Научная статья на тему 'MAVSUM BO‘YICHA TURLI DURAGAY PILLALARNI SARALASH ASOSIDA YUQORI CHIZIQLI ZICHLIKDAGI XOM IPAK ISHLAB CHIQARISHNI TADQIQ ETISH'

MAVSUM BO‘YICHA TURLI DURAGAY PILLALARNI SARALASH ASOSIDA YUQORI CHIZIQLI ZICHLIKDAGI XOM IPAK ISHLAB CHIQARISHNI TADQIQ ETISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
215
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pilla / xom ipak / saralash / solishtirma sarf / chuvish / duragay / navli / nuqsonli. / Cocoon / raw silk / sorting / specific consumption / spinning / hybrid / varietal / defective.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Islambekova Nigora Murtozayevna, Haydarov San’at Sunnatovich

Maqolada Navro‘z-2, Navro‘z-3, Xitoy elita va Xitoy pilla duragaylari mavsumlar bo‘yicha saralanib, pilla duragaylarini yakka holatda chuvish orqali uzluksiz chuvaluvchan uzunligi va pilla ipining chiziqli zichligi aniqlanib olingan. Saralashdan chiqqan pillalardan yuqori chiziqli zichlikdagi xom ipak ishlab chiqarish texnologiyasi keltirilgan bo‘lib, mexanik dastgohlarda xom ipakning chiziqli zichligini rostlashda dastani pilla bilan davriy to‘ldirish vaqtlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INVESTIGATION OF HIGH LINE DENSITY RAW SILK PRODUCTION ON THE BASIS OF SELFING DIFFERENT SEASONS

The article selects Navruz-2, Navruz-3, Xitoy elite and Xitoy cocoon hybrids by seasons and determines the continuous spinning length and linear density of cocoon yarn by spinning cocoon hybrids individually. The technology of production of high linear density raw silk from sorted cocoons is given, and the times of periodic filling of the stalk with cocoons in adjusting the linear density of raw silk on mechanical machines are given.

Текст научной работы на тему «MAVSUM BO‘YICHA TURLI DURAGAY PILLALARNI SARALASH ASOSIDA YUQORI CHIZIQLI ZICHLIKDAGI XOM IPAK ISHLAB CHIQARISHNI TADQIQ ETISH»

Scientific Journal Impact Factor

R

MAVSUM BO'YICHA TURLI DURAGAY PILLALARNI SARALASH ASOSIDA YUQORI CHIZIQLI ZICHLIKDAGI XOM IPAK ISHLAB

Annotatsiya: Maqolada Navro'z-2, Navro'z-3, Xitoy elita va Xitoy pilla duragaylari mavsumlar bo'yicha saralanib, pilla duragaylarini yakka holatda chuvish orqali uzluksiz chuvaluvchan uzunligi va pilla ipining chiziqli zichligi aniqlanib olingan. Saralashdan chiqqan pillalardan yuqori chiziqli zichlikdagi xom ipak ishlab chiqarish texnologiyasi keltirilgan bo'lib, mexanik dastgohlarda xom ipakning chiziqli zichligini rostlashda dastani pilla bilan davriy to 'ldirish vaqtlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Pilla, xom ipak, saralash,solishtirma sarf, chuvish, duragay, navli, nuqsonli.

Abstract: The article selects Navruz-2, Navruz-3, Xitoy elite and Xitoy cocoon hybrids by seasons and determines the continuous spinning length and linear density of cocoon yarn by spinning cocoon hybrids individually. The technology of production of high linear density raw silk from sorted cocoons is given, and the times of periodic filling of the stalk with cocoons in adjusting the linear density of raw silk on mechanical machines are given.

Keywords: Cocoon, raw silk, sorting, specific consumption, spinning, hybrid, varietal, defective.

Ayni paytda yurtimiz ipak sanoatini yangi bosqichga ko'tarish uchun keng ko'lamli ishlarga qo'l urilmoqda. Soha samaradorligini oshirish, imkon qadar kam resurs sarflab, innovasion usullarni qo'llagan holda ko'proq ipak tolalari ishlab chiqarish choralari ko'rilayapti. Bu borada olimlar tomonidan bir qancha ilmiy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Sifatli mahsulot ishlab chiqarishda har jihatda ham xom ipakning chiziqli zichligi va sifat ko'rsatkichi muhim omillardan hisoblanadi [1].

