Научная статья на тему 'QO‘SHNAY CHOLG‘USI TARIXIY TARAQQIYOTIGA BIR NAZAR'

QO‘SHNAY CHOLG‘USI TARIXIY TARAQQIYOTIGA BIR NAZAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
575
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qo‘shnay / Damli cholg‘ular / Iskandar Zulqarnayn / karnay / nafir / shox nafir / Abdurauf Fitrat. / Koshnai / wind instruments / Iskandar Zulkarnayn / trumpet / nafir / horn nafir / Abdurauf Fitrat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — K. Mominov

Ushbu maqolada o‘zbek milliy cholg‘u sozlaridan biri bo‘lmish qo‘shnay va uning tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq ma’lumotlar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AN OVERVIEW OF THE HISTORICAL DEVELOPMENT OF KOSHNAI INSTRUMENTS

This article provides information about one of the uzbek national musical instruments, koshnay, and its historical development

Текст научной работы на тему «QO‘SHNAY CHOLG‘USI TARIXIY TARAQQIYOTIGA BIR NAZAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

QO'SHNAY CHOLG'USI TARIXIY TARAQQIYOTIGA BIR NAZAR

Mominov Komil Tolqunovich

Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI "Maqom cholg'u ijrochiligi" kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7190337

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek milliy cholg'u sozlaridan biri bo'lmish qo'shnay va uning tarixiy taraqqiyoti bilan bog'liq ma 'lumotlar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Qo'shnay, Damli cholg'ular, Iskandar Zulqarnayn, karnay, nafir, shox nafir, A bdurauf Fitrat.

ВЗГЛЯД НА ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ МУЗЫКИ КОШНАИ

Аннотация. В данной статье представлена информация об одном из узбекских национальных музыкальных инструментов, кошнай, и его историческом развитии.

Ключевые слова: Кошнай, духовые инструменты, Искандар Зулькарнайн (Александр Македонский), труба, нафир, валторна нафир, Абдурауф Фитрат.

AN OVERVIEW OF THE HISTORICAL DEVELOPMENT OF KOSHNAI

INSTRUMENTS

Annotation. This article provides information about one of the uzbek national musical instruments, koshnay, and its historical development.

Key words: Koshnai, wind instruments, Iskandar Zulkarnayn, trumpet, nafir, horn nafir, A bdurauf Fitrat.

KIRISH

Insoniyat yaratilib oradan necha asr o'tibdiki, shu kunga qadar unga tovush, ohang, musiqa hamroh bo'lib kelmoqda. Inson ovozini eng mukammal tovush sifatida bilamiz. Qadimdan inson ovozidan kuchliroq yoki shunga yaqinroq bo'lgan cholg'ularga ehtiyoj bo'lgan. Damli cholg'ular ham inson ovoziga tembr jihatdan yaqinroq bo'lgan cholg'ulardan hisoblanadi. Bu borada qo'shnay cholg'usi ham ishlash prinsipi jihatidan inson ovoziga yaqin desak mubolag'a bo'lmaydi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Qo'shnay cholg'usi ham huddi insonning 2 ta ovoz paychalari singari juft qamishlardan iborat. Bundan tashqari bu cholg'ularda ijro jarayonida lab bilan qamishni qanchalik mahkamroq siqilsa tovush balandligi ham ko'tariladi va aksincha labni bo'sh tutish orqali pastki pardalar hosil qilinadi. Bu jarayonni ham inson ovoziga o'xshatishimiz mumkin. Chunki inson baland yoki past pardalarda tovush hosil qilishi uchun ham huddi shunday amallarni bajaradi. Baland tovushlarni chiqarish uchun tovush paychalarini siqish va qoringa olingan nafasni kuchliroq bosim bilan chiqarish natijasida erishiladi. Pastki tovushlar esa ovoz paychalarini bo'sh qo'yish va kamroq nafas chiqarish orqali erishiladi. Professor Matrasul Matyoqubov hamda Soyib Begmatovlarning "O'zbek an'anaviy cholg'ulari" nomli kitobida damli cholg'ularimiz, xususan qo'shnay cholg'usining tarixi to'g'risida bir qancha ma'lumotlar keltirilgan.

