Scientific Journal Impact Factor
TADBIRKORLIK YO'LI BILAN TABIIY IPAK XOM ASHYOSINI YETISHTIRISH HOLATLARI VA ISTIQBOLLARI
t.f.f.d., dotsent Sh.A.Sulaymonov, t.f.n., dotsent A.A.Sotvoldiyev, t.f.n., dotsent A.A.Abduraxmonov
Andijon mashinasozlik instituti
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati pilla xom ashyosini sifatli yetishtirish ishlarini takomillashtirishdan iboratdir. Ipak qurtini boqish davrida asosiy ta'sir qiluvchi omillaridan biri havo harorati va uning nisby namligi bo 'lib, bu asosan ipak qurtini rivojlanishi oziqlanishiga katta ta 'sir qiladi. Tadqiqot davomida ipak qurtini boqish davri uchun tabiiy usulda optimal havo harorati f, Co 24-25, nisbiy namligi W,% 65-70 bo'lsa, plyonka ostida esa optimal havo harorati f, C 25-26, nisbiy namligi W,% 75-80 ko'rsatkichlarga erishish orqali unga ta'sir qiluvchi omillarni o 'rganib, yangi texnologiya asosida plyonka ostida ipak qurtini parvarishlash joriy qilish sifatli pilla yetishtirish, zot va duragaylarni to 'g'ri tanlashni tavsiya etadi.
Kalit so'zlar: Tut bargi, ipak qurti, ipak qurtini boqish, tabiiy usul, pilyonka usuli, pilla, pilla og'irligi, xom ipakni chiqishi.
УСЛОВИЯ И ПЕРСПЕКТИВЫ ПРОИЗВОДСТВА НАТУРАЛЬНОГО ШЕЛКОВОГО СЫРЬЯ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВОМ
т.ф.ф.д., доцент Сулаймонов Ш.А., т.ф.н., доцент А.А. Сотволдиев, т.ф.н., доцент Абдурахмонов А.А.
Андижанский машиностроительный институт АННОТАЦИЯ
Научная значимость результатов исследований заключается в повышении качества коконного сырья. Одним из основных факторов, влияющих на выращивание тутового шелкопряда, является температура воздуха и его относительная влажность, которая в основном влияет на развитие питания тутового шелкопряда. В ходе исследования оптимальная температура воздуха для периода кормления тутового шелкопряда составляла /, Со 24-25, относительная влажность W, 65-70%, в то время как под пленкой оптимальная температура воздуха составляет /, Со 25-26, относительная влажность W, 75%-80%, ниже изучая факторы, влияющие на него по достижению показателей, внедрение ухода за шелкопрядом под пленку на
ANNOTATSIYA
Scientific Journal Impact Factor
основе новой технологии рекомендует выращивание качественных коконов, правильный подбор пород и гибридов.
Ключевые слова: Лист шелковицы, тутовый шелкопряд, кормление тутового шелкопряда, натуральный способ, метод тутового шелкопряда, кокон, масса кокона, выход шелка-сырца.
CONDITIONS AND PROSPECTS OF PRODUCTION OF NATURAL SILK RAW MATERIALS BY BUSINESS
Ph.D., associate professor Sh.A. Sulaimonov, Ph.D., associate professor A.A. Sotvoldiev,Ph.D., Associate Professor A.A. Abdurakhmonov
Andijan Machine-Building Institute
The scientific significance of the research results lies in improving the quality of cocoon raw materials. One of the main factors affecting the cultivation of the silkworm is the air temperature and its relative humidity, which mainly affects the development of the silkworm nutrition. During the study, the optimal air temperature for the feeding period of the silkworm was f, Co 24-25, relative humidity W, 65-70%, while under the film the optimal air temperature was f, Co 25-26, relative humidity W, 75 % -80%, below studying the factors affecting it upon reaching the indicators, the introduction of silkworm care under the film based on the new technology recommends the cultivation of high-quality cocoons, the correct selection of breeds and hybrids.
Keywords: Mulberry leaf, silkworm, silkworm feeding, natural method, silkworm method, cocoon, cocoon mass, raw silk yield.
