiallar shu kamchilikni yo'qotishga qaratilgan bo'lishi lozim. Gamma, uch tovushliklar mashqlar. ijro etishning texnik imkoniyatlarini rivojlantirish Gamma, uch tovushlik va turli mashqlar ustida ishlash talabani musiqa asarida uchraydigan passajlar va xar xil uch tovushliklarni ijro etishga oldindan tayyorlaydi. Talaba gamma ijro etish jarayonida tordan torga muloyimlik bilan o'tish mashqini tobora yaxshiroq o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, gamma va uch tovushliklar talabaga texnik va badiiy shtrixlarni o'zlashtirishda material bo'lib xizmat qiladi. Unutmaslik lozimki, gamma va uch torliklar ijrosi muayyan maqsad va ma'no bilan amalga oshirilishi kerak. Har safar gamma ijro etilayotganda sozanda oldiga aniq maqsad qo'yilmog'i shart. Bu vazifa talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning umumiy ijrochilik qobiliyati rivojlanishiga foyda beriladigan bo'lishi kerak. Masalan, talaba ijrosida tovushni baland chalib ijro etish oqsayotgan bo'lsa shu usulni gamma va mashqlar yordamida takrorlash mumkin. Xuddi shu yo'lni ijroning boshqa usullarini takomillashtirishda qo'llash maqsadga muvofiq. Gamma, uch torlik va boshqa mashqlarni ijro etish, ijro mahoratini o'rganish o'quv jarayonining ajralmas bir qismi bo'lishi kerak. Bu turli ijro ko'nikmalarini hosil qilishda, ularni rivojlantirish va takomillashtirish katta rol o'ynaydi. Ijrochilik faoliyati, turli ko'nikmalarning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur va har taraflama tahlil qilish cholg'uda ijroni o'rgatishni takomillashtirishda zarur asos bo'lib xizmat qiladi. Ijro uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirish musiqa pedagogikasida eng dolzarb muammo bo'lib, buning sabablardan biri - zamonaviy musiqa asarlarining ijrosi sozanda oldiga kun sayin bir - biridan murakkab talablar qo'yilishidir. Bunday talablarning o'sib borishi ijrochi uchun zarur asos bo'lib xizmat qila oladigan eng oddiy ko'nikmalarning puxta o'zlashtirilishini taqozo etadi. Ijro harakatlarini puxta o'zlashtirish va ularni ko'nikmalarga aylantirish sozanda ishini birmuncha engillashtiradi. Ijro harakatlarini amalda ko'p marotaba qo'llanganda avtomatizm
darajasiga yaqinlashib, ma'lum ko'nikmaga aylanadi. Bunday harakatlar esa turli mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Mashqlarni o'zlashtirish va murakkablashtirish ta'lim jarayonining muhim qismidir. Shu bilan birga, ta'lim faqatgina mashqlarning ijrosi emas. Mashqlar ta'lim jarayonining ajralmas bir qismi bo'lib xizmat qiladi. O'quv jarayonining barcha amaliy va nazariy taraflarini hisobga olgan holda mashqlarni ongli ravishda takrorlash ijobiy samara beradi. Mashqlar musiqa asarining talablariga xizmat qiladi. Talaba biror mashq harakatni amalga oshirayotgan paytda uning e'tiborini musiqaning ma'noli tamoniga qaratmog'i kerak. Mashq ijroning ma'noli ko'nikmalarini hosil qilish, rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir. Bu vazifani bajarishda o'quv jarayonini sistemalashtirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ko'nikmalarning ichki tuzilishini, oldingi ko'nikmaga asoslangan holda yanada murakkabroq ko'nikma hosil etish yo'llarini hisobga olish zarur. Ilmiy izlanishlar shuni ko'rsatadiki, ijrochilik apparatini muntazam ravishda tarbiyalash ishi «oddiydan murakkabga» prinsipi asosida tashkil etilishi kerak. Yangi ko'nikmani o'zlashtirish ishiga oldingi ko'nikma puxta o'zlashtirilgandan keyingina o'tish mumkin. Aks holda talaba oldiga qo'yilgan vazifa o'ta murakkablashib ketishi mumkin. Shu sababli ijro texnikasining turli elementlarini o'rganishda uzviy bog'liqlik prinsipiga amal qilish zarur bo'ladi. Talabaning yangi ko'nikmani o'zlashtira olishi uning oldingi ko'nikmani qay darajada o'zlashtirganiga bog'liqdir, chunki yangi o'rganilayotgan ko'nikma oldingisi bilan ma'lum darajada o'zaro aloqadorlikda bo'lib, o'zining ta'sirini ko'rsatadi. Masalan, yangi o'rganilayotgan passaj oldingisiga o'xshash bo'lganligi tufayli sozanda uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. O'quv jarayonida talabaga yangi o'rganilayotgan ko'nikma (yoki musiqa materiali)ning oldingisiga o'xshash yoki farqlari bo'limlarini aniqlashni, ularni tahlil etishni o'rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Talabada shakllanadigan bunday sifatlar darsning samaradorligini oshirishga, kam vaqt sarf qilib ko'proq natijaga erishishga yordam beradi.
