Научная статья на тему 'UBAYDIY SHE’RIYATIDA RUBOIY JANRINING ROLI VA AHAMIYATI'

UBAYDIY SHE’RIYATIDA RUBOIY JANRINING ROLI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
742
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ubaydiy / tasavvufiy qarashlar / ruboiy / hikmatnavislik an’anasi / ruboiynavis / diniy motiv / tavhid g‘oyasi. / Ubaydi / mystical views / rubai / tradition of wisdom / rubai / religious motive / idea of monotheism.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mannopov, I.S., Inomov, S. O‘

Ushbu maqolada Shayboniylar sulolasi vakili shoh va shoir Ubaydullaxonning ijodi haqida atroflicha ma’lumot berildi. Uning qalamiga mansub bir qator ijod namunalari o‘rganildi. Shoirning diniy va tasavvufiy qarashlari ayrim she’rlari kesimida tahlilga tortildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF RUBY GENRE IN UBAIDI'S POETRY

This article describes in detail the work of the Shah and poet Ubaydullahan, a representative of the Shaibanid dynasty. A number of samples of creativity belonging to his studies were studied. The poet's religious and mystical views were analyzed in the context of some of his poems.

Текст научной работы на тему «UBAYDIY SHE’RIYATIDA RUBOIY JANRINING ROLI VA AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 11

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

UBAYDIY SHE'RIYATIDA RUBOIY JANRINING ROLI VA AHAMIYATI

I.S.Mannopov,

Farg'ona davlat universiteti doktoranti

S.O'.Inomov Farg'ona davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Shayboniylar sulolasi vakili shoh va shoir Ubaydullaxonning ijodi haqida atroflicha ma'lumot berildi. Uning qalamiga mansub bir qator ijod namunalari o'rganildi. Shoirning diniy va tasavvufiy qarashlari ayrim she'rlari kesimida tahlilga tortildi.

Kalit so'zlar: Ubaydiy, tasavvufiy qarashlar, ruboiy, hikmatnavislik an'anasi, ruboiynavis, diniy motiv, tavhidg'oyasi.

АННОТАЦИЯ

В этой статье подробно рассказывается о творчестве шаха и поэта Убайдуллахана, представителя династии Шайбанидов. Был изучен ряд образцов творчества, принадлежащих его перу. Религиозные и мистические взгляды поэта были подвергнуты анализу в разрезе некоторых его стихов.

Ключевые слова: Убайди, мистические взгляды, рубаи, традиция мудрости, рубаи, религиозный мотив, идея монотеизма.

ABSTRACT

This article describes in detail the work of the Shah and poet Ubaydullahan, a representative of the Shaibanid dynasty. A number of samples of creativity belonging to his studies were studied. The poet's religious and mystical views were analyzed in the context of some of his poems.

Keywords: Ubaydi, mystical views, rubai, tradition of wisdom, rubai, religious motive, idea of monotheism.

KIRISH

Hammamizga ma'lumki, o'zbek adabiyotiga haqiqiy tamal toshi qo'ygan

ijodkor Alisher Navoiydir. Zahiriddin Muhammad Boburning ham sarkarda, ham

hukmdor, ham shoir ekanligi ham hech kimga sir emas. Ammo XV asr oxiri - XVI

asr boshlarida temuriylar sulolasi hokimiyati parkandalikka uchrab, qulagandan so'ng

Movarounnahr va Xuroson zaminida ham she'riyat an'analari davom etavergan.

Mana shu narsa ko'pchilikka ma'lum emas, chunki bu borada tadqiqotlar juda kam

amalga oshirilgan. Temuriylardan keyin taxtga kelgan shayboniylar sulolasi tarixida

