SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
UCHINCHI RENESSANS FUQAROLIK JAMIYATIDA MAJBURIYATLARNING AYRIM TURLARI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10068539
Erkinjonov Farruxbek Niyozmurod o'g'li Mo'minjonova Ozoda Madaminjon qizi
Toshkent davlat transport universiteti Yuristprudensiya (xalqaro transport huquqi ) yo'nalish talabalari
Soliyev Dilshod
Amaliy rahbar: Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi katta o'qituvchisi
Ushbu maqola uchinchi renesans fuqarolik jamiyatida majburiyatlarning ayrim turlarining o'ziga xos xususiyatlari, jumladan huquqbuzarlik faktini, javobgarlik chorasini (turi va miqdori) aniqlash, javobgarlik chorasini qo'llash bilan bog'liq masalalar ochib berilgan. Shuningdek, maqolada fuqarolik-huquqiy javobgarlikni cheklash bilan bog'liq muammolar, shuningdek javobgarlikdan ozod qilish haqida fikr yuritilgan.
Bundan tashqari maqolada fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasini qo'llash bog'liq muammolar sudamaliyotdan misollar keltirish orqali ochib berishga harakat qilingan.
Kalit so'zlar: Uchinchi renesans, fuqarolik-huquqiy javobgarlik, kompensatsiya, neustoyka, penya, zararni qoplash, ma'naviy ziyonni qoplash, ayb, cheklangan javobgarlik.
This article reveals the specific features of certain types of obligations in the civil society of the third renaissance, including the issues related to the determination of the fact of violation, the measure of responsibility (type and amount), and the application of the measure of responsibility. Also, the article discusses the problems related to the limitation of civil liability, as well as the exemption from liability.
In addition, the article tried to reveal the problems related to the application of civil liability measures by giving examples from judicial practice.
Key words: Third renaissance, civil liability, compensation, neustopia, penalty, damages, moral damages, fault, limited liability.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
KIRISH
Shuni ta'kidlash kerakki, fuqarolik huquqi sohasi tarkibida javobgarlik instituti alohida o'rin tutadi. U himoya qiluvchi xususiyatga ega bo'lib, fuqarolik huquqi normalarining aksariyat qismini o'zida mujassam etadi. Ushbu institutning normalari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining buzilgan huquqlarini tiklash va ularni sudda himoya qilish bo'yicha tarmoq huquqiy tamoyillarining ishlashini ta'minlaydi (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1-moddasi). Huquq va majburiyatlarni belgilovchi, tartibga soluvchi normalarni amalga oshirish bilan bog'liq muammolar, qoida tariqasida, ular buzilgan paytda yoki javobgarlik choralarini qo'llash zaruriyatini hal qilishda yuzaga keladi. Ko'plab sud nizolari buzilgan huquqlarni himoya qilish uchun javobgarlikka tortish yoki boshqa choralarni qo'llash to'g'risidagi ishlarni ko'rish jarayonida vujudga keladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yuridik javobgarlikning har qanday chorasini, shu jumladan fuqarolik huquqini amalga oshirish uchta asosiy bosqichdan o'tadi.
Birinchisi, huquqbuzarlik faktini aniqlash va uning kvalifikatsiyasi (asoslari, javobgarlik shartlari, xatti-harakatlarning noqonuniyligini istisno qiladigan holatlar) bilan bog'liq.
Ikkinchi bosqichda javobgarlik chorasi (jazoning turi va miqdori) aniqlanadi.
Uchinchi bosqich esa yuridik javobgarlik chorasini bevosita tayinlash (qo'llash) jarayonini o'z ichiga oladi .
Umuman olganda fuqarolik-huquqiy javobgarlik instituti ushbu bosqichlarning har birini tartibga soluvchi uchta kichik institutni o'z ichiga olishi kerak.
Javobgarlik chorasini qo'llash to'g'risidagi masalalar huquqbuzarlik fakti aniqlangandagina yuzaga keladi. Bunda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs aniqlanadi, huquqbuzarlik tarkibi (javobgarlik shartlari), javobgarlik turi tanlandi. Misol uchun, fuqaro Farhodov (huquqbuzar) o'zining avtomobilida boshqa bir fuqaro Normatovaning avtomobili bilan to'qnashdi (huquqbuzarlik - huquqqa xilof harakat). Mazkur holatda fuqaro Farhodov aybdor deb topilsa, unga fuqaro Normatovaga yetkazilgan zararni qoplash (javobgarlik chorasi, sanksiya) chorasi qo'llanilishi mumkin.
