Научная статья на тему 'CHOLG‘U IJROCHILIGINI O‘QITISH AMALIYOTIDA PEDAGOGIK YONDASHUV'

CHOLG‘U IJROCHILIGINI O‘QITISH AMALIYOTIDA PEDAGOGIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
56
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ijrochilik / mahorat / tomoyil / pedagogik talab / musiqiy faoliyat / kasbiy faoliyat / kasbiy tayyorgarlik / musiqa savodi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — R.A.Abduazimov

Mazkur maqolada cholg‘u ijrochiligi ta’limi amaliyotidagi pedagogik-yondashuv, cholg‘u ijrochiligni o‘qitishda musiqiy faoliyatlar uzviyligini ta’minlash masalalari, shuningdek, cholg‘u ijrochiligi fanini o‘qitish bo‘yicha mutaxassis tayyorlashning maqsadi, vazifalari va xususiyatlari, talabalarni o‘qitish hamda tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari va usullarini to‘g‘ri belgilash masalalari xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOLG‘U IJROCHILIGINI O‘QITISH AMALIYOTIDA PEDAGOGIK YONDASHUV»

CHOLG'U IJROCHILIGINI O'QITISH AMALIYOTIDA PEDAGOGIK

YONDASHUV

R.A.Abduazimov Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Mazkur maqolada cholg'u ijrochiligi ta'limi amaliyotidagi pedagogik-yondashuv, cholg'u ijrochiligni o'qitishda musiqiy faoliyatlar uzviyligini ta'minlash masalalari, shuningdek, cholg'u ijrochiligi fanini o'qitish bo'yicha mutaxassis tayyorlashning maqsadi, vazifalari va xususiyatlari, talabalarni o'qitish hamda tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari va usullarini to'g'ri belgilash masalalari xususida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: ijrochilik, mahorat, tomoyil, pedagogik talab, musiqiy faoliyat, kasbiy faoliyat, kasbiy tayyorgarlik, musiqa savodi

PEDAGOGICAL APPROACH IN THE PRACTICE OF TEACHING THE PERFORMANCE OF AN INSTRUMENT

R.A.Abduazimov UzNMAI named after Yunus Rajabi

Abstract: This article discusses the pedagogical approach in the practice of music performance education, issues of ensuring the continuity of musical activity when teaching music performance, as well as the purpose, objectives and features of training a specialist in teaching music performance. The issues of correct definition of the content, principles and methods of teaching and educating students are discussed.

Keywords: performance, skill, principle, pedagogical need, musical activity, professional activity, professional training, musical literacy

Cholg'u ijrochiligi musiqa san'ati sohasida eng ommalashgan turlardandir. Har bir xalqning o'z milliy cholg'u sozlari bor. Shu bilan birga, butun jahonning barcha xalqlari orasida ommalashgan cholg'u asboblari ham mavjud. Yurtimiz kundan kunga rivojlanib, dunyo miqyosida o'z o'rnini topib, yuksak darajalarga chiqib bormoqda. Musiqa ta'limining har bir bosqichi jahon andozalarining ilg'or pedagogik ish namunalari asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

Musiqa savodi va nazariyasi, cholg'u ijrochiligi fanlari musiqani nazariy o'zlashtirishga qaratilgan. Ijrochilik bilan bog'liq ixtisoslik darslari o'quvchilarda mutaxassislik ko'nikmalarini shakllantiradi. Boshlang'ich ta'lim tizimi muayyan ixtisoslik, ya'ni professional darajadagi mutaxassis tayyorlashning ilk bosqichidir.

