Научная статья на тему 'ORKESTRLAR. O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U ORKESTRI VA UNING TURLARI'

ORKESTRLAR. O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U ORKESTRI VA UNING TURLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
5612
309
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Orkestr / transpozisiya / dirijyor / partitura / ansambl / partiyalar / ritmik / tersiya intervallari / damli-puflama / nota / jo‘r / applikatura. / Orchestra / transposition / conductor / score / ensemble / parties / rhythmic / third intervals / brass / note / accompaniment / appliqué.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdullayeva, Elmiraxon Mamatisoq Qizi

Ushbu maqola Orkestrlar, O'zbek xalq cholg‘u orkestri va uning turlari ansambl ijrochiligi borasida bir-birini his qilishi, ijro etishi, texnik mahorati kabi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORCHESTRAS. UZBEK FOLK INSTRUMENT ORCHESTRA AND ITS TYPES

This article provides information on how orchestras, the Uzbek folk orchestra and its types feel about each other, how they perform, and their technical skills.

Текст научной работы на тему «ORKESTRLAR. O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U ORKESTRI VA UNING TURLARI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

ORKESTRLAR. O'ZBEK XALQ CHOLG'U ORKESTRI VA UNING

TURLARI

Abdullayeva Elmiraxon Mamatisoq qizi

Andijon viloyati Buloqboshi tuman XTB ga qarashli 9- umumiy o'rta ta'lim

maktabining musiqa fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Orkestrlar, O'zbek xalq cholg'u orkestri va uning turlari ansambl ijrochiligi borasida bir-birini his qilishi, ijro etishi, texnik mahorati kabi ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Orkestr, transpozisiya, dirijyor, partitura, ansambl, partiyalar, ritmik, tersiya intervallari, damli-puflama, nota, jo'r, applikatura.

ABSTRACT

This article provides information on how orchestras, the Uzbek folk orchestra and its types feel about each other, how they perform, and their technical skills.

Key words: Orchestra, transposition, conductor, score, ensemble, parties, rhythmic, third intervals, brass, note, accompaniment, appliqué.

KIRISH

Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San'at bilan oshno bo'lgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland bo'ladi1.

Orkestr (qadimgi yunoncha: op/yazpa - orchestra — yunon teatrida sahnaning old maydonchasi) - musiqa asarini birglalikda ijro etuvchi cholg'u asboblari yig'indisi va shu asboblarni chaluvchi musiqaschilar kollektivi. Orkestr kamer ansambldan dirijor tomonidan boshqarilishi va ba'zi partiyalar yakka sozlarda emas, balki sozandalar guruhi tomonidan ijro etilishi bilan farqlanadi. Sozlarning turlari va tuzilishiga ko'ra, orkestlar simfonik orkestr, xalq cholg'u asboblari orkestri, kamer orkestr, puflamalar orkestri, torli cholg'ular orkestri, estrada orkestri, jaz orkestri va boshqa turlarga bo'linadi. O'zbekistonda orkestrlarning barcha turlari mavjud2.

Xalq cholg'ulari orkestri - orkestr turi; ko'p ovozli musiqa asarlarini ijro etish uchun moslashtirib qayta ishlangan milliy sozlardan iborat. Bir turdagi (mas, faqat torlichertma) cholg'ulardan va turli (mas, torli, puflama va urma) cholg'ular

1 Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Sharq taronalari" o'n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so'zi. https://xs.uz/uz/post/prezident-shavkat-mirziyoevning-sharq-taronalari-on-ikkinchi-khalqaro-musiqa-festivalining-ochilishiga-bagishlangan-tantanali-marosimdagi-tabrik-sozi