Shu bilan birga sanksiyani qo'llash bosqichida javobgarlikning aniq miqdorini aniqlash, javobgarlikdan ozod qilish uchun asoslar mavjudligini tekshirish kerak.
Ushbu subinsititut avval tayinlangan javobgarlik chorasidan (javobgarlik qo'llanilgandan keyin) ozod qilish masalalarini ham tartibga soladi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik miqdorini aniqlash.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
Fuqarolik muomalasida huquqbuzarliklar uchun qo'llaniladigan sanksiyalar odatda ikki guruhga bo'linadi: javobgarlik choralari va himoya choralari. Agar ushbu sanksiyani qo'llash natijasida huquqbuzar qo'shimcha mulkiy majburiyatga ega bo'lsa, bunday sanksiya javobgarlik chorasi hisoblanadi. Bunday holda, javobgarlik choralari kompensatsiya yoki jarima xarakteriga ega bo'lishi mumkin.
Ushbu holatda kompensatsiya choralari: • zararni qoplash;
• ma'naviy ziyonni qoplash;
• intellektual faoliyat natijalariga nisbatan mutlaq huquqlarni buzganlik uchun ziyonni qoplash ko'rinishiga ega bo'lishi mumkin. Jarima esa:
neustoyka to'lash;
boshqa shaxslarning pullaridan foydalanish uchun foizlarni to'lash; zakladni qaytarish yoki zakladni ikki baravar qaytarish; bir tomonlama restitutsiya va restitutsiyaning oldini olish; intellektual faoliyat natijalari bo'yicha mutlaq huquqlarni buzish uchun ishlatiladigan yoki amalga oshiriladigan asbob-uskunalar, boshqa qurilmalar va materiallarni buzish hisobiga olib qo'yish va yo'q qilish;
noqonuniy ravishda ishlatilgan tovar belgisi yoki unga o'xshash bo'lgan tovar belgilarini aralashtirish darajasiga qadar kontrafakt tovarlarni muomaladan chiqarish va yo'q qilish ko'rinishida namoyon bo'ladi .
Javobgarlik miqdorini aniqlashda bir qator omillarni hisobga olish kerak. Javobgarlikning kompensatsiya choralari miqdori yetkazilgan zararli oqibatlarning to'liq qoplanishi tamoyiliga asoslanadi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki alohida huquqbuzarlik uchun tegishli moddaning sanksiyasida cheklanishi mumkin.
Misol uchun Fuqarolik kodeksining 332-moddasiga ko'ra majburiyatlarning ayrim turlari bo'yicha hamda muayyan faoliyat turi bilan bog'liq majburiyatlar bo'yicha qonunda zararni to'la qoplashga bo'lgan huquq cheklab qo'yilishi mumkin (cheklangan javobgarlik)3. Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasida aynan shunday holatni ko'rishimiz mumkin. Ya'ni ijrochi haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasini umuman yoki tegishli darajada bajarmagan hollarda u keltirilgan zararni buyurtmachiga batamom to'lashi shart, lekin bu to'lov shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq bo'lishi mumkin emas4.
Shuningdek quyidagi holatlarda javobgarlik hajmi cheklanadi: Energiya ta'minoti shartnomasi bo'yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta'minlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning o'rnini qoplashi shart (FK 477-m).
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
hadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo'lsa, hadya qiluvchi hadya oluvchidan hadyani olishni rad etishi oqibatida yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashni talab qilishga haqli (FK 503-m).
Agar ssuda beruvchi ashyoni ssuda oluvchiga bermasa, ssuda oluvchi shartnomani bekor qilish va yetkazilgan haqiqiy zararning o'rnini qoplashni talab qilishga haqli (FK 620-m).
Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor bo'lgan shaxs uning manfaatlarini ko'zlab ish olib borgan shaxsga zarur xarajatlarni va boshqa haqiqiy zararni qoplashi shart (FK 820-m).
