Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNI DIRIJORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH MAZMUNI'

TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNI DIRIJORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
131
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dirijor / xor / vokal / ijrochilik / diksiya / orkestor / registr / nota / kuy / ansambl.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Azamat Rajabov

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida talabalarni dirijorlik faoliyatiga tayyorlash mazmuni ifodalangan. Maktabdagi amaliy faoliyatda pedagog va talaba muntazam muloqotda-bog’lanishda bo’lishi kerak. Bu esa dirijorlik bo’yicha yakka mashg’ulotlar shaklida bo’ladi. Dirijorlik bo’yicha yakka mashg’ulotlar talabaning musiqiy bilimini oshirishga, kuzatuvchanligi va o’ziga tegishli xulosalar chiqarib o’z mahoratini oshirib borishiga, irodasini mustahkamlashga va musiqiy tafakkurini to’g’ri shakllantirishiga qulay sharoit yaratilishi keng yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNI DIRIJORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH MAZMUNI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. « TA'LIM JARAYONIDA TALABALARNI DIRIJORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH MAZMUNI »

Azamat Rajabov

Buxoro davlat universiteti "Musiqa ta'limi" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonida talabalarni dirijorlik faoliyatiga tayyorlash mazmuni ifodalangan. Maktabdagi amaliy faoliyatda pedagog va talaba muntazam muloqotda-bog'lanishda bo'lishi kerak. Bu esa dirijorlik bo'yicha yakka mashg'ulotlar shaklida bo'ladi. Dirijorlik bo'yicha yakka mashg'ulotlar talabaning musiqiy bilimini oshirishga, kuzatuvchanligi va o'ziga tegishli xulosalar chiqarib o'z mahoratini oshirib borishiga, irodasini mustahkamlashga va musiqiy tafakkurini to'g'ri shakllantirishiga qulay sharoit yaratilishi keng yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Dirijor, xor, vokal, ijrochilik, diksiya, orkestor, registr, nota, kuy, ansambl.

Dirijorlik - musiqiy ta'lim hamda ijrochilikning asosiy muhim shakli bo'lib, uning mazmuni va mohiyati keng ko'lamli jarayonni o'zida aks ettiradi.

Dirijorlik san'at va kasb sifatida boshqa musiqa mutaxassisliklari orasida eng murakkab va serqirraligi bilan ajralib turadi. Har qanday musiqachi yakkaxon o'zining mas'ulligini ma'lum bir cholg'u asbobi yoki ovozi orqali ifoda etishi yoki mahoratini ko'rsatishi mumkin. Jamoaviy ijrochilikda esa (ansambl, xor, orkestr) mas'uliyatini o'zaro bilishadilar.

Dirijorlikka esa o'zgacha talab qo'yiladi, ya'ni uning chog'u asbobi butun bir jamoani boshqaradi. Haqiqiy musiqachining orzusi va yetakchi quroli uning asbobidir. Dirijorning asobi esa - bu xor yoki orkestr hisoblanadi. Shuning uchun ijrochi jamoani jonli, yaxlit fikrlovchi, musiqaning emotsional ta'sirini his etuvchi, yaratuvchan musiqachi - san'atkor, rang-barang va ko'p ohangli yaxlit bir asbob deb bilish kerak.

Dirijor xor ijrochilari oldida bo'ladimi yoki tomoshabinlar oldida nafaqat o'zi uchun, balki, o'zi boshqarayotgan jamoa ijrosi uchun ham javobgardir - degan edi mashhur dirijor-pedagog A.P.Ivanov-Radkevich.

Dirijorlik san'ati musiqiy asari ijodiy izohlashdan iborat bo'lib, u o'zining badiiy maqsadlarini harakatlar, ifodali mimikalar bilan jamoaga bera olishi va shu o'rinda ularni ijrosini namoyish eta olishi zarur.

Dirijorlik mas'uliyati shundaki, u ijrosi sifatida badiiy asar bilan tanishar ekan uning mazmunini his qilib, uni o'z ichki dunyosidan o'tkazadi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Hozirgi kunda musiqa o'qituvchilarining dirijor-xor tayyorgarligi tizimi yetarli darajada shakllangan. Bu davr maxsus fanlar bog'liqligi davri bo'lib, (dirijorlik, uni o'qitish uslubi, xorshunoslik, xor sinfi, xor aranjirovkasi, vokal ijrochiligi) ular orasida xor dirijorligi asosiysi hisoblanadi.