2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Orkestr

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

guruhlaridan tashkil topishi mumkin. Turli xalqlarda keng tarqalgan milliy cholg'u ansambllar tarkibida oiladosh cholg'ular (mas, dutorning prima, alt, bas, kontrabas turlaridan iborat) guruxlarining mavjudligi, garmoniya va polifoniya uslubidagi asarlarning muayyan kuy yo'llarini ijro etish imkoniyatlari bilan ajralib turadi3.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda bizga ma'lum bo'lgan - o'zbek xalq cholg'ulari orkestri XX asrning birinchi yarmida paydo bo'lib, bir necha o'n yillarni o'z ichiga olgan shakllanish, rivojlanish, mukammallashish jarayonini o'z boshidan kechirgan. Tajriba sifatida kiritilgan talaygina cholg'ular: hozirgi g'ijjagimizning kattalashgan ko'rinishlaridagi - g'ijjak-bas, g'ijjak-kontrabas, temperasiyaga solishning hech ilojisi bo'lmagan an'anaviy qadimiy cholg'umiz - surnay (lekin partiturada nomi saqlanib qolgan) amaliyotdan o'tmasdan, o'z-o'zidan o'sha davrda tuzilgan musiqiy badiiy jamoalarimizning asosiy tarkibidan chiqib ketgan. Lekin an'anaviy surnayimizni epizodik cholg'u sifatida (karnay, sibizg'a, changqobuz kabi) kompozitorlar partituraga kiritishgan, bundan keyin ham asarlarning maxsus, folklorga yaqin bo'laklarida kiritishlari mumkin. Sanab o'tilgan cholg'ularning o'rniga - g'ijjak-qobuz bas, g'ijjak-qobuz kontrabas yangitdan yaratilib amaliyotdan o'tdi, surnay o'rniga evropa cholg'usi hisoblanmish - goboy yoki uning ham o'rniga dirijyorlar bayan-akkordeon (tembr jihatidan yaqin registrlari borligi uchun) kabilarni O'zXChO (O'zbek xalq cholg'ulari orkestri) tarkibiga kiritib kelmoqdalar. O'zXChO oiladosh cholg'ulardan tuzilgan 5 ta guruhdan tashkil topgan bo'lib, partiturada ular quyidagi ketma-ketlikda yuqoridan pastga qarab joylashadi: 1. Puflama cholg'ular guruhi; 2. Torli-urma cholg'ular (changlar) guruhi; 3. Torli-chertma (mizrobli) cholg'ular guruhi; 4. Urma zarbli cholg'ular guruhi; 5. Torli-kamonli cholg'ular guruhi. ■ Puflama cholg'ular guruhiga kichik nay (pikkalo), nay (katta), surnay va qo'shnay kiradi. ■ Torli urma cholg'u guruhiga chang kiradi. ■ Torli-chertma (mizrobli) guruhiga rubob prima, qashqar rubobi, afg'on rubobi, tanbur, qonun, kontrabas, dutor, dutor bas asboblari kiradi. ■ Urma zarbli cholg'ular guruhiga doyra, nog'ora, buben, uchburchak, litavra, ksilafon, qayroqtosh, tarelka kiradi. ■ Torli-kamonli guruhga g'ijjak (I-II), g'ijjak alt, g'ijjak qobuz bas, g'ijjak qobuz kontrabaslar kiradi.

Puflama cholg'ular. O'z nomi bilan, demak, faqat puflasa sado taratadigan cholg'ular bunday nomlanadi. Cholg'uning g'ovak ustinida ma'lum miqdorda dam (havo) yig'ilsa, bosim ostida barmoqlar harakati yoki lab mahoratidan turli balandlikda yoqimli tovushlar tartibli yangraydi. Bu toifa cholg'ularni ayrimlar -

3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalq cholg%CA%BBulari orkestri

