Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
UCHINCHI RENESSANS - VATANIMIZNING MILLIY G'OYASI
SIFATIDA
Po'latov Ro'zimurod Farhod o'g'li,
Chirchiq davlat pedagogika universiteti [email protected]
ANNOTATSIYA
Prezident Shavkat Mirziyoyev taraqqiyotning hozirgi bosqichida O'zbekiston milliy g'oyasining yangi va aniqlashtirilgan mazmunini ifodaladi. Uchinchi Renessans g'oyasini, avvalo, jamiyatimiz chuqur anglab olmog'i kerak. Har jabhada, sohada qiladigan ishlarimiz, rejayu istiqbol dasturlarimiz, ta 'lim-tarbiya va kadrlar siyosati, investitsion siyosat — barchasi unga sharoit va muhit yaratishga qaratilmog'i lozim.
Kalit so'zlar. Renessans, milliy g'oya, tarraqqiyot, ma'naviyat, strategiya, ta 'lim-tarbiya, mafkura.
ТРЕТЬИЙ РЕНЕССАНС - НАЦИОНАЛЬНАЯ ИДЕЯ НАШЕЙ СТРАНЫ
АННОТАЦИЯ
Шавкат Мирзиёев выразил новое и уточненное содержание национальной идеи Узбекистана на современном этапе развития. Прежде всего, наше общество должно глубоко понять идею Третьего Возрождения. Наша работа во всех сферах, наши планы и будущие программы, образовательная и кадровая политика, инвестиционная политика - все должно быть направлено на создание для этого условий и среды.
Ключевые слова. Возрождение, национальная идея, развитие, духовность, стратегия, образование, идеология.
THE THIRD RENAISSANCE IS THE NATIONAL IDEA OF OUR
COUNTRY
ABSTRACT
Shavkat Mirziyoyev expressed the new and clarified content of the national idea of Uzbekistan at the current stage of development. First of all, our society should deeply understand the idea of the Third Renaissance. Our work in every field, our plans and future programs, education and personnel policy, investment policy -everything should be aimed at creating conditions and environment for it.
Key words. Renaissance, national idea, development, spirituality, strategy, education, ideology.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
KIRISH
Renessans so'zining lug'aviy ma'nosi fransuzcha — qayta tug'ilish degan ma'noni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, san'atda, ta'lim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turg'unlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi. Ilk bor atama Yevropada o'rta asrlar mutaassibligidan keyin XV-XVI asrlardagi rivojlanish davriga nisbatan qo'llanilgan. Renessans atalmish mazkur ijtimoiy hodisa o'zbek tiliga Uyg'onish davri deb o'girilgan. Avstriyalik atoqli sharqshunos Adam Mesning 1909-yilda — Musulmon Renessansi nomli fundamental asari chop etilgan. Shundan buyon Renessans faqat Yevropaga oid hodisa emasligi, uni Sharq xalqlari yevropaliklarga nisbatan avvalroq boshdan kechirgani to'g'risidagi qarashlar va tadqiqotlar paydo bo'la boshladi. Rossiyalik buyuk sharqshunos akademik N. N. Konrad Renessans VII — VIII asrlarda Xitoyda boshlanib, VIII asrda Hindistonda davom etgani, undan IX-XII asrlarda islom mamlakatlari estafetani qabul qilgani, mo'g'ul istilosi tufayli ancha pasayib qolgan yuksalish Amir Temur va temuriylar davrida yana qayta gurkurab o'sganini ta'kidlaydi. U O'rta Sharq Uyg'onish davrini Alisher Navoiy zamonasigacha cho'zadi. Javoharlal Neru Boburni ham Renessansning tipik vakili, deb baholagan edi. XV asrdan Renessans Yevropaga siljidi. Bu paytga kelib Yevropa 300 — 350 yil davomida islom olimlari, jumladan, bizning buyuk ajdodlarimiz asarlarini, ayniqsa, Xorazmiy, Farg'oniy va Ibn Sino asarlarini lotinchaga o'girib, chuqur o'zlashtirib olgan edi. Yevropa Uyg'onishiga juda kuchli ta'sir ko'rsatganlardan biri Ibn Rushddir. Yevropa falsafasi va ilmiy tafakkurida XVI asr o'rtalarigacha averroizm (Ibn Rushd ta'limotiga asoslangan oqim) mavqeini saqlab turdi. Afsuski, XVI asrning 30- 40 yillarida