Научная статья на тему 'YANGI О‘ZBEKISTONDA ILM-FAN SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLOHOTLAR'

YANGI О‘ZBEKISTONDA ILM-FAN SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

617
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta'lim-tarbiya / uchinchi Renessans / "Baytul hikma" / "Ma'mun akademiyasi" / "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiya"si.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sevinch Rajabova, Shahrizoda Xaydarqulova

Ushbu maqolada uyg'onish davrini bevosita ta'lim sohasisiz tassavvur qilish mushkul bo'lgan davrda yoshlarning ta'lim tarbiyasini eng birlamchi masalalaridan biri qilib ilgari surgan holda, amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlarning yaqin yillarda o'zining kutilgan natijalarining ilmiy xulosalari keltirib o'tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI О‘ZBEKISTONDA ILM-FAN SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLOHOTLAR»

YANGI O'ZBEKISTONDA ILM-FAN SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLOHOTLAR

Sevinch Rajabova Shahrizoda Xaydarqulova

Toshkent davlat transport universiteti talabalari Ilmiy rahbar: M.N Hasanov

Ushbu maqolada uyg'onish davrini bevosita ta'lim sohasisiz tassavvur qilish mushkul bo'lgan davrda yoshlarning ta'lim tarbiyasini eng birlamchi masalalaridan biri qilib ilgari surgan holda, amalga oshirilayotgan keng ko'lamdagi islohotlarning yaqin yillarda o'zining kutilgan natijalarining ilmiy xulosalari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim-tarbiya, uchinchi Renessans, "Baytul hikma", "Ma'mun akademiyasi", "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiya"si.

Globallashuv davrida Yurtimizda yangilanish jarayonlari va islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda mamlakatizning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotida tub o'zgarishlarga erishish, va uning kelajagini ta'minlash uchun, avvalo, yosh avlodlarning dunyoqarashini shakllantirishda milliy qadryatlarimizga tayangan holda yangi O'zbekistonda yangicha dunyoqarashni shaklantirishga ehtiyoj sezilmoqda. Shu boisdan, yoshlarimizda vatanga muhabbat ruhini uyg'otishda, avvalambor, ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Bu esa Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash hamda 0'zbekistonni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biridir. Hozirgi paytda mamlakatimizning ishlab chiqarish sohalariga muttasil ravishda yuqori samaradorlikka asoslanib kelmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlangan davlatlar safidan o'rin olishga harakat qilayotgan 0'zbekiston uchun bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonlarida asosiy diqqat-e'tibor yoshlarning ijtimoiy-siyosiy dunyo qarashlarini, fikrlashlarini Vatan manfaatlariga yo'naltirish dolzarb vazifalardan biridir.Bugun Yurtimizda yangilanish jarayonlari va islohotlarga dahldorligini chuqur his qiladigan, mamlakatimizning eng rivojlangan davlatlar qatoriga kirishidagi o'z o'rni va ishtirokini teran anglaydigan, bu yo'lda faol fuqarolik pozitsiyasiga, kreativ va innovatsion tafakkurga va g'oyaga ega bo'lgan zamonaviy yoshlarni tarbiyalashda ta'limni rivovlantirishning konseptual asoslari va amaliy faoliyat mezonlari ishlab

ANNOTATSIYA

KIRISH

chiqilmoqda.

October, 2022

Kelajak poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida, avvalo shaxsni ko'rishi lozim. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, komil insonlar etib voyaga yetkazish ishi ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lib qoladi. Bu esa ta'lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi. Talimni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda butun mamlakat miqyosida ta'lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o'rgatish tizimlarini tubdan yangicha isloh qilishga nihoyatda katta e'tibor qaratilayotganligining boisi ham shunda. Ko'plab mamlakatlar barqaror rivojlanishining yangi darajaga ko'tarilishi va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta'minlaydigan asos, bu ta'lim, fan hamda innovatsiyadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so'z ketganda "yangi O'zbekiston" iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo'yganimiz, erishayotgan zalvarli yutuqlarimizning e'tirofidir. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tantanali tabrik nutqida taraqqiyotimizning maqsadi Uchinchi Renessans bo'lishi lozimligini ta'kidladi. Xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi zamonda O'zbkistonda yangi bir uyg'onish - Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo'ladi.

Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik:

1. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda Mo'g'ullar istilosigacha bo'lgan davr, u al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlar, astranom al-Farg'oniy, Buxoro tarixchisi Narshaxiy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlar, astronom al-Farg'oniy, Yusuf Xos Hojib kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar - Buxoriy, Termiziy, Mutakallimlar - Moturidiy va Abul Muin Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritishi bilan bog'liq.

2. Ikkinchi Renessansi XIV asr oxirgi choragi - XVI asr birinchi choragi Sohibqiron Amir Temur va temuriylar sulolasi 1,5 mln.kv. kilometr territoriyada hukmronlik qilgan (XIV-XVI asrlar) davriga to'g'ri keladi. Mirzo Ulug'bek, G'iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Abdurahmon Jomiy, Lutfiy, Nizomiddin Mir Alisher Navoiy, Husayin Voiz Koshifiy,

Kamoliddin Begzod kabi buyuk me'morlar, bastakorlar,

October, 2022

musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarlar yaratdilar.

"Baytul hikma"da 40 dan ortiq tarjimonlar qadimgi yunon tilidan, 14 nafar tarjimon sanskrit tilidan, 4 nafar tarjimon Xitoy tilidan ilmiy, tibbiy va falsafiy asarlarni arabchaga o'girgan. "Baytul hikma", Xorazm Ma'mun Akademiyasi, umuman, islom olami olimlari faoliyati o'sha davrdagi xalqaro ilmiy integratsiyaning eng yorqin namunalaridan biridir. Birinchi va ikkinchi renessanslarning ma'naviy asoslarini va sabablarini hamda keyingi inqirozini chuqur o'rganmasdan, biz Uchinchi Renessansni muvaffaqiyatli amalga oshira olmaymiz. Bugun ham bizga goyaviy va ilmiy tolerantlik, ilmga, haqiqatga tashnalik, milliy mahdudlikni, g'oyaviy mutassiblikni tamomila inkor etish xos bo'lmog'i lozim.

Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilg'or, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi bo'lsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirishimiz zarurdir.

Uchinchi Renessans bizdan xalqaro hamjamiyatga ilm-fan, texnologiyalar, axborot, madaniyat va iqtisodiyot sohalarida yanada chuqurroq integratsiya zarurligini taqozo etadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talablariga to'liq javob beradigan kishi turli davrlarda har xil atalgan. Yusuf Xos Hojib uni "tugal er", Forobiy "fozil kishi", tasavvuf namoyandalari "komil inson" deb ataganlar. "Har tomonlama rivojlangan shaxs", "uyg'un rivojlangan shaxs" atamalari ham qo'llanilgan.

Abdulla Avloniy tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir deb takidlagani hozirgi kunda biz ayni chog'da hayot-mamot masalasi - farzandlarimizning ta'lim-tarbiyasini eng birlamchi masalalaridan biri qilib ilgari surilayotkani ham so'zimizni isboti desak bo'ladi. Bugungi kunda olib borilayotga siyosat ham yaqin yillarda o'zining kutilgan natijasini beradi. Bizning tabarruk zaminimizdan butun dunyo Uyg'onishga turtki bergan Ibn Sino, Muso al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi olim va ijodkorlar yana ko'plab yetishib chiqishiga ishonamiz.

Nihoyatda jozibali mazkur strategik g'oya o'zining ulug'vorligi, milliy yuksalish barcha sohalarda qanday umumiy maqsadni ko'zlamog'i zarurligini ko'rsatadi. Amalda davlat rahbari taraqqiyotning hozirgi bosqichida O'zbekiston milliy g'oyasining yangi va aniqlashtirilgan mazmunini ifoda

etadi.

October, 2022

Darhaqiqat, keyingi yillarda yosh avlod tarbiyasida hal qiluvchi o'rin tutadigan bog'chalar va maktablar tizimida maqtanishga arzigulik ulkan ishlar qilindi. Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari qurish hamda Zamonaviy maktab dasturini joriy etish borasidagi say-harakatlar ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Binobarin, O'zbekiston respublikasi prezidentining "2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni ushbu islohotlarni amalga oshirishda katta axamiyatga ega. "O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, - degan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, - bunga faqat islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun yangi avlod o'quv yurtigacha, ta'limning barcha bo'g'inida islohot qilishni boshladik. Ilm yo'q joyda, qaloqlik, jaholat va albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi. Sharq donishmandlari aytganidek, "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir. Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi milliy kadriyatlarimizga sodik bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi lozim.

