FOLKLOR-ETNOGRAFIK JAMOALARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHDA RAHBARLIK FAOLIYATI Sunnatillayev Asatillo Sunnatovich
O'zDSMI "Folklor va etnografiya" kafedrasi katta o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.6660443 Annotatsiya. So'nggi yillarda o'zbek milliy folklor ijrochilik san'ati, folklor-etnografik jamoalarining rivojlanishi va tarixiy taraqqiyot bosqichlari, jamoalarning repertuari, ijrochilik mahorati bo'yicha soha mutaxassislari, folklorshunos olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ammo joylarda folklor-etnografik jamoalarni tashkil etish va rahbarlik faoliyatini to'g'ri olib borishda kamchiliklarga yo'l qo'yilmoqda. Ushbu maqolada folklor-etnografik jamoalarini tashkil etish va boshqarishda rahbarlik faoliyati, rahbarning o 'ziga xos vazifalari ilmiy va amaliy jihatdan tahlil etilgan va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: folklor, etnografiya, jamoa, ijrochilik san'ati, ansambl, rahbar, mahorat. ЛИДЕРСТВО В ОРГАНИЗАЦИИ И УПРАВЛЕНИИ ФОЛЬКЛОРНО-ЭТНОГРАФИЧЕСКИМИ СООБЩЕСТВАМИ Аннотация. В последние годы специалистами в области исполнительского искусства узбекского национального фольклора, развития фольклорно-этнографических сообществ и этапов исторического развития, репертуара коллективов, исполнительского мастерства проводятся научные исследования ученых-фольклористов. Однако при организации и развитии фольклорно-этнографических сообществ на местах допускаются проблемы, связанные с правильным ведением руководящей деятельности. В данной статье проанализирована деятельность руководства, конкретные задачи руководителя в организации и управлении фольклорно-этнографическими общинами в научно-практическом аспекте и даны рекомендации.
Ключевые слова: фольклор, этнография, коллектив, исполнительское искусство, ансамбль, руководитель, мастерство.
LEADERSHIP ACTIVITIES IN THE ORGANIZATION AND MANAGEMENT OF FOLKLORE AND ETHNOGRAPHIC COMMUNITIES Abstract. In recent years, Uzbek national folklore performing arts, stages of development and historical development of folklore and ethnographic communities, repertoire of groups, performance skills have been conducted by experts in the field, folklorists. But on the ground, there are problems with the organization of folklore-ethnographic communities and the correct conduct of leadership activities in bohkar. In this article, the activities of the leader in the organization and management of folklore-ethnographic communities, the specific tasks of the leader were scientifically and practically analyzed and recommendations were given.
Keywords: folklore, folklore-ethnographic communities, repertoire, ethnography, performing arts.
KIRISH
O'z xususiyatiga ko'ra, badiiy havaskorlik o'z-o'zidan vujudga keladigan jarayon emas, balki, tashkil etiladigan sun'iy uyushmadir. Bugungi kunda yurtimizda havaskorlik san'ati har tomonlama qo'llab-quvvatlanib, tegishli sharoitlar yaratilmoqda. Ularni boshqarish uchun esa o'rta maxsus va oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlanmoqda. Masalan, maktab sharoitida
havaskorlik to'garagiga rahbarlik qilish uchun pedagogika universitetlari va insitutlarining musiqa fakultetlari kadrlar tayyorlasa, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari, madaniyat muassasalari va kasaba uyushmalar qoshidagi klub muasasalari, shuningdek, turli korxona va tashkilotlar qoshidagi havaskorlik jamoalariga rahbarlar madaniyat va san'at yo'nalishidagi o'rta-maxsus ta'lim muassasalari va O'zbekiston davlat san'at va madaniyat insitutida tayyorlanadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Folklor-etnografik jamoalar madaniyat markazlarida, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarda hamda oliy o'quv yurtlari, kollejlar, mahallalar qoshida tashkil etilishi mumkin. Madaniyat markazlarida tashkil etiladigan havaskorlik jamoalarning rahbarlari, aksariyat hollarda, jamoatchilik asosida ish olib boradilar. Ularga mazkur madaniyat muassasasining xodimlaridan yoki yangidan tashkil etilgan jamoaga hayrihoh bo'lgan, tashqaridan kelgan kishilar tarkibidan rahbar tayinlanishi mumkin. Jamoa rahbari qanday sharoitda ishlashidan qat'i nazar jamoadagi ishlarni rejalashtirishi, bunda, mashg'ulotlarni tashkil etish tartibi, spektakl, ko'rgazma, konsert chiqishlarini tayyorlash va o'tkazish, shuningdek, o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari yoritilishi lozim.
