Научная статья на тему 'ZARAR YETKAZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNING FUQOROLIK-HUQUQIY ASOSLARI'

ZARAR YETKAZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNING FUQOROLIK-HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
1203
168
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
harakatsizlik / delikt majburiyat / zarar yetkazuvchi / javobgarlik / fors-major holatlar / regress talab / ma’naviy zarar / tovon / ruhiy azob / jismoniy og’riq. / бездействие / деликтное обязательство / причинение вреда / ответственность / форс-мажорные обстоятельства / регрессное требование / моральный вред / компенсация / душевные страдания / физическая боль.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Sardor Ilimbayev

Hozirgi kunda zarar yetkazganlik uchun kelib chiqadigan javobgarlikni hal qilish masalalari toboro ko‘payib bormoqda. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat tushunchasiga fuqarolik qonunchiligida ta’rif berilmagan. Biroq, mazkur tushuncha bevosita, g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozimligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining zarar yetkazganlik uchun kelib chiqadigan majburiyatlar bobida berilgan. Mazkur maqolada ushbu javobgarlik keltirib chiqarayotgan bir qator muammolar tahlil qilinib, ularga fuqarolik qonunchiligi normalar hamda olimlar fikri asosida yechim beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CIVIL-LEGAL BASIS OF LIABILITY FOR DAMAGES

В настоящее время значительно возрастает круг вопросов по урегулированию ответственности, возникающей за причинение вреда. Понятие обязанности, вытекающей из причинения вреда, в гражданском законодательстве не определено. Однако данное понятие прямо дано в главе Гражданского кодекса Республики Узбекистан об обязанностях, возникающих при причинении вреда, о том, что вред, причиненный лицу или имуществу гражданина в результате неправомерного действия (бездействия), а также ущерб, причиненный юридическому лицу, в том числе упущенная выгода, подлежат возмещению лицом, причинившим вред, в полном объеме. В данной статье анализируется ряд проблем, вызывающих данную ответственность, и дается их решение на основе норм гражданского законодательства и мнения ученых.

Текст научной работы на тему «ZARAR YETKAZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNING FUQOROLIK-HUQUQIY ASOSLARI»

ZARAR YETKAZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNING FUQOROLIK-HUQUQIY

ASOSLARI Sardor Ilimbayev

Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti 3-kurs talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6793385 Annotatsiya. Hozirgi kunda zarar yetkazganlik uchun kelib chiqadigan javobgarlikni hal qilish masalalari toboro ko'payib bormoqda. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat tushunchasiga fuqarolik qonunchiligida ta'rif berilmagan. Biroq, mazkur tushuncha bevosita, g'ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to'liq hajmda qoplanishi lozimligi haqida O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining zarar yetkazganlik uchun kelib chiqadigan majburiyatlar bobida berilgan. Mazkur maqolada ushbu javobgarlik keltirib chiqarayotgan bir qator muammolar tahlil qilinib, ularga fuqarolik qonunchiligi normalar hamda olimlar fikri asosida yechim beriladi.

Kalit so'zlar: harakatsizlik, delikt majburiyat, zarar yetkazuvchi, javobgarlik, fors-major holatlar, regress talab, ma'naviy zarar, tovon, ruhiy azob, jismoniy og'riq.

ГРАЖДАНСКО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВАНИЯ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЗА

ПРИЧИНЕНИЕ ВРЕДА Аннотация. В настоящее время значительно возрастает круг вопросов по урегулированию ответственности, возникающей за причинение вреда. Понятие обязанности, вытекающей из причинения вреда, в гражданском законодательстве не определено. Однако данное понятие прямо дано в главе Гражданского кодекса Республики Узбекистан об обязанностях, возникающих при причинении вреда, о том, что вред, причиненный лицу или имуществу гражданина в результате неправомерного действия (бездействия), а также ущерб, причиненный юридическому лицу, в том числе упущенная выгода, подлежат возмещению лицом, причинившим вред, в полном объеме. В данной статье анализируется ряд проблем, вызывающих данную ответственность, и дается их решение на основе норм гражданского законодательства и мнения ученых.

