Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
AHMAD YASSAVIY HIKMATLARI TOSHBOSMALARINING QIYOSIY
TAHLILI
Gulnigor Murodillayevna Baxtiyorova
BuxDU Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik 1-bosqich magistranti
Maqolada Ahmad Yassaviyning Qozonda chop etilgan ikki toshbosma kitobining qiyosiy-matniy tadqiqi beriladi. Mazkur masala yechimida toshbosmalardagi ayrim hikmatlarning yozuvdagi tafovutlari va ularning ma'noga ta'siri haqidagi mulohazalar beriladi. Shuningdek, taqqoslash uchun Yassaviyning 1992 -yildagi Toshkent nashridan ham foydalanilgan.
Kalit so'zlar: Ahmad Yassaviy, toshbosma, hikmat, Devoni hikmat, bosma nashr, matniy tadqiq, tahlil, badiiy mahorat
Turkiy xalqlar adabiyotida salmoqli o'rin egallagan so'fiy shoirlardan biri -Ahmad Yassaviydir. Uning hayoti haqida mufassil ma'lumotlarni yetarli darajada yetib kelgan deyish qiyin. Asosiy jihatlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Turkistonda Yassi shahrida, ruhoniy oilasida tug'ilgan. Uning otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo'lgan. Onasi Qorasoch momo nomi bilan mashhurdir. Ahmad Yassaviyning yoshligi og'ir kechgan. Otasi juda erta vafot etgan. So'fiy shoir dastlab Arslonbobday yirik mutasavvuf olim qo'lida tarbiyalangan. So'ng Buxoroga borib, Yusuf Hamadoniy qo'lida tahsilni Davon ettirgan. Ahmad Yassaviy tasavvuf ilminida yuksak maqomga ega bo'ladi, shuning uchun xalq orasida «Madinada Muhammad,Turkistonda Xoja Ahmad» degan naql paydo bo'ladi. Ahmad Yassaviy 1166- yilda vafot etganligi haqidagi ma'lumotlar manbalarda qayd etilgan. U asos solgan Yassaviya tariqatining shuhrati butun turkiy xalqlar orasida keng yoyildi. Hatto, buyuk sarkarda Amir Temur unga alohida e'tiqod bilan qaragan va shu nuqtayi nazardan shayx qabri ustida mahobatli maqbara bunyod etadi. Yassaviy ijodi hatto naqshbandiya tariqatiga mansub ijodkorlarni ham e'tiborsiz qoldirmagan. Jumladan, Sof Olloyor avlodlarga Ahmad Yassaviydan "ulug' bir kitob " meros qolganligini aytadi. Bu bevosita - uning hikmatlaridir. «Devoni Hikmat» Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asaridir. Unda 240 ga yaqin she'r bor. "Devoni Hikmat" dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar o'zining mustaqil tariqat kitobiga, tom manosi ila Marifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga ega boldi.1 Ular xalq orasida «Devoni hikmat» nomi bilan
1 Nodirxon Hasan.Xoja Ahmad Yassaviy "Devoni Hikmat" (yangi topilgan namunalar).
ANNOTATSIYA
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
mashhur bo'lgan. Ahmad Yassaviy devonining nusxalari talaygina. Asar Toshkentda, Turkiyada, Moskva va Qozog'istonda chop etilgan. Til va uslub jihatidan ham "Devoni Hikmat" nusxalari bir - biridan katta farq qiladi. «Devoni Hikmat» ning birorta nusxasi ham Yassaviy tilining, XII asr o'zbek tilining asl yodgorligi bo'la olmaydi. Chunki Yassaviy hikmatlari og'izdan-og'izgacha ko'chib, kitobdan-kitobga o'tib, oz asl tilini allaqachonlar o'zgartirib yuborgan deyish mumkin. Bu esa professor A.K.Borovkov ta'kidlaganidek, "Devoni Hikmat" dagi she'rlarning qaysi biri bevosita Ahmad Yassaviyga mansub ekanligini aniqlashni g'oyatda mushkullashtiradi va ularning aslini tasavvur etishga imkon bermaydi. "Devon"ning eski qolyozmasi qo'lga kiritilaganligi bois undan qancha hikmat o'rin olganligini bilmaymiz. Ammo Nodirxon Hasanning takidlashicha, bir narsa malum: "Devoni Hikmaf'ning keyingi asrlarga mansub qolyozma va toshbosma nusxalarida hikmatlarning umumiy miqdori ancha ko'pdir. "Devoni Hikmaf'ning qadimgi nusxasi bizgacha yetib kelmaganligini qayd etarkan, Nodirxon Hasan yana bunday deydi: "lekin keyingi asrlardagi qolyozmalar, toshbosma nusxalar, yurtimizdagi, Turkiyadagi joriy alifboda chop etilgan nashrlar asosida "Devoni Hikmaf'ning qiyosiy, ya'ni ishonchli matnini tayyorlash bir zaruriyatga aylandi. Bu yassaviyshunoslikdagi eng muhim va alohida ilmiy-amaliy qimmatga ega bo'lgan ish hisoblanadi. Shoir devonining 1904-yildagi Qozon toshbosma nusxasi , 1912-yildagi Qozon toshbosma nusxasi hamda joriy bosma nashrdagi nusxalari qiyosiy o'rganib chiqilganda quyidagi farqlar ko'zga tashlanadi: Masalan, 1912.Qozon toshbosmasi:
