"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHISINING AFG'ON RUBOBI VOSITASIDA MUSIQIY CHOLG'U IJROCHILIGI MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ro'zimurodov Ilyos Azamatovich
Xalqaro Nordik universiteti "Musiqa ta'limi" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10159021
Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak musiqa o'qituvchisining afg'on rubobi vositasida musiqiy cholg'u ijrochiligi mahoratini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari va kasbiy ijrochilik kompetentsiyalari hamda uning umumnazariy xususiyatlari tahlili bayon etilgan.
Kalit so'zlar: o'qituvchi, pedagogika, afg'on rubob, musiqa, ijrochilik, cholg'u, mutaxassis, kadr, ta'limyo'nalishi, ta'lim, mahorat.
Аннотация. В данной статье описаны педагогические возможности совершенствования навыков игры на музыкальных инструментах и профессиональных исполнительских компетенций будущего учителя музыки с помощью афганского рубаба, а также проведен анализ его общетеоретических особенностей.
Ключевые слова: педагог, педагогика, афганский рубоб, музыка, исполнение, инструмент, специалист, кадр, сфера обучения, образование, мастерство.
Abstract. This article describes the pedagogical possibilities of improving the skills of playing musical instruments and professional performing competencies of a future music teacher with the help of the Afghan rubab, as well as an analysis of its general theoretical features.
Keywords: teacher, pedagogy, Afghan rubob, music, performance, instrument, specialist, personnel, field of study, education, skill.
Kirish. Bo'lajak musiqa o'qituvuchilarining cholg'u ijrochiligi kompetentsiyasini takomillashtirish darning kasbiy faoliyatini mustaqil ravishda bajarishi mahalliy pedagogikaning doimiy izlanayotgan muammolaridan biridir. Ertangi musiqa o'qituvchisi cholg'u ijrochisi o'z kasbiy faoliyatini qay tarzda amalga oshirishi va u jamiyat tomonidan qo'yilayotgan talablarni, pedagogik ta'limning ilg'or nazariyasi va amaliyotini inobatga ola oladimi - bu bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir [9].
Mazkur muammolarni hal etish, faqat va faqat bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy tayyorgarligiga bog'liq. D.B. Kabalevskiyning fkriga ko'ra, "...agar biz o'quvchilarni har tomonlama, barkamol rivojlantirishni o'z oldimizga vazifa qilib qo'ysak, birinchi navbatda aynan musiqa o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi haqida qayg'urshimiz kerak" degan edi [8].
Bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy tayyorgarligiga oid yuqoridagi olimlar, musiqashunoslarning ilmiy tadqiqotlari tahlili asosida musiqa o'qituvchisining faoliyati musiqiy-pedagogik sifatida belgilanadi. Mazkur tadqiqot nuqtai nazaridan olib borilgan ishlarimiz natijasida bo'lajak musiqa o'qituvchisining musiqiy-pedagogik faoliyatida "o'qituvchi" tushunchasi va "musiqa ijrochisi" tushunchasini o'zida mujassam etadi degan xulosaga keldik.
L.G. Archajnikov [5], O.A. Apraksina [4] va boshqalar musiqa o'qituvchisining musiqiy -pedagogik faoliyatini tarkibiy qismlar belgilangan va faoliyat yondashuvi nazariyasining umumiy qonuniyatlariga bo'ysunuvchi tuzilma sifatida taqdim etishgan. Maxalliy olimlardan Q.B. Panjiyev bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy faoliyat turini asosiy uchta guruhga ajratgan. Ya'ni, bo'lajak musiqa o'qituvchisi umumiy o'rta ta'lim maktabida to'laqonli faoliyat olib borishi uchun "cholg'u ijrochiligini egallaganligi", "xonandalik jarnlarida kuylay olish malakasiga egaligi" hamda "musiqiy-nazariy bilimlarni egallagan" bo'lishi shart deb hisoblaydi. Shuningdek,
"RAQOBATBARDOS H KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
uning fikricha bo'lajak musiqa o'qituvchisi pedagogika sohasi, bakalavriat bosqichi musiqa ta'limi ta'im yo'nalishida musiqa nazariyasi, solfcfedjio, garmoniya, xor va xorshunoslik, dirijyorlik, cholg'u ijrochiligi, fortepiano va qo'shimcha cholg'u, o'zbek xalq musiqa ijodi, an'anaviy xonandalik, vokal va zamonviy musiqa, musiqa o'qitish metodikasi kabi fanlarni ixtisoslik fan sifatida, musiqa tarixi, notalashtirish va kompbyuter dasturlari ishlash, musiqa to'garaklarini tashkil etish, maktab repertuar, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarni umumkasbiy fanlar sifatida tahsil olishi kerak deb hisoblaydi [10].
