Научная статья на тему 'BALXI TUTNI PAYVANDLASH USULLARI ORQALI KO‘PAYTIRISH SAMARADORLIGI VA SHIFOBAXLIK XUSUSIYATLARI'

BALXI TUTNI PAYVANDLASH USULLARI ORQALI KO‘PAYTIRISH SAMARADORLIGI VA SHIFOBAXLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
balxi tut / tut urug’i / nihol / duragay / ko‘chat / vegetetiv / qalamcha / payvantag / payvanddo‘st / meva / barg

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bekkamov Chorshanbi Ismailovich, Soxibova Nigora Sadritdinovna, Abduraimov Azamat Abdusattar O‘G‘Li

Resbuplikamizda tut ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash bilan bir qatorda tut mevasiga bo‘lgan talabini oshishiga bog’liq bo‘lgan masalalar yechimini hal etishda Balxi va Shotut mevasini yetishtirish ucgun maqbul sxema hamda agrotexnika qo‘llash asosida meva bog‘larni barpo etish mavsumiy hom ashyoni tayyorlashga zaamin bo‘ladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BALXI TUTNI PAYVANDLASH USULLARI ORQALI KO‘PAYTIRISH SAMARADORLIGI VA SHIFOBAXLIK XUSUSIYATLARI»

BALXI TUTNI PAYVANDLASH USULLARI ORQALI KO'PAYTIRISH SAMARADORLIGI VA SHIFOBAXLIK

XUSUSIYATLARI

1Bekkamov Chorshanbi Ismailovich, 2Soxibova Nigora Sadritdinovna, 3Abduraimov Azamat Abdusattar o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi professori

2 Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik kafedrasi assistenti

3 Toshkent davlat agrar universiteti Ipakchilik va tutchilik yo'nalish talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11473724

Annotatsiya. Resbuplikamizda tut ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash bilan bir qatorda tut mevasiga bo'lgan talabini oshishiga bog'liq bo'lgan masalalar yechimini hal etishda Balxi va Shotut mevasini yetishtirish ucgun maqbul sxema hamda agrotexnika qo'llash asosida meva bog'larni barpo etish mavsumiy hom ashyoni tayyorlashga zaamin bo'ladi

Kalit so'zlar: balxi tut, tut urug'i, nihol,duragay, ko'chat, vegetetiv, qalamcha,payvantag, payvanddo'st,meva, barg.

Kirish. O'zbekistonda qishloq xo'jaligining muxim sohalaridan biri bo'lgan pillachilikni yanada rivojlantirish, istiqbolini belgilash va uning oziq bazasini muttasil mustahkamlashni talab etadi.

Darhaqiqat, tut daraxtining xo'jalik jihatidan eng ahamiyatli qismi asosiy organlari bargi bo'lib, u ipak qurtining yagona oziqasidir. Tut bargida ipak qurtining ehtiyojini to'liq ta'minlovchi oziq moddalar - qand, oqsil, yog', suv, fermentlar va har xil vitaminlar mavjuddir. Ipak qurti jonlanishi bilanoq tut bargi bilan oziqlanadi va pirovardida pilla o'raydi.

Binobarin, tut bargi qancha mo'l bo'lsa shuncha ko'p miqdorda ipak qurtini boqilishi va natijada sifatli pilla yetishtirish mumkin bo'ladi.

Bu borada O'rta Osiyo, jumladan O'zbekistonning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlari pillachilik oziq bazasini rivojlantirish uchun har jihatdan qulaydir. Pillachilik xo'jalik uchun qo'shimcha daromad manbai hisoblansa, mamlakat birinchi mavsumiy valyuta keltiradigan sohadir. Shunga ko'ra, pilla qimmatbaxo xomashyo bo'lib, u xalq xo'jaligining juda ko'p sohalarida ishlatiladi. Tabiiy ipakdan asosan eng noyob juda chiroyli va pishiq gazlamalar to'qiladi. Ipakdan aviatsiyada, fazoni tadqiq qilishda, radio - texnikada, yengil sanoatda, tibbiyotda, farmasevtikada, musiqiy asboblarini tayyorlashda, yengilsanoatda keng miqyosida foydalaniladi. Pillaning g'umbagi esa mo'ynali hayvonlar, baliqlar va parrandalar uchun juda to'yimli muhim ozuqa xisoblanadi. Bir kg g'umbak mo'ynali xayvonlar uchun 2.5 kg go'sht o'rnini bosishi mumkin. Bundan tashqari tut daraxtining bargi bilan bir qatorda uning mevasi, urug'i va tolasi xo'jalik jihatidan ahamiyatlidir. Ayniqsa tut mevasi qand moddasi vafuruktoza saxaroza va turli vitaminlar yetarli darajada hosil bo'ladi.

