Научная статья на тему 'KREATIV SHAXS TAVSIFI. YOSHLARDA IJTIMOIY KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI.'

KREATIV SHAXS TAVSIFI. YOSHLARDA IJTIMOIY KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
69
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kreativ shaxs / ijtimoiy kreativlik / jamiyat / ijodkorlik / ta’lim-tarbiya / xulq-atvor / yoshlar. / Creative person / social creativity / society / creativity / education / behavior / youth.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Po‘latov, Ro‘zimurod Farhod O‘g‘li

Texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan, ayniqsa, olimlar tomonidan sun’iy intellektning yaratilishi va hayotimizga jadal sur’atlar bilan kirib kelayotgan yoxud kelgusida kundalik hayotimizda sun’iy intellektning asosiy o‘rin tutush ehtimoli yuksak bo‘lgan bir sharoitda kreativlik har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF CREATIVE PERSONALITY. FACTORS OF FORMING SOCIAL CREATIVITY IN YOUNG PEOPLE.

Creativity is more important than ever in a situation where technology is rapidly developing, especially when artificial intelligence is being created by scientists and is rapidly entering our lives, or where there is a high probability that artificial intelligence will play a major role in our daily lives in the future. is enough.

Текст научной работы на тему «KREATIV SHAXS TAVSIFI. YOSHLARDA IJTIMOIY KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI.»

Research BIB / Index Copernicus

KREATIV SHAXS TAVSIFI. YOSHLARDA IJTIMOIY KREATIVLIKNI

SHAKLLANTIRISH OMILLARI.

Texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan, ayniqsa, olimlar tomonidan sun 'iy intellektning yaratilishi va hayotimizga jadal sur'atlar bilan kirib kelayotgan yoxud kelgusida kundalik hayotimizda sun 'iy intellektning asosiy o 'rin tutush ehtimoli yuksak bo 'lgan bir sharoitda kreativlik har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar. Kreativ shaxs, ijtimoiy kreativlik, jamiyat, ijodkorlik, ta'lim-tarbiya, xulq-atvor, yoshlar.

Creativity is more important than ever in a situation where technology is rapidly developing, especially when artificial intelligence is being created by scientists and is rapidly entering our lives, or where there is a high probability that artificial intelligence will play a major role in our daily lives in the future. is enough.

Keywords. Creative person, social creativity, society, creativity, education, behavior, youth.

Kreativ fikrlash bugungi kunda yoshlar egallashi kerak bo'lgan muhim ko'nikmadir. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning ta'lim-tarbiya olishi va ushbu jarayonda ularning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil yakunlari bo'yicha Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida maktab ta'limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom ettirilishini va bu borada bolalarning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ularga sermazmun va tushunarli darsliklar yaratish zarur ekanligini alohida ta'kidlab o'tgan edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kreativlik tushunchasining lug'aviy ma'nosi ingliz tilida "create " - yaratish, "creative" yaratuvchi, yaratish qobiliyati bo'lgan, tasavvur qilish va taffakur kuchi

Po'latov Ro'zimurod Farhod o'g'li,

Chirchiq davlat pedagogika universiteti polatovrozimurod6@gmail.com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

yordamida yangi bilimlarni yoki narsalarni yaratuvchi ijodkor shaxs ma'nolarini anglatadi.

E.P.Torrens fikricha, "kreativlik" tushunchasi negizida quyidagilar yotadi:

- muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;

- farazni tekshirish va o'zgartirish;

- qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash;

- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning - o'zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlik. Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin.

E.P.Torrensning ushbu fikrlari asosan maktab yoshidagi bolalarda kreativlik qoliyatlarini aniqlashga bag'ishlanganligi uchun tor doirada yondashilganligiga guvohi bo'lishimiz mumkin. Bizning fikrimizcha esa, kreativlik negizida quyidagi elementlar yotadi:

- aql;

- bilim;

- fikrlash uslublari;

- shaxsiyat;

- motivatsiya

- atrof-muhit.

Kreativlik aslida oldinda mavjud bo'lgan fikrlarning ustida yangi aloqlarni o'rnatish. Oldindan mavjud bo'lgan ikki fikrni, oldindan mavjud bo'lmagan shaklda bir joyga jamlash. Ya'ni kreativlik bir fikrni yoki g'oyani ilk marotaba yaratish degani emas. Bir nechta fikrlarni o'zaro birlashtirib, yangi bir ma'no kasb etish.

