AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G'OYALARI O'QUTUVCHILAR
NIGOHIDA
Parizoda Bahodir qizi Qiyomova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti, 2-kurs
talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Ahmad Yassaviyning ta'lim tarbiyaga oid qarashlari, tasavvuf ta'limoti rivojida qo'shgan hissasi hamda pedagogik g'oyalari haqida mulohaza yuritiladi.
Kalit so'zlar: Yassaviy, ta'limot, so'fiy, hikmat, devon, tarbiya.
Tarixdan ma'lumki insonni tarbiyalashga oid har xil qarashlar mavjud.Tarixdagi eng buyuk mutafakkir ulamolar tomonidan ta'lim-tarbiyaga oid moddiy meroslar qoldirilgan.Ma'lumki bu madaniy-moddiy meroslar pedagogika faniga borib taqaladi.Ahmad Yassaviy ham o'zining ta'lim-tarbiyaga oid tasavvuf ilmi orqali sharq pedagogikasi tarixiga o'z hissasini qo'shgan olimlardan biri hisoblanadi.
Orta Osiyo hududida birinchi vujudga kelgan yirik so'fiylik oqimi yassaviylikdir. Yassaviya tariqatining asoschisi turkistonlik Ahmad Yassaviydir (1103- 1166). Yassaviy Yassi (Turkiston) shaxrida ruhoniy oilasida tug'ilgan. Uning otasi Ibrohim Yassi Sayram shahrida uzoq yil shayxlik qilgan va ko'p muridlarga ega bo'lgan. Otasi Shayx Ibrohimdan etti yoshida etim qolgan. Yassaviy dastlab Sayramda Bahouddin al-Isfijobiydan, so'ngra O'trorda yassida mashur turk mashoyihi Arslonbob qo'lida an'anaviy islom ilmlaridan saboq oladi. Arslonbob vafotidan so'ng u Buxoroga borib mashhur mutassavvuf Yusuf Hamadoniy qo'lida o'qiydi. Qaytib kelib Yassida o'z g'oyalarini targ'ib etadi. Uning tarjimai holini Abdurauf Fitrat o'zining "Ahmad Yassaviy" maqolasida shunday ta'riflaydi: "Xijriy beshinchi asrda Eroning Xamadon shahrida yakin bir urunda tug'ilgan Yusuf Hamadoniy degan bir odam diniy ilmlarni urganib katta shuhrat egasi bo'lgan tasavvufga berilgan edi.Mana shu mulla mutasavvuf Marv Buxoro Samarqand shaharlarida xonaqohlar qurub shayxlik qila boshlaydi bizning Ahmad Yassaviy mana shul Yusuf Xamadoniy muridi-uchunchi xalifasidir. Ahmad Yassaviy bir rivoyatga ko'ra Yassi shahrida Sayramda tug'ulgan. Uning qachon tug'ulgani malum emas biroq vafotining hijriy 562 da bo'lgoni hamda «Devoni hikmat» dagi shu:
To'rt yuz yildan keyin chiqib ummat bo'lg'oy, Necha yillar yurib xalqqa xizmat qilg'oy,
baytini nazarda tutib har holda uning hijriy to'rtinchi asrning ikkinchi yarmida tug' ilganiga hukm qilish mumkindir.
Buyuk mutafakkir va faylasuf Yassaviy turk dunyosidagi birinchi tariqatning va turkiy tasavvuf she'riyatining asoschisidir.