Demak, bo'lajak musiqa o'qituvchisining musiqiy-pedagogik faoliyati faollik jihatidan ko'p qirrali va aniq bilim, ko'nikma va malakalarni ifodalashda murakkabdir.
Asosiy qism. Musiqa-pedagogik faoliyatning ko'p qirrali va murakkabligi shundan iboratki, bo'lajak musiqa o'qituvchisi hamisha tayyor turishi uchun ham musia nazariyotchisi, ham dirijyor, ham musiqa tarixchisi, ham musiqa xonandasi, vokal ijrochisi, cholg'u ijrochisi vaho kazo bo'lishi kerak. Bu umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari bilan ishlashda, ularni musiqa san'atiga qiziqtirish va musiqa sohasi vakili bo'lishida, barcha diqqat-e'tiborni musiqa darsiga u yoki bu yo'nalishda qaratishga yordam beradi [10].
Musiqiy-pedagogik faoliyatning ko'p qirrali va murakkabligi musiqa darsini o'tkazishda o'ziga xos ahamiyatga ega. Umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lajak musiqa o'qituvchisi shunchaki tushuntirmaydi nazariy bilim beradi, balki musiqaning, kuy-ohangni o'zi bilan o'rgatadi, nafaqat gapiradi, balki o'z so'zini tegishli asarlar ijrosi bilan mustahkamlaydi, ijro ohanglarni o'rgatadi [1].
Tadqiqot ishi jarayonida olib borilgan kuzatishlar amaliyoti shuni ko'rsatdiki, bo'lajak musiqa o'qituvchisi har doim ham ko'p qirrali mutaxassislik bo'yicha bilim, ko'nikma va malakaviy kompetentsiyalar majmuasiga ega bo'lish talab etiladi. Ayniqsa, musiqa pedagogikasi kasbiy faoliyatida o'zini musiqiy-pedagogik faoliyatning bir sohasida ifodalagan bo'lsa, boshqa turdagi musiqiy-pedagogik faoliyatda kam ifodali bo'lib chiqqanini aniqlandi. Masalan, musiqa o'qituvchisi musiqa tarixini yaxshi biladi, lekin musiqa nazariyasidagi bilimlari yetarli darajada emas, dirijyorlikni biladi, lekin cholg'u ijrochiligini yaxshi bilmaydi, xonandadik mahorati yaxshi va yoki aksincha.
Musiqa pedagogikasi olimlari (G.B. Krilov, A.A. Trifonov, T.A. Trunilova, A.I. Tsyganov, G.M. Tsipin va boshqa)ning fikrlariga qaraganda, bo'lajak musiqa o'qituvchisining qo'shiq ijrochiligi yoki dirijyorlik kabi mahorat va qobiliyatlari musiqashunoslik adabiyotlarida yetarlicha yoritilganligini bildiradi. Biroq, bo'lajak musiqa o'qituvchisining musiqiy ijro tayyorgarligi masalalariga bir qator o'rganishlar bajarilganligi va bu keyingi davrlardagi o'zgarishlar uchun yetarlicha deb bo'lmaydi deb izohlaganlar [3].
Musiqiy kasbiy ta'lim doimiy o'zgarishlar sharoitida, milliy qadriyatlar va aholi orasida tarixan tarkib topgan urf-odat, an'ana, qadriyatlar, marosimlarda ta'lim yo'nalishi o'quv fanlarini baholashda bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy tayyorlash maqsadi islohotning asosiy g'oyalaridan biri sifatida kompetetsiyaga asoslangan yondashuvga muvofiq o'zgartirilib, yangi mazmun bilan to'ldirilmoqda. Hozirgi bosqichda kompetetsiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish sharoitida umuman musiqa o'qituvchisining kasbiy kompetetsiyasini rivojlantirish va ayniqsa, uning musiqiy-nazariy va cholg'u-xonandalik ijrochilik kompetetsiyasini takomillashtirish masalasi dolzarb bo'lib turibdi.
Bo'lajak musiqa o'qituvuchilarining ijrochilik kompetentsiyasini takomillashtirish masalasi doirasida maqsadni belgilash "musiqiy-nazariy va ijro (cholg'u-xonandalik) mahorati"
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
tushunchasini nazariy tahlil qilish zarurligini oldindan belgilashga yordam beradi. Bo'lajak musiqa o'qituvuchilarining ijrochilik kompetentsiyasini takomillashtirishda nazarimizda cholg'u ijrochiligi muammosi asosiy masalalardan biri sanaladi. SHu sababdan ham bo'lajak musiqa o'qituvchisining musiqiy cholg'u ijrochilik kompetetsiyasining tuzilishi va mazmunini ochib berish vazifasini qo'ygan holda biz tabiiy ravishda "kompetentlik", "kasbiy kompetetsiya", "musiqa o'qituvchisining kasbiy kompetetsiyasi", "bo'lajak musiqa o'qituvchisining musiqiy -ijrochilik kompetetsiyasi", "bo'lajak musiqa o'qituvchisining cholg'u ijrochiligi kompetetsiyasi" kabi tushunchalarni izoh berish lozim deb hisoblaymiz.
