UDK 524.386
TYC 3125-278-1 O'ZGARUVCHAN YULDUZI TADQIQOTINING _DASTLABKI NATIJALARI_
A.R.Hafizov, O.A.Burxonov, J.A.Boltamurodov*
Kalit so'zlar: Yulduzlar, spektral sinflar, dog'li yulduzlar, temperatura, o'zgaruvchan yulduzlar, yorqinlik egri chizig'i, ZAQ tasvirlari, astrotasvirlarni qayta ishlash, fotometriya, yulduz kattaliklari.
Kirish: O'zgaruvchan yulduzlar astrofizika uchun chuqur va keng ko'lamli ahamiyatga ega hisoblanadi. Davriy yoki kvazi-davriy o'zgaruvchilar asosan tashqi o'zgaruvchanlik bilan tavsiflangan tutiluvchan qo'shaloq tizimlar va o'z o'qi atrofida aylanuvchi yulduzlarni o'z ichiga oladi. Dog'li o'zgaruvchan yulduzlar esa o'zgaruvchanlik shajarasida ichki tebranishlarni ko'rsatadigan obyektlar qatoriga kiradi. Bu o'zgaruvchilardan biri sifatida yuzida dog'i bor o'zgaruvchan yulduzlarni misol keltirishimiz mumkin [1].
Bizning astrofizik tadqiqotlarning asosiy manbai optik kuzatuvlar sanaladi. Optik kuzatuvlarmiz asosida TYC 3125-278-1 (RA_2000 = 19:18:33.42 Dec_2000.= +39:46:29.90) to'siluvchan o'zgaruvchan yulduzini tadqiq etdik. TYC 3125-278-1 yulduzining dastlabki tahlillar 2000-yilda amalga oshirilgan [2]. Ushbu yulduzning B va R filtrlardagi yulduz kattaliklar mos ravishda 12.37va 12.05 teng bo'lib [3] va davri 1.064797 d [4] sutkaga teng ekanligi aniqlangan.
1 - jadvalda yuqorida keltirilgan obyekt haqida 5 ta katalogdan olingan kross identifikatsiya
va qo'shimcha ma'lumotlar keltirilgan.
№ Catalog Object name Perod d Type Temp. K Distance Pc Raduis Rsun
1. TESS TIC 122070918 6627.4 18.0915 2.306
2. ASASSN-V J191833.45+394630. 1 1.0648614 EB 762.20
3. GSC2.3 N2JW000940 6531.3 800.3277
4. AAVSO KID 04647652 1.0647970 EA
5. LAMOST DR5 52503122 Kp 6627.37
6. Binzing kuzatuvlar TYC 3125-278-1 1.0650603 6600.95
Kuzatuvlar. Ushbu maqolada keltirilgan kuzatuv ma'lumotlari mualliflar tomonidan, Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutiga qarashli, dengiz sathidan 2600 metr balandlikda joydashgan Maydanak astronomik observatoriyasida bosh ko'zgusining diametri 0.6 metr bo'lgan Zeiss-600 sharqiy teleskopida, hamda TESS kosmik stansiyasidan olingan ma'lumotlar ba'zasidan foydalanilgan. Teleskopda yorug'lik qabul qilgich sifatida FLI NEW ZAQ (Zaryad aloqali qurilma) kamerasi ishlatilgan. Kamera piksellari soni 1024x1056 bo'lgani holda bitta pikselning fizik o'lchami 13 mikronga va yoy burchaklaridagi kattaligi 0.372 arcsec/pixel ga teng. Har bir tasvirning ko'rish maydoni (FOV) 6.3 x 6.3 yoy minutga teng. Kuzatuvlar vaqtida kameraning ishchi xarorati -20°C qilib o'rnatilgan. Tasvirlarni ZAQ kameradan o'qib olish uchun MaxIm DL6 dasturidan foydalanilgan [5]. Yorug'lik filtri sifatida Bessel BVRI filtrlaridan foydalanilgan, ekspozitsiya
*A.R.Hafizov - tayanch doktorant, O.A.Burxonov - laboratoriya mudiri, J.A.Boltamurodov - stajyor. O'zR FA Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti.
44
vaqtlari esa mos ravishda 120, 90, 60, 60, sekund qilib tanlangan. Kuzatuvlar 2023-yilning 1, 12 -25-avgust, 24-sentiyabr hamda 1-oktiyabr kunlarida olib borilgan. Jami olingan tasvirlar xar bir filtr uchun 343 tadan jami 1372 ta bo'lib, har bir tun kuzatuvlarini boshlashdan oldin (kechki shafaq vaqtida) va kuzatuvlardan kiyin (tongi shafaq vaqtida) ZAQ tasvirlarni birlamchi qayta ishlash uchun zarur bo'lgan yordamchi bias (nolinchi sath), dark (qorong'ulik toki) va mos filtrdagi flat (yuza tekisligi) tasvirlar olindi.