"Damli cholg'ular eramizdan avvalgi III-I asrlarda ham naysimon, tilli va karnaysimonlarga tavsiflangan. Qadimgi Misr, Bobil va boshqa Sharq mamlakatlarida damli cholg'ular haqida ma'lumot beruvchi tasviriy san'at asarlari mavjud bo'lib, ular haykalchalar va arxeologik topilmalarda o'z aksini topgan. Qadimgi Misr tarixiy yodgorliklaridan ma'lumki, yuksak qadrlangan harbiy sozandalarga kohinlar qatoridan o'rin ko'rsatilgan, hatto jang maydonida sozandalar o'ldirilmas balki, asr olinib, o'z kasbi doirasida xizmat qilishga buyurilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Iskandar Zulqarnayn davrida qo'shinlar jipslashgan holda, tartib bilan yurishi va dushmanga dahshat solish uchun turli hajmdagi nog'oralar, karnay va burg'ular qo'llanilgan. Samarqandning Urgut tumani Mo'minobod qishlog'idan topilgan miloddan besh ming yil oldingi suyakdan ishlangan besh teshikli nay qisman saqlangan bo'lib, o'sha davrda bunday tovush ko'lamiga ega cholg'uda qanday kuylar chalinganligini tasavvur qilish mumkin. V-VII asrlarga taalluqli Namanganning Pop tumanidan topilgan, qamishdan yasalgan qo'shnay esa hozirgi qo'shnaylardan deyarli farq qilmaydi. Annikov laganidagi yetti karnaychi rasmiga qarab va bu tasvirdagi dramatik holatdan kelib chiqib, sozandalar tomonidan "qinni Siyovush" ya'ni Siyovushning motamiga bag'ishlangan marsiya chalinayotganligi taxmin qilinadi. O'sha davrlarda karnay, nafir, shox nafir, bug', burg'u, tashdorlar sopol karnayi va boshqa cholg'ulardan foydalanilgan degan xulosaga kelish mumkin."

Tarixdan yurtimiz hududida damli cholg'ularning har hil turlari shakllangan bo'lib bular mis, yog'och, tilli, hushtaksimon cholg'ular hisoblanadi. Qo'shnay cholg'usi hususida Abdurauf Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida quyidagicha bayon qiladi. "Fikrimizcha bizda cholg'ularning eng ibtidoiysi "qo'shnay"dir. Bu kun oradan chiqmoq uzradir. Juda yoniq bir tovushi bor. Ikki qamishni yonma-yon qo'yib bog'laydilar. Har ikkisini ham bosh tomonlaridan kesib "til" chiqartadilar-da, og'izg'a qo'yub puflaydirlar"

Qo'shnay hususidagi Al Farobiyning "Kitab al musiqiy al kabr" kitobida shunday yozgani hususida Zokirjon Oripovning manbaashunoslikka doir kitobida quyidagicha keladi: "Qo'shnay ^jlj^Jl jLj^Jl - al-mizmoru-l-muzovaj. Ikki naychadan iborat bo'lgan qadim o'zbek cholg'ularidan. Farobiy puflama musiqa sozlari haqida yozib, qo'shnayni "du nay" (^j) deb ham atashi diqqatga sazovor. Hozirda o'zbek musiqasida g'arov nay, yog'och nay, mis nay, sibizg'aga o'xshash g'ajir nay va qamich qo'shnay ham ishlatiladi"

Yahyo G'ulomov nomidagi arxeologiya instituti hodimi Matboboyev Boqijon Xoshimovich tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan, Qadimgi Farg'onaning ilk o'rta asrlar davri madaniyati mavzusidagi dissertatsiyasida V-VIII asrlarga taalluqli topilmalar va ularning orasidagi musiqa asboblari haqida yozadi. "Musiqa asboblari: qamishdan yasalgan musiqa asboblari yuqorida tilga olingan yog'och g'ilofga solinib so'ng marhum yoniga qo'yilgan. Musiqa asboblari bilan bog'liq narsalarning soni 11 dona, hammasi yaxshi saqlangan. Birinchi musiqa asbobi ikkita bir xil tayyorlangan qamish naychalaridan iborat. Ularning har birini bir uchi tabiiy yopiq, ikkinchi uchida esa mayda maxsus yumaloq teshikcha yasalgan. U puflash uchun "til" o'rnatishga mo'ljallangan. har ikki naychani yuz tomonidan ma'lum nuqtalarda yumaloq teshilgan 6 ta teshikchalar yasalgan. Bu teshikchalar diametri "til" tomonidan oxiriga qarab kengayib boradi.

