Научная статья на тему 'CHOLG‘U IJROCHILIGI TA’LIMIDA UZVIYLIK MASALALARI'

CHOLG‘U IJROCHILIGI TA’LIMIDA UZVIYLIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
126
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
meros / san'at / ta'lim tizimi / cholg'u ijrochiligi / prima rubob / pedagog / individual / heritage / art / education system / instrumental performance / prima rubab / teacher / individuality.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Niyozov Qurbonali Nuraliyevich

Cholg'u ijrochiligi milliy meros, madaniy asos sifatida alohida o‟rganiluvchi professional soha hisoblanadi. Buni yurtimizda cholg‟u ijrochiligiga berilayotgan e‟tibordan ham sezsak bo‟ladi. Mutaxassis ustozlar ko'magida o‟quvchi va talabalarga cholg‟u ijrochiligini chuqur o‟rgatish uzviyligi masalalari ta'lim tizimida alohida belgilab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Instrumental performance is a national treasure, a professional area studied separately as a cultural basis. This can be seen from the attention paid to playing musical instruments in our country. The education system specifically defines the issues of in-depth training in instrumental performance of schoolchildren and students with the help of teachers.

Текст научной работы на тему «CHOLG‘U IJROCHILIGI TA’LIMIDA UZVIYLIK MASALALARI»

CHOLG'U IJROCHILIGI TA'LIMIDA UZVIYLIK MASALALARI

Niyozov Qurbonali Nuraliyevich

O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Cholg'u ijrochiligi milliy meros, madaniy asos sifatida alohida o'rganiluvchi professional soha hisoblanadi. Buni yurtimizda cholg'u ijrochiligiga berilayotgan e'tibordan ham sezsak bo'ladi. Mutaxassis ustozlar ko'magida o'quvchi va talabalarga cholg'u ijrochiligini chuqur o'rgatish uzviyligi masalalari ta'lim tizimida alohida belgilab berilgan.

Kalit so'zlar: meros, san'at, ta'lim tizimi, cholg'u ijrochiligi, prima rubob, pedagog, individual

ABSTRACT

Instrumental performance is a national treasure, a professional area studied separately as a cultural basis. This can be seen from the attention paid to playing musical instruments in our country. The education system specifically defines the issues of in-depth training in instrumental performance of schoolchildren and students with the help of teachers.

Key words: heritage, art, education system, instrumental performance, prima rubab, teacher, individuality.

O'zbek xalqining boy musiqa merosini o'rganish va uni kelajak avlodga yetkazish, targ'ib qilish ishlari san'atimizning jonkuyar tashabbuskorlari va mohir ijrochilari zimmasida bo'lmog'i zarur. Chunki bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy merosimiz ustozdan - shogirdga bevosita o'tishda tabarruk zotlar ko'prik vazifasini o'tash bilan birgalikda, o'zlarining ijodlari bilan ham namuna bo'lganlar. Bugun esa san'at dargohiga ilk bor qadam qo'ygan yosh yigit va qizlar o'z qiziqishlari bilan musiqa san'ati sirlarini astoydil o'rganyaptilar.

B.M. Teplovning fikricha, - "shunisi muhimki, badiiy tarbiyada biron bir san'at turi bilan shug'ullanish, san'atning boshqa turlaridagi badiiy qobiliyatlarning shakllanishiga katta yordam berishi mumkin. O'quvchi va talabalarda badiiy bilimlar qancha ko'p bo'lsa, ular har xil san'at asaridagi obrazlarni shuncha to'la va chuqur tushunishlari va anglashlari mumkin". San'at bilan bevosita amaliy shug'ullanishning o'ziyoq juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ijro etilayotgan obrazlarga va ular orqali voqeiylikdagi hodisalarga, hissiyot va kechinmalarga estetik munosabat,

o'quvchilarni estetik tarbiyalashning bevosita va faol yo'lidir. Oliy o'quv yurtidagi ta'lim va tarbiya, zamon talablariga javob beradigan va amaliy faoliyatni boshlashdanoq, uning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan sifatlarga ega bo'lgan mutaxassislarni yetishtirishi lozim.

Hozirgi kunda oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim jarayoni o'z vazifasi va jadalligiga ko'ra ancha murakkablashdi. Shuning uchun uning yo'nalishi, mazmuni va uslubiyati masalalarini ilmiy asosda hal qilmay turib, jamiyatning doimiy ortib borayotgan talablariga mos mutaxassislar tayyorlash samaradorligini ta'minlash mumkin emas. Mutaxassis tayyorlashning maqsadi, vazifalari va xususiyatlarini o'rganish talablarni o'qitish hamda tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari va usullarini to'g'ri belgilashning eng muhim shartidir.