O'zbekiston Respublikasi jahonda pilla yetishtirish va xom ipak bo'yicha, Xitoy (104 ming tonna) va Hindistondan (29,6 ming tonna) keyin uchinchi o'rinda bo'lib, 2019 yil yakuni bo'yicha 19,5 ming tonna tirik pilla yetishtirgan va shunga mos ravishda Respublikamiz bo'yicha xom ipak ishlab chiqarish hajmi 770,5 tonnani tashkil etdi.
Bu ko'rsatkichlarni qiyosiy tahlil qilinganda bir kilogramm xom ipak ishlab chiqarish uchun hamon Respublikamizda 3,2 kilogramm quruq saralangan pilla sarflanmoqda. Vaholanki, Xitoy va Hindistonda bu ko'rsatkich hozirgi kunda 2,8 kilogrammdan ortmaydi [1].
ABSTRACT
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
Demak, hozirgi kunda Respublikamizda quruq pilla xom ashyosidan, fan texnika yutuqlaridan to'g'ri va to'la foydalanish hisobiga chuvilayotgan pillalarning har bir kilogrammidan qo'shimcha 0,4-0,45 kilogrammgacha xom ipak ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjudligini ko'rsatmoqda.
Respublikamiz ipakchilik tarmog'ining samaradorligi yetishtirilayotgan pilla sifatiga bog'liq. Ipak qurti zotini yaxshilash bo'yicha bir qancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Keyingi 8-10 yilda chet ellardan sotib olinayotgan qurt urug'laridan ochirilgan qurtlar Respublikamizning ko'pgina viloyatlarida boqilmoqda. Keltirilgan ipak qurti duragaylarini boqish tajribasi shuni ko'rsatadiki, hatto oddiy usulda boqilgandan ham bir quti urug'dan o'rtacha 60 kg gacha pilla olish mumkin.
Ma'lumotlarga ko'ra, sakkizta zot va duragaylar bo'yicha sanoat uchun yetishtirilayotgan pilla partiyalari ichida nuqsonsiz pillalar miqdori o'rtacha 12-47 % ni tashkil etadi[2]. Qobig'ida texnologik xususiyatlarini pasaytiruvchi nuqsonlari bo'lgan pillalar esa 80 % ni tashkil etadi. Bularning ichida dog'li (68,02%) va atlas (19,46%) pillalar ulushi eng katta. Tashqi dog'li pillalar jami dog'li pillalarning 48,41 foizini tashkil etib asosan, pillalarni dastalardan erta terib olish, tirik pillalarni tashish va saqlashni to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi natijasida hosil bo'ladi. Ichki dog'li pillalar esa qurt va g'umbakning yorilib ketishi natijasida hosil bo'lgan qorason va kar pillalardan tashkil topadi hamda jami dog'li pillalarning 10,89 foizini tashkil etadi. Bunday pillalarning paydo bo'lishiga ipak qurtini boqishda ekologik sharoit va oziqlantirish rejimining buzilishi, ipak qurtini kasallikka chalinishiga sabab bo'ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ipak qurtini boqishning bir necha xil usullari mavjud bo'lib, bu usullarning barchasida xona harorati maqbul darajaga ko'tarilib bir xilda ushlab turilishini ta'minlash talab etiladi.
Olimlarning eng asosiy e'tibor ipak qurti zotiga, unga yaratilgan sharoitga va uning ozuqasiga qaratilgan. Mutaxassislarining fikricha, hosildorlik va pillaning sifati ozuqaning to'yimliligi va ipak qurtining to'g'ri parvarishlanishiga bog'liq. Ipak qurtiga yaratilgan sharoit maqbul sharoitdan ozgina chetga chiqsa ham ipak qurtining hosildorligi kamayadi, IV-V yoshdagi ipak qurtlarini 29°C haroratda saqlanishi (maqbul harorat 24-25°C) olingan pillalarning o'rtacha vaznini 8%, IlI-yoshning uch kunga cho'zilishi esa 15%, ozuqani me'yoridan 20% kam berilishi pillaning o'rtacha vaznini 12% kamayishiga sabab bo'lishini takidlaganlar. I-II yoshdagi ipak qurtlarining 87% markazlashgan holda, havo harorati 26-28°C va namligi 80-90% bo'lgan sharoitda kuniga 2-3 marta oziqlantirilib parvarishlanadi, barglarni yangidek saqlanishini ta'minlaydi. Pilla o'rash davrida havo harorati 22-23°C namligi 60-75%
Scientific Journal Impact Factor
ni tashkil etilishi soxa olimlari A.O.Baxriddinov, L.Y.Yunusov, N.A.Mamaraziqov va boshqa olimlarning asarida keng yoritilgan [3,4,5].