Tabiiy ipak xomashyosi kompleks xususiyatlarga ega ya'ni, undan tayyorlangan to'qimachilik mahsulotlari uning yuqori darajadagi fizik-mexanik va iste'mol xususiyatlarini ifodalaydi.

CHIQARISHNI TADQIQ ETISH

T.f.d. professor. Islambekova Nigora Murtozayevna Assistent. Haydarov San'atSunnatovich Toshkent to 'qimachilik va yengil sanoat instituti

KIRISH

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tabiiy ipak bejirim yaltiroq ko'rinishga ega bo'ladi. Bu esa pillaning zotiga, ipak qurtining parvarishlab boqilganligiga, bug'lash usuliga, ipakning qanday chuvib olinganligiga va jonsizlantirib quritilganligiga bog'liq. Xuddi pilla singari, ipak xomashyoni ham oq va sariq (ularning turli tovlamalari bilan) tuslarga ajratiladi. Ipak xomashyosida yashil va pushti rangli iplar nisbatan kam uchraydi. Mamlakatimizda asosan oq rangdagi ipak xomashyosi ishlab chiqariladi. Masalan 2017-2019 yillarda rangli pillalar 0,54 %, oq pillalar esa 99,46 % yetishtirilgan.

Ipak xomashyo murakkab kompleks ip hisoblanganligi, bir nechta nozik, pilla iplaridan tashkil topganligi uchun, zichligining aniqroq xarakteristikasi solishtirma massasi hisoblanadi va u taxminan 1 g/sm3 ga teng. Ipak xomashyosi o'zidan issiqliq va elektr tokini o'tkazish xususiyatlariga ega emas, shuning uchun uni elektr sanoatida izolyatsion material sifatida ishlatiladi. Ipak yuqori gigroskopik xossaga ega bo'lib, normal sharoitdagi namligi 11 % ga teng. Ipak yaxshi mexanik xususiyatga ega. Nisbiy uzilish yuklanishi ipak xomashyosining turi va naviga bog'liq bo'lib, ipning chuvatish usuliga qarab 26 dan 38 sN/teks, uzilishigacha cho'zilishi esa 15 dan 23% gacha orasida o'zgarib turadi, [2].

Hozirgi kunda pilla yetishtirishga e'tibor kuchaytirilib, ipak miqdorini oshirish maqsadida mavsumlar bo'yicha pilla yetishtirilyapti. Biz tadqiqot ishimizda pilla navlarini aniqlash maqsadida hozirgi kunda mavsumlar bo'yicha yetishtirlayotgan pilla zot va duragayilarini tanlab oldik. Olingan pilla namunalari sifatli saralanib, navlar miqdori aniqlandi (1.1-jadval).

1.1-jadval

Mavsumlar bo'yicha turli duragay pillalarni saralash natijalari

Duragayla r 1-mavsum 2-mavsum 3-mavsum

n avli nu qsonli na vli n uqsonli nav li nu qsonli

Navro'z - 2 9 3,8 6,2 91, 9 8, 1 86, 7 13 ,3

Navro'z - 3 9 3,6 6,4 91, 7 8, 3 86, 5 13 ,5

Xitoy elita 9 2,9 7,1 90, 8 9, 2 85, 7 17 ,3

Xitoy 9 1,7 8,3 89, 8 1 0,2 83, 9 16 ,1

Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki mavsumlar bo'yicha navli pillalarni ko'p chiqishi birinchi mavsumga to'g'ri keldi. Duragaylar bo'yicha navli pillalarning ko'p chiqishi Navro'z-2, Navro'z-3 ga to'g'ri keldi. Mavsumdan mavsumga o'tishi bilan duragaylar Xitoy elita va Xitoy duragaylaridada nuqsonli pillalar ko'proq chiqqani kuzatildi [3].

Biz tadqiqot ishimizda pilla navlarini qo'shilish natijasida ularning solishtirma sarfiga va chuviluvchanligiga ta'sirini o'rgandik. Tadqiqotlar natijalari yuqori bo'lgan Navro'z-2 va Xitoy elita duragaylari ustidan olib borildi (1.2-jadval).

