Научная статья на тему 'HAVASKORLIK CHOLG‘U JAMOASIDAGI O‘QUV-IJODIY ISHLAR'

HAVASKORLIK CHOLG‘U JAMOASIDAGI O‘QUV-IJODIY ISHLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
47
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Cholg‘u jamoalari / o‘quv-ijodiy ishlar / cholg‘u guruhlari / mashg‘ulot jarayoni / ijro qobiliyati

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qudratilla Baxtiyor O‘G‘Li Qobilqoriyev

Havaskorlik cholg‘u jamoasidagi o‘quv-ijodiy ishlarni rejalashtirish va tashkil etish rahbardan yetarli darajada bilim, ko‘nikma hamda tashkilotchilik jihatlarini namoyon qilishni talab etadi. Ushbu maqolada havaskorlik cholg‘u jamoasidagi o‘quv-ijodiy ishlar, ularni tashkil qilishdagi o‘ziga xosliklar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HAVASKORLIK CHOLG‘U JAMOASIDAGI O‘QUV-IJODIY ISHLAR»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 3 / September 2022

HAVASKORLIK CHOLG'U JAMOASIDAGI O'QUV-IJODIY ISHLAR

Qudratilla Baxtiyor o'g'li Qobilqoriyev qobilqoriyev93 @mail .ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Havaskorlik cholg'u jamoasidagi o'quv-ijodiy ishlarni rejalashtirish va tashkil etish rahbardan yetarli darajada bilim, ko'nikma hamda tashkilotchilik jihatlarini namoyon qilishni talab etadi. Ushbu maqolada havaskorlik cholg'u jamoasidagi o'quv-ijodiy ishlar, ularni tashkil qilishdagi o'ziga xosliklar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Cholg'u jamoalari, o'quv-ijodiy ishlar, cholg'u guruhlari, mashg'ulot jarayoni, ijro qobiliyati.

EDUCATIONAL AND CREATIVE WORKS IN AMATEUR INSTRUMENTAL MUSIC TEAM

Kudratilla Bakhtiyor ugli Kobilkoriyev qobilqoriyev93 @mail .ru Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Planning and organization of educational and creative work in the amateur musical ensemble requires the leader to demonstrate sufficient knowledge, skills and organizational aspects. This article talks about the educational and creative activities of the amateur musical group and the peculiarities of their organization.

Keywords: Musical ensembles, educational and creative works, musical ensembles, training process, performance ability.

Badiiy jamoalarning amaliy faoliyati shuni ko'rsatadiki, sozandaning musiqiy asarni ijro etishdagi ishtiroki, mashg'ulotlarda muntazam qatnashishi, konsertlardagi chiqishi bilan o'z-o'zidan axloqiy va estetik madaniyat hosil bo'lib qolmaydi. Ushbu jarayonda cholg'u jamoasi a'zolari o'quv va tarbiyaviy ishlar mobaynida tizimli ravishda o'zlarining ko'nikma va qobiliyatlarini rivojlantirishlari, san'at borasidagi bilimlarini kengaytirishlari lozim. Jamoadagi ishtirokchilar qo'shiq aytishni, cholg'uda ijro etishni, raqs tushishni o'rganadilar. Ammo, o'quv-tarbiyaviy ishlar tashkil etilmasa, bu ularning odob-axloqiga ta'sir qilishi mumkin. Bu holat jamoadagi ishtirokchilarning umumiy rivojlanishi va tarbiyasiga, axloqiy madaniyati va o'zini tutishiga yetarlicha e'tibor berilmaganligini anglatadi.

133

http://oac.dsmi-qf.uz

Havaskorlik xalq cholg'ulari orkestri sozandalarining har biri jamoadagi faoliyatini ma'lum bir cholg'u ijrochiligini o'rganishdan boshlaydi. Bu talabadan katta sabr-toqat, chidamlilik talab qiladi. Bu holat havaskor orkestr sharoitida o'quv jarayoni vaqtining cheklanganligi bilan yanada murakkablashadi. Havaskorlik orkestridagi sozanda uchun ma'lum bir cholg'u ijrochiligini o'rganish uchun belgilangan muddat musiqa maktabi yoki musiqa to'garaklaridagi kabi 5-8 yil emas balki 5-6 oydan, bir yilgacha muddatni tashkil etishi mumkin. Bu havaskor sozandaning qobiliyati va cholg'uni qanchalik tez o'zlashtirishiga bog'liq.