Ключевые слова: бездействие, деликтное обязательство, причинение вреда, ответственность, форс-мажорные обстоятельства, регрессное требование, моральный вред, компенсация, душевные страдания, физическая боль.

CIVIL-LEGAL BASIS OF LIABILITY FOR DAMAGES Abstract. Currently, the range of issues on the settlement of liability arising for causing harm is significantly increasing. The concept of the obligation arising from the infliction of harm is not defined in civil legislation. However, this concept is explicitly given in the chapter of the Civil Code of the Republic of Uzbekistan on obligations arising from harm, that harm caused to a person or property of a citizen as a result of unlawful action (inaction), as well as damage caused to a legal entity, including lost profits, are subject to compensation by the person who caused the harm, in in full. This article analyzes a number of problems that cause this responsibility, and gives their solution based on the norms of civil legislation and the opinions of scientists.

Keywords: inaction, tort obligation, injury, liability, force majeure, recourse claim, moral damage, compensation, mental suffering, physical pain

ËSCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL № 3

KIRISH

Dastavval, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlikning umumiy asoslari bilan tanishib chiqsak maqsadga muvofiq bo'ladi. G'ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to'liq hajmda qoplanishi lozimligi haqida FKning 985-moddasida o'z ifodasini topgan. Mazkur normadan zarar yetkazgan shaxsning yetkazilgan zararni to'liq qoplash majburiyati hamda jabrlanuvchining yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqi mavjudligini anglash mumkin. Bu esa o'z navbatida majburiyatning anэanaviy tuzilishi (konstruksiyasi) - kreditor va qarzdor munosabatlari mavjudligini bildiradi.

Yuridik fanlari doktori M.Abdusalomovning fikriga ko'ra, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq, shaxs (jismoniy yoki yuridik shaxs) ning hayoti va sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazgan shaxs yetkazilgan zarar to'liq qoplash majburiyatini oladi, jabrlanuvchi esa o'ziga yetkazilgan zarar qoplashni talab qilishi huquqiga ega bo'ladi. Ta'kidlash lozimki, kishilarning bir-biri bilan doimiy ravishda o'zaro munosabatlarida ba'zan ularning moddiy yoki nomoddiy manfaatlariga zarar yetish oqibatlari kelib chiqadi. Bu zararlar turli tasodiflar, ehtiyotsizlik, qasd orqali, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladi. Shunday holatda yetkazilgan zarar kim tomonidan to'lanishi (zarar yetkazilgan shaxs yoki jabrlangan shaxs yoxud uchinchi shaxslar tomonidan) masalasi yuzaga keladi. Mazkur munosabatlarni tartibga solishda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat instituti asosiy o'ringa ega bo'ladi. Fuqarolik huquqida majburiyatlarning bu turi delikt majburiyatlar - deb ham ataladi. Delikt majburiyatlarining huquqiy tabiatini aniqlashda, majburiyatning mazkur turini fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi bilan o'zaro nisbatini belgilash alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy adabiyotlarda "zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat" va "zarar yetkazganlik uchun javobgarlik tushunchalari" ayniy tushunchalar sifatida qo'llaniladi, hamda "javobgarlik" tushunchasi bu holatda asosiy o'rinni egallaydi .

Professor O.Oqyulovning ta'kidlashicha, zarar yetkazganlik uchun fuqarolik huquqiy javobgarlikka tortish uchun bir vaqtning o'zida quyidagi huquqbuzarlik tarkibi mavjud bo'lishi shart:

zarar yetkazilganligi (mavjudligi);

□ zarar yetkazuvchi shaxs harakatlari (harakatsizligi)ning huquqqa xilofligi;

□ yetkazilgan zarar bilan huquqqa xilof qilmish o'rtasida sababiy bog'lanish;

□ zarar yetkazuvchi shaxsning aybi yoki zarar yetkazuvchi shaxs xatti harakatlarini nazorat qilish majburiyati yuklangan shaxsning aybi.