Ikkinchi musiqa asbobi ham qamishdan yasalgan. Oldingidan farqi bir oz uzun. Uning bir uchi bir oz yo'nilgan, ikkinchi tomonida yumaloq teshikcha bor, ya'ni "til" qo'yib puflashga mo'ljallangan. Asbobning old tomonida 6 ta yumaloq teshikchalar bor. Bulardan tashqari g'ilof ichida bejirim qilib ishlangan va diametri yuqoridagi asboblarni tozalashga mo'ljallab yumaloq qilib yo'nilgan maxsus yog'och cho'pcha ham bor. Yana g'ilof ichiga har ikki asbob uchun yetti dona qamishdan "tilcha"lar ham solingan. "Tilcha"lar ikki xil: birinchi xili kichikroq, yarmidan ko'proqi yo'nilgan, ikkinchisi uzunroq, kamroq qismi yo'nilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Arxeologik materiallar kompleksida musiqa asboblarining topilishi noyob hodisa. Ular asosan tasviriy san'at asarlarida (rang-tasvir, haykaltaroshlik, toshga so'qilgan rasmlar va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

boshqalar) uchraydi. Ayniqsa, Farg'onada qadimgi davrlarda haykallar, devoriy suratlarning uchramasligini hisobga olsak, topilmalarni ilmiy ahamiyati yanada oshadi. Chunki vodiyning qadimgi va ilk o'rta asrlardagi musiqa asboblari to'g'risida ma'lumotlar deyarli yo'q. Ayniqsa puflab chalinadigan asboblar haqida juda kam ma'lumotlarga egamiz. Jumladan, O'rta Osiyodagi eng qadimgi puflab chalinadigan musiqa asbobi (nay-svirel) Sug'diyonaning bronza davriga oid Mo'minobod qabristonida Ahmadali Asqarov tomonidan topilgan. Vodiydagi eng qadimgi musiqa asbobi Sho'rabashot yodgorligidan topilgan edi. Yana Ustrushonaning - Chilxujra yodgorligidan ham qamishdan yasalgan musiqa asbobi topilgan.

Shunday qilib, Munchoqtepadagi musiqa asboblari Farg'ona vodiysi uchun birinchi topilma bo'lib, musiqa san'ati to'g'risida ma'lumot beradi". Bundan tashqari Namanganning Pop tumanidan ham V-VII-asrlarga taaluqli bo'lgan hozirgi qo'shnaydan deyarli farq qilmaydigan, qamishdan yasalgan 6 ta teshikli qo'shnaylar ham toplilgan.

Qo'shnay cholg'usining Qo'qon honligi va undan keying davrdagi o'rni haqida Otanazar Matyoqubovning "Maqomot" kitobida keltirilgan G'ulom Zafariy tuzgan shajara ahamiyatlidir. Shajarada asli Qashqarlik bo'lgan va keyinchalik 18 yil Urganchda musiqa o'rganib Farg'onaga qaytgan Xudoyberdi ustoz chiqargan shogirdlari va shu davrning yetuk sozanda va xonandalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

MUHOKAMA

Tarixiy ma'lumotlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, bizning san'atsevar O'zbekistonimiz hududida qadim davrlardan boshlab musiqa san'atiga e'tib or va hurmat kuchli bo'lgan. Qolaversa, hozirgi kunda ham musiqa va san'at kundan kun rivojlanib, gullab yashnamoqda.

Fan va turmush jurnalining 1989- yil yanvar sonidagi "Qadimgi Farg'ona sirlari" maqolasida eramizning V-VII asrlarda yashagan Farg'onaliklar sag'analari orasida g'irov qamishdan yasalgan ko'hna musiqa asboblari ham topilgan. Shulardan biri qo'shnay bo'lib, bu qo'shnay xozirgi qo'shnaydan farq qilmaydi.

XULOSA

Bundan kelib chiqib biz qo'shnay cholg'usi XV asr davomida ota-bobolarimiz tomonidan deyarli o'zgarishsiz foydalanib kelinganligini guvohi bo'lamiz. Farg'ona viloyatining Yorkent qishlog'ida arxeologik qazilma boyliklari orasidan eramizdan oldingi 400-yillarda yasalgan taxminan shu davr berilgan qo'shnay topilgan. Faqat unda oltita teshik bo'ladi xozirgilarda ladlarini to'girlash ushun yettita teshik qilingan.

REFERENCES

1. Абдурауф Фитрат. Узбек классик мусикдси ва унинг тарихи. (32-33 бетлар);

2. S.Begmatov, M.Matyoqubov. O'zbek An'anaviy cholg'ulari: Toshkent. Yangi nashr. 2008;

3. Zokirjon Oripov; X-XV АСРЛАР МАРКАЗИЙ ОСИЁ МУСЩА МАНБАШУНОСЛИГИ. (116-bet). Toshkent. 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.