2019-2021 yillarda mutlaqo yangi mazmun va shakldagi 14 ta Prezident maktabi, 9 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta'limni rivojlantirish uchun 2022-yil xolatiga ko'ra oliy o'quv yurtlari soni 162 taga yetgan, jumladan, 30 ta nufuzli xorijiy universitetning filiallari xamda 25ta nodavlat oliy o'quv yurtlari . Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Oliy ta'lim muassasalariga 2021-2022- o'quv yilida jami 808,4 nafar talaba o'qishga qabul qilindi.

Amalga oshirayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri - "Economist" jurnali O'zbekistonni 2019 yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat - "Yil mamlakati" deb e'tirof etdi. Buyuk Britaniyaning Times Higher Education agentligi tomonidan e'lon qilingan "World University Rankings - 2023" reyting natijalariga ko'ra, bu yil respublikaning yana 18 ta oliy ta'lim muassasasi «reporter» maqomida qayd etildi. Bu bilan Top-1000 talik reytingdan joy olish uchun da'vogarlar o'tgan yilgi 10 tadan 28 taga yetdi. Taraqqiyot strategiyasi loyihasiga ko'ra, kelgusi 5 yilda maktabgacha ta'limdagi qamrov darajasini 62 foizdan 80 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. 2026-yilga kelib esa 6 yoshli bolalarni 100 foiz maktabgacha tayyorlov tizimi bilan qamrab olish kutilmoqda. Buning uchun esa 7 mingdan ortiq nodavlat muassasalarni qurish, 160 mingdan ko'proq kadrlar

malakasini oshirish maqsad qilingan.

October, 2022

Oliy ta'limda yoshlar uchun barcha qulayliklar joriy etilmoqda. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkaziladi. So'nggi 4 yilda mamlakatimizda 43 ta yangi oliy ta'lim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 121 taga yetdi. 2022-2023 yili oliy o'quv yurtlariga kirish uchun 1,2 millionga yaqin yoshlarimiz hujjat topshirdi (2020 yilda salkam 1,5 million). Davlat granti bo'yicha o'qiyotganlar 120 ming nafarni (jamiga nisbatan 14,8 foiz) tashkil etadi. Ushbu ko'rsatkichlar 2020/2021-o'quv yiliga nisbatan taqqoslanganda davlat granti bo'yicha o'qiyotganlar soni 23 ming nafarga (23,5 foizga) ortgani kuzatiladi. Ma'lumot uchun, 2022/2023-o'quv yili uchun ham 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi..

Yurtimizda Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar masalalari bo'yicha idoralararo kengash tashkil etildi. Oliy Majlis palatalari Yoshlar parlamentlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tuzildi. Hududlarda "Loyihalar fabrikasi" ish boshladi. "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi doirasida iqtidorli va tashabbuskor o'g'il-qizlarimizning 8 mingdan ziyod biznes loyihalariga qariyb 1,7 trillion so'm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.Hukumat qarori bilan, xotin-qizlarga tijorat banklari tomonidan foizsiz ta'lim krediti ajratish tartibi joriy qilingandi.Bunda, talaba va bank o'rtasida 14%li ta'lim krediti ajratish to'g'risida shartnoma imzolanadi hamda kredit bo'yicha foiz stavkalari to'liq davlat byudjetidan qoplanadi Ma'lumki, har qanday mustaqil davlat mustahkam ma'naviy poydevorga ega bo'lgandagina yuksak taraqqiyotga erisha oladi. Shu boisdan ham biz "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi" doirasida umumta'lim maktablarida birinchi marta "Tarbiya" fanini joriy etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi karor qiladi:

Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.

Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: -birinchi bosqich — oilalarda (ikki davr asosida: birinchi davr — homila davri, ikkinchi davr — bola tug'ilganidan 3 yoshgacha bo'lgan davr);

-ikkinchi bosqich — maktabgacha ta'lim 3 — 6 (7)

yoshgacha bo'lgan davr;

October, 2022

-uchinchi bosqich — umumiy o'rta ta'lim tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — 7 (6) — 10 yosh boshlang'ich sinf, ikkinchi davr — 11 — 17 yosh o'rta va yuqori sinflar);

-to'rtinchi bosqich — ishlab chiqarishda faoliyat ko'rsatayotgan va band bo'lmagan yoshlar, shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari tizimida (ikki davr asosida: birinchi davr — o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim bilan qamrab olinmagan, shuningdek, ishlab chiqarishda faoliyat ko'rsatayotgan va band bo'lmagan yoshlar — 17 — 30 yosh, ikkinchi davr — o'rta maxsus kasb-hunar, oliy ta'lim muassasalarining o'quvchi-talabalari 15 — 22 (24) yosh).