O'quvchilar umumiy bilimga ega bo'lish bilan birga, ixtisoslik tamoyillarining boshlang'ich sabog'ini oladilar. Bolalarning musiqa san'atiga kirib kelishi va o'z ixtisoslik kasbida ta'lim olishi bu bosqichning muhim omillaridan biri. O'quvchi bolalik davridan shaxsiy ijrochilik ko 'nikmalarini hosil qilishi va bunda muntazam tayyorlanib borishi juda muhimdir. Shu bois, musiqiy ta'lim tizimining boshlang'ich bosqichi bolalar musiqa maktablari faoliyati bilan bog'liqdir. Bolalar musiqa va san'at maktablari o'qituvchilari mukammal tarzda ishlangan o'quv dasturlari asosida ta'lim beradilar. Ta'lim tizimining o'rta bo'g'iniga musiqa san'ati sabog'iga ega, u yoki bu cholg'u ijrochiligi bo'yicha muayyan boshlang'ich malakaga erishgan holda keladilar. Ayniqsa cholg'u ijrochiligi bolalarning boshlang'ich davrida juda jiddiy shug'ullanishlarini talab etadi. Chunki ularning keyingi mutaxassislik bosqichlarida katta yutuqlarga erishishlari ana shu boshlang'ich saboq va mashqlarga bog'liqdir. Bolalikda shakllangan ko'nikmalar, ulg'aygandan so'ng ixtisoslik bo'yicha mahoratni oshirishda qo'l keladi. Demak boshlang'ich musiqa ta'limining asosiy vazifalaridan biri - iqtidorli bolalarni kashf etib, o'rta tizimda o'qishni davom ettirish uchun tavsiya etishdan iboratdir.

Musiqa ta'limining navbatdagi o'rta bo'g'ini akademik litseylar va kollejlar hisoblanadi. Maxsus ixtisoslashgan musiqa maktab-internatlarini ham bu tizimga kiritish mumkin. Ta'lim tizimining ushbu bosqichi professional yo'nalish kasb etadi. Bu bosqichda boshlang'ich bolalar musiqa va san' at maktablari (umumta'lim maktablari ham bundan mustasno emas) uchun o'qituvchilar hamda ijrochilar, ansambl ijrochilari va jo 'mavozlar tarbiyalanadilar. Fanlarning dasturiy talablari ham shunga ko'ra taqsimlangan. Akademik litsey va kollejlaming o'quv dasturlarida bir qator maxsus fanlarni o'qitish joriy qilingan (shu bilan birga fakultativ tarzda qo'shimcha ixtisoslikdan saboq olish imkoniyatlari ham ko'zda tutilgan). Cholg'u bo'limida "Ansambl sinfi", "Jo'rnavozlik mahorati", va "Varaqdan o'qish mahorati", "pedagogik amaliyot" kabi maxsus fanlar bo'yicha tasdiqlangan dasturlar asosida o'tiladi.

Musiqa ta'limining uchinchi bosqichi bakalavriat ixtisoslik bosqichidir. Bu bosqich oliy ta'limning birinchi bo'g'ini bo'lib, undan so'ng magistratura bo'g'iniga o'tiladi. Bakalavriat musiqa ta'limida malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Bu bosqichning vazifasi yakkanavoz ijrochilar hamda akademik litsey va kollejlar uchun pedagoglar tayyorlashdan iboratdir. Magistratura bosqichida esa malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Mazkur bosqichning asosiy maqsadi bilimli, zamon talabidagi yuqori professional ijrochi mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi. Musiqiy ta'lim tizimining har bir bosqichi kerakli malaka va darajadagi saboq jarayoni bilan ta'minlangan. Uning hayotga tadbiq etishdagi uzluksizligini ta'minlash, ketma-ketligini oqilona tuzish yaxshi natijalarga olib keladi. Shu bois, davlatimiz tomonidan jahon andozalari doirasida qabul qilingan va hayotga joriy etilgan ta'lim tizimi o'z natijalarini bermoqda.

O'zbekistonda cholg'u ijrochiligi maktablari ta'limning ilk bosqichidan boshlab o'qitiladi. Cholg'u ijrochiligi fanini o'qitish bo'yicha mutaxassis tayyorlashning maqsadi, vazifalari va xususiyatlarini o'rganish talabalarni o'qitish hamda tarbiyalashning mazmuni, tamoyillari va usullarini to'g'ri belgilashning eng muhim shartidir.

