Научная статья на тему 'KORPORATSIYALARDA DIREKTORLARNING O‘Z VAKOLATLARI DOIRASIDAN CHIQIB TUZGAN BITIMLAR YUZASIDAN JAVOBGARLIK MASLALARI.'

KORPORATSIYALARDA DIREKTORLARNING O‘Z VAKOLATLARI DOIRASIDAN CHIQIB TUZGAN BITIMLAR YUZASIDAN JAVOBGARLIK MASLALARI. Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
100
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijro organi / javobgarlik / fiksiya nazariyasi / fidutsiar majburiyat / bono fide. / executive body / liability / fiction theory / fiduciary duty / bono fide.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Umarova, Xolisxon Nomoz Qizi

Ijro organi korporatsiyalar faoliyatida hamisha salmoqli o‘rin egallab kelgan. Garchi korporatsiyalarning oliy boshqaruv organi umumiy yig‘ilish hisoblansada, asosiy xo‘jalik yurituvi va boshqaruvi korporatsiya direktorlari yoxud kollegial ijro organining boshqaruvida bo‘ladi. Korporatsiyalarda javobgarlikning chegaralanganligi, direktorlar uchun javobgarlik masalasining aniq belgilab qo‘yilmaganligi ba’zi hollarda direktorlar tomonidan bunday huquqlarni suiiste’mol qilinishiga ham olib kelmoqda. Ushbu maqola orqali biz korporatsiyalarda direktorlar o‘z vakolati doirasidan chiqib tuzgan bitimlar natijasida yuzaga kelgan zarar bo‘yicha jamiyat oldidagi javobgarlik masalasini O‘zbekiston Respublikasi hamda romana-german, shuningdek, anglo-sakson huquq oilalariga mansub xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida tahlil qilib o‘tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF RESPONSIBILITY FOR TRANSACTIONS MADE BY DIRECTORS OUTSIDE THE SCOPE OF THEIR AUTHORITY IN CORPORATIONS

The executive body has always occupied an important place in the corporations. Although the supreme governing body of corporations is the general meeting, the main business administration and management is under the control of the directors or collegial executive body of the corporation. The limitation of liability in corporations, the fact that the issue of liability for directors is not clearly defined, in some cases leads to the abuse of such rights by directors. Through this article, we discuss the issue of liability of directors for damages caused by the transactions made by the directors in corporations outside of their authority in accordance with the legislation of the Republic of Uzbekistan and foreign countries belonging to the civil and common law countries based on analysis.

Текст научной работы на тему «KORPORATSIYALARDA DIREKTORLARNING O‘Z VAKOLATLARI DOIRASIDAN CHIQIB TUZGAN BITIMLAR YUZASIDAN JAVOBGARLIK MASLALARI.»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

KORPORATSIYALARDA DIREKTORLARNING O'Z VAKOLATLARI DOIRASIDAN CHIQIB TUZGAN BITIMLAR YUZASIDAN JAVOBGARLIK

MASLALARI.

Ijro organi korporatsiyalar faoliyatida hamisha salmoqli o 'rin egallab kelgan. Garchi korporatsiyalarning oliy boshqaruv organi umumiy yig'ilish hisoblansada, asosiy xo'jalik yurituvi va boshqaruvi korporatsiya direktorlari yoxud kollegial ijro organining boshqaruvida bo 'ladi. Korporatsiyalarda javobgarlikning chegaralanganligi, direktorlar uchun javobgarlik masalasining aniq belgilab qo 'yilmaganligi ba 'zi hollarda direktorlar tomonidan bunday huquqlarni suiiste'mol qilinishiga ham olib kelmoqda. Ushbu maqola orqali biz korporatsiyalarda direktorlar o 'z vakolati doirasidan chiqib tuzgan bitimlar natijasida yuzaga kelgan zarar bo 'yicha jamiyat oldidagi javobgarlik masalasini O 'zbekiston Respublikasi hamda romana-german, shuningdek, anglo-sakson huquq oilalariga mansub xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida tahlil qilib o 'tamiz.

Kalit so'zlar: ijro organi, javobgarlik, fiksiya nazariyasi, fidutsiar majburiyat, bono fide.

ISSUES OF RESPONSIBILITY FOR TRANSACTIONS MADE BY DIRECTORS OUTSIDE THE SCOPE OF THEIR AUTHORITY IN

CORPORATIONS

ABSTRACT

The executive body has always occupied an important place in the corporations. Although the supreme governing body of corporations is the general meeting, the main business administration and management is under the control of the directors or collegial executive body of the corporation. The limitation of liability in corporations, the fact that the issue of liability for directors is not clearly defined, in some cases leads to the abuse of such rights by directors. Through this article, we discuss the issue of liability of directors for damages caused by the transactions made by the directors in corporations outside of their authority in accordance with the legislation of the Republic of Uzbekistan and foreign countries belonging to the civil and common law countries based on analysis.

Umarova Xolisxon Nomoz qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti talabasi e-mail: xolisxonumarova3 @gmail .com

ANNOTATSIYA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Key words: executive body, liability, fiction theory, fiduciary duty, bono fide.

