CHOLG'U IJROCHILIGI VA CHOLG'UNING TOVUSH IMKONIYATLARI
Shaxnoza Usmonova Andijon davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada cholg'u ijrochiligi va cholg'uning tovush imkoniyatlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: major, minor, gamma, cholg'u ijrochiligi, tovush imkoniyatlari, musiqiy qobiliyati, kompozitor
INSTRUMENT PERFORMANCE AND SOUND CAPABILITIES OF THE
INSTRUMENT
Shakhnoza Usmanova Andijan State University
Abstract: This article is about the performance of the instrument and the sound capabilities of the instrument.
Keywords: major, minor, gamma, instrumental performance, sound capabilities, musical ability, composer
Yakka mashg'ulotlarda ijrochilik san'atiga mas'uliyat bilan qarash, o'zi tanlagan ixtisoslikni e'zozlash, sevib o'rganish, ustoz sozandalar ijro yo'llari va uslublarini o'rganish. Bittadan ikki oktavalik major va minor gamma, 3-4 ta har xil xarakter uslubidagi asarlar ijro etish. Asarlarni tanlash va o'quv tarbiya jarayonini imkoniyati, musiqiy qobiliyati, musiqiy bilim doirasi, ijrochilik imkoniyatlar darajasini e'tiborga olish.
Aksariyat hollarda Yevropa kompozitorlarining murakkab asarlaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanish hollari uchraydi. Bunday yondoshuv notog'ri bo'lganligi bois ko'p hollarda kutilgan natida bo'lmaydi va asar maromiga yetkazib ijro etilmaydi. Bunday hollarda har bitta milliy cholg'uning imkonyatlarini inobatga olgan holda yondoshuv bo'lishi, ya'ni asarning ayrim joylariga ma'lum o'zgarishlar kiritish (asar mohiyatini buzmagan holda) orqali yaxshi natijaga erishish mumkin. O'zbek va qardosh kompozitorlarining asarlarini ijro etishda ham shunday qilish kerak. Qardosh kompozitorining asari qaysi milliy cholg'uga mo'ljallab yozgan bo'lsa, bunday asarlar shunga turdosh, o'xshash cholg'uga moslashtirilishi taqozo etiladi.
Asarning umumiy xarakteri, tonailigi, badiiy obraz yo'nalishi va umumiy tuzilishini aniqlab olish kelajakda to'laqonli ijro uchun yordam beradi. Bu ma'lumotlar, albatta, o'qituvchi rahbarligida aniqlanadi. Asarni nazariy jihatdan
o'zlashtirilgandan so'ng uning amaliy ijrosiga o'tiladi. Musiqa asarlari boshidan oxirigacha bir xil qiyinchilikda bo'lmasdan, balki uning ba'zi qismlari boshqalariga nisbatan ijro jihatdan murakkabroq bo'lishi mumkin. Bunday paytda shu qiyin joylar alohida ajratilib, ularning ijrosi ustida mashqlar o'tkazish tavsiya etiladi. Lekin bunday ishlash jarayoni uzoq davom etmasligi kerak. Agar shu qiyin qism mustaqil ravishda ijrochi tomonidan bekam-u ko'st ijroga erishilsa ham, ko'p hollarda asarni boshidan oxirigacha ijro etishda xuddi ana shu qismi asarning umumiy yo'nalishi bilan qo'shilmasdan, alohida ajralib qolishi mumkin. Shu sababli qiyin qismlarni takrorlashda shu qismdan bir necha takt oldingi va keyingilarini qo'shib ijro etish tavsiya etiladi. Asar o'zlashtirilayotgan dastlabki paytda ijrochining imkoniyatlariga mos bo'lgan tezlikni tanlash va shu tezlikning bir maromda bo'lishiga erishish kerak bo'ladi. Musiqa asarining ustida to'g'ri ishlay bilish ijro mahoratini oshirish omillaridan biridir. Cholg'u ijrochiligi sinflarining tajribasida ba'zi musiqa asarlarini o'zlashtirish ishi imtihon yoki sinovgacha yetib bormasligi mumkin. Bu asarlar sinf ishi sifatidagina o'zlashtiriladi. Sinf ishidan asosiy maqsad, musiqa asarining umumiy mazmuni bilan tanishish, undagi ishlatiladigan ijro ko'nikmalarini o'zlashtirish va shular asosida asarda bayon qilinmoqchi bo'lgan musiqiy kechmmalarni cholg'u yordamida talqin eta bilishdir. Musiqa pedagogikasida bunday sinf ishlariga alohida e'tibor beriladi va u o'quv jarayonining maxsus shaklini tashkil etadi. Sinf ishi sifatida o'tiladigan musiqa asarlarini o'zlashtirish uchun ajratiladigan vaqtning chegaralanganligi shu asar ustida ishlash jarayonining tezlashtirilishini anglatadi. Bunda o'quv-pedagogik jarayonning o'zi tezlashadi: o'quvchi oldida muayyan materialni qisqa, chegaralangan vaqt ichida o'zlashtirish vazifasi turadi. Buning hammasi o'quvchiga yangidan-yangi materiallar bilan tanishish, bir joyda turib qolmaslik, oldingi o'tilgan materiallarni bir xil ravishda takrorlayvermaslik imkoniyatini beradi. Sinf ishi uchun ajratilgan musiqa asarlari ustida ishlash bilan notaga qarab