Lotereyalar tashkilotchisi ularni belgilangan muddatda o'tkazishdan bosh tortgan taqdirda, lotereyalar ishtirokchilari ularning tashkilotchisidan lotereyalarni qoldirish yoki ularning muddatini boshqa vaqtga ko'chirish tufayli yetkazilgan haqiqiy zararning o'rnini qoplashni talab qilishga haqli (FK 984-m).
merosxo'rlarning har biri o'ziga tekkan mol-mulkning qiymati doirasida javobgar bo'lari (FK 1156-m). Shuni aytish kerakki, fuqarolik huquqida bunday cheklangan javobgarlik choralarini ko'plab keltirish mumkin.
Shuni ham aytish kerakki, fuqarolik huquqida javobgarlikni yengillashtiradigan va natijada javobgarlik miqdoriga ta'sir qiluvchi holatlarning umumiy huquqiy instituti elementlari mavjud. Xususan:
birinchidan, jabrlanuvchining aybi. Zarar yetgan shaxs qo'pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga ko'maklashgan bo'lsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim (FK 1004-m). Shuningdek, kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo'lmasligi yuz berishiga yoki bajarmaslik tufayli yetkazilgan zarar miqdorining ko'payishiga ko'maklashgan bo'lsa, shuningdek kreditor majburiyatni bajarmaslikdan yetkazilgan zararni kamaytirish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli ko'rmagan bo'lsa, sud ishning holatlariga qarab to'lanadigan haq miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq to'lashni batamom rad etishga haqli (FK 335-m). Professional omonat saqlovchi saqlanayotgan ashyoning yo'qolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qo'pol ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa javobgar bo'ladi (FK 889-m).
ikkinchidan, huquqbuzarning mulkiy holati. Sud taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to'liq yoki qisman zarar yetkazuvchining o'z mol-mulki hisobidan qoplash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli (FK 993-m).
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
Bu holatlar fuqarolik huquqida tizimsiz, nomuvofiq, tartibsiz va umuman olganda, faqat ayrim huquqbuzarliklar va javobgarlik turlariga nisbatan
"yig'ilgan"ligini ko'rish mumkin.
Jabrlanuvchining mulkiy holati nima uchun delikt javobgarligining kamayishiga ta'sir qilgani holda, shartnomaviy javobgarligi miqdoriga ta'sir ko'rsatmaydi. Bunda ya'ni shartnomaviy javobgarlikda majburiyatni buzish oqibatlariga javobgarlik miqdorining aniq nomutanosibligi faqat neustoykani kamaytirish uchun asos bo 'lib xizmat qiladi, lekin javobgarlikning boshqa jazo choralari qo'llanilmaydi.
Bizningcha, bunday konstruksiyada texnik va huquqiy xatolikni ko'rsatish kerak. Ya'ni zarar ayb (qasd yoki ehtiyotsizlik) bilan emas, balki shaxsning qilmishi, xattiharakati tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun, agar zarar jabrlanuvchining o'zining xatti-harakati (qasddan qilmishi) natijasida yetkazilgan bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri huquqbuzarning qilmishining qonunga xilofligi istisno qilinadi. Boshqacha aytganda, zarar jabrlanuvchining xatti-harakati natijasida yetkazilgan bo'lsa, unda zarar yetkazuvchini javobgarlikdan ozod qilish mumkin bo'ladi. Shuningdek, qo'pol beparvolik zararning paydo bo'lishiga yordam bera olmaydi, chunki faqat xattiharakatlar zararning paydo bo'lishiga yordam beradi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan ozod qilish. Yuridik javobgarlikning har qanday turini qo'llashda javobgarlikdan ozod qilish uchun asoslar aniqlanishi lozim bo'ladi. Javobgarlikdan ozod qilishning umumiy huquqiy asoslari da'vo muddatining o'tishi, ahamiyatsizligi, jabrlanuvchi bilan yarashishidir. Aslida, bu huquqbuzarga nisbatan davlat tomonidan insonparvarlik harakatidir, biroq u u baribir qonun qoidalari bilan taqiqlangan qilmishni sodir etgan huquqbuzar bo'lib qoladi.
Shu bilan birga, fuqarolik nazariyasida fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi umumiy huquqiy yondashuvga zid sanaladi.