Tarbiya va ta'limni bir-biridan alohida ajratib bo'lmaydi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi.

Konsepsiyaning joriy qilinishi uzluksiz ma'naviy tarbiya jarayonining tizimli tashkil etilishiga, tarbiya sohasining ilg'or innovatsion texnologiyalar asosida takomillashuviga, yoshlarning Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'ri kenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi tayanch kompetensiyalar bilan mustaqil hayotga kirib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar

Buning uchun ularning hayoti va faoliyatiga oid badiiy asarlar, kinofilmlar, teatr asarlari, hujjatli filmlar yaratish zarur. Ularning portretlari maktab, kollej, litsey, oliy ta'lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, madaniyat saroylari, kutubxonalar, kino va konsert zallari foyelarida, xatto metro bekatlarida bo'lsa, yosh avlodga o'rnak olish, taqlid qilish, intilish uchun imkoniyatlar yaratgan bo'lar edik. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o'z paytida ijod ahliga kino, televideniye va teatrlarimizda zamonamiz qahramonlari obrazlarini yaratish to'g'risida nihoyatda zarur ko'rsatmalar bergan edi. Lekin, afsuski, bu vazifa ko'ngildagidek bajarilmadi. Chunki farzandlarimiz o'zimizning milliy qahramonlarimizni bilmasa, u holda, chetdan "qahramon" izlab topadi. U topgan "qahramon" banklardagi seyflarni ochib, pul o'maradigan o'g'rimi, odam o'ldirishdan tap tortmaydigan ashaddiy kallakesarmi, insonlarning mabdag'larini turli zamonaviy usullar bilan o'zlashtiradigan firibgarmi, bunisi endi bizga noma'lum. Aytishadiku, agar biz o'z farzandlarimizni o'zimiz tarbiyalamasak, ularni "tarbiyalovchilar" bir zumda topiladi.

October, 2022

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ta'lim-tarbiya — kelajak, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Zero, mamlakatimiz aholisining 64% yoshlar tashkil etar ekan, ularni Yurtimizdagi yangilanish jarayonlari va islohotlar davrida yoshlarni millat, ona Vatanga muhabbat va ularning taqdiriga befarq bo'lmagan hamda oz ajdodlariga munosib zamonaviy yoshlar etib ulg'aytirish maqsadida ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilmoqda, chekka hududlarda ham zamon talablariga mos maktablarning barpo etilishi, shuningdek, iste'dodli o'quvchilarni rag'batlantirish borasidagi keng ko'lamli ishlar samarasi bugun erishilayotgan natijalar, yutuqlarda o'z ifodasini topmoqda. Darhaqiqat, yangilanayotgan O'zbekistonda kelajagi negizi bu yuksak marralarni ko'zlab katta yo'lga chiqqan, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etayotgan biz yoshlarmiz. Shunday ekan, hozirgi kundagi Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar va islohotlardan foydalangan holda barchamiz yagona maqsad yo'lida vijdonan ishga kirishsak, albatta, zafar biz tomonda bo'ladi.

REFERENCES

1. Mnp3HëeB M. ^Hrn Y36eKHCTOH CTpareraflCH. -T.: 2021. 294-295 6.

2. Ëm OTa-OHa khto6h. Y3nyKCH3 MatHaBHH Tap6na TpHnOraacH. 1-khcm: 3 ëmrana 6ynraH 6onanapHH MatHaBHH Tap6nanam 6yHHna Ky^naHMa. -T.:Muharrir nashriyoti, 2018. 7-6eT.

3. ^aBpoHOB 3. EapKaMonnHKKa gatBar MaKTy6nap. - T.:, "H^THCog-Monna", 2011. -116-6eT.

4. Saifnazarov, I., Muhtarov, A., Sultonov, T., Tolibov, A. (2020) Religious tolerance, unity of knowledge and faith issues highlighting in Imam Bukhari Hadiths. International Journal of Advanced Science and Technology 29 (5), pp. 1846-1853.