Qolaversa, prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning musiqa san'ati uchun bir qator qarorlar qabul qilgani ham barchamizga ma'lum. 2017 yil 3 avgustda ijodkor ziyolilar bilan bo'lgan uchrashuvida bildirgan fikrlaridan biri - "Ayni vaqtda O'zbekiston yoshlarini haqiqiy san'atni anglashga o'rgatish ularni estetik olamining sog'lom asosda shakllantirish" kabi muhim vazifalar turganini aytdilar.1

Yana bir muhim jihati, 2022-yil 2 fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida"2 gi qaroriga binoan turli joylarda qaror yuzasidan yig'ilishlar o'tkazilyapti. Mazkur qarorning 1 -ilovasida maktab o'quvchilariga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o'rgatilishi belgilangan. 4-ilovasida keltirilishicha, O'zbek va jahon adabiyotining sara namunalari asosida maxsus ovoz yozish studiyalarida taniqli san'atkorlarga o'qitgan holda "Siz sevgan ijodkordan tuhfa" turkumida audiokitoblar tayyorlash, madaniyat va san'at sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy manbalarni yaratishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ham ko'zda tutilgan. Bu esa butun san'at ahli, cholg'u ijrochilari uchun alohida e'tibordir.

"Shuni yaxshi tushunib olish kerakki - deb yozgan edi G.Neygauz, - musiqani va musiqa savodini o'rganish umummadaniy ish bo'lib, bunda cholg'u eng yaxshi, tengi yo'q vositadir. Menga qolsa, o'rta maktabda biron cholg'u orqali majburiy musiqa ta'limini joriy qilar edim". Mashxur rus musiqachisi Genrix Gustavovich Neygauzning taxminan bir asr oldin musiqa olamini qayg'urib bildirgan fikri bugungi kunda o'z isboti va tasdig'ini topdi deya bemalol ayta olamiz.

Ijrochilik - bu qanday sohada bo'lmasin, u xoh teatr yoki kino sohasida, xoh sozandalik yoki xonandalik sohasida bo'lmasin kundan-kun rivojlanib, takomillashib boradigan jarayon ekanligi hammaga ayon. Xususan, cholg'u ijrochiligi sohasida juda ko'p ijobiy va ijodiy rivojlanishlar yuz berdi. Bu masalaga pedogogik

1 Sh. M.Mirziyoyev. ijodkor ziyolilar bilan ucharshuvidagi nutqi. 3-avgust, 2017 y.

2 (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son) PQ-112 02.02.2022

yondoshishning samarali uslublari azaldan kelayotgan ustoz-shogird an'analari bilan

bevosita bog'langan holda davom etib kelyapti. Bunda o'quvchini bosqichma bosqich

uzviy ta'lim asosida o'qitilib, ta'lim asosi sifatida birinchi navbatda musiqa

maktablari, keyin kollej va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega

bo'ldilar.

Konservatoriya ta'lim tizimida "Cholg'u ijrochiligi" fanini amaliy o'rgatish uslubiyoti shu tarzda, an'analar asosida shakllangan. Ustozlar har bir talabaning imkoniyatlarini o'rganib, musiqa yo'nalishidagi boshlang'ich va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida to'plangan bilim va ko'nikmalar majmuasiga individual yondashib, ijodiy ish uchun xalq kuylarini va kompozitorlarning sara asarlarini tanlab oladilar. Ma'lum bir mahoratga ega bo'lish, yaratuvchilikdan zavqlana olish, qolaversa, shu intellektual mehnat mahsulidan boshqalarni ham bahramand qilish ijodkor insonlar uchun ezgu ishdir. Demak, o'quv fani bo'lmish - cholg'u ijrochiligi asosida ham ijodiy jarayon yotadi.

Hozirgi kunda mavjud musiqiy ta'lim tizimi: bolalar musiqa va san'at maktablari, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktablar, musiqa kollejlari hamda oliy ta'lim muassasalari ijrochi-sozandalari, mukammal bilim olishlari uchun asosiy zamin hisoblanadi. Cholg'u ijrochiligi san'ati muntazam ravishda rivojlanib, sayqallanib boradigan ijodiy jarayon bo'lib, ushbu tizimning barcha bosqichlarida yosh sozanda nazariy va amaliy bilimlarni yetarli darajada o'zida shakllantira olishi hamda bilim ko'nikmalarni to'liq mustahkamlash imkoniyatlariga ega bo'ladi.

