Научная статья на тему '(15046) 1998 XY41 ASTEROIDINING MAYDANAK BALANDTOG’ OBSERVATORIYASIDAGI KUZATUV NATIJALARI TAHLILI'

(15046) 1998 XY41 ASTEROIDINING MAYDANAK BALANDTOG’ OBSERVATORIYASIDAGI KUZATUV NATIJALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
30
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asteroid / inersiya / yorqinlik / amplituda / ekspozitsiya. / asteroid / inertia / brightness / amplitude / exposure

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ergashev Kamoliddin Eshtursunovich, Ajabov Abdurazzoq Qayumovich

maqolada (15046) 1998 XY41 asteroidining kuzatuv natijalari va ushbu ob’ektning aylanish davri haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF OBSERVATION REZULTS OF THE ASTEROID (15046) 1998 XY41 IN MAYDANAK HIGH MOUNTAIN OBSERVATOTY

the article presents information about the results of the observation and circling period of the asteroid (15046) 1998 XY41.

Текст научной работы на тему «(15046) 1998 XY41 ASTEROIDINING MAYDANAK BALANDTOG’ OBSERVATORIYASIDAGI KUZATUV NATIJALARI TAHLILI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

(15046) 1998 XY41 ASTEROIDINING MAYDANAK BALANDTOG' OBSERVATORIYASIDAGI KUZATUV NATIJALARI TAHLILI Ergashev Kamoliddin Eshtursunovich

O'z FA Astronomiya instituti, k.i.x.

Ajabov Abdurazzoq Qayumovich

Qarshi Davlat Universiteti, f-m f.n, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.6482859 Annotatsiya: maqolada (15046) 1998 XY41 asteroidining kuzatuv natijalari va ushbu ob 'ektning aylanish davri haqidagi ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: asteroid, inersiya, yorqinlik, amplituda, ekspozitsiya.

АНАЛИЗ РЕЗУЛТАТОВ НАБЛЮДЕНИЙ (15046) 1998 XY41 АСТЕРОИДА В МАЙДАНАКСКОЙ ВЫСОКОГОРНОЙ

ОБСЕРВАТОРИИ. Аннотация: в данной статье приведены результаты наблюдения астероида: (15046) 1998 XY41 и информация о периоде вращения данного объекта.

Ключевые слова: астероид, инерция, яркость, амплитуда, экспозиция. ANALYSIS OF OBSERVATION REZULTS OF THE ASTEROID (15046) 1998 XY41 IN MAYDANAK HIGH MOUNTAIN OBSERVATOTY Abstract: the article presents information about the results of the observation and circling period of the asteroid (15046) 1998 XY41. Key words: asteroid, inertia, brightness, amplitude, exposure. Asteroidlarni kuzatishlardan olingan natijalardagi (bir kechalik) o'zgarishlar asteroidning geometrik shakli va spin vektori bilan bog'langan bo'ladi. Uzoq muddatli davomiy o'zgarishlar tarkibi esa, masofa, Quyosh-Asteroid-Kuzatuvchi geometriyasining o'ziga xosliklarini ifodalaydi. Kuzatish jarayonidagi qo'yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda tadqiqot usullari uchun kerakli tashkil etuvchilarni tanlab olish fotometrik tadqiqotlarning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Harakatdagi (aylanayotgan) asteroidning burchak momentini to'g'ridan-to'g'ri Yerdagi kuzatuvlar asosida o'lchab bo'lmaydi. Ma'lum asteroidning burchak momentini asteroid o'lchami, shakli va zichligini hisobga olgan holda uning inersiya momentini baholash yordamida hisoblash mumkin. Inersiya momentini aniq baholash esa, bevosita kosmik missiyalar yordamida amalga oshiriladigan o'lchovlarni talab qiladi. Asteroidlarning aylanish vektorini tadqiq qilishda, ham radar va ham optik, shuningdek Yerdagi teleskoplar kuzatuvlariga asoslangan usullar qo'llaniladi. Yer atrofi fazosidagi yaqin ob'ektlar yoki spektrning radio qismida aks ettiruvchi ob'ektlar uchun radar tasvirlari aylanish vektori va asteroid shakli haqida batafsil ma'lumot olish uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu maqsadlar uchun eng ko'p qo'llaniladigan kuzatish texnikasi bu yorug'lik egri chizig'i fotometriyasi hisoblanadi. Yorqinlik egri chiziqlari tahliliga qaratilgan fotometriya texnikasi asteroidning aylanish xususiyatlarini tavsiflash uchun vaqt o'tishi bilan olingan asteroidning optik kuzatuvlaridan foydalaniladi.

Fotometriyaning ushbu turi - asosiy shaklda asteroidning aylanish davrini o'lchash uchun qo'llanilishi mumkin. Bu texnikaning yanada rivojlangan variantlari yordamida asteroidning shakli, aylanish vektori va hatto bir yoki bir nechta "yo'ldoshlari" mavjudligini ham aniqlash mumkin. Ushbu turdagi ma'lumotlar asteroidning kelib chiqishi, evolyutsiyasi va jismoniy xususiyatlari haqida bebaho ma'lumotlar berishi mumkin.