Bo'lajak mutaxassisning mukammal qiyofasida, jamiyatning mana shunday mutaxassislarga ehtiyoji yaqqol ko'rinadi, binobarin, mazkur qiyofaning o'zi oliy o'quv yurtidagi ta'lim-tarbiya jarayoni, o'quvchilarning kasbiy tayyorgarligi tarkibini tashkil qilish va rivojlantirish dasturi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Har bir kasb o'ziga xos muhim sifatlariga ega bo'lishni talab qiladi. Mana shunday sifatlarni belgilash - o'quvchi-yoshlar shaxsini shakllantirishning muayyan maqsadlarini belgilash hisoblanadi.

Musiqa o'qituvchisining kasbiy faoliyati bir necha musiqa ixtisosliklarini o'z ichiga oladi, lekin ularning shunchaki yig'indisidan iborat emas. Pedagogik nazariyani, tajribalarni anglamay turib, zamonaviy o'qituvchi tayyorlashdagi mavjud amaliyotni tahlil qilmay va umumlashtirmay turib bu soha o'qituvchisining qiyofasini tasavvur qilib bo'lmaydi. Ana shu qiyofa mutaxassisga qo'yiladigan talablarning muayyan tizimi sifatida namoyon bo'lib, bo'lajak musiqa o'qituvchisi shaxsini shakllantirishning dasturi va yo'llarini takomillashtirish imkonini beradi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa o'qitishning asosiy maqsadi - o'quvchilarni estetik, badiiy va ahloqiy tarbiyalash, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirish orqali shaxsni ma'naviy shakllantirishdan iboratdir. Shuning uchun ham musiqa tarbiyasi yosh avlodni uyg'unlikda kamol toptirishning muhim omili sifatida namoyon bo'ladi. Xususan, musiqa bilan shug'ullanish badiiy anglash faoliyati bo'lib, bir qator omillami o'z ichiga oladi. Jumladan, g'oyaviy e'tiqodni shakllantiradi, ahloqiy jihatdan tarbiyalaydi, shaxsdagi qiziqishlarning psixologik maqsadi va yo'nalishini belgilaydi, ijtimoiy kayfiyatni vujudga keltiradi, tashkil etadi va birlashtiradi, ijtimoiy faollikni tarbiyalaydi. San' atni idrok etish, his qilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantiradi, estetik va musiqiy didni o'stiradi, aqliy kamolotni, ijodiy faollikni, tafakkurni, o'quvchilarda o'ziga xos xususiyatlarni kuchaytiradi, fikr doirasini kengaytiradi, zarur musiqiy bilim, ko'nikma va malakalami hosil qiladi, bo' sh vaqt muamosini hal qilishda yordam beradi.

Aytaylik, o'quvchi notadan o'qish darslariga sust qatnashadi va berilgan vazifalami vaqtida o'zlashtirolmaydi. Bu esa o'quvchining o'zlashtirishiga ta'sir etib, kutilgan natijani bermaydi. O'qituvchi o'quvchining ushbu kamchiligini to'g'rilashga qanchalik harakat qilmasin, baribir ulgurmaydi. Chunki, berilgan vazifa yoki mustaqil tarzda o'qitish lozim bo'lgan mashg'ulot bajarilmagan. Cholg'u ijrochiligi o'qituvchining asosiy vazifasi esa asarning badiiy jihatlari ustida ish olib borishdir. Lekin o'qituvchi o'zlashtirilmagan matnning badiiy sifati ustida ish olib bora olmaydi.

Natijada o'quvchining ixtisoslikni o'zlashtirishi yanada sustlashadi. O'quvchi uyda mustaqil bajarishi kerak bo'lgan vazifa dars vaqtida o'qituvchi bilan o'tiladi. Bu holat esa, yuqorida keltirilgan o'quv jarayonining bir butunligiga ta'sir etadi. Oqibatda kutilgan natija yuz bermay, o'quvchining faoliyati sekin-asta sun'iy yo'nalish kasb etadi va "shunchaki ijrochi" bo'lib qolaveradi. O'z ishini yaxshi biladigan tajribali pedagog o'quvchini tarbiyalashda har bir bosqichga katta e'tibor bilan yondashadi. Ko'rsatilgan vazifalarni tartib bilan bajarilishiga e'tiborini qaratadi.

