Научная статья на тему 'GLOBAL IJTIMOIY-TARIXIY O‘ZGARISHLARNI O‘RGANISHNING METODOLOGIK JIHATLARI'

GLOBAL IJTIMOIY-TARIXIY O‘ZGARISHLARNI O‘RGANISHNING METODOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
92
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Globallashuv / global muammolar / tendensiyalar / ijtimoiy rivojlanish / ma’naviy yangilanish / jamiyat. / Globalization / global problems / trends / social development / spiritual renewal / society.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Po‘Latov, Ro‘Zimurod Farhod O‘G‘Li

Ko‘rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g‘am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. Qayd etib o‘tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o‘zgarishlari mahsuli bo‘ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL ASPECTS OF STUDYING GLOBAL SOCIO-HISTORICAL CHANGES

The considered processes of globalization brought to people new concerns and new (global) problems arising from the internationalization of social life. As already mentioned, they were the product of quantitative and qualitative changes that took place in social development, as well as in the "society-nature" system over a long period of time.

Текст научной работы на тему «GLOBAL IJTIMOIY-TARIXIY O‘ZGARISHLARNI O‘RGANISHNING METODOLOGIK JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

GLOBAL IJTIMOIY-TARIXIY O'ZGARISHLARNI O'RGANISHNING

METODOLOGIK JIHATLARI

Po'latov Ro'zimurod Farhod o'g'li

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi talabasi polatovrozimurod6@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ko'rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g'am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. Qayd etib o 'tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o 'zgarishlari mahsuli bo 'ldi.

Kalit so'zlar. Globallashuv, global muammolar, tendensiyalar, ijtimoiy rivojlanish, ma 'naviy yangilanish, jamiyat.

АННОТАЦИЯ

Рассмотренные процессы глобализации принесли людям новые заботы и новые (глобальные) проблемы, возникающие в результате интернационализации общественной жизни. Как уже говорилось, они были продуктом количественных и качественных изменений, происходивших в общественном развитии, а также в системе «общество — природа» на протяжении длительного времени.

Ключевые слова. Глобализация, глобальные проблемы, тенденции, общественное развитие, духовное обновление, общество.

ABSTRACT

The considered processes of globalization brought to people new concerns and new (global) problems arising from the internationalization of social life. As already mentioned, they were the product of quantitative and qualitative changes that took place in social development, as well as in the "society-nature" system over a long period of time.

Key words. Globalization, global problems, trends, social development, spiritual renewal, society.

KIRISH

Ta'kidlash lozimki, jahon hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan ham ziddiyatliroq shakl-shamoyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hech qachon bo'lmagan. Bir tomondan, u bir-biriga o'xshamaydigan, katta va kichik, rivojlangan va qoloq, tinchliksevar va urushqoq,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