Delikt bo'yicha yetkazilgan zarar mazmuni shartnoma majburiyatini buzganlik yetkazilgan zarar mazmunidan kengroq hisoblanadi. Sharhlanayotgan moddada odatda zarar deganda huquqbuzarlik natijasida jabrlanuvchiga tegishli mol-mulkni, mulkiy huquq hajmini kamayishida yoki yo'qotilishida namoyon bo'ladigan moddiy zarar yoki nomoddiy ne'matni (jismoniy shaxsni xayoti yoki sog'lig'ini) shikastlanishi yoinki undan mahrum bo'linishi tushuniladi. Shu sababli zarar moddiy yoxud jismoniy xarakter kasb etadi. Moddiy zarar ko'rgan jabrlanuvchi jismoniy shaxs ham, yuridik shaxs ham bo'lishi mumkin. Jismoniy zarar bo'yicha jabrlanuvchi faqat fuqaro bo'lishi mumkin. Fuqaroni hayoti va sog'lig'iga yetkazilgan zarar, shuningdek, ma'naviy zarar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishini hisobga olish lozim .

N.Imomovning aytishicha, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o'ziga xos ekvivalentlik vazifasini bajaradi. Ya'ni, delikt majburiyatlari orqali huquq buzilishidan oldingi holat tiklanadi. Masalan, fuqaroning sog'lig'iga zarar yetkazilganda, uning sog'lig'ini tiklash uchun qilgan xarajatlari huquqbuzar tomonidan qoplanishi huquqni buzilishini buzilishidan oldingi holatini tiklash hisoblanadi. Shu bilan birga, delikt majburiyatlari uchun javobgarlikning belgilanganligi huquqbuzarlikning oldini olishda ham ahamiyatli hisoblanadi .

Professor A.Rahmonqulovning fikrlariga binoan, zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni qo'llash asosi sifatida zarar yetkazuvchining aybi mavjud bo'lishiga urg'u beradi. Ayb zarar yetkazuvchining o'z qilmishi va uning oqibatlariga ruhiy psixik munosabati hisoblanadi. Ushbu subyektiv munosabat uning namoyon bo'lishi shakllariga qarab qasd va ehtiyotsizlikka farqlanadi. Qasd deganda huquqqa xilof harakat (qilmish) ning zararli oqibatlarini oldindan ko'rish, uning ro'y berishini istash yoki uning ro'y berishiga ongli ravishda yo'l qo'yish hisoblanadi. Ehtiyotsizlik muayyan holatlarda zarur va shart bo'lgan diqqat-e'tibor, ehtiyotkorlik, jonkuyarlik, g'amxo'rlik, me'yor va sh.k.ni yo'qligida namoyon bo'ladi. Zarar yetkazuvchi aybining shakli qonun hujjatlarida bevosita belgilab qo'yilgan hollardagina huquqiy oqibatlarga ega bo'ladi. Qolgan xolatlarda qasd yoki ehtiyotsizlikdan qat'iy nazar qilmish to'laqonli ayb asosida sodir qilingan hisoblanadi, ya'ni aybning har qanday shaklida yetkazilgan zarar to'liq hajmda undiriladi. Zarar yetkazgan shaxs, agarda bunda o'zining aybi yo'qligini isbotlab bersa, ya'ni fors-major holatlari ro'y bergan yoxud uchinchi shaxslarning aybi mavjud bo'lsa javobgarlikdan ozod qilinadi. FKning 333-moddasida (majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik) ham, ushbu sharhlanayotgan normada ham, aybsizlikni isbotlash burchi zarar yetkazgan shaxs zimmasiga yuklanadi. Ushbu holatda aybdorlik prezumsiyasi namoyon bo'ladi, ya'ni, zarar yetkazgan shaxs qonunda belgilangan tartibda o'zini aybsizligini isbotlab bermagunicha, aybdor hisoblanadi .

