Научная статья на тему 'UBAYDULLAXON-YASSAVIYNING MUNOSIB IZDOSHI'

UBAYDULLAXON-YASSAVIYNING MUNOSIB IZDOSHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

522
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hikmat / Yassaviy / qo„lyozma / Shayboniylar / zullisonayn / xattot / nasx / “Kulliyot” / Ubaydiy / wisdom / Yassavi / manuscript / Shayboni / nasx / bilingual / calligrapher / nasx / Kulliyot / Ubaydi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Barnoxon Murodova

Ushbu maqola Shayboniylarning yirik vakili Ubaydiy taxallusi bilan she‟rlar yozgan Ubaydullaxonning Ahmad Yassaviy boshlab bergan hikmatnavislik an‟anasining munosib davomchisi ekanligi, mohit xattot, zullisonayn shoirligi ochib berilgan. Shuningdek, Ubaydiy “Hikmatlar”ining ikki qo„lyozmasi haqida ham ma‟lumotlar mavjud

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article it is revealed that the great representative of the Shaybanites, Ubaidulah Khan, who wrote poems under the pseudonym Ubaydi is a worthy follower of the wisdom tradition started by Akhmad Yassavi, a skilled calligrapher and brilliant poet. There is also information about two manuscripts of Ubaid‟s wisdom

Текст научной работы на тему «UBAYDULLAXON-YASSAVIYNING MUNOSIB IZDOSHI»

UBAYDULLAXON-YASSAVIYNING MUNOSIB IZDOSHI

Barnoxon Murodova

Mustaqil izlanuvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Shayboniylarning yirik vakili Ubaydiy taxallusi bilan she'rlar yozgan Ubaydullaxonning Ahmad Yassaviy boshlab bergan hikmatnavislik an'anasining munosib davomchisi ekanligi, mohit xattot, zullisonayn shoirligi ochib berilgan. Shuningdek, Ubaydiy "Hikmatlar"ining ikki qo'lyozmasi haqida ham ma' lumotlar mavjud.

Kalit so'zlar: hikmat, Yassaviy, qo'lyozma, S hayboniylar, zullisonayn, xattot, nasx, "Kulliyot", Ubaydiy.

In this article it is revealed that the great representative of the Shaybanites, Ubaidulah Khan, who wrote poems under the pseudonym Ubaydi is a worthy follower of the wisdom tradition started by Akhmad Yassavi, a skilled calligrapher and brilliant poet. There is also information about two manuscripts of Ubaid's wisdom.

Keywords: wisdom, Yassavi, manuscript, Shayboni, nasx,bilingual,calligrapher, nasx, Kulliyot, Ubaydi.

Sharq she'riyatidagi eng qadimiy janrlardan biri hikmat deb atalgan. Lug'atlarda yozilishicha, hikmat deb fikrlash malakasining o'rta holda bo'lishi; tadbiq ila amalga oshuvchi, tajriba bilan erishiladigan to'g'ri bilim; hamma narsaning eng mukammali; hikmat-falsafa, sirli va maxfiy kalima, aql-u haqiqatga to'g'i kelgan nozik ma'noli qisqa so'z, masal; bilimdo nlik, donishmandlik; aql, so'z va harakatdagi uyg'unlik; insonning mavjudot haqiqatlarini fahmlab, xayrli ishlarni qilish sifati, ashyoning ahvolidan, tashqi va ichki kayfiyatlaridan so'z yuritish kabi ma'nolarini aks ettiradi».[1. B. 10-11]

Hikmat so'zi Qur'onda turli ma'nolarda ifodalangan. Masalan, ba'zi oyatlarda pand-nasihat, Qur'on sirlaridan xabardor bo'lish kabi

ABSTRACT

KIRISH

ma'nolarni bildirsa, boshqa oyatlarda ilm-u farosat, nozik

October, 2022

fahmlash va nubuvvat salohiyati singari ma'nolarda o„z ifodasini topgan. [2. B. 2-

