Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA DAMLI VA ZARBLI CHOLG‘ULAR IJROCHILIGI TARIXI'

O‘ZBEKISTONDA DAMLI VA ZARBLI CHOLG‘ULAR IJROCHILIGI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7785
222
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
XIX asrgacha bo‘lgan ahvoli va ijrochilar / O‘rta asrlar va Temuriylar davridagi damli cholg‘ular / O‘zbekistonga Ovro‘pa orkestr cholg‘ularining kirib kelishi. / condition and performers until the 19th century / musical instruments of the Middle Ages and the Timurid period / the introduction of European orchestral instruments to Uzbekistan.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — I. Maxmudov

Ushbu maqolad musiqa o‘quv yurtlari damli va zarbli cholg‘ular mutaxassisligining bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan. Mazkur fan mutaxassislik majmuasiga kiradigan maxsus fanlardan bo‘lib, talabalarni badiiy bilim doirasini har tomonlama rivojlantirishga, damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi va musiqa san’atining turli oqimlari hamda uslublarini zukkolik bilan fahmlashga o‘rgatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF WIND AND PERCUSSION INSTRUMENT PERFORMANCE IN UZBEKISTAN

This article is intended for undergraduate students of music schools majoring in wind and percussion instruments. This is it science is one of the special subjects included in the specialty complex, students to comprehensively develop the range of artistic knowledge, wind and percussion instruments performance and different streams and styles of music art with intelligence teaches to understand.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA DAMLI VA ZARBLI CHOLG‘ULAR IJROCHILIGI TARIXI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTONDA DAMLI VA ZARBLI CHOLG'ULAR IJROCHILIGI TARIXI

Maxmudov Ismoiljon Isroilovich

Namangan davlt universiteti Axborot resurs markazi xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.7336835

Annotatsiya. Ushbu maqolad musiqa o'quv yurtlari damli va zarbli cholg'ular mutaxassisligining bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan. Mazkur fan mutaxassislik majmuasiga kiradigan maxsus fanlardan bo'lib, talabalarni badiiy bilim doirasini har tomonlama rivojlantirishga, damli va zarbli cholg'ular ijrochiligi va musiqa san'atining turli oqimlari hamda uslublarini zukkolik bilan fahmlashga o'rgatadi.

Kalit so'zlar: XIX asrgacha bo'lgan ahvoli va ijrochilar, O'rta asrlar va Temuriylar davridagi damli cholg'ular, O'zbekistonga Ovro'pa orkestr cholg'ulariningkirib kelishi.

ИСТОРИЯ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ДУХОВЫХ И УДАРНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В

УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. Статья предназначена для студентов старших курсов музыкальных школ по специальности духовые и ударные инструменты. Это оно естествознание является одним из специальных предметов, входящих в комплекс специальностей, студенты всесторонне развивать круг художественных знаний, духовых и ударных инструментов производительность и различные направления и стили музыкального искусства с интеллектом учит понимать.

Ключевые слова: состояние и исполнители до XIX века, музыкальные инструменты средневековья и тимуридского периода, внедрение в Узбекистан европейских оркестровых инструментов.

HISTORY OF WIND AND PERCUSSION INSTRUMENT PERFORMANCE IN

UZBEKISTAN

Abstract. This article is intended for undergraduate students of music schools majoring in wind and percussion instruments. This is it science is one of the special subjects included in the specialty complex, students to comprehensively develop the range of artistic knowledge, wind and percussion instruments performance and different streams and styles of music art with intelligence teaches to understand.

Keywords: condition and performers until the 19th century, musical instruments of the Middle Ages and the Timurid period, the introduction of European orchestral instruments to Uzbekistan.

KIRISH

O'zbekistonda damli va zarbli cholg'ular ijrochiligi tarixi kursiningmaqsad va vazifalari shundan iboratki, bu fan keng qamrovli, dunyoqarashi rivojlangan sozanda mutaxassislarga nazariy va tarixiy bilimlarni yanada chuqurroq egallashga yordam beradi. Maqolada damli cholg'ular ijrochiligi rivojining tarixiy shart-sharoitlari, ularning kelib chiqishi to'g'risidagi afsona va rivoyatlar, rivojlanish qonuniyatlari, harbiy va maishiy xizmatlarda foydalanilishi, turlari, mehtarlar guruhlari, sulolalar va mohir ijrochilari to'g'risidagi mavzular ochib berishga harakat qilinadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Sharq xalqlari damli cholg'ular ijrochiligi san'ati o'z taraqqiyotida ko'p asrlik an'analarni meros qilib olgan bo'lib, unda asosan an'anaviy ustoz-shogird uslublari keng rivojlangan. Ya'ni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bu an'ana ustozdan-shogirdga, otadan-o'g'ilga asrlar davomida og'zaki yo'l bilan o'tib kelgan. Shu bois ba'zi cholg'ularni kelib chiqish tarixi haqidagi yozma ma'lumotlar kam uchraydi. Ammo ularning paydo bo'lishi bilan bog'liq rivoyatlar hozirgacha yetib kelgan.