OLINGAN TADQIQOT NATIJALARI
Ma'lumki, ilmiy tadqiqotlarning asosiy e'tibori ipak qurti zoti, unga yaratilgan sharoit va ozuqaga qaratilgan. Hosildorlik va pillaning sifati ozuqaning to'yimliligi va ipak qurtining to'g'ri parvarishlanishiga bog'liq. Ipak qurtiga yaratilgan sharoit muqobil sharoitdan ozgina chetga chiqsa ham ipak qurtining hosildorligi kamayadi, IV-V yoshdagi ipak qurtlarini 29 °C haroratda saqlanishi (muqobil harorat 24-25 °C) olingan pillalarning o'rtacha vaznini 8 %, ozuqani me'yoridan 15-20 % kam berilishi III-yoshning uch kunga cho'zilishi, pillaning o'rtacha vaznini 12 % kamayishiga olib keladi va keyingi qilinadigan yaxshi parvarish ham normal rivojlanish jarayonini qayta tiklay olmaydi.
Pilla chuvish korxonalari ishining samaradorligi pillaning sifatiga bog'liq ekan[8], demak, unga ta'sir qiluvchi omillarni o'rganib, sifatli pilla yetishtirish, zot va duragaylarni to'g'ri tanlashni tavsiya etish mumkin.
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, pillaning sifati va texnologik xususiyatlari ekologik omillar ta'sirida kuchli modifikatsiyalanadi va bu o'z navbatida pilladan xom ipak ishlab chiqarish jarayonlariga va olinadigan xom ipak sifatiga juda katta ta'sir qiladi.
Xozirgi kunda urug'chilik korxonalarida ipak qurtining sanoatbop navlarini yetishtirish va ko'paytirish keng yo'lga qo'yilmokda. Yangi texnologiya asosida plyonka ostida ipak qurtini parvarishlash joriy qilina boshlandi.
Bu usul pillakorlar mexnatini bir muncha yengillashtirish bilan birga ipak qurtini nobud bo'lishini kamaytirish va xar-xil kasalliklardan muxofaza qilishni oldini oladi xamda ozuqa - tut bargi sarfi kamayib, pilla xosildorligi orta boshladi[6].
Ipak qurtini plyonka ostida boqish texnologiyasi afzalliklari keyingi bosqichlar uchun xam yani pillaga dastlabki ishlov berish, pillani saqlash va chuvish xususiyatlariga xam yaxshi ta'sir qilishini tadqiqotlar orqali ko'rib chiqdik[7].
Tadqiqot uchun ipak qurtini Ipakchi 1 x Ipakchi 2 duragayidan olib tabiiy usulda xamda plyonka ostida boqish uchun Andijon tumanidagi «Z.M.Bobur» fermer xo'jaligida boqish ishlari o'tkazildi.
Ipak qurtini boqish jarayonida ma'lumki yoshiga qarab boqish joyi ajratiladi. Bu esa ko'plab joylarni ipak qurti boqish uchun ajratishga olib keladi.
Tadqiqotlar natijasida tabiiy va plyonka ostida ipak qurti uchun sarflangan barg miqdori taxlili bilan tanishdik
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Ipak qurtini boqishda ozuqa sarfi
№ Ipak qurti yoshlari O'lchov birligi Boqiladigan maydon miqdori Farqi
Tabiiy usulda Plyonka ostida
1. 1 - yosh uchun kg 6 2,7 3,3
2. 2 - yosh uchun kg 17 8,55 8,45
3. 3 - yosh uchun kg 57 30,37 26,63
4. 4 - yosh uchun kg 200 183,5 16,5
5. 5 - yosh uchun kg 1000 932,5 67,5
6. Jami: kg 1280 1157,62 122,38
Jadvaldan ko'rinib turibdiki ipak qurtini plyonka ostida boqish natijasida ozuqa manbai bo'lgan tut bargini tajash imkoni vujudga keladi. 1 quti ipak qurti boqish uchun 122, 38 kg barg tejab qolindi.