Folklor-etnografik jamoa qatnashchilarini jalb etish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu ishlarning muvaffaqiyatli tashkil etilishi ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishning garovidir. Dastlab ansambl tuzish ishlarini muassasa rahbari bilan tashkiliy ishlarni muhokama qilishdan boshlashi lozim. Jamoani tashkil etish bilan bog'liq ishlarni muassasa rahbari bilan muhokama qilingandan so'ng ansamblga qatnashchilarni jalb etish jarayoni boshlanadi. Folklor-etnografik havaskorlik jamoasi yaratish g'oyasini keng ommalashtirish niyatida olib boriladigan tashviqot yuritishdan boshlash lozim. Ansambl tashkil etilayotgan muassasaning barcha bo'limlarida va mahalla, maktabgacha ta'lim muassasalarida, tashkilotlarda ansambl tashkil etilyotganligi to'g'risida xabar yozilgan chiroyli e'lonlar osilishi lozim. E'londa ansamblga qachon va kim tomonidan ro'yxatga olinishi, kimga murojaat qilinishi bo'yicha aniq ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lishi lozim. Faqat e'lon bilangina kifoyalanib qolmasdan, shu niyatni amalga oshirishda mahalliy matbuotdan (ko'p tirajli bosma va devoriy gazetalardan), ijtimoiy tarmoq vositalaridan ham unumli foydalanish lozim. Ularda beriladigan ma'lumotlarda xalq hayotida havaskorlik san'atining ahamiyati tobora o'sib borayotgani hamda shu tashkilot huzurida tuzilayotgan folklor-etnografik havaskorlik jamoa bilan bog'liq bo'lgan barcha masalalar yoritilgan bo'lishi zarur.
TADQIQOT NATIJALARI
Ansambl qatnashchilari birdaniga yig'ilmaydi. Jamoaning shakllanishida faol ishtirokchilar kuchidan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoa rahbari faollarni birlashtira borib, o'zi ko'zlagan maqsadlarga ularni ishontira olganda, jamoaning boshqa ishtirokchilari ham faollar harakatiga ishonadi va albatta ergashadi.
Jamoa birinchi yig'ilishining qanday o'tishi va yozilganlarda qanday taassurot qoldirishi, jamoa ishlarining bundan keyingi taraqqiyotida sezilarli iz qoldiradi. Bu holat mahalliy jamoat tashkilotlari va jamoa rahbarlari zimmasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rish mas'uliyatini yuklaydi. Yig'ilishdan ancha oldin jamoaning moddiy bazasi to'liq, tayyorlanib, tartibga keltirib qo'yilgan bo'lishi kerak. Birinchi yig'lishga kelgan qatnashuvchi yaxshi tayyorgarlikni ko'rib quvonishi,
2G22 № 3
iliq munosabatlarni sezib turishi, jamoa tashkilotchilarining quvonch bilan kutib olayotganliklariga ishonch hosil qilishi lozim.
Bunday kutib olish qatnashchilarda yaxshi kayfiyat uyg'otadi, ularning ruhini ko'taradi. Aksincha, moddiy bazaning tayyorlanmaganligi, turli jixatlardagi yetishmovchiliklar, qatnashuvchilarga iliq, munosabatning yoq'ligi yig'ilganlarda noxush kayfiyat tug'dirishi va ulardan ko'pchiligining shashtini sindirishi mumkin. Jamoa rahbarlarining yangi tashkil etilgan jamoa bilan birinchi uchrashuvi tashkiliy majlis xarakterida bo'lib, folklor-etnografik ansamblining tashkiliy masalalari muhokamadan o'tkazilib, mashg'ulotlar jadvali belgilanishi mumkin. Majlis ochiq, tarzda mahalliy madaniyat xodimlari tomonidan olib borilishi kerak. Kun tartibining birinchi masalasi yuzasidan jamoa rahbariga so'z beriladi. Rahbar jozibali va to'lqinlantiruvchi nutq bilan havaskorlik san'atining xalq hayotidagi ahamiyati, tuzilayotgan ansamblning maqsadi va vazifalarini ochib berib, uning yaqin kelajakka mo'ljallangan rejalarini bayon qilib berishi lozim. Majlisda ansambl ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish uchun musiqa rahbari va baletmeyster, ishtirokchilarning mulohazalarini ham tinglash foydali bo'ladi. Shundan so'ng ko'pchilik ovoz bilan jamoaning mashg'ulotlar kuni va soatlari belgilanadi. Jamoa rahbarining endigina tashkil qilingan jamoalarni yangi a'zolar bilan doimo to'ldirib borishda yordam berishlarini so'rab yig'ilganlarga qilgan murojaati bilan majlisni yakunlash mumkin.