Umumiy g'oyaviy-tarbiyaviy va musiqiy-ta'limiy vazifalariga muvofiq bu kurs talabalarining musiqa o'qituvchilari, xor dirijorlari sifatida tayyorgarligiga imkoniyat yaratadi.

"Xor dirijorligi" mashg'ulotlari tahsil olayotgan talabalrni musiqiy qobiliyatini o'stirish (musiqiy eshitish qobiliyati, his etish, ritm, xotira, musiqiy tafakkur, artistizm) maktabda vokal-xor ishlarini amalga oshirishda kasbiy bilim va malakalarni shakllantiradi.

O'quv ishlarining asosiy turlari: asar musiqasi ohangdorligini o'zlashtirish, xor ovozlari va akkortlarini qo'llash, fortepianoda partituralar ijro etish, fortepianoda konsertmeyster ijro etayotgan xor asarlariga dirijorlik qilish.

Xor jamoalari bilan olib boradigan musiqachi-o'qituvchilar tajribasi shuni ko'rsatadiki, dirijorlik sinflaridagi pedagoglarning eng asosiy vazifalari bo'lg'usi xor dirijorlarini xor ijrochiligini erkin boshqara oladigan barcha bilim va malakalarga ega qilib tarbiyalashdan iborat.

Pedagogika oliy o'quv yurtlaridagi dirijorlik sinfidagi ta'limiy maqsadlar faqatgina musiqachi-xor dirijori tayyorlashdan iborat bo'lib qolmay, balki bolalar bilan ishlay oladigan, ularni musiqa san'ati, qo'shiq ijrochiligiga qiziqtira oladigan, vokal-xor ishlarini biladigan o'qituvchialrni tayyorlashdir. Mashg'ulotlar davomida talaba faqatgina dirijor bo'lib emas, uning pedagogik mahorati ham shakllanib boradi.

O'qituvchi bo'lgach, u xor ijrosi jarayonida mashg'ulotga yaxshi ta'sirchan kayfiyat bera olishi bilan birga o'quvchilarga ularni o'rab turgan muhitdagi musiqa mazmunini to'g'ri baholash va shunga munosib mazmundor kuylashga o'rgatadi. O'qituvchilarga xos bo'lgan e'tibor, kuzatuvchanlik, tafakkur, mustaqillik kabi sifatlarni tarbiyalashda "dirijorlik" sinflari katta imkoniyatga ega. Maktab o'qituvchisining o'quvchilar oldidagi badiiy ijrochilik, ijroni boshqarish, tashkil etishdagi bosh vazifasi o'quv materialiga maxsus va ijodiy yondashishni talab etadi. Bu esa dirijorlik kursi mazmunini dirijorning musiqa o'qituvchisi sifatida kelajakdagi kasbiy faoliyatidan kelib chiqishini anglatadi.

Musiqa o'qituvchilarining dirijorlik faoliyatiga tayyorgarligida yana bir jihat bu san'atni anglashga o'rgatish, bu asarni g'oyaviy-badiiy mazmunini mustaqil ravishda ochib bera olish ko'nikmasini anglatadi.

Nota matnini vokal o'zlashtirish tovush balandligi, ritm, tembr, nafas kabilar xor ijrochiligida xor rahbari - dirijorning doimo diqqat markazida bo'lishi lozim.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Dirijorlik fani o'qitilishida yana bir pedagogik vazifalardan bu bo'lg'usi o'qituvchining dirijorlik texnikasi, dirijorlik postanovkasi va manual (qo'l) texnikasini yaxshi o'zlashtirishga erishishi hisoblanadi.

Dirijorlik mahoratlari turli turlicha bo'ladi, ya'ni ba'zilarda harakatlar yengil, erkin, ortiqcha zo'riqishsiz, ayrimlarida esa harakatlar qiyinchilik bilan, katta kuch bilan og'ir kechadi.