ham shoir, ham podsho bo'lgan hukmdorlar ham ko'plab topiladi. Masalan,

419

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Movarounnahrni zabt etgan ko'chmanchi o'zbeklar sultoni Muhammad Shayboniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon ham shoir o'tishgan. "Boburnoma"da ham Shayboniyxonning ismi "Shohbaxt" shaklida tilga olinib, uning nazmga ishtiyoqi va iqtidori baland ekanligi haqida yoziladi. Shayboniyxon va shayboniylar sulolasi davrida garchi she'riy an'analari temuriylardagichalik rivojlanishga erisha olmasa-da, o'ziga xos yo'nalish va an'analar yaralishiga asos bo'lgan. Misol uchun, Shayboniyxonning Movarounnahr, Xuroson va Xorazmga qarshi yurishlari aks ettirilgan "Shayboniynoma" asarini tarixchi va shoir Muhammad Solih nazmiy yo'l bilan yaratgan. Tarixiy asarlar turkiy adabiyotda ko'proq nasr orqali yozilishi odat tusiga kirgan edi. Hatto hazrat Navoiy ham "Tarixi anbiyo va hukamo" va "Tarixi muluki Ajam" asarlarini nasriy yo'l bilan yaratgan. Bobur ham o'zining "Boburnoma" memuarida tarixiy faktik materiallarni keltirib, ularning mazmuniga mos ruboiy va g'azallarni ilova qilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shayboniylar sulolasida Muhammad Shayboniyxondan keying eng qudratli, dovyurak va ziyrak hukmdor Ubaydullaxon bo'lgan. Ubaydullaxonning to'liq ismi: Abulg'oziy Ubaydulloh Bahodir ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog' Sulton ibn Abulxayrxon. Ubaydullaxon 1486-yili qadimgi Xorazm zaminiga tegishli Vazir shahri yaqinidagi Tirsak mavzeyida dunyoga kelgan. Otasi Mahmud Sultonning iltimosiga ko'ra, mashur din peshvosi va valiy zot Xoja Ubaydullloh Ahror unga o'z ismini bergan. "O'z nomlarini berishlari ul zotning zo'r marhamatlaridan bo 'Idiki, shuning uchun ham uning bebaho asarlari va yaxshi nomlarining oqibati olamda boqiydir", - deb yozadi bu haqida mashhur muarrix Hofiz Tanish Buxoriy. Ubaydullaxon yoshligidan islom dini va tasavvuf ruhida tarbiyalangan. Tasavvuf bo'yicha dastlabki saboqni otasining piri Mavlono Muhammad Qozidan olgan. Ubaydullaxonga o'z davrining mashhur ulamolari Fazlulloh ibn Ro'zbexon, Maxdumi A'zam, Mavlono Muhammad Azizon, Mavlono Xoja Muhammad Sadr va boshqalar ustozlik qilgan. Xususan, unga davlat arbobi va sarkarda amir Abdulla Yamaniy (Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur bo'lgan) harbiy san'atdan saboq bergan va o'ziga murid qilib olgan. Xorazm va Buxoro hokimi bo'lgan otasi Mahmud Sulton Qunduzda vafot etgach (1504), unga O'rusbek Do'rmon (1512-yili Ko'li Malikda bo'lgan jangda o'ldirilgan) otaliq qilib tayinlangan. Harbiy ishda jasur va dovyurak bo'lib ulg'aygan Ubaydullaxon amakisi Shayboniyxonning harbiy yurishlarida faol ishtirok etgan. Jumladan, Xorazm (1505), Balx (1506), Hirot va Mashhad (1507) uchun janglarda o'zining jasurligi va tezkorligini namoyish qilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1510-yili Shayboniyxon Marvdagi jangda forslar tomonidan qatl etilgach, mamlakatdagi chigal siyosiy vaziyatni yechish hamda parokandalikka barham berish aynan uning zimmasiga tushgan. Eron shohi Ismoil Safaviy va uning madadiga tayangan Boburning lashkarlarini 1512-yilda Ko'li Malik va G'ijduvon muhorabalarida tor-mor qilgan Ubaydullaxon Movarounnahrni yana shayboniylar hukmronligi ostiga qaytargan. Shayboniylarda an'anaga muvofiq, taxtga Yoshi katta sulola vakili o'tirishi zarur edi. Shuning uchun Ubaydullaxon Shayboniyxonning amakivachchasi Ko'chkunchixonni taxtga o'tqazgan. 1513-yil yanvarda Xurosonga yurish qilib safaviylarga zarba bergan. Shu yili martda esa Marv shahrini egallagan. Uzoq davom etgan harbiy to'qnashuvlardan so'ng, Hirot va mashhad ham forslardan tortib olinadi (1529). Ubaydullaxon 1533-yilda taxtga chiqqach, davlat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko'chiradi. Uning davrida davlat rasman Buxoro xonligi deb nom oldi. Buxoroning siyosiy, iqtisodiy va madaniy mavqeyi oshdi. Buxoro shahrida Mir Arab madrasasi, Mirak Sayyid G'iyos bog'i, Zarafshon daryosi ustiga Mehtar Qosim ko'prigi qurildi.