bizda an'anaviy jamiyat uzil-kesil qaror topdi. Ilmiy, badiiy izlanishlarga ijtimoiy ehtiyoj pasayib ketdi. O'tmish yutuqlari oldida qulluq qilish, ularni ideallashtirish va faqat takrorlashga urinish, yangiliklarga salbiy munosabat shakllandi. Asta-sekin chuqur turg'unlik va inqiroz boshlandi. Ular noxush ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, diniy-mafkuraviy, regional nizolar va ayirmachilik kabi sabablar bilan qo'shilib qoloq bo'lib qolishimizga, XIX asr ikkinchi yarmida milliy mustaqilligimizni yo'qotishga olib keldi. O'tmishdan birinchi bo'lib teran tarixiy xulosa chiqargan — jadid bobolarimiz bo'lishgan edi. Ular taklif qilgan islohotlar millatni qayta uyg'otish, taraqqiyot tomon burishni ko'zladi. Ammo mustabid hokimiyat jadidlar harakatini avj olmasdan bo'g'ib qo'ydi. Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shug'ullanishga to'g'ri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o'tganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qo'ydi. Haqiqatan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX -XII asrlar, ikkinchisi XIVasr oxirgi choragi XVI asr birinchi choragi. Birinchi Renessansda yurtimizdan Farg'oniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg'ariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar - Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar - Moturidiy va Abul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shururi olamni yoritdi. Ikkinchi Renessansda - Ulug'bek, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk me'morlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar. Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilg'or, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi bo'lsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmog'imiz zarur. Milliy g'oya aslida muayyan xalqning oliy istiqbol maqsadini bir necha so'zlarda yoki iborada mujassam ifodalovchi tushunchalar yoki shior, iboradir. U xalqni o'sha maqsad yo'lida birlashtiradi, safarbar etadi. Zarur bo'lsa, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarini, mamlakatning huquqiy, siyosiy, mafkuraviy asoslarini, ta'lim-tarbiya tizimini chuqur isloh qiladi. Milliy g'oyaning asosiy vazifalaridan biri, avvalo, xalqning jipsligini, birligini, mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlash va mustahkamlashdir. Ikkinchidan, millatning oliy maqsadini, rivojlanish marralarini, mo'ljallarini umumiy tarzda aniqlaydi. Milliy g'oya turli iboralarda ifodalanishi mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Istiqlolga erishganimizdan keyin dastlabki yillarda - O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat shiori olg'a surildi. U amalda milliy g'oya vazifasini o'tadi va xalqni birlashtirishda, safarbar etishda katta rol o'ynadi. Mazkur jozibali shiorda urg'u jamiyatga emas, davlatga berilgandi. Keyinchalik milliy g'oya shaklan takomillashtirilganda — Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot iborasi olg'a surildi. Unda urg'u siyosiy tashkilotga (davlatga) emas, balki har bir kishi uchun, siyosiy, mafkuraviy qarashlaridan qat'i nazar, birdek aziz Vatanga hamda shaxs va jamiyat hech qachon befarq bo'lmaydigan erkinlikka va farovonlikka qo'yildi. Milliy g'oyaning bunday tushunchaviy ifodasi ancha mukammallik kasb etdi. Ammo uning mazmunini, uni amalga oshirish vazifalarini ochib berishga yetarlicha mas'uliyat bilan yondashilmadi. Ayniqsa, u islohotlarning yo'nalishlari, sohalari, turli bosqichlari, amaldagi va ehtimoldagi muammolari bilan bog'lanmadi. Natijada u mafkuraviy chaqiriq, quruq shior darajasida qolib ketdi. Aniq muammolar va vazifalardan yiroqligi uchun odamlarga ta'siri asta-sekin susaya boshladi.