Folklor jamoalari badiiy ijodiyotning biror turi bo'yicha tashkil etilganda, o'sha hududning nomi yoki jamoa dasturidagi qo'shiqlarga qarab jamoaga nom beriladi. Jamoaga qatnashchilarning qiziqishlari, saviyasidan kelib chiqib, ma'lum miqdordagi kishilarni yoshi, kasbi, irqi, millati va jamiyatdagi mavqeidan qat'iy nazar ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Folklor jamoalarining qatnashchilari, odatda, turli kasb egalaridan iborat bo'lib, ular o'z ish joylarida professional hisoblanadilar, badiiy havaskorlik bilan esa bo'sh vaqtlarida shug'ullanadilar.
Yuqorida eslatib o'tilganidek, folklor-etnografik havaskorlik ansambliga kiruvchilarga xar-xil talablar qo'yish, ya'ni ansambl tashkil etilishiga qarab oddiy yoki murakkab talablar qo'yish mumkin.
Tajribada ansambl tashkil etilayotgan dastlabki bosqichda musiqiy va raqs qobiliyatlarini tekshirib o'tirmasdan, xoxlovchilarning hammasini olaverish lozim, degan mulohaza uchrab turadi. Agar ansamblga kiruvchilarga xech qanday talab qo'yilmasa, uning tarkibi musiqiy qobiliyati yo'q, kuylash va raqs tushish san'atidan mahrum kishilar bilan to'lib ketadi. Bunday ansambl xech qanaqa badiiy-ijrochilik istiqboliga ega bo'lolmaydi, shuningdek, o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishga ham ojizlik qiladi.
Garchi ansambl tuzish ishlari ommaviy jalb etish me'yoridan boshlansa ham, ammo ansamblga kiruvchilarga hamisha qandaydir talablar qo'yiladi. Bunday talablar ko'pincha: musiqa tinglash qobiliyati ritmini ilg'ash, musiqiy xotira va qo'shiqchi (kuylovchi) ovozining mavjudligi kabilardan iborat bo'ladi.
Ansambl rahbari shunday bir tinglash va kuzatish yo'lini topishi kerakki, unda har bir ansamblga kiruvchi o'zini erkin tutish imkoniyatiga ega bo'lsin. Bunga erishish uchun tanishishni suhbatdan boshlash kerak. Qatnashuvchilarning musiqaga qiziqishi va egallagan tajribasini aniqlash mumkin bo'ladi. Bu jarayonda suhbat sinovdan o'tkaziluvchining o'zini erkin sezishi va tortinchoqlik qilmasligi lozim. Suhbatdan so'ng ansambl rahbari jamoaning musiqiy va raqsga bo'lgan o'quvini tekshirishga kirishadi. Sinovdan o'tayotganlar ko'pincha
ovoz tekshirayotgan paytda tortinchoqlikka yo'l qo'yadilar. Shu boisdan ham ovozni tekshirishni oxirgi o'ringa qo'yish lozim. Avval musiqa tinglash qobiliyati, ritmni ilg'ash, musiqa xotirasi sinab borilsa, sinovdan o'tuvchidagi hayajon asta-sekin bosila boradi va shu yo'l bilan vokal qobiliyatini tekshirib ko'rish uchun yaxshi sharoit yaratiladi.