Shulardan biri «Mehtarlik risolasi» bo'lib, unda rivoyat qilinishicha (bu risola mazmunini keksa ustoz baxshilardan biri Tursun baxshi Jumaniyozov quyidagicha hikoya qiladi): Olloh-taolo Odam ato tanasini loydan yasagandan keyin, elchi farishta hazrati Jabroyil, olamni harakatlantiruvchi farishta hazrati Mikoyil, oxiratda karnay (sur) chaluvchi farishta hazrati Isrofil, jon oluvchi farishta hazrati. Azroilga vujudga jon kirgizishni topshirgan ekanlar.

Odam ichining qorong'u zimistonligidan jon u yerga kirishdan bosh tortadi. Farishtalar ko'p va xo'p o'ylashib, oxiri jonni antiqa yo'l bilan odam vujudiga kiritishga qaror qilibdilar. Ular jannatdan «dup» (Tursun baxshi tut deb ta'riflaydi) yog'ochini olib chiqib, tanbur, dutor, nay (ba'zi manbalarda sunray va boshqa damli cholg'ular) va g'ijjak cholg'ularini yasabdilar, lekin qancha urinishmasin ulardan tovush chiqara olishmabdi.

Farishtalar charchab uxlab qolishibdi. Ularning hatti-harakatini narida kuzatib turgan Shayton alayhulanna (lanatlangan) bari-bir men aralashmasam hech ish chiqmas ekan deb tanbur, dutor va g'ijjaklarning quloqlaridan pastiga bir donadan cho'p qistirib, nayning teshiklari yonidan bir teshik ochadiki, «shayton xarrak» va «shayton teshik» iboralari ana shundan qolgan. Bir payt to'rttala farishta uyg'onib qarashsa, cholg'ular qo'l tekkizishga mahtal bo'lib jaranglab turgan emish. Shundan keyin hazrati Jabroyil latif nag'ma o'ylab topadi va uni farishtalar bilan jo'rlikda chalib, jonni Odam ato vujudiga kiritgan ekanlar.

Ushbu voqe'adan keyin nag'ma va cholg'ularning piru-ustozi hazrati Jabroyil (xristianlarda arxiangel Gavriil) hisoblangan. Shuningdek, temirchilar piri hazrati Dovud, uning har bolg'a urishidan yangi nag'ma paydo bo'lar va 360 nag'masi borligi ta'riflanadi. Nafasi o'liklarga jon bag'ishlovchi hazrati Iso, ezgu ishlarni amalga oshiruvchi va adolatparvar kishilar xomiysi Xo'jayi Xizir, yuqorida muborak nomlari keltirilganlardan tashqari, musulmon payg'ambar va pirlardan Muhammad (s.a.v.) va uning choriyorlari Abu Bakr, Usmon, Umar, Ali (roziyallohu anhular), doston qahramonlari Jamshid, Rustam, Suxrob, Bobo Qo'rqit, Oshig' Oydin pir, Go'ro'g'li, Oshiq G'arib va boshqa juda ko'plab mo''tabar va tabarruk pirlar sozandalik va mehratlik hunari rivojini ta'minlar ekanlar. Shu sababdan ham ularga sig'inish va piru-ustoz deb bilish mehtarlik risolasidagi og'zaki ravishda muhrlangan qonun bo'lib xizmat qilgan. Qadimgi odam inson ovozidan kuchliroq tovush beradigan, ochiq havoda chalinadigan cholg'ularni ixtiro qilgan va uni ovda, harbiy yurishlarda, to'y, sayil, bayram va boshqa turli yig'inlarda qo'llash odat tusiga kirgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Damli cholg'ular Eramizdan avvalgi III-I asrlarda ham naysimon, tilli va karnaysimonlarga tasniflangan. Qadimgi Misr, Bobil va boshqa Sharqmamlakatlarida damli cholg'ular haqida ma'lumot beruvchi tasviriy san'at asarlari mavjud bo'lib, ular haykalchalar va arxeologik topilmalarda o'z aksini topgan. Qadimgi Xorazm hududidagi «Qo'y qirilgan qal'a» (miloddan oldingi IVIII asr), «Tuproq qal'a» (I-III asr), «Qirq qiz qal'a» (V-VI asr) istehkomlaridan topilgan nay, mizmar, surnay, daf va nog'oraga o'xshash asl nomlari saqlanmagan cholg'u sozlari ushlagan mutriba ayol va erkaklar tasvirlangan tangachalar, ganch haykalchalar hamda Ayritomdan topilgan haykalchalardagi cholg'ular tasviridan biz ularning qaysi turga mansubligini aniqlashimiz mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ammo ularning o'sha paytda qanday atalgani ma'lum emas. Ya'ni nomlari hozirgacha saqlanib qolmagan. Eramizning VII-X asrlariga kelib arablar istilosi bilan birga yangi an'analar taraqqiy topa boshlaydi. Sharq xalqlarida inson nafasi ya'ni - dami ilohiy va shifobaxsh deb qaralgan. Bunday qarashlar islomdan oldingi otashparast, kohin va qom(shaman)larda ham bo'lgan. Bu haqda Qur'oni Karimnning «Yosin» surasi 51-oyatida «Va nufixa fis-suri faziahum mina-lajdasi ila robbihim yansilun» manosi: «qiyomat soati kelib farishta Isrofilning- suri chalinishi bilan banogoh ular qabrlaridan parvardigorlari (huzuriga hisobkitob uchun) sug'urilib chiqurlar», deyiladi. Bunda nufixa - puflanmoq, ma'nosida bo'lib, nafas ya'ni puflash orqali o'liklar tirilishi aytilmoqda. Bu fikrni quvvatlagan holda Abdurahmon Jomiy: Ma'ni samo' ki mikunad, fakih, G'ofil az sur va nufihat fih. Ma'nosi: ey fakih, sa'moni (musiqani) man qiluvchilar sur va unga puflanishidan g'ofildurlar deb, nafas orqali nag'ma-kuy hosil qilinib, u insonga jon bag'ishlashini g'ofil va johil bandalar bilmasliklarini yana bir bor ta'kidlaydi. Bu fikrlarni tilshunos olim Nafas Shodmonov «Tafakkur» jurnaligayozgan «Musiqa bu uyg'onish demak» maqolasida yanada rivojlantirgan.

