Научная статья на тему 'ANORNI MIKROKLONAL KO'PAYTIRISH UCHUN OZUQA MUHITLARI'

ANORNI MIKROKLONAL KO'PAYTIRISH UCHUN OZUQA MUHITLARI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

CC BY
206
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
meristemik to'qima / hujayra / sun'iy ozuqa muhit / auksin / sitokinin kultura / adaptatsiya / mezionitsid / Murashiga& skug

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Qodirov Jalolddin Jamoliddinovich, Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Olimova Zulxumor, Abduxalilova Muslimaxon

Hozirgi kunda mamlakatimizda ko'pgina mevalar bilan bir qatorda anor o‘simligini mikroklonal ko‘paytirish orqali viruslardan holi, sofa kulturasini olishda, anor o‘simligini fitogarmonlarga ta’siri natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar. Bu orqali anor o‘simligini yilning istalgan faslida in vitro sharoitida maxsus ozuqalarda ko‘paytirish, iqlimlashtirish va noyob turlarni saqlab qolishga yordam bermoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANORNI MIKROKLONAL KO'PAYTIRISH UCHUN OZUQA MUHITLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ANORNI MIKROKLONAL KO'PAYTIRISH UCHUN OZUQA MUHITLARI 1Qodirov Jalolddin Jamoliddinovich, 2Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, 3Olimova

Zulxumor, 4Abduxalilova Muslimaxon

1 Agrar qo'shma fakulteti Farg'ona Davlat Universiteti, dosent, qishloq xo'jaligi fanlar nomzodi 2 Agrar qo'shma fakulteti Farg'ona Davlat Universiteti dosent., q.x.f.f.d (PhD) 3'4 Agrar qo'shma fakulteti Farg'ona Davlat UniversitetiAgronomiya (Anorchilik) 4-bosqich

talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.8001973

Annotasiya. Hozirgi kunda mamlakatimizda ko'pgina mevalar bilan bir qatorda anor o'simligini mikroklonal ko'paytirish orqali viruslardan holi, sofa kulturasini olishda, anor o'simligini fitogarmonlarga ta'siri natijasida yuzaga keladigan o'zgarishlar. Bu orqali anor o'simligini yilning istalgan faslida in vitro sharoitida maxsus ozuqalarda ko'paytirish, iqlimlashtirish va noyob turlarni saqlab qolishga yordam bermoqda.

Kalit so'zlar: meristemik to'qima, hujayra, sun'iy ozuqa muhit, auksin, sitokinin kultura, adaptatsiya, mezionitsid, Murashiga& skug

Anor har xil tuproqli yerlarda o'saveradi, lekin sizot suvlar chuqur joylashgan, unumdor, suv bilan yaxshi ta'minlangan, suvni yaxshi o'tkazadigan tuproqli yerlarda yaxshi o'sib, mo'l hosil beradi. Sho'rlangan va botqoqlashgan yerlarda yaxshi o'smaydi. Uning ko'chatini yetishtirishning eng oddiy va arzon usuli ildiz bachkilaridan va novdalaridan qalamcha ekib, ko'chat tayyorlashdir. Anor ko'chatlari, asosan, qalamchalardan yetishtiriladi. Qalamchalar esa odatda hosilga kirgan va bir qancha navlar ekilgan anorzorlardan olinadi.

Anor navlari. Anor bog'larini yaratayotganda uning navlarini tanlashga e'tibor qaratish kerak. Bunda erta hosilga kiradigan va mo'l hosil beradigan navlar tanlanadi.

O'zbekiston hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jaligi davlat reesrtiga anorni 4 ta navlari kiritilgan. Qulay sharoitlar mavjudligi sababli respublikamizda anorning quyidagi navlari o'stirilmoqda: "Ulfi", "Pushti Gulosha", "Oq dona (tuyatish)" , "Achchiq dona", "Desertniy", "Qozoqi anor", "Dashnobod" navi va boshqalar.