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

damli cholg'ular deb ham ishlataverishadi; Torli cholg'ularning sozlanishi. O'z nomi bilan ma'lum bir ko'rinishdagi, tovush chiqarish uchun bir nechtadan yo'g'on yoki ingichka torlar tortilgan cholg'ular nazarda tutiladi. Torlari ichakdan yoki misdan bo'lishi mumkin. Ulardan sado taratishning asosiy usullari ham turlicha, masalan, barcha torli cholg'ularga nisbatan (bir-biridan farqlash uchun) mana bunday iboralar qo'llaniladi. ■ Torli-urma (demak, torlariga urib chalinadi), ■ Torli-chertma (demak, torlarini chertib yoki tirnab chalinadi), ■ Torli-kamonli (demak, torlari ustida kamon tortib chalinadi); Cholg'ularning yozilish diapazoni. Har qanday cholg'u o'z tovushlarining sadolanishiga qarab aniq diapazonga ega bo'ladi. Butun dunyo musiqachilari qabul qilgan 5 ta nota chizig'ida sozandalar notaga qarab chalishlarida qulaylik zarurligi uchun musiqiy kalitlar tanlangan va o'sha kalitlarda (eng pastki tovushdan eng baland tovushgacha) notalar yordamida kuylar yoziladi. Mana shu nota yozuvlari «cholg'ularning yozilish diapazoni» deyiladi. Cholg'ularning eshitilish diapazoni. Aksariyat cholg'ularda musiqa notasi qanday yozilgan bo'lsa, o'shanday eshitiladi. Ayrim cholg'ularda esa notalar yozilganidan ko'ra boshqacha eshitilishi mumkin - past yoki baland. Bunday cholg'ular musiqachilarning tilida «transpozisiya qilinadigan cholg'ular» deyiladi. Evropa cholg'ulari turli intervallarga (sekunda, tersiya, kvarta, kvinta, seksta, kabi) transpozisiya qilinishi mumkin. Bizning milliy cholg'ularimiz esa asosan yozilishiga qaraganda 1 oktava yuqori yoki 1 oktava past eshitiladi. Keyinchalik bunday cholg'ularni aniq bilib olasiz. Cholg'ularning eng ko'p qo'llaniladigan yozilish diapazoni. Ayrim cholg'ularimiz o'zining butun diapazoni bo'ylab jarangdor tovush taratmasligi mumkin. Ma'lumki, musiqasevarlarga jarangdor bo'lmagan tovushlar yoqmaydi. Shuning uchun ijodkorlar aksariyat cholg'ularning jarangdor tovushlarini ishlatib asarlar yozishadi. «Eng ko'p qo'llaniladigan yozilish diapazoni» deb shunga aytiladi. Cholg'ularning transpozitsiyalanishi. «Cholg'ularning eshitilish diapazoni» iborasi boshqacha qilib aytganda, «cholg'ularning tranpozitsiyalanishi» ham deb nomlanadi. Demak, notada yozilish biru, eshitilishi esa boshqa bo'ladi. Epizodik cholg'ular. Kino san'atida «epizodik rollar» degan tushuncha bor, bu degani, ma'lum bir obraz (aktyor) kerak paytda bir paydo bo'ladi-yu, so'ng kerak bo'lmaydi. Buni cholg'ularga nisbatan ham ishlatsa bo'ladi, musiqiy asarning qaysidir bir qismida o'z tovush sadolari bilan paydo bo'ladi-yu, so'ng yangramaydi. O'zbek xalq cholg'ulari orkestrida ishlatilishi mumkin bo'lgan bir talay xususiyatli cholg'ularimiz ham bor, ular - karnay, an'anaviy surnay, sibizg'a, chang qobuz, qonun, ud, sato, safoyil, qayroq kabilardir4.

4 SH.RAXIMOV, A.LUTFULLAYEV. CHOLG'USHUNOSLIK. «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2010. https://aziyouz.com/books/konej va otm darsliklari/sanat/Cholg'ushunoslik%20(Sh.Rahimov,%20A.Lutfullayev).pdf

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

O'quvchining musiqiy bilimini oshirish maqsadida musiqa asarlarini varaqdan oqish mashg'ulotlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. Notani varaqdan o'qish mashg'ulotlari o'quvchining nota o'qish tezligi oshishiga yordam beradi. Notani varaqdan o'qish orkestr, ansambl sinflarida ham kerak. Ushbu mashg'ulotni puxta egallash o'quvchining kelajakdagi bilim olishiga albatta ijobiy yordam beradi. Shunday qilib o'quvchi bolalar musiqa va san'at maktabida cholg'u ijrochiligi bo'yicha egallagan bilim va ko'nikmalari ta'lim tizimiga muvofiq quyidagi talablarga javob berishi kerak:

• o'z cholg'usi va ularning oilalari haqida to„liq ma'lumotga ega bo„lish;

• o'z cholg'usi oilalarining tovush tembrini farqlay olish;

• turli janrdagi texnik va kompozitorlar asarlaridan namunalarni idrok etgan holda ijro eta olish;

• yakka va ansamblda jo'rnavoz bo'la olish;

• musiqiy asarlarni notadan o'qiy olish;

• xalq musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo'lish;

• musiqaga oid atamalarni bilish;

• musiqa ifoda vositalarini bilish;

• jahon xalqlari musiqa namunalari va kompozitorlari asarlaridan namunalar ijro eta olish; Yuqoridagi talablarni puxta egallash o'quvchining keyingi ta'lim bosqichlarida bilim olishi uchun poydevor hisoblanadi5.