Sharq uyg'onish davrining olimlari o'zlarining qomusiy asarlarida musiqani matematikaning bir bo'lagi deb hisoblaganlar va o'sha asarlarida o'z davrida istifoda qilingan cholg'ular nomlarini ham keltirganlar. Shundaylardan - Markaziy Osiyolik qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (S7G-959) o'z risolalarida mizmar, mizomir nomli (bulamonga o'xshash) damli cholg'ular haqida axborot bergan bo'lsa, Kotib Xorazmiy o'zining «Mafatix al ulum» asarida torli va urma cholg'ular bilan birgalikda surnay va bulamon sozlarini ham keltirib o'tgan.Mahmud bin Ma'sud Qutbiddin ash Sheroziy (1236-1310)ning «Durrat ut-toj li-g'urrat id-diyboj» (Shoh tojini bezovchi noyob dur) qomusiy risolasida damli cholg'ularni tovush hosil etilishi bo'yicha uch turga tasniflangan.

Bular xushtaksimonlar, tilli-dudikli va karnaylardir. Shuningdek, u cholg'ular pardalarini ijrochi og'zi tomoniga qarab ochilib borishi natijasida tovushning balandlashuvi va safillar (pereduvanie)ga doir ma'lumotlarni ham keltirgan. Darvish Ali Changiyning «Tuhfat us surur» musiqiy risolasida aytilishicha, Nayi-ban cholg'usi XIII asrda yashab o'tgan musiqashunos olim Safiuddin Abdulmo'min al Urmaviy tomonidan ixtiro qilingan. U temirchilarning dam beruvchi meshini ko'rib, mazkur cholg'uni yasagan ekan.

Echki terisidan yasalgan meshning uch tomonidan uchta qamish naycha tiqib o'rnatilgan bo'lib, bir naychadan puflab havo to'ldiriladi. Ikkinchi naycha olti teshikli bo'lib, asosiy kuy shu naychada chalinadi. Uchinchi naycha faqat bir ohang (tovush) chiqaruvchi bo'lib, asosiy nayga jo'rnavoz hisoblanadi. Nayi-ban Xorazmshohlar davrida to'y, sayil, harbiy yurish va boshqa marosimlarda chalingan. Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlari davrida u ko'pchilik xalqlar orasida tarqalgan bo'lib, Sharqiy Ovro'pada volinka, ojarlarda chiboni, ozarbayjonlarda tulum, osetinlarda lalim, chuvashlarda sarnay va shunga o'xshash nomlar bilan atalgan. Mazkur soz hozirgi davrda Fransiya hukumati faxriy qorovullarining ramziy cholg'usi sifatida qo'llaniladi. qorovullarining ramziy cholg'usi sifatida qo'llaniladi. Bu davrda shaharlarning rivojlanishi turli hunarmandlar va kasb egalarining do'kon ( forscha - manzil, qo'nimgoh, uyushma)lari vujudga kelishi bilan mehtarlik (mehtar - forscha boshliq, zobit, rahbar) qo'shlari, guruhlari paydo bo'ladi.

Ularning tarkibi uch nafar (surnay, karnay, doyra) dan to o'n besh nafargacha bo'lgan sozandani o'z safiga birlashtirgan. Mehtarlar ochiq havoda chalinadigan cholg'u ijrochilaridan tashkil topgan. Ularning vazifasi kuchli musiqiy tovush-sas, dabdaba va as'asa bilan dushmanga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

dahshat solish, lashkarlarga ruhiy madad berish, kuy chalib xalqni jang boshlanganidan, qo'shinning qaytib kelishidan, g'alaba tantanasidan, xonning chiqishidan va boshqa voqea hamda bayram, sayil va to'y tadbirlaridan ogoh etishdan iborat bo'lgan. Mehtarlar o'z cholg'ulari imkoniyatiga yarasha turli navbalar chalishgan va ular navbati murattab deb ham atalgan (navba arabcha - kuylar turkumi, navbati bilan chalinadigan, tartiblashtirilgan asarlar).