Korporatsiyalar rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Amerika qonunchiligida yuridik shaxslarga nisbatan uning ta'sischilari hamda boshqaruv organlari bilan bo'lgan shartnomaviy kelishuvni hisobga olib, "shartnomaviy kelishuv natijasi" deb qaralgan. Shartnomalar huquqida mavjud "shartnoma tuzish erkinligi" prinsipidan kelib chiqib olimlarning fikriga ko'ra, davlat korporatsiyalar faoliyatiga, ayniqsa bu ichki boshqaruv bilan bog'liq bo'lganda aralashishi kerak emas, deya ular korporatsiyalar bozor munosabatalarida o'zini-o'zi boshqara olishiga ishonishgan 1 . Biroq, 1980-yillardagi turli korporativ suiiste'molliklar va korporatsiyalarni egallab olish (sotib olish) to'lqini korporativ munosabatlarda davlatning tartibga soluvchi aralashuvi tushunchasini hayotga olib kirdi. Ushbu yondashuv mustaqil a'zolarning (mustaqil direktorlarning) direktorlar kengashlarida majburiy ishtirokini o'rnatishda va ulardagi korporativ boshqaruv ishtirokini cheklashda aniq namoyon bo'ldi. Bu aslida ularning funksiyalarini bosqichma-bosqich o'zgartishga va Germaniya modelidagi kuzatuv kengashi analogining tanilishiga olib keldi2.

O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga nazar tashlaydigan bo'lsak, '"Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi Qonunda direktorlar javobgarligi bo'yicha 42-modda belgilangan bo'lib, unga ko'ra Jamiyat kuzatuv kengashi a'zolari, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a'zolari unga o'zlarining aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar uchun, agar qonun hujjatlarida boshqa asoslar va javobgarlik miqdorlari ko'rsatilgan bo'lmasa, jamiyat oldida javobgar bo'lishi nazarda tutilgan. Jamiyat yoki uning ishtirokchisi jamiyat kuzatuv kengashining a'zosi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a'zosi tomonidan jamiyatga yetkazilgan zarar o'rnini qoplash to'g'risidagi da'vo bilan sudga murojaat etishga haqlidir. Aksiyadorlar jamiyatlarida esa "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunning 81-moddasiga ko'ra, jamiyat kuzatuv kengashi, direktori, boshqaruv a'zolari, ishonchli boshqaruvchisining javobgarligi ko'rsatib o'tilgan bo'lib, bunday shaxslarning javobgarligi deganda avvalo uning jamiyat oldida javobgarligi nazarda tutiladi. Aslini olganda, direktorlar jamiyat manfaati yo'lida va uning nomidan harakat qilganligi tahmin qilingani bois ham shartnoma tarafi bo'lgan boshqa shaxslarga yetkazilgan

1 Merkt H., Göthel S.R. US-amerikanisches Gesellschaftsrecht. S. 98. Fn. 74.

2 Е.А.Суханов "Сравнительное корпоративное право" М.: Статут, 2014. стр.11

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

har qanday zarar uchun avvalo yuridik shaxsga nisbatan da'vo qilinadi. Aksariyat xorijiy davlatlarda ham xuddi shunday aslida. Quyida esa O'zbekiston Respublikasida amaldagi sud amaliyotida direktorlarning o'z vakolatlari doirasidan chiqib tuzgan bitimlar bo'yicha javobgarlik masalalari qanday normalar asosida hal etilayotganini ko'rib chiqamiz:

"Ittifoq ta'mir qurilish" MCHJ jamiyati ustavda 70 foiz ulushga ega ta'sischisi sudga da'vo arizasi bilan murojaat etib, TIF "X" AJ Andijon viloyat filialiga nisbatan kafillik shartnomasini haqiqiy emas deb topishni so'ragan. Ish hujjatlaridan ma'lum bo'lishicha, 2017 yilning 14 aprelida TIF "X" Andijon viloyat filiali hamda "O'tkirboy agro gold" MCHJ o'rtasida 1 000 000 000 (bir milliard) so'm kredit ajratish bo'yicha №253-04/17-sonli kredit shartnomasi rasmiylashtirilgan. Kredit ta'minoti va majburiyatlarni ta'minlash bo'yicha "Ittifoq ta'mir qurilish" MCHJ bilan 2018 yil 20 iyunda kafillik shartnomasi rasmiylashtirilgan. Ushbu shartnomaga asosan "Ittifoq ta'mir qurilish" MCHJ kredit ta'minoti bo'yicha 206 000 000 (ikki yuzi olti milliard) so'm kafillik majburiyatini oladi. Da'vogar kafillik shartnomasi jamiyat uchun yirik bitim ekanligini, bu bo'yicha jamiyat mulkdorlarining roziligi olinishi lozim bo'lib, 70 fozi ulush bilan jamiyat ta'sischisi bo'lishiga qaramasdan, jamiyat rahbari tomonidan xabardor qilinmagan holda kafillik shartnomasi rasmiylashtirilganligini bildirib sudga da'vo arizasi bilan mrojaat etgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini tinglab, ish hujjatlarini o'rganib chiqib quyidagilarga asosan da'voni qisman qanoatlantirishni lozim deb topgan.