Musiqiy g'oyani anglash va uni dirijorlik harakatlari bilan gavdalantirish bu dirijorlik jarayonini bir qismi bo'lib, bir tomondan dirijorning ichki eshitishini dirijorlik harakatlariga mos holda o'rnatish bo'lsa, ikkinchi tomondan haqiqiy ovozning ohangning dirijor harakatlari bilan mos kelishidir.

Musiqa o'qituvchisi - dirijor, ya'ni bolalar xor jamoasi rahbari oldida bir talay xor bo'lib kuylashga tayyor bo'lmagan bolalar bilan ishlashdek og'ir mehnat turadi. Bunday jamoani boshqarish birinchi navbatda ijrochilarni xor ijrochiligiga ko'niktirishni talab etadi. Buning uchun esa "inson ovozi tabiatini, uning imkoniyatlari va ijobiy hamda kamchilik tomonlarini yo'llarini bilishni, faqat asar o'rgatish bilan cheklanib qolmay, bolalarni ovozlarini soz, ansambl, ritm, intonatsion xususiyatlarini ishga sola bilsihi kerak". Hech qanday amaliy tajriba amaliyotiga ega bo'lmagan, lekin nazariy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lgan talabalar maktabga kelgach jamoa bilan ishlash, ular bilan muloqot qilishga qiynaladilar. Ular o'quvchilar bilan tayyorgarlik ishlari texnikasi, metodikasini va o'qitishda yaxshi natijaga erisha olmaydilar. Shuning uchun ham "dirijorlik" faniga tayyorgarlik ishlari va usullari, amaliy tajribalar ham kiradi. Talabalarning mutaxassislik darajasini ko'tarishda mustaqil topshiriqlar, mustaqil vazifalar, talabaning o'z ustida mustaqil ishlashi katta o'rin tutadi. Dirijorlik kursi bo'yicha majburiy bilim va malakalarni o'zlashtirishda fanlarning o'zaro bog'liqligi katta rol o'ynaydi. Masalan, "xor va xorshunoslik asoslari", "xorshunoslik", "pedagogik amaliyot", "vokal ijrochiligi" fanlarida egallangan nazariy va amaliy bilimlar xor bilan ishlash amaliyotida qo'l keladi. Shuningdek, dirijorlik maxsus cholg'u asbobi, aranjirovkalar bilan ham o'zaro uyg'unlikni talab qiladi. Dirijrolikka tayyorlash ko'p qirrali va tizimli jarayonni talab qiladiki, quyida kursni o'qish davomida musiqa o'qituvchisi uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarga umumlashtirilgan holda ko'rib o'tamiz:

1. Musiqiy-ta'sirchanlik vositalariga oid bilimlar. U o'z ichiga musiqiy nutq elementlari ohangdorlik, tematika, kuy, lad, ohangli harakatlar turlari, musiqiy rivojlanish tamoyillari, asarni o'rganish rejalarini o'z ichiga oladi.

Ohanglar almashish usullari, taqqoslash, modulyatsiya qilish, uyg'unlik, metr, o'lchov ritm, faktura (ovozlarni birlashtirish usullari), janr qonuniyatlari ham shu qismga kiradi.

2. Xor san'atining o'ziga xos ijrochilik xususiyatlari va qonuniyatlariga doir bilimlar. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

a) Xor ijrosiga ma'no beruvchi vositalar (xorning sadolanishi-tembri, xorning

boshqa jihatlar bilan moslashuvini ifodalovchi xusuiyatlari, tembr farqlari, vokal tovush hosil qilishning zaruriy funksiyalari, ijroni matn g'oyaviy-badiiy mazmuniga mosligi)

b) Xor jamoasining texnik imkoniyatlari (xor turi, tarkibi, kuylovchi ovozlar tabiati, dipazoni, asar tessiturasi) ansambl, soz, xorning tuzilish qonuniyatlari (ohangdorlik, diksiya, orfoepiya qoidalari), repititsiya boshlanishiga dirijorning o'zining xor asarlarini mustaqil o'zlashtirishi.