Yorqinlik egri chizig'i davri asteroidning aylanish davriga teng. Yorqinlik egri chizig'i amplitudasi ham foydali ma'lumot beradi. Asteroid yuzasida sezilarli o'zgarishlar yoki geometrik tarqalish effektlari bo'lmasa, yorqinlik egri chizig'idan asteroidning umumiy shaklini taxmin qilish uchun foydalanish mumkin [1].

bu erda A yorqinlik egri chizig'ining amplitudasi, CSmin - asteroidning minimal ko'ndalang kesimi maydoni va CSmax - asteroidning maksimal ko'ndalang kesimi maydoni. Bundan tashqari, ikki o'rkachli yorqinlik egri chizig'ining amplitudasi

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

minimal yoki maksimallari assimetrik bo'lgan hollarda bu amplitudalarning farqidan qarama-qarshi tomonlar sirt maydoni farqlarini taxminiy hisoblash uchun foydalanish mumkin. Yorqinlik egri chizig'idan foydalangan holda asteroid shaklining raqamli kvantlangan tavsifini olish - uzoq vaqt davom etuvchi kuzatuvlarni (masalan, bir nechta faza burchaklarida) talab qiladi va inversiya usuli deb ataladi [2,3].

Asteroidlar populyatsiyasini o'rganishda aylanish xususiyatlarining taqsimotini tahlil qilish ularning to'qnashuv tarixi, dinamik evolyutsiyasi va tuzilishi haqida muhim ma'lumotlarni ochib berishi mumkin.

Quyida (15046) 1998 XY41 asteroidi kuzatuv natijalarini keltiramiz.

Ushbu asteroid LINEAR observatoriyasida 1998-yil 14-dekabrda kashf etilgan (http://ssd.jpl.nasa.gov/sbdb.cgi/). Quyoshdan 2.3785 a.b. o'rtacha masofada bo'lgan orbitada harakarlanadi. Quyosh atrofida aylanish davri 1339.9 kunni tashkil etadi. Orbitasining afeliy nuqtasida Quyoshdan 2.8507 a.b. gacha uzoqlashadi, perigeliy nuqtalarida esa Quyoshga 1.9064 a.b. gacha yaqinlashadi (http://minorplanetcenter.net/iau/mpc). Quyidagi jadvalda (15046) 1998 XY41 astroidining orbital parametrlari keltirilgan:

1-jadval. (15046) 1998 XY41 astroidining asosiy orbital parametrlari.

Parametrlari Qiymati

Katta yarim o'qi (a) - [a.b.] 2.3785

Afeliy masofasi (Q) - [a.b.] 2.8507

Perigeliy masofasi (q) - [a.b.] 1.9064

Aylanish davri (P) - [sutka] 1339.8969

Eksentrisitet(e) 0.1985

Og'ish burchagi (i) - [grad] 2.6663

Perigeliy argumenti (®) - [grad] 22.3859

O'rtacha anomaliya (M) - [grad] 130.2141

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Asteroid diametri 2011-yilda NEOWISE loyihasi tomonidan aniqlangan bo'lib, unga ko'ra asteroid diametri 5 km ni tashkil qiladi. O'z o'qi atrofida aylanish davri esa hozircha aniqlanmagan. Geometrik albedosini ham NEOWISE loyihasi aniqlagan bo'lib u 0.256 ga teng [3].

(15046) 1998 XY41 asteroidi 2020 - yilning 16 - noyabrida Maydanak balandtog' observatoriyasining shimoliy ZEISS-600 teleskopida faqat bir kecha kuzatilgan bo'lib, kuzatuvlarda R filtrda hammasi bo'lib 179 ta raqamli tasvirlar olindi. Tasvirlarning ekspozitsiya vaqti sifatida 120 sekund tanlangani holda, butun kuzatuv jarayonining summar ekspozitsiya vaqti 21480 sekundni tashkil etdi. Quyidagi rasmda Ushbu asteroidning kuzatuvlardan olingan yorqinlik egri chiziqlari tasvirlangan:

1-rasm. (15046) 1998 XY41 astroidining davriy yorqinlik egri chizig'i.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Yorqinlik egri chiziqlari tahlili shuni ko'rsatmoqdaki ushbu asteroidning magnituda - vaqt qatorlari tarkibida davri o'rtacha 4.3557±0.0186 soatga teng bo'lgan davriy tashkil etuvchilar mavjud va bu vaqt asteroidning o'z o'qi atrofida aylanish davriga teng.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, kuzatuv davomida tebranishlar amplitudasi R filtrda o'rtacha 0.107±0.012 yulduz kattaligiga teng bo'ldi. Xalqaro kichik sayyoralar markazi va NASA koinot agentligining ma'lumot ba'zalarida ushbu asteroidning aylanish davriga oid ma'lumotlar mavjud emas, bu esa ushbu tadqiqotlar davomida asteroidning aylanish davrini dunyoda birinchi bo'lib aniqlanganligidan dalolat beradi.

Adabiyotlar

1. A.W.Harris., et al., 2014., On the maximum amplitudeof harmonics of an asteroid light curve. Icarus 235.

2. M.Kaasalainen, 2001a., Optimization metods for asteroidlight curve inversion I. Shape Determination., Icarus 153.

3. R.Masiero Joseph et al., Main Belt Asteroids with WISE/NEOWISE. I. Preliminary Albedos and Diameters., The Astrophysical Journal, Volume 741, Issue 2, article id. 68, 20 pp. (2011).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.