Birinchidan, "Mas'uliyati cheklangan jamiyat va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi Qonunning 44-moddasiga ko'ra, Agar jamiyatning ustavida yirik bitimlarning ancha katta miqdori nazarda tutilgan bo'lmasa, bunday bitimlarni tuzish to'g'risidagi qaror qabul qilinadigan kundan oldingi oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya hisobotlari ma'lumotlari asosida aniqlangan jamiyat mol-mulki qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega bo'lgan mol-mulkni jamiyatning olishi, tasarrufidan chiqarishi yoki jamiyat bevosita yoxud bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarishi ehtimoli bilan bog'liq bo'lgan bitim yoki o'zaro bog'liq bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi. Yirik bitimni tuzish to'g'risidagi qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi tomonidan qabul qilinadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan talablar buzilgan holda tuzilgan yirik bitim jamiyatning yoki uning ishtirokchisining da'vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Demak, agar bu jamiyat uchun yirik bitim bo'ladigan bo'lsa, unda jamiyat rahbarining o'zi bunday bitimni tushiga vakolatli bo'lmagan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Ikkinchidan, Fuqarolik kodeksining 113-moddasida Bitim ushbu Kodeksda belgilab qo'yilgan asoslarga ko'ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb topilishidan qat'i nazar, haqiqiy emas deb hisoblanadi (o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim) ekanligi belgilangan. Bundan tashqari, FK 126-moddasiga binoan Agar shaxsning bitim tuzish vakolatlari shartnoma bilan yoki yuridik shaxs vakolatlari uning ta'sis hujjatlari bilan ishonchnomada, qonunda belgilab qo'yilganiga nisbatan yoinki bitim tuzilayotgan vaziyatdan aniq ko'rinib turgan deb hisoblanishi mumkin bo'lgan vakolatlariga nisbatan cheklab qo'yilgan bo'lsa va bitimni tuzish paytida bunday shaxs yoki organ ana shu cheklashlar doirasidan chiqib ketgan bo'lsalar, bitimdagi ikkinchi taraf mazkur cheklashlarni bilgan yoki oldindan bilishi lozim bo'lganligi isbotlangan hollardagina bitim cheklash belgilanishidan manfaatdor bo'lgan shaxsning da'vosi bo'yicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Da'vogar vakilining bildirishicha, jamiyat ta'sischisi jamiyat kafillik shartnomasi bo'yicha majburiyat olganligini kafillik shartnomasiga asosan "Ittifoq ta'mir qurilish" MCHJ hisob raqamidan 27 756 179, 26 so'm pul yechib olgandan so'nggina xabar topgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy Xo'jalik sudi Plenumining 2014 yil 28 noyabrdagi "Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo'llashning ayrim masalalari to'g'risida"gi 269-sonli qarori 24-band 1-xatboshisida FK 114-moddasining ikkinchi qismiga asosan bitim haqiqiy bo'lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo'yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin bo'lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo'lmasa, uning qiymatini pul bilan to'lashi shart. Shu boisdan sud restitutsiya qo'llab, olingan 27 756 179, 26 so'm pul mablag'larini "Ittifoq ta'mir qurilish" MCHJ foyasiga undirishni lozim deb topadi.

Sud amaliyoti tahlilidan ham ko'rishimiz mumkinki, sudlar Fuqarolik kodeksining 114, 116, 126-moddalarini qo'llab, tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topishi mumkin. Ammo asosiy zarar ko'rgan taraf shartnomaning qolgan taraflari bo'lib qolaveradi. Ayniqsa, bu o'rinda FK 126-moddasining qo'llanilishi masalasani alohida ko'rib chiqish kerak, nazarimizda. FK 126-moddasidan anglashiladiki, bitim tuzayotgan taraf ikkinchi tarafning shu bitimni tuzishga vakolati bor yoki yo'qligini tekshirishi kerak, agar tekshirmasa, buning oqibatini o'z yelkasida qoldiradi. FKning 113-moddasida bitimlarning haqiqiy emasligining 2 xil ko'rinishi mavjud bo'lsa, bu turdagi bitimlarni nizoli bitimlar sirasiga kiritishimiz mumkin. Ushbu holat uchun maxsus oqibatlar o'rnatilmaganligi bois ikki tomonlama restitutsiyada ifodalangan umumiy oqibatlarga rioya qilish zarur hisoblanadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi Qonunning 81-moddasida jamiyat kuzatuv kengashi a'zolarining, direktorning, boshqaruv a'zolarining, ishonchli boshqaruvchining javobgarlik masalari berilgan bo'lib, ular agar jamiyatga mulkiy zarar yetkazgan taqdirda sud ularning vakolatlarini xo'jalik jamiyatlarida rahbarlik lavozimini egallashni taqiqlagan holda 1 yil muddatga tugatilishi mumkinligi belgilangan. Normaga ahamiyat beradigan bo'lsak, bu yerda mulkiy zarar haqida so'z bormoqda. To'g'ri, restitutsiya qo'llanilishi natijasida ba'zan jamiyatga bir qarashda hech qanday mulkiy zarar yetkazilganga o'xshamasligi mumkin. Ammo fuqarolik kodeksining 14-moddasi zararni ikkiga - haqiqiy zarar va boy berilgan foydaga bo'lgan holda ko'rsatadi. Shuning uchun oddiy restitutsiya qo'llanilishi natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar haqiqiy zarar ko'rinishida bo'lmasa ham boy berilgan foyda ko'rinishida yuzaga chiqishi mumkin. Misol uchun, jamiyat mablag'larining ishlatb yuborilishi natijasida jamiyat keyingi shartnomalar tuzish imkoniyatidan mahrum bo'lib qolishi mumkin. Lekin fikrimizcha, bu har doim ham boy berilgan foydaning mavjud ekanligini yoki bo'lishi lozimligini anglatmaydi. Albatta, bunda boy berilgan foydani isbotlash majburiyati shunday talabni qo'yayotgan tomonda qoldiriladi va yuzaga kelgan oqibat hamisha mazkur harakat(harakatsizlik) bilan sababiy bog'lanishda bo'lishi kerak bo'ladi.