3. Dirijorlik qismi mahoratini ifodalovchi vositalarga oid bilimlar: -temp(sur'at)ning manodorlik va obrazlilik vazifasi, ogogikalar, jo'shqinlik va frazirovka (vokal nutq, turlanish xususiyatlari), shtrixlar (turli usullarning - ma'no-mazmun kasb etishi), tovush hosil qilish va chiqarish usullari - yuqori nuqta (kulminatsiya), aniqlab olish (umumiy, qisman).

4. Maktab xor jamoasining (sinf jamoasining) turli yosh bosqichidagi o'quvchilari bilan ishlashda o'ziga xos ish yuritish yo'llari to'g'risidagi bilimlar. Bunda har bir sinf ijro imkoniyatlariga mos repertuar tanlash, bolalar ovozining o'ziga xos xusuiyatlari, xorni kamerton bo'yicha asar tonalligiga sozlamoq, vokal-xor mashqlarini to'g'ri tanlash (variantlarning maqsadga muvofiqligi va ketma-ketligi, ijrochilarni yosh va ovoz imkoniyatlariga mosligiga e'tibor berish), intonatsion kamchiliklar sababini aniqlash, uni bartaraf etish yuizasidan olib boriladigan ishlar vokal ovoz hosil qilish va chiqarishga oid kamchiliklar, xor maestrining ansambl, soz va diksiya ustida ishlashi dirijorning repititsiya ishlarida jamoa bilan ijodiy muloqot qila olish mahorati.

5. Tushungan holda manual texnikani shakllantirishda zarur bo'ladigan bilimlar:-dirijorlik jarayoni haqida axborotni - joy-haratkat belgilari bilan yetkazish vazifalari.

6. Dirijorlik apparatini o'rnatilishining asosiy tamoyillari (reja, pozitsiya) -musiqaning metroritmik tuzilmasi, metroritmik harakatlar tuzilishi qonuniyatlari, metroritmik harakatlarning guruhlanishi, ularning maqsadga muvofiqligi.

Dirijorlik sinfida olib boriladigan mashg'ulotlarda talabalarni dirijorlik faoliyatiga tayyorlash mazmuni bir qator talablarni shart qilib qo'yadi. Bular:

- Musiqaviy-mazmun va ma'noga erishish vositalari orqali asarning g'oyaviy-badiiy mazmunini ochib berish malakalarini egallashga oid ishlar;

- Muallif (shoir va bastakor) fikrini musiqiy ij rochilik davomida tushungan holda talqin eta olish;

- Partiturani o'rganish davomida vokal-intanatsion o'zlashtirishda asarlarni ichki tuygu bilan his etish malakalarini egallash;

- Fortepianoda ovoz yo'llari va partiturani ijro etish;

- Repitetsiya jarayonini to'g'ri rejalashtirishda voka-xor ishlarini to'g'ri qo'llash;

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

- Turli davrga oid va turli uslubdagi asarlarni organish va zamonaiy xor asarlarini tushunish, farqli jihatlarini anglash, o'z shaxsiy xor asarlari repertuarini boyitib borish, xor aranjirovkasi, qayta ishlash bo'yicha zarur bilim va malakalarni egallashi;

- Dirijorlik texnikasini asarning badiiy obrazini berish vositasi sifatida egallash va xor sadodini boshqarish malakalarini tarkib toptirish;

- Musiqiy asarni jamoa bo'lib o'zlashtirish va ijro etish jarayonini boshqarishga o'rganish, ovozlarni sozlashda va to'g'ri tarbiyalab borish;

- Xor jamoasini konsertlar bilan chiqishlarini tashkil etishga jamoani jalb qilish, o'quvchilarda zarur ishtiyoq va kayfiyatni vujudga keltirish, sahnada o'zini tutish, ijro paytida ovozlarni to'g'ri ishlatishga o'rgatish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Azamat Radjabov. Content of preparation of students for development in account process//International scientific research journal.2021/02/16.54-61

2. Раджабов А.Ш. Содержание подготовки студентов к ведению деятельности в учебном процессе//Наука техника и образование 2021/02/19.