___^JjiL
Makkur toshbosma nashrlarni qiyosiy taqqoslab yakuniy xulosa berish uchun, bosma nashrlardan biri bilan ham qiyoslash amaliy ahamiyat kasb etadi:
Bismilloh deb bayon aylay hikmat aytib, Toliblarg'a durru gavhar sochtim mano
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q
Riyozatni qottig' tortib, qonlar yutub, Men daftari soniy so'zin ochtim mano. Yuqorida berilgan ikki toshbosma va bir bosma nashr qiyoslanganda ushbu hikmatda qollangan "Qattiq" so'zi uch xilda kelganligiga amin bolamiz. Birinchi toshbosmada
"Qotig," shaklida, ikkinchi toshbosmada "Qonig^" shaklida, bosma nashrda esa "Qottig" shaklida
qollanilgan ushbu variantlarning uchchalasi ham shakl , ham mano jihatidan hikmatga qo'yib ko'rilganida, nazarimizda uchinchi shakl, yani "qottig^" shakli manoviy jihatdan mos. 1904-yildagi Toshbosmalardagi "Qonig^" so'zining ishlatilishi esa qotig'
va qonig'
so'zlarining shaklan o'xshashliligi bilan belgilanadi. Sababi, bizga malumki, arab
alifbosidagi hamda " u" harflari yozuvda birgina nuqta bilan farq qiladi. Shuning uchun kotib nuqtalarni adashtirib qo'ygan deyish mumkin. Tushirib qoldirilgan birgina nuqta tamomila mazmunga tasir qilganligini ko'rish mumkin. Hikmat tarkibidagi "qottig^" so'zi tortilayotgan riyozatning tarzini ko'rsatishga xizmat qiladi. Biz bunday farqlarni ko plab uchratishimiz mumkin. Bazi farqlar birgina fonetik hodisa tarzida boisa, bazisi butunlay boshqa so'z qo'llash bilan bogliqdir. Masalan, 1912-yil. Qozon 1904-yil. Qozon
So'zni aydim har kim bolsa diydor talab, Jonni jonga payvand qilib ragni ulab Garib , yetim, faqirlarni ko'nglin^siylftk Ko'ngli butun xaloyiqdin qochtimmanox
Ma'lumki, islom olamida yetim-yesirlarning ko'nglini olish, ularga mehribonlik ko'rsatish kabi olijanob fazilatlarga urg'u beriladi. Jumladan. Yassaviyning yuqoridagi hikmatida ham anni masalaga urg'u beriladi Hikmatda radif sifatida keltirilgan "ovlab" hamda "siylab" so'zlari baxstalabdir. Har ikkala toshbosmada ham "ovlab" so'zi
JL j)jj> ~r j* pj,) jj~
vV <¿0 vîM ^ JjL
^h) J'JijA fA ^ k ^ yJiU -Jis/
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.65)
^jH lA^H J JI
qo'llanilgan. Bosma nashrda esa "siylab" so'zi olingan. Bir qaraganda ma'noviy jihatdan har ikkala tanlov ham xato emasdek nazarimizda. Ammo ma'noviy noziklikka e'tabor qaratadigan bo'lsak, "ovlab" kalimasi ko'proq biror narsani qo'lga kiritish ma'nosida qo'llaniladi. Ammo hikmat mazmuni bunday fikrdan yiroq. Gap yetim, g'arib, bechoralar haqida borar ekan ularning ko'ngli haqida borar ekan, bosma nashrda berilganidek "siylangani" ma'qulroq.
Uqbo- oxirat, narigi dunyo, Aqbo-azob, uqubat
Har ikkala toshbosmada G'arib bo'lub aqbolardin oshtim mano tarzida qo'llanilgan. Ammo qo'limizdagi 1992-yilda Toshkentda nashr etilgan bosma variantda "Uqbo" (oxirat) so'zi ishlatilgan. Agarda biz hikmat mazmunidan kelib chiqib yondashadigan bo'lsak ,"Aqbo" ko'pligi "Aqbolar" ya'ni azob-uqubatlardan oshib o'tganligi fikrga mos. Oxiratdan oshib o'tish yo'lida g'arib bo'ldim deyilsa g'alislik yuzaga keladi. Azob-uqubatlardan oshib o'tib oxiratga boriladi. Toshbosmadagi yana bir Hikmatni kuzatadigan bo'lsak,
Madinaga Rasul borib bo'ldi g'arib, G'ariblig'da mehnat tortib bo'ldi habib
Jafo tortib, yaratqang'a bo'ldi qarib G'arib bo'lib uqbolardin oshtim mano.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Besh yoshimda belim bog'lab, toat qildim,
Tatavvu roza tutib, odat qildim Kecha^-konduz zikrinaytib rohat qildim
^ULsababdinoltmish uchda kirdim yerga.