So'nggi paytlarda butun dunyo bo'ylab tropik va subtropik mevalarni iste'mol qilishning o'sishi kuzatilmoqda. Bu mevalar juda xilma-xil bo'lib, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari kabi kasalliklarning oldini olish bilan bog'liq bo'lgan ko'plab ozuqaviy komponentlarni o'z ichiga oladi. Hozirgi kunda Farg'ona viloyatida shu jumladan Respublikamizning Surxandaryo,sirdarya va boshqa hududlarida yangidan anorzorlar barpo qilinmoqdaki, bu yerlarda mahalliy hamda chetda yaratilgan serhosil kasallik zararkunanda va tashqi omillarga chidamli yangi navlarni ekish taqozo qilmoqda.Buning uchun dunyoni rivojlangan davlatlarida meva ko'chatlarini in-vitro usulida sog'lomlashtirilgan, nihollari qo'llanilmoqda. Resbuplikamizda ham keyingi yillarda in-vitro usulida meva ko'chat yetishtirishga katta e'tibor berilmoqda.Mahmud Mirzayev nomidagi "bog'dorchilik uzumchilik va vinochilik" ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallarida viloyatlardagi Farg'ona Andijon, Namangan tayanch punktlari hamda bog'dorchilikka ixtisoslashgan klaster va fermer xo'jaliklari in- vitro usulida ko'chat yetishtirish bo'yicha ish boshlamoqdalar.Biz ham o'z tajribalarimizda laboratoriya sharoitida anor eksplantlariga turli xil ozuqa muhitlarini tayyorladik va eng samaralisini o'rgandik.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

Har birini 1 litrga to'g'rilab, kimyoviy formula, kontsetrasiyasi va tayyorlash sanasi ko'rsatilgan yorliq bilan belgilaymiz.

- Ozuqa sifatida kamroq talab etiladigan mikroelement tuzlar bilan ishlashda ularning har birini aniq o'lchamlarda tarozidan o'tkazib 900 millilitr (ml) distirlangan suvga birin-ketin solib eritamiz (bunda birinchi solingan preparat to'la erib bo'lmaguncha keyingisini solmaslik). Eritmani 1 litrga to'g'rilab, eritma nomi tushirilgan yorliq bilan belgilaymiz. Namuna: asosiy eritma, DKW ozuqaviy muhiti va tayyorlangan sana.

- Quyosh tushishining oldini olish uchun FeNaEDTA zarg'aldoq rangli yoki folga bilan o'ralgan idishda tayyorlanishi va saqlanishi shart.

- Vitaminli asosiy eritmalar uchun har bir vitaminni tarozidan o'tkazib, alohida idishlarda eritib va tegishli yorliqlar bilan belgilaymiz

Tekshiring:

ma'lumotlarga ega yorliqlar biriktirilganligini (kontsentrasiyasi, tayyorlanish sanasi, eritmalarni tayyorlagan xodim ismi yoki inisiallari),

eritmalar qo'yilgan idishlarning yaxshilab berkitilganligini tekshirib chiqamiz.