Xo'sh kreativ shaxs bo'lish uchun nima qilish kerak? Kreativ shaxs deganda qanday shaxsni tasavvur qilamiz? Fikrimizcha kreativlik, hech qanday istisnolarsiz har bir insonga taqdim qilingan tug'ilishidanoq inom etilgan bir qobiliyat. Biroq biz ulg'ayganimiz sari ushbu qobiliyatimizni yo'qotamiz yoki unutamiz.

Bu o'rinda savolni to'g'ri qo'yishimiz lozim. Kreativ shaxs bo'lish uchun emas, balki takroran kreativ shaxs bo'lish uchun nima qilish kerak?

Binobarin, barcha bolalar tug'ma rassom, bastakor va dizaynerdir. Bolalar o'z dunyosida ko'plab fikrlarga ega bo'lib, ushbu fikrlarni avval hech kim qo'llanmagan shaklda, hech kimdan va hech narsadan qo'rqmasdan birlashtira oladi. Ammo bolalar ulg'aygani sari "Bu unday bo'lmaydi, bu ish unday qilinmaydi, bu qanaqangi bemanilik", - deyishimiz orqali bolalarning ichidagi kreativ qobiliyatlarini yo'qotishiga sababchi bo'lamiz. Bunday sharoitda bolalar fikrlarni faraz qila oladi lekin, bir nuqtaga birlashtira olmaydi.

Research BIB / Index Copernicus

Kattalar va tashqi muhitdan bo'layotgan bunday ta'sirlarga qaramasdan, ba'zi bolalar o'z fikrida sobit turganligi uchun ulg'ayganida san'atkor bo'lishadi va ularning birlashtirgan fikr nuqtalaridan san'at asarlari dunyoga keladi.

Fikrimizni isbotlash uchun quyidagi tajribaga nazar solsak. 1968-yilda AQSHning kosmik tadqiqotlar bilan shug'ullanuvchi tashkiloti NASA dunyodagi eng innovatsion tarzda fikrlaydigan shaxslarni tanlash uchun tajribali professor Jorj Landga murojaat qiladi. Unda professordan dunyodagi eng kreativ fikrlaydigan, eng kuchli ijodkorlarni, innovatsoin tafakkurga ega bo'lgan shaxslarni ishga olish uchun kadrlar tanlab berish masalasida yordam so'raydi. Professor Jorj "kreativlik" mavzusida test tuzishga kirishadi va qisqa surada bunga erishadi. So'ngra har xil yoshdagi shaxslardan ushbu testni olishni boshlaydi. Eksperiment yakunidagi natijalar professor bilan birgalikda barchaning hayratiga sabab bo'ldi, Chunki, o'rtacha yoshi 30 yosh atrofida 280 000 nafar shaxslardan faqatgina 2% da kreativlik xususiyatlari mavjudligini aniqlaydi. Ayni ushbu test o'rtacha yoshi 15 yosh atrofida bo'lgan yoshlardan olinganda esa natija 12% ni tashkil etgan. So'ngra ushbu testni o'rtacha yoshi 10 yosh atrofida bo'lgan bolalardan olib ko'rishadi. Natija esa 30% ni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, 10 yoshidagi har 3 nafar bolaning bittasi kreativ fikrlaydi degani. E'tiborli jihati ushbu test NASAning ishga olmoqchi bo'lgan aqliy salohiyati yuqori bo'lgan muhandis va olimlarni tanlash uchun tuzilgan edi. Yosh kichraygan sari natijalar yaxshilanayotganini sezgan professor Jorj Land ushbu testni bog'cha yoshidagi ya'ni 5 yoshidagi bolalardan olishga qaror qiladi. Test natijasi esa hayratlanarli bo'lib, o'rtacha yoshi 5 yosh atrofida bo'lgan bolalarning kreativlik darajasi 98% ni tashkil etadi. Tadqiqotlar yakunlangach NASA "Head start" dasturiga binoan, 1600 nafar bolalarni kelgusida ishga olish uchun ularni kreativlik xususiyatlarini yo'qotmagan holatda tarbiyalashga kirishadi. Tadqiqot natijasiga ko'ra professor Jorj Land shunday xulosaga keladi: ""Biz shunday xulosaga keldik, ijodiy bo'lmagan xatti-harakatlar o'rganiladi"

