Научная статья на тему 'UBAYDIYNING “SALAVOTNOMA” ASARIDA MA’RIFIY MAZMUN'

UBAYDIYNING “SALAVOTNOMA” ASARIDA MA’RIFIY MAZMUN Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
214
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Salovatnoma” ma’rifiy yangilanish namunasi / asarning asosiy mazmuni / unda ifodalangan fikrlar / salavot aytishning ahamiyati / Qur’oni Karimda salavot aytishga chorlovlar / Hadisi sharifda salavotlar. / "Salavotnoma" an example of enlightenment renewal / the main content of the work / the ideas expressed in it / the importance of salawat / the call to salawat in the Qur’an / salawat in the Hadith.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xolmatov, Olimjon Alisher O‘G‘Li

Maqolada Ubaydiyning “Salavotnoma” asarida noma janrining yangilishi, uning tahlili va asosiy mazmuni xususida so‘z boradi. Salavot aytishning qanchalik ahamiyatli ekanligi Qur’oni Karim va Hadisi shariflar asosida yoritiladi hamda ijodkorning bu mavzuga to‘xtalish sababi ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATIONAL CONTENT IN UBAYDI'S WORK "SALAVOTNOMA"

The article deals with the renewal of the content, its analysis and the main content of Ubaydi’s “Salavotnoma”. The importance of salawat is explained on the basis of the Qur’an and the Hadith, and the author’s reason for focusing on this subject is explained.

Текст научной работы на тему «UBAYDIYNING “SALAVOTNOMA” ASARIDA MA’RIFIY MAZMUN»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

UBAYDIYNING "SALAVOTNOMA" ASARIDA MA'RIFIY MAZMUN

Xolmatov Olimjon Alisher o'g'li

Termiz davlat universiteti adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyotshunosligi yo'nalishi I

bosqich magistranti

Maqolada Ubaydiyning "Salavotnoma" asarida noma janrining yangilishi, uning tahlili va asosiy mazmuni xususida so 'z boradi. Salavot aytishning qanchalik ahamiyatli ekanligi Qur'oni Karim va Hadisi shariflar asosida yoritiladi hamda ijodkorning bu mavzuga to 'xtalish sababi ochib beriladi.

Kalit so'zlar: "Salovatnoma" - ma'rifiy yangilanish namunasi, asarning asosiy mazmuni,unda ifodalangan fikrlar, salavot aytishning ahamiyati, Qur'oni Karimda salavot aytishga chorlovlar, Hadisi sharifda salavotlar.

The article deals with the renewal of the content, its analysis and the main content of Ubaydi 's "Salavotnoma ". The importance of salawat is explained on the basis of the Qur'an and the Hadith, and the author's reason for focusing on this subject is explained.

Keywords: "Salavotnoma" - an example of enlightenment renewal, the main content of the work, the ideas expressed in it, the importance of salawat, the call to salawat in the Qur 'an, salawat in the Hadith.

В статье рассматривается обновление содержания, его анализ и основное содержание «Салaвoтномъl» Убайди. Важность произнесения салявата объясняется на основе Корана и хадисов, а также объясняется причина, по которой автор сосредоточился на этой теме.

Ключевые слова: «Салаватнама» - пример обновления просветления, основное содержание произведения, идеи, выраженные в нем, важность салавата, призыв к салавату в Коране, салават в хадисах.

Ushbu maqolada, avvalo, noma janri an'analarining Ubaydiy ijodida yangilanishi to'g'risida fikr yuritiladi. Boshqa Payg'ambarimiz alayhissalom to'g'risidagi na'tlar va salavotlardan farqlarini ham aytib o'tamiz. Salavotning ahamiyatini Qur'oni Karim oyatlari, sahih hadislarni keltirib o'tish orqali isbotlashga harakat qilamiz. "Salavotnoma"dagi har bir baytini mazmuniy jihatdan tahlilga tortamiz. Bundan tashqari "Salavotnoma"da ma'rifiy mazmunning ifodalanishi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