Bir qator xorijiy va mahalliy olimlar tadqiqotlarida "kompetentsiya" tushunchasiga bir qator ta'riflar berilgan. Ochig'ini aytish kerakki O'zbekiston ta'lim tizimida olib borilayotan tadqiqotlarda ham keyingi davrlarda eng ko'p murojaat etilgan atama aynan anashu tushunchadir.
"Kompetentlik" atamasi (lotincha competere - biror narsaga qodir bo'lish) kompetentsiyaga ega bo'lgan holda bilish, bilimdon, malakali, shaxs bilimga ega bo'lgan masalalar majmuasi sifatida talqin qilinadi [2]. Bu tushunchalar pedagogika, psixologiya va sotsiologiya fanlarida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan keng qo'llanilganligi bilan ham ahamiyatga egadir.
Psixologik adabiyotlarda [3], "kompetentsiya" insonni ixtisoslashgan faoliyat sub'ekti sifatida tavsiflovchi, maqsadlarga oqilona va muvaffaqiyatli erishishga olib keladigan baholovchi kategoriya sifatida qaraladi. Shu bilan birga, uning bilim va ko'nikmalarning tuzilishi, qadriyat yo'nalishlari, o'ziga va o'z faoliyatiga munosabati, faoliyat samaradorligi va uni takomillashtirish qobiliyati kabi tarkibiy qismlari baholanadi.
Tadqiqot jarayonidagi o'rgarishlar natijasida mazkur atamaga quyidagicha ta'rif berib o'tdik. "Kompetentsiya" - bu shaxsning "belgilangan mavzuni tushuna bilishi" bilan harakat qilishga doimiy tayyorligi va qobiliyati. Ushbu tushunchani quyidagi asosiy komponentdan iborat deb hisoblaymiz:
- bajarilgan vazifalarning mohiyatini va hal qilinishi kerak bo'lgan muammolarni chuqur anglash;
- ushbu sohada mavjud bo'lgan tajribani yaxshi bilish, uning eng yaxshi yutuqlarini faol o'zlashtirish;
- joy va vaqtning o'ziga xos sharoitlariga mos keladigan harakat vositalari va usullarini tanlash qobiliyati;
- kasbiy faoliyatda erishilgan natijalar uchun javobgarlik hissi;
- xatolardan saboq olish va maqsadga erishish jarayonida tuzatishlar kiritish qobiliyati.
"Kasbiy kompetetsiya" tushunchasi shaxsning istalgan kasbni egallashiga nisbatan
qo'llaniladi. Ma'lum bo'lgan talqin shundan iboratki, ijtimoiy ishlab chiqarishning biron bir sohasida bilimga ega bo'lgan shaxs odatda malakali deb ataladi. Agar ta'lim muassasasi mutaxassislarning malakasi ularning asosiy faoliyati jarayoni bilan bevosita bog'liq bo'lsa, unda talabalarning kompetentsiyasini, birinchi navbatda, kasbiy ta'lim dasturlarini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan bilimlarni taqdim etadigan ta'limning bunday xususiyatini tushunish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, bo'lajak mutaxassislar kompetetsiyasining o'zagi bu - bilimdir. Bu haqiqatni nazariy tadqiqotlar natijalari tahlili O.A. Abdullina, Yu.N. Kulyutkin, M.N. Skatkin, V.A. Slastenin, N.Narzullaev, O.Qo'ysinov, J.Tolipova, M.O'razova tadqiqotlarida chuqur tahlil qilingan. Bundan tashqari, aksariyat pedagogik tadqiqotlarda quyidagilar ta'kidlanadi:
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARIS H INTEGRATSIYAS INI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
bilim - kompetentsiyaning o'ziga xos xususiyati sifatida ikki komponent (nazariy va amaliy) dan iborat. Talabalar mazkur kompetentsiyaning nazariy tomonini har bir mutaxassis o'zining kasbiy tayyorgarligini boshlagan, tanlangan kasbiy faoliyatning asosi bo'lgan bilimlarni o'z ichiga oladi. Amaliy tomoni shundaki keyinchalik ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida amalga oshirilgan nazariy bilimlarni sifatli qo'llashdir. G.N. Serikov "kasbiy kompetentsiya" tushunchasining talqini mutaxassislarning kasbiy faoliyati predmetiga asoslanib, u kompetentlik "bir yoki bir nechta ilmiy fanlar bo'yicha, insonshunoslik (psixologiya, pedagogika, antropologiya, sotsiologiya va boshqalar) gumanitar fanlar (falsafa, fanlarning rivojlanish tarixi va boshqalar)" [5] bilan bog'liq fanlar tsiklidagi bilimlarni, shuningdek, tsiklni tavsiflaydi, degan xulosaga kelgan.