Ipak qurtini boqish davrida asosiy ta'sir qiluvchi omillaridan biri xavo xarorati va uning nisby namligi bo'lib, bu asosan ipak qurtini rivojlanishi oziklanishiga katta ta'sir qiladi. Tadqiqot davomida ipak qurtini boqish davri uchun tabiiy usulda optimal xavo xarorati f, Co 24-25, nisbiy namligini aniqlash W,% 65-70 bo'lsa, plyonka ostida esa optimal xavo xarorati f, Co 25-26, nisbiy namligini aniqlash W,% 75-80 ko'rsatkichlarga erishiladi. Tadqiqotlar natijasida ipak qurtini boqish jarayonida bir xil ozuqa bilan ta'minlash va ozuqani o'z vaqtida ipak qurti uchun yetkazish o'ta muxim jarayon xisoblanib, pilla va uning sifatiga katta ta'sr qiladi.Pillani og'irligini aniqlashda boqilgan pillalarni taxlil qilinganda natija shuni ko'rsatadiki, plyonka ostida ipak qurtini yetishtirganda pillani og'irligi tabiiy usulda olingan pillaning massasiga ko'ra og'irligi aniqlandi.
Pillaning og'irligi.
№ Pillaning og'irligi Tabiiy usulda (m.gr) Plyonka ostida (m.gr)
1. 1-pilla 1,4 2,2
2. 2-pilla 1,6 2,45
3. 3-pilla 1,4 2,6
4. O'rtachasi. 1,46 2,41
XULOSA
Yuqoridagi natijalardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki plyonka ostida
boqilgan pillalar tabiiy usulda boqilgandan ko'ra yaxshi samara berishi aniqlandi.
18
Scientific Journal Impact Factor
1.Tadqiqotlar natijasidan ko'rinib turibdiki qishlok xo'jaligi maxsuloti qimmatbaho kumish tola xomashyosi bo'lgan pillani sifatli yetishtirib undan jahon bozori raqobatiga tenglashadigan xom ashyo tayyorlash jarayoni takomillashtirildi.
2. Pilla o'rash davridagi havo haroratini agrotexnik talablardan past yoki yuqori bo'lgan holatlardagi ta'sirini o'rganilgan bo'lib, pilla o'rash davrida havo harorati me'yoridan past (20-21oC) yoki ortiq (29-29 0C ) bo'lishi yetishtirilgan pillaning vazni yengil, qobig'i yumshoq yoki qotib qolgan, sifatsiz past pilla o'rashi aniqlandi.
3. Tadqiqotlar natijasida Harorat 20-210C, nisbiy namlik 65-80% bo'lganda pilla o'ragan ipak qurtlari miqdori 81-83% ga teng bo'lsa va 24-250C bo'lganda 89-90% ga, harorot 28-290C bo'lganda esa 84-85% ipak qurti pilla o'rashi aniqlangan.
REFERENCES
1. 2017-2021 yillarda pillachilik tarmog'ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risidagi: O'zbekiston Resspublikasi Vazirlar Maxkamasining 11.08.2017 yildagi 616 sonli qarori.
2. Sulaimonov, Sh. (2019).Use of chemical preparations made from biochemical plant waste in the production of cocoons. Bulletin of Science and Practice, 5(3), 168172. https://doi.org/10.33619/2414-2948/40/22. (in Russian).
3. Yangi zod va duragay tirik pillalardan xom ipak ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish. // F-A_2018-004. Marg'ilon. 2018
4. Бахриддинов А.О., Ахмедов У., Файзуллаева Г. Озука майдонининг пилла хосилдорлигига таъсири. // Ж. Зооветеринария. Т.: 2014. №4. Б.39
5. Мамаразикков А.Ю. Влияние хранения воздушно-сухих коконов на выход шелкопродуктов. // Ж.Шелк, -№1.- 1991. - С. 22-24.
6. Сулаймонов Ш.А. (2021) Кимёвий препаратлар ёрдамида курук пилла кобигини чанг ва бошка омиллардан саклаш усуллари. J. Orienten Renaissance: Innovative, educational, natural and social scines. Volume 1|Issue 4 SJIF 2021: 5.423 1119 p.
7. Умарова.М.Н. (2020) Влияние шелковой нити на физико-механические свойства хлопкошелковых тканей. Журнал. Universum: технические наука. 6(4)
8. Юнусов Л.Ю. Исследование физико-химические свойства и структуры высокомолекулярных компонентов натурального шёлка в процессе переработки. // Дисс. д.т.н., Тошкент 1979.
171-176 с.