yosh va qadimgi ko'p sonli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan iborat. Boshqa tomondan esa, insoniyat uchinchi ming yillikka yagona organizm sifatida, bir «umumiy uy», aniqroq aytganda, yashash sharoitlari nafaqat tabiiy ko'rsatkichlar, ya'ni yashash uchun yaroqli hudud bilan, balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan Yer deb atalmish katta va odamga to'lib ketgan «kommunal kvartira» aholisi sifatida qadam qo'ydi. Bu to'la anglab etish jarayoni so'nggi o'n yilliklardagina yuz bergan va endilikda u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo'lgan borliqdir. Ayni vaqtda shuni ta'kidlash lozimki, global muammolarning paydo bo'lishi qandaydir yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas. Ushbu muammolarning ildizlari ancha chuqur bo'lib, industrial jamiyat, umuman texnokratik yo'naltirilgan madaniyatning keng miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi sivilizatsiyaning vujudga kelish tarixiga borib taqaladi. Mazkur inqiroz odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va tabiat bilan o'zaro aloqalarining butun majmuini qamrab oldi va deyarli butun jahon hamjamiyatiga, rivojlanayotgan mamlakatlarga va rivojlangan mamlakatlarga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Insonning atrof muhitga salbiy ta'siri aynan rivojlangan mamlakatlarda, asosan bu erda jadal sur'atlarda va stixiyali tarzda rivojlangan iqtisodiyot bilan bog'liq sabablarga ko'ra oldinroq va bo'rtibroq namoyon bo'ldi. Shu ma'noda 2008 yilda boshlanib, butun dunyoni larzaga solgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat rivojlangan sanoat mamlakatlari, balki rivojlanayotgan, ayniqsa bozor munosabatlari qaror topayotgan davlatlarda ham o'z salbiy oqibatini o'tkazmasdan qolmadi. Ayni paytda global moliyaviy inqiroz jahon moliya bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va uni tubdan isloh qilishning zarurligini ko'rsatib berdi. Ushbu moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qanday davlatdagi miqyosi, ko'lami va oqibatlari ko'p jihatdan bir qator omillarga, xususan, mamlakat moliya valyuta tizimi nechog'lik mustahkam ekanligi, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi, oltin valyuta zahirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati, shuningdek, iqtisodiyotning barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatbardoshlik darajasi bilan bog'liq.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Darhaqiqat, Birinchi Prezident I.A.Karimov aytganlaridek "Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha 2009-2010 yillarga mo'ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O'zbekistonni 2009-yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishi bo'lib qoladi". Bu esa respublikamiz moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ishonchliligi, ularning himoya mexanizmlarini kuchaytirish uchun, xalqaro moliya inqirozining mamlakat bank tizimiga ta'siri darajasini e'tiborga olgan holda, Markaziy bankning pul-kredit siyosati dastaklari, likvidligini tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish, bank xizmatlaridagi innovatsiyalarni hisobga olgan holda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni yanada takomillashtirishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu vazifa bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqd. Bunday rivojlanish, avvalo, atrof muhitning tanazzuliga olib keldi va tez orada insonning o'zi ham tanazzulga yuz tutganini namoyon etdi. Zero inson xulq-atvori, tasavvurlari va fikrlash tarzi uning atrofida yuz bera boshlagan o'zgarishlarga muvofiq o'z vaqtida o'zgarishga qodir bo'lmay qoldi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning jadal sur'atlarda rivojlanishiga esa insonning o'zi va uning fan va texnika sohasidagi yangi va yangi yutuqlar bilan ko'p karra kuchaytirilgan izchil o'zgartiruvchi faoliyati sabab bo'ldi.

So'nggi o'n yilliklarning o'zida fan-texnika yutuqlari o'sishi natijasida jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida avvalgi yuz yilliklarga qaraganda ko'proq o'zgarishlar ro'y berdi. Bunda o'zgarishlar jarayoni o'sib boruvchi t ezlikda rivojlandi va ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda yanada chuqurroq va jiddiyroq o'zgarishlar yasadi. Masalan, verbal (og'zaki) muloqotdan yozuvning yaratilishiga qadar insoniyat taxminan uch million yilga, yozuvdan kitob bosmasi ixtiro qilingunga qadar taxminan besh ming yilga, kitob bosmasidan telefon, radio, televidenie kabi audiovizual vositalar yaratilgunga qadar taxminan besh yuz yilga teng yo'lni bosib o'tgan bo'lsa, odatdagi audiovizual vositalardan zamonaviy kompyuterlarga o'tish uchun ellik yildan kamroq vaqt talab etildi. Misli ko'rilmagan sur'atlarda-atigi 10-15 yil ichida odamlar Internet va uyali aloqa yordamida muloqot qilish uchun cheksiz imkoniyatlarni qo'lga kiritdilar. Yangi ixtirolar yaratilganidan ular amalga joriy etilgunga qadar o'tadigan vaqt ham yanada qisqardi; ular endi aksariyat hollarda yillar bilan emas, balki oylar va hatto kunlar bilan o'lchanadi. XXI asrning eng so'nggi kashfiyotlaridan biri bo'lmish nanotexnologiyalarning (mitti texnologiyalar)yaratilishi insonning barcha sohadagi imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. (Bu haqda Axborot va axborotlashuvning falsafiy asoslari mavzusida batafsil ma'lumot berilgan). Shunday qilib, atigi ikki-uch yuz yil muqaddam turli millatlar asosan alohidaalohida yashagan, ularning o'zaro aloqalari yaxshi yo'lga qo'yilmagan bo'lsa, endilikda Erda nafaqat «oq dog'lar», ya'ni inson oyog'i etmagan joylar qolmadi, balki tabiiy holatiga inson bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatmagan sof hududlar, suv va fazo bo'shliqlari ham deyarli mavjud emas. Bularning barchasi endi bizning sayyoramizni «umumiy uy», «Koinotdagi orolcha», «qattiq to'lqinlanayotgan okeandagi qayiq», «dunyoviy qishloq» deb, barcha odamlar uchun

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

umumiy tus olgan muammolami esa - olamshumul, umuminsoniy, global deb nomlash uchun asos bo'lmoqda.