1.2-jadval

Nav bo'yicha pillalar aralashtirilganda solishtirima sarfi va qobiqning

chuvilishiga ta'siri

Pilla navi Solishtirma sarfi, kg Qobiqning chuvilishi, %

Navro'z-2 Xito y elita Navro'z-2 Xit oy elita

I-nav 2,83 3,00 83,1 74, 8

I+II nav 3,00 3,20 74,6 67, 4

Chuvishga yaroqli nuqsonli pillalar aralashmasi 3,15 3,30 61 60

Natijalar shuni ko'rsatdiki, albatta har bir navni alohida chuvish solishtirma sarf va qobiqning chuvilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. I va II navni aralashtirib chuvish orqali ishlab chiqarish partiyasini yiriklashtirishga erishamiz hamda sifatli yuqori chiziqli zichlikdagi xom ipak ishlab chiqaramiz.

Yuqori chiziqli zichlikdagi xom ipak olish texnologik jarayonlari ketma-ketligi

Пиллаларни сифатли саралаш ва навларга ажратиш

1 k 1

Пиллаларни якка учини топиш

Механик пилла чувиш дастгох,ида юкори чизикли зичликдаги

хом ипак олиш

Pilla chuvish jarayonining vazifasi berilgan chiziqli zichlikdagi va sifat ko'rsatkichlari bir teks bo'lgan uzliksiz texnik kompleks ipni, ya'ni xom ipakni olishdan iborat. Albatta bunday ip bir necha pilla ipi qo'shilishidan hosil bo'ladi. Pilla iplarining uzunligi turlicha bo'lganligi sababli tugagan pillalar o'rniga dasta tagiga yangi pillalar bilan to'ldiriladi.

Tabiiy ipak uzunligi bo'yicha notekis bo'lib, pilla ipining chiziqli zichligi 0,12 dan 0,45 teks gacha o'zgaradi. Shuning uchun ularni rostlash kerak bo'ladi. Xom ipakning chiziqli zichligini: dasta tagidagi pillalar soni doimiyligi bilan; doimiy tortilishdagi ipning taraglik kuchi bilan; ipning tangensial ishqalanish kuchi bilan nazorat qilinadi va rostlanadi [4].

Dasta tagidagi pillalar soni bilan nazorat qilinganda yangi va eski pillalar aralashmasi bir xilligi asosida bunga erishiladi.

Shu bilan birga pilla duragaylarining uzliksiz uzunligi katta ahamiyatga ega bo'lgan ko'rsatkich bo'lib, u dastgohning unumdorligiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Olingan pilla duragaylarini yakka holatda chuvish orqali uzluksiz chuvaluvchan uzunligi va pilla ipining chiziqli zichligi aniqlab olindi (1.3-jadval).

1.3-jadval

Xom ipakning uzunligi va chiziqli zichligi

Pilla duragayi Umumiy uzunligi, m Uzluksiz chuvaluvchan uzunlik, m Pilla ipining chiziqli zichligi, teks

Navro'z-2 1460 730 0,31

Xitoy elita 1340 670 0,31

Olingan natijalar umumiy uzunlikka bog'liq holda uzluksiz chuvaluvchan uzunlikni ikkita duragayda ham o'zgarganini ko'rsatdi. Shu bilan birga ikkala duragayda ham pilla ipining chiziqli zichligi bir xil ekanligi aniqlandi.

Pillarni saralab navlarga ajratilgandan keyin chuvish tezligini 90 dan 120 m/min gacha o'zgartirib, 15 dan 40 teksgacha xom ipak olindi va natijalar quyida (1.4-jadval) keltirilgan.

1.4-jadval

Xom ipakning chiziqli zichligini rostlashda dastani pilla bilan

davriy to'ldirish

Kompensatsi U Pil Dasta Xom Chu

yalash vaqti, sek zluksiz la ipi tagidagi ipak chiziqli vish

chuv.uz., chiziqli pillalar zichligi, teks tezligi,

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

m zichligi, teks miqdori, dona m/min.