Huquqiy adabiyotlarda garchi fuqarolik huquqbuzarlik tarkibini bahsli ekanligi aytib o'tilsada, hozirgi kunda bu "tarkib" ilmiy jihatdan rad etilgan emas. Zero, delikt majburiyatlarida zararning mavjudligi bilan birga, fuqarolik huquqiy javobgarlikning shartlari hisoblangan: g'ayriqonuniy xatti-harakat, zarar yetkazuvchi harakati yoki harakatsizligi va zarar o'rtasidagi sababiy bog'lanish va aybning mavjud bo'lishi fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo'llash imkonini beradi. Delikt majburiyatlari bo'yicha subyektiv fuqarolik huquqining buzilishi zarar yetkazilishi fakti sifatida baholanadi. Delikt javobgarligining asosi deganda, fuqaro yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yoxud nomoddiy ne'matlar - fuqaroning hayoti, sog'lig'iga zarar yetkazilish fakti tushuniladi .

Umumiy qilib aytganda, ushbu modda normalari zarar yetkazganlik uchun (delikt majburiyatlari) javobgarlikning umumiy asoslarini belgilaydi. Ushbu asoslar zarar yetkazganlik uchun fuqarolik huquqiy javobgarlikning barcha turlari uchun umumiy bo'lib hisoblanadi. Mazkur toifadagi ishlar, ya'ni fuqarolarga yetkazilgan zarar uchun kelib chiqqan nizolar fuqarolik sudlari tomonidan ko'rib chiqilib, ijobiy hal qilinmoqda. Ushbu masalani kengroq tushunishi hamda mohiyatini anglash maqsadida amaliy huquqiy misollar yordamida tahlil qilamiz. Ta'lim muassasasidagi ish o'rnida farroshlik vazifasini bajarib kelayotgan B. ismli fuqaro navbatdagi kun xonalardan birida, deraza tokchalaridagi gultuvaklarni ehtiyot shart bu safar derazaning tashqi qismidagi raxiga joylashtirdi va joylashganiga ishonch hosil qildi. Lekin kutilmaganda gultuvaklardan biri erkin tushish tezlanishida tushib ketdi va shu onda ayni ushbu deraza ostidan o'tib ketayotgan yo'lovchi A.ning bosh va yarim yuz-chakka aralash qismiga qattiq zarb bilan kelib tushdi. A. voqea joyida hushidan ketganligi ma'lum bo'ldi, biroq shifoxonada o'ziga keldi.

Ammo qattiq bosh chayqalishi oqibatida odatdagi ish unumdorligining 1/3 qismini yo'qotgani ayon bo'lishi bilan bir qatorda, tashqi ko'rinishiga ham jiddiy talofat yetdi. Mazkur muammo orqali ta'lim muassasi rahbarining farroshning yetkazgan zarari uchun javobgarligi, regress tartibida da'vo yuritish hamda ma'naviy zarar masalalarini birma-bir tahlil qilamiz.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 989-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs yoxud fuqaro o'z xodimi mehnat, ya'ni xizmat hamda lavozim majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazgan zararni qoplashi keltirilgan. Bu degani B. ismli fuqaro o'z xizmat vazifasini bajarganligi munosabati bilan fuqaro A.ga yetkzilgan zarar ta'lim muassasasi ish beruvchisi tomonidan qoplanishi lozim degan xulosa kelib chiqadi.

Mazkur vaziyatni yanada kengroq anglash uchun olimlar fikriga to'xtalsak, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarga nisbatan xodimlar deyilganda mehnat shartnomasi asosida ishlovchi fuqarolar, shuningdek, fuqarolik huquqiy shartnoma asosida ishlayotgan fuqarolar tushuniladi, agarda ushbu xodimlar:

birinchidan, ish beruvchining topshirig'i asosida (ushbu topshiriq mehnat shartnomasi yoki fuqarolik shartnomasi shartlari bilan qamrab olinadi yoki alohida tartibda kelishib olingan bo'ladi) harakat qilgan yoki harakat qilinishi lozim bo'lsa;