Ayniqsa Xorazmshohlar davrida navbalar chalish an'anasi juda rasmiy tus olgan. Buning sababi Sultonmuhammad Olovuddin Xorazmshohning o'zi ham ud cholg'usida mashq qilish va shatranj o'ynashni juda xush ko'rar, udda navbalar chalib o'zini sozlagandan keyingina arzxonaga chiqib fuqorolar arzini tinglar ekan. Shuning uchun ham o'sha davrda musiqa san'ati bilan birgalikda mehtarlik ancha rivoj topgan.

Damli va zarbli cholg'ularning harbiy yurishlardagi ahamiyatini barcha sarkarda va lashkarboshilar yaxshi bilganlar. Dushmanni faqat lovu-lashkar, nayza, qilich, yoy bilan emas balki, uning yuragiga qulog'i orqali tovush-sasbilan dahshat va g'ulg'ula solish yo'li bilan urushda g'olib chiqishda karnay vanog'oralarning o'z o'rni borligini tan olganlar. Ammo inson hayotida harbiy yurishlardan ko'ra to'y, bayram va sayillar ko'proq bo'lgan, «Navro'z», «Mehrjon», «Mina», «Qizil gul» kabi bayram va sayillaridagi ommaviy teatrlashgan raqs o'yinlarida ochiq havoda chalinadigan damli cholg'ular ularga jo'r bo'lganligini, bunday marosimlarda xalqni yig'ish, ularga xush kayfiyat bag'ishlash, ruhini ko'tarish kabi ezgu amallarni bajarishda qo'l kelganligini e'tirof etish mumkin. Shuningdek, damli cholg'ular nafaqat ochiq havoda balki saroydagi bazmu-tarab chog'ida qo'llanilganligini qadimgi miniatyuralardan ham bilishimiz mumkin. Bunda torli cholg'ular bilan jo'rlikda ularning ovoziga mos keladigan damli cholg'ular ham qo'llanilgan. Yuqoridagi «Sozandalar bilan bazm» deb nomlangan miniatyurada daf va ud bilan birgalikda qadimgi turkey quray cholg'usi ham tasvirlangan. O'rta asrlarga kelib dehqonchilikning rivojlanishi, shaharlarda bunyodkorlik ishlari, Movaraunnahr va Xurosonda adabiyot hamda san'at rivojiiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Ayniqsa

Amir Temur davridagi harbiy yurishlar natijasida turli mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar, olimlar, xonandayu-sozandalar shahar madaniyatining o'sishiga katta hissa qo'shdilar va sanoyi nafisa bilan qiziquvchi yoshlarga o'z hunarlarini o'rgatdilar. Bu davrda «Nog'oraxona»lar paydo bo'la boshlaydi. Nog'oraxona va u yerdagi bosh nog'orachining vazifasi kun chiqishi, tushlik va kun botish paytida kuylar chalish, keyinchalik sutkaning har soatiga mo'ljallab ijod qilingan maqom, sho''ba va ovozalarni ijro qilish, ayniqsa ro'zayi ramozon oylarida ro'zadorlarni saharlikka uyg'otadigan kuylar chalish nog'oraxonalarda amalga oshirilgan. Amir Temur tomonidan otda chopish, kurash, nayzabozlik, qilichbozlik, yoyandozlik va boshqa harbiy o'yin musoboqalari hamda ko'pkarilarining har tomonlama taqdirlanishi harbiy musiqa, ayniqsa ochiq havoda ijro qilinadigan amli va zarbli cholg'ularning ahamiyatini oshirdi. Mahoratli sozandalarning yetishib chiqishiga keng yo'l ochib berdi.

Bunday katta tantanalar Hirotda, Samarqand va boshqa yirik shaharlarda «tarabxona», «tomoshagoh», «sayilgoh» kabi maydonlarda o'tkazilgan. Tomosha yoki sayil boshlanishidan oldin surnay, karnay, tobil, nog'oralardan tashkil topgan guruh ijrosida «Olomon yig'ar», «Shodiyona», «Bahri tobil» va shularga o'xshash aholini yig'inga chorlovchi kuylar chalingan. Mehtarlik guruhlari yanada rivojlanib ularning dasturlarida «Askariy», «Mehtariy», «Ilg'oriy», «Sarbozcha», «Duchava», «Qashqarcha», «Sharqiya», «Usmoniya» va boshqa kuylar ijro qilingan. O'zbek harbiy zodogonlarining yuksak ma'rifatli vakili bo'lgan Amir Temur musiqa san'atining muhim estetik ahamiyatini ma'naviy omil sifatida harbiy musiqa turlarini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qo'shinlarning jangovarlik ruhiyatini oliy darajada saqlab turuvchi kuch deb bilgan va uning rivojiga katta e'tibor bergan. U tarixda birinchi bo'lib, askarlarni jangovar bayroqlar va musiqa cholg'u asboblari bilan taqdirlash odatini harbiy udumga kiritadi: «Amr qildimki, - deb yozadi «Tuzuklar»ida, - qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa, yo g'anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar - faxrli xitob, tug' va nog'ora berib, uni bahodir deb atasinlar» («Temur tuzuklari», 97-b). Shunisi e'tiborliki, Amir Temur lashkarida musiqa cholg'ulari faqatginama'naviy ramziyot hisoblanmasdan, balki ko'proq hollarda asosan harbiy matonat, shijoat nishoni, jangchilarning tabaqa va martabalarini ko'rsatuvchi harbiy daraja belgisini anglatgan. Bu borada «Tuzuklar»da shunday deyiladi: - «Amr qildimki, o'n ikki katta amirlarning har biriga bitta bayroq va bir nog'ora berilsin. Amir ul umaroga bayroq va nog'ora, tuman tug'i va chortug' taqdim etsinlar. Mingboshiga esa bir tug' va karnay bersinlar. Yuzboshi va o'nboshiga bittadan katta nog'ora bersinlar.

