Научная статья на тему 'ZEISS-600 TELESKOPIDA OLIB BORILGAN KUZATUV NATIJALARI'

ZEISS-600 TELESKOPIDA OLIB BORILGAN KUZATUV NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZEISS-600 TELESKOPIDA OLIB BORILGAN KUZATUV NATIJALARI»

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tashkent Institute of Economics and Pedagogy

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

UDK: 524.386

ZEISS-600 TELESKOPIDA OLIB BORILGAN KUZATUV NATIJALARI

J.A.Baltamuratov, A.R.Hafizov

O'zRFA Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti.

O'zbekiston.

Kirish: Ravshanlikning vaqt o'tgan sari o'zgartirishi bilan namoyon bo'ladigan yulduzlar o'zgaruvchan yulduzlar hisoblanadi. Bu kabi yulduzlarning bir necha turlari mavjud. Shulardan biri tosiluvchan o'zgaruvchan yulduzlar hisoblanadi va ular umumiy og'irlik markazi atrofida aylanuvchi ikki yulduzdan iborat tizim bo'lib, ularning orbita tekisliklari kuzatish chizig'iga juda yaqin. Bunday yulduzlar bir-biridan juda kichik burchak masofada yotganidan ularni alohida-alohida ko'rib bo'lmaydi va ularning nurlanishi qo'shilib, bitta yulduzdek ko'rinadi[1].

Optik kuzatuvlarimiz asosida TYC 3125-278-1 to'siluvchan o'zgaruvchan yulduzini tadqiq etdik. Bu yulduzning dastlabki fotometrik va spektroskopik tahlillari 2000-yilda amalga oshirilgan [2]. Ushbu yulduzning B va R filtrlardagi yulduz kattaliklar mos ravishda 12.4 va 12.0 ga teng bo'lib [3], davri 1.064797 [4] sutkaga teng ekanligi aniqlangan.

Kuzatuvlar. TYC 3125-278-1 o'zgaruvchan yulduzini Maydanak astronomik observatoriyasida bosh ko'zgusining diametri 0.6 metr bo'lgan Zeiss-600 sharqiy teleskopida kuzatuvlar olib borildi. Teleskopda yorug'lik qabul qilgich sifatida FLI NEW ZAQ (Zaryad aloqali qurilma) kamerasidan foydalanilgan. Kamera piksellari soni 1024x1056/1K bo'lgan holda bitta pikselning fizik o'lchami 13 mikronga va yoy burchaklaridagi kattaligi 0.372 arcsec/pixel ga teng. Har bir tasvirning ko'rish maydoni (FOV) 6.3 x 6.3 yoy minutga teng. Kuzatuvlar vaqtida kameraning ishchi xarorati -20°C qilib o'rnatilgan. Tasvirlarni ZAQ kameradan o'qib olish uchun MaxIm DL6 dasturidan foydalanilgan [5]. Yorug'lik filtri sifatida Bessel BVRI filtrlaridan foydalanilgan, ekspozitsiya vaqtlari esa mos ravishda 120, 90, 60, 60 sekund qilib tanlangan. Kuzatuvlar 2023 - yilning avgust - oktiyabr oylarida olib borilgan. Jami olingan tasvirlar soni 1,368 ta bo'lib, har bir tun kuzatuvlarini boshlashdan oldin (kechki shafaq vaqtida) va kuzatuvlardan kiyin (tongi shafaq vaqtida) ZAQ tasvirlarni birlamchi qayta ishlash uchun zarur bo'lgan yordamchi tasvirlar olindi.

64

May 15, 2024

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tashkent Institute of Economics and Pedagogy

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Tasvirlarni qayta ishlash. Kuzatuvlardan olingan ZAQ tasvirlarni birlamchi qayta ishlash va fotometrik o'lchashlarni amalga oshirish uchun astronomik tasvirlarni qayta ishlashga mo'ljallangan IRAF (Image Reduction and Analysis Facility) [6] dasturlar

jamlanmasidan foydalanildi. Super bias, super dark va super flat tasvirlarni olish uchun IRAF ni IMRED/CCDRED dasturlar jamlanmasidan foydalanib olindi.

Tozalangan ishchi tasvirlardagi tadqiqot obyektini VaST dasturi yordamida fotometrik o'lchash ishlari amalga oshirildi [8].

Tayanch yulduzlar USNO-B1 katalogi asosida tanlab olindi va ushbu tayanch yulduzlardan referent sifatida foydalanildi.

Natijalar. TYC 3125-278-1 obyektning fotometrik o'lchashlari natijasida Bessell BVRI yorug'lik filtrlaridagi uskuna yulduz kattaligi olindi. 1-rasmda VaST dasturi orqali Bessell R yorug'lik filtrida TYC 3125-278-1 yulduzini tahlili amalga oshirildi va ravshanlik egri chizig'i olindi. Yuqoridagi grafikda yulduz kattaligining magnituda diapazoni -13.96 ^ -14.06 hamda amplitudasi 0,1 magnitudaga tengligi aniqlandi.

REFERENCES

1. https: //www. atnf.csiro.au/outreach/education/senior/astrophysics/variable_types.htm l

2. H0g, E.; Fabricius, C., et all. The Tycho-2 catalogue of the 2.5 million brightest stars 2000A&A...355L..27H

3. https://vizier.cds.unistra.fr/viz-bin/VizieR-4

4. https: //www. aavso.org/vsx/index.php?view=detail.top&oid=245229

5. MaximDL (2022). https://diffractionlimited.com/product/maxim-dl/

6. IRAF (2022). IRAF Community Distribution https://iraf-community.github.io/

7. A.R. Hafizov va boshq., (2023), Yosh olimlar konferensiyasi materiallari, 157-158 b. 2023;

8. Sokolovsky, K. V., Lebedev, A. A., Astron. and Computing, 2018. 22, 28

65

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.