To'g'ri, "kasbiy kompetetsiya" tushunchasini talqin qilishga tadqiqot jarayonida mualliflik yondashuvga oid quyidagi nuqtai nazar keltirib o'tamiz. "Kompetetsiya" bir so'z bilan an'anaviy "bilim, ko'nikma, malaka" kabi tushunchalarning birgalikdagi ma'nosini ifodalaydi va uning tarkibiy qismlari o'rtasida bog'lovchi bo'lib xizmat qiladi. Keng ma'noda fanni chuqur bilish yoki o'zlashtirilgan mahorat sifatida ta'riflanadi.
Bu borada M.A. Choshanovning fkrlarini keltirib o'tishimiz joiz. "Vakolatli mutaxassis -yechimlar majmuasi orasidan eng maqbul, to'g'ri yechimni tanlash qobiliyatini ajratib ko'rsatadi. Shu bilan birga, vakolatli mutaxassis noto'g'ri qarorlarni asosli ravishda rad eta oladigan mutaxassisdir" [10]. Bundan tashqari, muammoni hal qilishning o'ziga xos shartlariga qarab, vakolatli mutaxassis ushbu shartlarga eng mos keladigan bir yoki boshqa usulni qo'llashi mumkin. Usulning o'zgaruvchanligi bilimlarning harakatchanligi va fkrlashning tanqidiyligi bilan bir qatorda kompetentsiyaning yana bir xususiyatidir. Shunday qilib, M.A. Choshanovning fikriga ko'ra, "qobiliyat formulasi", bilimlarning harakatchanligini, uslubning moslashuvchanligini, tanqidiy fikrlashni o'z ichiga olishi mumkin [10].
M.A. Choshanovning fkrlarini chuqur tahlil etgan sari "Kasbiy kompetetsiya" - "muayyan faoliyatni amalga oshirishda katta yoki kichik muvaffaqiyatga erishish imkoniyati bog'liq bo'lgan qobiliyatlarning (xususiyatlar, parametrlarning) o'ziga xos birikmasi" deb tushunishimizga to'g'ri keladi. Kompetentsiya nafaqat yangi faoliyat sharoitida o'z "men" ni qurish bilan bog'liq bo'lishi kerak, balki o'zini o'zi anglashda shaxsni ochib berishga qaratilgan bo'lishi kerak, bu o'zini yangi faoliyat sub'ekti sifatida "topish"da, kashf etishda muhim vositadir. Biroq, taxmin qilish oson, kasbiy kompetentsiyani olingan bilim, ko'nikma va ko'nikmalarni kasbiy faoliyat amaliyoti bilan bog'lamasdan tasavvur qilib bo'lmaydi. "Bunday korrelyatsiya jarayonida, - deb yozadi G.N. Serikov, - olingan bilimlarning sintezi (ta'lim elementi sifatida) ularni kasbiy faoliyatda qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari bilan amalga oshiriladi" [2].
Ilmiy pedagogik tadqiqotlar kasbiy kompetentsiyaning mohiyati tadqiqotning ishonchliligini va stereotipik va nostandart vaziyatlarda professional faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish qobiliyatini aks ettiradi. Ya'ni, kasbiy kompetentsiya kasbiy muammolarni ijodiy hal qilish qobiliyati bilan bog'liq. Bu fikr bizning tadqiqotimiz uchun juda muhim. Shu sabadi ham "kasbiy kompetetsiya" ta'rifining turli talqinlarining mohiyatini umumlashtirgan holda kasbiy kompetentsiya shaxsning kasbiy faoliyatga tayyorlik darajasini, uning amalga oshirilishi tabiati va samaradorligini tavsiflaydi, degan fkrga kelamiz. Tayyorlik kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun bilim, ko'nikma va kasbiy yo'nalishdan tashqarini o'z ichiga oladi. Kasbiy faoliyatni bajarish samaradorligi o'qitish sifatiga bog'liq. Shunday qilib, ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish asosida mutaxassis - bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy tayyorgarligini
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr
takomillashtirishning haqiqiy darajasini tavsiflashda "kasbiy kompetetsiya" atamasi juda mos keladi.
Bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy kompetetsiyasi haqida so'z yuritilinar ekan, olimlar quyidagilarni ta'kidlaydilar: "bu tushuncha o'qituvchining pedagogik faoliyatni amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligi birligini ifodalaydi" [4].