Ajratilgan hujayra va to'qimalarni kulturalash uchun oziqa muhitlari tarkibida osimlik uchun zarur bolgan bo'lgan barcha makroelemetlar (azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt, temir) mikroelementlar (bor, marganes, rux, mis, molibden va boshqalar) shuningdek vitaminlar, uglevodlar, fitogormonlar yoki ularning analoglarini tutishi zarur. Bazi oziqa muhitlarga kazein gidrolizati, aminokislotalar ham qoshiladi. Bundan tashqari, hujayraning temirga bolgan talabini qondirish uchun oziqa muhitlar tarkibiga EDTA (etilendiamintetrasirka kislota) yoki uning natriyli tuzi kiritiladi. (Helorit et. al 1997) Kallus toqimasi olish uchun bazi hollarda oziqa muhit tarkibiga kokos yongogining suyuq endospermi (kakos suti), kashtan qoshiladi. Uglevodlar ajratilgan hujayra va toqimalar kulturalanayotgan oziqa muhitning zaruriy tarkibi hisoblanadi. Chunki ular avtotrof oziqlanish xususiyatiga ega emas. Uglevod manbai sifatida 2-3% li konsentrasiyada saxaroza yoki glyukozadan foydalaniladi.Fitogormonlar hujayralarning dediffensiyalanishi va hujayralar bolinishini tezlashtirish uchun zarur. Shuning uchun kallus toqimalar olishda oziqa muhit tarkibida albatta auksinlar (hujayralar dedifferensiyasini chaqiradi) va sitokininlar (hujayralar bolinishini chaqiradi) bolishi shart. Poya morfogenezini yuzaga keltirishda oziqa muhitdagi auksinning miqdori kamaytiriladi yoki umuman qoshilmaydi.(De Klerk va boshqalar 1997) Gormonsiz muhitda shish toqimalari yoki konikkan toqimalar osadi. Ular ozlari gormon sintez qilish xususiyatiga ega boladi.Oziqa muhitlarda auksin manbai sifatida 2,4 dixlorfenolsirka kislota (2,4-D) indolil 3-sirka kislota (ISK), naftilsirka kislotasi (NKS) dan foydalaniladi. Govak, (pok) yaxshi osuvchi kallus toqimasi olish uchun asosan 2,4D dan foydalaniladi. Chunki uning faolligi ISKga nisbatan 30 marta yuqori. Suniy oziqa muhitlarda sitokinin manbai sifatida kinetin, 6-benzilaminopurin (BAP), zeatindan foydalaniladi. Ajratilgan toqimalarni ostirishda, organlarni hosil qilishda kinetinga nisbatan 6-BAP va zeatindan foydalanish koproq samara beradi. Bazi oziqa muhitlari tarkibiga adenin qo'shiladi.Kallus va ildiz otish uchun ozuqa muhiti alohida tarkibli bo'ladi.(Naik va Chand 2011)

Biz o'z tajribamizni anor va gilos osimliklarini kulturaga kiritishdan boshladik. Biz gilosning krimisk-5 navi va anorning qozoqi navlarining yangi osgan uchki novdalaridan namunalar kesib oldik. Songra ularni labaratoriyaga olib kelib sterilizatsiya qildik. Bunda biz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

avvalo ularni oqar suvning tagida 2 soatga qoldirdik. 2 soatdan song suvning ostidan ularni olib magnitli mishalkada suv, geparin, xlor boshqalar aralashmasidan iborat eritmada 30 daqiqa aylantiriladi. Keyin esa 3 ta idishdagi distillangan suvda 10 daqiqadan chayib olamiz. Sterillangan novdalarni oldindan yoqib qoyilgan laminar bokslarda steril sharoitda segmentlarga bolib chiqdik. Olingan segmentlar olchami 5 mm dan 1 sm gacha boldi. Ularni kulturaga kiritishda "boshlang'ich" ozuqa muhitiga kiritdik (1-jadval). Ozuqa muhiti ham oldindan tayyorlangan bolishi va avtoklavda sterilizatsiya qilingan bakteriya, turli zamburug' va viruslardan xoli bolishi kerak. Ozuqalar tarkibi keyinchalik o'zgartirilib boriladi. Eritmalarni +40 gradusda saqlash lozim.

1-jadval

Boshlang'ich ozuqa muhit tarkibidagi komponentlar anor o'simligi uchun

Komponentlar Miqdori Komponentlar Miqdori

Suv 1000 ml Xloroglutsin 50mg

Na2EDTA 37,3 BAP,benzilaminopurin 1 mg

Saxaroza 8 gr Glitserin 2 mg

Agar-agar 30 gr Kinetin 0,2 mg

Mezionizit 100 gr Piridoksin HCL 0,5 mg

s i

m Anorni mikroklonal ko'paytirish uchun ozuqa moddalarining tarkibi

cOzuqa k Asosiy MS tarkibi (ulushli qism) Vitamin(mg/l) Fitogarmon (mg/l) Aminokislot alar (mg/l) Boshqalar va h.k (mg/l)