Cholg'u ijrochiligi o'qituvchisining zimmasiga yuklatiladigan vazifalar:

- o'quvchining uy vazifasini tekshirish;

- uyda o'zlashtirilgan asar ustida sinfda ish olib borish;

- mustaqil o'zlashtirilgan bilimlarni tahlil qilish;

- asarni ijro uslublarini o'rgatish;

- asar yuzasidan nazariy bilimlarini oshirish;

- ijro mahorati ustida ishlash;

- keyingi dars uchun vazifa berish.

Sinfda asar ustida ish olib borish, bu - tinglab ko'rish yoki ijro xususida o'z flkrlarini aytish emas. Muhimi, o'quvchi ustozining oldida kerakli ijroni to'g'ri o'zlashtira olishi va uni ko'rsatishga harakat qilishdir. Buning uchun o'quvchi asarga mutanosib ijro uslublarini tanlashi, asar shaklini to'la idroklashi, dinamik jihatlariga e'tibor berishi lozim. Natijada, quloqqa yoqadigan ovozlarni har bir harakatda sezish mumkin bo'ladi. O'quvchi o'zida bunday ko'nikmalarni hosil qilishi uchun muntazam tarzda notadan o'qishni mashq qilib borishi lozim. Buning uchun o'qituvchi o'quvchining diqqatini jalb etadigan, yakka va ansambl bo'lib ijro etishi mumkin bo'lgan munosib asarlarni tanlashi maqsadga muvoflqdir. Xullas, 0'quvchining ijrochilik amaliyotiga nisbatan ishtiyoqini oshirib, intiluvchanlik hissini kuchaytirish lozim bo'ladi.

Cholg'u ijrochiligi o'qituvchisining darsga tayyorgarligi. Uy vazifasini bajarishda o'quvchi oldida juda katta mas'uliyat turadi. Vazifa berish vaqtida o'quvchi diqqatini eng muhim narsaga jalb etishi joizdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun oldindan darsga tayyorgarlik ko'rish juda foydalidir. Buni yosh o'qituvchilarga tavsiya etish o'rinli bo'ladi. Bunda, eng avvalo, o'qituvchi o'quvchining repertuarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi lozim. o'qituvchi ushbu musiqiy asarlarni maromini bir necha ijrolarni eshitib ko'rib chiqqan holda, ijro uslublarini yaxshilab o'ylab idroklash kerak. Ayrim hollarda o'quvchi uchun o'zlashtirish murakkab bo'lgan qismlarni turli variantlarda chalib berish va dars paytida o'quvchiga ko'rsatib berish ijobiy natija beradi.

Ko'pincha dars shakllari pedagogning uslubiy qarashlari, shaxsiy ko'nikmalari va tabiati bilan xarakterlanadi. O'qituvchi o'quvchi bilan dars o'tish jarayoni qanchalik rang-barang bo'lishiga qaramay, ularning barchasiga tegishli bo'lgan mezonlar bor.

Birinchi navbatda, buni biz o'qitishning ketma-ketlik tamoyillarida ko'rishimiz murnkin. Darsni nimadan boshlasa maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Eng avvalo mashqlardan, kichik-kichik asarlardan, badiiy repertuarlardan boshlash o'rinli bo'ladi degan savol amaliyotda muhimdir. Eng asosiysi, o'quvchini biror tartibga qattiq ko'nikib qolishi yaxshi natijaga olib kelmaydi. Chunki ijro amaliyotida har xil vaziyat bo'lib qolishi mumkin. O'quvchining turli sharoitlarda o'zini yo'qoqotib qo'ymasdan, vaziyatga tezda moslashishi talab etiladi. Shunday vaziyatda birinchi navbatda qanday ishlash muhimligini aniqlab olish kerak. Asarlarning eng mushkul joylariga e'tiborni qaratish va maqsadli yondoshish ijobiy natijalar beradi. Darsning o'rtasida diqqatni varaqdan o'qish va gammalar ijro etishga qaratilsa yaxshi bo'ladi. Bunday chekinishlar o'quvchi diqqatini tozalaydi. Bunday mashqlarni oxiriga surgan o'quvchi, odatda uni muntazam tarzda bajara olmaydi. Har qanday darsni ma'lum tartibda va qiziqarli o'tkazish juda muhimdir.