ikkinchidan, xodimlar tegishli ish beruvchilar (fuqaro yoki yuridik shaxs) nazorati ostida harakat qilgan bo'lsalar. Nazorat ishlarni ish beruvchi yoki buyurtmachi kuzatuvi ostida bajarilishinigina emas, balki ularning mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo'yicha normativlarga rioya qilinishini ta'minlash bo'yicha majburiyatlarini xam anglatadi. Ish beruvchi yoki buyurtmachi amalga oshiriladigan nazorat qonuniy asosga ega bo'lishi, ya'ni ularni huquqiy maqomi bilan bog'liq bo'lishi lozim, ayni paytda nazoratni amalga oshirishni real imkoni xam mavjud bo'lishi shart.

Demak, ish o'rnida farroshlik vazifasini bajarib kelayotgan farrosh navbatdagi kun xonalardan birida, deraza tokchalaridagi gultuvaklarni ehtiyot sharti bilan derazaning tashqi qismidagi raxiga joylashtirishi uni mehnat yoki fuqarolik shartnomalari asosida harakat qilayotgan xodim ekanligini anglatadi. Shu sababli sudlar bunday turdagi nizolarni hal qilishda ushbu jarayonni alohida e'tiborga olmog'i lozim bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1001-moddasida zarar yetkazgan shaxsga nisbatan regress huquqi mavjud bo'lib, bu boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni to'lagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan bo'lsa, to'langan tovon miqdorida qayta talab qilish huquqiga egaligidan kelib chiqib, garchi ta'lim muassasi ish beruvchisi fuqaro A.ga yetkazilgan zararni qoplasada, biroq uni regress tartibida farroshdan talab qilib olish huquqiga ega ekanligini bildiradi.

Regress huquqi haqida tushunchaga ega bo'lish uchun A.Rahmonqulovning fikrlariga e'tibor bersak, regress huquqi qaytarma talab bo'lib, bu kreditorning, ya'ni regredeliktning qarzdorga uning aybi sababli boshqa shaxsga to'lagan to'lovlarini qaytarish haqidagi talabidir. Ma'lumki muayyan hollarda qonun zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni zarar yetkazuvchi shaxs ga emas, balki zarar yetkazuvchi bilan huquqiy aloqada bo'lgan boshqa shaxs zimmasiga yuklaydi. Ba'zan bunday tartib jabrlanuvchi uchun qulayroq hisoblanadi, chunki zarar yetkazuvchiga nisbatan u bilan huquqiy aloqada bo'lgan shaxs (masalan, ish beruvchi) zararni o'z vaqtida va to'liq qoplash uchun kengroq imkoniyatlarga ega. Biroq oxir-oqibatda adolat tantana qilmog'i lozim, ya'ni zarar yetkazuvchi javobgarlik subyektiga uning sarf-xarajatlarini to'lashi

ËSCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL № 3

shart. Ushbu norma aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Javobgarlik subyektida zarar yetkazuvchiga nisbatan regress talab qo'yish huquqi zarar yetkazilishi bilan bog'liq ravishda qoplanishi kerak bo'lgan summalar jabrlanuvchiga to'lash boshlangan paytdan vujudga keladi va shu vaqtdan boshlab regress da'vo qilish muddatlarini o'tishi boshlanadi. Agarda javobgarlik subyekti zararni qoplash bo'yicha davriy to'lovlarni amalga oshirsa, regress talablar bo'yicha to'lovlar tegishli tartibda belgilanishi mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, regress da'vo bo'yicha javobgarlik subyektini amalda qilgan, real sarf-xarajatlari qoplanadi .