Tadqiqotchilarning fkricha, pedagogik kompetentsiya o'qituvchi shaxsini ng ajralmas sifati bo'lib, "kasbiy-pedagogik faoliyatni o'zlashtirish, ularni ishlatish darajasini kasbiy bilim, ko'nikma, ularga nisbatan munosabati va darajasi asosida belgilaydigan shaxsiy va kasbiy xususiyatlar majmuidir. Bu o'qituvchiga kasbiy faoliyatni eng samarali tarzda amalga oshirish imkonini beradi, shuningdek, kasbiy faoliyatda shaxsning o'zini o'z rivojlantirish va takomillashtirishga yordam beradi" [4].
Kasbiy faoliyat - inson faoliyatining asosiy turi - psixologik-pedagogik tadqiqotlarda "o'z predmetiga muvofiq amalga oshirishning maxsus usullari va maxsus dastlabki tayyorgarlikni talab qiladigan faoliyat" deb ta'rifanadi [2].
Bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy faoliyatida asosiy faoliyat cholg'u musiqchi ijrochiligidan biridir. Demak, aytishimiz mumkinki, yuqorida tadqiqotchi olimlarning tahlili natijasida mahalliy olimlardan Q.Panjieyvning "bo'lajak musiqa o'qituvchisi faoliyat turlari" ancha haqiqatga yaqin deb qarash mumkin. Bunda aytish kerakki, faqatgina cholg'u ijrochisini yoki birgini xonandalik ijrochiligi bilan bo'lajak musiqa o'qituvchisi "musiqa o'qituvchisi" bo'lib qolmaydi. Bo'lajak musiqa o'qituvchisining musiqiy- nazariy bilmlari hamda cholg'u va xonandalik ijrochilik faoliyatini birgalikdagi uyg'unligi musiqa asar matnini o'zlashtirish, kompozitorning asar maqsadi mazmunini yetkazish, musiqa asarida mujassamlangan musiqiy obrazlarni qayta yaratish, ifodali vositalarni tanlashda muhim komponent bo'lib xzmat qiladi [10].
A.L. Gotsdiner shunday yozadi: "Musiqa sanoatining ijodiy tabiati musiqa o'qituvchisi ijodi uchun ayniqsa katta imkoniyatlar ochib beradi, bu esa kompozitorning niyati, g'oyasi, badiiy obrazi va asar mazmunini anglash asosida musiqa asarlarini talqin qilishda namoyon bo'ladi. Interpretatsiya, ya'ni musiqiy asarni talqin qilish jarayoni o'z davriga xos bo'lgan estetik ideallar, ijro variantlari va ijro uslublarini umumlashtirish va kristallashtirish bo'lib, ular har safar muayyan ijrochining individual ongi orqali sinadi" [2].
Musiqiy asarning majoziy mazmunini to'liq ochib berish musiqiy ijrochilikning asosiy markaziy yadrosi muammosidir. Zamonaviy frantsuz musiqashunosi J. Brelening bu boradagi o'rinli ifodasi eslab o'tish kifoya, u cholg'u musiqa ijrochisining musiqiy va ijrochilik faoliyatining mohiyatini quyidagi ibora bilan ifodalagan: "Ijro san'atisiz musiqa mavjud bo'lmaydi" [1].
O'zbek milliy cholg'ularida ifoda etilayotgan jarangdor musiqiy obraz bo'lsjak musiqa o'qituvchisi faoliyatining sintetik mahsuli bo'lib, u ikki ijodkor - bastakor va cholg'u ijrochisining yuksak g'oya va keng tasavvurini o'z ichiga oladi. Bastakor yaratgan musiqa bo'lajak musiqa o'qituvchisining kasbiy va cholg'u ijrochilik faoliyatida mustaqil ravishda amalga oshiriladigan, o'zining keyingi mavjudligini davom ettiradi. Uning ijodiy va kasbiy shuningdek, cholg'u ijrochisining kasbiy-ijodiy qobiliyatlarining sifat darajasi pirovard natijada badiiy mahsulotning estetik qiymatini belgilaydi. Nazarimizda musiqa asari ham mazmuni, ham jozibadorligi, ham ohang qurilmalarini tinglovchinirng tinglovchilik faoliyatiga mos kelishi, mazkur ohanglar shunday qurilishi kerak-ki undagi g'oya o'zida milliy-falsafiy ma'no kasb etishi bilan o'zining ta'sir kuchiga ega bo'lsin.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr
Musiqa bilan tanishish harakatida muallifning niyatining tashuvchisi, S.E. Feynberg fkricha musiqa asarining nota yozuvi bo'lib xizmat qiladi, u bastakor va ijrochi o'rtasida vositachi bo'lib, muallif niyatining oboektiv mazmunini va muallifning badiiy tasvirni rivojlantirish mantiqining umumiy yo'nalishini aks ettiradi [1].