Yuqorida keltirilgan barcha ma'lumotlar Ubaydullaxonning siyosiy va harbiy faoliyatiga doir ma'lumotlardir. Uning she'riyatdagi faoliyatiga ham alohida to'xtalib o'tish kerak. Ubaydullaxon yassaviya va naqshbandiya tariqatlariga e'tiqod qilib, shayx sifatida muridlar ham tarbiyalagan. Ubaydullaxon "she 'r ilmlarida sohibi fan " bo'lib, "Ubaydiy", "Qul Ubaydiy", "Ubaydulloh" taxalluslari bilan o'zbek, fors va arab tillarida ijod qilgan. Uning uchala tildagi devonlarini o'z ichiga olgan kulliyoti keyinchalik Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko'chirilgan (1583). Ubaydullaxonning turkiy devonida 310 g'azal, 428 ruboiy, 11 tuyuq, 18 masnaviy, 7 muammo, 2 yor-yor mavjud. Shuningdek, devondan diniy-tasavvufiy va axloqiy-didaktik ruhdagi "Omonatnoma", "Shavqnoma", "G'ayratnoma", "Sabrnoma" manzumalari o'rin olgan. "Ubaydiyning bu nomalarni yozishdan maqsadi inson kamolotini ta'minlashga xizmat qiladigan axloqiy masalalarni yoritish bo'lgan" Forsiy devonida esa 163 g'azal, 418 ruboiy, 7 qit'a, 1 fard, 1 masnaviy, 1 tarje'band va 3 muammo bor. Arab tilidagi merosi 35 ga yaqin g'azal, qit'a va fardlardan iborat. Ubaydullaxon Ahmad Yassaviy asos solgan hikmatnavislik an'anasini rivojlantirgan. Undan 1786 baytdan iborat 220 dan ortiq hikmat yetib kelgan. Ubaydullaxon ijodida diniy-tasavvufiy g'oyalar yetakchilik qiladi.

Ubaydullaxon o'zbek va fors adabiyotidagi yirik ruboiynavislardan hisoblanadi. Uning bu 2 tildagi ruboiylari 850 ga yaqin. Xususan, o'zbek adabiyotida ruboiyning Boburdan keyingi taraqqiyoti Ubaydullaxon nomi bilan bog'liq. Shoir she'rlarida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'zbek tilining boy imkoniyatlaridan, o'ziga xos xususiyatlaridan mahorat bilan foydalangan.

Ko'rguz manga ul sho'x vafosin, yo Rab! Ko'rguzma aning manga jafosin, yo Rab! Yo Rab, ne duo qilursen - o'z lutfung ila Bu qulnung ijobat et duosin, yo Rab.

Ubaydiy qalamiga mansub ushbu ruboiyda diniy motiv yetakchilik qiladi. Chunki 1, 2 va 4-misralar oxirida qofiyalanib kelgan "yo Rab" so'zi Tangri taologa qilingan murojaatni anglatadi. Shoir ruboiysida Yaratgandan yorning sho'x vafosini unga ko'rguzishini, aksincha, yor jafosini unga ko'rsatmaslikni tilamoqda. Birinchi va ikkinchi misralardagi "vafo" va "jafo" so'zlari qofiyadosh bo'lish bilan birga, zid ma'noli so'zlar (antonim) hisoblanadi. Bu bilan Ubaydiy she'rda tazod san'atini qo'llagan. Ubaydiy ruboiy oxirida Alloh azza va jallaga qul bo'lgan bandaning duosini ijobat et, deya munojaat etmoqda. Mumtoz o'zbek she'riyatida tasavvufiy masalalar hamda sof e'tiqodni jo qilish mavzusi juda keng tarqalgan xususiyatdir. Ubaydiy ham oldingi davrda yashagan barcha mutasavvuf shoirlar ijodini davom ettirgan holda ruboiy va g'azallarida shu an'anaga amal qilgan.