Tasvirlarni qayta ishlash. Kuzatuvlardan olingan ZAQ tasvirlarni birlamchi qayta ishlash va fotometrik o'lchashlarni amalga oshirish uchun astronomik tasvirlarni qayta ishlashga mo'ljallangan IRAF (Image Reduction and Analysis Facility) dasturlar jamlanmasidan foydalanildi [6]. Super bias, super dark va super flat tasvirlarni olish uchun IRAF ni IMRED/CCDRED dasturlar jamlanmasidan foydalanib olindi [7]. Birlamchi qayta ishlangan "toza" ishchi tasvirlar (o'rganilayotgan obekt tasvirlari) quyidagi formula orqali ifodalanadi:
Im,
Imr
sbias — sdark
clean
sflat — sbias
Tozalangan ishchi tasvirlardagi tadqiqot ob'yektining fotometrik o'lchashlarini IRAF dasturlar jamlanmasining APPHOT paketida olib borildi va ravshanlik egri chizig'i chizildi.
Tayanch yulduzlar USNO-B1 katalogi asosida tanlab olindi va ushbu tayanch yulduzlardan referent sifatida foydalanildi [8].
Maidanak observations
■ч. S -, Г- AI
4«,
Л
4
f \
a) b)
1 rasm. TYC 3125-278-1 yulduzinlng Maydanak (a) va TESS (b) da olingan ma'lumotlar asosida V filtrda olingan ravshanlik egri chiziqlari: a) rasmda faza egri chiziqlari solishtirma yulduz kattaliklarida. b) faza egri chizig'i yoruqlik oqimlarida berilgan.
O'z kuzatuvlarimiz asosida TYC 3125278-1 obyektining davrini qayta baholash uchun periodogramma usulidan foydalandik. Natijada obyektning periodogrammadagi maksimal spektr quvvati (2-rasm) uning 1.0650603 sutkalik davriylikka ega ekanligini ko'rsatdi.
Tadqiqot obyektining rang
ko'rsatgichlarini aniqlash uchun har bir yorug'lik filtrada alohida alohida fotometrik o'lchashlar amalga oshirildi. Navbatda astronomik amaliyotda tan olingan usullar yordamida rang ko'rsatgichlari baholandi. Bunda turli kuzatuv nuqtalarini fazadagi eng yaqin qiymatlari ayrmalari olindi. Bu usulning afzalligi 2 sekunddan oshmagan aniqlikda turli filtrlardagi fotometrik qiymatlar bilan ishlash imkonini beradi. Agarda to'g'ridan to'g'ri usuldan foydalansak eng yaqin nuqtalar orasidagi farq bir minutdan oshib ketadi. Bunga asosiy sabab yondosh nuqtalar kuzatuv vaqtlari orasidagi farq ekspozitsiya vaqtlari bilan belgilanadi. Har bir rang ko'rsatgichlari avval har bir yondosh kuzatuvlar uchun hisoblab topildi. Keyin barcha kuzatuvlar bo'yicha o'rtacha rang ko'rsatgichlari olindi (2 jadval).
2-jadval. TYC 3125-278-1 yulduzining Maydanak observatoriyasi
kuzatuvlari asosida olingan rang ko'rsai tgichlari.
Rang ko'rsatkichi Xatolik
B-V 0,4012 0,0092
B-R 0,6818 0,0109
B-I 0,9806 0,0130
V-R 0,2806 0,0056
V-I 0,5792 0,0076
R-I 0,2986 0,0060
Natijalar. TYC 3125-278-1 obyektining fotometrik o'lchashlari natijasida Bessell BVRI yorug'lik filtrlaridagi uskuna yulduz kattaliklari olindi. 1a rasmda Maydanak baland tog' observatoriyasida V filtrda hamda TESS kosmik teleskopida TYC 3125-278-1 obyekti kuzatuvlaridan olingan ma'lumotlarni tahlili amalga oshirildi va ravshanlik egri chizig'ini olindi. 1-a grafikdagi obyektning yulduz amplitudasi 0,14 magnitudaga tengligi aniqlandi va 1b - rasmda taqqoslash uchun TESS ma'lumotlarindan olingan grafik keltirilgan. 1-a rasmdagi grafikda uzulishlar kuzatilmoqda va bu aynan shu vaqtdagi kuzatuvda ayrim sabablarga ko'ra to'xtalishlar bo'lganligini bildiradi. 2-rasmdagi periodogramma asosida ushbu obyektning davri o'z kuzatuvlarimiz asosida qayta baholandi va u 1.0650603 sutkaga teng bo'lib chiqdi (1 jadval). Biz tomonimizdan aniqlangan davr ±20 sekundli farq bilan boshqa mualliflar tomonidan toplgan davrlarga mos keldi.
