Научная статья на тему 'TUTNING “GEZAL” NAVINI VITRO SHAROITIDA KO‘PAYTIRISHDA GORMONLARNING TA’SIRI'

TUTNING “GEZAL” NAVINI VITRO SHAROITIDA KO‘PAYTIRISHDA GORMONLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Tut / mikroklonal ko‘paytirish / novda / ozuqa muhiti / gelzan / Gezal gormon.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Atabayev Izzatbek Xayitbay O‘G‘Li, Valiev Sayfiddin Tojiddinovich, Abdramanova Salomat Xudaybergenovna

Maqolada in vitro sharoitida turli xil konsentratsiya va nisbatlarda o‘sish regulyatoridan foydalanib, tut o‘simligining Gezal navining navini in vitro sharoitida novda kesish, sterillash ishlari, murtaklanish vaqti va foizlari uchun eng maqbul ko‘rsatkichlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUTNING “GEZAL” NAVINI VITRO SHAROITIDA KO‘PAYTIRISHDA GORMONLARNING TA’SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K: 638.24

TUTNING "GEZAL" NAVINI VITRO SHAROITIDA KO'PAYTIRISHDA GORMONLARNING TA'SIRI

1Atabayev Izzatbek Xayitbay o'g'li, 2Valiev Sayfiddin Tojiddinovich, 3Abdramanova

Salomat Xudaybergenovna

1Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti, 2q.x.f.d., katta ilmiy xodim. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, 3q.x.f.f.d., katta ilmiy xodim. Ak.M.Mirzaev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13859431

Annotatsiya. Maqolada in vitro sharoitida turli xil konsentratsiya va nisbatlarda o'sish regulyatoridan foydalanib, tut o'simligining Gezal navining navini in vitro sharoitida novda kesish, sterillash ishlari, murtaklanish vaqti va foizlari uchun eng maqbul ko'rsatkichlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tut, mikroklonal ko'paytirish, novda, ozuqa muhiti, gelzan, Gezal gormon.

Аннотация. В статье представлены оптимальные параметры обрезки стеблей, cmeprnmatsiu, сроки прорастания и процентное соотношение сорта Gezal in vitro с использованием регулятора роста в различных концeнтрatsiях и соотношениях.

Ключевые слова: шелковица, микроклональноеразмножение, стебель, питательная среда, гельсан, гормон.

Abstract. The article presents the optimal parameters for stem pruning, sterilization, germination time and percentage of the Gezal variety in vitro using a growth regulator in various concentrations and ratios.

Keywords: mulberry, microclonal propagation, stem, nutrient medium, hormone, gelsan.

Kirish. Mamlakatimizda bugungi kunda o'z navbatida pillachilik tarmog'iga innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy etish, ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora - tadbirlarni amalga oshirish, tut ipak qurti boqishga mo'ljallangan inshootlarni qurish, jumladan sifati yuqori ozuqa beruvchi tutzorlarni barpo etish hamda tut navlarning iqlimlashtirishda turli xil substratlarda yashovchanlikni maqbul holatini tanlash kerakligini taqoza etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pillachilik sohasida kasanachilikni qo'llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" 2023-yil 1-iyundagi PF-85-son Farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tutning "Gezal" navlarini iqlimlashtirishda turli xil substratlarda yashovchanlik ko'rsatkichlarini o'rganish hamda tadqiqot ishlari amalga oshirildi [1].

Tutning Morus alba turigining Gezal navidagi tajribalarda bo'g'im segmentlarini in vitro sharoitida ko'paytirilib olingan o'simliklarda odatiy payvandlash usullariga solishtir-ganda ertaroq hosil berish xususiyati, shu qatorda kuchli ildiz sistemasiga ega ekanligi, hamda payvandtag va payvandust nomutanosibligi kuzatilmasligi aniqlangan.

Tutning Gezal navini eksplantatlarni daladan in vitro sharoitlarga kiritishda bir yillik novdalar, kurtaklar hamda tinim davridagi shox uchlaridan foydalansa bo'ladi [2].

Ozuqa muhitining tarkibi mikroklonal novdalarni ko'paytirish ko'rsatkichlaridagi miqdoriy o'zgarishlariga ta'sir etmagan va DKW ozuqa muhiti yirik diametrli va bir tekis

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

o'lchamdagi mikroklonal novdalarni hosil bo'lishini ta'minlagan (Driver va Kuniyuki, 1984) [2;3;4].

Tadqiqotlarimiz Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Marxamat tumanidagi "Ipak ko'chat klaster" fermer xo'jaligining in vitro laboratoriyasida tutning Gezal navida o'tkazildi.