Asarning musiqiy sahifalari ijrochiga muallifning niyati, shakli, tempi, metraji, dinamikasi, ijro ko'rsatmalari, iboralar, artikulyatsiya, ko'pincha asarning dasturiy mazmuni, nomini yetkazadi. Biroq, bu ma'lumotlarning barchasi faqat musiqiy tasvirning rivojlanishining umumiy yo'nalishini ko'rsatadi. G.M.Tsipin, ijrochi musiqiy matnni o'zlashtira olishi uchun uni o'zining hissiy dunyosiga kirishini ma'qullaydi [3].
Tadqiqot jaaryonida olib borilgan o'rganishlar shuni ko'rsatdiki, sharhlash masalalari da tasavvur alohida ahamiyatga ega - bo'lajak musiqa o'qituvchilariniing kelajakdagi faoliyatini tasvirini shakllantirish yoki umumiy g'oya yoki faoliyatning yakuniy mahsulotining aniqroq tasviri shaklida yangisini yaratishning aqliy jarayoni hisoblanadi. Bu har doim o'zining moddiy jihatdan mujassamlangan shaklidan oldinroq, keyingi faoliyat dasturining aqliy qurilishidir. Rekreativ va ijodiy tasavvurni farqlaydigan bo'lsak, ijodiy tasavvur bu yangi g'oyalar va tasvirlarni yaratish. Qayta yaratish - bu musiqa yoki badiiy matn, chizma yoki eskiz asosida tasvirlarni qurish. Tasavvurni qayta yaratish musiqiy ijro talqinini yaratishning psixologik asosidir. Musiqiy tasvirni ijrochi uchun eng ifodali vositalar bilan ochib berish, musiqa o'qituvchisi eshitish tasavvurida musiqa asarini o'qishning o'ziga xos asl nusxasini yaratadi.
Musiqa asarining badiiy va obrazli mazmuniga subektiv baho berish natijasida bo'lajak musiqa o'qituvchisi uni o'z ruhiyati prizmasidan o'tkazib, mantiqdagi musiqiy va eshitish g'oyalariga ko'ra obrazning turli qirralarini o'zgartiradi va urg'u beradi. Asarni o'qishni uning shaxsiy musiqiy tafakkurini aks ettiruvchi va sub'ektiv hissiy munosabat bilan bo'yalgan ichki hissiy sezgisi ma'lumotlarining o'zgarishi bo'lgan intonatsiya topilmalari bilan to'ldiradi. Boshqacha aytganda, cholg'u musiqa ijrochichining ruhiyatida singib ketayotib, musiqiy asar tovushining yangi sifatlarini oladi.
Ayniqsa, milliy cholg'u (qashqar rubobi)larda musiqiy asarni ijro etish g'oyasi badiiy va ifodali ijro harakatlari tizimi tufayli amalga oshiriladi. Ishlash sifati sezilarli darajada inson ongli faoliyatining turli tomonlari bo'lgan bilim, ko'nikma va ijro-mahorati qobiliyatlariga bog'liqdir. Bu borada, "cholg'u ijrochisining asar ijrosini professional xizmati va mahoratiga tushirib bo'lmaydi" deb hisoblash mumkin bo'ladi [7].
Tadqiqot mavzusining asosiy ob'ekti hisoblangan bo'lajak musiqa o'qituvchilarining cholg'u (qashqar rubobi)da ijro mahorati o'zi - shaxsining barcha qirralarining ifodasi bo'lib, musiqiy asarlarni chuqur va haqqoniy talqin qilish qobiliyati shaxsning ichki mazmunini tashkil etuvchi dunyoqarash, umumiy madaniyat, ko'p qirrali bilim va fkrlash tarzi bilan chambarchas bog'liqdir. SHunday qilib, asar ijro muallifi hisoblangan bo'ljak muchiqa o'qituvchilarining musiqa ijrosida sub'ektiv tomonni istisno qilib bo'lmaydi [6].