Ushu moddada shuningdek, bizning vaziyatga, ya'ni yirik bitimlarga aloqador yana bir norma mavjud bo'lib, "jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo'lgan yirik bitimlarni va (yoki) amalga oshirilishidan manfaatdorlik mavjud bo'lgan bitimlarni tuzishni taklif etganlik, shu jumladan jamiyat bilan bunday bitimlar tuzilishi natijasida o'zlari yoki o'z affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida bitimlar tuzishni taklif etganlik" javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan. Ushbu norma qoidalarini qo'llash uchun yirik bitimni direktor imzolamay, bu taklifni kuzatuv kengashiga, agar bu bitim summasi jamiyat sof aktivlarining 50 foizidan oshsa, umumiy yig'ilishga taklif kiritishi va bu bitim imzolanishiga sababchi bo'lishi kerak edi. Bu paytda bitimni vakolatli organ tasdiqlagani uchun u yuridik kuchga ega bo'lar edi. Bunday bitim keyinchalik haqiqiy emas deb hisoblanganda oddiy restitutsiya qo'llanilishi natijasida yana masala boy berilgan foyda bor-yo'qligi haqida borar edi. Ammo shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, direktorlarning javobgarlik masalalari bu bilan tugamaydi, negaki, zarar bor yoki yo'qligidan qat'iy nazar direktorning jamiyat oldidagi ishonchga asoslangan majburiyati - fidutsiar majburiyati bo'yicha javobgarligi qolaveradi. Bunda direktor ushbu majburiyatni bajarmaganligi tufayli bir necha huquqiy oqibatlar paydo bo'lishi mumkin, masalan,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

zararni direktor hisobidan qoplash, direktorni muddatdan oldin lavozimidan ozod etish (AJ to'g'risidagi qonunning 79-moddasi) va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 415-sonli qarorida 2023 yilning iyul oyiga qadar Adliya vazirligi, Oliy sud, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga xo'jalik jamiyati bilan shartnoma tuzilayotganda, shartnomaning halol ish olib borgan taraf ushbu jamiyatning ijro etuvchi organidan xo'jalik jamiyati tomonidan bitimlarni tuzish ichki tartib-taomiliga rioya etilganligi haqida ma'lumot so'rab olishga majbur emas, ushbu shartnoma xo'jalik jamiyati tomonidan bitimlarni tuzish ichki tartib-taomili buzilganligi munosabati bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas, basharti shartnomaning halol ish olib borgan tarafi ushbu tartibga rioya etilmaganligidan xabardor bo'lmagan bo'lsa, degan normalarini o'zida ifodalovchi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Fikrimizcha, bu norma bir tarfdan uchinchi shaxslar uchun foydali bo'ladigan bo'lsa, ikkinchi tarfdan jamiyat ziyoniga amal qilishi ham mumkin. Masalan, jamiyat direktori umumiy yig'ilish vakolatiga kiruvchi maslasa yuzasidan qaror qabul qilgan bo'lsa, keyinchalik bu jamiyat zimmasidagi mas'uliyat bo'lib qolaverishi mumkin bo'lib qoladi.

Ammo fuqarolik huquqining umumiy tamoyillaridan ma'lumki, fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutiladi. Buning ustiga, kodeksda tadbirkorlarning ish odobi qoidalariga ham rioya etishlari kerakligiga urg'u beriladi. Bir so'z bilan aytganda, huquqni suiiste'mol qilishga yo'l qo'yilmaydi. Soliq kodeksining 15-moddasi esa Fuqarolik kodeksining 126-moddasini ayni qo'llab-quvvatlaydi. Ya'ni unga ko'ra, "Soliq munosabatlarida soliq to'lovchilar kontragentlarni tanlash chog'ida ularning soliq organlarida soliq to'lovchilar sifatida hisobga qo'yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obro'sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo'yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart"3. Normaning davomi shuni taqazo etadiki, agar soliq to'lovchi lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan bo'lsa va bundan u zarar ko'rgan bo'lsa, bu soliq solish maqsadida tan olinmasligi belgilangan. Aytmoqchi bo'lganimiz shuki, lozim darajadagi ehtiyotkorlik har doim ham ushbu harakatni bajaruvchi shaxsdan talab qilinadi, ya'ni bu xuddi "qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmasligi" prinsipiga o'xshaydi. Chunki xususiy huquq ommaviy huquq sohasi emaski, unda bir tomon bo'ysunuvchi, ikkinchi tomon esa unga nisbatan ustunroq mavqega ega bo'lsa. Xususiy huquq, jumladan, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda

3 O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. 31.12.2019

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

tomonlarning tengligining mohiyati ham shunda ko'rinadi, ya'ni huquq ham majburiyat ham ikkala tomon uchun birdek taalluqli.