Aymoqlarning amirlariga bo'lsa bittadan burg'u taqdim etsinlar. To'rt beglarbegining har biriga bittadan bayroq, nog'ora, chortug' va burg'u bersinlar» («Temur tuzuklari», 100-b). Amir Temurning musiqa san'atini yuqori darajada baholashi, cholg'ulardan harbiy nishon, jasorat ramzi sifatida foydalanishi - jahon muhoraba san'ati tarixida mislsiz voqeadir. Bunga dalil sifatida Sharq mo'yqalam ustalari ishlagan miniatyuralarni keltirib o'tish mumkin. «Zafarnoma»dagi «Amir Temur lashkarlarining Seistonni zabt etishi» tasvirini olib ko'radigan bo'lsak, miniatyurada Temur lashkarlari bilan seyistonliklar o'rtasidagi ayovsiz olishuv tasvirlangan. Karnaychi qal'a devori ustida turib, Temur lashkarlariga ruhiy madad bergani holda dushman yuragiga g'ulg'ula solmoqda. Karnay sadolari ostida lashkarlar seystonliklar ustiga bostirib bormoqdalar. «Temur tuzuklari»da jangchilarni safarbar etish chog'ida inson ovozidan, ayrim maxsus intonatsion tuzilmalardan keng foydalanilganligi haqida ma'lumotlar keltiriladi: «Yana amr etdim, - deydi u, - sipohilar g'anim lashkarlariga ko'zlari tushishi hamono, baland ovozda «Ollohu Akbar» deb takbir aytsinlar va suron bilan(jangovar chaqiriq «urho-ur» solib) dushman cherigi ustiga bostirib borsinlar» («Temur tuzuklari», 125-b). Amir Temur armiyasining harbiy orkestri - damli va zarbli cholg'ularning xilma-xil turlaridan tashkil topgan. Ularning ko'pchiligi Turk hoqonligi, Somoniylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davrlarida mashhur bo'lgan.

MUHOKAMA

Bunda azaldan Markaziy Osiyoda yaxshi tanish bo'lgan nog'ora turlari ko's, tabira, al-tabra, bir tomonli nog'ora, chindoul, doul-paz, katta nog'ora kabilardan foydalanilgan. O'rta asr miniatyuralaridagi tasvirlarga qaraganda, 13 qo'sh nog'oralar sipohiy sozandalar tomonidan otning ustida, egarning ikki tarafiga joylanib chalingan. Katta ko's nog'ora esa aksariyat miniatyuralarda tuyaning o'rkachiga o'rnatilgan holda tasvirlangan. Dovul cholg'usi o'sha paytda duhul nomi bilan mashhur bo'lgan. Bir qal'ani zabt etish manzarasini tasvirlay turib, Ali Yazdiy yozadi: «Unda (ya'ni qal'ada) 300 erkak duhul va surnaylarni chalish bilan tamoman mashg'ul edi». Amir Temur orkestrida, shuningdek musulmon Sharqida azaldan mashhur bo'lgan tabla va misdan yasalgan jaras (lappak-tarelka) urma cholg'ularidan keng foydalanilgan. Zafarnomada kovarga - kovarka cholg'usi juda ko'p joylarda tilga olinadi. Manbalarda keltirilishiga qaraganda bu zarbli cholg'u bo'lsa kerak. «Lashkar hozir bo'lib, tartib berildi, kovarka va burg'u urib, yuzlandilar... (Zafarnoma, 148 a)».