Musiqa ta'limi va tarbiyasini samaradorligini ta'minlashda o'quvchi-yoshlarning musiqa sanatiga va u orqali hayotga bo„lgan qiziqishini uyg'otishda musiqa ta'limi va o„qituvchilarning mavqeyi juda yuqori va g'oyat mas'uliyatlidir. Shu aytilganlarga asoslanib musiqa o'qituvchilarni yangi milliy asoslarda ishlab chiqilgan dasturlar bo'yicha ish faoliyati mazmunini quyidagicha izohlash to'g'ri bo'ladi: O'qituvchi umumta'lim maktablarida musiqa bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilishi va uning samaradorligini ta'minlash uchun o'quvchi -yoshlarni musiqa madaniyatini har tamonlama tugal shakllantirishi, ularni musiqa san'atining turli sohalaridan xabardor qilib borishi, musiqani ongli idrok qilishi, o'z tushunchalarini ifodalay olishi, eng oddiy musiqa qonuniyatlarini tushinib, unga baho bera oladigan qilib tarbiyalashi, o'quvchilarni musiqa bo'yicha bilimlarini mustahkamlab borishlari uchun o'z ustlarida ishlash ko'nikmalarni o'stirishlariga erishishi va shu asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etmog'i lozim. Musiqa o'qituvchisining pedagogik mahorati. O'quvchilarning aqliy va axloqiy kamolotida

5 Shukurjonova Xusnora Farhod Qizi, & Ayxodjayeva Shahnoza (2022). MUSIQA TA'LIMIDA CHOLG'U IJROCHILIGINING UZVIYLIK MASALALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1 (Conference DSMI), 123-129. https://cyberleninka.ru/article/n/musiqa-ta-limida-cholg-u-ijrochiligining-uzviylik-masalalari

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

musiqa o'qituvchisi shaxsi alohida o'rin tutadi. Uning dunyoqarashi keng, qalbi pok, shirinso'z, bolajon bo'lmog'i lozim. Bunday fazilatlarni har qanday shaxsda ham tarbiyalab bo'lmaydi. Pedagogik mahorat yoki san'at - bu qandaydir qo'l bilan tutib bo'lmaydigan, fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan jarayon, izlanishlar, kechinmalar, ko'pdan-ko'p kundalik ishlar, bolalar bilan olib boriladigan daqiqalar demakdir. Bu - bilimlarning ilmiyligi, tarbiyadagi muammolarni yechishga qodirlik, bola shaxsiga e'tibor bilan yondashish, rivojlangan tasavvur va hokazolar yig'indisidir. Hozirgi zamon musiqa o'qituvchisining ijodiy faoliyatida pedagogik mahorat quyidagilarda yaqqol namoyon bo'ladi: - musiqa tarbiyasida yangi usul va vositalarni izlashda, ularni an'anaviy usullar bilan mohirona bog'lab olib boris hda; -hayot va musiqa san'ati o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsata olish va o'rgatishda; -musiqaning mazmuni va ma'nosini bolalarga yetkazishda, fanlararo aloqani amalga oshirishda; - musiqa o'qituvchisining o'z ustida doimo ishlashi va ijodiy izlanishida. O'qituvchining yuqori professional tayyorgarligi musiqa darslarining takomillashuvida hamda musiqa san'atining tarbiyaviy potentsialini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi6.

O'zbek xalq cholg'uchilarida ijroni o'rganayotgan yosh sozandalarda fortepiano bilan birgalikdagi ijro paytida ko'proq uchrab turadigan kamchiliklardan biri musiqa asari ijrosini fortepiano bilan bir vaqtda boshlay olmaslikdir. Bu paytda o'quvchining diqqati tamomila o'zining ijrosiga qaratiladi va natijada fortepiano jo'rligi s olistning ijrosi bilan bir vaqtga to'g'ri kelmay qoladi. Ijroni fortepiano bilan birgalikda boshlash ko'nikmasini shakillantirishda musiqa asarining birinchi tovushi boshlanishdan oldingi harakat hal qiluvchi rol o'ynaydi. Buni asarning boshlanishidagi dirijyorning qo'l harakati (auftakt)ga o'xshatish mumkin. Musiqa asari davomida cholg'uchi partiyasida ma'lum miqdorda pauzalar uchrab turadi. Bunday paytda fortepianodagi ijro, odatda davom etadi. O'quvchi pauzalarning necha taktligini eslab qolish bilan bir qatorda o'z ijrosining qachon boshlanishini ham puxta bilib olishi kerak. Bunda pauza davomidagi fortepiano ijrosini to'la anglab olishi yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, musiqa asaridagi asosiy kuyning yo'nalishini aniqlab olish fortepiano jo'rligida ijro etishda asosiy vazifalardan biridir. Ma'lumki, har bir musiqa asari ma'lum kuy (ohang) asosida qurilgan bo'ladi. Mana shu kuy fortepiano partiyasidami yoki solist partiyasidaligini ajrata bilish konsertmeyster bilan chalish vaqtida ijroning to'laqonli bo'lishiga yordam beradi. Fortepiano partiyasini yuzaki bilish cholg'uchi uchun Hetarli emas. Fortepiano partiyasi