haqida ham so'z yuritamiz. Bu asarda badiiy shakl va mazmunning uyg'unligi qay darajada berilganini tahlillar orqali berib o'tamiz. Salovat aytishning ahamiyati to'g'risida fikr yuritiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Maqolada Qul Ubaydiyning nomalari tahlilga tortiladi. Nomalarning undan oldingi yaratilganlaridan farqli tomonlari va yangilanishi haqida so'z yuritiladi. Bunda o'zbek adabiyotidagi nomalar to'g'risida yozilgan ilmiy asarlar,monografiyalardan foydalaniladi. Hamda adabiyot sifatida Ubaydiyning "Hikmatlar"i kitobi ichida keltirilgan "Salavotnoma", "G'ayratnoma" va boshqa nomalari tahlil etiladi. Bu nomalarni tahlil etishda qiyosdan foydalanamiz. Ishda ilmiy bilishning tavsifiy, qiyosiy mrtodlaridan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Mumtoz adabiyotimizga nazar tashlaydigan bo'lsak, har bir janr o'zining uzoq taraqqiyot yo'lini bosib o'tganligini ko'rishimiz mumkin. Folklor tarkibidagi topishmoq,maqoldan tortib,qo'shig'-u dostongacha,mumtoz adabiyotimizdagi fard,ruboiy,g'azal va qit'alar shular jumlasidandir. Noma janri ham o'z rivojlanish tarixi davomida oddiy maktub ko'rinishidan turlicha mavzu va yo'nalishga ega mustaqil janrga aylandi. Noma janrining asosiy mavzusini ishq-muhabbat tashkil etsa-da, sharq adabiyoti tarixida esa "Shohnoma", "Qobusnoma", "Iskandarnoma", "Boburnoma", "Shayboniynoma", "Sayohatnoma" kabi asarlarni ham uchratishimiz mumkin.Noma so'zi qo'shilib aytilsa-da,ammo bu asarlar tamoman boshqa mavzu,yo'nalish va boshqacha ruhda yozilgandir. "Sharq adabiyoti tarixida "Shohnoma", "Qobusnoma", "Iskandarnoma", "Boburnoma", "Shayboniynoma", "Sayohatnoma" kabi asarlarni yaxshi bilamiz. "Noma" atamasi bilan qo'shilib kelgan bu asarlar bir holatda biror tarixiy yoki afsonaviy shaxsning sarguzashtlaridan iborat bo'lsa, ikkinchi bir o'rinda ibratli hikoyatlardan tashkil topadi. "Sayohatnoma"larning mundarijasi esa uning atamasidan ham anglashilib turadi. Sharq adabiyoti, jumladan, o'zbek adabiyoti tarixida noma atamasi bilan keladigan asarlarning yana bir turi mavjud. Masalan, "Muhabbatnoma" yoki "Dahnoma" kabi. Bu asarlar muhabbat mavzusidagi lirik nomalardan iborat alohida janrni tashkil etadi "[4; -b 34]. Bu kabi nomalarda umumiy oshiq obrazi bo'lib, uning turlicha qarashlari,ma'shuqaga bo'lgan hislari,samimiy muhabbati masnaviy tarzida shoir tomonidan she'riy tarzda ochib beriladi. O'zbek mumtoz adabiyotida noma janrining ilk namunasi va bu an'anani boshlab bergan eng mashur asar Xorazmiyning "Muhabbatnomasi"dir. Undan so'ng yaratilgan eng mashhur asarlardan Shohruh

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sultonning katta o'g'li Boysung'ur mirzoga atab yozilgan Amiriyning "Dahnoma"si, Xo'jandiyning "Latofatnoma", Sayyid Ahmadning "Taashshuqnoma" asarlaridir. Noma janrining nodir namunalari sanalgan bu kabi asarlarda umumiy bir jihatni, ya'ni oshiq va ma'shuqa,raqib,sabo kabi obrazlarni uchratamiz. Biz o'rganmoqchi bo'layotgan ijodkor shoh hamda shoir Ubaydiy ijodida ham noma janriga oid namunalarni uchratamiz. Ubaydiy nomalarida yuqoridagi ijodkorlardan farqli ravishda tamomila yangicha mavzu,g'oya va xususiyatlarni shakl hamda mazmunni ko'rishimiz mumkin. "Ubaydiy,albatta,noma janrida yaratilgan mazkur asarlardan yaxshi xabardor bo'lgan,lekin u "G'ayratnoma", "Shavqnoma", "Sabrnoma", "Omonatnoma" deb atalgan manzumalarni yaratar ekan, nisbatan boshqacha yo'l tutgan. Ubaydiy hajman uncha katta bo'lmagan bu manzumalarda axloqiy,ta'limiy,diniy xarekterdagi mavzulardan baxs yuritadi. Ularning birortasida ham biz oshiqona fikr-mulohazalarga duch kelmaymiz. Ubaydiyning bu nomalarini yozishdan ko'zlagan maqsadi inson kamolatini ta'minlashga xizmat qiladigan axloqiy masalalarni yoritish bo'lgan" Masalan, ""Omonatnoma"da insondagi go'zal xulqlarni va insonni insonlik sharafiga yuksaltiradigan xususiyatlarni ham bu dunyoning, ham oxiratning omonati sifatida talqin qiladi va ularni asrab-avaylashga da'vat etadi"[3; -b.45 ]

