Научная статья на тему 'O‘QUV MASHG‘ULOTLARIDA CHOLG‘U ASARLARINI O‘ZLASHTIRISH'

O‘QUV MASHG‘ULOTLARIDA CHOLG‘U ASARLARINI O‘ZLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
91
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
o‘quv mashg‘uloti / cholg‘u / asar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S.Madaminov

Mazkur maqolada cholg‘u asarlari va ularni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan nazariy talablar bilan talabalarni tanishtirish, cholg‘u ijrochiligining o‘ziga xosliklari bilan talabalarni tanishtirish to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUV MASHG‘ULOTLARIDA CHOLG‘U ASARLARINI O‘ZLASHTIRISH»

O'QUV MASHG'ULOTLARIDA CHOLG'U ASARLARINI O'ZLASHTIRISH

S.Madaminov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada cholg'u asarlari va ularni o'zlashtirishga qo'yiladigan nazariy talablar bilan talabalarni tanishtirish, cholg'u ijrochiligining o'ziga xosliklari bilan talabalarni tanishtirish to'g'risida ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: o'quv mashg'uloti, cholg'u, asar

MASTERING INSTRUMENTAL WORKS IN EDUCATIONAL LESSONS

S.Madaminov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides information on introducing students to musical works and the theoretical requirements for mastering them, introducing students to the peculiarities of musical performance.

Keywords: training, musical instrument, work

Yakka mashg'ulotlarda ijrochilik san'atiga mashuliyat bilan qarash, o'zi tanlagan ixtisoslikni e'zozlash, sevib o'rganish, ustoz sozandalar ijro yo'llari va uslublarini o'rganish. Bittadan ikki oktavalik major va minor gamma, 3-4 ta har xil xarakter uslubidagi asarlar ijro etish. Asarlarni tanlash va o'quv tarbiya jarayonini to'g'ri tashkil etish va ijro ko'nikmalarini shakllantirishda har bir talabaning shaxsiy imkoniyati, musiqiy qobiliyati, musiqiy bilim doirasi, ijrochilik imkoniyatlar darajasini e'tiborga olish.

Aksariyat hollarda Yevropa kompozitorlarining murakkab asarlaridan to'g'ridan-to'g'ri foydalanish hollari uchraydi. Bunday yondoshuv noto'g'ri bo'lganligi bois ko'' hollarda kutilgan natida bo'lmaydi va asar maromiga tekazib ijro etilmaydi. Bunday hollarda har bitta milliy cholg'uning imkonyatlarini inobatga olgan holda yondoshuv bo'lishi, ya'ni asarning ayrim joylariga ma'lum o'zgarishlar kiritish (asar mohiyatini buzmagan holda) orqali yaxshi natijaga erishish mumkin. O'zbek va qardosh kompozitorlarining asarlarini ijro etishda ham shunday qilish kerak. Qardosh kompozitorining asari qaysi milliy cholg'uga mo'ljallab yozgan bo'lsa, bunday asarlar shunga turdosh, o'xshash cholg'uga moslashtirilishi taqozo etiladi.

Asarning umumiy xarakteri, tonailigi, badiiy obraz yo'nalishi va umumiy tuzilishini aniqlab olish kelajakda to'laqonli ijro uchun yordam beradi. Bu ma'lumotlar, albatta, o'qituvchi rahbarligida aniqlanadi.

Asami nazariy jihatdan o'zlashtirilgandan so'ng uning amaliy ijrosiga o'tiladi. Musiqa asarlari boshidan oxirigacha bir xil qiyinchilikda bo'lmasdan, balki uning ba'zi qismlari boshqalariga nisbatan ijro jihatdan murakkabroq bo'lishi mumkin. Bunday paytda shu qiyin joylar alohida ajratilib, ularning ijrosi ustida mashqlar o'tkazish tavsiya etiladi. Lekin bunday ishlash jarayoni uzoq davom etmasligi kerak. Agar shu qiyin qism mustaqil ravishda ijrochi tomonidan bekamu ko'st ijroga erishilsa ham, ko'p hollarda asarni boshidan oxirigacha ijro etishda xuddi ana shu qismi asarning umumiy yo'nalishi bilan qo'shilmasdan, alohida ajralib qolishi mumkin. Shu sababli qiyin qismlarni takrorlashda shu qismdan bir necha takt oldingi va keyingilarini qo'shib ijro etish tavsiya etiladi. Asar o'zlashtirilayotgan dastlabki paytda ijrochining imkoniyatlariga mos bo'lgan tezlikni tanlash va shu tezlikning bir maromda bo'lishiga erishish kerak bo'ladi. Musiqa asarining ustida to'g'ri ishlay bilish ijro mahoratini oshirish omillaridan biridir.