Bizni ko'prangli kuzatuvlarimizdan TYC 3125-278-1 rang ko'rsatgichlari aniqlandi (2 -jadval). B-V rang ko'rsatgichi 0,4012 tengligi ushbu obyektni F spektral sinfiga mansub yulduz ekanligini bildiradi. Tekshirish maqsadida olingan rang ko'rsatgichlari asosida ushbu obyektning temperaturasi [9] baholandi va u 6600.95 K ga teng bo'lib chiqdi (1 jadval). Ushbu natijalar tadqiqot obyektimizni F spektral sinfiga mansubligini tasdiqladi [10]. Ushbu natija boshqa mualliflar tamonidan olingan natijalar bilan xatoliklar doirasida mos keldi.
Adabiyotlar:
1. Xiaodian Chen., et all. The Zwicky Transient Facility Catalog of Periodic Variable Stars // 2020 July The Astronomical Journal Journal Supplement Series, 249:18, 2020.
2. E. H0g1, C. Fabricius., et all. The Tycho-2 Catalogue of the 2.5 million brightest stars // Astron. Astrophys. 355, L27-L30 (2000)
3. https://vizier.cds.unistra.fr/viz-bin/VizieR-4
4. VSX: Detail for ZTF J205914.18+400735.6 (aavso.org)
5. MaximDL (2024). https://diffractionlimited.com/product/maxim-dl/
6. IRAF (2024). IRAF Community Distribution https://iraf-community.github.io/
7. A.R. Hafizov va boshq., (2023), Yosh olimlar konferensiyasi materiallari, 157-158 b. 2023;
8. Monet, D. G., Levine, S. E., et al. The Astronomical Journal, Volume 125, Issue 2, pp. 984-993. 2003.
9. Ballesteros F. J. New insights into black bodies // Europhysics Letters, Volume 97, Issue 3, pp. 34008, 2012.
10. Weidner Carsten; Vink Jorick S. The masses, and the mass discrepancy of O-type stars // Astronomy and Astrophysics. 524. A98. 2010.
TYC 3125-278-1 OZGARUVCHAN YULDUZI TADQIQOTINING DASTLABKINATIJALARI
Maydanak observatoriyasida olingan kuzatuv ma'lumotlari asosida TYC 3125-278-1 obyektining Bessell BVRI filtrlardagi fotometrik o'lchashlari natijasida uning uskuna yulduz kattaliklari olindi. Olingan natijalar TESS kosmik teleskopi kuzatuv ma'lumotlari bilan solishtirma
46
tahlili amalga oshirildi. Bizning natijalar asosida ushbu obyektning o'zgaruvchanlik amplitudasi 0,14 magnitudaga tengligi aniqlandi. TYC 3125-278-1 periodogrammasi asosida obyektning davri 1.0650603 sutkaga teng ekanligi, hamda koprangli kuzatuvlarimizdan obyektning rang ko'rsatgichlari 0,4012 ga tengligi aniqlandi. Olingan rang ko'rsatgichlari asosida ushbu obyektning temperaturasi 6600.95 K ga teng ekanligi hisoblab topildi.
ПРЕДВАРИТЕЛЬНЫЕ РЕЗУЛЬТАТЫ ИССЛЕДОВАНИЯ ПЕРЕМЕННОЙ ЗВЕЗДЫ TYC 3125-278-1
Проведены фотометрические измерения TYC 3125-278-1 на фильтрах Bessell BVRI и получены ее инструментальные звездные величины на основе данных наблюдений Майданакской обсерватории. Проведен сравнительный анализ наших результатов с данными из космического телескопа TESS. По нашим результатам было определено, что амплитуда переменности этого объекта равна 0,14 магнитуды. На основании периодограммы TYC 3125278-1 было определено, что период объекта равен 1,0650603 дням, а по нашим многоцветным наблюдениям показатель цвета объекта равен 0,4012. На основании полученных показателей цвета было подсчитано, что температура этого объекта равна 6600,95 К.
PRELIMINARY RESULTS FROM A STUDY OF THE VARIABLE STAR TYC 3125-278-1
The multicolor photometric measurements on Bessell BVRI filters of TYC 3125-278-1 were performed and its instrumental star magnitudes were obtained based on observations from the Maidanak Observatory. A comparative analysis of our results with data from the TESS space telescope was performed. Based on our results, it was determined that the variability amplitude of this object is 0.14 magnitudes. Based on the periodogram of TYC 3125-278-1, it was determined that the period of the object is 1.0650603 days, and according to our multicolor observations, the color index of the object is 0.4012. Based on the obtained color indices, it was calculated that the temperature of this object is 6600.95 K.