Jorj Landning bu fikridan ayon bo'ladiki kreativlik shaxsda tug'ma ravishda mavjud bo'ladi va vaqt o'tishi bilan uning unitilib, yoki yo'qolib borishiga sababchi bo'lamiz. Professorning tadqiqotlari natijasi shuni ko'rsatadiki, kreativ shaxslar eng ko'p bolalar orasida uchraydi. Binobarin, kreativ shaxslarni tarbiyalamoqchi bo'lsak biz ushbu harakatlarni farzandlarimiz yosh paytidanoq boshlamog'imiz darkor.

Oltin koni kabi qiymatli bo'lgan kreativ xususiyatlarimizni yuzaga chiqarish uchun xuddi konchilar kabi chang-to'zon, balchiqlar, har xil chiqindilarni orasidan oltinni izlashga qaror qilishimiz va bundan chekinmasligimiz kerak.

Kreativ g'oyalar birdaniga hosil bo'lib qolavermaydi, albatta. Kreativ fikr dunyoga kelguniga qadar birmuncha miqdorda mantiqsiz va hech kimga keraksiz

Research BIB / Index Copernicus

fikrlar yaratishimiz mumkin. Masalan, hech kimga keraksiz rasmlar chizishimiz, hech kimning o'qishga toqati bo'lmagan asalar yozishimiz, balki ma'nosi juda sayoz bo'lgan videoroliklarni suratga olishimiz yoki musiqa o'rniga faqat shovqin bastalashimiz mumkin, lekin nimadir qilmasak kreativ fikrlarga erisha olmaymiz. Atrofdagilarning tanbehlariga qaramasdan o'z yo'limizda davom etishimiz lozim. Hech kimga kerakmas bo'lsa ham bir narsalar yoki fikrlar yaratishimiz kerak. Natijada shuncha yaratgan hech kimga keraksiz bo'lgan fikrlarimiz orasida mutlaqo bittasi kreativ fikr bo'ladi.

Takroran kreativ shaxs bo'lish uchun quyidagilarni bajarmog'imiz lozim.

Birinchdan, kreativlik ishonch tuprog'ida yetishgan daraxt kabidir. Kreativ shaxs bo'lish uchun esa, inson, eng avvalo, o'ziga ishonmog'i, biron narsani yaratish qobiliyatiga ishonishi, boshqalar qilayotgan ishni men ham uddalay olaman, chunki ular ham oddiy inson men ham deya o'ziga bo'lgan ishonchini orttirmog'i lozim.

Ikkinchidan, kreativ shaxslar odatda erkinlikda ya'ni uning ustida bosimlar bo'lmagan, biron bir ishni bajarishga majburlanmagan holatda yuzaga keladi. Olimlar va shoirlar tabiatan erkinlikni xush ko'radilar va anashu erkinlik soyasida san'at asarlari va ixtirolarni yaratadilar. Misol uchun, animatsion videolar va dizaynerlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi PIXAR kompaniyasi o'zining majlislarini uzun bir stol atrofida o'z lavozimlari bo'yicha ketma-ketlikda o'tirib, xodimlaridan kreativ fikrlar olishga harakat qilarkan, kunlardan birida majlis davomida eng quyi lavozimda ishlovchi xodimning o'zidan yuqori turuvchi lavozimdagi shaxslarning oldida va o'sha yerda yaratilgan muhitdagi bosim ostida o'z fikrlarini erkin bildira olmayotganini anglab yetishadi. Shundan keyin mutasaddilar stolning shaklini uzun to'g'ri to'rtburchak shaklidan kvadrat shaklga o'zgartirib, lavozimlari va ismlari yozilgan kartochkalarni olib tashlab, har kimni o'zi istagan joyga o'tirishini va o'z fikrlarini istaganicha bildirishi mumkinligini aytishadi. Natijada xodimlar tomonidan kreativ fikrlarning bemalol ifoda qilinayotganini va yanada ortganiga guvoh bo'lishadi.