Har ikkala toshbosmalardagi hikmatni o'qir ekanmiz, bu yerda muallif besh yoshidan boshlab toat-ibodat qilishligini, ro'za tutish unga odat tusiga aylanib qolganligini aytayotib, shu odat tarziga kecha-yu kunduz zikr aytishligini ham kiritadi. Ammo qo'limizdagi bosma nashrda bu fikr tasavvuf suvi bilan sug'orilgan. Besh yoshidan boshlab Olloh ishqini dilida jo qilgan kishi uning zikrini aytib rohatlanadi-da. Ishq yo'liga kirganlikning tom ma'noda lazzati ham shu. Bundan tashqari ushbu hikmatni toshbosmadagi holini inobatga olsak, g'alislik yuzaga keladi. Bir to'rtlikda ikkita bir xil birikma "Odat qildim" qo'llanilgan. "Rohar qildim" birikmasini qo'llash ham mazmunni boyitadi, ham so'z takrorining oldini oladi. So'fiy shoirning yana bir hikmatini nazardan o'tkazsak, ayrim tafovutlar kuzatiladi:
Bu hikmatda "suydum" hamda "so'rdum" so'zlarida faqrlar kuzatiladi. 1904 -va 1912-yillarda chop etilgan toshbosma nusxalarda "so'rdum" holatida uchraydi. Bosma nashrda esa "suydum".
Ma'lumki, Yassaviy Analhaq g'oyasiga alohida e'tibor bilan qaragan. Shuni inobatga olib, "so'rdum", ya'ni Ollohni ko'rishlik uchun so'radim deyilsa mosroq bo'ladi. Cho'llarni kezib Olloh diydoriga erishish qasdi bor bunda. Ammo suydum so'zini qo'llasak ham mazmunga putur yetmaydi.
Xulosada aytish mumkinki, Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni Hikmat" asari qadim-qadimdan xalqimiz tomonidan ko'p o'qilgan kitoblardan biri bo'lgan. Devon turli asrlarda turli joylarda bir qancha kotiblar tomonidan ko'chirilgan. XIX-XX asrlarda Toshhkent, Kogon, Qozon, Istambul kabi shaharlarda toshbosmada chiqarilgan. Shuni aytish kerakki, bu nashrlardagi hikmatlarning ko'pchiligi bir-biriga o'xshaydi, bir-birini takrorlaydi. Ammo davr nuqtayi nazaridan, kotiblarning saviyasi nuqtayi
Ayo nodon ma'no bul, deb aydi, bildim,
Ondin so'ngra cho'llar kezib , haqni suydum Ro'zi qildi , Azozilni turib mindim, Langar tugub, belin bosib yanchdim mano
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
nazardan kelib chiqib bir qancha kichik farqlar, kamchiliklar, xatoliklar uchraydi. Toshbosmalarni to'liq mutoala qilib, undagi xato va kamchiliklarni tola bartaraf etishga hamda kelajak avlodga Yassaviyning nodir merosini beshikast, kamchiliklardan holida yetkazish asosiy masalalardan biri sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Ahmad Yassaviy ."Devoni Hikmat" .Qozon , 1904.
2. Ahmad Yassaviy. "Devoni Hikmat" . Qozon, 1912.
3. Ahmad Yassaviy . "Hikmatlar" Toshkent,1992.
4. Amonova Z.Q. Mashrab g'azallarida Mansur Halloj siymosi. БухДУ илмий ахборотномаси 2019 й. 1-сон. 178-181-6.
5. Amonova Z.Q. Nevai icadinda kita türünün önemi. Ilim ve marifet nurlari .prof. dr. Ibrahim Hakkul'a armagan kitabi Karabük - 2020. 306-309-6.
6. Amonova Z.Q. Nasimi and lutfi. X Международной тюркологической конференции «Актуальные проблемы тюркологии: Россия и тюрко-мусульманский мир». Казан. 25 декабря 2020 г.
7. Amonova Z.Q., Murodova G.A. Mansur Hallaj and his ideas in Ahmad Yassavi's works. Журнал. Theoretical & Applied Science, 2020 y. 4-s. 964-967p.
8. Nodirxon Hasan . Xoja Ahmad Yassaviy "Devoni Hikmat"(yangi topilgan namunalar).Toshkent:Movarounnahr, 2004.
9. Nasafiy. Xoja Ahmad Yassaviy. Toshkent: G.Gulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti, 1993.