Jamoa rahbaridan yuqori kasbiy va pedagog tayyorgarlik talab etiladi. U qatnashchilar psixologiyasini o'rganishi va har bir ishtirokchiga nisbatan individual yondashuvi, mashg'ulot jarayonida qatnashchilarning talab va itsaklarini qondirilishi uchun harakat qilishi, yaxshi ijodiy natijaga erishishga har bitta qatnashchini safarbar eta olishi, bir so'z bilan aytganda, qatnashchilarning ma'naviy ehtiyojini qondirishlari uchun sharoit yaratishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda undan yuqori badiiy did, yangilikni tez his qilish, hayot bilan hamnafas bo'lish, mohir tashkilotchilik qobiliyati talab qilinadi. Badiiy havaskorlikning bosh vazifasi badiiy ijodiyot yoki san'atning biror tor yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash emas, balki har tomonlama komil insonni tarbiyalash uchun uni axloqiy pok, go'zallik va ezgulikni yaxshi his eta oladigan, o'z axloqi bilan boshqalarga o'rnak bo'la oladigan ma'naviy yetuk insonlarni tarbiyalash ishiga ko'maklashishdir.
MUHOKAMA
Rahbarning boshqaruv san'ati sirlarini bilishi xodimlarni tanlashdan tortib ular bilan bog'liq ziddiyatli vaziyatlarda oqilona yechim topa olishi, o'zi ma'sul jabhada yuksak mehnat samaradorligiga erishish uchun jamoaning buniyodkorlik kuchlarini safarbar eta olish. Samimiyat adolat, muomila, ishbilarmonlik asosiy muammo bilan ikkinchi darjali vazifalarni o'z vaqtida bilish, tashabbuskorlik optemizim rahbar madaniaytini tashkil etuvchi omillar. Rahbarning uzoqni ko'ra bilishi hayot va ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlarda o'zini yo'qotmasdan noan'anaviy kutilmagan yechimlar o'ylab topishi, jamoadagi har bir xodim, ishchikungliga yo'l topa olishi rahabr mahoratining namoyon bo'lishi hisoblanadi.
Bugungi kunning rahbarlari ta'lim jarayonida bo'layotgan o'zgarishlardan xabardor bo'lishlari uchun ularning malakasini oshirib qayta tayyorlab turish lozim hisoblanadi. Ya'ni jamoada haqiqiy rahbar ruhiy ko'tarinki kayfiyat bilan ish olib bormog'i va yashamog'i lozim. Shu tarizda rahbarlikning eng yaxshi tashkilotchilik, tadbirkorlik fazilatlari shakllanib mukammallashtirib boradi. Boshqarish eng avvalo kishilar bilan ishlashdir. rahbar notiqlik mahoratiga ega bo'lishi, tushunarli ifodali va ta'sirchan ishonarl i va davatkor ruhda gapirishga o'rganish kerak. Rahbarning tinglash mahorati bugungi kunda dolzarb vazifaga aylangan. Chunki tinglash qobiliyati gapruvchini ilhomlantiradi ruhlantiradi. Shu tariqa yangi fikrlar g'oyalarning shakllantirishiga imkon tug'iladi. Rahbar qalbi toza shijoatli ishbilarmon rahbarlik faoliyatida salbiy yoki ijobiy hatti-harakatlar o'zida shakllangan solahiyat kuchi bilan javob bera olish qobiliyatiga ega bo'lish kerak. Demak, zamonaviy boshqaruvning mahorati - jamoaning maqsadga intilishini ta'minlashdir. Ushbu fikrni pedagogik psixologiyadagi holat bilan qiyoslasak, quyidagi misol o'rinli bo'lardi. Bola o'z rivojlanishida hamma me'yorlar bo'yicha ulg'ayib borayotgan bo'lsa, ota-ona uning o'sishiga deyarli aralashmaydi va lekin ulg'ayishida biron muammo yuzaga kelsa,darxol kerakli choralar ko'riladi.
Havaskorlik jamoalaridagi pedagogik jarayon ta'lim muassasalari yoki professional jamoalardagi pedagogik jarayondan farq qiladi. Ta'lim muassasasida ham, professional jamoalarda ham jarayon ishtirokchilariga qo'yilgan vazifalarning to'liq bajarilishini talab qilish,
2G22 № 3
lozim bo'lganda esa ma'muriy va intizomiy jazo choralarini qo'llash mumkin bo'ladi. Havaskorlik jamoalari o'z mohiyatiga ko'ra ixtiyoriy uyushma bo'lganligi munosabati bilan qat'iy jazo choralarini qo'llash, hammaning bir xil natija ko'rsatishini talab qilish jamoadagi qo'nimsizlikka olib kelishi mumkin. Havaskorlikdagi jamoalarning muntazamligi va qatnashchilarning qo'nimsizligi ko'p hollarda rahbarga bog'liq bo'lib qoladi. Shuning uchun havaskor jamoa rahbari har bir ishtirokchi psihologiyasini chuqur o'rganib, unga nisbatan qanday darajadagi jazo chorasi yoki rag'batlantirishni qo'llashni to'g'ri hal etishi lozim.