Shaxs fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan agar uning xatti-harakatida javobgarlik shartlarining zaruriy to'plami (huquqbuzarlik tarkibi) bo'lmasa ozod qilinadi, Fuqarolik-huquqiy javobgarlikdan ozod qilishning an'anaviy asoslari - bu yengib bo'lmas kuch va hodisalar, jabrlanuvchining niyati hisoblanadi. Misol uchun jabrlanuvchi o'z joniga qasd qilish maqsadida o'zini poyezd ostiga tashlasa, mashinist javobgarlikdan ozod bo'ladi.
"Javobgarlikdan ozod qilish" atamasining leksik va mantiqiy tahlilini inobatga olgan holda, avvalo javobgarlikka tortish, keyin esa undan ozod qilish uchun normativ imkoniyatga ega bo'lish zarur, bunda faqat huquqbuzar javobgarlikka tortilishi mumkin. Yuqoridagi misolda fuqarolik qonunchiligi mashinistni huquqbuzar deb e'lon qiladi, so'ngra uni javobgarlikdan ozod qiladi, lekin ayni paytda huquqbuzarning stigmasi uning ustida qoladi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
Fuqarolik huquqbuzarlik tarkibining biron bir elementi bo'lmagan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilish emas, balki javobgarlikni istisno qilish haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Shu bilan birga, bunda javobgarlikni qo'llash masalasini qo'yish ham ma'nosiz bo'ladi. Bizningcha, fuqarolik-huquqiy javobgarligidan ozod qilish uchun asoslar yengib bo'lmas kuch (fors-major), nizo tarafming tegishli arizasi bilan da'vo muddatining o'tishi, kreditorning qarzdan voz kechishi, huquqbuzarlikning juda kam ahamiyatliligi ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Garchi da'vo muddati va qarzdan voz kechish fuqarolik huquqida uzoq vaqtdan beri ma'lum bo'lsa-da, unga javobgarlikdan ozod qilish sifatida qaralmaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, agar garov bilan ta'minlangan majburiyatning qarzdor tomonidan buzilishi juda arzimas bo'lsa va shu tufayli garovga oluvchining talablarining miqdori garovga qo'yilgan mol-mulkning qiymatiga mutlaqo mos kelmasa, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishni rad etish mumkin .
Biz yuqorida fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo'llash haqida nazariy adabiyotlarni tahlil qilib o'tdik. Endi esa ushbu masalada sud amaliyotiga murojaat qilgan holda sudlar tomonidan fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo'llash to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqamiz.
Iqtisodiy ishlar bo'yicha Toshkent tumanlararo sudining 2022-yil 5-apreldagi 42302-2203/470-sonli ishida da'vogar "Qoraqalpoq Agrokimyo" AJ javobgar "Qumbosqan" fermer xo'jaligidan 9 446 900 so'm asosiy qarz va 4 723 450 so'm penya undirishni so'ragan.
Sud ishni ko'rishda taraflar o'rtasida imzolangan shartnoma, topshirish-qabul qilish dalolatnomasi, solishtirma dalolatnomaga asosan asosiy qarzni undirishni lozim topgan.
Biroq penya masalasiga kelganda sud FK 333-moddasi hamda Oliy xo'jalik sudi Plenumining 15.06.2007-yildagi "Majburiyatiami bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to'g'risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo'llashning ayrim masalalari haqida"gi 163-son qaroriga asosan penya undirish masalasini ko'rgan. Biroq sud ishni ko'rishda javobgarning aybi bor yoki yo'qli, aybning darajasi (qasd yoki qo'pol ehtiyotsizlik) masalasini to'liq o'rganmagan. Shuningdek, sud ushbu masalada Fk 326-moddasi hamda 163-son OSPQning 4bandiga asoslangan holda penya miqdorini kamaytirgan. Lekin bunda aynan qanday sabablar va asoslarga muvofiq bunday qaror qabul qilgani mavhum qolgan. Bunda sud javobgarlik mulkiy holatini, bajarilmagan majburiyatda uning ayblilik darajasini, bajarilmagan majburiyatning kelib chiqqan huquqiy oqibatga qanchalik mutanosib ekanini tahlil qilmagan.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
Bundan ko'rishimiz mumkinki, yuqoridagi ishda sud fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo'llashning asoslari va shartlariga yetarlicha e'tibor bermagan. Bu esa o'z navbatida fuqarolik huquqining asosiy mezonlari bo'lgan halollik, oqillik va adolatlilik mezonlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, Samarkand shahar iqtisodiy sudining 2022-yil 1-apreldagi 4-1401-2201/227-sonli ishida da'vogar «Samarqand Serene Pharma» mas'uliyati cheklangan jamiyatining javobgar «Farm House» xususiy korxonasidan 4 979 422,93 so'm asosiy karz, 1 951 933,79 so'm penyani undirishni so'ragan.