chalish kabi mashg'ulotning o'xshash joylari ko'p. Bu ikki holda ham o'quvchi xilma-xil musiqa asari bilan qisqa vaqt ichida tanishish imkoniyatiga ega. Ayni paytda, sinf ishi bilan notaga qarab chalish mashg'uloti ma'lum darajada birbiridan farq qiladi. Notaga qarab chalishda o'quvchi material bilan bir marta epizodik tanishish imkoniyatiga ega bo'lsa, sinf ishi jarayonida esa u asar bilan to'laroq va asosli tanishib o'zlashtirishi mumkin. Sinf ishi bilan shug'ullanayotgan o'quvchi musiqa asarini bir necha bor takrorlashi natijasida o'zi uchun shu asarning mohiyati, mazmuni, tuzilishi va boshqa sifatlarini to'laroq ochishi mumkin. Shu asosda asarning ijodiy g'oyasi va undagi bayon etilayotgan badiiy fikrlar o'quvchiga tobora tushunarli bo'lib boradi.
Sinf ishi uchun tanlanadigan repertuar o'zining xarakteri, tuzilishi, mazmuni va boshqa ko'rsatkichlari jihatidan rang-barang bo'lishi zarur. Bundan tashqari, shu repertuardan o'rin olgan asarlar o'zining shakli, undagi bayon etiladigan
histuyg'ulaming boyligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi shuki, sinf ishi uchun tanlangan asarlar o'quvchilarga yoqishi, ularda katta qiziqish uyg'otishi kerak. Agar asosiy repertuar o'quvchi uchun majburiy asarlar bo'lsa, sinf ishidagi asarlarni o'quvchining xohishi bo'yicha tanlash mumkin. Shu boisdan ham bu yerda o'qituvchi o'quvchining istagiga qarshi emas, balki unga nisbatan xayrixoh bo'lishi maqsadga muvofiq.
Sinf ishida foydalanadigan musiqa asarlarining murakkabligi esa ma'lum darajada o'quvchining haqiqiy imkoniyatlariga nisbatan qiyinroq bo'lishi mumkin. Bu asarlar konsertda yoki imtihonda ijro etilmasligini hisobga olsak, o'qituvchi yuqorida aytilgan tamoyilni qo'llashi to'g'ri bo'ladi. Sinf ishi mashg'uloti dastlabki paytda albatta o'qituvchining ishtiroki va nazorati ostida o'tishi kerak. Keyinchalik esa o'quvchining tajriba va ko'nikmalari ortib borgan sari o'qituvchining ishtiroki kamayib boradi va hatto musiqa asarlari bilan tanishish ishi o'quvchining mustaqil mashg'uloti paytida amalga oshiriladigan bo'lishi ham mumkin. Bunda o'qituvchi o'quvchiga umumiy ko'rsatmalar berish bilan chegaralanadi. O'qituvchi uchun muhimi, sinf ishining natijasi hamda musiqa asari bilan tanishish ishi o'quvchi tomonidan to'g'ri tashkil etilishidir. Sinf ishiga olingan asarlarni o'zlashtirish asosiy repertuardagi asarlar ustida ishlashdan farq qiladi. Asosiy repertuardagi asarlarni o'zlashtirish uchun o'quvchi muntazam ravishda ishlab, qiyin joylarini bir necha bor takrorlasa va nihoyat uni yod olsa, sinf ishidagi asarlar ijrosida esa u o'z e'tiborini musiqa asaridagi badiiy obrazlarni yaxlitligicha talqin qilishga, asar shaklini o'z ijrosi bilan umumlashtirishga qaratishi kerak. Bunda, albatta, asardagi barcha ko'rsatma va belgilarga to'la rioya qilishga e'tibor berish kerak. Xuddi mana shunday ijro o'quvchi bilimining rivojlanishiga yordam beradi. Sinf ishida o'quvchining umumiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadigan imkoniyatlar shu darajada ko'pki, bunday mashg'ulot bilan muntazam ravishda shug'ullangandagina shu imkoniyatlar to'la ochilishi mumkin. O'quvchi sinf ishi uchun tanlangan asarlar ijrosiga muntazam ravishda vaqt ajratgan holdagina ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. O'quvchining musiqiy dunyoqarashini, eshita olish tajribasini va boshqa kasbiy jihatlarini kengaytirishda sail' ishlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
O'zbek xalq estetik joziba olami bo'libgina qolmay, balki estetik ta'lim-tarbiya vositasi hamdir. Chunki, inson his-hayajoni zamirida ma'naviy-axloqiy tushunchalar, hissiyotlar, xulosalar ham yotadi. O'zbek xalq dutor cholg'u ijrochiligi vositasida ijro mahoratlarini shakllantirishning shakl, vosita va usullari dutor ijrochiligi mashg'ulotlarida amal qilib kelayotgan tizimning ajralmas qismi bo'lishi kerak. Ta'lim oluvchilarda dutor cholg'usi ijro uslublaridan foydalanish orqali ijrochilik mahoratini shakllantirish jarayonini quyidagicha tashkil etish maqsadga muvofiqdir:
1. Dutor cholg'usi ijro uslublaridan foydalanish orqali ta'lim oluvchilarni ijrochilik mahoratini shakllantirish jarayonida dutor ijrochiligi mashg'ulotlarida nazariy va amaliy bilim hamda tajribalardan foydalanish.