Ushbu normani yanada sharhlaydigan bo'lsak, bu normadan shartnomaning bir tarafi ko'proq manfaatdor bo'lib qolishini ko'rishimiz mumkin. Masalan, aytaylik, A kompaniya B kompaniya bilan mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzdi. A kompaniya uchun bu shartnoma yirik bitim edi, ammo shartnoma direktor tomonidan yirik bitim tuzish tartib-taomiliga amal qilinmay o'zboshimchalik bilan tuzilgan. A kompaniya endi bu vaziyatda sudga bitimni haqiqiy emas deb topish bo'yicha da'vo qilsa, sud PQ-415 asosida ishlab chiqilgan norma bo'yicha da'voni qanoatlanitrishni rad etishi mumkin bo'ladi. Chunki bu vaziyatda ikkinchi taraf halol ish yuritgan taraf deb qaraladi va shartnoma A kompaniya uchun ham o'z kuchida qolaveradi. Bunday vaziyatda ana endi kompaniya uchun boy berilgan foydadan tashqari, haqiqiy zarar ham kelib chiqishi ehtimoli katta. Chunki u shartnoma tarafi sifatida B kompaniya oldida majburiyat egasidir. Kompaniya esa o'z navbatida o'ziga yetkazilgan zararni direktordan undirib olishi mumkin bo'ladi. Bunda zarar deganda, yuridik shaxsning bitim natijasida kontragent oldida yuzaga kelgan majburiyatidan kelib chiqqan haqiqiy zarar va (yoki) boy berilgan foydani, shuningdek, direktorning o'z majburiyatini bajarmaganligi uchun kelib chiqqan zararni o'z ichiga oladi.

Yuqoridagi tahlillarimiz davomida shuni ko'rdikki, o'z-o'zidan haqiqiy emas deb topilgan bitimlarda restitutsiya qo'llanganda, hamma narsa avvalgi holiga qaytadi. Bundan boshqa huquqiy oqibat olib kelmaslik borasidagi fikrga I.Novitskiy qarshi chiqadi va bunday holat bitim tuzgan shaxslarga boshqa nomaqbul oqibatlar olib kelishi mumkinligi ta'kidlaydi4. Chunki bitim haqiqiy emas deb topilganda ikkinchi taraf yoki har ikki taraf ham bitim tuzishdan umid qilgan natijaga erisha olmay qolishi mumkin. Agar bitim natijasida olingan mol-mulk uchinchi shaxslarga begonlashtirilib ketgan bo'lsa, unda eng katta og'irlik "insofli egallovchi" hisoblangan uchinchi shaxslar zimmasida qolib ketishi ehtimoli ham yuqori. Chunki bitim haqiqiy emas deb topilganda u asosda tuzilgan qolgan barcha bitimlar ham haqiqiy emas deb topiladi. Shuning uchun direktorning vakolatini suiiste'mol qilishi oqibatlariga yengil qarab bo'lmaydi.

Ta'kidlab o'tganimizdek, korporatsiya direktorlari jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki uning butun bashqaruvi, kunlik faoliyati aynan direktor tomonidan boshqarib boriladi. Shuning uchun ham direktorlar zimmasida fuditsiar majburiyat mavjud bo'ladi va uning javobgarligi ham shundan kelib chiqadi5.

4 Новицкий И.Б. Недействительные сделки. Вопросы советского гражданского процесса. - М., 1945, с. 15.

5 Ибро^имов Азимжон Абдумумин Угли (2021). КОРПОРАЦИЯНИ БОШКДРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА КУЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 841-853. doi: 10.24412/2181-1784-2021-10-841-853

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

Romana-german huquq tizimi mamlakatlaridan hisoblangan Rossiya Federatsiyasida sudlar javobgarlikni belgilash uchun huquqbuzarlikning quyidagi 3 ta elementi doirasini aniqlaydi:

Birinchidan, javobgar direktor o'ziga berilgan muayyan majburiyatni buzganmi va bu aniq bir shaklda ko'rinadimi;

Ikkinchidan, direktorning bu harakati korporatsiyaga qancha ziyon keltirdi; Uchinchidan, ushbu huquqbuzarlik va korporatsiyaga yetkazilgan zarar o'rtasida sababiy bog'lanish mavjudmi. Agar ushbu elemtlarning hattoki bittasi yo'q bo'lgan taqdirda ham direktorni javobgarlikka tortish bo'yicha da'vo qanoatlantirishni rad etilishi mumkin6. Bu ham bo'lsa, Rossiya Federatsiyasida ham direktorga nisbatan javobgarlik cheklangan ko'rinishda ekanligini anglatadi.