6 Qilichov Otamurod Zokirovich (2022). CHOLG'U IJROCHILIGIDA MUSIQIY TA'LIM UZVIYLIGINI TA'MINLASH MASALALARI VA YECHIMLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1 https://cyberleninka.ru/article/n/cholg-u-iirochiligida-musiqiy-ta-lim-uzviyligini-ta-minlash-masalalari-va-yechimlari (https:

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

solistning partiyasi bilan uzviy bog'langan bo'lib, musiqa asarining buzilmas kompozisiyasini tashkil etadi. Shuning uchun haqiqiy ijro ulardan ansambl qonun-qoidalariga bo'ysungan holda katta mehnatni talab qiladi. Cholg'uchining fortepiano bilan birgalikdagi ijrosi qanchalik o'z vaqtida boshlansa, musiqa asarini o'zlashtirilishi shunchalik sifatli va tez bo'ladi. Notaga qarab ijro qilish murakkab jarayon bo'lib, u maxsus mashqlar yordamida o'zlashtiriladi. Notaga qarab ijro etish jarayonini kuzatadigan bo'lsak, unda qryidagi qismlarni ko'rishimiz mumkin: • nota ko'rinishining o'quvchi ongiga yetib borishi; • o'quvchi ongida qanday harakatni amalga oshirish kerakligining aniqlanishi; • kerakli harakatlar yordamida berilgan notaning ijro etilishi. Notaga qarab ijro etish jarayonining qanchalik tez sodir bo'lishi nota ko'rinishini qabul qili b (anglab), kerakli harakatni amalga oshirish tezligiga bog'liq. Agar jarayonning biror qismi yaxshi ishlamasa, notaga qarab ijro etishda ko'zlangan natijaga erishish qiyin bo'ladi.(3,29) Notaga qarab ijro etishning murakkab taraflaridan biri shuki, musiqa asarining bir qismi ijro etilayotganda cholg'uchi keyingi qismini ko'rib, uning ijrosiga tayyorgarlik ko'rishga tayyorlanadi. Tajribasiz o'quvchilar ko'p holda buning uddasidan chiqa olmaydilar natijada, ularning ijrolari uzilib qoladi. Diqqat-e'tiborni bir maqsadga qarata bilish notaga qarab ijro etishning muvaffaqiyatli o'zlashtirilishini ta'minlaydigan omillardan biridir. Notaga qarab ijro etish qobiliyatini rivojlantirishda quyidagi amaliy mashqlar yordam berishi mumkin; eng oddiy musiqa, boshlang'ich taktning birinchi yarmi ijro etilayotganda o'quvchi o'z e'tiborini shu taktning ikkinchi yarmiga qaratadi. Xuddi shu usul asarning keying taktlarini ijro etishda ham qo'llanadi. Sozand ada notaga qarab ijro eta olish qobiliyatini rivojlatirish muammosi va uni hal etishga qaratilgan ko'rsatmalar musiqa pedagogikasida alohida o'rin tutadi. Ko'zga ko'ringan ijrochi -o'qituvchilarning fikricha, notaga qarab ijro etish sozandaning kundalik mashg'ulotlari qatoridan o'rin olishi shart. O'quvchi muntazam ravishda notaga qarab ijro etish bilan shug'ullangan taqdirda turli davrga oid bo'lgan rang barang musiqa asarlari bilan tanishadi.