Mashoyihlarning aytishicha, hikmat sharafli odamning sharafini orttiradi, chunki qimmatbaho toshlardan afzal bo'lgan va o'lchov, mezonga sig'maydigan hikmat eshigi qalbda mujohada, muroqaba, teran tafakkur, huzur, xilvatda zikr va mosivoni tark ila Haqqa tavajjuli orqali ochiladi. Zotan, kashfning manbayi, ilhomning kaliti ham hikmatdir.[3. B. 67-68]

Shularga asoslanib hikmatlar zamirida katta yashirin ma'no jamlagan, o'ta donishmandlik bilan bitilgan va nazmiy tartibga solingan, ifodasi hamda o'qilish ohangi bilan xalq og'zaki ijodiga yaqin turadigan she'riy asar deyish mumkin.

Turkiyada esa bu kabi she'rlarni "ilohiy"deb yuritiladi. Xoji Bektosh Valiy esa "nafas" deya atagan. Mana shunday chuqur falsafiy mazmunga ega to'rtliklarga "ma'niy" ham deyilgan. "Ma'niy" ma'noga ega degan ma'noni bildiradigan janr bo'lib Qozi Burhoniddin uni "tuyuq" deydi. Hikmat esa mantiqqa, e'tiqodga, ilm-u irfonga muvofiq so'z bo'lib, u kishidan ulkan iste'dodni talab qiladi. Qur'oni Karimda ham "Bir insonga hikmat (aytish qobiliyati) berilgan bo'lsa, unga juda ulug' xayr-ezgulik berilibdi demakdir" (Baqara, 269) deyiladi.[2. B. 36]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hikmat aytish Allohning buyuk mukofotidir. Mana shunday hikmatomuz haqiqatlarni aytgan mutasavvuflardan biri Ahmad Yassaviydir. Hikmatnavislikda Yassaviy an'analarini davom ettirgan mutasavvuf ijodkorlar ko'p bo'lgan. Xoja Ahmad Yassaviydan keyin turkiy she'riyatdagi yangi yo'nalish-hikmatnavislikka asos solindi. Bu an'ana tasavvufiy yo'nalishda bo'lib, bu ishning boshida turgan va uning dastlabki tashabbuskorlaridan biri

Sulaymon Boqirg'oniydir.

Xususan, yassaviyshunos shoirlar haqida maqolalar tayyorlagan olima Maryam Eshmuhamedova Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida 178-raqam ostida saqlanayotgan qo'lyozma da Yassaviy hikmatlari bilan bir qatorda uning maktabi shoirlari: G'arib Adham, Shams, Qul Sharif, Qul Sulaymon,Xolis, Miskin Qosim, Qul Temuriy, Bahouddin, Ne'matulloh, Qul Ubaydiy, Qul Zohid, Sohib Nazar, Zangi Qul,Tolib, G'izoliy, Jabbor, Sayyidiy, Shay x Jamoliy, Faqiriy, Muhammad Darvesh, Shayx Naziriy va mumtoz adabiyotimiz vakillarining turkiy va forsiydagi she'rlari o'rin

11]

olganligini ta'kidlaydi. [4]

October, 2022

Shayboniyxonning Movarounnahrga kirib kelishi va badiiy ijod bilan shug'ullanishlari tufayli Yassaviy shaxsiyatiga va ijodiyotiga qiziqish jonlanibgina qolmasdan, uning hikmatnavislik an'analarini davom toptirish tamoyili ham boshlanib ketdi. Bu harakatning boshida Muhammad Shayboniyxonning o„zi turardi. Uning devonidagi hikmatlar, ayniqsa, Yassaviy shaxsiyati madh etilgan she'rlari ushbu fikrni tasdiqlashga qodirdir. Shayboniyning hikmatlari son jihatidan unchalik ko„p emas, ammo ular Yassaviy va uning hikmatnavislik yo'liga e'tiborini jalb etish nuqtayi nazaridan, albatta, xarakterli. Uning munosib shogirdi bo'lgan Ubaydiy ham hikmat yozishga jiddiyroq kirishib, yanada yaxshi ijodiy yutuqlarga erishdi.