Ingliz huquq tizimidagi umumiy huquqbuzarliklar tamoyiliga binoan (general tort principles) direktorda fuditsiar majburiyat mavjudligi bois u vakolatlairni faqat o'zi amalga oshira oladi. Shu boisdan agar u uchinchi shaxslarga yoki ikkinchi tarafga qasddan yoki beparvolikdan zarar yetkazgan bo'lsa, shaxsan javobgar bo'ladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, direktorlar, agar ular o'zlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qilsalar, uchinchi shaxslar oldida shaxsan javobgar bo'lmaydilar. Shuningdek, direktorlar kompaniya nomidan har qanday shartnoma uchun uchinchi shaxslar oldida shaxsan javobgar emaslar. 1956 yilgi Hindiston "Kompaniyalar to'g'risida"gi Qonunining 542-moddasiga muvofiq, Agar Direktorlar biznes faoliyati davomida soxta savdo qilishda aybdor deb topilgan bo'lsa, ular sud qarori bilan kompaniyaning qarzlari yoki majburiyatlari uchun shaxsan javobgarlikka tortilishi mumkin. Bundan tashqari, 542-moddaning 3-bandiga ko'ra, yuqorida aytib o'tilgan tarzda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda bila turib ishtirok etgan har bir shaxs, ikki yilgacha bo'lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi yoki ellik ming rupiya jarimaga tortilishi yoki har ikkisi bo'yicha ham bir vaqtda jazolanishi ham mumkinligi qayd etilgan. Bundan tashqari, direktorning aniq javobgarligi odatda faqat direktor shartnomaning bajarilishini shaxsan kafolatlagan taqdirdagina yuzaga keladi. Boshqa tomondan, agar direktor Kompaniya uchun shartnoma imzolasa yoki uning nomini ko'rsatsa, lekin "cheklangan" so'zini yoki uning qisqartmasini qo'shmasa, nazarda tutilgan javobgarlik paydo bo'ladi. Ushbu qoida agentlikning odatiy prinsipiga asoslanadi, agar agent agent sifatida ishlayotganligini oshkor qilmasdan shartnoma tuzsa, u sukut bo'yicha shaxsiy javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Bu yerda agent deyilishiga sabab, Hindiston qonunchiligi bo'yicha direktor bir necha pozitsiyalarda, jumladan, ishonch olgan shaxs, agent, direktor, boshqaruv

6 Корчагин Матвей Андреевич (2020). Ответственность директора перед корпорацией за причиненные ей убытки. Вопросы российской юстиции, (7), 182-202.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

menejeri sifatida namoyon bo'lishi mumkin ekan. Bundan tashqari direktor kompaniya tashkil etilgan, ammo hali davlat ro'yxatidan o'tmagan kompniya nomidan uchinchi shaxslar bilan shartnoma tuzganda ham shaxsan javobgar bo'ladi. Masalan, Kelner va Baxter ishida umumiy yurisdiksiya sudida direktor agar shartnoma imzolagan bo'lsayu, biroq unda bunga vakolat hali mavjud bo'lmasa u o'z harakati uchun o'zi javob berishi aytilgan edi7.

Umuman olganda, romana-german huquq tizimida ham anglo-sakson huquq tizimida aslida shaxslar o'z javobgarligini chegaralash uchun korporatsiyalarga -yuridik shaxslarga birlashadilar. To'g'ri, uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar direktorning o'z vakolatlarini suiiste'mol qilishi natijasida bo'lishi mumkin, ammo u kompnaiya nomidan ushbu harakatni amalga oshirgani bois uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik avvalo kompaniyani o'zida qoladi. Chunki yuridik shaxslarda qaysi huquq tizmida bo'lishidan qat'iy nazar yuridik shaxsning mol-mulki, javobgarligi bilan uning ishtirokchilari, direktorlarining mol-mulki, javobgarligi ajratilgan ko'rinishda bo'ladi. Ingliz-amerika huquq tizimida "korporativ niqoblarni olib tashlash" konsepsiyasining "yorib o'tuvchi javobgarlik" shakliga ko'ra odatda direktor bir vaqtning o'zida ham jamiyat ishtirokchisi, masalan, aksiyadori bo'lganda bu konsepsiya qo'llanishi nazarda tutiladi. Agar direktor jamiyat ishtirokchisi bo'lmagan hollarda uning javobgarligida cheklangan javobgarlikni "yorib o'tish"i yuzaga kelmaydi 8 . O. V. Gutnikov va D.V. Lomakin ham "yorib o'tish" konsepsiyasini direktorlarning shaxsi kompaniya bilan uzviy bog'liqlikda bo'lsagina qo'llanishi mumkinligini bildiradi9. Ya'ni direktor qolgan vaziyatlarda uchinchi shaxslar oldida shaxsan javobgar bo'lmaydi. Umuman olganda, direktor ko'p holarda suvdan ana shunday "quruq" chiqishi ehtimoli katta. Masalan, O'zbekiston qonunchiligi bilan tahlil qiladigan bo'lsak, Fuqarolik kodeksining 48-moddasida yuridik shaxsning majburiyati bo'yicha qonun yoki ta'sis hujjatida belgilangan bo'lgan taqdirdagina faqat muassis (ishtirokchi) yoki mulkdorning hisobdor bo'lishi belgilangan, boshqaruv a'zolarning javobgarligi belgilanmagan ham. Shu boisdan boshqaruv a'zosining, shu jumladan, direktorning javobgarlik doirasi o'ta chegaralangan, deb hisoblashimiz lozim. Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 989-moddasida "Xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari

7 Surabhi Bairathi.Directors & Theirr Liabilities. Avilable on: https://www.legalservicesindia.com/article/577/Directors-&-Their Liabilities.html#:~:text=That%20is%20to%20say%20that,the%20company%20or%20any%20other.