Cholg'u ijrochiligi sinflarirang tajribasida ba'zi musiqa asarlarini o'zlashtirish ishi imtihon yoki sinovgacha yetib bormasligi mumkin. Bu asarlar sinf ishi sifatidagina o'zlashtiriladi. Sinf ishidan asosiy maqsad , musiqa asarining umumiy mazmuni bilan tanishish, undagi ishlatiladigan ijro ko'nikmalarini o'zlashtirish va shular asosida asarda bayon qilinmoqchi bo'lgan musiqiy kechmmalarni cholg'u yordamida talqin eta bilishdir. Musiqa pedagogikasida bunday sinf ishlariga alohida e'tibor beriladi va u o'quv jarayonining maxsus shaklini tashkil etadi.

Sinf ishi sifatida o'tiladigan musiqa asarlarini o'zlashtirish uchun ajratiladigan vaqtning chegaralanganligi shu asar ustida ishlash jarayonining tezlashtirilishini anglatadi. Bunda o'quv-pedagogik jarayonning o'zi tezlashadi: o'quvchi oldida muayyan materialni qisqa, chegaralangan vaqt ichida o'zlashtirish vazifasi turadi. Buning hammasi o'quvchiga yangidan-yangi materiallar bilan tanishish, bir joyda turib qolmaslik, oldingi o'tilgan materiallarni bir xil ravishda takrorlayvermaslik imkoniyatini beradi. Sinf ishi uchun ajratilgan musiqa asarlari ustida ishlash bilan notaga qarab chalish kabi mashg'ulotning o'xshash joylari ko'p. Bu ikki holda ham o'quvchi xilma-xil musiqa asari bilan qisqa vaqt ichida tanishish imkoniyatiga ega. Ayni paytda, sinf ishi bilan notaga qarab chalish mashg'uloti ma'lum darajada bir-biridan farq qiladi. Notaga qarab chalishda o'quvchi material bilan bir marta epizodik tanishish imkoniyatiga ega bo'lsa, sinf ishi jarayonida esa u asar bilan to'laroq va asosli tanishib o'zlashtirishi mumkin. Sinf ishi bilan shug'ullanayotgan o'quvchi musiqa asarini bir necha bor takrorlashi natijasida o'zi uchun shu asarning mohiyati, mazmuni, tuzilishi va boshqa sifatlarini to'laroq ochishi mumkin. Shu asosda asarning ijodiy g'oyasi va undagi bayon etilayotgan badiiy fikrlar o'quvchiga tobora tushunarli bo'lib boradi.

Sinf ishi uchun tanlanadigan re'ertuar o'zining xarakteri, tuzilishi, mazmuni va boshqa ko'rsatkichlari jihatidan rang-barang bo'lishi zarur. Bundan tashqari, shu

repertuardan o'rin olgan asarlar o'zining shakli, undagi bayon etiladigan his-tuyg'ularning boyligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhimi shuki, sinf ishi uchun tanlangan asarlar o'quvchilarga yoqishi, ularda katta qiziqish uyg'otishi kerak. Agar asosiy repertuar o'quvchi uchun majburiy asarlar bo'lsa, sinf ishidagi asarlarni o'quvchining xohishi bo'yicha tanlash mumkin. Shu boisdan ham bu yerda o'qituvchi o'quvchining istagiga qarshi emas, balki unga nisbatan xayrixoh bo'lishi maqsadga muvofiq.

Sinf ishida foydalanadigan musiqa asarlarining murakkabligi esa ma'lum darajada o'quvchining haqiqiy imkoniyatlariga nisbatan qiyinroq bo'lishi mumkin. Bu asarlar konsertda yoki imtihonda ijro etilmasligini hisobga olsak, o'qituvchi yuqorida aytilgan tamoyilni qo'llashi to'g'ri bo'ladi.