MS t i 1 MS Mezoinozit (100) B1 (5) B6 (10) PP (5) c (10) NUK (1) IMK (1) Glitsin (1) Saxaroza (3000)

r MS-1 1/2MS Mezoinozit (50) IUK (1) K (0,1) Glitsin (1) Saxaroza (1500)

a cMS-2 1 MS MS - Glitsin (2) Saxaroza (3000)

r MS-3 1/2MS B6 (0,5) B12 (0,5) Mezoinotsin(50) - Glitsin (1) Saxaroza (1500)

t MS-4 1/2MS B6 (0,5) B12 (0,5) c (1) IUK (0,5) K (0,5) rK (0,01) -«- Saxaroza (2000)

"D a MS-5 n -«- B 1(0,5) B6 (0,5) PP (1) NUK (1) IMK (0,9) -«--«- Saxaroza (3000)

- MS-6 -«- -«- IMK (5) -«- -«-

m i MS-7 z -«- B1 (0,5) B6 (0,1) PP (1) NUK (1) -«- -«-

d

u 295

m

a

x s

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

Anor regenerantlari uchun maqbul harorat 2-3 hafta davomida +250C, keyin esa +300C ga ko'tarilishi lozim. Nisbiy namlik havo 75 80% darajasida saqlanishi kerak.

Xulasa qilib aytganda anorchilikni rivojlantirishda uni mevasini eksport xaridorligini oshirishda, mahalliy navlar bilan bir qatorda xorijda yaratilgan serhosil kasallik zararkunandalarga chidamli tashqi muhit omillariga chidamli navlarda keng foydalanish va in vitro usulida sog'lomko'chatlardan foydalanish. Anor o'simligini mikroklonal ko'paytirishda steril xolatlarga e'tibor berish va to'g'ri oziqa muhitlarini tanlab olish eng muhim omillardan biri. O'simliklarni steril holatda kulturaga kirgazish va uni maxsus laminar boxlarda mikroklonal ko'paytirib yilning istalgan vaqtida anor ko'chatlarini yetishtirish va uni mehnatkash dexqonlarimizga sog'lom virusdan xoli anor ko'chatlarini yetkazish imkonini bermoqda.

REFERENCES

1. Agarwal S, Kanwar K, Sharma DR. Factors affecting secondary somatic embryogenesis and embryo maturation in Morusalba L. Sci Hortic. 2004;102:359-368. doi: 10.1016/j.scienta.2004.04.002. |"CrossRefl [Google Scholar!

2. Aldwinckle H, Malnoy M (2009) Plant regeneration and transformation in the Rosaceae. In: Nageswara-Rao M, Soneji JR(eds) Transgenic plant. Special Issue 1, pp 1-39

3. Bhojwani SS, Razdan MK. Plant tissue culture: Theory and practice. Amsterdam: Elsevier; 1996. [Google Scholar!

4. Chandrasekhar T, Hussainand TM, Jayanand B. In vitro micropropagation of Boswelli aovalifoliolata. Nat Cent Biotechnol Inf. 2005;60:505-507. rPubMedl [Google Scholar!

5. Chauhan RP, Kanwar K (2012) Biotechnological advances in pomegranate (Punica granatum L.). In Vitro Cell Dev Biol Plant 48:579-594

6. Chee R, Pool RM, Bucher DA. Method for large scale in vitro propagation of Vitis. New York's Food Life Sci Bull. 1984;109:1-9. [Google Scholar!

7. Dalal NV, Rai VR. In vitro propagation of Oroxylum indicum Vent. A medicinally important forest tree. J For Res. 2004;9:61-65. doi: 10.1007/s10310-003-0055-x. [CrossRefl [Google Scholar!

8. De Klerk GJ, Brugge JT, Marinova S. Effectiveness of indoleacetic acid, indole butyric acid and naphthalene acetic acid during adventitious root formation in vitro in Malus 'Jork 9' Plant Cell Tissue Organ Cult. 1997;49:39-44. doi: 10.1023/A:1005850222973. [CrossRef! [Google Scholar!

9. El-Agamy SZ, Mostafa RAA, Shaaban MM, El-Mahdy MT. In vitro propagation of Manfalouty and Nab El-gamal pomegranate cultivars. Res J Agric Biol Sci. 2009;5:1169-1175. [Google Scholar!

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.