8 Ibrohimov, Azimjon Abdumomin Ogli, Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli, & Tojiboyev, Sarvar Zafarovich (2022). KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O'ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (1), 1068-1082. doi: 10.24412/2181-1784-2022-1-1068-1082

9 Гутников О. В. Гражданско-правовая ответственность в отношениях, связанных с правлением юридическими лицами: дисс. ... д-ра. юрид. наук. - Москва, 2018. - с. - 259

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

o'z ishtirokchilari (a'zolari) tomonidan ular shirkat va jamiyat yoki kooperativning tadbirkorlik, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyatini amalga oshirish vaqtida yetkazilgan zararni qoplashi" belgilangan. Shu paytda yana haqli savol tug'ilishi mumkin, direktor jamiyatning ishtirokchisi (a'zosi) bo'lmasachi?

"Iqtisodiy sudlar tomonidan korporativ nizolarni hal etishning ayrim masalalari to'g'risida"gi Oliy xo'jalik sudi plenumining 262-sonli qaroriga muvofiq, xo'jalik shirkati qonunda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilib, yuridik shaxs maqomini olgandan so'ng unda o'z ulushi (payi, hissasi)ga ega bo'lgan yuridik va(yoki) jismoniy shaxs ushbu xo'jalik shirkatining ishtirokchisi hisoblanadi. Mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda ham aksiyadorlik jamiyatlarida ham direktorlarning ayni vaqtda ushbu jamiyatda ishtirokchi bo'lishi kerakligi bo'yicha talab mavjud emas. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, FK 989-moddasida nazarda tutilgan "ishtirokchi" atamasiga direktorni har doim ham nazarda tutib bo'lmaydi. Buning ustiga, fikrimizcha, garchi ishtirokchi bir vaqtning o'zida direktor bo'lgan taqdirda ham uning ishtirokchilik va direktorlik pozitsiyalari alohida-alohida qaralishi kerak. Shuning uchun ham direktorning huquq va majburiyatlari alohida nazarda tutilgan bo'lishi lozim.

Bundan tashqari, direktorning kompaniya bilan qanday huquqiy munosabatda ekanligini aniqlash ham direktordan zararni undirishda fikrimizcha ahamiyat kasb etadi. Yangi mehnat kodeksining 485-486-moddalarida direktorlar bilan mehnat shartnomasi tuzilishi belgilangan. Agar direktor bilan mehnat shartnomasi tuziladigan bo'lsa, unda u ish beruvchiga nisbatan xodim hisoblanadi. MK 337-moddasi esa xodimning moddiy javobgarligini cheklaydi. Maslan, unga ko'ra, xodim ish beruvchiga to'g'ridan to'g'ri yetkazilgan haqiqiy zararning o'rnini qoplashi shartligi, boy berilgan foyda esa xodimdan undirilmasligi belgilangan.

AQSHning Texas shtati Oliy sudida ko'rilgan "Fisher v. Carrousel Motor Hotel" sud ishi hujjatlarida shunday yoziladi:

Texas qonunlariga ko'ra, agentining (xodimining) ishi zarar yetkazuvchi xatti-harakati uchun quyidagi hollarda prinsipial yoki uning boshlig'i javobgar bo'ladi:

Birinchidan, prinsipial ushbu harakatni sodir etish uchun ko'rsatma bergan bo'lsa;

Ikkinchidan, agent shu ishni qilishga noloyiq bo'lsayu, prinsipial buni bilgan holda uni shu vazifaga mas'ul qilib qo'ygan bo'lsa;

Uchinchidan, agent o'z ish vazifasidan yoki unga yuklatilgan vazifadan kelib chiqib, burchini bajargan bo'lsa;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023

To'rtinchidan, keyinchalik ish beruvchi yoki menijer uning bu xatti-haraktini tasdiqlagan bo'lsa10. Shunga o'xshash qoida FK 989-moddasida ham mavjud bo'lib, javobgarlikni to'g'ridan to'g'ri direktorga yoki kompaniyaga qaratishda direktorning huquqiy holatini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Keyingi vaziyada ingliz huquqi bo'yicha tahlil qiladigan bo'lsak, kompaniyaning kundalik boshqaruvi uning aksiyadorlari tomonidan direktorlarga topshiriladi. Direktorlarning qarorlari direktorlar kengashi tomonidan birgalikda qabul qilinadi. Direktorlar kompaniya oldida, agar to'lovga qobiliyatsizlik vujudga keladigan bo'lsa, krteditorlar oldida ham qarzdor hisoblanadi. Bundan tashqari, direktorlarning asosiy vazifalari 2006-yildagi "Kompaniyalar to'g'risida"gi qonunda ham ko'rsatib o'tilgan, ushbu qonunga ko'ra, direktorda bitimlar tuzish bo'yicha cheklovlar mavjud. Qo'shimcha ravishda shuni ham aytishimiz mumkinki, korporatsiyalarga yetkazilgan zararni qoplashda direktorlar shaxsiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar u korporatsiya va uchinchi shaxslar o'rtasida tuzilayotgan bitimlarda yolg'on ma'lumot bergan bo'lsa, qonun talablariga rioya qilmay bilib turib ushbu bitimni tuzgan bo'lsa, o'zi shaxsiy javobgarlikka tortiladi.