Mazmuniy va g'oyaviy yangilanishni ijodkorning har bir nomasida ko'rishimiz mumkin. Diniy-ma'rifiy mazmunda yozilgan "Salavotnoma" asarini ham shular jumlasiga kiritishimiz mumkin. Musaddas shaklida bitilgan, 30 misradan iborat bu noma o'zida olamlarga rahmat bo'lib kelgan payg'ambar,ikki olam sarvari,sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salavot yo'llashning foydalari,barokati to'g'risidadir. Asar islomda muqaddas va mo'tabar hisoblangan oylar sultoni mohi Ramazonning kirib kelishi va uni qanday o'tkazish bilan boshlanadi:

Keldi mohi Ramazon,zimnida yuz ming hasanot, Topqumuzdur hasanotidin oning toza hayot. Kechalar shavq ila bedor o'lib,aylang toot, Muttasilg'aflat ila hayfdur o'tgan avqot...

Ushbu misralar orqali Ubaydiy Ramazonning naqadar buyuk oy ekanligi, bu oyda ko'plab yaxshilik va hayr-u ehson qilib qolishlik,bu amallar esa hayotimizning yanada go'zal bo'lishiga sababchi ekanligini ta'kidlab o'tadi. So'ng bu oyni g'animat bilib, kechalari zavq-u shavq, iymon bilan g'ofillardan bo'lib qolmasdan vaqtni foydali o'tkazishga chaqiradi.

Hamma misralar so'ngida takrorlanib keluvchi baytga e'tibor bering:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ikki olamda etar bo'lsangiz umidi najot,

Aytingiz Sayyidi kavnaynga har dam salavot

Xo'sh, Payg'ambarimiz alayhissalomga salavot aytishning bunchalik ta'kidlanishiga sabab nima? Salavot aytishning qanchalik ahamiyatli amal ekanligini bilish uchun Muqaddas kitobimiz bo'lmish Qur'oni Karim oyatlariga, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadislariga murojaat qilishimiz kifoya. ALLOH taolo:

"Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! (Siz ham) unga salavot ayting va salom yo'llang" ("Ahzob"surasi,56-oyat).

"Ushbu oyati karima Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning qadr-qimmatlari ALLOH taoloning huzurida qanchalar ulug' ekanini yana bir bor ko'rsatmoqda. Boshqa birov emas, Alloh taoloning O'zi Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishi ta'kidlanmoqda. Arab tilida "salavot" so'zi "salot"ning jami bo'lib,duo ma'nosini anglatadi. Ammo "salot" ALLOH taolo tomonidan bo'lganda "duo" ma'nosi, u zot sollallohu alayhi vasallamga O'z Rahmatini yuborishi, ulug'lashi,maqomlarini ko'tarishi va farishtalar huzurida sha'nlariga maqtovlar aytishini anglatadi."[1; -b.34] Bulardan anglashiladiki, bizlar Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishga muhtoj ekanmiz. Salavot aytib ulug'lash orqali savob oladilar,duolari ijobat bo'ladi. Bu boradagi hadislarga ham murojaat qiladigan bo'lsak, Ubaydiyning salavotlar aytishga chaqirig'ini teran anglashimiz mumkin.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

" Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

" Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o'n marta salavot aytadi",dedilar"

Muslim, Abu Dovud va Termiziylar rivoyat qilganlar.

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar menga ko'p salavot aytganlardir",dedilar.

Termiziy va Ibn Hibbon sahih sanad ila rivoyat qilganlar.

Ushbu hadislar ma'nosini teran anglab,tafakkur qilib ko'riladigan bo'lsa, Ubaydiyning bizlarga ikki misra orqali nimalar demoqchi ekanligini bilib olishimiz mumkin:

Ikki olamda etar bo 'lsangiz umidi najot,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Aytingiz Sayyidi kavnaynga har dam salavot