5. Kadamovich, Y. J., Muzaffarovna, I. G., Maxmudovich, Y. B., Boxtiyarovna, S. S., & Xabibullayevich, S. S. (2020). Social justice as a condition of socio-spiritual stability in society. Journal of Critical Reviews, 7(5), 816-818.

6. PaMaTOB, ^.C., EapaTOB, P.Y., CymaHOB, C.X,., MypaTOBa, ^.A., XacaHOB, M.H., & 3pHHë30B, Y.K. (2022). Ëm^AP 3AMOHABHH MA^AHHH ^HËOACH BA YMYMHHCOHHH KAAPK^T^AP TYmYH^ACHHHHr MA3MYH-MOXH^TH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

7. PaMaTOB, ^.C., EapaTOB, P.Y, CyrnaHOB, C.X,., KymaKOB, Oaroynna A6gynnaeBHH., BanneB, .H.A., & XacaHOB, M.H. (2022). Xp3HPrH ^ABP^A H^THMOHH A^O-HAT

October, 2022

671

ХАКИДАГИ ИЛМИИ-ФАЛСАФИИ КАРАШЛАРНИНГ УЗИГА ХОС ТАЛЛИНН. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 647-656.

8. Исмоил Саифназаров, & Сирожбек Хабибуллаевич Султанов (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТНИ МУСТАХКАМЛАШДА ИЖТИМОИИ ТАДБИРКОРЛИКНИ УСТУВОР ЖИХАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 71-76.

9. Султанов, С. Х. (2013). МЕРЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ ПРОТИВ КОРРУПЦИИ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ. SCIENCE AND WORLD, 67.

10. 6. Умарова Р. Ш., Абдукаримова Г. Б., Тухтабоев Э. А. Вклад Абу Райхана Беруни в развитие философии Ближнего, Среднего Востока и мировой науки //Проблемы науки. - 2019. - №. 12 (48). - С. 65-66.

11. 7. Абдурахмонова, З. Ю. (2021). ЗАМОНАВИЙ УКИТИШНИНГ МУАММО ВА ЕЧИМЛАРИДА САМАРАЛИ ЁНДОШУВ. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 1189-1193.

12. Aripov, N., Kamaletdinov, S., Tokhirov, N., & Abduraxmanova, Z. (2022). Simulation Modeling of Train Traffic Based on GIS Technologies. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 16, 73-82.

13. Ж. С. Раматов, Л. А. Валиев, & М. Н. Хасанов (2022). АУРОБИНДО ЩОШ ТАЛКИНИДА ИНСОН БОРЛИГИНИНГ АНТРОПОЛОГИК ЖИХДТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 688-695.

14. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х,., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

15. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х,., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич., Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ХОЗИРГИ ДАВРДА ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ХАКИДАГИ ИЛМИЙ-ФАЛСАФИЙ КАРАШЛАРНИНГ УЗИГА ХОС ТАЛКИНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 647-656.

16. Ж. С. Раматов, & М. Хасанов (2022). ШАХС ДИНИЙ ДУНЁКАРАШИНИНГ ШАКЛЛАНИШИДА ИЛМНИНГ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 3 (7), 35-39.

17. Ш.Г.Турабоев, З.Т.Тоиров, Ж.З.Абдуллаев, Ш.М.Гуломов, & М.Н.Хасанов. (2022). ФОРОБИЙНИНГ ФАЛСАФИЙ АСАРЛАРИДА ИНСОННИНГ КЕЛИБ

October, 2022

672

^H^HmH . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS,,4(3),141-146.

18. EoöomeB, 3. H., ^acaHOB, M. H., & HypynnaeB, 3. A. (2022). AEY HACP OOPOEHHHHHr nE^ArOrHKA OAHHHHHr ACOCTHCH CHOATH^A.

19. J. S. Ramatov, Mirshod Numonovich Hasanov, L. A. Valiyev Sharq uyg'onish, mutafakkirlar davri, siyosiy-huquqiy ta'limotlar (Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniyyng Siyosiyhukukiy Qarashida) // Ta'lim fanlaridagi akademik tadqiqotlar. 2022 yil. 6-son. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/shar-uy-onish-davri-mutafakilarinin-siyosiy-uu-iy-talimotlari-abu-nasr-forobiy-abu-ray-on-beruniying-siyosiy-uu- iy-arashlari (kirish sanasi: 27.10.2022).

October, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.