U hikmatlarining tarkibida bo'lgan madhiyasida A.Yassaviy haqida shunday

deydi:

Barcha mashoyix sarvari Xoja Ahmad Yassaviy, Sonsiz muridlar rahbari Xoja Ahmad Yassaviy, Xizr otaning hamrahi, ogohlarning ogahi, Doim, «ilohe», - «ilohe» Xoja Ahmad Yassaviy,

Ubaydullaxon ^^ taxallusi bilan uch tilda ijod qilgan zullisonayn shoir. UningûUP ^-^asari zamonasining mashhur xattotlari tomonidan ko'chirilgan. A.Fitrat «Qul Ubaydiy», «Ubaydiy», «Ubaydullo» taxalluslari bilan hikmatlar yozg'on bu odam bizning fikrimizcha, mashhur o'zbek xoni Ubaydulloxondan boshqa kishi emas», deydi. Darhaqiqat, A.Fitrat taxminda yanglishmagan va keyinchalik Ubaydullaxonning Buxorodan topilgan devoni uning fikrlari to'g'riligini to'la tasdiqlagan edi.

Ubaydiyning hayoti va ijodi, adabiy faoliyati bilan qiziqish uning hayotlik chog'laridanoq boshlangan. Fazlulloh ibn Ro'zbekxonning "Mehmonnomai Buxoro", Zayniddin Vosifiyning "Badoye u-vaqoye", Mirzo Haydarning "Tarixi Rashidiy", Mahmud ibn Valining "Bahr ul-asror", Sayyid Roqimning "Tarixi Roqimiy", Kamoliddin Binoiyning "Shayboniynoma", Hasanxo'ja Nisoriyning "Muzakkir ul-ahbob", Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma", Faxri Hirotiyning "Ravzat us-salotin", Mutribiyning "Tazkirat-ush shuaro", Muhammad Yusuf Munshiyning "Tarixi Muqimxoniy", Sharofiddin Roqimning "Tarixi tomm", Mahdumi A'zamning "Tanbiyat us-salotin" kabi asarlari va tazkiralarida Ubaydiyning hayoti, ijtimoiy-siyosiy va adabiy faoliyatiga doir fikr-mulohazalar va ma'lumotlar qoldirilgan. Shuningdek, uning she'rlariga Asomiddin Ibrohim va Maxdumi A'zamlar tomonidan sharhlar bitilgan.

XX asr 20-yillariga kelib esa Ubaydiyning tarjimayi holi va she'riyati bilan qiziqish boshlangan va keyinchalik

October, 2022

190

qisman davom etgan. Bu o'rinda professor Abdurauf Fitrat, Olim Sharofuddinov, A.Ibrohimov, Suyima G'aniyevalarning ayrim qaydlari va matnshunoslik ishlarini eslash mumkin.[5. B. 117]

Abdurauf Fitrat "Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to'g'risida tekshirishlar", "XVI asrdan so'ng o'zbek adabiyotiga bir qarash" maqolalarida Ubaydiy xususida fikr yuritadi. Olim Sharofiddinov "O'zbek adabiyoti" tadqiqotida XVI asr so'z san'ati to'g'risida to'xtalib sovet mafkurasi talablaridan kelib chiqqan holda o'sha davrda Ubaydullaxon, Abdulazizxon kabi xonlar ijodiga nisbatan ikkinchi darajali shoirlar sifatida baholaydi.