Shuni aytish lozim-ki, talaba oliy ta'limgacha bo'lgan muassasalarda egallagan ko'nikmalari uning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi kerak. Bunda musiqadagi elementar tushunchalarga ega bo'lishi lozim. Dastlabki darslarda o'quvchiga cholg'u haqida umumiy axborot berilgandan so'ng, cholg'uda ijro holatini (postanovka), sozandaning fiziologiyasidan kelib chiqqan holda to'g'ri shakllantirish yo'lga qo'yiladi. O'quvchining gavdasi, qo'llari, barmoqlarining uzun-kaltaligini(va h.k) inobatga olish o'qituvchining zimmasida bo'lib, unga o'z vaqtida e'tibor berilmaslik kelajakda jiddiy nuqsonlarga olib kelishiga sabab bo'lishi mumkin.

O'zbekiston davlat konservatoriyasida rubob prima sinfi bo'yicha dars o'tish jarayonidagi kuzatuvlar shuni ko'rsatdiki, talaba o'qishning ilk kunlaridan boshlab o'zining bilim va ko'nikmalarini namoyish qilar ekan, uning ijro holatidagi ba'zi kamchiliklar yaqqol ko'zga tashlanadi.

Ijro etish paytida sozandaning chap qo'l barmoqlari erkin harakat qilishi uchun avvalo chap qo'l holatining to'g'ri bo'lishini ta'minlash kerak. "Cholg'u ijrochiligi" sinfida milliy musiqiy qadriyatlarimizni chuqur o'rganish, milliy xalq kuylarini alohida yuksak badiiy did bilan ijro etish malakalarini takomillashtirishga alohida e'tibor beriladi. Darslar jarayonida ta'limning tarbiya bilan mushtarakligiga erishish

maqsadida, talabalar yuksak axloqiylik, milliy ong, milliy tuyg'u, milliy iftixor, Vatanni sevish va ardoqlash hislarini tarbiyalab borish ham asosiy vazifalardan hisoblanadi.

O'z mutaxassisligimdan kelib chiqib "cholg'u ijrochiligi" borasida shuni aytishim mumkinki, prima rubobi cholg'usi nisbatan yangi yaratilgan cholg'u bo'lishiga qaramay, bugun o'zbek cholg'u ijrochiligida o'ziga xos va mos o'ringa ega bo'lib ulgurdi. 1948-yilda Toshkent davlat konservatoriyasida orkestr fakulteti tarkibida "Xalq cholg'ulari bo'limi" ochilishi, hamda u yerda dastlabki uch talaba Ahmad Odilov, Valentina Borisenko va Feoktist Vasilevlar chang, prima rubobi va qashqar rubob cholg'usi bo'yicha tahsil olganliklari kelgusida ushbu cholg'ular bo'yicha professional mutaxasislar tayyorlanishiga zamin bo'ldi. Keyinchalik konservatoriya dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan V.Ya.Borisenko (1919 -1990) o'qishni bitirgach konservatoriyada prima rubobi cholg'usidan talabalarga dars berib, uzoq yillar mobaynida o'nlab mohir sozandalarga ustozlik qildilar. Ular orasida A.Malikov, G.Saleva, B.Yo'ldoshev, M.Rahimov, B.Azimov, Sh.Janaydarov, A.Dadamuhammedov kabi iqtidorli ijrochilar bor edi.

Bugungi kunda ham ustozlarning davomchilari sifatida Ozod Gochbakarov, No'monjon Sharipov, Abdurashid Yusupov kabi pedagog ustozlar bu sohaning rivojiga juda ulkan hissalar qo'shib kelmoqdalar.

Musiqiy-estetik va musiqiy-pedagogik faoliyatga tayyorgarlikni shakllantirish, musiqiy-estetik qarashlar, did va talablarni me'yorlashtirish vazifalari ham pedogogning zimmasiga yuklanadi. Pedagogik jihatdan olib qaraydigan bo'lsak, cholg'u ijrochiligi shaxsga yo'naltirilgan ta'lim sifatida namoyon bo'ladi. Bu ta'lim o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim jarayonining to'laqonli rivojlantirishni kozda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim o'quvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog'liq o'qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi.

REFERENCES

1. Sh. M.Mirziyoyev. ijodkor ziyolilar bilan ucharshuvidagi nutqi. 3-avgust, 2017 y.

2. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son) PQ-112 02.02.2022

3. Dadamuhammedov A. "Rubob prima darsligi". Musiqa nash.T.2004

4. Акбаров И. "Мусика лугати" Т.: Укитувчи, 1997.

5. Karimov O. "Cholg'u ijrochiligi" o'quv qo'llanma. Buxoro. 2020

6. Gochbakarov A. "Rubob prima ijrochiligi". Musiqa nash. T. 2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.