Uchinchidan, xatolardan qo'rqmaslik lozim. Biron bir ishni boshlashdan oldin buning natijasi qanday bo'ladi, odamlar ustimdan kulmaydimi va boshqa shu kabi savollarni o'zimizga berib, ishni boshlamasdanoq natijasiga bo'lgan qo'rquv bizni kreativ fikrlashdan uzoqlashtiradi. Konstantinopolni fath qilgan Sulton Mehmet II kemalarni quruqlikdan olib o'tish fikrini qo'rqmasdan poylashganida atrofidagilar ushbu fikrni telbanamo amalga oshmaydigan deb o'ylashdi, lekin pirovard natijada bu ish amalga oshadi va Istanbulni fath qilgan kreativ hukmdor sifatida tarixda iz qoldirdi. Xristofor Kolumbning Amerikaga sayohatini ham xuddi shunday o'ylashgan. Yuqorida keltirilgan NASA tadqiqotidagi natijalar fikrimizning yana bir bor yaqqol

Research BIB / Index Copernicus

isbotidir ya'ni 5 yoshli bola qilayotgan ishining natijasi haqida boshqalarning fikri qanday bo'lishini o'ylab, undan qo'rqmaydi va o'zi istagan ishni bemalol, qo'rquvsiz bir shaklda amalga oshiradi.

To'rtinchidan, biron bir g'oya ustida izlanishni yoki biron bir narsa yaratish uchun harakat qilishni boshlash kerak. Kreativ fikrlarni dunyoga kelishi uchun "ilhom parisi"ni yoki "boshimizga olma tushishini" poylash kerak emas. Zero, "ilhom parisi" ham harkat qilayotganlarga keladi yoxud olma ham faqat shu masala yuzasida fikr yuritayotganlarning "boshiga tushadi". Barcha kreativ shaxslarning ijodiga nazar solsak ularning tagida tinimsiz mehnat va izlanishlar yotganiga guvoh bo'lamiz. Zero, kreativlik 1% qobiliyat, 99% mehnat demakdir.

Beshinchidan, takroran kreativ shaxs bo'lish uchun sabrli bo'lish kerak. Arximedga o'xshab vannaga tushib, darxol "Evrika" deb aytishdan umid qilmasligimiz lozim. Dastavval, yuqorida ta'kidlanganidek kreativ fikrlar yaratish uchun biron bir harakatni boshlash hamda sabr bilan uning natijasiga erishguncha mehnat qilish va izlanish lozim. Oltin kabi qiymatli bo'lgan kreativlikni yuzaga keltirish uchun xuddi madanchilar kabi har xil tog' jismlari, yoyingki "chiqindilar" orasidan usti-boshi chang-to'zon bo'lib, kerak bo'lsa loyga botib, oltin izlashni ko'zga olgani kabi kreativlikni yuzaga keltirishda ham mashaqqatlar va qiyinchiliklar qarshisida irodamizni namoyon etmog'imiz lozim.

Oltinchidan, ishni kichkina qadamlar bilan bo'lsa ham boshlash kerak. Boshlagan ish yakuniga yetkanida uni hamma bilan poylashish darkor. Bugun internetdan nafaqat muloqot vositasi sifatidafoydalanilayotganini balki, har kimning o'z qiziqishlaridan kelib chiqib, olimlar, yozuvchilar, dizaynerlar, bastakorlar, suratkashlar va boshqa soha vakillariga turli mavzulardagi maqolalar, tezislar, asarlar haqidagi o'z fikrlarini ijtimoiy tarmoqlar yoki internet saytlari orqali bildirayotganligini ko'rishimiz mumkin.

Yettinchidan, harakatlarimiz natijasida "qo'ygan nuqtalarimiz birlashib", biz yo'qotgan kreativ ruhumizni takroran qozonamiz. "Nuqtalarni birlashtirganimizda" hayol kuchining bilimdan ham kuchli ekanligiga ishonch hosil qilamiz.