Ubaydiyning xattotlikdan ham xabari bo'lib, ayniqsa, nasxda hammadan yaxshi yozardi. "Kalomulloh" dan bir nusxa ko'chirib Makkayu Madinaga ham jo'natgan. Hasanxo'ja Nisoriy Ubaydiy shaxsiyatiga baho berib "Fazilatlarining eng yaxshi ko'rsatkichlaridan biri-Qur'on mutolaa va qiroatini osonlashtirish uchun turkiy tilde yozgan tafsirikim, dalillari suyaniladigan asosda bitilgan". [6. B. 34-35]

Tadqiqotim uchun ma'lumotlar izlayotganimda "Buxoro xattotlari" telegram kanalida "Nosfurushdan olingan kitob" sarlavhali xabarga ko'zim tushdi. Unda 1947 yilning bahor oylarida Buxoro bozorida yurgan yosh tadqiqotchi Saidjon Aliyev nos sotayotgan odamning oldida ikki-uch kitob taxloliq turganini ko'rib qoladi. Nosfurush chaqqonlik bilan o'sha kitoblardan varaq yirtib nos o'rab xaridorga uzatardi. Tadqiqotchi ijozat so'rab kitoblarni varaqlab ko'radi.Muqovasi qalin, zarhal harflar bilan bitilgan kitob 1583 yilda Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko'chirilgan Buxoro amiri Ubaydiy qalamiga mansub "Kulliyot" edi. Saidjon Aliyev nosfurush so'ragan pulni unga berib kitobni olgancha uyga yuguradi...shu bilan adabiyotimiz xazinasi y ana bir nodir asar mavjudligidab bahramand bo'ladi. Ubaydiy devonini o'rganish shundan keyin boshlandi. Ilk marta 1978 yil qo'lyozmaga tavsif beriladi. Qo'lyozmani ko'chirgan xattotni ayrim manbalarda Mir Ubayd Buxoriy deb hisoblanadi. ^ jMaxallusidanko'rinib

turganidek, Buxoroda tavallud topadi. Amir Ubaydullaxon saroyida bosh munshiy(1533-1539) vazifasida ishlaydi. O'sha davr talablariga ko'ra bunday lavozimdagi kishi arab, fors, turkiy tilni mukammal bilishi, mumtoz shoirlarning asarlaridan xabardor bo'lishi talab etilardi. Yana Qur'on ilmi, hadis, fiqh kabilarni bilishi ham shart edi. Amir Ubaydullaxon o'zi ham shoir bo'lgani uchun Ubayd Buxoriyga o'z she'riy devonini ko'chirishni topshiradi. Mana shu qo'lyozma Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanadi. Amir Ubaydulaxon Mir

October, 2022

191

Ubayd Buxoriyga xizmatlari evaziga dur-u javohirlar in'om etgani uchun "Lu'lu, la'lning ko'pligi" nomi berilgan. Mir Ubayd Buxoriy mashhur xattot Muhammadamin Xalvoiyning shogirdlaridan bo'lgan. Mir Ubayd nasx xatining uslubini o'zgartirib undan yirikroq, suls va rayhoniy xatlaridan kichikroq xat uslubini yaratadi. Bu xat keyinchalik "Nasxi Mir Ubaydiy" yoki "Nasxi Buxoriy " deb atala boshlanadi. Mir Ubaydning o'zi ko'chirgan Qur'oni karim osha davrda Buxoroda qirq ming tanga turgan. [7. B. ] Biroq O'z FA SHI dagi qo'lyozmani ko'zdan kechirganda, har bir hikmatning boshlanish qismida "jumlayi duoiya"lar beriladi. Unda "yana bir hikmat", "qabri munavvar bo'lsin" qabilidagi so'zlarni uchratamiz. Demak, Mir Ubayd Buxoriy Ubaydiy davrida ijod qilgan xattot bo'lib u ko'chirgan nusxa bizgacha yetib kelmagan yoxud topilmagan. SHI Qo'lyozmalar fondidagi Ubaydiy "Kulliyoti" esa Ubaydullaxon vafotidan keyin Abdullaxon davrida Mir Husayn al-Husayniy tomonidan ko'chirilgan deyishimiz mumkin.