2. O'zbek dutor cholg'usi ijrochiligining tarbiyaviy imkoniyatlarini ochish hamda namunalarni tanlashda ularning axloqiy-estetik tomonlarini e'tiborga olish, dutor cholg'u ijrochiligi uslublari emotsionalligi, musiqiy ohangdorligi va uning ta'lim oluvchilar tomonidan idrok qilinishiga e'tibor qaratish.
3. Dutor ijrochiligi mashg'ulotlarida ta'lim oluvchiga ijobiy tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadigan pedagogik muhitni vujudga keltirish, har bir o'quv materialini tanlashda estetik tarbiya qonuniyatlariga amal qilish.
4. O'qituvchilarining O'zbek xalq musiqasi namunalarini ijro eta olish ko'nikmalarini takomillashtirish.
5. Dutor sinfi mashg'ulotlarida xalq qo'shiqlarini ijro qilish uslubi haqida ta'lim oluvchilarga yetarli nazariy ma'lumotlar berish.
6. Ta'lim oluvchilarni estetik tarbiyalash maqsadida ularning musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish. Estetik did, idrok kabi sifatlarni shakllantirish.
Bugungi kunda dutor ijrochiligi mashg'ulotlariga qo'yiladigan asosiy talablardan biri, ta'lim oluvchilarga ta'lim jarayonida ijro texnikasini o'rgatish, musiqiy asarlarni idrok etishlariga ko'maklashish, musiqiy bilim berish bilan bir qatorda, ularda musiqiy asarlardan zavqlanish, estetik idrok qilish malakalarini tarkib toptirishdan iborat.Ta'lim oluvchilarni estetik tarbiyalash dutor ijrochiligi mashg'ulotlari tarkibida hamda ta'lim oluvchining mustaqil ta'limini tashkil qilish jarayonida amalga oshiriladi.
Shuning uchun ta'lim oluvchilarning o'qish faoliyatini takomillashtirish bilan birga ma'naviy-estetik tarbiya sohasida ham qator ishlarni bajarish talab etilmoqda. Bundan tashqari, mustaqil ta'lim tashkil qilinib, ularga o'rgatiladigan musiqiy bilim mustahkamlanadi. Ta'lim oluvchilarni estetik tarbiyalash vositasi va shakllari qanchalik rang-barang bo'lsa, shuncha yaxshi samara beradi. Dutor ijrochiligi mashg'ulotlarida ta'lim oluvchilar O'zbek xalq maqomlari namunalari bilan bir qatorda xalq qo'shiqlari va kuylarini ham o'rganadilar, ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va farqlarni anglashga harakat qiladilar. Natijada ta'lim oluvchilar e'tiboriga havola qilinayotgan O'zbek xalq maqomlari va xalq qo'shiqlarining o'zigagina xos bo'lgan tomonlarini ajrata oladilar, ularning o'zaro o'xshash va farqlari, umumiy tomonlarini guruhlash, taqqoslash kabilardan foydalanib xulosalar chiqaradilar.
Xalq qo'shiqlari manbai qadim-qadimlarga daxldor bo'lgani uchun ular nota yozuvlari, hatto adabiy yozuvning namunalari mavjud bo'lmagan bir vaqtda yaratilgan va ular ustoz-shogird an'analari asosida bizgacha yetib kelgan. Ta'lim oluvchilarni estetik tarbiyalash bo'yicha dutor ijrochiligi mashg'ulotlarining tashkil etilishiga e'tibor qaratilishi zarur. Bu o'rinda quyidagi holatlarni inobatga olish talab qilinadi:
1. Ta'lim oluvchilarni estetik tarbiyalashda ijro etish yo'llari, ijro usuli imkoniyatlarini aniqlash.
2. Har bir asarning ta'lim oluvchilarni estetik tarbiyalashdagi mohiyatini tushunish, ularni puxta o'zlashtirishga imkon beruvchi o'quv materiallarni oldindan belgilab olish.