Ushbu cholg'u so'nggi asrlarga oid manbalarda deyarli qayd etilmaydi. Sohibqiron harbiy orkestrining damli cholg'ular guruhi xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bunda misdan yasalgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

karnay, tirsakli karnay, noyi-rumiy, noyi eban, surnay va qadimgi turkiy so'z «bug'u»dan olingan burg'u cholg'ulari mehtarlik guruhining orkestr tarkibiga kirgan. Amir Temur qarorgohidagi mehtarlar guruhida burg'uchilar doimo hozir bo'lganlar. Ali Yazdiy keltirgan bir ma'lumotda aytiladiki, Qarshi shahrini qamal qilish chog'ida «Sohibqiron hazrat farmon berdilarki - burg'u cholsinlar, ki oqibat Qarshi aholisining ko'zlaridan uyqu qochib, nafir va burg'u tovushlaridan taxayyur dudi ularning boshlarig'a urdi ...» (Zafarnoma, 119 a). Qarshi zabt etilgandan so'ng Sohibqiron Darveshak burg'uchi ismli harbiy sozanda xizmatini alohida taqdirlaydi. Burg'u cholg'usi keyinchalik Bobur lashkarlarini musiqiy cholg'usi ramzi sifatida Hindiston madaniyatiga ham kirib keladi. Qadimgi davrdan hozirgi kungacha mashhur bo'lgan surnaylar qatorida temuriylar mehtarligida yangi turkiy an'analar bilan bog'liq «Chabchig'» va «Shon» cholg'ulari ham keng qo'llaniladi. Hoja Abdulqodir Marog'iyning ma'lumotlariga qaraganda, chabchig' ko'pqamishli «musiqor» (Ovro'padagi «Pan fleytasi»ga o'xshash) asbobining bir turi bo'lib, mohir sozandalar ularga yordamchi parda teshikchalarni qo'shishgan.

O'sha paytdagi harbiy musiqa turlarining mazmuni, ohang tizimi xususida manbalarda ma'lumotlar keltirilmagan. Ularning faqat nomlari va usul shakllarigina saqlanib qolgan. Masalan Marog'iy o'z risolasida Samarqandda ijod qilgan «Zarbul fath» va «Davri Shohiy» usullarini keltiradi. Temur va temuriylar davrida harbiy yurishlarda qo'llanilgan cholg'ular mashhur Boburnomaga ishlangan miniatyuralarda ham aks ettirilgan. Quyidagi tasvirda Zahiriddin Muhammad Bobur janglaridan biri tasvirlangan bo'lib, Bobur qo'shini shiddat bilan dushman ustiga tashlanmoqda. Tog' yon bag'ridan bargul yoki tirsakli karnay deb nomlangan karnayda karnaychi, tuya o'rkachiga o'rnatilgan do'l nog'oralarda nog'orachi hamda oq ot ustidagi surnaychilardan iborat mehtarlar guruhi sarboziy kuy chalib, jon-jahdi bilan g'anim yuragiga g'ulg'ula solib jangchilarga madad berishmoqda.

XIX asrning o'rtalariga kelib O'rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olinishi tugallandi. 1867 yil iyul oyida o'z ichiga Qo'qon xonligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligini birlashtirgan Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi. Turkiston o'lkasi beshta viloyatga bo'lingan bo'lib, bular: Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona, Yettisoy (Semirechie) va Kaspiy orti (Zakaspiyskiy) viloyatlaridan tashkil topgan edi. O'rta Osyoning bu tarzda qayta o'zgarish jarayoni Turkistonga Ovro'pa madaniyatining kirib kelishi va uni rivojlanishida progressiv ahamiyat kasb etdi desak mubolag'a bo'lmas. Bu jarayon uch xil yo'nalishni o'z ichiga oladi, bular: Ovro'pa damli cholg'ular orkestrlari faoliyati; havaskorlik to'garaklari va musiqiy jamiyatlarning olib borgan ishlari; konsert-gastrol safarlariga kelgan turli jamoalarning chiqishlari sababli o'lkamizda Ovro'pa cholg'ulari (pianinochilar, skripkachilar, violonchelchilar va boshqa cholg'u asboblar) ijrochi sozandalari paydo bo'la boshlagan. Turkiston o'lkasida Ovro'pa madaniyatining rivojlanishida rus ziyolilarining roli kattadir. Ular ichida musiqa havaskorlari va professional sozandalar ham ko'pchilikni tashkil qilgan. Demokratik rus madaniyati bilan yaqinlashish natijasida

O'zbek madaniyati ham sekin asta Ovro'pa madaniyati tomon intila bordi. Xalq ommasi orasida ilm-ma'rifatni kengroq yoyish maqsadida erkak va ayollar gimnaziyasi, hunar va tijorat bilim yurtlari, mahalliy aholi uchun yangi rus-tuzem maktablari (oldin rus tilida keyin o'zbek tilida) jo'g'rofiya, iqtisod, foto-surat, xayriya va boshqa turli jamiyatlar tashkil topa boshladi. Rus madaniyatining kirib kelishi jarayonida shu millat ziyolilarining an'anasi bo'lgan xos musiqa, ya'ni uyda-xonada chalinadigan musiqa (domashnee muzo'tsirovanie) rivojlanadi. Musiqiy tarbiyaga tobora ko'proq e'tibor berila boshlanadi. Bilim yurtlarida musiqa darslari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE S UIF-2G22: S.2 | ISSN: 2ISI-3337

o'qitilib, bu darslarni professional o'qituvchilar olib borar edilar. Bu davrda xalq ommasi orasida musiqani keng targ'ibot qilishda harbiy damli cholg'ular orkestrlari alohida ahamiyat kasb etganlar.