Ahmad Zakiy Validiy To'g'onning "Xotiralar" kitobida hikoya qilinishicha, u Buxoro atrofidagi Qirg'oq yaylovlarida yurganida Umar xoji degan boyning uyida mehmon bo'ladi. Boyning uyida bir qancha mo'tabar qo'lyozma kitoblarni ko'radi. "Bu kitoblar orasida XVI asrning birinchi yarmida yashagan o'zbek hukmdori Ubaydullaxonning turkcha, forscha, arabcha she'rlar to'plami, o'g'liga atab "Ey, bolam" deb atalgan vasiyati ham bor. Muzeyda saqlanishi zarur bo'lgan bu nusxa Ubaydullaxonning o'z davrida yozilib, Umar xojining tarixiy kitoblarida ham nomi esga olingan bobosiga xon tarafidan sovg'a sifatida yozib berilgandi. Kitobda o'sha yozuv ham saqlangan. Ushbu ma'lumot asosida fkr yuritadigan bo'lsak, Ubaydiyning bu "Kulliyoti" bizga yetib kelmagan. Chunki undagi 'Ey, bolam" vasiyati ham, Umar Xojining bobosiga xon tomonidan sovg'a mazmunidagi yozuv ham yo'q. Bu qo'lyozmani esa zamonasining mashhur xattoti Sultonali Mashhadiy J^ jlkLi ¡jà^A* (1432-1520 ) ko'chirgan edi. U Mirali Tabriziy izdoshlaridan bo'lib, xattolik san'atida maktab yaratgan, nasta'liq xatining mislsiz ustasi bo'lgan. Sultonali Mashhadiy "Qiblat ul-quttab", "Zubdat ul-quttab", "sulton ul-xattotin", "Kotib us-sultoniy" laqablari bilan mashhur bo'lgan. U ko'chirgan nodir qo'lyozmalar Husayn Boyqaro va Navoiy tomonidan boshqa o'lkalarga tabarruk tuhfalar sifatida yuborilgan

Ubaydiyning 136 g'azal, muxammas, tarjeband va 37 ruboiysini o'z ichiga olgan "Devoni Ubaydullaxon" to'plami va shu nom bilan 51 g'azal 1 ruboiy, 6 farddan iborat kitobi Turkiyada saqlanmoqda. Istanbuldagi "Nuri Usmoniy" kutubxonasida esa "Jome ul maoniy" nomli majmuadan Ubaydiyning diniy-tasavvufiy mazmunli g'azallari, ruboiy, tarjiband, masnaviy, tahorat, namoz, ro'za haqidagi

October, 2022

192

masnaviysi...o'rin olgan. Shuningdek,Ubaydiyning "Masoil us-salot", ruboiy, hikmat, munojot, tavhid, g'azallar, bir hadis tarjimasi, tarjiband, yassaviyga bag'ishlangan madhiyadan tashkil topgan terma bayoz Ko'nyodagi Izzat Quyun o'g'lin ing shaxsiy kutubxonasida saqlanadi.[6. B. ]

1993-yil Ubaydiyning tiriklik vaqtlarida mashhur xattot Sultonali Mashhadiy tomonidan ko'chirilgan qo'lyozma topiladi. AQSH ning Blumington shahridagi Indiana universitetida bir necha oy ma'ruza o'qib qaytgan tilshunos olim Ergash Umarov Britaniya muzeyida saqlanayotgan 7907 raqam ostida saqlanadigan Ubaydiy turkiy devonining ksereks nusxasini yurtimizga olib keladi ("Funun ul -balog'a" asarini ham).A. Hayitmetovning xulosalariga ko'ra esa bu devondagi she'rlar miqdori "Kulliyot"ga nisbatan kam bo'lsa ham, lekin unga kirmagan bir qancha she'rlar bor edi..

