Научная статья на тему 'TUTCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA TUT PARVONASI (GLYPHODES PYLAIALIS WALKER.) DAN HIMOYA QILISH MASALALARI'

TUTCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA TUT PARVONASI (GLYPHODES PYLAIALIS WALKER.) DAN HIMOYA QILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
233
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tutchilik / ipakchilik / tut parvonasi / zarar / himoya qilish. / mulberry farming / sericulture / mulberry moth / damage / protection.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — X. Abdullayeva, B. Abidov, D. Zokirov

Ushbu maqolada xozirgi kunda tut ipak qurti yetishtirishda tutchilikni rivojlantirish hamda tut parvonasiga qarshi kurash masalalari haqida ma`lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROTECTION ISSUES FROM MALE (GLYPHODES PYLAIALIS WALKER.) DURING MUSCLE DEVELOPMENT

This article provides information on the development of the mulberry economy in the cultivation of silkworms and issues of combating mulberry moths.

Текст научной работы на тему «TUTCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA TUT PARVONASI (GLYPHODES PYLAIALIS WALKER.) DAN HIMOYA QILISH MASALALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TUTCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA TUT PARVONASI (GLYPHODES PYLAIALIS WALKER.) DAN HIMOYA QILISH MASALALARI Abdullayeva Xuriyatxon Zafarbekovna

Avdijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti, PhD Abidov Baxtiyorjon Usmonovich O'rmon xo'jaligini rivojlantirish innovatsiya markazi ilmiy hodimi Zokirov Dostonbek Rustamjon o'g'li

O'rmon xo'jaligini rivojlantirish innovatsiya markazi ilmiy hodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.7399160 Annotatsiya. Ushbu maqolada xozirgi kunda tut ipak qurti yetishtirishda tutchilikni rivojlantirish hamda tut parvonasiga qarshi kurash masalalari haqida ma lumot berilgan.

Kalit so'zlar: tutchilik, ipakchilik, tut parvonasi, zarar, himoya qilish. ВОПРОСЫ ЗАЩИТЫ ОТ МУЖЧИНЫ (GLYPHODES PYLAIALIS WALKER.) ПРИ

РАЗВИТИИ МЫШЦ Аннотация. B данной статье приведены сведения о развитии тутового хозяйства при выращивании тутового шелкопряда и вопросы борьбы с тутовой молью.

Ключевые словa: тутовое хозяйство, шелководство, тутовая моль, повреждения, защита.

PROTECTION ISSUES FROM MALE (GLYPHODES PYLAIALIS WALKER.)

DURING MUSCLE DEVELOPMENT Abstract. This article provides information on the development of the mulberry economy in the cultivation of silkworms and issues of combating mulberry moths.

Keywords: mulberry farming, sericulture, mulberry moth, damage, protection.

Xalqimiz ipak qurtini yetti xazinaning biri, deya alohida e'zozlaydi. Zotan, marvariddek oppoq pilla ham, shoyi, atlas, adras kabi ko'rkam matolar ham tabiatning mo''jizasi bo'lmish ipak qurti mahsulidan yaraladi. Faqat u pillachining qalb qo'ri, mislsiz mehnati evaziga bunyod bo'ladi. Biroq keyingi yillarda kasanachilar orasida ipak qurti parvarishlashga ishtiyoq so'nib, pillachilikning shuhrati ham pasaygani bor gap. SHunday bir paytda Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 29 martda "O'zbekipaksanoat" uyushmasi -faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingani ayni muddao bo'ldi.

Mamlakatimizning iqlim sharoiti va mavjud salohiyat qishloq xo'jaligining har bir tarmog'i kabi pillachilikni ham istiqbolda yanada rivojlantirish muhim omildir. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish, qishloq joylarda aholi bandligini ta'minlash, tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, jahon bozorida ipak mahsulotlarimiz assortimentini ko'paytirish va ularning raqobatdoshligini oshirish uchun davlatimiz rahbariyati tomonidan bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi kunda tut ko'chatlarini yetishtirishda uning hosildorligini keskin ko'tarish, mahsulot sifatini yaxshilash, va undan bir qancha maxsulolar tayyorlash hajmini oshirish, aholini hamda qayta ishlash sanoatini xomashyo bilan to'liq ta'minlab, yuqori sifatli mahsulotni chetga chiqarish yuklatiladi. Tutchilikni yanada rivojlantirish uchun parvarishlash agrotexnikasini doimo takomillashtirib, zamonaviy texnika va texnologiyalarga moslab borish, shu bilan bir qatorda tut maydonlarida uchrovchi zararkunanda, kasallik va begona o'tlardan himoya qilish talab etiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tut ko'chatlarini yetishtirishda ayniqsa, agrotexnik tadbirlarin o'z vaqtida bajarish, sug'orish va o'g'itlash meyorlarini belgilash nihoyatda muhimdir.

Respublikamizda tut ko'chati yetishtirishni yo'lga qo'yish orqali mamlakatimizdagi ipakchilikda oziqa muammosini, hamda vitaminga boy meva maxsuloti yetishtirishni ko'paytirish, chorva hayvonlarini ozuqasiga bo'lgan ehtiyojini qondirilish, va o'tin maxsulotiga bo'lgan talabini ta'minlashga erishish mumkin. SHuning bilan birga, Pillachilik qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo'lib, yengil sanoatni xom-ashyo bilan ta'minlaydi. Respublikamizda pillachilik qishloq xo'jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo'lgan paxtachilik bilan juda yaqindan bog'liq. Tut daraxtlari ipak qurti uchun ozuqa bo'lishi bilan birga paxtazorlarni tuproq erroziyasidan, o'simliklarni esa garmsel va boshha ta'sirlardan himoyalaydi, sug'orish inshoatlarining qirg'oqlarini yemirilishdan saqlaydi.