O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining "Ma'naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo'llashning ayrim masalalari to'g'risidagi" 7-sonli qarorinining 2-bandida ma'naviy zarar tushunchasi berilgan bo'lib, bu jabrlanuvchiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik harakati yoki harakatsizlik oqibatida u boshidan o'tkazgan ma'naviy va jismoniy kamsitilishi, jismoniy og'riq, xo'rlanish, noqulaylik va boshqa azoblar tushuniladi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Bizga berilgan ushbu kazusda jabrlaluvchiga jismoniy og'riq yetkazilgan. Jismoniy og'riq - bu tibbiy yuridik kategoriya bo'lib, jismoniy uqubatlar, jismoniy og'riq, azoblanish, qiynalish ko'rinishlarida namoyon bo'lib, jabrlanuvchiga qilingan zarar yetkazish oqibatlarini natijasi hisoblanadi. B. ismli fuqaroning harakatsizligi natijasida yo'lovchi A.ning bosh va yarim yuz-chakka aralash qismiga qattiq zarb bilan tushgan gultavak natijasida hushidan ketib, qattiq bosh chayqalishi natijasida odatdagi ish unumdorligining 1/3 qismini yo'qotishi bilan bir qatorda tashqi ko'rinishga jiddiy talofat yetkazishi jismoniy og'riq ekanligini ko'rsatib turibdi.

Ma'naviy zarar mavjud deb hisoblash uchun uning tarkibiy qismlaridan biri bu yo jismoniy og'riq yoki ruhiy iztiroblar bo'lishi kifoya. Agar ularning har ikkala bir vaqtda mavjud bo'lsa ma'naviy zarar darajasini yuqori ekanligidan dalolat beradi va javobgarlik darajasini kuchaytirishga xizmat qiladi. Biroq ularning faqat birining mavjudligi javobgarlikni qo'llamaslikka asos bo'lmaydi

Umumiy qoidaga ko'ra, ma'naviy zarar, zarar yetkazuvchining aybi mavjud bo'lsagina u tomonidan qoplanadi. Ma'naviy zararni qoplash keng spektrdagi huquqbuzarliklarda qo'llaniladi. Shu sababli xam ma'naviy zararni qo'llashda ayb umumhuquqiy mezon vazifasini o'tadi, biroq huquqbuzarlik xarakteriga qarab boshqa huquq tarmoqlari, ya'ni jinoyat-huquqiy, ma'muriy-huquqiy, mehnat huquqiy, fuqarolik huquqiy uslubiy mezonlaridan ham foydalanish mumkin. Demak, ushbu nizo ko'proq fuqarolik huquqiy mezon xarakteri sifatida baholanishi mumkin.

"Ma'naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo'llashning ayrim masalalari to'g'risidagi" 7-sonli plenum qarorinining 5-bandida ko'rsatilishicha, Fuqarolik kodeksining 989-moddasi 1-qismiga muvofiq yuridik shaxs yoxud fuqaro o'z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazilgan zararni qoplishi, qonunda ko'rsatilgan bu qoida ma'naviy zarar yetkazilgan holatlarga ham tatbiq qilinadi. Shu narsa a'yon bo'ladiki, ushbu vaziyatdagi ish beruvchi farrosh tomonidan fuqaro A.ga nisbatan yetkazgan ma'naviy zararni qoplaydi degan yakun kelib chiqadi.

Qonun ma'naviy zararni qoplanishini na minimal, na maksimal miqdorlarini belgilamaydi. Ma'naviy zararni qoplash miqdori faqat sud tomonidan belgilanadi.

Ma'naviy zarar miqdori quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:

□ jabrlanuvchiga yetkazilgan ma'naviy va jismoniy azoblarning xususiyati va xarakteriga qarab (jismoniy og'riqlarni qancha davom etgani, ularning darajasi, qisqa muddatli stress yoki doimiy depressiya holati, xo'rlanish, barqaror noqulaylik, surunkali ruhiy majruxlik va shu kabilar.);

ЁSCIENCE AND INNOVATION 2022

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL № 3

□ ayb tovon to'lashga asos bo'lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi (surbetlik bilan, bexayolik bilan, puxta o'ylab huquqbuzarlik sodir etgani yoki yengiltaklik bilan o'ylamasdan sodir etgani va sh.k.).