Yuqoridagilardan ko'rish mumkinki: ko'nikmani o'zlashtirish jarayonini (keyinchalik qayta o'zgartirib o'rganmaslik maqsadida) ilmiy asosda olib borish kerak, o'rganilayotgan ko'nikmani puxta o'zlashtirib bo'lgandan so'ng yangisini o'zlashtirishga kirishish lozim. Yangi ko'nikmalarni o'zlashtirishga talabaning ongli yondashishi (ijro harakatining tuzilishini bir-biriga solishtirib tahlil eta olish, ularning farqini aniqlay bilish va boshqalar), o'rganilayotgan turli ko'nikmalarning o'zaro ijobiy ta'siriga erishish lozim. Tajribadan ma'lumki, talaba biror mashq yoki ko'nikmani o'zlashtirishda pirovard maqsadni qanchalik oldindan aniq tasavvur qila olsa, natijaga shunchalik oson erisha oladi. Bunda o'qituvchi u y oki bu harakatning bajarilishini talabaga ko'rsatib berishi katta ahamiyatga ega. Talabaning o'zi mustaqil ravishda ko'rsatilgan ko'nikma harakatining kerakli va asosiy tarafini darhol aniqlay olmasligi mumkin. Bu holda talabani mustaqil kuzata bilishga o'rgatish kerak. Talaba
faqat chetdan kuzatibgina qolmay, balki harakatning mohiyatini tushunishi, tovushni eshitibgina qolmasdan, uni o'ziga singdirib olishi kerak. Aniq maqsadga qaratilgan kuzatishning xarakterli jihatlaridan biri - muayyan qo'llanmani talaba tomonidan fikrlab, tahlil etish bilan qabul qilish. Kuzatishning muvaffaqiyati maqsadning aniq qo'yilishiga bog'liq. Maqsadning aniq va konkret qo'yilishi talabaning kuzatishini oldindan tayyorlaydi. Kuzatish maqsadga muvofiq ravishda oldindan tayyorlarmasa, talabada aniq tasavvur paydo bo'lishi qiyinlashadi. Shu sababli o'qituvchi harakat yoki ko'nikmani talabaga ko'rsatib berishi zarur. Aks holda talaba ikkinchi darajali narsalarga diqqatini jalb etib, asosiysi esa e'tibordan chetda qolishi mumkin. Musiqa materiali yoki mashqni tanlashda shu materialni to'la tahlil qilish ijro harakatlarini to'g'ri amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Murakkab harakatlarni o'rganishda uning qismlarini alohida ajratib o'zlashtirish yaxshi natija beradi.