Tibbiyot bobokaloni Abu Ali ibn Sino tut mevasi shirasini og'iz-tamoq illatlarini, shishlarni hamda chillashirni davolashda, peshob haydovchi omil sifatida qo'llagan.

Darhaqiqat, bunig isboti sifatida balxi tutning sarxil barg shirasini milkak (angina) va tish og'riqlarini qoldirishda ishlatgan. Xalq tibbiyotida Balxi tut mevasi isitma xurujini kamaytiruvchi, insonga darmon bag'ishlovchi qon ko'paytiruvchi yani gemoglabin oshirish sifatida qo'llagan bo'lsa, po'stlog'dan tayyorlangan qaynatma yara-chaqalrni davolovchi, o'pkani yumshatuvchi, balg'am ko'chiruvchi, peshob haydovchi bo'lib xizmat qiladi. Shotut mevasi jilon jiyda mevasi bilan birgalikda bo'g'ma va qizilcha xastaliklarga malxam bo'ladi, hamda og'iz bo'shlig'i

yallig'lanib yaralanganda Shotut mevasidan tayyorlangan qaynatma bilan chayilsa, aziyatga taskinlik beradi. Bulardan tashqari Shotut haroratni pasaytiruvchi, qon bosimini tushuruvchi chanqoq qoldiruvchi bo'lishi bilan birga buyrak faoliyatini sust ligini yaxshilashda ijobiy natija beradi.

Balxi tut ham boshqa daraxtlar singari eng qadimgi daraxt hisoblanib, (Mogassas) Tutgullilar oilasiga va tut (Morus) avlodiga kiradi. Bu nav Erondagi Balx shaxri nomi bilan yuritiladi vas shu hudud orqali Osiyo qit'asiga olib keltirilgan. Asosan O'rta Osiyoning G'arbiy va Janubiy Osiyoda ko'p o'stirilib, xalq seleksiyasi yo'li bilan asosan mevasi uchun yetishtirilgan va bu nav faqat vegetativ yo'l bilan ko'paytiriladi.

Abu Ali ibn Sino ham "Tib qonunlari" asarida bu tutni oq tut nomi bilan tilga oladi va Oq tutning yog'och qismi qattiq bo'lganligi sababli undan mebelsozlik sanoatida mebel ishlab chiqariladi.

Balxi tut shifobaxsh mevali daraxt bo'lib, u O'zbekistoning ko'pgina tumanlarida o'stirib kelinmoqda. Bu tutning mevasi barcha mevali daraxtlardan oldin (may oyining oxiridan boshlab) pisha boshlaydi. Uning mevasi juda to'yimli rezavor meva hisoblanadi. Masalan; ikkinchi jahon urushi (1941-1945) yillari ocharchilikdan ko'plab odamlar o'lgan, shu vaqtlarda odamlar Balxi tutning mevasini is'emol qilib jonlarini saqlab qolganlar.

Shuning uchun ham, bu tutning pishishini pishiqchilik nishonasi deydilar.

Ayniqsa, 1945 yilga qadar bu nav tutning katta -katta 300 xatto 500 yilliklarini shahar va qishloqlarda uchratish mumkin edi.

Afsuski, urushdan keyin ipak qurtini boqish bahonasida meva hosil berib turgan Balxi tut daraxtlari kesib yuborildi. Hozirda ham ipak qurtini boqish uchun har yili bu daraxtning novdalari kesiladi. Kelajakda bunday ahvolga chek qo'yish kerak, bu nav tutlarni e'zozlashimiz va ko'paytirishimiz kerak.

Bugungi kunda O'zbekistonda 22 ta tutchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari va shularga tegishli ko'chatzorlar mavjud bo'lib, ular yiliga 70-80 millionlab tut ko'chatlarini yetishtirib tutzorlar va umuman ozuqa beruvchi tutlarni o'stirishga jo'natadilar, bu esa bugungi kunda meva beradigan tutlarga tegmasdan ipak qurtini bemalol boqish imkoniyatini beradi.

Binobarin, barg yetarli bo'lishiga qaramasdan 4-5 yoshdagi tut ipak qurtlariga Balxi tut barglari beriladi, pillarni hosildorligi va ipakchanligi yuqori bo'lishiga olib keledi.