Vazifani tekshirish. O'quvchining mustaqil bajargan uy vazifasini tekshirishda o'qituvchining qarashlaridan kelib chiqiladi. Bu jarayon ikki holatdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Birinchisi, o'quvchining uy vazifasini to'la bajarganligidan, ikkinchisi buning aksidan. Buni anglab olish o'qituvchi uchun juda muhimdir. Shu bois, o'qituvchi darsning boshlanishida berilgan uy vazifasini to'la eshitib ko'rishi lozim. O'quvchining ijrosini tinglab bo'lgach, o'qituvchi vaziyatni tushunib oladi va shunga mos harakat qiladi. Mazkur jarayon o'quvchining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, o'quvchi bor kuchini sarflaydi va qilingan ishni ko'rsatish uchun harakat qiladi. Ikkinchidan, o'quvchida shaxsiy ijrochilik ko'nikmalari shakllanadi. Shuning uchun ushbu uslub pedagogik amaliyotda o'zining ijobiy tomonlarini namoyon etgan. O'qituvchi asarni tinglab bo'lib, uning ijrosidagi barcha o'ziga xos tomonlarini eslab qolishi lozim. So'ngra uning yutug'i va kamchiliklarini aniq ko'rsatib berishi kerak. O'quvchining qay darajada mehnat qilganini ijrodan so'ng baholab olgan o'qituvchi, ayrim kamchiliklar va nuqsonlarni ko'rsatmay turib, o'quvchining o'zlashtirish darajasini e'tiborga olsa, uning keyingi rivoji uchun dalda bo'lishi mumkin. O'quvchini turli tanbehlar bilan koyish uning ishtiyoqiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Shu bois, o'quvchining kamchiliklarini qattiq koyimasdan, bir me'yorida va vaziyatga qarab ko'rsatish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ayrim o'quvchilar o'qituvchining intilishlari ko'magi va albatta, doimiy tarzdagi tanbehlariga o'rgangan bo'lishi mumkin. Bunday holatlarda o'quvchi qattiq nazoratga olinishi foydali bo'ladi. Vaziyatdan chiqishning esa turli pedagogik usullari mavjud. Bu usullar albatta o'quvchiga ijro etayotgan musiqaning xarakterini to'g'ri anglab olishi va yaxshi natijalarga erishishida ko'makdoshdir. Ko'p hollarda bu narsa berilgan asarni o'qituvchining o'quvchi bilan birgalikdagi ijrosida O'zini ko'rsatadi va kamchiliklarni og' zaki aytib, kuy bo'laklarini ijro etib ko'rsatish ham amaliyotda keng qo'llaniladigan uslub hisoblanadi. Asarni o'qituvchi ijro qilib berishi Repertuardagi

asarni to'laligicha ijro etib berishning muhimligi shundaki, asaring to'la ma'nosini og'zaki yoki boshqacha vosita orqali ifodalab berib bo'lmaydi.

Cholg'u ijrochiligini o'qitish doimo ijobiy yo'llar bilan olib borilishi lozimdir. Asarlarni yrganish jarayonining ilk bosqichida pedagog tomonidan ifodali ijro etib berish o'zgacha ma'no kasb etadi. O'quvchi bir necha oy davomida, bo'lak-bo'laklab, ifodaviy vositalar, badiiy ko'nikrnalar bilan ijro etishni o'rganadi. O'qituvchining ijrosini tinglash esa 0'zlashtirish, asar haqida to'la ma'lumot olishga ko'maklashadi va o'quvchi mashg'ulotlarining maqsadli bo'lishi uchun foydali bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.X.Liviyev. Rubob orkestri tashkil qilish metodikasi. Toshkent. 1978. 4.

2. A.X.Liviyev. O'zbek xalq cholg'u asboblari orkestrlari. Toshkent. 1971.

3. H.Nurmatov. Qashqar rubobi. Toshkent. 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.