Zarar qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e'tiborga olinishi lozim. Adolatlilik qoplash miqdori bilan huquqbuzarlik xarakteri o'rtasida mutanosiblik bo'lishini taqozo etadi (masalan, surbetlik va bexayolik bilan zarar yetkazilganda o'ta katta miqdor, oddiy holatda zarar yetkazganda kamroq miqdor va x.k.). oqilonalik esa jabrlanuvchining ham, huquqbuzarning ham mulkiy holatini hisobga olishni talab etadi. Tovon to'lash insonga yetkazilgan ma'naviy jarohatlarni yumshatish maqsadini ko'zlaydi va u bir kishini boyishi hisobiga boshqa shaxsni qashshoqlanishiga olib kelmasligi shart.

Rossiya Federatsiyasi fuqarolik sudi amaliyotida uchrayotgan holatlarni, ya'ni da'vogar o'zining moddiy ta'minlanganligini ta'kidlash ma'nosida sof ramziy to'lov (masalan, 1 rubl)ni talab qilishni ham o'rinli deb hisoblab bo'lmaydi. Bu o'rinda keng yoqlama yondashuv lozim. Qoplash miqdori har doim ish bo'yicha barcha holatlar majmuini hisobga olishi shart. Ushbu toifadagi ishlar bo'yicha sudlar qabul qilgan hal qiluv qarorlarini mo'ljalga va hisobga olish ham foydadan xoli bo'lmaydi. Albatta, huquqbuzarlik jiddiy va zarar yetkazuvchining ayb darajasi yuqori bo'lgan hollarda qoplash miqdori u uchun moddiy jihatdan salmoqli ta'sir yukiga ega bo'lishi maqsadga muvofiq .

Jismoniy va ma'naviy azoblarning xususiyatlari ma'naviy zarar yetkazilgan haqiqat, real holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda sud tomonidan baholanadi.

Professor O.Oqyulovning ta'kidlashicha, jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma'naviy azoblarning xususiyatlari ko'p jihatdan tajovuzning og'irligiga (xam jismoniy kaltaklash, xam xaqorat yoki faqat xaqorat), huquqbuzarlik turiga (bezorilik yoki maishiy janjal), subyektiv huquqlarini buzilish darajasiga, shuningdek, oqibatlarni bartaraf etish mumkinligi yoki sub'ektiv huquqlarni qulay sharoitlarda amalga oshirishni o'nglab bo'lmasligi (ayniqsa bo'lajak kelin-kuyovlar uchun fotihani buzilishi, to'yni umuman bekor qilinishi va x.k.) va shu kabi omillarga bog'liq. Ma'naviy azoblarni baholashga ta'sir qiladigan jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlar uning kasalvandligida, yoshi ulug'ligida, erli ayol yoki yolg'iz ayolligida, fotiha qilingan qiz ekanligi, kasbiy yoki jamoatchilik faoliyatining o'ziga xosliklari, shaxsiy tarjimai xoli va shu kabilarda namoyon bo'ladi. Har bir inson o'ziga xos. Shundan kelib chiqan holda har bir jabrlanuvchi o'ziga nisbatan huquqqa xilof qilmishni, tajovvuzni o'ziga xos qabul qiladi. Shu sababli xam inson xarakterining og'ir-bosiqlik, ko'ngli bo'shliq, yig'loqilik, shallaqilik, "terisi yupqalik" (o'ziga og'ir qabul qilish), xovliqmalik, shaddodlik, yuvvoshlik va sh.k. kabi belgilari sud tomonidan qaror qabul qilishda hisobga olinishi lozim .

Demak, sudlar ushbu ma'naviy zararni qoplash miqdori yo'lovchi A,ga yetkazilgan jismoniy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to'lashga asos bo'lgan hollarda farrosh B. ning aybi darajasiga qarab aniqlashi, zararni qoplash miqdorini aniqlashda sud oqilonalik va adolatlilik talablari e'tiborga olib, farrosh B. ga o'z mehnat vazifalarni munosabatidan kelib chiqqanligini hisobga olib, ish beruvchiga yuklashi ham mumkin.

