Научная статья на тему 'IJROCHILIKNING BADIIY XUSUSIYATLARI USTIDA ISHLASH'

IJROCHILIKNING BADIIY XUSUSIYATLARI USTIDA ISHLASH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
65
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Ansambl / cholg‘u ijrochiligi / shtrix / ohang / tovush / ijro / ritm / xotira / kuy

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — J.Muydinov

Ushbu maqolada cholg‘u ijrochiligi ansambli a’zolari milliy kuylarni ijro etishda xar xil cholg‘ular uyg‘unligini bir biri bilan munosabati xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJROCHILIKNING BADIIY XUSUSIYATLARI USTIDA ISHLASH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

IJROCHILIKNING BADIIY XUSUSIYATLARI USTIDA ISHLASH

J.Muydinov

FarDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7995059

Annotatsiya. Ushbu maqolada cholg'u ijrochiligi ansambli a'zolari milliy kuylarni ijro etishda xar xil cholg'ular uyg'unligini bir - biri bilan munosabati xususida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Ansambl, cholg'u ijrochiligi, shtrix, ohang, tovush, ijro, ritm, xotira, kuy.

Musiqa san'ati bo'yicha professional ta'lim hamda oliy ta'lim to'g'risidagi hujjatga ega bo'lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg'ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo'sh vaqtida u yerdagi mehnatga haq to'lash shartlarini saqlab qolgan holda o'rindoshlik asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari musiqa fani o'qituvchisi va musiqa yo'nalishidagi to'garak rahbari lavozimiga to'liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi;

Zero, ushbu qarorda 2022/2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchilarga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko'nikmalari o'rgatilishi va bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritilishi belgilab qo'yilgan.

Ma'lumki, har qanday musiqa asari bu badiiy asar. Uni badiiy asar darajasida ijro etish sozandadan puxta bilim va yuksak mahorat talab qiladi. O'qituvchi bo'lg'usi sozandani tarbiyalar ekan unda shu cholg'uga nisbatan mehr uyg'ota olishi kerak. Buning uchun o'qitishning dastlabki davrlaridanoq imkoni boricha shu choltuda yaxshi jaranglaydigan, o'quvchiga yoqadigan asarlarni o'quv rejasi tarkibiga doimiy kiritib borishi lozim. Asarlar ustida ishlaganda o'ng qo'l bilan beriladigan har bir zarb orqali yaxshi tovush hosil qilinishiga e'tibor berish kerak. Chunki, sozanda tovushining kuchi va sifati ijroni badiiy ifodalaydigan asosiy mezonlardan biridir. Sozandaning ijro texnikasi qanchalik yuqori bo'lmasin, agar u asarning badiiy xususiyatlarini ochib bera olmasa tinglovchida yaxshi ta'ssurot qoldira olmaydi. Buning uchun sozanda o'z cholg'usini yaxshi bilishi va ijro uslublarining ifodalilik xususiyatlarini yaxshi egallagan, ularni kerakli darajada qullay bilish, damda tiniq, ohangdor tovushni hosil qila olishi va uni boshqara bilish kabi malakalarni to'liq o'zlashtirgan bo'lishi kerak.

Bunday malakalarni o'zlashtirish birmuncha murakkab bo'lib, muayyan vaqt talab etadi. Tajribada ijro texnikasi yuksak darajada, lekin kuyni his kila olmaydigan sozandalar uchrab turadi. Cholg'u ijrochiligi sinfida o'qituvchi o'quvchi bilan shug'ullanar ekan, har bir mashg'ulotda o'quvchining musiqani his qila olish va uni sezish kabi nozik tuyg'ularini uzluksiz ravishda tarbiyalab borishi kerak.

O'quv davrida ma'lum o'quv rejasidagi kuylarni o'rganish jarayonida o'quvchining musiqiy ongini o'stirish, xotirasini va ritmni his qilish damda eshitish qobiliyatlarini ham tarbiyalab, rivojlantirib borishga alohida e'tibor qaratilmog'i lozim. Buning uchun o'qituvchining o'zi dars jarayoniga ijodiy yondoshib o'quvchilarni sinchiklab kuzatib borishi va maqsadga erishishning xar-xil imkoniyatlarini topishi mumkin. Shulardan ayrimlarini ko'rib chikamiz.