Hozircha fanga hikmatlarning ikki qo'lyozmasi ma'lum. Biri Ubaydiy hikmatlari qo'lyozmasining O'zR FA SHI fondidagi 8931 va ikkinchisi Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasidagi 4904-raqamli nusxalar.

O'zR FA SHI fondidagi 8931-raqamli qo'lyozma.

Qo'lyozma kitob charm muqovali, jigarrang tusda, Samarqand qog'ozida, 17*27 formatda. Majmua 991/1583 yilda Mir Husayn al-Husayniy tomonidan chiroyli nasta'liq xatida bitilgan. Qo'lyozmani tavsif qilgan xodim ustiga 13/XII/1978 deb yozib qo'ygan. Kitobning qismlarini quyidagicha taqsimlagan:

1. Ubaydiy devoni

2. Ruboiyot

3. Matlaiho

4. Maqoloti

5. Muqaddimat us-salot

6. Hikmathoyi Ubaydiy

7. Devoni Ubaydiy

8. Matlai fardiho

9. Shavqnoma, sabrnoma, g'ayratnoma, masnaviy

Birinchi betida "qimmati 5" deb yozib qo'yilgan, uchinchi betda tillo suvi bilan "Devoni hazrati Ubaydulloxon" degan yozuv bor. Qo'lyozma 695 sahifadan iborat bo'lib kulliyotning dastlabki qismini forsiy devoni (4-200), undan so'ngi qismini arabiy she'r majmuasi (201-210), nihoyat, uchinchi qismini turkiy devoni (211-695 bet) tashkil etadi. Turkiy devon an'anaga ko'ra (211-bet) hamd-u na't bilan boshlangan. Undan bir manoqib (212-bet), "Muqaddimat us-salot" (213-230-bet), hikmatlari (231-402), hikmatlar tarkibida Hazrat sulton Xoja Ahmad Yassaviyning madhi keltiriladi (11

October, 2022

193

bayt ), ikki ruboiy, to'rt fard-tarjiband, salavot, ikki baytli hadis tarjimasi (402-408) ham o'rin olgan. Keyingi sahifalarda esa shoirning g'azaliyoti, qit'a, tuyuq, ruboiy, masnaviylari, shuningdek, diniy-tasavvufiy, axloqiy-didaktik mavzular talqiniga bag'ishlangan "Omonatnoma", "Shavqnoma", "G'ayratnoma", "Sabrnoma" deb atalgan manzumalari o'rin olgan. Bizning ishimizni asosi hisoblangan hikmatlar qismi "Kulliyot"ning 231-sahifasidan boshlanadi, biroq hikmatlarning boshlanish betlari mavjud emas. Bunga yuqoridagi voqea sabab bo'lgan bo'lsa kerak.

Hikmatlar qismining boshlanishi:

^joaJl j UKill ul

Tabdili:

Alif "Al-kitabu val-hadis",

Bo "Bayonun lil nasi" emish bilolingo.

Oxiri: ^iL^lj j' jIjj! Ij^VI

j^J jA Jjm jj^jjjjl

Tabdili: Ikki olamda etar bo'lsangiz umidi najot,

Aytingiz Sayyidi kavnaynga har dam salavot.[7. ]

Turkiyaning Nuri Usmoniya kutubxonasidagi 4904-raqamli qo'lyozma Qo'lyozma juda yaxshi saqlangan. O'z davrining mashhur xattoti Mir Ali kotib tomonidan chiroyli va bejirim nasta'liq xatida bitilgan. Boshlanishi:

(JA! JA^JI AJAXJ jx jA J^UJ j

Alhamdu liman adxala fiy rahmatihi, Vash-shukru liman an'ama min ne'matihi. Tarjimasi: Rahmatiga doxil qilganga hamd bo'lsin. Ne'matidan in'om etganga shukr bo'lsin Oxiri: jW\ü ^jjjjl l^jj^ l^jjjl ^^ u^jjj1 ^jj' jl^jjj' ^ ^j^jjj

Tabdili: Qul Ubaydiy, unuta ko'rma o'zungni zinhor, Tengri ham unutur o'zini unutqon kishini.