Jahonda yuz berayotgan o'zgarishlarning ba'zi bir tendensiyalari olimlar va faylasuflar diqqat markazidan bu o'zgarishlar barchaga ravshan bo'lishidan oldinroq o'rin oldi. Masalan, ijtimoiy rivojlanishga turli sivilizatsiyalarning oldinma-ketin almashishi sifatida qaragan ingliz tarixchisi A.Toynbi (1889-1975) kompyuter inqilobidan ancha oldin «XX asrda umumjahon tarixi boshlandi» degan xulosaga keldi. Shu tariqa tub o'zgarishlar nafaqat jamiyat qurilishi negizlarida, balki dunyo miqyosida yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarning asosiy tendensiyalarida ham aks etgani ta'kidlandi. Hozirgi zamon nemis falsafasining atoqli namoyandasi K.Yaspers (1883-1969) bu xususda yanada aniqroq fikr bildirdi. U 1948 yilda e'lon qilgan «Tarix kurtaklari va uning maqsadi» asarida, jumladan, shunday deb yozadi: «Ilk bor olamshumul ahamiyat kasb etgan bizning tarixan yangi sharoitimiz Erda odamlarning real birligidan iboratdir. Zamonaviy aloqa vositalarining texnik imkoniyatlari sharofati bilan sayyoramiz insonga to'la ochiq bo'lgan yagona yaxlitlikka aylandi». Bu, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, tarixiy o'lchovlarga ko'ra jadal sur'atlarda emas, balki misli ko'rilmagan shitob bilan yuz berdi. Bunda dunyoning yagonaligi tarixiy taraqqiyotni belgilovchi muhim omilga aylandi. Ikkinchi jahon urushi jahon hamjamiyatining parokandaligiga uzil-kesil chek qo'ydi. Urush tugagani zahoti K.Yaspers «Shu davrdan e'tiboran yaxlit bir butunning yagona tarixi sifatidagi jahon tarixi boshlanadi, - deb qayd etdi. Endi butun dunyo asosiy muammo va vazifaga aylandi. Shu tariqa tarixning butunlay o'zgarishi yuz beradi. Dunyo mamlakatlari va xalqlari tutashdi. Yer kurrasi yaxlit va yagona tus oldi.

Shunday qilib, global muammolar to'g'risida so'z yuritilganda butun sayyora nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. Bunda mintaqalar soni va ularning miqyosi ko'rib chiqilayotgan muammolar xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, dunyo miqyosidagi iqtisodiy qoloqlik muammosini tadqiq etishda odatda butun sayyorani ikki mintaqa - rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. Demografik, energetic muammolar yoki xom ashyo muammolarini o'rganishda esa, mintaqalar soni ko'payadi va har safar tadqiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi. Bunda shuni qayd etish lozimki, har qanday muammo sayyoraning istalgan mintaqasiga nisbatan muhim sanalgan, ya'ni ularning har birida namoyon bo'lgan holdagina global deb hisoblanishi mumkin. Aks holda bir yoki bir necha mintaqalarning muammolari (yoki bundan ham kichikroq miqyosdagi muammolar) to'g'risida so'z yuritiladi. Bundan barcha global muammolar ayni vaqtda mintaqaviy ahamiyat ham kasb etadi, lekin mintaqaviy darajada aniqlangan barcha muammolar ham global

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

bo'lavermaydi, degan xulosa kelib chiqadi. O'z-o'zidan ravshanki, global muammolar soni kamroq bo'ladi. Boshqa darajalarga kelsak, global muammolar bevosita mahalliy yoki xususiy ko'rinishga ega bo'lmasligi yoki bu erda uncha sezilmasligi mumkin.

Global muammolaming keltirilgan mezonlari va o'ziga xos xususiyatlari asosan mazkur sohadagi aksariyat tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va global muammolarni boshqa barcha muammolardan farqlab, aniq aytish imkonini beradi. Bunda u yoki bu muammoning keskinlik va muhimlik darajasini belgilash, uning boshqa muammolar bilan o'zaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli tasniflashlar amalga oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi. Tasniflash birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, balki hozirgi davrning o'ta keskin ziddiyatlarini kompleks o'rganishning muhim elementi sifatida amal qiladi va mazkur muammolarni ularning o'zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai nazaridan o'rganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni va ob'ektiv mavjud global muammolarning keskinlashuv darajasini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash global muammolarning tizimli o'zaro aloqasini yanada teranroq tushunishga ko'maklashadi va amaliy qarorlar qabul qilish ketma-ketligini belgilashga yordam beradi. Izchil va aniq amalga oshirilgan tasniflash bilishning mazkur sohasidagi avvalgi tadqiqotlarni ma'lum darajada sarhisob qiladi va ayni vaqtda bunday tadqiqotlarning rivojlanishida yangi bosqich boshlanganini qayd etadi.