Hayotda ba'zan qattiqqo'l rahbarlar boshqaradigan jamoalarda ham muntazamlik kuzatiladi va aksincha, ko'ngilchan rahbarlarning jamoasida qo'nimsizlik kuzatiladi. Havaskorlikda birinchi navbatda rahbarga ishonish, uning aytganlariga so'zsiz amal qilish va unga ergashish katta samara beradi.
Uslubiyot bilan bog'liq adabiyotlarda rahbarlarni ularning ish uslubiga qarab 3 toifaga ajratishadi:
1. Avtoritar (yakka hokimlik) rahbar.
2. Demokratik rahbar.
3. Yakka hokimlik va demokratik xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan rahbar.
XULOSA
Aksariyat hollarda uchinchi toifadagi rahbarlik rag'batlantiriladi. Ish jarayonida har bir mashg'ulotning tashkil etilishiga qarab mashg'ulotning samarasi va ko'zlangan maqsadga erishish darajasi aniqlanadi. Ko'p hollarda rahbarning shaxsiy namunasi, o'rnagi, ishtirokchilar orasiga singib ketishi, ularni ishontira bilishi va ularning hurmatini qozonishi - rahbar tomonidan qo'llaniladigan qattiqqo'llik, qo'yiladigan yuqori talablarni oqlashi mumkin bo'ladi. Jamoaning tarkibida qo'nimsizlikka qarshi kurashishda rag'batlantirish juda muhimdir. Rahbar har bir jamoa a'zosining dangasalik qilayotganligini sezib, unga dakki berishi, katta qobiliyatga ega bo'lmagan har bir qatnashchining kichkina yutug'ini ham sezib, uni rag'batlantirishi lozim bo'ladi. Havaskor jamoalarning mashg'ulotlari o'zaro ishonch sharoitida o'tgani ma'qul. Har bir ishtirokchi o'zi ishtirok etayotgan ijodiy jarayonga va undagi o'zining o'rni va bajarayotgan ishining ahamiyatiga munosabat bildira olishi, o'z fikrini ochiq-oydin ayta olishi jamoani muhahkamlaydi. Jamoaning yaxlit bir ko'rinishga kelishi qatnashchilarning jamoa mashg'ulotlariga oshiqishiga, bir-birlarini sog'inishi va qadrdonlarga aylanishiga sabab bo'ladi. Jamoa a'zolarining jipslashuviga ijodiy safarlar va birgalikda uyushtirilgan ekskursiyalar, mashg'ulotdan tashqari birga bo'lish imkonini yaratadigan tadbirlar katta hissa qo'shadi. Ko'p hollarda bir hafta, o'n kun davomida ijodiy safarda birga bo'lgan san'atkorlarning safar yakunida uzoq yillik qadrdonlarday xayrlashganligini kuzatganmiz. Chunki, safar kishilarning bir-birini chuqurroq o'rganishlari, sinab ko'rishlari va haqqoniy baholay olishlari uchun imkoniyat yaratadi. Ba'zi tortinchoq kishilar bunday tadbirlardan keyin ochiq ko'ngil, xushchaqchaq bo'lib, qoladilar. O'ziga bino qo'ygan, maqtanchoq kishilarning esa aksincha, fikrini jamlab, o'ylab gapiradigan bo'lib qolishlari ham mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yo'ldosheva S.N. Folklor-etnografik jamoalari uslubiyoti. T:. Navro'z nashriyoti -2014. - 162 b.
2. Sunnatillayev A.S. O'zbek marosim qo'shiqlarining tasnifi va badiiyati. Magistrlik diss. Toshkent: 2018.
sc
3. Mas'ul muh: Yo'ldosheva S.N. O'zbek milliy folklor san'ati va etnomadaniy qadriyatlari. T:. Navro'z nashriyoti - 2014. - 175 b.
4. "Buvijonlar" folklor-etnografik xalq havaskorlik jamoasi repertuaridan.
5. Yo'ldosheva. S. Folklor-etnografik ansambllari. T.: O'qituvchi NMIU. 2007. 266-b.