Tadqiqot usullari. Marxamat tumanidagi "Ipak ko'chat klaster" fermer xo'jaligi Dalasidan bahor mavsumida boshlarida 2-3 haftalik o'sgan, 0,4-0,8 sm diametrdagi, 2-5 sm bo'g'im oralig'i va vegetativ barg kurtaklari bo'lgan silliq novda uchlari tanlab olindi.

Material antioksidant va fungisid eritmalarida saqlangan holda plastik paketlarda laboratoriyaga olib kelindi. Ular laminar shkafida fungisidlar aralashmasida 20 daqiqa davomida aralashtirilib, yuzalari sterillardi. Eksplantatlar uchun in vitro sharoitid DKW ozuqa muhitidan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari: Kulturaga kiritishda tutning Gezal navi kurtak ekplantlari asosiy qismi zamburug'lar va bakteriyalar bilan zararlandi. Zararlanmagan eksplantatlar ko'paytirish uchun 1 mg/l BAP va 0,01 mg/l IBA tutgan DKW ozuqa muhitiga ko'chirilb o'tkazildi.

Sog'lom rivojlangan kulturaga kiritiladigan novdalari ozuqa muhitiga o'sish regulyatorlari (BAP, TDZ, GA 3 va IBA) turli xil konsentratsiyalarida solindi. So'ngra 3-4 xafta mobaynida eng yaxshi sifatli, sog'lom, hamda uzun mikropoyalar o'sishi va ko'payish natijalarini qayd etgan ozuqa muhiti keyingi ko'paytirish uchun tanlab olindi. O'simliklarni kulturalash jarayoni har 3-4 hafta davomida mikropoyalarni yangi o'stiruvchi muhitga ko'chirish bilan olib borildi. Bu jarayon biz uchun kasallik va viruslardan to'liq holi bo'lgan sog'lom kochatlarni ta'minlaydi.

Kulturaga jarayonida eng samarali ko'rsatkich 1,0 mg/l BAR va 1,0 GA 3 mg/l qo'shimchalari bo'lgan DKW ozuqa muhitida kulturaga olingan tutning Gezal navida murtak bo'rtishi 18-22 kun va murtaklanish 73,0 foizni tashkil qildi. Murtaklanishning eng samarasizi DKW ozuqa muhitiga GA 3 (0,5 va 0,1 mg/l) qo'shimchasida kuzatildi. Olingan m'lumotlar (1-jadval)

1-jadval

Chandler navining niurtaklanishiga turli tarkibli va konsentratsiyali o'stiruvchi moddalarning ta'siri 2023-yil.

Ozuqa muhiti Murtak bo'rtishi, Murtaklanish,

DKW + gormon (mg/l kun %

BAP TDZ GA3 - -

0,6 - 0,5 17-19 23,0

0,5 - 1,1 16-20 31,5

1,0 - 0,6 15-17 56,8

1,0 - 1,0 18-22 73,0

- 0,6 0,5 16-20 20,1

- 1,0 0,5 21-23 32,3

- 0,5 1,0 24-29 26,4

- 1,1 1,0 17-23 49,1

- - 0,5 24-28 0,00

- - 1,0 25-26 0,00

- - 0,5 26-27 0,00

- - 1,0 26-27 0,00

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Tutning Gezal navi eksplantani kulturaga kiritganimizdan keyin, tajriba turli miqdor va tirkibdagi o'stiruvchi regulyatorlar: BAP (benzil aminopurin), Tradozolin (TDZ), gibrellic acid (GA3) va (indole-3-butyric acid (IBA) ta'sir ettirish bilan davom ettirildi.

Xulosa. Tut o'simligining Gezal navlarini navini in vitro sharoitida mikroklonal ko'paytirishda murtak bo'rtishi va murtaklanish foizi DKW ozuqa muhitida 1,0 mg/l BAP va 1,0 mg/l GA3 ta'sirida murtaklanish 73,0 % ni tashkil qilib, eng yaxshi gormon konsentratsiyasi deb topildi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi «Pillachilik sohasida kasanachilikni qo'llab-quvvatlash hamda pilla etishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-85-sonli farmoni - Toshkent, 2020. 1-6-b.

2. Drayver J. "Laboratoriya sharoitida to'qimalar va hujayralardan sun'iy (probirka) o'stirish" bo'yicha uslubiy qo'llanmasi. T.:2015.-B.30.

3. Saimnazarov Yu, Abduramanova S. "Colt payvandtagini in vitro usulida samarali ko'paytirish" Agro ilm jurnali 4(54) son.- 28-29 bet.-Toshkent-2018

4. Conover CA, Poole RT (1984) Acclimatization of indoor foliage plants. Horticultural Reviews 6, 119-154.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.