SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601
TA'LIM MUASSAS ASIDA XODIMLARNI BOSHQARISHNING O'ZIGA XOS
JIHATLARI
Mohira Xayitova
Qo'qon davlat pedagogika instituti magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada ta'lim muassasalarida xodimlarni samarali boshqarish yo'llari -rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish (ma'muriy boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinatsiya, nazorat, tadqiqotlar, kommunikatsiya, baholash, qaror qabul qilish, personal tanlash, muzokaralar olib borish va vakolat berish kabilar haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: ta'lim muassasasi, boshqarish, intellektual va tashkiliy qobiliyatlar, funksiyalar, rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish (ma'muriy boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinatsiya, nazorat, tadqiqotlar, kommunikatsiya, baholash, qaror qabul qilish, personal tanlash.
FEATURES OF EMPLOYEE MANAGEMENT IN EDUCATIONAL
INSTITUTION
Mohira Khaitova
Master's degree from Kokand State Pedagogical Institute
ABSTRACT
The article discusses ways of effective personnel management in educational institutions - planning, organization, appointment (administrative management), motivation, leadership, coordination, control, research, communication, assessment, decision-making, recruiting, negotiation and empowerment, etc.
Keywords: educational institution, management, intellectual and organizational skills, functions, planning, organization, appointment (administrative management), motivation, leadership, coordination, supervision, research, communication, assessment, decision-making, personnel selection.
KIRISH
Mustaqil O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy hayotidagi keng qamrovli masalalarning echimi kadrlar salohiyati, kadrlar tayyorlash tizimining ravnaqi bilan chambarchas bog'liqdir. Istiqlol sharofati bilan davlatimiz zamonaviy rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish, aholi turmush farovonligini oshirish va jahon hamjamiyatidan o'ziga xos o'rin egallashga harakat qilmoqda. SHuning uchun kadrlarning jamiyatdagi roli, o'rni va vazifalarini yangidan mushohada qilish jarayoni boshlandi. Buning asosiy sababi-
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
zamon talablariga mos keladigan etuk kadrlarga ehtiyoj va uni qondirish masalasi hisoblanadi1.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ta'lim sohasidagi tajribalarning ko'rsatishicha, deyarli hamma rahbarlar o'z boshqaruvi malakalarini rivojlantirish, boshqaruvga oid zamonaviy fan va yondoshuvlarni bilishga katta qiziqish bilan qaraydilar. SHu bilan birga, har bir rahbar «...Xodimlarni qanday yo'l bilan samarali boshqarish mumkin?», «Qanday boshqaruv uslubidan foydalangan ma'qul?» kabi savollarga javob olishga intiladilar. Ammo, har bir boshqaruv vaziyati o'ziga xos va betakrordir. Bir vaziyatda samara bergan uslub boshqa vaziyatda mutlaqo noo'rin bo'lishi mumkin.
Rahbar shaxsini mukammallashtirish, undagi intellektual va tashkiliy qobiliyatlarni rivojlantirish hozirgi zamon talablaridan bo'lib, bunday faoliyat esa avvalambor rahbarning o'z-o'zini yanada chuqurroq o'rganishi, uning «ichki zahirasi»da nima bor-u nima yo'qligini «taftish» etishidan boshlanadi. Boshqaruv o'z tasarrufidagi boshqariluvchi bo'lakka muntazam, rejali va maqsadga yunalgan tarzdagi ta'sir kuchiga ega. Bunday o'zaro faoliyat tizimning ishchanlik qobiliyatini ta'minlaydi. Boshqaruv jarayonida tashkilot hayotiga murakkab va dinamik jihat sifatida qaraladi hamda boshqaruv o'zaro bog'liq, funksiyalarni bajarishning uzluksiz jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday funksiyalar sifatida: rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish (ma'muriy boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinatsiya, nazorat, tadqiqotlar, kommunikatsiya, baholash, qaror qabul qilish, personal tanlash, muzokaralar olib borish va vakolat berish kabilarni ko'rsatishimiz mumkin.
MUHOKAMA
Har qanday boshqaruv ushbu jarayonni mukammal tarzda idora etish ehtiyojini sezadi. Shu maqsadda, tuzilma mas'ul boshqaruvchiga ega bo'lishi lozim. Tashkilotni tuzilma sifatida qabul qilarkanmiz, uning rahbari boshqaruvning aynan ikki asosiy funksiyasini ta'minlovchi shaxs sifatida tushuniladi. Tashkilot miqyosida tahlil qilinganda yuqorida qayd etilgan asosiy funksiyalar quyidagicha ifoda etiladi:
Maqsadga yo'naltiruvchi funksiya - tashkilotni ma'lum maqsadga olib boruvchi vazifalarni mujassamlashtiradi.