Agar istisno tariqasida maktabgacha yoshdagi bolalarga estetik tarbiya berishni ko'radigan bo'lsak, bunda musiqaning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash asosida quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin: 1.Musiqa - bolalar estetik tarbiyasida asosiy o'rin tutadi. 2.Bolalar musiqiy-estetik madaniyatini shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo'lib kelgan. Chunki jamiyat ma'naviyatini shaxs ma'naviyatining yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning shakllanganlik darajasi tashkil etadi. 3.Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa mashg'ulotlari imkon darajasida tashkil

XULOSA

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

etilgan, ammo kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbilash uchun davr talabi asosida musiqa mashg'ulotlarini yanada takomillashtirish va qo'shiq o'rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanishga undamoqda. 4.Bolalar ma'naviy-estetik tarbiyasini yanada takomillashtirish uchun mo'ljallangan tadbirlarda qo'shiq va raqslardan ko'proq foydalanish lozim. 5.Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish maqsadida muntazam tashkil etiladigan tadbirlarga o'zgacha ruh bag'ishlash kerak. 6.Demak, maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa vositasida kichik yoshdagi bolalarni musiqiy madaniyatini shakllantirishdan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o'zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan quradigan barkamol shaxslarni tarbiyalashdan iborat7.

REFERENCES

1. SH.RAXIMOV, A.LUTFULLAYEV. CHOLG'USHUNOSLIK. «Musiqa» nashriyoti Toshkent 2010.

2. Qizi, S. X. F., & Shahnoza, A. (2022). MUSIQA TA'LIMIDA CHOLG 'U IJROCHILIGINING UZVIYLIK MASALALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1 (Conference DSMI), 123-129.

3. Zokirovich, Q. O. (2022). CHOLG 'U IJROCHILIGIDA MUSIQIY TA'LIM UZVIYLIGINI TA'MINLASH MASALALARI VA YECHIMLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1 (Conference DSMI), 118122.

4. Ro'zimurodov, I. A. O. (2022). O'QUVCHI YOSHLARNI MUSIQIY TA'LIMDA CHOLG'U IJROCHILIGIGA QIZIQTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5), 136-144.

5. Z.M.YAKUBOV. CHOLG U IJROCHILIGI (g ijjak cholgusi ) (5111100-musiqa ta'limi mutaxassisligi, Oliy o'quv yurtlari musiqa yo=nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma). (2021).

6. A.Nazaryan, G.Israilov. ORKESTR SINFI (Estrada cholg4i ijrochiligi) O 'zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus la 'lim vazirligi tomonidan 5150700 -Cholg'u ijrochiligi: Estrada cholg'u ijrochiligi ta 'lim yo 'nalishi uchun o 'quv qo 'llanma sifalida tavsiya etilgan (2017).

7. Elmiraxon Mamatisoq Qizi Abdullayeva (2021). DARS, UNING TURLARI VA TUZILISHI. Scientific progress, 2 (3), 843-852.

7 Ro'zimurodov, Ilyosjon Azamat O'g'li (2022). O'QUVCHI YOSHLARNI MUSIQIY TA'LIMDA CHOLG'U IJROCHILIGIGA QIZIQTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (5), 136144. https://cyberleninka.ru/article/n/o-quvchi-yoshlarni-musiqiy-ta-limda-cholg-u-iirochiligiga-qiziqtirish

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

8. Sabina Ziyadxon Qizi Miskinova (2022). BOLALARDA CHOLG'U MUSIQA IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH. Academic research in educational sciences, 3 (3), 1066-1071.

9. Elmirahon Mamatisoq qizi Abdullayeva. (2021). HISTORY AND TODAY'S SIGNIFICANCE OF THE SHANGHAI COOPERATION ORGANIZATION. Journal of Central Asian Social Studies, 2(01), 201-208. https: //doi.org/10.37547/j cass/volume02issue01-a29

10. Abdullayeva, E. (2021). THE HISTORY AND PRESENT OF THE BEAUTIFUL AND UNIQUE ANDIJAN. 36ípHUK HayKoeux npa^ SCIENTIA. BHnyneHO Í3 https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10538

11. Abdullayeva, E. (2021). OMEYAD XALIFALIGI TARIXI. 36ipHUK HayKoeux npa^ AörOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.39

12. Abdullayeva, E. M. Q., & Abdullayeva, M. M. (2021). History of Dashti Kipchak Uzbeks. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4), 260-265. https://ijmmu.com/index.php/ijmmu/article/view/2550

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.