To'g'ri qurtlar Balxi tut bargi bilan boqilganda yaxshi pilla o'raydi, ammo birichi yoshlarda berilsa pillarning texnologik jihatdan biroz talabalariga javo b bermaydi, chunki to'qimachilik sanoati uchun pilla tolasi ingichka uzun va pishiq bo'lishi kerak.

Hozirgi vaqtda ana shu yuqoridagi talablarga javob beradigan navlardan 9 tasi Tojikiston urug'siz tuti, Pioner, O'zbekiston, Surx-tut, Oktabr, Qishki-1, Sovuqqa chidamli va Mirzacho'l-6, Jarqariq. Marxamat-2017 O'rta Osiyo Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilib, turli tuman va viloyatlarga tumanlashtirilgan.

Ular hosildorligi va bargining ozuqabopligi bilan Balxi tutdan farq qiladi. Balxi tutning yangi pishgan mevasini mayiz, xolva, shinni yoki sharbatlar bilan tayyorlash yo'li bilan is'temol qilish mumkin. Uning mevasi , bargi, po'stlog'i, hatto ildizlari ham inson salomatligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Vaholanki, Oq tutning bargi , mevasi va po'stlog'i tarkibida vitamin S, karotin, efir moyi, oshlovchi moddalar, qandlar, turli mikroelementlar, limon hamda organik kislotalar, bo'yoqlar, alkoloidlar va boshqa moddalardan dori-darmon uchun keng ko'lamda farmasevtika sohasifa foydalanish mumkin.

Shu bilan birga Abu Ali ibn Sino tut bargidan anginaga, barg shirasidan esa tish og'rig'iga dori sifatida foydalanilgan. Ayniqsa, meva shirasi bilan og'iz va tomoqdagi shishlarni davolagan.

Undan tashqari, xalq tibbiyotda oq tutning mevasi isitma va ichak kasalliklarini davolashda qonni tozalovchi va ko'paytiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Bargining qaynatmasi shamollagan kishilarning haroratini pasaytiradi. Po'stlog'idan qilingan qaynatma balg'am ko'chiruvchi, siydik haydovchi dori sifatida va kunjut moyi bilan tayyorlangan surtmasi yaralarni davolashda foydalaniladi.

Bundan tashqari, Vetnam Respublikasida bundan bir necha yil avval familal dorisi tayyorlanadi, uni akademik V.I.Filatovning usuli bo'yicha tut bargida n hosil qilingan. Undan qichitma, bod va teri siliga uchragan bemorlarni muvafaqqiyatli davolashda qo'llanilmoqda.

Novdasi qo'ng'ir rangli bo'lib, novdasi har tomonga taralib va qisman pastga qarab o'sadi. Undagi barg bo'g'imlarining uzunligi 4.4 sm, kurtaklari yumaloq ,to'q qo'ng'ir tusda bo'lib, kattaligi 4.0x 4.7 mm atrogida bo'ladi.

Binobarin, to'pmevasi yumaloq, oq tusda, urug'siz faqat vegetativ usulda ko'paytiriladi. Bu asosan urg'ochi tut bo'lsa ham, ba'zan bir daraxtning o'zida ham urg'ochi ham e rkak gullar uchraydi. Uch ploid - 3x(2n=42) li tut hisoblanadi. Bargi boshqa nav tutlardan farqlanib, to'garak shaklda, to'mtoq uchli yoki uchsiz. Umuman olganda bargi seret, silliq, yaltiroq, to'q yashil tusda qoladi va yozda dag'allashib qoladi. Bu nav sovuqqa chidamli bo'lib, bargining to'yimlilik darajasi yuqori bo'lganligi sababli faqat ipak qurtning 4-5 yoshlari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.

Darhaqiqat, Balxi tut ikki jinsli novdalarida erkak gullarga nisbatan urg'ochilari ko'p bo'ladi. Bitta to'p gulda ham erkak ham urg'ochi gullar hosil bo'lib gullash davri aprel oyining boshlarida yoki o'rtalarida gullay boshlaydi. Agarda, Balxi tut tutzor qilib o'stirilganda gektaridan 86-90 sentnerdan barg hosili olish mumkin bo'ladi.

Mevasi - dumaloq yoki dumaloq oval shaklda, qordek oppoq - rangda bo'lib kattaligi 14,6 h 22,6 mm, meva bandining uzunligi 27,3 mm, to'p mevasi urug'siz ammo, kamdan-kam hollarda to'p mevasining pastki tomonidan rivojlanmagan urug'ni uchratish mumkin. Oq tutning mevasi sersuv, shirin va erta pishadi. U yumshoq bo'lganligi uchun yerga to'kilgan vaqtda tezda ezilib ketadi.