3. Dutor cholg'usi uchun yozilgan asarlar namunalarining ta'lim oluvchilarni estetik tarbiyalashdagi ahamiyati, maqsadini aniq belgilash.
4. Dutor mashg'ulotlarida ijrochilik uslublarini o'rgatish jarayonida ta'lim oluvchilarga shu kabi ijro etish uslubi, ovoz tembri jarangdorligini ta'minlashga xizmat qiladigan qat'iy tartibga amal qilishlarini ta'minlash.
Ma'lumki, dutor ijrochiligi mashg'ulotlarida Faxriddin Sodiqov ijro uslublaridan foydalanish orqali ta'lim oluvchilarni estetik tarbiyalashning shakl, vosita va usullari yordamida tashkil etishda o'qituvchilarining chuqur mutaxassislik bilimlari, shuningdek, yuksak kasbiy mahoratga ega bo'lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq o'qituvchilar faoliyatlari va tajribalarini o'rganish natijasida ma'lum bo'ldiki, ularning aksariyati O'zbek xalq maqomlari va qo'shiqlarini nazariy jihatdan yetarli bilmaydilar, ularni ijro uslublarida kemtikliklar namoyon bo'ldi.
Dastlab «Mumtoz musiqa» haqida ta'lim oluvchilarga bilim beriladi. Ta'lim oluvchilarda dastlabki ko'nikmalar shakllantirilgandan so'ng «Shashmaqom», «Farg'ona-Toshkent» musiqa yo'nalishi, «Surxondaryo va Qashqadaryo», «Xorazm vohasi mumtoz musiqasi» haqida tasavvur shakllantiriladi. Ta'lim oluvchilarga har bir hududning musiqiy ohangi, jozibadorligi, ritmi o'zaro farqlanishi, musiqa asboblarining ahamiyati, kiyinish madaniyati bilan farq qilishini o'rgatish zarur. Sinfda o'rganiladigan mumtoz musiqa namunalari ham ta'lim oluvchilarda ma'lum ma'noda musiqa san'atiga bo'lgan qiziqishni shakllantiradi. Masalan, «Ufori Suvora» musiqasi asarini olaylik. Ushbu musiqa o'z xususiyati jihatidan sho'x, o'ynoqi tempda yozilgan. Bunday xarakterdagi musiqani o'rganish orqali ta'lim oluvchilarda musiqaga qiziqish, ta'lim oluvchilarning barkamolka, go'zallikka intilish va milliy qadriyatlarimizni asrashga oid ko'nikmalari shakllanadi.
Shu o'rinda aytib o'tishimiz mumkinki, ta'lim oluvchilar shodiyonalarda kattalar bilan bir qatorda ishtirok etishi, kelajakda ulardan axloqan kamol topib, ma'naviy jihatdan boyib borishiga imkon beradi. Dutor ijrochiligi mashg=ulotlarida ta'lim oluvchilarga milliy istiqlol mafkurasini singdirish, hozirgi farovon turmush qadriga yetish hislarini singdirish estetik tarbiyaning eng muhim, dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qurbonova, M. (2023). DIRIJORLIK SAN'ATI TARIXI. Oriental Art and Culture, 4(1), 289-295.
2. Qurbonova, M. (2022). DIRIJORLIK SHTRIXLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 211-217.
3. Mirzayeva, D., & Qurbonova, M. (2022). SERGEY VASILYEVICH RAXMANINOV IJODIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(4), 97-101.
4. Xudoyberdiyeva, M. S. Q., & Qurbonova, M. (2022). AFG 'ON RUBOB CHOLG 'USINING KELIB CHIQISHI TARIXI. Oriental Art and Culture, 3(4), 636638.
5. Qurbonova, M. (2022). O 'ZBEKISTONDA XIZMAT KO 'RSATGAN ARTIST, FAXRIY PROFESSOR G 'ULOM QO 'CHQOROV IJODIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(4), 269-273.
6. Tursunov, B. (2022). LIVES DEVOTED TO THE ART OF DOIRA. Oriental Art and Culture, 3(4), 340-343.
7. Ismoilova, M. M. M. (2022). QOMUSIY OLIMLARNING XALQ CHOLG 'ULARIGA TA'RIFI. Oriental Art and Culture, 3(4), 299-303.
8. Usarov, G., & Ismoilova, M. (2022). Symphony Orchestra and its Instruments. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 140-142.