Ishdagi hujjatlaridan va sud jarayonida aniqlangan holatlardan ma'lum bo'lishicha, «Samarqand Serene Pharma» mas'uliyati cheklangan jamiyati (sotuvchi) va javobgar «Farm House» xususiy korxonasi (sotib oluvchi) o'rtasida 2021 yil 29 iyunda 702-sonli mahsulot yetkazib berish to'g'risida shartnoma tuzilgan. Sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga jami 6 644 422,93 so'mlik mahsulotlar yetkazib berilgan. Yetkazib berilgan mahsulotlar 2021 yil 3 noyabrdagi 5967-sonli schot-faktura va 83sonli ishonchnoma asosida asosida qabul qilib olingan.
Mahsulotlar haqi sotib oluvchi tomonidan to'liq to'lab berilmagan. Yetkazib berilgan mahsulotlar hisobidan javobgarning da'vogar oldida 4 979 422,93 so'm qarzdorligi yuzaga kelgan. Da'vogar tomonidan javobgar 4 979 422,93 so'm qarzdorlikni to'lab berishi to'g'risida ogohlantirilgan. Javobgar tomonidan qarzdorlik to'lab berilmagan.
Ushbu vaziyatda ham sud fuqarolik-huquqiy javobgarlik masalasini qo'llash masalasida muayyan kamchiliklarga yo'l qo'yganini ko'rishimiz mumkin. Xususan da'vogar 1 951 933,79 so'm penyani undirishni so'ragan. Biroq sud FK 326-moddasi hamda 163-son OSPQni qo'llagan holda 390 386 so'm penyani undirishni lozim topgan. E'tiborli jihati sud nima uchun neustoyning miqdorini bu darajada kamaytirgani haqida umuman tushuntirish bermagan. Sud ishni ko'rishda majburiyatni qay darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, kreditorning manfaatlari qay darajada ekanligini e'tiborga olmagan.
Xulosa qiladigan bo'lsak, majburiyatni bajarmaganlik uchun qo'llaniladigan fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralarni qo'llash har doim muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bunday ishlarni ko'rishda sudlar fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortish asoslari va shartlarini to'laqonli tahlil qilishi, shu bilan birgalikda cheklangan javobgarlik institutini qo'llashda, neustoyka miqdorini kamaytirishda taraflar o'rtasida tuzilgan shartnomani, qonun hujjatlarini va ikki tarafning mulkiy holati va manfaatlarini hisobga olishi zarur deb hisoblaymiz.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(10), October, 2023
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. -T.: Adolat, 2016. - 559-bet.
2. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Qayta ishlangan va to'ldirilgan beshinchi nashr. -T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 529-bet.
3. H.Rahmonqulov. Majburiyat huquqi (umumiy qoidalar). -T.: TDYI nashriyoti, 2009-y, 316 bet.
4. Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism/ Mualliflar jamoasi -T.: TDYU nashriyoti, 2016. 209-bet.
5. Кузнецова О. А. Применение мер гражданско-правовой ответственности // Вестник Пермского университета. Юридические науки. 2012. №4. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/primenenie-mer-grazhdansko-pravovoyotvetstvennosti (дата обращения: 23.04.2022).
6. Imomniyozov, D. B. O. G. L., & Atalikova, G. S. (2022). INGLIZ VA MILLIY HUQUQIMIZDA SHARTNOMAVIY JAVOBGARLIKNING ASOSLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(2), 84-95.
7. Имомов, Н. (2020). АНАЛИЗ НОВЫХ ПОДХОДОВ К ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВЫМ СРЕДСТВАМ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ПО ЗАЙМОВЫМ ОБЯЗАТЕЛЬСТВ. Review of law sciences, (3), 39-45.
8. Topildiev, B., & Khursanov, R. (2021). Legal fact based on occurrence civil rights and obligations. Ilkogretim Online, 20(3).
9. Рахдмжонов, А. Б. У. (2022). КУЧМАС МУЛКНИ СОТИШ ШАРТНОМАСИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 1041-1049.