Sinf ishi mashg'uloti dastlabki 'aytda albatta o'qituvchining ishtiroki va nazorati ostida o'tishi kerak.Keyinchalik esa o'quvchining tajriba va ko'nikmalari ortib borgan sari o'qituvchining ishtiroki kamayib boradi va hatto musiqa asarlari bilan tanishish ishi o'quvchining mustaqil mashg'uloti 'aytida amalga oshiriladigan bo'lishi ham mumkin. Bunda o'qituvchi o'quvchiga umumiy ko'rsatmalar berish bilan chegaralanadi. O'qituvchi uchun muhimi, sinf ishining natijasi hamda musiqa asari bilan tanishish ishi o'quvchi tomonidan to'g'ri tashkil etilishidir.

Sinf ishiga olingan asarlarni o'zlashtirish asosiy re'ertuardagi asarlar ustida ishlashdan farq qiladi. Asosiy re'ertuardagi asarlarni o'zlashtirish uchun o'quvchi muntazam ravishda ishlab, qiyin joylarini bir necha bor takrorlasa va nihoyat uni yod olsa, sinf ishidagi asarlar ijrosida esa u o'z e'tiborini musiqa asaridagi badiiy obrazlarni yaxlitligicha talqin qilishga, asar shaklini o'z ijrosi bilan umumlashtirishga qaratishi kerak. Bunda, albatta, asardagi barcha ko'rsatma va belgilarga to'la rioya qilishga e'tibor berish kerak. Xuddi mana shunday ijro o'quvchi bilimining rivojlanishiga yordam beradi. Sinf ishida o'quvchining umumiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadigan imkoniyatlar shu darajada ko''ki, bunday mashg'ulot bilan muntazam ravishda shug'ullangandagina shu imkoniyatlar to'la ochilishi mumkin. O'quvchi sinf ishi uchun tanlangan asarlar ijrosiga muntazam ravishda vaqt ajratgan holdagina ko'zlangan maqsadga erishish mumkin.

O'quvchining musiqiy dunyoqarashini, eshita olish tajribasini va boshqa kasbiy jihatlarini kengaytirishda sail' ishlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijrochilik u qanday sohada bo'lmasin u xoh teatr yoki kino sohasida, xoh sozandalik yoki xonandalik sohasida bo'lmasin kundan-kun rivojlanib, takomillashib boradigan jarayon ekanligi hammaga ayon. Xususan, cholg'u ijrochiligi sohasida ijrochilikni takomillashtirish aniq maqsadga yo'naltirilgan mashqlar orqali belgilangan tartibda muntazam ravishda amalga oshirishni taqozo etadi. Qashqar rubob cholg'usi ijro va texnik imkoniyatlarining kengligi, o'ziga xos tembr va tovush xususiyatlariga

egaligi bilan jahon miqyosidagi har qanday asarlami ijro etish imkoniyatlari mavjud bo'lgan soz ekanligi haqida oldingi mavzularda to'xtalagan edik. Ijro mahorati deganda faqat ijro texnikasi emas balki asarni to'laqonli ijro etish, uni badiiy xususiyatlarini to'liq ochib berish mahorati tushuniladi. Darhaqiqat shunday ekan ijro mahoratini o'stirish, uni muntazam takomillashtirib borish bugungi kunning talabi. Talabalar uchun bugun ma'lum o'quv adabiyotlari, taalluqli ijro repertuarlari, ishlab chiqilgan mashqlar, etyudlar mavjud. Oliy o'quv yurti talabasi o'z ustida muntazam ishlab boradi. Shunga qaramay, bugun ta'lim tizimida yangi innovatsion va axborot texnologiyalarning keng tatbiq etilayotganligi, ta'lim sifat hamda samaradorligini yanada oshirayotganligi, jahon musiqa ijrochiligining tobora o'zaro ta'sir doirasining kengayib, bir-biriga ijrochilik nuqtai nazaridan yaqinlashayotganligi kabi omillar bugungi kun musiqa oliy o'quv yurtlari talabasi va o'qituvchilari oldiga yangi-yangi talab va vazifalarni qo'ymoqda. Ijro mahoratini o'stirishda mashqlarning o'rni beqiyos. Shug'ullanishdan oldin turli mashqlar bilan birga gammalarni ijro etish yaxshi samara berishi ma'lum. Shuning uchun gamma va mashqlardan maqsadga yo'naltirilgan holda turli ko'rinishlarda foydalanish mumkin.