Havaskorlik orkestrida o'quv jarayonini to'g'ri tashkil etish uchun jamoa rahbari har bir cholg'u ijrochiligini o'rgatishda kam vaqt va kuch sarflagan holda maksimal samaradorlikni ta'minlaydigan metodikani bilishi kerak. Yangi tashkil etilgan havaskorlik orkestrida cholg'u ijrochiligini o'rgatishda uchta asosiy shakldan foydalanadi: individual, kichik guruh va jamoaviy. Havaskor orkestr ishini tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bir vaqtning o'zida 15-20 kishini sozanda sifatida tayyorlash zarur bo'lganda, kichik guruhli mashg'ulotlar shakli eng qulay va asoslidir. Musiqiy ta'lim muassasalaridan farqli o'laroq, havaskorik orkestrida rahbar vaqt yetishmasligi sababli mashg'ulotlarni yakka shaklda tashkil etish hamda har bir o'quvchi bilan alohida va ishlash imkoniyatiga ega emas. U jamoa tarkibidagi cholg'u guruhlarini birma-bir yig'ishga va ular bilan mashg'ulotlar o'tkazishga majbur. Shu bilan birga, 2-3 guruh bir-biriga yaqin joylashgan turli xonalarda shug'ullanishi mumkin. Har bir guruh asar ijrosi yuzasidan ma'lum bir topshiriqni oladi va uni rahbarning nazorati ostida bajaradi. Orkestr tarkibidagi har bir cholg'u guruhlari o'zlariga berilgan vazifalarni qat'iy o'zlashtirgandan keyingina orkestr tarkibiga kiritilishi kerak.

Cholg'u guruhlarini tuzishda orkestr a'zolarining qobiliyati, individual farqlarini hisobga olish kerak. Ularning barchasi ham berilgan vazifani bir xil darajada tez o'zlashtira olishmaydi. Shuning uchun mashg'ulot jarayonida har bir ishtirokchini tayyorlashda ularning ijro paytidagi zaif tomonlarga e'tibor qaratish va shunga qarab tegishli o'quv adabiyotlari va vositalarini tanlash muhim jihat hisoblanadi. Birinchi yilda vazifalarni imkon qadar xilma-xiligini ta'minlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu davr sozandalarning mashg'ulotlarga nisbatan psixologik tarafdan tayyorligi va munosabati nuqtai nazaridan murakkab hisoblanadi. Bir yarim soatdan ikki soatgacha mashq qilish paytida bir xil texnikani, tovushni, zarbni va boshqa jihtlarni ishlash sozandani zeriktiradi. Shuning uchun cholg'uga qo'l va barmoqlarni qo'yish, to'g'ri moslashishni rivojlantirish, ijro texnikasini o'zlashtirish bilan bir qatorda, musiqiy savodxonlikni o'rganish, kichik kuylarni yodlash kabi nazariy bilimlarni egallash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jamoa a'zolarining cholg'u ijrochiligiga va mashg'ulotlarga bo'lgan qiziqishini yuqori bo'lishini ta'minlaydi. Ijro qobiliyati jihatdan orqada qolayotgan jamoa a'zolari bilan alohida ishlash zarur. Guruhli

I [ccñ^^BI 134 http://oac.dsmi-qf.uz

mashg'ulotlar jarayonida ularning xatolarini tuzatish qiyin. Asar ijrosini o'zlashtirishda qiynalayotgan sozandalar bilan yakka mashg'ulotlar tashkil etish ularga vazifani tezroq o'zlashtirish va bu orqali orkestrning umumiy darajasiga yetib olish imkoniyatini beradi. Havaskorlik jamoasida vazifalarni yaxshi o'zlashtirayotgan orkestr ijrochilariga mashqlar, etyudlarni o'rganish uchun berilishi mumkin.

Vazifalarni yaxshi o'zlashtirayotgan jamoa a'zolari bilan yakka mashg'ulotlar o'tkazish ularning sozanda sifatida tezroq shakllanishiga yordam beradi. Cholg'u ijrochiligini o'zlashtirish bilan bog'liq dastlabki mashg'ulotlar 40-50 daqiqadan oshmasligi lozim. Mashg'ulotning keyingi bosqichlarida vaqt me'yorlarini oshirgan holda nota savodxonligi va dirijorning qo'l harakatlarini o'rganishga qaratilishi maqsadga muvofiq.