Sabr etsa kishi, murodig'a yetgusidir,

O'zini sabur ahlidin etgusidur.

Sabr etmakidin anga yetib xurramliq, G'am xayli aning xotiridin ketgusidur.

Ushbu ruboiyning bosh mavzusi esa sabrdir. Ma'lumki, sabr fazilati insonga berilgan eng yuksak ne'matlardan biridir. Inson boshiga biror musibat kelsa sabr qiladi, moliyaviy yoki ruhiyi qiyinchiliklarga duch kelsa yana sabr qiladi. Agar sabr bo'lmaganda insoniyat allaqachon tushkunlik va razolat botqog'iga botib, bir-biridan tinimzsiz alam oladigan darajada tubanlashib ketgan bo'lar edi. Ubaydiy ham ruboiysida sabr qilgan kishining murodiga yetishi, o'zini sabur - sabr qiluvchilar ahlida qilmog'i haqida fikr berilgan. Ruboiyning uchinchi misrasidagi "xurramliq", ya'ni xursandchilik so'zi oxirgi misradagi "g'am" so'ziga nisbatan qarshi ma'noni anglatib bu yerda ham tazod san'atini vujudga keltirgan. Darhaqiqat, sabr qilgan kishi boshidan g'am-alamlar ketishi, boshiga xursandchilik yetishi rost gap.

Yetkurdi Nabiy payom: "Ollohu ahad!"

Ummatlarga salom: "Ollohu ahad!"

Nozil bo'ldi hiynig'a ro'za oyi, Qur'onkim erur kalom: "Ollohu ahad!"

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ushbu ruboiyda esa tavhid g'oyasi yetakchilik qilgan. Tavhid - bu Alloh taoloning yagonaligiga iymon keltirish, unga shirk keltirmaslik va Alloh qudratli zot ekanligini e'tirof etish. Ruboiyning ilk misrasida Nabiy alayhissalomning ummatlariga payom (mujda, xabar) keltirgani ta'kidlangan. Ikkinchi misrada esa bu xabarning ummatlarga salom ekanligi aytilgan. Ushbu xabar va salom esa "Ollohu ahad", ya'ni "Alloh yagona" kalimasi ekanligi aytilmoqda. Ubaydiyning yoshlikdan tasavvuf namoyondalaridan saboq olganligi uning ruboiylarida aniq-ravshan bilinadi. Negaki bu she'rlarda Allohning yagonaligi, unga qilingan munojotlar, faqat undangina panoh tilash va undan umid qilish lozimligi bot-bot tilga olinadi. Ruboiyning oxirgi misralarida ro'za oyida nozil qilingan Qur'oni Karimning tavhid g'oyasiga tayanch ekanligi ta'kidlab o'tilgan.

Mardona bo'lub g'amima, ey pokzamir,

Har necha Vazir ahli qilsa tadbir.

Oz kunda ko'rungki, bot nigunsor bo'lub,

Bo'lg'usidurur zeru zabar shahri Vazir.

Shoir va hukmdor Ubaydiy she'riyatida tavhid, kalom ilmi va hadislarga murojaat bilan birga ijtimoiy-siyosiy masalalarga ham alohida e'tibor qaratilgan. Yuqoridagi ruboiyda Ubaydullaxonning Buxoro xoni sifatida Xorazmning vazir shahriga qilgan yurishi haqida gap ketadi. Tarixdan ma'lumki, XVI asr boshlarida Movarounnahr mintaqasi Xiva xonligi va Buxoro xonligi deb atalgan ikki o'zbek davlatiga bo'linadi. Bu ikki davlat bir-biri bilan tinimsiz urush olib borar, kurashlarda yuzlab begunoh insonlar qurbon bo'lardi. Ana shunday yurishlardan biri 1537-1538-yillarda Buxoro xoni Ubaydullaxonning Xivani bosib olish uchun olib borgan yurishidir. Bu yurish natijasida Xorazmning bir qancha yirik markazlari vayron etiladi, Xiva xoni Avaneshxon va uning oilasi qatl qilinadi, Xprazmxalqiga zulm ortadi. Ruboiyda ham Xorazmdagi vazir shahri qanchalik chora-tadbir qilmasin, tez orada yer bilan yakson etilishini ta'kidlamoqda. Bu she'rda Ubaydiyning hukmdorlik sifatlari yaqqol ko'zga tashlanadi. U mintaqani yagona davlatga birlashtirishga harakat qiluvchi, bu yo'lda barcha raqiblarga nisbatan shafqatsiz, dushmanga qattiqqo'l, harb ilmi va siyosatda ehtiyotkor va mohir ekanligini anglash mumkin.