O'qituvchining to'g'ri va aniq ko'rsatmalari talabaning kundalik mashqlari uchun asos bo'ladi. Darsda olingan ko'rsatma va tasavvurlar yordamida talaba mustaqil mashg'ulotlar paytida musiqiy ijro ko'nikmalarini asta - sekin o'zlashtirib boradi. Talabaning o'zi qanday xatoga yo'l qo'yayotganini, yutuqlarini, u yoki bu mashq qanday foyda keltirishini aniqlay bilishi juda muhimdir. Mashqlarning takrorlanishi undagi bor kamchiliklarni yo'qotishga qaratilishi kerak. Ma'lumki, o'z mashg'ulotlarini to'g'ri baxolay olmaydigan talaba qanchalik ko'p shug'ullanmasin, yaxshi natijaga erisha olmaydi. Musiqa materialini, ijro etish maqsadini aniq bilish va o'z xatosini anglash - ko'nikma hosil qilishning zarur shartlari sanaladi. O'zining xatosini va yutuqlarini baholay olish sifati talabada asta - sekin o'qituvchining yordamida paydo bo'lib, rivojlanib boradi. Ma'lumki, ijroni endigina o'rganayotgan yosh talabalar o'z xatolarini to'g'ri aniqlay olmaydilar yoki sezmaydilar. Talabaning ko'rsatmalariga ko'p vaqt muntazam ravishda amal qilish orqali talaba o'z ijrosini kuzatib, nazorat qilishga o'rganishi mumkin. Bundan tashqari, o'z ijrosiga tanqidiy munoabatda bo'lish, o'z-o'ziga talabchanlik sifatlari talaba ijrosining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. Tajribasi ortib borgan sari talaba o'z xatolarini aniqlashi ham osonlashib boradi. Avvalgi maxsus tahlildan so'ng aniqlanadigan xatolar keyinchalik bevosita ijro davomida talaba tamonidan aniqlanib, tuzatilishi mumkin. Ma'lumki, talabalar o'z xatolariga qaraganda o'zgalarning xatosini tezroq aniqlay oladilar. O'quv jarayonida talabalarning bu sifatlaridan unumli foydalanish maqsadida mashgulot davomida talabalar bir-birlarining ijrolarini tinglashnii tashkil qilish yaxshi natijalar berishi mumkin. Bundan tashqari, talabalarga ijroni magnit yozuvi orqali eshittirish ham tajribada qo'llaniladi. Texnika vositasida yo'l qo'yilayotgan xatolarni aniqlash, to'g'ri tahlil etish o'z samarasini beradi. Yangi materialni ko'rsatib berilayotgan vaqtning o'zida shu misol ijrosi davomida ko'proq uchrab turadigan xatolarning oldini olish uchun ko'rsatmalar berish talaba mehnatining samaradorligini oshiradi. Yangi qo'llanmalarning to'g'ri
o'zlashtirilishini o'qituvchi diqqat bilan kuzatib borishi kerak. Talaba tarafidan noto'g'ri o'zlashtirilgan ko'nikma (postanovka, ijro harakatlari va boshqalar)ni qayta tuzish murakkab ish ekanligi ma'lum. Yaxshi texnikaga ega sozanda deyilganda, odatda, ko'z oldimizga ijro harakatlari tez, aniq va chaqqon bo'lgan, barmoqlari katta tezlik bilan harakat qila oladigan cholg'uchini keltiramiz. Lekin yaxshi texnikaga ega bo'lgan sozanda musiqa asaridagi muallif aytmoqchi bo'lgan fikrni o'z ijrosi bilan ochib beribgina qolmay, balki cholg'u tovushlari yordamida ma'lum ma'nodor fikr yarata olishi ham kerak. Ma'lum maqsadga qaratilgan texnikani rivojlantirmasdan turib, cholg'u ijrochiligida biror amaliy natijaga erishish qiyin. Sozandada ijrochilik texnikasi qanchalik rivojlangan bo'lsa, uning o'zi uchun shunchalik yaxshi. Endi cholg'udagi ijro texnikasining o'ziga xos qismlari va ijrochilik tajribasida ko'proq uchrab turadigan kamchiliklar sabablari bilan tanishib chiqamiz. Dutorda ijro texnikasini rivojlantirish deganda, chap qo'l barmoqlarining pardalar bo'ylab xarakati va o'ng qo'l tovush hosil qilish harakatlarining qanchalik rivojlanganligini tushunamiz. Tajribada kerakli barmoqlarni aniq qo'ya olmaslik yoki o'ng qo'l yordamida boshqa, keraksiz torlarni chertib yuborish kabi kamchiliklar uchrab turadi. Ta'lim jarayonida shunday kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko'rish kerak. Gamma va turli mashqlar bilan dastlabki