Masalan:

1) Alohida torlarda turli shtrixlarda;

2) Pozitsiyalarda ikki oktavali gammalarni turli xil applikaturalarni qo'llab, har xil shtrixlarda;

3) Akkordli sekventsiyalarni qo'llash;

4) Bajarilayotgan mashq yoki gammani turli xil dinamiklarda ijro etish;

5) Bajarilayotgan mashqlar chap qo'l barmoqlari uchun bo'lsa barmoqlar uchi

bilan

aniq, chuqurroq bosib turli sur'atlarda ijro etish;

6) O'ng qo'l harakatlarini rivojlantirish maqsadida punktir ritm asosida chalish;

7) Qisqa tremolo, stakatto, triol kabi shtrixlarni alohida torlarda ijro etish;

8) Chap qo'lning har bir barmog'i bilan alohida torlarda «trel»ni mashq qilish;

9) Yuqori intervallarga har xil barmoq bilan turli sur'atlarda sakrab ijro etish kabi mashqlarning turfa xillaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Shu bilan birga ijro mahoratini o'stirish, asarlarni badiiy xususiyatlarini to'liqroq ochib berish uchun talaba bilan dars jarayonida quyidagicha usullardan foydalanish mumkin.

a) Muayyan asarni o'qituvchining o'zi ijro etib berib, talaba bilan birgalikda tahlil qilish, asarning badiiy xususiyatlarini to'liqroq ochib berish, asarning jumlalarini aniqlab olish, ularni talabalarga mos ravishda qiyoslab, obrazli tushuntirib berish;

b) Asarlarning magnit yozuvlarini tahlil qilish, muhokama qilish turli ijrolarni solishtirish, qiyoslash, afzallik va umumiylik tomonlarini birgalikda aniqlash;

d) Talabalarning sahnada konsert ijrochilik faoliyatini shakllantirish, sinf konsertlarida, fakultet, o'quv muassasi doirasidagi konsertlarda chiqish;

e) Ijro va o'quv dasturiga muntazam turli ansambl - duet, trio, kvartet ko'rinishidagi asarlarni kiritib borish;

f) Talabalar bilan birga turli konsertlarga borib tinglash va ular ijrosini tahlil qilish;

g) Faqat qashqar rubob ijrosidagi ijrolar bilan emas, balki fortepiano, skripka, vokal, xalq cholg'ularining boshqa turlari ijrolarini birgalikda tinglash va tahlil qilish.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Samadov R. «An'anaviy doira ijrochiligi» o'quv qo'llanma, Toshkent, 2004-y.

2. Ashrabxodjayev T. «Doira» o'quv qo'llanma, Toshkent, 2003-y.

3. Ikromov I., Lutfullayev A. «Doira» o'quv qo'llanma, Toshkent, 2012-y.

4. Ikromov I. «Xalq cholg'ularida ijrochilik (doira)» darslik, Toshkent, 2022-y.

5. Islomov D. "Xalq cholg'ularini o'rganish" (Doira usullari: doira raqs uchun mo'ljallangan). 2019.

6. Muydinov, F. (2022). Methodological Recommendations in Mastering the Nay Musical Instrument. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 218-220.

7. Yuldashev, A., & Azizov, S. (2021). MI Glinka's Place in Music History. International Journal of Culture and Modernity, 11, 228-234.

8. Topildiev, S. (2022). Makom-Invaluable Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 261-263.

9. Topildiev, S. (2022, November). A Glance at the History of Makom Art. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 170-172).

10. Mamatov, J. (2022). The Secret of the Violins of the Cremonese School. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 3(6), 293-295.

11. MaMaroB, (2021). CAHLAT MYTAXACCHCnAPHHH TAHERTAffl^A ^HPH^EPTHK. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

12. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.