Ubaydiyning she'riy me'rosi ancha salmoqli va rang-barangdir. Unda esa ruboiy janri alohida ahamiyat kasb etadi. Adabiyotshunos olim Ergash Ochilov nashrga tayyorlagan va Ubaydiyning 400 ga yaqin ruboiysi jamlangan "Diydor orzusi" (2007) kitobi Ubaydiy ruboiylarini o'rganishda muhim manba bo'la oladi. Ubaydiy mumtoz

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'zbek adabiyotida eng ko'p ruboiy yozgan shoir bo'lish barobarida, Bobur kabi u ham she'riy iste'dodini ko'proq ruboiyda namoyon etgan. Qolaversa, shoirning na turkiy, na forsiy, na arabiy merosi to'la nashr etilgan bo'lib, biz ushbu to'plam bahonasida Ubaydiy ijodining bir qirrasi haqida axborotga ega bo'lamiz. Ubaydiy ruboiylarida tasavvufiy qarashlar bilan birga, ijtimoiy-siyosiy qarashlar hamda ishq mavzusi ham bayon etilgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ubaydiy. Diydor orzusi. T.; "Sharq" - 2007.

2. Ruboiy gulshani. T.; "O'zbekiston" - 2010.

3. Mirzo Muhammad Haydar. Tarixi Rashidiy. T.; 1966.

4. Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma. 1-jild. T.; 1999.

5. Hasanxoja Nisoriy. Muzakkiri ahbob. T.; 1993.

6. Zayniddin Vosifiy. Badoe' ul-vaqoe'. T.; 1979.

7. Abdullayev M. Ubaydiy hayoti va adabiy faoliyati. Avtoreferat. -T.;2000.

8. Hayitmatov A. Adabiy merosimiz ufqlari. T.; 1997.

9. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

10. Sabirdinov, A. . (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

11. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

12. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

13. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

14. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

15. Kayumov, A. A., & Isakova, J. B. (2022). DESCRIPTION OF A CHILD'S IMAGE IN UZBEK LITERATURE. Oriental Journal of Social Sciences, 2(02), 115122.

16. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

556-559.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

17. Kayumov, A. (2021). Character And Psychophysiology. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 3, 9-13.

18. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

19. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

20. Oripova Gulnoza Murodilovna. (2019). THE PECULIARITIES OF VAZN METER IN UZBEK POETRY OF THE INDEPENDENCE PERIOD. International Journal of Anglisticum. Literature, Linguisitcs and Interdisciplinary Studies. Volume: 8 /Issue:2/. - Macedonia, 2019. -P.33-39.

21. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

22. Akhmadjonova O. A. Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar" //The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 389-392.

23. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

24. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

25. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

26. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

27. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

28. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

29. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

30. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

31. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

32. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 1(4), 104-105.

33. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

34. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

35. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

36. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 1(3),

37. Rustamova I.I. Rhythm Views on the Plot of the Work / / Badiy asar syujetida ritm ko'rmishlari. // International Journal of Innovative Research. - India,June, 2021, -P. 8355-8357.

38. Rustamova I.I. PORTRAIT AND ITS ARTISTIC-AESTHETIC FUNCTION IN THE WORKS OF ABDULLA QAHHOR//Abdulla Qahhor asarlarida portretning badiiy-estetik funksiyasi//AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL AND HUMANITARIAN RESEARCH. -America, December, 2021, -P. 230-234.

39. https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/o-zbek-mumtoz-adabiyoti/ubaydiy-1486-1540

111-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.