tanishish vaqtida uni vazmin tezlikda ijro etishning foydali tomonlari bor: musiqa qo'llanmalariniing umumiy tuzilishi bilan yaqindan tanishish: ijro etish usuli va uslublarini, tovush kuchini aniqlash imkoni tug'uladi Ijro qanchalik og'ir tempda bo'lmasin, zinxor qo'pollikka yo'l qo'yish mumkin emas. Buning uchun ijrochining kerakli xarakatlarida ishtirok etayotgan gavda qismidagi muskullarning to'la erkinligiga erishish kerak. Vazmin tezlikda ijro etilayotganda harakatlarning borishini kuzatish ancha oson. Lekin temp tezlashgan sari bunday kuzatish qiyinlashib boradi. Shuning o'zi vazmin tezlikda ijro etishning foydali ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Musiqa qo'llanmasini kerakli tezlikdagi ijrosiga qaysi paytdan boshlab o'tish kerak? Yosh ijrochilar orasida ko'p uchrab turadigan kamchiliklardan biri shuki, ular og'ir tempdagi ijrodan so'ng birdaniga tez tempga o'tmoqchi bo'ladilar. Bunday ijro ko'p xatolarga sabab bo'lishi mumkin. Birinchidan, talabaning ongi bunday tempda amalga oshirayotgan harakatlarni nazorat qilishga ulgurmaydi va ijro nazoratsiz kecha boshlaydi. Endi sozandaning ijro paytidagi chidamliligi va gavda harakatining erkinligi xaqida so'z yuritamiz. Sozandaning ijro paytidagi toqat va bardoshini uning psixofiziologik holati belgilaydi. Gap sozandaning chidamliligi u qanchalik ko'p vaqt davomida mashqni uzluksiz davom ettira olishi xaqida borar ekan, uning gavdasi ijro xarakatlari uchun qanchalik moslashganligi to'g'risida to'xtalmaslik mumkin emas. Gavda muskullarining qotib, siqilib qolishi ijro harakatlarini to'g'ri va erkin amalga oshirishiga xalaqit beradi. Shu sababli ham cholg'uda musiqa asarini to'laqonli ijro etish uchun, birinchi navbatda, muskul xarakatlarining erkinligini ta'minlash zarur
bo'ladi. Muskullar qotib qolishining sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Bular postanovkaning noto'g'riligi, hayajonlanish asabiylashish, shart-sharoitning noqulayligi, qanday bo'lishidan qat'i nazar, o'qituvchi mashg'ulot paytida muskul qotib qolishining oldini olishi kerak. Yirik sozandao'qituvchilarning kuzatishlariga ko'ra, talabalarning ijro harakatlarini amalga oshirayotgan muskullar qotib qolishiga asosan quyidagilar sozandaning elka, tirsak va panja muskullari qotishi; panja va barmoqlarning keragidan ortiq xarakatlanishi; chap qo'l barmoqlarining pardalarga ortiqcha kuch bilan bosilishi; bevosita ijro etish xarakatlarida qatnashayotgan gavda qismlarining tortilib, qotib qolishi sabab bo'lishi mumkin. Gavdaning qaysi qismida bo'lishidan qat'i nazar, qotib qolmaslik to'g'risidagi fikr, ijro harakatlari paytida hech qanday kuch ishlatmasdan, bo'sh holda harakatlanish degani emas. Notaga qarab ijro qilish Notaga qarab ijro qilish murakkab jarayon bo'lib, u maxsus mashqlar yordamida o'zlashtiriladi. Notaga qarab ijro etish jarayonini kuzatadigan bo'lsak, unda qo'yidagi qismlarni ko'rishimiz mumkin: nota ko'rinishining talaba ongiga etib borishi; talaba ongida qanday harakatni amalga oshirish kerakligining aniqlanishi; kerakli harakatlar yordamida berilgan notaning ijro etilishi. Notaga qarab ijro etish jarayonining qanchalik tez sodir bo'lishi nota ko'rinishini qabul qilib (anglab), kerakli harakatni amalga oshirish tezligiga bog'liq. Agar jarayonining biror qismi yaxshi ishlamasa, notaga qarab ijro etishda ko'zlangan natijaga erishish qiyin bo'ladi. Notaga qarab ijro etishning murakkab taraflaridan biri shuki, musiqa asarining bir qismi ijro etilayotganda cholg'uchi keyingi qismini ko'rib, uning ijrosiga tayyorgarlik ko'rishga tayyorlanadi. Tajribasiz talabalar ko'p holda buning uddasidan chiqa olmaydilar natijada, ularning ijrolari uzilib qoladi. Diqqat-e'tiborni