Tut daraxtlari azal davrlardan beri ekin dalalari atroflariga, yo'l va zovur yoqalariga, hamda mahsus plantatsiyalar shaklida ekilib o'stiriladi. Bunda, zovurlar atrofida joylashgan daraxtlar baland bo'yli bo'lib, pilla qurti uchun barg manbai bo'lib qolishidan tashqari mustaxkamlab, atrofdagi dalani esa (aniqsa vodiy sharoitidagi qumloq yengil tuproqlarni) tez-tez esadigan kuchli shamollardan himoyalab qolish yo'lida hizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.07.2019 yildagi PQ-4411-son "Pillachilik tarmog'ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan Respublakimizda tut plantattsiyalari tashkil etila boshlandi. Shu bilan birga Respublikamizdagi barcha o'rmon xo'jaliklarida tut ko'chatlarini yetishtirish va parvarishlash bo'yicha ishlar olib boirlmoqda.

Tut ko'chatlarini yetishtirishda zararli organizmlardan himoya qilish masalalasi asosiy o'rinni egallaydi. Tut osimligida o'ziga xos ixtisoslashgan zararkunandalardan o'rgimchakkana, trips, komstok qurti, kemiruvchi tut odimchisi tut parvonasi uchrab zarar keltiradi. Xozirgi kunda ular orasida eng katta xavf keltirayotgani karantin ahamiyatga ega bo'lgan tut parvonasi xisoblanadi.

Tut parvonasi (Glyphodes pylaialis Walker.) — qurti faqat tut bargi bilan oziqtanadigan zararkunanda hasharot. Ayniqsa, tut daraxtlari, nihollari, bargiga jiddiy zarar keltiradi. To'liq rivojlanadigan hasharot. Katta yoshdagi qurtlari daraxt po'stloqlari tagida maxsus ipakdan to'qigan belanchagi ichida qishlab chiqadi. Bahorda g'umbakka aylanadi, 15—20 kundan so'ng undan kapalaklar uchib chiqadi. Kapalagi mayda, qanotlari yozilganda 15—17 mm, qanotida ko'ndalang chiziklari bor. Har bir kapalak (tut bargiga 2—3 tadan) o'rtacha 5060 ta tuxum qo'yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar tut bargi to'qimalarini yeb shikastlaydi. Zararlangan daraxt novdalari quriydi, sovuqqa chidamliligi pasayib ketadi. Yil davomida 6—7 marta avlod beradi. Oxirgi avlodning qurtlari okt. noyab. oylarida qishlashga o'tadi.

Tut parvonasi (Glyphodes pylaialis Walker.) 1993 yildan boshlab O'zbekistonning janubiy viloyatida tarqala boshlaganb ayniqsa Surxondaryo viloyatida, keyinchalik Farg'ona, Andijon, Namangan Toshkent, Sirdaryo viloyatlarining ko'plab tumanlarida tapqalib, tutzorlarga zarar yetkazib pillachiliuning ozuqa bazasini keskin kamayishiga ta tutlarning qurib qolishiga sabab bo'lmoqda.

Tut parvonasining rivojlanishi asosan ipak qurti boqib bo'lingandan keyin sodir bo'lgani uchun bu jarayonga zarari tegmaydi. Ammo keyinchalik o'sib chiqqan barglarni shikastlashi hisobiga novda uzunligi, yo'g'onligi va qish sovug'iga chidamliligi kamayadi. Barcha tut parvonasi tarqalgan hududlarda bu hasharotning tutga yetkazishi mumkin bo'lgan zarari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kengayib bormoqda. Shuning uchun ichki karantin choralari orqali bu hasharotning tarqalishining oldini olish talab etilmoqda. Hozirgi vaqtda o'simliklarni himoya qilishning uyg'unlashtirilgan tizimi amaliyotga keng tatbiq qilinmoqda.

Tut parvonasiga karshi kurash choralari quyidagilardan iborat:

Tut parvonasiga qarshi Agrotexnik tadbirlar, tashkiliy-xo'jalik, mexanik, kurash usullari qo'llaniladi.

Biologik kurashda brakon va oltinko'z kushandalaridan oqilona foydalanish kerak. Buning uchun parvonaning ikkinchi bo'g'inidan boshlab brakon va oltinko'z yetuk zotini parvonaga qarshi 1:5 va 1:10 nisbatda tutzorlarga har bo'g'iniga 2-3 marta qo'yib turish zararkunanda sonini 55-65% ga kamaytiradi.

Kimyoviy kurash. 1-ishlov may oxira-iyun boshida, 2-ishlov iyul oyida zararkunandaning 3-4 bo'g'iniga, 3-ishlov sentyabr-oktyabr oylarida qishlovga tayyorgarlik ko'rayotganda Bi-58 40%e.k 2,5l/ga, Karbofost 50%e.k2,0l/ga, Dimilin48%s.k 0,3l/ga.

REFERENCES

1. Abdullayeva X.Z., To'xtasinov S.X - Tut ko'chatlarini yetishtirish texnologiyasi / SCIENCE AND INNOVATION International Scientific Journal Volume 1 Issue 6. 2022

2. Xy^aeB ffl.T. - YMyMHH Ba Kum^o; xy^a^HK энтoмo.пoгнflсн x,aMga yuFyH^amraH x,HMOA KH^um TH3HMHHHHr acoonapu. TomKeHT 2019H.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.