Mazkur tadqiqot ishi uchun psixologik pozitsiya muhim va bu har qanday faoliyatda ikki muhim jihati ajralib turadi: operatsion-texnik va motivatsion. Musiqa ijrochilik faoliyatiga nisbatan bu lahzalar uning texnologik va badiiy-mazmuniy tomonlari vazifasini bajaradi. Birinchisi, harakatlar, ko'nikmalar, qobiliyatlarni o'z ichiga oladi; ikkinchisi - asarga ijtimoiy shartli va shaxsan ahamiyatli munosabat sifatida badiiy idrok etish qobiliyati kiradi. Tajribali musiqa ijrochisi uchun bu ikkala tomon ham bittaga birlashtirilgan bo'lishi kerak. Biroq, texnologik va badiiy tarkibni farqlash o'quv jarayoni uchun muhimdir.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr
Olib borilgan tadqiqot ishlari jarayonida musiqaning hissiy-irodaviy komponenti tajribasi (majoziy ko'rish) qobiliyati aniq ijro etuvchi vositalarni topishni nazorat qiladi. Ushbu xulosadan biz oliy ta'lim muassasalari pedagogika sohasi bo'lajak musiqa o'qituvchilarining musiqiy ijro mahoratini samarali shakllantirishning pedagogik shartlarini belgilashda foydalandik. Talabalarda afg'on rubobi cholg'usi ijrosining o'ziga xos xususiyati shundaki, bo'lajak musiqa o'qituvchisi hisoblangan - mutaxassisning musiqiy ijro mahoratini shakllantirish turli darajadagi murakkablikdagi o'ziga xos musiqiy asarlarni ijrosini o'rganish orqali amalga oshiriladi. Qaytish va takrorlash falsafiy germenevtikada doira bo'ylab bilishning zaruriy operatsiyasidir [8]. Sof rasmiy nuqtai nazardan qaraganda, germenevtik doira modeli mantiqiy jihatdan qarama-qarshi bo'lib ko'rinadi, chunki undagi bilim butundan qismlarga boradi va keyin yana butunga aylanadi. Biroq, bu "doirani yovuz doiraga aylantirmaslik kerak" (M.Xaydegger), chunki tafakkurning qaytishi unda qismlardan avvalgisiga emas, balki uning qismlarini o'rganish bilan boyitilgan yangisiga sodir bo'ladi. Demak, bilim doirasi kengayib, - bilimning kengroq sohalarini ochib beradi. Bu juda muhim, chunki, fkrlash apparati kelishlarni yaratuvchi va ulardan doimiy ravishda foydalanadigan tizimdir" [3]. Germenevtik doiraga (spiral) ko'ra bilish texnologiyasi fziologlarning tadqiqotlari natijalariga yaxshi mos keladi.
Cholg'u ijrochiligi faoliyatining tuzilishi masalasi mazkur tadqiqot muammosi uchun o'ta dolzarbdir. Muhokama qilingan barcha faoliyat turlari, asosan, bir xil tuzilish va tarkibiy tarkibni o'z ichiga olishini ko'rsatdi[9]. Cholg'u ijrochiligi asarlarida xissiy-irodaviy komponentlar faoliyat atributlari holatida berilgan, ya'ni ularsiz faoliyat mavjud bo'lishi yoki tasavvur qilinishi mumkin emas. Bu atributlar ro'yxati cheklangan bo'lib, atributiv faoliyat nazariyasida quyidagicha ko'rsatilgan: 1) sub'ekt - faoliyatni amalga oshirish niyatida bo'lgan shaxs (talaba shaxsi, guruh, jamiyat); 2) maqsad - sub'ekt nimani olmoqchi bo'lsa, uning ongida yakuniy natijaning to'liq namunasi mavjud; kutilgan natija qanday xususiyatlarga ega bo'lishi haqidagi savolga yechim 3) ehtiyoj va motiv - nima uchun faoliyat o'ylab topilganlig,; u nimani va qanday rag'batlantiriladi; mazakur ijrochilik bilan bog'liq ehtiyojlar to'liq amalga oshirildimi? 4) cholg'u asaridagi usul, uni o'rganish, o'rgatish masalalaridagi usul - qanday maqsad amalga oshiriladi; Maqsadga erishish (natija olish) jarayoni haqida yetarlicha to'liq va aniq g'oyalar mavjudmi? 5) predmet - nimadan, qanday xomashyodan natijani ob'ektiv olish mumkin; maqsad sari harakat shu materialning qaysi holatidan boshlanadi? 6) usul - ob'ektni boshlang'ich holatidan yakuniy holatiga (natijaga) o'zgartirish ("o'tish") qanday usulda ob'ektiv ravishda amalga oshiriladi; qanday holatlar orqali va qanday ketma-ketlikda o'tadi; 7) vosita - faoliyatning o'zgarishini haqiqatda ta'minlaydigan narsa. Bu narsa shubhasiz afg'on rubobi cholg'usi bo'lishi mumkin; 8) mahsulot - faoliyat natijasi - jarayon oxirida haqiqatan ham qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan kuy-ohang, musiqa asaridir.
Musiqiy ijroning asosiy atributlarining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu - shubhasiz talaba. Tadqiqot kontekstida ushbu faoliyatning mavzusi ham aynan - talaba, ya'ni, bo'lajak musiqa o'qituvchisidir. Bo'lajak musiqa o'qituvchisining musiqiy ijrochilik faoliyatini amalga oshirishga undaydigan asosiy ehtiyoj - bu biologik va ijtimoiy darajada namoyon bo'ladigan o'zini o'zi namoyon qilish ehtiyojidir[11].