bir maqsadga qarata bilish notaga qarab ijro etishning muvaffaqiyatli o'zlashtirilishini ta'minlaydigan omillardan biridir. Notaga qarab ijro etish qobiliyatini rivojlatirishda quyidagi amaliy mashqlar yordam berishi mumkin; eng oddiy musiqa, boshlang'ich taktning birinchi yarmi ijro etilayotganda talaba o'z e'tiborini shu taktning ikkinchi yarmiga qaratadi. Xuddi shu usul asarning keyingi taktlarini ijro etishda ham qo'llanadi. Mashg'ulotlar yordamida talabaga berilayotgan vazifa asta -sekin murakkablashtiriladi, lekin bu vazifa talabaning imkoniyatlari darajasida bo'lishi kerak. Sozandada notaga qarab ijro eta olish qobiliyatini rivojlatirish muammosi va uni hal etishga qaratilgan ko'rsatmalar musiqa pedagogikasida alohida o'rin tutadi. Ko'zga ko'ringan ijrochi - o'qituvchilarning fikricha, notaga qarab ijro etish sozandaning kundalik mashg'ulotlari qatoridan o'rin olishi shart. Talaba muntazam ravishda notaga qarab ijro etish bilan shug'ullangan taqdirda turli davrga oid bo'lgan rang barang musiqa asarlari bilan tanishadi. Notaga qarab ijro etilayotgan musiqa asarlarining hammasi ham kelajakda talaba tarafidan yod olinishi shart emas, balki ular talabaning fikrlash, yangilik ochish va yangi, o'ziga ma'lum bo'lmagan taassurotlar bilan tanishish ehtiyojini qondirish uchun ijro etiladi. Notaga qarab ijro
etayotgan sozandaning fikrlashi birmucha faollashadi, uning musiqiy qo'llanmalarni qabul qilib olishi ma'lum darajada o'tkirlashadi. Shu bilan birga talaba notaga qarab ijro etayotgan musiqa asariga butun vujudi bilan beriladi va uning his-tuyg'ulari ham bu jarayonda bevosita ishtirok etadi. Bundan kelib chiqadiki, notaga qarab ijro etish mashg'ulotlari ijrochi repertuar, uning nazariy va amaliy bilimlarini boyitibgina qolmasdan, balki umuman musiqiy fikrlash jarayonining sifatini yaxshilaydi. Notaga qarab ijro etish talabaning umumiy musiqiy rivojlanishida eng samarali yo'llardan biridir. Cholg'u ijrochiligi ta'limi o'z oldiga talabaning umumiy musiqiy qobiliyatini, professionalligini rivojlantirishni assosiy maqsad qilib qo'yar ekan, shubha yo'qki, notaga qarab ijro etish ana shu maqsadning amalga oshishida asosiy va maxsus vosita vazifasini bajaradi. Notaga qarab ijro etishning muhimligi tan olingan holda, amalda unga ba'zan keraklicha e'tibor berilmaydi. Albatta, notaga qarab ijro etishga qancha ko'p vaqt sarflansa, bu o'z navbatida, ma'lum ijobiy natija berishi mumkin. Lekin bu jarayonni tashkil qilishda ongli nazorat yo'lga qo'yilishi lozim. Tajribadan ma'lumki, sozandaning notaga qarab ijro etish qobiliyati qanchalik rivojlangan bo'lsa, uning ichki eshitish qobiliyati ham shunchalik rivojlangan bo'ladi. Ya'ni bunday sozanda nota belgilariga ko'zi tushishi bilanoq shu tovushni ijrosiz eshita oladi. Demak, sozandadagi «ko'rish orqali eshitish» qobiliyati qanchalik rivojlangan bo'lsa, uning notaga qarab ijro eta olishi ham shunchalik sifatli bo'ladi. Notaga qarab ijro etishnin g muhim shartlaridan yana biri ijrochining nigohi nota tekstidan uzilmasligidir. Cholg'u torlari va pardalar joylashuvini yaxshi o'zlashtirib olmagan talabalarning nigohlari dam nota tekstiga, dam cholg'u grifiga ko'chib turadi. Talaba notaga qarab, uning balandligini belgilab olgandan so'ng, nigohini cholg'u grafikasidagi pardalarga ko'chirishga majbur, chunki pardalarni yaxshi o'zlashtirib olmaganligi sababli grifga qaramasdan barmoqlarni pardaga aniq qo'ya olmaydi. Navbatdagi notani aniqlashda talaba yana nigohini nota tekstiga ko'chiradi. Bunday vaziyatda ko'p talabalar tekstning qaysi joyiga kelganliklarini yo'qotib qo'yadilar. Kerakli joyni topish uchun esa bir oz vaqt talab etiladi. Mana shu kamchiliklar natijasida