Global muammolarning keltirilgan mezonlari va o'ziga xos xususiyatlari asosan mazkur sohadagi aksariyat tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va global muammolarni boshqa barcha muammolardan farqlab, aniq aytish imkonini beradi. Bunda u yoki bu muammoning keskinlik va muhimlik darajasini belgilash, uning boshqa muammolar bilan o'zaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli tasniflashlar amalga oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi. Tasniflash birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, balki hozirgi davrning o'ta keskin ziddiyatlarini kompleks o'rganishning muhim elementi sifatida amal qiladi va mazkur muammolarni ularning o'zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai nazaridan o'rganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni va ob'ektiv mavjud global muammolarning keskinlashuv darajasini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash global muammolarning tizimli o'zaro aloqasini yanada teranroq tushunishga ko'maklashadi va amaliy qarorlar qabul qilish ketma-ketligini belgilashga yordam beradi. Izchil va aniq amalga oshirilgan tasniflash bilishning mazkur sohasidagi avvalgi tadqiqotlarni ma'lum darajada sarhisob qiladi va ayni vaqtda bunday tadqiqotlarning rivojlanishida yangi bosqich boshlanganini qayd etadi.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: "O'zbekiston" 2016.

2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -Toshkent: "O'zbekiston" 2017.

3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash -yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: "O'zbekiston" 2017

4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - Toshkent: "O'zbekiston" 2017. 5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -Toshkent: TASVIR, 2020. 12-bet.

5. G.Gaffarova, M.Abdullayeva (2017) Demokratik islohotlar rivojlanish modelining asosi sifatida. Imom Buxoriy saboqlari 1(3), 57-60.

6. G.G.Gaffarova. (2021) Yangilanayotgan O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy o'zgarishlar: respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 83-87.

7. Po'latov, R. F. o'g'li. (2023). TA'LIM MUASSASSALARIDA HUQUQIY TA'LIM ZARURIYATI. Educational Research in Universal Sciences, 2(2), 323-327.

8. MA, UZLUKSIZ TA'LIMNI, VA MILLIY G. NAVIYAT, and OYA ASOSIDA. "RIVOJLANTIRISH." TAHRIRHAY 'A TI: 185

9. Po'Latov, R.Z.F.O. (2023). YOSHLARDA KREATIV FIKRLASHNING YORDAMCHI OMILLARI VA MEZONLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 1273-1277

10. Po'latov, Ro'zimurod. "YOSHLAR SHAXSIY IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRSHNING SAMARALI STRATEGIYALARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 2.20 (2023): 57-61.

11. Пулатов, Рузимурод Фарход Угли. "НЕОБХОДИМОСТЬ ЮРИДИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ" Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, vol. 3, no. 4-2, 2023, pp. 772-776.

12. Пулатов , Р. "ВОЗМОЖНОСТИ И ПЕРСПЕКТИВЫ ДУХОВНОГО ОБНОВЛЕНИЯ". International Conference on Education and Social Science, vol. 1, no. 1, Apr. 2023, pp. 56-60.

13. Po'latov Ro'zimurod Farhod o'g'li 2023. DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI YOSHLAR ONGIDA MAFKURAVIYIMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH. European Journal of Interdisciplinary Research and Development . 11, (Jan. 2023), 192-196.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

14. Po'latov Ro'zimurod Farhod o'g'li 2023. MA'NAVIY YANGILANISH IMKONIYAT VA ISTIQBOLLAR. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ. 20, 5 (May 2023), 113-118.

15. Po'latov Ro'zimurod Farhod o'g'li 2023. GLOBALLASHUV TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA JAMIYAT HAYOTIDA NAMOYON BO'LISHI . World scientific research journal. 16, 1 (Jun. 2023), 38-42.

16. Пулатов, Рузимурод Фарходович. "ПОДДЕРЖИВАЮЩИЕ ФАКТОРЫ И КРИТЕРИИ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У МОЛОДЕЖИ." Gospodarka i Innowacje. 36 (2023): 504-507.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.