O'lkaning turli burchaklarida joylashgan harbiy qismlarning damli cholg'u orkestrlari ijro etgan musiqalar mahalliy aholi orasida mashhur bo'la boshladi. V.Stasovning ta'biri bilan aytganda: - «Harbiy orkestrlar faqat harbiy musiqani emas balki, boshqa musiqa asarlarini ham xalq ommasi orasidagi targ'ibotchilaridir».1 Harbiy orkestrlar ijrosida Turkiston o'lkasining ko'pgina chekka joylarida Ovro'pa orkestr musiqasi yangray boshladi. Harbiy orkestrlar o'z ijrosi bilan rus armiyasining kuch-qudrati va jipisligini namoyish qilib, mahalliy aholi ongiga I katta ta'sir o'tkazar edi. Bunday orkestrlarning keng tarqalganligi, omma o'rtasida ochiq havoda chalishi, musiqa madaniyatining keng yoyilishiga imkon yaratdi. Ayniqsa «Manjuriya tepaliklarida» (Na sopkax Mandjurii), «Vatan sog'inchi» (Toska po rodine) va boshqa turli janrdagi asarlar mashhur bo'ldi va hatto o'zbek xalq cholg'ularida ham chalina boshlandi. O'zbek xalq milliy damli va zarbli cholg'ulari qadimdan mayishiy hayotda, saroy tantanalarida va harbiy yurishlarda keng qo'llanilib kelingan.

O'zbekiston hududida asosan ikki xildagi cholg'u ansambllari keng tarqalgan bo'lib, bulardan birisi damli va zarbli cholg'ular (surnay, karnay, nog'ora, doyra)lardan tashkil topgan va ikkinchisi torli cholg'ular hamda nay, qo'shnay, bulamon kabi damli cholg'ular va doyra ishtirokidagi ansambllardir. Harbiy damli cholg'ular orkestrlari tarkibida xizmatdagi askarlar farzandlari va yetim bolalar orkestr tarbiyalanuvchilari sifatida xizmat qilganlar. Ularni yetakchi sozandalar turli cholg'u sozlarda chalishga o'rgatganlar. Ba'zi orkestrlarda damli cholg'ulardan tashqari torli sozlar ham o'rgatilgan. Bu bilan, sozandalar ham damli, ham simfonik, orkestrlarda ijrochi sifatda qatnashishlari mumkin bo'lgan. Turkiston o'lkasida damlicholg'ular ijrochiligi rivojiga katta hissa qo'shgan ma'lumotli sozandalar ichida A.F.Eyxgorn, F.V.Leysek, N.N.Mironovlar bor edi. A.F.Eyxgorn O'zbek musiqa san'ati targ'ibotining boshlovchilaridan hisoblanadi.1 U o'zining harbiy orkestr kapelmeysterligi ishidan (u 1870 yildan Sirdaryo viloyati harbiy orkestri 1883 yildan Skoblev hozirgi Farg'ona viloyati harbiy orkestrlari kapelmeysteri) tashqari o'lkaning konsert faoliyatida faol ishtirok etadi. U kompozitsiya va musiqa etnografiyasi bilan shug'ullanadi. V.Belyaevning yozishicha: - «A.F.Eyxgorn shaharning musiqa va konsert hayotida faol ishtirok etdi. U yakkaxon skripkachi, torli kvartet qatnashchisi sifatida jonli faoliyat yurgizdi. U alt, violonchel, organ, fortepiano hatto mis damli cholg'ularda chalishga ham harakat qilardi».2 A.F.Eyxgorn rahbarligidagi harbiy orkestr, Toshkent aholisiga ko'plab -konsertlar berardi va ancha muvaffaqiyat qozongan edi. XIX asrning 70-SG- yillari Toshkent musiqa ixlosmandlari orasida Eyxgornning Osiyo mavzulariga bag'ishlangan «Polka», «Toshkentcha», «Vals», «Turkiston kengliklarida», «Samarqand xarobalaridagi oydin kecha» va boshqa asarlari mashhur edi. Eyxgorn notaga tushirgan va Ovro'pa cholg'ulari hamda damli cholg'u orkestriga moslashtirgan mahalliy kuy va qo'shiqlarning bir qanchasi konsertlarda muvaffaqiyat bilan ijro qilinar edi. Eyxgornning eng katta xizmatlaridan biri O'rta Osiyo xalqlari musiqa cholg'u asboblarini yig'ish va ularning ta'rifini yozish bo'lib, 36 cholg'u asbobi bo'yicha tuzgan katalogi1 hamda cholg'ularning ko'pchiligi uning kolleksiyasidagi eng qimmatli asboblardan edi.1 Turkistonda damli cholg'ular ijrochiligini rivojlantirishda Chex sozandasi va etnografi, harbiy kapelmeyster V.V.Leysek faoliyatining ahamiyati kattadir. XIX asr oxirida Rus-Chex munosabatlarining yaxshilanishi natijasida, ko'pgina chex sozandalari Rossiyaga keladi. Bular qatorida V.V.Leysek2 ham bor edi. Bu sozanda Turkistonda ma'rifiy jamoat va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ijodiy faoliyat yurgizgan arboblardan hisoblanib, Xo'jayli batalioni harbiy orkestri kapelmeysteri bo'lgan. Bundan tashqari u «Lira» deb nomlangan xor jamoasini boshqarar, gimnaziyada musiqa va ashuladan dars berar, O'rta Osiyo xalqlari musiqa folklorini o'rganishga harakat qilar va asarlar yaratar edi. Toshkent musiqa jamiyati konsertlarida u o'zini ijrochi sifatida namayon qilgan.