XX asrning boshlarida Yassaviy haqidagi qator maqolalar chop etilgan. Ufada chiqadigan "Sho'ro" jurnalining 1915 yil 24-sonida Ahmad Sardorning "Hazrat Xo'ja Ahmad Yassaviy" sarlovhali maqolasi chop etilgan. Unda adibning hayoti va ijodiga oid qisqagina ma'lumot berilgan va uning turk tilining mavqeini ko'tarishdagi xizmatlariga yuksak baho berilgan.1922 yilga kelib Abdurahmon Sa'diyning "Yassaviy kim edi" nomli maqolasi "Inqilob" jurnalining 2-sonida nashr etiladi. Muallif Yassaviyning tatar tili va adabiyoti taraqqiyotidagi roliga e'tibor qaratgan.Abdurauf Fitrat ham Yassaviyni o'rganishga alohida e'tibor bilan qaragan. U "Ahmad Yassaviy" va "Yassaviy maktabi shoirlari to'g'risida tekshirishlar" nomli maqolalarini 20 asrning 20- yillarida yozgan edi.Yassaviy xalq boshiga ko'p qiyinchiliklar va musibatlar yog'dirilgan davrlarda yashab ijod qildi. U turk hukmronlari-qoraxoniylar bilan qoraxitoylar o'rtasidagi urushlar va ularning daxshtli oqibatlarini ko'rgan,she'rlarida bu fojialarga munosabatlarini bildirgan.''Nokas, xasis, bediyonat'' zolimlar hokim bo'lgan jamiyatdagi shavqatsizlik va ma'naviy aynishlar baxsida Yassaviy hikmatlaridan birida mana nima degan:
Na onada rahm qoldi, na otada, Og'o ini bir-biriga mojoroda Musulmonlar da'vo qilur, ichar boda, Mastlig' bilan qarindoshdan tondi ko'rung
Ahmad Yassaviyning qarashlari uning "Devoni hikmat" asarida berilgan. Asarda hozirgi tarbiya jarayonimizda foydalanish mumkin bo'lgan juda ko'p jihatlarni ko'rishimiz mumkin. Yassaviyning hikmatlarida insoniy go'zallik, insonparvarlik, ma'naviy poklik, saxovat, diyonat, xolislik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik kabi go'zal axloqiy sifatlar o'z aksini topgan. Yassaviyning pedagogik qarashlaridan Pedagogika nazariyasining "Tarbiya jarayoni mohiyati va mazmuni", "Tarbiyaning qonuniyatlari, prinsiplari va metodlari", "Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o'quvchilarning aqliy tarbiyalash", "Yagona o'quv-tarbiya jarayonida fuqarolik va vatanpavarlik tarbiyasi", "O'quvshilarning mehnat va iqtisodiy tarbiyasi", "O'quvshilarning ma'naviy axloqiy tarbiyasi", "O'quvshilarning nafosat tarbiyasi", "Bolalarni oilada tarbiyalash" mavzularini o'tish davrida, Pedagogika tarixidagi "VII asrdan XIV asrgasha ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti", "Tasavvuf ta'limotida ta'limiy-tarbiyaviy qarashlar" mavzularida, "Oila pedagogikasi"dagi bir qator mavzularni o'tishda keng foydalanish mumkin.
Yassaviyning turli insoniy sifatlar haqidagi qarashlaridan foydalanishga oid qator misollarni keltirib otamiz. Masalan, adibning insonparvarlik targ'ib etilgan g'oyalarini boshqa allomalrning qarashlari bilan taqqoslagan holda "Pedagogika nazariyasi"da foydalanish mumkin:
Ahmad Yassaviy insonparvarlik odamiylik, saxovat, g'ariblarga yordam masalasiga alohida ye'tibor beradi. Buni bir qancha hikmatlarda ko'rish mumkin: G'arib, faqir, yetimlarni Rasul surdi, O'shal tuni me'roj chiqib diydor ko'rdiyu Qaytib tushib g'arib yetim izlab yurdi. G'ariblarni izin izlab tushdim mano. Yoki:
G'arib, faqir, yetimlarni Rasul surdi, Haqlar qilib aziz joning ayla qurbon. Taom tortsang, joning bila qilg'il ehson, Haqdin eshitib, bu so'zlarni aydim mano.
Ahmad Yassaviy nuqtai nazarida insonning dunyosi nsonparvarlik bilan obod. Bu dard hamma narsadan qudratli va fayzli deb biladi.Yassaviy hikmatlarida yomonlik, nodonlik, jaholat, molparastlik kabi illatlarga qarshi kurash salbiy axloqiy g'oyalar ham o'z ifodasini topdi. U molu- dunyo, mansab uchun mukkasidan tushgan qozi-imomlar,hokimlar, amaldorlarga nafrat bilan qaraydi. Doimo xalqqa haq ko'zi bilan qarashga, g'arib-yetimlarga ozor yetkasmaslikka chaqiradi.Nafaqat Yassaviy, balki tasavvufning barcha tariqatlarida, tasavvuf ahlining barchasining ijodida insonparvarlik bosh masala bo'lib hisoblanadi. Ularda insoniylik va insonparvarlik turli tomonlari tahlil etiladi.
Ahmad Yassaviy qarashlari haqida mulohaza yuritar ekanmiz,ular orqali barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish,ezgu niyat qilish,madaniyat-va ma'rifatni hamda ziyoli mutafakkirlarni ulug'lash, asosiysi komil insonni tarbiyalash g'oyasi ilgari surilganligiga guvoh bo'lamiz.Insonni komil bo'lib tarbiya topishi har bir davr pedagogikasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
REFERENCES
1. Rustamov E. Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi // O'zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1972. 4-5 sonlar.
2. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1990. 256 bet.
3. Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Toshkent, 1991. 268 bet.
4. Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000. 78 bet.
5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 7(6).
8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).
13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).
14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
17. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).