Demak, Balxi tut mevasi may oyining oxirlarida pisha boshlaydi va iyun oyining o'rtalarida tamom bo'ladi. Yaxshi yetilgan mevalar hatto shamolda xam to'kilib ketadi. Bu tutning mevasi ho'lligida is'temol qilinadi.

Darhaqiqat, mevasi tarkibida 81-84 % suv, 16.27 % eruvchan qand moddalar, 10.91 % fruktoza, 0.59 % saxaroza va 1.46 % azot moddasi bo'ladi. Bargi va shakily tuzilishga ko'ra to'mtoqligi bilan boshqa navlardan ajralib turadi. Barg plastinkasining tomonlari ko'pincha o'yiqli (ba'zan yaxlit barglar ham uchraydi) qalin to'q yashil rangda, ustki tomoni silliq uzunligi 13-18 va eni 12-17 sm, chetlari yirik tishli, bitta bargning birligi 1.73-5.0 g bo'ladi. Barg bandi ko'kimtir yashil rangda, ingichka, siyrak tukli, uzunligi 4,7-5,1 sm, eng asosiysi Balxi tut sovuqqa chidamli daraxt hisoblanadi.

Bu nav xalq seleksiyasi yo'li bilan asosan mevasi uchun yetishtirilgan. Novdasi qo'ngir rangli bo'lib, har tomonga taralib va qisman pastga qarab o'sadi. Kurtaklari yumaloq, to'q qo'ng'ir tusda. To'pmevasi yumaloq, oq tusda, urug'siz faqat vegetativ usulda ko'paytiriladi. Bu nav asosan urg'ochi tut bo'lsa ham, ba'zan bir daraxtning o'zida ham urg'ochi ham erkak gullar uchraydi. Uch ploid - Zx(2p = 42) li tut.

Bargi boshqa nav tutlardanbilan taqqoslaganda farqlanib to'garak shaklda, to'mtoq uchli yoki uchsiz. Barg shapalog'ining bir yoki ikki tomoni ko'pincha uyiqli ba'zan yaxlit barglar ham uchraydi. Bo'yi 18 sm, eni 17 sm keladi. Bargi seret, silliq, yaltiroq, to'k, yashil tusda bo'ladi va yozda dag'allashib qoladi. Bu nav sovuqqa chidamli bo'lib, bargining to'yimlilik darajasi bilan harakterlanadi.

Balxi tut nafaqat Ipakchilik sohasida ozuqa balki, shifobaxshlik hususiyatilari yuqori bo'lganligi uchun mevasidan tibbiyot va farmasevtika asosiy xomashyo hamda dori-darmon uchunvegetativ usullarda ko'chatlarni yetishtirish orqali maxsus bog'larni janubiy hududlar uchun 8x6 m, o'rta shimoliy hududlarda 6x6 m, sxemada barpo etish tavsiya qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'.Qo'chqorov, K.Ogursov "Shotut va Balxi tut" Toshkent "Mehnat" nashiriyoti 1998

2. K.Raxmonberdiev, M.Xibbimov «Tut daraxtini qalamchasidan ko'paytirish» Toshkent «Mexnat» - 1997

3. K.Raxmonberdiev, Sh.Muhammadjonova «Tut seleksiyasi» Toshkent «Mexnat» - 1988 y.

4. M.Jo'raev, Sh.R.Umarov, O'.Qo'chqorov, D.Xolmatov «O'zbekiston Respublikasida tashkil etilgan tut navlari jahon kolleksiyasi tarkibiga kiruvchi nav, shakl va duragay tutlar tavsifi» Toshkent - 2010 y.

5. O'.Qo'chkorov, D.I.Xolmatov «Tutchilikka doir agrotexnika qoidalari» Toshkent - 2007 y

6. U.Abdullaev «Tutchilik». Toshkent «Mehnat» nashriyoti - 1991 y.

7. Sokhibova N.S, Valiyev S.T "WATER RETENTION CAPACITY OF THE LEAVES OF MULBERRY PLANTED IN DIFFERENT SCHEMES BY INTENSIVE METHOD",Journal Agriculture and Horticulture,,4,64-71,2024,JAH.

8. SOXIBOVA NIGORA SADRITDINOVNA, VALIYEV SAYFIDDIN TOJIDDINOVICH "INTENSIVE METHODS OF SILKWORM CULTIVATION THE IMPORTANCE OF SOIL FOR THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF MULBERRY SEEDLINGS" INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. -ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ, 2023-yil. https://doi.org/10.5281/zenodo.8354134.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.