talabaning ijrosida noto'g'ri to'xtashlar sodir bo'ladi. Bu esa asarning uzluksiz ijrosiga putur etkazadi. Shu sababli ijrochi nigohining bir manbadan ko'chishi qanchalik kam bo'lsa, shunchalik ijro uchun foydali bo'ladi. Demak, cholg'u ijrochiligi ta'limida talaba -sozandaning cholg'u grafaga qaramasdan kerakli pardani topa bilishni boshqa ko'nikmalar qatori muntazam ravishda o'rganib borishi notaga qarab bemalol ijro eta olish qobiliyatini rivojlantirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Notaga qarab ijro etishni amalga oshirayotgan paytda talabadan nota yozuvidagi barcha belgilariga qat'iy rioya qilishni birdaniga talab qilib bo'lmaydi. O'qituvchi bu jarayonda talaba birinchi navbatda e'tibor berishi kerak bo'lgan narsalarni olindan tushuntirib, belgilab berishi katta ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, talaba asarlardagi yaxlit musiqiy fikrning boshlanishi va tugallanishiga birinchi navbatda e'tibor berishi kerak. Ya'ni
asarda bayon etilgan tugal fikrning uzilib qolishi yoki tushunarsiz ijro etilishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Notaga qarab ijro etishni asarda bayon etilayotgan musiqiy fikrlar asosida tashkil qilish yaxshi natija beradi. Notanish musiqa asarlarini notaga qarab ijro etishdan oldin ko'zdan kechirib, tanishib chiqish, ya'ni shu asarni cholg'usiz «ijro etish» tavsiya qilinadi. Bunda, birinchidan, sozanda bevosita ijro harakatlaridan xoli bo'ladi; ikkinchidan, asarning tuzilishni o'rgatish imkoniyati tug'uladi, Qo'shimcha qilib aytish mumkinki, talaba asarning nota yozuvini ko'zdan kechirib, cholg'usiz «dilda» ijro etishi uning ichki eshituv qobiliyatini ma'lum darajada rivojlantirib boradi. Tajriba guvohlik beradiki, musiqa asari bilan bunday tanishuvdan keyin ijro engil va aniqroq amalga oshiriladi, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xatolar kamayadi va ijro erkinligi ta'minlanadi. Repertuar tanlash Cholg'uchi ijro qilgan asarlar majmuasiga repertuar deyiladi. Talabalar uchun repertuar tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak? Repertuarni qanday tanlash kerak? Duch kelgan asarni talabaga ijro etish uchun beraverish yaramaydi. Tanlanayotgan asar talaba - sozandaning ijro maxoratini yana bir pog'onaga ko'tarishga xizmat qilishi kerak. Talabaning cholg'uda ijro mahoratining muvaffaqiyatli rivojlanishi har doim ham uning qobiliyati bilan belgilanavermaydi. Bunda repertuar tanlashning ham ma'lum darajada ahamiyati bor. Sozandaning oldiga qo'yilayotgan vazifalarning bir maromda murakkablashishi uning qiziqishini yanada kuchaytiradi. Boshqacha aytganda, navbatdagi tanlanayotgan asar oldingisiga qaraganda ijro jihatidan murakkabroq bo'lishi zarur. Aytish zarurki, ijro uchun tanlangan musiqa asari talabaning imkoniyatlariga mos kelishi kerak, toki u asarning badiiy va texnik vazifalarini hal eta olsin. Dutorda ijroni o'rgatish va o'rganish jarayonining har bir bosqichida talaba oldiga qo'yiladigan talablar asosli va o'rinli bo'lishi kerak. Agar bu talablar haddan tashqari murakkablashib ketsa, ya'ni asarlar talabaning imkoniyatiga qaraganda qiyinroq bo'lsa, albatta bu o'zining salbiy tasirini ko'rsatadi. Aksincha, tanlanayotgan asarlar juda soddalashib ketsa ham bo'lmaydi. Bu holda talabaning ijroga bo'lgan qiziqishi pasayib ketishi mumkin. Ijro ta'limi tajribasidan shu narsa ma'lumki, talabalarning hammasida ham ijro usuli va uslublarining ko'nikmasi bir xilda rivojlangan bo'lmaydi. Masalan, ba'zilarda chap qo'lning ijro ko'nikmalari yaxshi rivojlangan bo'lsa, boshqalarida o'ng qo'l texnikasi rivojlangan bo'ladi. Yoki ba'zi talabalar jadal tezlikdagi asarni ijro etishda qiyinchilik sezsalar, boshqalari vazmin, kuychan