Shunday konsertlardan birida torli kvartet tarkibida Ya.B.Gordon (1-skripka), A.B.Gordon (2-skripka), V.V.Leysek (alt), A.I.Mirbadalov (violonchel)lar ijrosida P.I.Chaykovskiyning kvartetidan «Andante kantabile»sini ijro qilishgan. V.V.Leysek ko'pgina harbiy marshlar yozib, harbiy orkestrlar bilan ishlash davomida ularning repertuarini milliy kuylarga asoslangan yangi asarlar bilan boyitishga harakat qildi. «Leysek o'zbek kuylarini yig'ish va orkestr cholg'u asboblariga moslab qayta ishlash bilan ham, shug'ullanardi» deb eslaydi, uning shogirdi sozanda va pedagog F.I.Negovelov Bunday kuylardan ko'pchiligi orkestr yakkaxonlari tomonidan konsertlarda ijro etilar va nafaqat Ovro'palik tinglovchilar balki, mahalliy aholi tomonidan ham, qizg'in kutib olinar edi. V.V.Leysekning ahamiyatli ishlaridan biri 1890 yilda yozilgan «Osiyo popurisi» asaridir. XULOSA

Bu asar o'zbek, qoraqalpoq, qirg'iz, qozoq xalq kuylari asosida tuzilgan bo'lib, Leysek tomonidan fleyta, goboy, klarnet, fagot va mis damli cholg'ular kornet, truba, valtorna, trombon, bas va zarbli katta hamda kichik baraban, uchburchak (treugolnik) kabi cholg'ulardan tashkil topgan damli cholg'u orkestriga cholg'ulashtirilgan edi.

Chex sozandasining Turkiston kuylari asosida, birinchi bo'lib damli cholg'ular orkestri uchun asar yaratishga urinishi katta tarixiy ahamiyatga egadir. V.V.Leysekning ko'pqirrali musiqiy-jamoatchilik, o'qituvchilik va konsert ijrochilik faoliyati O'zbekiston musiqa madaniyati rivojida o'z izini qoldirgan.Turkistonda musiqa san'atining rivoji sohasida ulkan ishlarni qilgan sozandalardan yana biri rus armiyasining kapelmeysteri N.N.Mironovdir.

A.F.Eyxgorn tomonidan yig'ilgan o'zbek xalq milliy cholg'u asboblari kolleksiyasining bir qismi Vena shahrida qolgan qismi esa Moskvada Glinka nomidagi muzeyda saqlanmoqda.

V.V.Leysek (1857-1935) ko'zga ko'ringan Chex sozandasi. 1878 yilda Praga konservatoriyasini tamomlagandan keyin Rossiyaga keladi va Turkiston saper brigadasi harbiy orkestrining kapelmeysteri sifatida ish boshlaydi. Oktabr to'ntarishidan keyin O'zbeksitonda yashab ijod qiladi va o'zbek musiqa madaniyatini rivojlantirish ishida faol qatnashadi.

REFERENCES

1. Алимбаева К., Ахмедов М. Узбек халк созандалари. Т., УзДавНашр. 1959.

2. Беляев В. Музыкальные инструменты Узбекистана. М., «Музгиз», 1933.

3. Беляев В. «Музыкально этнографические работы А.Ф.Эйхгорна в Узбекистане». -В кн.: «Музыкальное фольклористика в Узбекистане». Т., 1963.

4. Бельский.Б.М. «Духовой, а вернее - душевный оркестр» (Духовой оркестр в истории музыкальной культуры Самарканда), Самарканд, 1983.

5. Бегматов С. Маком сурнай йуллари. Т., «Мусика», 2004.

6. Вызго Т. «Первые музыкальные учебные заведение». -В кн.: «История Узбекской советской музыки». Т. I. Т., 1972.

7. Вызго Т. Развитие музыкального искусство Узбекистана и его связи с русской музыкой. М., 1970.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

8. Дарвиш Али Чангий. Трактат о музыке. Перевод А.Семенова. Т., 1948. Муртазоев Б. «Саксафонни биласизми?» // «Гулистон», 2003, №2.

9. Муртазоев Б. Саксафон дарслиги / Т., Е.Еулом нашриёти, 2004.

10. Назаров А. Темурийлар даврида хдрбий мусика // «Гулистон», 1997, №4.

11. Пулатов В.Ф. Школа игры на трубе. Т., «Укитувчи», 1979.

12. Петров Р.М. Школа коллективной игры для духовых оркестров. Т., «Чулпон», 2004

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.