1. O'quvchiga biron-bir asarni o'qituvchining o'zi ijro etib berib, birgalikda tahlil qilish va o'quvchilarga badiiy tomonlarini tushuntirib, aniqroq ochib berish; asardagi musiqiy jumlalarni obrazli qiyoslab, ularni o'quvchining his tuygulari orqali tushuntirib berish.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

2. Magnit tasmalaridagi kuy va qo'shiklarni o'quvchilar bilan tinglab, muhokama kilish yoki bir asarni qashqar rubobdagi 2-3 xil ijrolarini solishtirib, ularning farqlarini, kamchiliklarini va afzalliklarini tushuntirib berish.

3. Iloji boricha dasturdagi asarlar bilan bir qatorda o'zbek xalq kuylaridan biron-bir asarni hamma o'quvchilar bilan notasiz, ogzaki an'anada o'rganish va chalish.

4. O'quv muassasasi doirasida va undan tashqaridagi kontsertlarda qatnashish, damda tinglash. Kontsertdan keyin albatta o'qituvchi kontsert ijrochiligini tahlil qilib berishi va undagi yaxshi tomonlarni o'quvchilarga ko'rsatib berishi uzining yaxshi samarasini beradi, lekin shunga karamasdan tajribali sozanda-o'qituvchilarning ta'kidlashlaricha o'quvchiga tushuntirilayotgan musiqani o'qituvchining o'zi qanday tushuntirgan bo'lsa shunday ijro etib ko'rsatib berishi o'quvchining materialni tez o'zlashtirishida eng asosiy omillardan biridir.

5. Faqatgina qashqar rubob asarlarini tahlil qilmasdan, boshqa cholg'ulardagi ijrolarni kontsertda yoki magnit yozuvlaridan eshitish va ularni tahlil qilish, xuddi shu ijrodagi asarni qashqar rubob ijrosida eshitish va ulardagi badiiy ifodalilik imkoniyatlarini, vositalarini va shtrixlarni solishtirib ko'rish va tahlil qilish, kabilardir.

Biz shtrixlar bobida har bir shtrix muayyan asarda xar- xil xarakterga ega deb, aytib o'tgan edik. Yevropa klassiklari asarlarini qashqar rubobda ijro etganda avvalo o'quvchi asar va asarning muallifi, yaratilgan davri, janri va yo'nalishini tushunib yetgandagina asarning badiiy xarakterini yechib bera oladi. Masalan, Yevropa klassiklari asarlarini ijro etganda tovush mayin, tinik, ohangdor sifatlarga ega bo'lishi kerak. Bunda zarb mizrobning o'rtasi bilan berilib, chap qo'l barmoqlari bilan pardalarni aniq va qattik bosish kerak bo'ladi. O'ng qo'l harakati amplitudasi qiska va yengil bo'lsa, o'zbek xalq kuylari va shashmaqom namunalarida esa shu zarb harrakka nisbatan yaqinroq joyda urilib, jarangdor, tiniq tovushga erishiladi.

Prelyudiya G.Gendel'

^ ||: ^ J TT , WV^^J -r^^

ntf

r r 9 m ú J • -r

«L

72-misol

Xuddi shunga o'xshash triolli shtrix ham o'zbek raqs kuylarida butunlay boshqa xarakterga ega bo'lib tovushlarni pastga tepaga urish tartibi ham turlicha bo'ladi. Rus kompozitorlari va Yevropa klassiklarining asarlari yoki ozarbayjon kompozitorlari asarlarida esa bu shtrixning xarakteri qat'iy triol ko'rinishiga ega bo'ladi.

Bundan tashqari pauzalar ham kuyning melodik tuzilmasida asosiy o'rin tutadigan va stakkato usulida chalinadigan jumlalarda, ayniqsa ritmning juda aniqligi talab etiladi.

Bu ham badiiy ifodalilikning bir ko'rinishi bo'lib, shu bilan kuyning xarakteri ochiladi. Aniq ritmni tarbiyalash har bir o'quvchida xar-xil kechadi. Shuning uchun sanash, metronom yordamida o'rganish, fortepiano jo'rligida ijro etish, ansambl ijrochiligining turli ko'rinishlaridan (duet, trio, kvartet) foydalanish va doira jurligida maxsus kuylar o'rganish o'zining yaxshi samarasini beradi.