Katta qiziqish va xayrixohlik bilan kutib olingan —Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot bugun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy hayotimizga real ta'sir
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
ko'rsatayapdimi, degan savolga aniq javob berish ancha mushkul. Milliy g'oyani jonlantirish uchun uni Uchinchi Renessans g'oyasi bilan boyitish zarur. Faqat Uchinchi Renessansni amalga oshirib, biz ozod va obod Vatanda erkin va farovon hayotni barpo eta olamiz. Yoki, yana qulayrog'i, Uchinchi Renessansga erishishni milliy g'oyaning yangi ifodasi, deb e'lon qilish maqsadga muvofiq. Milliy g'oya joriy vazifalarni emas, balki strategik oliy maqsadni ifodalaydi. Shu ma'noda Uchinchi Renessans g'oyasi istiqbolga intilishga juda mos keladi. Mazkur g'oyaning safarbarlik kuchi, umuman, mafkuraviy salohiyati juda yuqori. Ayni chog'da o'tmish tariximizning shonli sahifalari, buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik va ijodkorlik salohiyati bilan bog'lanadi. Bizga mazkur tushuncha kimlarning vorislari ekanimizni eslatib turadi. Yangi Renessans yo'lida xalqimiz turli mayda, vaqtinchalik masalalarga, guruhbozlik, mahalliychilik, ayirmachilik, mafkuraviy mutaassiblikning har xil ko'rinishlariga chalg'imasligi kerak. Tarix saboqlarini unutishga haqqimiz
y°'q.
Xulosa qilib aytganda, Uchinchi Renessans g'oyasi milliy ruhiyatimizga, xalqimiz armon-orzusiga yaqin. Shuning uchun ham biz o'z ishimizga mas'uliyat bilan qarasak, o'z ijodiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan vatanimizning kuch-qudratiga, gullab-yashnashiga imkon darajasida o'z hissamizni qo'shishimiz zarurdir. Bu har bir inson uchun ham farz ham qarz hisobladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF- 4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.
2. Mirziyoyev Sh.M. —Milliy taraqqiyot yo'limizni qattiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T.: 2017
3. Mirziyoyev Sh.M. Mustaqillik-ezgu niyatlarimiz, buyuk maqsadlarimiz ro'yobi yo'lida qudrat manbai. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Yangi O'zbekiston, 2020-yil, 1-sentyabr.
4. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: «O'zbekiston», 2005, 34-bet.
5. Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqièt kafolatlari. - T.: «O'zbekiston», 1997, 173-bet.
6. G.Gaffarova, F.Qosimov. Ta'limdagi transformatsiyalar Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyatida. Scientific progress, 3 (7) 117-122, 2022.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
7. Po'Latov, Ro'Zimurod Farhod O'G'Li. "GLOBAL IJTIMOIY-TARIXIY O'ZGARISHLARNI O'RGANISHNING METODOLOGIK JIHATLARI" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 6, 2023, pp. 1126-1132.
8. Po'latov, Ro'zimurod. "YOSHLAR SHAXSIY IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRSHNING SAMARALI STRATEGIYALARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 2.20 (2023): 57-61.
9. Пулатов, Рузимурод Фарходович. "ПОДДЕРЖИВАЮЩИЕ ФАКТОРЫ И КРИТЕРИИ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У МОЛОДЕЖИ." Gospodarka i Innowacje. 36 (2023): 504-507.
10. Farhod o'g'li, Ro'zimurod. "TARIX VA TARBIYA DARSLARINING INNOVATSION USULDAGI O'QITILISH TIZIMI." O'ZBEKISTONDA FANLARAROINNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 2.16 (2023): 630-634.
11. Po'Latov, Ro'Zimurod Farhod O. "YOSHLARDA KREATIV FIKRLASHNING YORDAMCHI OMILLARI VA MEZONLARI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3.5 (2023): 1273-
12. Farhod o'g'li, Ro'zimurod. "TA'LIM MUASSASSALARIDA HUQUQIY TA'LIM ZARURIYATI." Educational Research in Universal Sciences 2.2 (2023): 323-327.
13. Po'latov, R. F. (2023). Yosh avlodda ma'naviy axloqiy sifatlarni rivojlantirish. Academic Research in Educational Sciences, 4(1), 316-320.
1277.