Mazkur maqola orqali zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlikning ham nazariy, ham amaliy jihatlarining eng muhim xususiyatlarini hamda bugungi kunda ushbu masala bo'yicha ro'y berayotgan dolzarb masalalarga bog'lagan holda tahli qilib chiqdik. Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosalarni keltirib o'tishimiz mumkin:

Birinchidan, Fuqarolik kodeksi 985-moddasi zararni umumiy qoidalari bo'yicha farrosh g'ayriqonuniy harakatsizlik natijasida fuqaro A.ga jismoniy zarar yetkazgan. Agar B. ismli fuqaro o'z ish o'rnida xizmat vazifasini bajarayotganda deraza tokchalaridagi ehtiyot sharti bilan bu safar derazaning tashqi qismidagi raxiga joylashtirgan gultuvaklari katta tezlikda yo'lovchi A.ning bosh va yarim chekka yuziga qattiq kelib tushganligi o'z aybi bilan bo'lmaganligini isbotlab bera olsa, zararni to'lashdan ozod qilinishi mumkin.

Ikkinchidan, Fuqarolik kodeksi 989-moddasiga binoan, farrosh fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida o'z ish faoliyatini bajarayotganligi munosabati bilan ta'lim muassasasi xodimi hisoblanib, yo'lovchi A.ga yetkazgan zararini ta'lim muasssasi ish beruvchisi tomonidan qoplanishi kerak. "Ma'naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo'llashning ayrim masalalari to'g'risidagi" 7-sonli plenum qarorining 5-bandida farrosh ma'naviy zarar yetkazganligi tufayli, ya'ni fuqaro A. hushidan ketib, bosh va yarim chekka yuzi qattiq shikastlanishi natijasida yetkazilgan zararni muassasa ish beruvchisi tomonidan to'lanishi mumkinli belgilab qo'yilganligiga guvoh bo'lamiz.

Uchinchidan, Fuqarolik kodeksi 1001-moddasi ko'ra, ish beruvchi fuqaro A.ga nisbatan to'lagan zararini regress tartibida xodimdan qaytarib olish huquqiga ega. Chunki farrosh boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni to'lashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham ish beruvchi oldida moddiy javobgar bo'lishi aytilgan.

To'rtinchidan, "Ma'naviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qo'llashning ayrim masalalari to'g'risidagi" 7-sonli plenum qaroriga binoan, farrosh ayol yo'lovchi A.ga ma'naviy zarar yetkazgan hisoblanadi. Ya'ni H.Shukurovani xatti-harakati fuqarolik huquqiy munosabatlarida huquqbuzarlikni keltirib chiqargan. Ushbu plenum qarori va Fuqarolik kodeksi 1022-moddasiga binoan, sudlar qaror chiqarishda har ikkala tararni mulkiy ahvolini hisobga olgan holda adolatlilik va oqillik asosida harakat qilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. - T.: "Adolat". 2018. 568 bet.

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining "Ma'naviy zararni qoplash haqidagi

qonunlarni qo'llashning ayrim masalalari to'g'risidagi" 7-sonli qarori

3. Fuqarolik huquqi. Q.II/M. Abdusalomov, X. Azizov, B.Axmadjonov va boshq.; O'zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent Davlat yuridik instituti. - Toshkent: Adolat, 2007.

882 bet - Б.ц.

4. O'zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga sharh: Ilmiy sharhlar. T 3/O'zbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi. — Toshkent: Baktria press, 2013. 799 bet.

5. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga sharh. 2-jild (birinchi qism) Adliya vazirligi.

- T.: "Vektor-Press", 2013. 912 bet.

6. Zokirov I.B. Fuqarolik huquqi (darslik). Qayta ishlangan to'ldirilgan beshinchi nashr, - T.:

TDYI, 2009, 611 bet.

7. Rahmonqulov H. Majburiyat huquqi (umumiy qism). Darslik. -T.: TDYU nashriyoti, 2005.

8. Ro'ziyev R.J, Topildiev V.R. Fuqarolik huquqi. Darslik. -T.: "Cho'lpon", 2011.

9. www.lex.uz

10. www.yurida.uz

11. www.norma.uz

12. www.civil.uz

13. www.pravo.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.