N. Savinov, S.Kalonov

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

O'rtacha

Rez shtrixi ayniqsa juda rang-barang. Birgina o'zbek musiqasining o'zida rezning bir necha turini ko'rishimiz mumkin. Buxoro, Samarkand yo'nalishi kuylaridagi rezda uzluksizlik, jo'shqinlik va tremolo bilan xar-xil ritmik ko'rinishlar chalinishini ko'rsak, Farg'ona-Toshkent yo'llaridagi kuylarda bir muncha tekis, tiniq, jarangdor rezlarni ko'rishimiz mumkin. Kompozitorlar ijodidagi asarlarning badiiy xarakteridan kelib chiqib, mayinlik bilan ijro etilgan rez g'amgin, ma'yus, o'ychanlik kabi ta'surotlarni qoldirsa, boshqa bir asarda xuddi shu mayin tremolo bilan tinglovchiga orom baxsh etadigan, ruhan xotirjamlikka olib keladigan ta'surot

Elegiya M.Burxonov

qoldiradi.

REFERENCES

1. Султонали Маннопов "Навобахш охднглар". Тошкент "Ijod-Press" нашриёти 2018.

2. Соибжон Бегматов "Бастакорлар ижоди". Тошкент "Niso poligraf' 2017

3. Karimov, A. (2022). GENERAL FUNDAMENTALS OF UZBEK CLASSICAL MUSIC. Science and Innovation, 1(6), 317-322.

4. Karimov, A. (2022). O'ZBEK MUMTOZ MUSIQASINING UMUMNAZARIY ASOSLARI. Science and innovation, 1(C6), 317-322.

5. Исаков, У. Т. (2022). УЗБЕК МУСЩА МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНИШ ЖАРАЁНЛАРИНИНГ НАЗАРИЙ-МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ, МАНБАЛАРИ ХДМДА УНИ УРГАНИШНИНГ А^АМИЯТИ. Science and innovation, 1(1), 625-636.

6. Isakov, U. T. (2022). SOCIAL PHILOSOPHICAL GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF UZBEK MUSIC CULTURE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 589-594.

7. Nurmuhammadovich, O. R., Sharobidinovich, J. M., & Isroilovich, M. I. Usmanova Shoxista Shavkat qizi.(2022). UZBEK MUSIC HISTORICAL THE ROLE OF FOLKLORE CREATION IN.

8. Нурмухдмеджанов, А. (2022). ЁШЛАР ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА БУШ ВА^ТДАН ФОЙДАЛАНИШ. Oriental renaissance: Innovative, educational,

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

natural and social sciences, 2(10-2), 442-446.

9. Djalalova, N. (2022). FUNDAMENTALS OF MUSICAL AND PEDAGOGICAL SKILLS. Science and Innovation, 1(8), 478-481.

10. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

11. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing, Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

12. ffloKupoB, T. H. (2022). BOPHCHH^HKMH^^HH MAAAHH3THHHT TASHHH. Science and innovation, /(Special Issue 2), 581-583.

13. ffloKupoB, T. H. (2022). BOPHCHH^HK BA MH^^HH MAAAHHST. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 457-464.

14. Nurmamatovich, S. T. (2023). MY^AAAAC HŒOM AHHHMH3AA MYCH^ATA MYHOCAEAT. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11(5), 1176-1184.

15. Normuhammatovich, S. A. (2022). O'QUVCHILARDA MILLIY MUSIQA ESHITISH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI. Science and innovation, 1(B2), 259-263.

16. Sultonov, A. (2022). MUSIQIY IDROKKA TA'SIR ETUVCHI TRANSFORMATSION TENDENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 314-323.

17. Ataboyeva, S., & Ergashev, A. (2023). THE PLACE OF NATIONAL INSTRUMENTS IN THE ART OF MUSICIANS. Science and innovation, 2(C1), 38-41.

18. AôflucaTTopoB, A. A. Y (2022). BACTAKOP^HK H^OAHAA MYCH^A OO^KKHOPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 602-605.

19. Muydinov, J. S. (2022). XALQ QO 'SHIQLARI-USTOZLAR SAYQALIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 606-610.

20. Nurmuhammadovich, O. R., Sharobidinovich, J. M., & Isroilovich, M. I. Usmanova Shoxista Shavkat qizi.(2022). UZBEK MUSIC HISTORICAL THE ROLE OF FOLKLORE CREATION IN.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.