Gemaniya qonunchiligiga qaraydigan bo'lsak, direktorlar amaldagi qonunchiliklarga rioya qilib, g'amxo'rlik va sodiqlik asosida korporatsiyalar nomidan harakatlar olib borishi kerak. G'amxo'rlik me'yori deganda, mehnatsevar va ehtiyotkor tadbirkor, ishbilarmonlik nuqatai nazari doirasi tushuniladi. Agar u o'zining majburiyatlarini buzib, vakolati doirasidan chetga chiqib korporatsiyalarga zarar yetkazadigan bo'lsa, direktorlarning kompaniya oldidagi shaxsiy va birgalikdagi javobgarligiga olib keladi. Umuman oladigan bo'lsak, bashqaruv a'zolari jamiyatning xatti-harakatlari uchun alohida aksiyadorlar yoki uchinchi shaxslar oldida javobgar bo'lishi mumkin emas.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, yuqoridagi tahlillar shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham romana-german yoki anglo-sakson huquq oilasiga mansub davlatlarda ham aksariyat hollarda direktorlarning javobgarlik masalalari cheklangan tarzda ifodalangan. Buning izohi sifatida shuni aytish mumkinki, direktorlar mustaqil shaxs sifatida emas, balki korporatsiyalar manfaati yo'lida harakat qiluvchi shaxs hisoblanadi. Shu boisdan u ikkinchi taraf oldida asosan majburiyat olmaydi. Ammo bu uning javobgarlikdan butunlay ozod ekanligini anglatmaydi. Direktor mustaqil shaxs sifatida jamiyat va direktor o'rtasida tuzilgan shartnoma subyekti (tomoni) hisoblanadi va shu tariqa jamiyat oldida ma'lum bir majburiyatlarga ega bo'ladi. Direktorlarning jamiyat oldidagi fidutsiar majburiyati

10 Emmit E.Fjisher, Petitioner, v Carrousel nMotor Hotel, Inc, et al., Respondents. № B-342. Supreme Court of Texas. Dec.27, 1967

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

esa u tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun to'g'ridan-to'g'ri uchinchi shaxslar emas, balki, jamiyat oldida javobgarligini anglatadi.

Bundan tashqari, direktorning o'z mavqeyini suiiste'mol qilib tuzgan bitimlari natijasida kelib chiqqan zararni hisoblashda haqiqiy zarar yuzaga kelgan-kelmaganidan qat'iy nazar, ayniqsa, bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatida restitutsiya qo'llanishi natijasida boy berilgan foydani direktordan undirish imkoniyati ham mavjud bo'ladi. Bunda direktor bilan kompaniya o'rtasidagi huquq va majburiyatlar yuzga kelib chiqish asoslariga ham e'tibor qaratish muhim hisoblanib, shu orqali direktordan undirish mumkin bo'lgan zararning haqiqiy qiymatini hisoblab chiqish mumkin. Shuningdek, direktorlarning jamiyatda bir vaqtda ishtirokchilik pozitsiyasi ham mavjud bo'lgan-bo'lmganidan qat'iy nazar, uning bu ikki pozitsiyasi bir-biridan ajralgan holda qaralishi va direktorning javobgarligi qonunda aniq belgilanmaganligi bois, jamiyat va direktor o'rtasida tuziladigan shartnomada avvaldan belgilab qo'yilishi maqsadga muvofiq bo'lar edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. 21.12.1995

2. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. 31.12.2019

3. "Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi Qonun.

4. Merkt H., Göthel S.R. US-amerikanisches Gesellschaftsrecht. S. 98. Fn. 74.

5. Е.А.Суханов "Сравнительное корпоративное право" М.: Статут, 2014. 56c.

6. Новицкий И.Б. Недействительные сделки. Вопросы советского гражданского процесса. - М., 1945, с. 15.

I Иброхимов Азимжон Абдумумин Угли (2021). КОРПОРАЦИЯНИ БОШ^АРИШДА ФИДУЦИАР МАЖБУРИЯТЛАР ВА УЛАРНИ УЗБЕКИСТОНДА ^УЛЛАШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 841-853. doi: 24412/2181-1784-2021-10-841-853^^^^^^^И^ИИ|

8. Корчагин Матвей Андреевич (2020). Ответственность директора перед корпорацией за причиненные ей убытки. Вопросы российской юстиции, (7), 182-202.

9. Surabhi Bairathi.Directors & Theirr Liabilities. Avilable on: https://www.legalservicesindia.com/article/577/Directors-&-Their Liabilities.html#:~:text=That%20is%20to%20say%20that,the%20company%20or%2 0any%20other.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(7), July, 2023

10. Ibrohimov, Azimjon Abdumomin Ogli, Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli, & Tojiboyev, Sarvar Zafarovich (2022). KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O'ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (1), 1068-1082. doi: 10.24412/2181-1784-2022-1-1068-1082

11. Гутников О. В. Гражданско-правовая ответственность в отношениях, связанных с правлением юридическими лицами: дисс. ... д-ра. юрид. наук. -Москва, 2018. - с. - 259

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.