Texnologiya olamida kreativ shaxs deganda ilk aqlimizga keladigan "Apple koorporatsiyasi" asoschisi Stiv Jobs Harvard universiteti bitiruvchilari uchun so'zlagan nutqida shunday degan edi: "Kelajakka qarab hayotingizdagi nuqtalarni birlashtira olmaysiz, u nuqtalarni o'tmishga nazar solganingizdagina birlashtira olasiz. Shu sababli nuqtalarning kelajakda bir shaklda birlashishiga hozirdanoq ishonishingiz kerak. Biron bir narsaga ishonishga, e'tiqod qilishga majbursiz. Taqdirga, hayotga, karmaga yoxud nima bo'lishidan qat'i nazar biron narsaga qat'iyan ishonishingiz lozim. Ushbu dunyoqarash meni hech qachon umidsizlikka tushisihimga yo'l

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

qo'ymadi. Hayotimdagi barcha muvaffaqiyatlarim ushbu e'tiqodlarim orqasidan ro'yobga chiqdi" birlashtira olmaysiz, u nuqtalarni o'tmishga nazar solganingizdagina birlashtira olasiz. Shu sababli nuqtalarning kelajakda bir shaklda birlashishiga hozirdanoq ishonishingiz kerak. Biron bir narsaga ishonishga, e'tiqod qilishga majbursiz. Taqdirga, hayotga, karmaga yoxud nima bo'lishidan qat'i nazar biron narsaga qat'iyan ishonishingiz lozim. Ushbu dunyoqarash meni hech qachon umidsizlikka tushisihimga yo'l qo'ymadi. Hayotimdagi barcha muvaffaqiyatlarim ushbu e'tiqodlarim orqasidan ro'yobga chiqdi".

XULOSA

Xulosa qilib aytganda kreativ fikrlaydigan shaxslar axborot texnologiyalari taraqqiy etgan va sun'iy intellekt yaratilishi natijasida turli mexanik harakatlar bilan bajariladigan ishlarning robotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo'lgan sharoitda har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, kreativ shaxs tushunchasiga quyidagicha ta'riflashni joiz deb topdik: "Kreativ shaxs" - oldindan mavjud bo'lgan g'oyalarni, yangicha shaklda birlashtira oladigan ijodkor shaxs.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF- 4947-sonli «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

2. Mirziyoyev Sh.M. Mustaqillik-ezgu niyatlarimiz, buyuk maqsadlarimiz ro'yobi yo'lida qudrat manbai. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Yangi O'zbekiston, 2020-yil, 1-sentyabr.

3. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: «O'zbekiston», 2005, 34-bet.

4. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014.

5. Turdiyeva M. Oliy ta'lim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. - 38-42-b

6. G.Gaffarova, F.Qosimov. Ta'limdagi transformatsiyalar Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyatida. Scientific progress, 3 (7) 117-122, 2022.

7. Po'Latov, Ro'Zimurod Farhod O'G'Li. "GLOBAL IJTIMOIY-TARIXIY O'ZGARISHLARNI O'RGANISHNING METODOLOGIK JIHATLARI" Oriental

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 6, 2023, pp. 1126-1132.

8. Po'latov, Ro'zimurod. "YOSHLAR SHAXSIY IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRSHNING SAMARALI STRATEGIYALARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 2.20 (2023): 57-61.

9. Пулатов, Рузимурод Фарходович. "ПОДДЕРЖИВАЮЩИЕ ФАКТОРЫ И КРИТЕРИИ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У МОЛОДЕЖИ." Gospodarka i Innowacje. 36 (2023): 504-507.

10. Farhod o'g'li, Ro'zimurod. "TARIX VA TARBIYA DARSLARINING INNOVATSION USULDAGI O'QITILISH TIZIMI." O'ZBEKISTONDA FANLARAROINNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 2.16 (2023): 630-634.

11. Po'Latov, Ro'Zimurod Farhod O. "YOSHLARDA KREATIV FIKRLASHNING YORDAMCHI OMILLARI VA MEZONLARI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3.5 (2023): 12731277.

12. Farhod o'g'li, Ro'zimurod. "TA'LIM MUASSASSALARIDA HUQUQIY TA'LIM ZARURIYATI." Educational Research in Universal Sciences 2.2 (2023): 323-327.

13. Po'latov, R. F. (2023). Yosh avlodda ma'naviy axloqiy sifatlarni rivojlantirish. Academic Research in Educational Sciences, 4(1), 316-320.

14. Makhmudova, G., G. G'affarova, and G. Jalalova. "O'zbekistonda islohatlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi. 176 b." (2020).

15. G'afforova, G. (2023). Raqamli jamiyatda yoshlar ongining o'zgarishi. ISJ

nazariy va amaliy fanlar , 2 (118), 1-5.

16. Пулатов, Рузимурод Фарход Угли. "НЕОБХОДИМОСТЬ ЮРИДИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 4-2, 2023, pp. 772-776.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.