Musiqiy cholg'u asar ijrochiligi faoliyatining sub'ekti bo'lajak musiqa o'qituvchisining o'zi bo'lib, u ma'lum bir musiqiy asar ijrochiligi bilimlari, hissiy-irodaviy va obrazli tajribalar (individual bilimlar bazasi va ijrochilik mahorati tajribalari), shuningdek, musiqa asarlari repertuarlariga ega bo'lishlik. Har qanday cholg'u ijrochisi o'zi tanlagan cholg'uda shu cholg'u
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLAS HTIRIS H ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
imkoniyatiga mos mavzudagi asarlarni o'rganishi va uni mohir ijrochiligi ko'nikmasiga ega bo'lishligi kerakligidir.
Etakchi cholg'u sifatida afg'on rubobi o'zining musiqiy koloriti hamda ijro jarayonlari bilan musiqa asari ohangdorligi, mavzusi hamda uning materialini tahlil qilish; musiqa asarining mazmuni, badiiy va tovushli obrazini anglash; aniq bajaruvchi vositalarni ishlab chiqish; musiqiy asarini talqin qilish va tinglovchilarga taqdim etishning kompetentsiyaviy mazmunini belgilaydi [7]. Musiqa asari ijrochiligining faoliyat metodlari pedagogik faoliyatning umumiy tamoyillariga, cholg'u musiqasi ijrochiligining umumiy va xususiy tamoyillariga asoslanadi, ular birgalikda bo'lajak musiqa o'qituvuchilarining ijrochilik kompetentsiyasini takomillashtirish hamda ularning musiqiy asar ijro mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Xulosa. Yuqorida keltirib o'tilgan fkrlarning mohiyatini umumlashtirgan holda, bo'lajak musiqa o'qituvchisining musiqiy ijrochilik faoliyati ijrochi (o'qituvchi) va musiqa asarining muallifi o'rtasidagi bilvosita o'zaro ta'siri bo'lib, uni talaba doimiy ravishda takrorlab borishi, asar mazmunini yuqori professional ijro davomida ochishi va tinglovchiga (kontsert dasturi asosida) yetkazishga qaratilgan deb taxmin qilishimiz mumkin. Asarning badiiy obrazi asar ijrochisi - muallifi hisoblangan talabaning mohirona ijrosi hioblangan musiqa asari hisoblanadi.
Afg'on rubobi vositasida bo'lajak musiqa o'qituvuchilarining ijrochilik kompetentsiyasini takomillashtirish musiqiy asar ijrochiligi faoliyati vositalarining ikki turini ajratib ko'rsatish mumkinligini ko'rsatdi. Bular: badiiy - mazmunli va ijro texnikasi.
Bo'lajak musiqa o'qituvchisining individual o'quv mashg'uloti asosida musiqiy asar ijrochiligi faoliyatining natijasi asar maxsuloti (musiqiy asar tasviri)ni yaratish va uni tinglovchiga taqdim etishdir. SHuni ta'kidlab o'tish kerakki, musiqa asari ijrochiligi faoliyati jarayonida nafaqat musiqiy asarning talqini va ijrosi sifat jihatidan o'zgaradi, balki ijrochining individual bilim bazasi, mahorati, shaxsiyati, "men" texnologiyasi obrazida, boshqacha aytganda, bo'lajak musiqa o'qituvchisining musiqiy ijro kompetetsiyasini rivojlantirish, ijro bardavomiyligida takomillashtirib boradi.
REFERENCES
1. Абдуллин Э.Б. Методологический анализ проблем музыкальной педагогики в системе высшего образования. - М.:,1990. - 38 с.
2. Абросимова Г.В. Теория и практика дидактико-методической подготовки будущих учителей к педагогическому творчеству: дисс...д-ра пед. наук /. - Челябинск, 1996. - 403 с.
3. Алексеев Х,.А. Формирование у студентов творческих умений решать педагогические задачи в области воспитания: дисс... канд. пед. наук / - Л.: 1972. - 198 с.
4. Апраксина О.А. Современные требования к школьному учителю музыканту / Музыкальное воспитание в школе, вып. 15: - Сборник статей / Сост., 1982. - 45 с.
5. Арчажникова Л.Г. Профессия - учитель музыки / - М.: Просвещение. 1984. - 110 с.
6. Hamidulla Nurmatov Qashqar rubobi G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2003.
7. G'ulomqodir E. Afg'on rubobi darsligi. O'quv qo'llanma O'MKHTM, Bilim nashriyoti. Toshkent 2004.
8. Mirzayev O'. Cholg'u ijrochiligi va ansambli o'quv qo'llanma "Musiqa nashriyoti" Toshkent 2019.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
9. Panjiyev Q.B. O'zbek xalq qo'shiqlari vositasida bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish. Monografiya. T.: 2022 y. 204 b.
10. Panjiyev Q.B. O'zbek xalq musiqa ijodi. O'quv qo'llanma. T.: 2022. 274 b.