27 67 0 0, 31 49 ± 4 15 90

26 67 0 0, 31 49 ± 4 15 96

25 67 0 0, 31 49 ± 4 15 102

25 67 0 0, 31 49 ± 4 15 120

25 67 0 0, 31 71 ± 5 22 90

23 67 0 0, 31 71 ± 5 22 96

21 67 0 0, 31 71 ± 5 22 102

20 67 0 0, 31 71 ± 5 22 120

20 67 0 0, 31 81 ± 6 25 90

20 67 0 0, 31 81 ± 6 25 96

19 67 0 0, 31 81 ± 6 25 102

18 67 0 0, 31 81 ± 6 25 120

18 73 0 0, 31 97 ± 6 30 90

17 73 0 0, 31 97 ± 6 30 96

17 73 0 0, 31 97 ± 6 30 102

16 73 0 0, 31 97 ± 6 30 120

16 73 0 0, 31 113 ± 6 35 90

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

15 73 0 0, 31 113 ± 6 35 96

14 73 0 0, 31 113 ± 6 35 102

12 73 0 0, 31 113 ± 6 35 120

15 73 0 0, 31 129 ± 6 40 90

14 73 0 0, 31 129 ± 6 40 96

12 73 0 0, 31 129 ± 6 40 102

10 73 0 0, 31 129 ± 6 40 120

XULOSA

Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki uzluksiz chuvaluvchan uzunlik, pilla ipi chiziqli zichligi, nominal chiziqli zichligi, tezlikka kompensatsiyalash vaqtiga bog'liq bo'lib, yuqori chiziqli zichlikdagi xom ipakni olishda shularga e'tibor berish kerak bo'lar ekan [6].

Yuqori chiziqli zichlik va tezlikni oshirish kompensatsiyalash vaqtini qisqarishiga olib keladi.

Bunday usulda olingan ipakni gilam ishlab chiqarishda foydalanish iqtisodiy samaradorlikni oshishiga olib keladi.

-Yuqori chiziqli zichlikdagi xom ipak olish texnologik jarayonlari ketma-ketligi tuzildi.

- Olingan duragay pillalarni uzluksiz uzunligi va chiziqli zichligi aniqlandi.

- Pilla ipining uzliksiz chuvaluvchan uzunligi, xom ipakning chiziqli zichligi bog'liq holda chuvish tezligi va kompensatsiyalash vaqti o'rnatildi.

Xom ipakni chiziqli zichligini rostlashda dastani pilla bilan to'ldirish vaqti aniqlanib tavsiyalar berildi. Yuqori chiziqli zichlikdagi xom ipak olish va xom ipakni qo'shib eshish orqali ipak gilamlari mahsulotlariga ishlatishga tavsiya berildi.

REFERENCES

1. Axmedov J.A. Yangi strukturali tikuv va kashta iplarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish. Diss.d.t.n.- Toshkent.-2017. -199 b.

2. N.M.Islambekova, S.S.Haydarov, A.P.Eshmirzaev, N.M.Muxiddinov. Takroriy mavsumlarda boqilgan turli zot va duragay pillalarning texnologik xususiyatlarini

Scientific Journal Impact Factor

R

tadqiqi. "Fan, ta'lim, ishlab chiqarish integratsiyalashuvi sharoitida paxta tozalash, to'qimachilik, yengil sanoat, matbaa ishlab chiqarish innovasion texnologiyalari dolzarb muammolari va ularning yechimi" Respublika ilmiy - amaliy anjumani 1617 may 2019 TTESI. 246-248 b.

3. Islambekova N. M., Khaydarov S. S., Muhiddinov N. M., Azamatov U. N., Rasulova N. F. Investigation the Structure of Defective Areas of Cocoon Shells and Their Influence on the Process of Steaming. Annals of R.S.C.B., ISSN: 1583-6258, Vol. 25, Issue 4, 2021, Pages. 15097 - 15106. Received 05 March 2021; Accepted 01 April 2021.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Исламбекова Н.М., Хдйдаров С.С. Юкори чизикди зичликдаги хом ипакнинг калинлиги буйича узгариши тадкикоти. "Пахта тукимачилик ва енгил саноат махсулотлари сифатини таъминлашнинг замонавий консепсиялари" мавзусида утказилган халкаро илмий-амалий конференция. 2021 yil 22-23 апрел 2-том 5658 бет.

5. С.С.Хдйдаров, Н.М.Исламбекова, Х.Х. Умурзокова, М.Р.Абдурахманова "Ипак гиламлари ишлаб чикариш учун хомашё тайёрлаш технологиясини ишлаб чикиш" "Global science and innovations 2019: central Asia" International -scientific practical Conference Kazakhstan Astana-2019 mart. 59-62 б.

6. Н.М.Мухиддинов, Н.М.Исламбекова, У.Н.Азаматов, С.С.Хдйдаров "Махаллий дурагай пиллаларнинг геометрик улчамларини хом ипак чикишга таъсири тадкикоти""Global science and innovations 2020: central Asia" international-scientific practical Conference Kazakhstan Astana-2020 февраль 184-

188 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.