Tashkiliy funksiya - tashkilot turli bo'limlaridagi mavjud imkoniyatlardan optimal darajada foydalanishdir. Rahbar bajarishi zarur bo'lgan asosiy funksiya va vazifalar tasviriy ravishda quyidagicha ifodalangan. Tashkilot bo^qaruvining asosiy funksiyalaridan yana quyidagi hususiy funksiyalar kelib chiqadi:
Rejalashtirish funksiyasi: Natija qanday bo'lishi haqidagi tasavvur, unga erishish bosqichlari va uslublar. Asosiy tamoyili — boshqaruvchi va boshqariluvchi sub'ektlarni muvofiqlashtirish.
1 Yma ®OHga. 60-6eT.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601
Nazorat etish funksiyasi: Tashkilot faoliyati, uning faoliyatini ta'minlovchi mablag' va resuslar xaqidagi ma'lumotlarni saqlash, boshqarnvning ta'sirchanligi xaqidagi axborotlarga ega bo'lish. Nazoratning asosi - xisob-kitob hamda nazorat jarayonidagi real faoliyatni rejaga solishtirib borishdan iboratdir.
Siyosiy-hukukiy funksiya: Tashkilot xodimlarining jamiyatda qabul qilingan qonun va huquqlar doirasida faoliyat yuritishlarini nazorat etadi va ta'minlaydi.
Ijtimoiy funksiya: Ijtimoiy hodisalar (turli kasb faoliyati va ularga xaq to'lash tafovutlari, ijtimoiy adolatni tadbiq etish, ijtimoiy ximoyaga muxtoj xodimlarning mavjudligi.
Rag'batlantirish funksiyasi: Ijro harakatlari me'yorda o'tishini ta'minlashdan iborat bo'lib, moddiy va ma'naviy rag'batlantirish vositalarini o'z ichiga oladi. Boshqaruv maqsadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chiqaradi.
Kadrlarni joylashtirish sohasida personal boshqarish xizmatiga mavjud vakant o'rinlarga nomzodlarni tanlash, qadrlarni ish joyiga to'g'ri qo'yish, ish joyi va kasbga aloqador masalalarda xodimning shaxsiy va kasbiy hususiyatini chuqur o'rganish vazifasi qo'yiladi.
NATIJA
Xodimlar adaptatsiyasi moslashuvini boshqarishda xodimning o'zgaruvchan sharoitlarga yoki yangi ish joyiga moslashishini va tez orada jamoa hayotiga qo'shilib ketishni nazarda to'tadi. Xodimlarni tashkilot maqsadi sari etaklash, tashkilot maqsadlariga xodimlar faolligi va ishtiroki orqali erishish lozim bo'ladi. Xodimlarni motivatsiyalash, ya'ni ularda tashkilot maqsadi yo'lida mehnat qilish uchun ishtiyoq uyg'otishda motivatsiyaning asosiy mazmun-mohiyati tashkilot maqsadi va xodim manfaatlarini uyg'unlashtirishdan iborat bo'lib, aynan shu mas'uliyatli vazifa, odatda rahbar zimmasiga yuklanadi.
XULOSA
Mehnat jarayonida o'zaro munosabatga kirishuvchi odamlar ma'lum turida, me'yor doirasida harakat qilishadi. Jamiyat uchun ahamiyatli bo'lgan mehnat munosabati, odatda qonun orqali mustahkamlanadi. O'zaro munosabatlarning turli me'yoriy jihatlari ushbu tarmoq, hudud, tashkilot, korxona bo'limi, aloxida xodim darajasida o'z hususiyatini topadi.
Personal boshqaruvi rahbariga shunday me'yoriy hujjatlarni bilish, ularni amalda qo'llay olish, ular asosida mustaqil chizgilar ishlab chiqish, ularni ommaviylashtirish, tashkilot xodimlariga ularning mazmunini tushuntira olish majburiyati yuklanadi.
REFERENCES
1. Axlidinov R.SH., Oldroyd D., Xodjaev A. Uzbekistonda ta'limni boshk,arish: muam-molar, izlanishlar, echimlar. - T.: «TACIS-PROJECT», 1999.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
2. Begimkulov U.SH. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish, boshk,arish nazariyasi va amaliyoti: Pedagogika fanlari doktori ... diss. - T., 2007.
3. Djuraev R.X., Turg'unov S. Ta'lim menejmenti. - T.: «Voris-nashriyot», 2006.
4. Зарипов К. Педагогик тизимни бошкариш конуниятлари ва рах,барлик. // «Uzluksiz ta'lim» журнали, Т., 2004, 4-сон. -16-24-6.
5. Искандаров Э. Педагогик инновациялар шароитида рахбар фаолиятининг урни. // «Таълим менежменти» журнали, Т., 2006, 6-сон. -39-44-6.
6. Sultonova N.A, Ibragimova Sh, D. Xolqoziyeva .TECHNOLOGIES OF URBRINGING CHILDREN IN MODERN FAMILIES//// 2020/3 European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences - 2- 3 p 115-119
7. Салиева Д.А.// ПОВЕДЕНЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЛИЧНОСТИ РЕБЁНКА В СЕМЕЙНОМ ВОСПИТАНИЕ - Science and Education, 2020