Agar biz gunoh ahllari bu ishga befarq bo'lib, bee'tibor bo'lmasdan ogoh bo'lishimiz kerakkim, har dam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlari zikr qilinganda salavot aytishimiz zarur: Husayn ibn Ali roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Kimning huzurida men zikr qilinsam-u, u menga salavot aytmasa,o'sha odam baxildir",dedilar". Termiziy rivoyat qilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"Men oldida zikr qilinganimda menga salavot aytmagan odamning burni yerga ishqalansin. Ramazon kirib, mag'firat qilinishidan avval chiqib ketgan odamning burni yerga ishqalansin. Ota-onasi keksayib qolgan,lekin uni jannatga kiritmagan odamning burni yerga ishqalansin",dedilar". Bu ogohlantirishlar har bir muslimni sergak tortiradi,chin qalbdan ixlos bilan ibodat qilib, har dam nadomat bilan tavba qilib oh chekishlikka chaqiradi. Agar barcha ibodatingiz bekor ketishini istamasangiz,ikki olamda najot va umid topishni xohlasangiz har dam salavot ayting: Har sahar ashki nadomat to 'kub,ey ahli gunoh, Chin ko 'ngul birla aytib,tovba qiling nolayi oh.

Ikki olamda etar bo 'Isangiz umidi najot,

Aytingiz Sayyidi kavnaynga har dam salavot.

Bundan tashqari , Ubaydiy "Salavotnoma"da talmeh san'atidan ham unumli foydalanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga eng yaqin kishilar bo'lgan, ul zoti babarakotni har damda qo'llagan, yelkama yelka turib ul zotning vafotidan so'ng ham islomni aziz qilgan Abu Bakr Siddiq, Umar ul Foruq, Usmonu Zunnuraynni, "Hikmat eshigi" deya ta'riflagan Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumolar nomlari keltiriladi:

Bor Abu Bakru Umar mahrami asrori Rosul,

Yana Usmonu Ali yori vafodori Rasul...

Shoir Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko'zlarining quvonchi bo'lgan nabiralari Hasan hamda Husayn roziyallohu anhumolar to'g'risida ham aytib o'tadi. Birisini "mone'i sharr",yana birini esa "dofe'i shayn" deya ta'riflaydi:

Qurrotul ayni Nabiy erdi Hasan birla Husayn,

Birisi mone'i sharr erdi, biri dofe'i shayn...

Ubaydiy bir qadar chaqiriqlar bilan murojaat etib: "Ko 'rmak istarsiz agar shavq ila diydori Rasul", "Bo 'loyin gar desangiz anda Nabiy birla mudom " deydi va bunga

Bo 'Imasun gar desangiz toatingiz barcha tapoh, Eltingiz barcha aningzilli humoyig'apanoh,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

erishish yo'lini ham keltirib o'tadi: "Pok ruhig'a durudaytingiz, ey ahli kirom ". Bayt so'ngida esa o'z-o'ziga murojaat etib:

Ey Ubaydiy, dedi ul Hazrati farhunda payom, Junnadur do 'zah o 'tig 'a,bilingiz,mohi siyom

Maqta'da shoir taxallusining keltirilishi adabiyotimizda an'anaviy holatdir. Deyarli barcha ijodkorning asarlarida uchratamiz.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, noma janri Ubaydiy ijodida yangi takomil bosqichiga ko'tarildi. Mavzu va g'oya, shakl va mazmun jihatidan yangilandi. Bu janr namunalariga shoir diniy-axloqiy hamda tasavvufona ruh bag'ishladi. Inson kamolotida ruhiy tarbiya va axloqning o'rni haqida keng mushohada yuritadi."Omonatnoma", "Sabrnoma", "G'ayratnoma" va boshqa asarlarida insondagi axloq,odob,sahovat,rostgo'ylik,sabr-qanoat kabi sifatlar ulug'lanib, hasad,gina,hiyonat,yolg'on,g'ofillik singari illatlar qoralanadi. Bir so'z bilan aytganda, Ubaydiy nomalari insonning Islom va Iymon, Qur'on va Hadis, taqvo va shariat bilan bog'lanishi, berilgan qisqa umrni ibodatda, ezgu amallar bilan munosib o'tkazishga chaqiradi.

REFERENCES

1. Shayx Muhammad Yusuf Mahammad Sodiq. Tafsiri Hilol. - T.: Hilol nashiyoti,

2. Shayx Muhammad Yusuf Mahammad Sodiq. Hadis va hayot. - T.: Hilol nashiyoti, 2020.

3. AôgynnaeB M. YöaögHH xaëra Ba agaÖHH ^aonHtfra. HoM3ognHK днссертaцнaсн. - T.: 2009

4. Azimova O'. Noma janrining o'zbek mumtoz adabiyotidagi o'rni. Magistrlik dissertatsiyasi. - Farg'ona.:2017

XULOSA

2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.