3. Rajabov Azamat Sharifovich The study process in the conducting class main stages//Eurasian journal of academic research 2021/06/05.436-441

4. Azamat Sharifovich Rajabov. Markaziy osiyo musiqa ilmi va musiqa sozlari haqidagi bilimlarni o'quvchi yoshlarning musiqa madaniyatini shakllantirishdagi o'rni va ahamiyati// SCIENTIFIC PROGRESS 2021/04/01 264-271

5. Azamat Rajabov. The study process in the conducting class main stages// Innovation in the modern education system 2021/06/25 172-178

6. Rajabov Azamat Sharifovich.Sharq mutafakkirlarining cholg'u sozlari rivoji va takomillashuviga qo'shgan hissalari//O'zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar 27-ko'p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya 2021/30/04 36-38

7. Azamat Rajabov. Musiqa o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida dirijorlik fanining maqsad va vazifalari yoshlar hayotida ma'naviyatning tutgan o'rni// Ижтимоий сохдни модернизациялаш контекстида педагогик таълим тараккиёти:муаммо ва истикболлар республика илмий-амалий анжуман.2021/05/28 201-203

8. Ражабов А.Ш. Дирижирование, хор и управлениеим// Вестник науки и бразования.2020/10/02 112-115

9. Azamat RAJABOV. Markaziy Osiyoda musiqa san'ati va cholg'u ijrochiligining rivojlanishi//Pedagogik mahorat.2020/12/06 202-204

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

10. A.Rajabov. The Importance of Conducting Science in the Preparation of Music Educators//Test engineering management. 2020/03/24 2681-2688

11. Azamat Rajabov. The development of music and instrumental performance in Central Asia// International Journal of Applied Research. 2020/03/18 95-97

12. AZAMAT RAJABOV. AN'ANAVIY XONANDALIK o'quv qo' llanma//Durdona.2020/06/30

13. Azamat Rajabov. MARKAZIY OSIYO FIKR TARAQQIYOTIDA MUSIQA ILMI VA MUSIQA SOZLARINING TUTGAN O'RNI. Monografiya//Globe Edit.2021/01/22

14. Rajabov Azamat Sharifovich. Musiqa xonandaligida erkaklar va ayollarning ovoz apparati turlari//Metodologik uslubiy qo'llanma.2020/

15. Rajabov Azamat Sharifovich. Vokal va zamonaviy musiqada texnologiyalarning qo'llanilishi//Metodologik uslubiy qo'llanma.2020/

16. Азамат Шарифович Ражабов. Непредвиденность, неупорядоченность и незафиксированность в нотах// SCIENTIFIC PROGRESS//2021/08/23. 594-599

17. Азамат Шарифович Ражабов. Функциональные механизмы защиты голосового аппарата по вокалу, форма музыкального индетерминизма// SCIENTIFIC PROGRESS//2021/08/23. 600-606

18. Азамат Шарифович Ражабов. Музыкальный профиль и тяжесть в композиции принцип неопределенности музыкального материала или формы// SCIENTIFIC PROGRESS//2021/08/23. 607-612

19. Азамат Шарифович Ражабов. Измерение свойств многомерного разнообразия аккордов в музыцирование, музыка в «вариабельных» и «многозначных формах»// SCIENTIFIC PROGRESS//2021/08/23. 613-617 с.р.

20. Ражабов А. Укувчиларда мусикий тасаввур шаклланишининг психологик асослари// "Педагогик махррат" 2020/06/05 129-132

21. Ражабов А. Влияние музыки на психофизическое состояние человека//Психология илмий журнал 2020/03/03 73-78 с.р.

22. Ражабов А. Кубровия тарикатида комил инсон масаласи//Жах,он маданий цвилизацияси контекстидаги Хожагон, Накшбандия тасаввуфий таълимотлари илмий-маънавий меросининг умумбашарий ахдмияти 2020/2-бет

23. Ражабов А. Булажак мусика укитувчиларининг бадиий дидини шакллантириш// "Бухоро-Шашмакоми:тарихий-назарий ва амалий масалалари" 2019/2.56-58

24. Ражабов А. Анъанавий мусика ижрочилиги таълимини такомиллаштириш омиллари// «Конституция Республики Узбекистан: наука, образование и воспитание молодёжи 2017/ 126-127 с.р.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

25. Ражабов А. Кейс как комплект организационно-методического

обеспечения дистанционного обучения// «Образование и культура векторы сотрудничество» /2017/ 237-238 с.р.

26. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

27. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

28. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

29. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.