asarlarning ijrosida qiynaladilar. Repertuar tanlashda ko'rsatilgan xususiyatlar albatta hisobga olinib, tanlangan asarlar yordamida kamchiliklarni bartaraf etish kerak. Hozirgi paytda dutor ijrochilari uchun repertuar tanlashda boshqa o'zbek halq cholg'ulari va skripka, doira uchun mavjud bo'lgan to'plamlardan foydalanilyapti. Boshqa cholgular uchun qo'yilgan ijro belgilariga katta e'tibor berilishi kerak. Chunki qo'yilgan belgi faqat shu cholg'u uchungina qaratilgan bo'lib, dutorda ijrosi o'zgarishi mumkin. Masalan, g'ijjak yoki skripka uchun yozilgan
asarlarda uchraydigan «legato» belgisi dutorda asosan rez usuli bilan ijro etiladi. Musiqa asari jadal tezlikdagi ijroni talab etsa, «legato» belgisi qo'yilgan bo'lsa ham (tovushlarning ulanishiga e'tibor bergan holda) pastga va yuqoriga zarblar bilan ijro etish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.
2. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.
3. Askarova, S. "Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music." JournalNX 7.05 (2021): 131-134.
4. Muhammadjonovna, Asqarova Sohibaxon. "THE ROLE AND ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF THE SPIRITUAL AND AESTHETIC PERFECTION OF YOUNG STUDENTS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 106-109.
5. Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. "O 'YIN TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA." Scientific progress 2.2 (2021): 317-321.
6. Askarova, S. "DEFECTS IN THE VOICE OF PUPILS AND WAYS TO ELIMINATE IT." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 418-420.
7. Askarova, S. "SPECIFIC ASPECTS OF STUDENTS'SINGING SKILLS DURING ADOLESCENCE." Open Access Repository 9.11 (2022): 216-218.
8. Asqarova, S. "XOR VA XORSHUNOSLIK FANI DARSLARIDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH." Eurasian Journal of Academic Research 2.7 (2022): 62-65.
9. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
10. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC
JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.
11. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.
12. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
13. Shodiyeva, G. "The Importance of Harmony of Music and Physical Movement in Students' Comprehensive Development." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 3.6 (2022): 1-4.
14. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.
15. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.
16. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.
17. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.
18. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.
19. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.
20. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.
21. Cholgu ijrochiligi . Sh.Raximov.2011 yil
22. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. -T.: 2004,2005.
23. Tursunov, B. (2021). «DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI. Oriental Art and Culture, 2(4), 83-87.
24. Boboyev, V. (2022). KONSERT IJROCHILIGI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 323-325.
25. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.
26. Madaminov, S. (2022). A Look at the Lifepath of Niccolo Paganini. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 39-41.
27. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.
28. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.
29. Tursunov, B. (2022). LIVES DEVOTED TO THE ART OF DOIRA. Oriental Art and Culture, 3(4), 340-343.
30. Tursunov, B. S. (2022, December). THE ROLE AND DEVELOPMENT OF THE DOIRA INSTRUMENT IN THE HISTORY OF OUR COUNTRY. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 130-132).