Cholg'u ijrochiligini puxta egallab, zarur nazariy bilimlarga ega bo'lgandan so'ng orkestr bilan mashg'ulot o'tkazish mumkin. O'tilgan mavzularni yanada mustahkamroq o'zlashtirish, mashg'ulot paytida olingan nazariy bilim, ijro texnikasini mustahkamlash, asar partiyalarini yaxshiroq yodlash uchun rahbar uyga vazifa berishingiz mumkin. Biroq, ular maktabdagidek xarakter kasb etmasligi kerak. Ya'ni ularga majburiy tekshirish va baho qo'yish kabi jihatlar qo'shilishi kerak emas. Aksariyat ishtirokchilar dastlab cholg'u ijro qilish murakkab jarayon ekanligni yetarlicha his qilmaydilar. Ularning fikricha, cholg'u ijrochiligini o'zlashtirish qiyin emasdek tuyuladi. Keyinchalik, ular cholg'uni o'zlashtira boshlaganlarida, orkestrda mashq qilishga keskin, salbiy munosabat paydo bo'lishi mumkin. Bunday holda, ishtirokchilar o'zlarining qobiliyatlariga bo'lgan ishonchni yo'qotishi, ular o'zlarida cholg'u ijrochiligini o'zlashtira olmaslik hissini tuyishlari mumkin. Shu bois, havaskor cholg'u jamoasi rahbari sozandalarning kichik yutuqlarini ham yuksak darajada e'tirof etishi, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlshi, bu orqali ularning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishi kerak. Ammo bu erda bitta qoidaga qat'iy rioya qilish kerak: agar ishtirokchi cholg'u ijro etishning asosiy jihatlarini kerakli darajada o'zlashtirmagan bo'lsa, u holda mustaqil ishlash jarayonida muhim jihatlarga e'tibor qaratmagan hisoblanadi.

Orkestrda jamoaviy ijro etishning muhim sharti - bu sozandalar tomonidan butun orkestr uchun notani to'g'ri o'qish qobiliyatini o'zlashtirishdir. Orkestrning dastlabki mashg'uloti paytida tanlangan asar notasini birinchi marta o'qishda jamoaning barcha a'zolari birdek o'qiy oladigan tempda ijro qilish zarur. Bunda:

- partiyadagi notaning cholg'uda joylashgan joyini topish;

- notaning davomiyligini, sadolanishi va unga mos shtrix tanlash;

- dirijorning harakatlarini kuzatish va talablarini bajarish kabi jihatlarni hisobga olish kerak.

Asar ijrosi paytida bunday ma'lumotlarni darhol anglab yetish va unga munosabat bildirish uchun sozandaga mustahkam bilim, ko'nikmaga ega bo'lishi talab etiladi.

I ícclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

Ularning jamlanishi uzoq muddatli jarayon bo'lib, mashg'ulotlarning muntazamligi, izchilligi va mohirona tashkil etilishini talab qiladi. Nota o'qishni eng oddiy repertuarlardan boshlash kerak. Masalan, mashhur xalq kuylari, fortepiano klavirlarining sodda ko'rinishlari, murakkab bo'lmagan musiqiy kalitlarda yozilgan va musiqiy belgilari kam bo'lgan asarlar shular jumlasidandir. Mazkur asarlar asosan sekin tempda yozilgan bo'lishi maqsadga muvofiq. Notalarni tezroq o'qish uchun jamoa a'zolariga partiyani vizual ravishda tahlil qilish, asarning o'lchovini, ritmini hisobga olgan holda, eng qiyin joylarni belgilashga undash, barmoqlarning joylashuvini tuzish (applikatura) va notalarni baland ovoz bilan sanab ijro qilish uchun bir necha daqiqa vaqt berish foydalidir. Orkestr a'zolari notani o'qish ko'nikmalarini yanada rivojlantirish uchun asarlarni xarakter, temp, dinamika jihatidan asta-sekin murakkablashtirib borish mumkin. Har mashg'ulotda 15-20 daqiqa davomida notani o'qish bilan shug'ullanish kerak. Jamoa ijodiy faoliyatining taqdiri ko'p jihatdan ushbu ko'nikmalarni egallash tezligiga bog'liq. Asarni o'rganishdan tortib, uni ijro etishga qadar bo'lgan butun jarayon nota matnini to'g'ri o'qish va tezkor tahlil qobiliyati bilan bog'liq. Bu jihat o'z navbatida, jamoaning muvaffaqiyati, repertuarning yangilanishi va kengayishi, uning turli madaniy tadbirlardagi ishtiroki, konsertlar uchun juda muhim bo'lgan va ohir-oqibat tomoshabinlar tomonidan tan olishini ta'minlaydigan jihat hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" - Toshkent 2008-yil.

2. Akbarov A. "Musiqa lug'ati" - Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti, 1997-yil.

3. Kargin A. "Работы с самодеятельным оркестром русских народных инструментов". - Moskva: "Musiqa" nashriyoti, 1984-yil.

4. Toshmatov E. "Dirijorlik" darslik. - Toshkent: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, 2008-yil.

5. Toshmatov O', Beknazarov X. "Cholg'ushunoslik" darslik. - Toshkent: "Turon-Iqbol" nashriyoti, 2018-yil.

6. Toshmatov O', Turatov S. "Ko'hna cholg'ular ijrochiligi" o'quv qo'llanma. -Toshkent: "Tafakkur" nashriyoti, 2016-yil.

136

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.