October, 2022

194

Ushbu qo'lyozmada yaqqol ko'zga tashlanadigan holat shuki, unda O'zR FA SHI fondidagi 8931-raqamli qo'lyozmada mavjud bo'lmagan arabcha hikmatlar bor.

Mazkur ikki qo'lyozma, nafaqat, son jihatdan, balki xusnixati, hikmatlarning joylashish tartibi bilan farq qiladi. Masalan, A nusxadagi 3-hikmat B nusxadagi 12-o'rinda, 4-hikmat 13-o'rinda ...keladi

XULOSA

Yuqoridagi misollardan shuni anglash mumkinki, Ubaydiy hikmat janrida ijod qilarkan, birinchi galda, albatta, Ahmad Yassaviy tajribalariga suyangan va ularni ma'lum darajada rivojlantirishga uringan. Shuning uchun Ubaydiy hikmatlari orasida bevosita Yassaviy ta'sirida yozilgan yoki ma'no va ohang jihatidan ularga o'xshash she'rlar ham tez-tez uchraydi. Bunday she'rlar g'oyaviy-badiiy ahamiyatidan tashqari, o'ziga xos tarixiy qimmatga ham ega desak xato bo'lmaydi. Chunki Ubaydiy Yassaviy hikmatlarini asl shaklida o'qigan va ulardan ta'sirlangan deyishga yetarli asos va dalillar mavjuddir. Ubaydiy hikmatlari tasavvufiy, irfoniy ruhda yozilgan bo'lib, juda ko'p o'rinlarda Qur'on oyatlari va qissalariga ishoralar bor. Zotan tariqat vakillari birinchi galda shariat ilmini, arab tili va Qur'onni chuqur bilishi lozimdir. Ubaydiy har uchovini chuqur bilgani holda hikmatlarini Qur'on oyatlari, Payg'ambarimiz hadislari, muborak duolar bilan bezadi. Arab tilini mukammal bilgani uchun ba'zi hikmatlarni arab tilida yozdi (Yo rabbama, inna mujrimuna fid-dunya. deb boshlanadigan hikmat).

Ubaydiyning yurtimizda va jahon xazinalarida saqlanayotgan o'nlab qo'lyozmalari bordir.Yaqinda Hindistonning Rizo Rampur kutubxonasida, Indiana shtatida, Britaniya muzeylarida Ubaydiy asarlari qo'lyozma nusxalari borligi aniqlandi. Biroq ularning tarkibi hali ma'lum emas. Biz esa hozircha shu ikki qo'lyozmaning tahlili bilan cheklanamiz.

REFERENCES

1. Xojiyeva M. Xoja Ahmad Yassaviyning ma'naviy-tarbiyaviy qarashlari. N.D. Toshkent , 2004.

2. Hikmat haqida Qur'ondan qarang:Baqara 129,151 oyat, Oli imron 48,81.

3. Haqqulov I. O'zbek tasavvuf she'riyatining shakllanishi va taraqqiyoti (g'oyaviylik, izdoshlik, obrazlar olami). N.D. -Toshkent, 1995.-282 b.

4. Eshmuhamedova M.Yassaviy maktabi shoirlari. www.journal.fledu.uz

5. Абдypаyф Фитpат. Танланган асаpлаp: IV жилд. Даpслик ва уцув цyлланмалаp, илмий мацолалаp ва тадцщотлаp. Нашpга тайёpловчи ва изох мyаллифи Х,.Болтабоев. - Тошкент: Маънавият, 2006.

6. M. Abdullayev. Ubaydiy hayoti va adabiy faoliyati. Nomzodlik disser.Toshkent,2000.

7. Devoni Ubaydiy. Qo'lyozma. № 8931

October, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

195

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.